Namangan shahridagi Prezident maktabi @nampmuz Channel on Telegram

Namangan shahridagi Prezident maktabi

@nampmuz


Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz

Namangan shahridagi Prezident maktabi (Uzbek)

Namangan shahridagi Prezident maktabi kanalimiz O'zbekistonning Namangan shahri bo'ylab joylashgan rasmiy Prezident maktablari haqida eng so'nggi yangiliklarni o'z ichiga oladi. Bu kanal orqali siz Namangan Prezident maktabining faoliyatiga doir eng yangi ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Namangan Prezident maktabi xizmatlari bilan tanishib, o'quvchilarning muvaffaqiyatlarini kuzatib borish uchun nampm.uz saytini ziyorat qiling. Ushbu kanal orqali siz Prezident maktabining rasmiy sahifalariga odatiy ravishda murojaat qilishingiz, ularning ijtimoiy tarmoqlarida ham kuzatib borishingiz mumkin. Nampm.uz saytida har kuni yangilanishlar o'tkaziladi, shuningdek, kanalda ham eng so'nggi yangiliklar bilan xabarlashishingiz mumkin. Agar siz Namangan shahridagi Prezident maktabi faoliyati va yangiliklari haqida eng so'nggi ma'lumotlarni olishni istasangiz, nampmuz kanaliga obuna bo'ling va eng zamonaviy yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling!

Namangan shahridagi Prezident maktabi

19 Feb, 05:20


📢 "Young climate champions" tomonidan o'tkazilgan "Yoshlar Ekologik Festivali" dan lavhalar! 🎉

🌱 2-fevral kuni Future Leaders jamoasi Yoshlar bog‘ida plogging tadbirini o‘tkazdi! 🏃‍♂️♻️ Faol yoshlar jismoniy harakat bilan birga atrof-muhitni tozalashga ham o‘z hissalarini qo‘shishdi.


"Young Climate Champions" – bu atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi muammolariga befarq bo‘lmagan yosh faollar jamoasi. Ular innovatsion yechimlar, ekotashabbuslar va barqaror rivojlanish loyihalari orqali sayyoramiz kelajagini yaxshilashga harakat qilishadi.

"Young Climate Champions" bu:
🔹 Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashayotgan yosh liderlar
🔹 Yashil texnologiyalar va ekologik loyihalar ustida ishlayotgan innovatorlar
🔹 Tabiatni asrash va barqaror kelajak yaratishga bel bog‘lagan yoshlar jamoasi


🚮 Toza muhit – sog‘lom kelajak! Ushbu qiziqarli va foydali jarayonni videoda ko‘rishingiz mumkin! 🎥

#FutureLeaders #Plogging #Ekologiya #YoshlarFestivali

💬 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 Youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

12 Feb, 05:48


📜 #Navoiy_584_yoshda
📖 #Navoiy_day

🎉 G‘azal mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi!

📽 Namangan shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchilari tomonidan Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlab tayyorlangan "Tun oqshom bo’ldi-yu, kelmas mening sham’i shabistonim" g‘azali asosidagi videorolikni e’tiboringizga havola qilamiz.

🎤 Ijrochilar:
🔹 Rafiyabonu Abdumutalova
🔹Azimjon Abdulazizov
🔹Mohinur No'monjonova
🔹Iskandar Sodiqjonov
🔹Muhammadnosir Ismoilov
🔹Ziyovuddin Narzullayev
🔹Zilolabonu Jabborova
🔹Xusrav Akbaraliyev


🔗 Videorolikni tomosha qiling va hazrat Navoiy ijodidan bahramand bo'ling!

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

10 Feb, 17:48


#Navoiy_584_yoshda
#NavoiyniO‘qishKerak
#Navoiy_day

🏫 Namangan shahridagi Prezident maktabida "Tarix qa’ridagi ikki yulduz" nomli mumtoz adabiyot oyligi doirasida "Navoiyxonlik" shukuhi davom etmoqda!

🌅 "Tonggi speech" vaqtlarida o‘quvchilar ulug‘ bobomizning g‘azal va ruboiylaridan parchalar o‘qib, Navoiy hikmatlarini yodga olmoqdalar. Dars mashg‘ulotlari avvalida esa buyuk mutafakkirga ehtirom ko‘rsatilib, uning bebaho ijodiy merosi e'tirof etilmoqda.

📖 Navoiy ijodi – ma’naviy boyligimiz!
🔹 Uning asarlarini o‘qish – komillikka eltuvchi yo‘l.
🔹 Hikmatlaridan saboq olish – qalbni nurlantirish demak.


Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

06 Feb, 13:30


#HuquqiyMadaniyat
#DavraSuhbati

📢 Maktab o‘quvchilari bilan huquqiy mavzuda davra suhbati o'tkazildi ⚖️

📍 O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari, jumladan, Prokuratura xodimlari va Ichki ishlar bo‘limi vakillari maktab o‘quvchilari bilan uchrashdi.

🔹 Tadbir davomida o‘quvchilarga huquqiy madaniyatni oshirish, qonunlarga hurmat bilan yondashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning huquq va majburiyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

💬 Ochiq muloqot shaklida o‘tgan davra suhbatida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shuningdek, ularga turli huquqiy holatlar misolida tushuntirishlar berilib, foydali tavsiyalar taqdim etildi.

Bunday tadbirlar yosh avlodning huquqiy bilimlarini oshirish va ularni huquqbuzarliklardan ogohlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

06 Feb, 07:52


#Navoiyxonlik
#Boburxonlik

IKKI YULDUZ SHU'LASI

📅 9-fevral va 14-fevral tilimizning, qadriyatlarimizning va adabiyotimizning bayramidir.

📖 Namangan shahridagi Prezident maktabida "Tarix qa’ridagi ikki yulduz" nomli mumtoz adabiyot oyligi doirasida "Ikki yulduz shu‘lasi" nomli adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

👩‍🏫 Unda Namangan davlat universitetining navoiyshunos olimalari, filologiya fanlari doktori, dotsent Faridaxon Karimova hamda filologiya fanlari nomzodi, dotsent Muhabbatxon Saidova ishtirok etishdi.

📙 Tadbirda olimalar tomonidan Navoiy va Bobur siyratini anglash yuzasidan o‘quvchilarga foydali ma‘lumotlar berildi. Uchrashuv davomida maktab jamoasi Faridaxon Karimova tomonidan o‘qilgan Navoiy g‘azallaridan tingladilar, muallif yozgan kitobga ega bo‘ldilar.

📜 Davra suhbatining ikkinchi qismi she'rxonlikka ulandi. G‘azalxon o‘quvchilar Bobur va Navoiy she‘riyatidan namunalar o‘qidilar.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

24 Jan, 11:04


#sport

Sog’lom inson – teran aql egasi.

🏢 Namangan shahridagi Prezident maktabida o’quvchilar bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish hamda jismonan sog’lom va kuchli bo’lishda sportning ahamiyatini keng targ’ib qilish maqsadida mini-turnirlar tashkil etish davom ettirilmoqda.

Bu galgi musobaqada o’quvchilar sportning stol tennisi hamda shaxmat turlari bo’yicha bellashdilar.

🤾‍♀️ Qizg’in kechgan bahslarda stol tennisi bo’yicha 10-sinf o’quvchisi Xalilbekov Abrorbek 1-o’rin, Lutfullaxonov Abrorxon 2-o’rin, 9-sinf o’quvchisi Akbaraliyev Xusrav 3-o’rinni qo’lga kiritdi. Shaxmat bo’yicha bo’lib o’tgan bellashuvlarda 6-sinf o’quvchisi Nabijonov Behruzbek 1-o’rin, 7-sinf o’quvchisi Asiljonov Bekzodbek 2-o’rin, 5-sinf o’quvchisi Komilov Timur 3-o’rinni egalladi.

Bu kabi sport turnirlari yoshlarning intellektual salohiyatli, jismonan yetuk bo’lib voyaga yetishlarida muhim rol o’ynaydi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

24 Jan, 04:07


#Behbudiy_150_yil
#Notiqlik_vaqti

Namangan
shahridagi Prezident maktabida Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludiga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda.

Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan ertalabki “Notiqlik vaqti”da ijodkorning vatan manfaati yo’lidagi mashaqqatli va sharafli hayotini yorituvchi sahna asari o’quvchilar ijrosida namoyish etildi.

Shuningdek, tarbiyachi-pedagoglar tomonidan Mahmudxo‘ja Behbudiyning keng ko‘lamli faoliyati hamda fidokorligi, yurt va millat ma’naviyati, erki yo’lidagi harakatlari to’g’risida davra suhbatlari o’tkazildi.

Jadid bobolarimizning yodga olinishi o’quvchi-yoshlarda ajdodlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’ularini tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

21 Jan, 11:37


#Robo_Coding
#Robototexnika

🤖 Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasi oʻtkazildi.

🗺 Namangan shahridagi Prezident maktabida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining Namangan viloyati hududiy bosqichi bo’lib o’tdi.

📝 Bellashuv 2 turda boʻlib, har bir maktabdan 5-8-sinflardan tuzilgan jamoalar muhandislik, robototexnika, dasturlash kabi yo‘nalishlarda ishtirok etishdi.

Qizg’in o’tgan bahslarda jamoalar ijodiy va konstruktorlik qobiliyatlarini namoyish etdilar.

📆 Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko’ra, 5-8-sinflar o‘rtasida Namangan shahridagi Prezident maktabi jamoasi 1- o‘rinni egalladi.

🚀 Gʻoliblar olimpiadaning Respublika bosqichida bellashuvni davom ettiradilar.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

21 Jan, 11:37


#Robo_Coding
#Robototexnika

🤖 Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining 5-8-sinflar o'rtasidagi hududiy bosqichidan video lavha.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

17 Jan, 05:08


#Vatan_himoyachilari_kuni
#Qudrating_yuksalsin_mening_armiyam
#Mamlakat_tayanchi_xalqimiz_faxri

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o'tkazilgan "Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri" shiori ostida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirdan video lavha.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

16 Jan, 08:30


Namangan shahridagi Prezident maktabida Namangan viloyatining "Yosh iqlim chempionlari" tomonidan tashkil etilayotgan "Yoshlar ekologik festivali" yoshlarni ekologik muammolarni hal qilishda faol ishtirok etishga undaydi. Festival davomida ekologik seminarlar, mahorat darslari va qiziqarli tadbirlar o‘tkaziladi.

📌 Talablar:
— Ishtirokchilar uchun yosh chegarasi: 15–22 yosh
— Speakerlar uchun yosh chegarasi: 23-35 yosh
— Ekologik muammolarga qiziqish va yechim izlashga tayyorlik

🔰 Ishtirok etishning foydali tomonlari:
— Ekologiya bo‘yicha bilimlarni oshirish
— Yangi do‘stlar va fikrdoshlar bilan tanishish
— O‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish uchun qo‘llab-quvvatlash

🔗 Ishtirokchi sifatida ro'yxatdan o'tish: Havola
🔗 Speaker sifatida ro'yxatdan o'tish: Havola
📆 Ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati: 22-yanvar, 2025


Telegram kanalimiz: @Sustainable_Future_Society

Namangan shahridagi Prezident maktabi

14 Jan, 16:37


#Vatan_himoyachilari_kuni
#Qudrating_yuksalsin_mening_armiyam

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Xalq va armiya – bir tan-u bir jon" shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

29 Dec, 05:49


#yil_sarhisobi
#oktabr_2024

⚡️2024-YIL OKTABR OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Sirdaryo viloyatidagi maktablarda oʻrganish olib bordi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Sirdaryo , Fargʻona, Andijon, Namangan, Jizzax, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.

"Ixtirochilikka qadam" Respublika tanlovi eʼlon qilindi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Turkiya Respublikasi Prezidenti administratsiyasi vakillari bilan uchrashdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi, Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Beruniy, Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida O‘zFA akademiklari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi rahbariyati bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha hamkorlik loyihalari kelishib olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbariyati Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bilan muloqot tashkil etildi.

Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari Buyuk Britaniyada malaka oshirdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni bilan uchrashuv tashkil qilindi.

“Zakovat” turnirining respublika bosqichi oʻtkazildi.

Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirolning maxsus ma’ruzasi tashkil etildi.

Oʻquvchimiz toʻliq grant asosida Turkiyadagi nufuzli universiteti talabasi boʻldi.

Xalifa universiteti Prezidenti Ibrahim Al-Hajri Toshkent shahridagi Prezident maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Massachusets texnologiyalari instituti professori bilan muloqot boʻlib oʻtdi.

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining oʻquvchisi IELTSdan 8 ballni qo‘lga kiritdi.

 
“Xalqaro STEAM Ozarbayjon" festivalida oʻquvchilarimiz gʻolib va sovrindorlar safidan joy oldi.

Agentlik ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Agentlik delegatsiyasi Koreya Respublikasida boʻlib, tegishli yoʻnalishlarda tajriba almashdi.

 
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

28 Dec, 17:01


#eco_art

🌿 Eco Art asari – Zebo Sharobiddinovadan 🎨💚
📍 Namangan shahridagi Prezident maktabining 8-"Green" sinf o‘quvchisi Zebo Sharobiddinova tomonidan chizilgan ushbu ajoyib san’at asari tabiat va inson o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi. 🌍

🎨 Asarda tasvirlangan xabar:

Qorong‘u tomonda: atrof-muhitga zarar yetkazishning oqibatlari – ifloslanish va yo‘qolayotgan tabiat. 🌪🏭
Yorqin tomonda: yashil hayot va toza tabiatni saqlash! 🌳💧
🟢 “Save Environment, Save Human” – bu so'zlar orqali biz tabiatni asrash faqat o‘zimiz uchun emas, balki kelajak avlodlar uchun ham muhim ekanini tushunamiz!

🖌 Qo‘shiling: Keling, atrof-muhitni muhofaza qilish uchun barchamiz birlashamiz va yashil kelajakni birgalikda yaratamiz! 💚♻️

#EcoArt #NamanganPrezidentMaktabi #GoGreen

💬 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 Youtube |🕸 Website

Namangan shahridagi Prezident maktabi

28 Dec, 15:00


#yil_sarhisobi
#sentabr_2024

⚡️2024-YIL SENTABR OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Prezident , ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan "Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filiali, Pop tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Oqdaryo tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻz faoliyati boshladi.

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi uchun o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi.

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yangi oʻquv yili boshlandi.

Kembrij universitetining Yevropa va Oʻrta Osiyodagi taʼlim islohotlari boʻyicha rahbari Steve King Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida boʻlib, ta'lim maskanida oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Boks boʻyichaOsiyo chempionatida Sportchi-oʻquvchilarimiz sovrindor boʻldi.

36-Xalqaro Informatika Olimpiadasida Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchisi, "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabasi Mardon Hazratov bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Fargʻona shahridagi Prezident maktabi, Namangan shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari IELTS imtihonidan 8,5 ballga ega boʻldi.

“Xon atlas” festivali doirasida Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʻrifiy tadbirlar, koʻrgazmalar, modalar namoyishi, chellenjlar tashkil etildi.

Xiva, Nukus, Qarshi shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, talabalar bilan muloqot qildi.

“Yangi Oʻzbekiston” universitetida tayanch doktorantura va doktorantura ixtisosliklari tashkil etildi.

Fargʻona shahridagi Prezident maktabi tomonidan Soʻx tumanidagi 3-IDUMda taʼlim jarayonlarini yangicha baholash tizimi boʻyicha oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi hamda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari bilan hamkorlikda oʻquvchi-yoshlar ishtirokida “Harbiy qismda bir kun” loyihasi amalga oshirildi.

“Zakovat” intellektual turnirining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

3-Xalqaro ochiq astronomiya olimpiadasida oʻquvchilarimiz gʻolib va sovrindor boʻldi.

Andijon, Fargʻona, Namangan viloyatlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablar ChQBT fani oʻqituvchilari oʻquv-uslubiy yigʻinda qatnashdi.

Agentlik delegatsiyasi Letovo xalqaro maktabida tajriba almashinuv jarayonida qatnashdi.

“Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi oʻtkazildi.

"Yangi Oʻzbekiston" universitetida oliy taʼlim muassasalarining Talabalar kengashi prezidentlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, general-mayor Hamdam Qarshiyev bilan muloqot tashkil etildi.

 
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

27 Dec, 11:51


#ishchi_guruh
#Andijon
#Namangan

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Andijon va Namangan viloyatlarida boʻlib, tizimdagi maktablar faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Agentlik direktori shuningdek, Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi, Mingbuloq, Namangan, Yangi Namangan, Andijon viloyatidagi Boʻston tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida ham boʻlib, ularda oʻquvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlari, oʻquv binolarini isitish holatini oʻrgandi.

Ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatidagi Boʻston tumanidagi 14-umumtaʼlim maktabida II chorak yakuni boʻyicha oʻtkazilayotgan ChSB imtihonlari jarayonlari ham kuzatildi.

Shuningdek, bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Oʻrganishlar doirasida Agentlik direktorining oʻquvchilar va oʻqituvchilar bilan muloqoti tashkil etildi. Unda A.Ubbiyev Agentlik tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sharoitlarini yangi bosqichga olib chiqish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

05 Dec, 07:20


Фуқаролик ишлари бўйича Наманган туманлараро судининг судьялари Наманган шаҳридаги Президент мактабида бўлиб, ўқувчи-ёшлар билан учрашдилар.

Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганлигининг 32 йиллигига бағишлаб ўтказилган тадбирда судьялар янги таҳрирдаги Конституцияга киритилган ўзгартиришлар, уларнинг мазмун-моҳияти, Бош қомусимизнинг давлат ва жамият ҳаётидаги ўрни ҳақида ёшларга батафсил тушунтириш бердилар. Асосий қонунимизда ёшлар ҳуқуқларининг кафолатлаб қўйилгани интеллектуал салоҳиятли авлодни вояга етказиш ва тарбиялаш давлатимиз сиёсатининг устувор йўналишларидан бири эканлиги таъкидланди.

Учрашувда Президент мактаби ўқувчилари ўзларини қизиқтирган саволлар бўйича судьялардан батафсил маълумотлар олдилар.

Сайт | Telegram

Namangan shahridagi Prezident maktabi

05 Dec, 07:19


#OAV_biz_haqimizda

Mobil xabarlar | "Konstitutsiya - adolat tantanasi" shiori ostida "Sudya va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.
#NamanganMTRK

📍Namangan shahridagi Prezident maktabi maktabi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

05 Dec, 07:12


#sudya_va_yoshlar
#8_dekabr_Konstitutsiya_kuni

📘Namangan shahridagi Prezident maktabida 8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiysia qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya - adolat tantanasi" shiori ostida "Sudya va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

♻️Uchrashuvda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudi raisi Tojiddin Madrahimov, sudyalar Maryamxon Ulug‘xonova va Dilfuza Ortiqova hamda maktab jamoasi ishtirok etdi.
📋Tadbirda "Yangi tahrirdagi Konstitutsiya- inson sha'ni, qadr-qimmati va huquqlarining mustahkam kafolati" nomli taqdimot namoyish etildi.
📌Mehmonlar davra suhbatida yangi tahrirdagi Konstitutsiya davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va sud-huquq sohalarini barqaror rivojlantirish uchun mustahkam zamin vazifasini o‘tashini ta'kidladilar.
🔖Uchrashuv davomida o‘quvchilar soha bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

05 Dec, 03:53


#dars_tahlili

📌Namangan shahridagi Prezident maktabida joriy o‘quv yili uchun belgilangan navbatdagi ochiq dars tahlillari davom etmoqda.

📚 Fan: Ona tili
📋Mavzu: Mustahkamlash
📌Sinf: 6-sinf
📗O'qituvchi: Zumrad Xolmatova


Maqsadimiz:akademik salohiyatli, mustaqil va tanqidiy fikrlaydigan, muvozanatli,  ijodkor, ma'naviyatli, bag'rikeng va halol shaxslarni tarbiyalash

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

29 Nov, 16:23


🌱30-Noyabr kuni Namangan shahridagi Prezident maktabining Sustainable Future Society (SFS) eko-qo'mitasi tomonidan "Eco-schools"🌳 tashkilotiga a'zo maktablar uchun "Iqlim o'zgarishi yoshlar nigohida"🌍 nomli seminar treningning ikkinchi bosqichi o'tkaziladi.☘️

Ushbu seminar treningda ishtirok etadigan maktablar:
1) Chortoq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
2) Kosonsoy tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
3) Namangan shahar ixtisoslashtirilgan maktabi
4) Yangi Namangan tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
5) Namangan tumani ixtisoslashtirilgan maktab
6) To'raqo'rg'on tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
7) Norin tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
8) Pop tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
9) Uchqo'rg'on tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
10) Yangiqo'rg'on tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
11) Mingbuloq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
12) Uychi tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
13) To'raqo'rg'on tumani 24-DIMI

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

29 Nov, 09:06


#ishchi_guruh
#uchinchi_kun
#Qoraqalpogʻiston

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi, Nukus tuman va Nukus shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filialida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari oʻrganildi.

Ishchi guruh tomonidan o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

28 Nov, 13:35


#dars_tahlili

📌Namangan shahridagi Prezident maktabida joriy o‘quv yili uchun belgilangan navbatdagi rasmiy dars tahlillari davom etmoqda.

📚 Fan: Informatika (Kompyuter ta'limi)
📋Mavzu: Mantiqiy operatorlar va amallar. Rostlik jadvallarini yaratish.
📗O'qituvchilar: Humoyun Botiraliyev va Nnamdi Uche


Maqsadimiz:akademik salohiyatli, mustaqil va tanqidiy fikrlaydigan, muvozanatli,  ijodkor, ma'naviyatli, bag'rikeng va halol shaxslarni tarbiyalash

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

27 Nov, 14:25


#ishchi_guruh
#Sirdaryo

AGENTLIK RAHBARIYATI TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi Eʼzozxon Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Sirdaryo viloyatida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻldi.

Mazkur maktablarda oʻquv jarayoni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yuritilishi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, qish mavsumiga tayyorlik holati singari bir qator yoʻnalishlar oʻrganildi.

Ishchi guruh oʻrganilgan maktablar rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy taʼlim usullariga oid bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qoʻllab-quvvatlab, oʻz tavsiyalarini berdi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

27 Nov, 13:48


#dars_tahlili

📌Namangan shahridagi Prezident maktabida joriy o‘quv yili uchun belgilangan navbatdagi rasmiy dars tahlillari davom etmoqda.

📚 Fan: Tarbiya
📋Mavzu:
"Inson umri"
✔️Sinf: 7-Blue
📗O'qituvchi: Lobarxon Valiyeva


Maqsadimiz:akademik salohiyatli, mustaqil va tanqidiy fikrlaydigan, muvozanatli,  ijodkor, ma'naviyatli, bag'rikeng va halol shaxslarni tarbiyalash

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

27 Nov, 13:38


#kelajak_liderlari
#camp

📌Namangan shahridagi Prezident maktabida o'quvchi yoshlarda liderlik qobiliyatini rivojlantirish, ularni ixtisoslashtirilgan, ijod va umumta'lim maktablarining faol va iqtidorli o'quvchilari bilan yaqindan do'stlashish va mustaqil loyihalar o'tkazishlari uchun shart-sharoit yaratish maqsadida "Kelajak liderlari" nomli bir kunlik oromgoh tashkil etildi.

Loyihaga ikki yuzdan ortiq o'quvchi yoshlar qiziqish bildirishgan va ro'yxatdan o'tishgan. Prezident maktabi a'zolari tomonidan o'quvchilar orasidan qiziqishlari umumiy, turli mahalliy va xalqaro dasturlarda ishtirok etgan 40 nafar o'quvchi saralab olindi.

♻️Tadbirni maktab rahbariyati ochib berdi va maktab bo'ylab tur tashkil etildi. Mashg'ulotlar Prezident maktabi o'quvchilari tomonidan matematika, fizika, sciense va dasturlash va robocoding yo'nalishlarida tashkil etildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

22 Nov, 15:03


#kasbiy_rivojlanish_treningi
#PD

📌Namangan shahridagi Prezident maktabida navbatdagi kasbiy rivojlanish treningi o‘tkazildi.

Jarayonlar Bahodirxon Ergashev hamda Rosetum Galos tomonidan olib borildi.

📋Trening "O‘quv jarayonlarida dars va boblar bo‘yicha o‘qituvchilar rejalarini muvofiqlashtirish" mavzusida tashkil etildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

22 Nov, 14:29


#bizning_shunday_ustozlarimiz_bor

📌Namangan shahridagi Prezident maktabining matematika fani o‘qituvchisi Nozimjon Umatillayev "El-yurt umidi" jamg‘armasining 2023-yilgi stipendiati bo‘lib, bir yil davomida Buyuk Britaniyaning Sharqiy Angliya univetsitetida matematika ta'limi yo‘nalishida magistratura bosqichida tahsil olib qaytdi.

📚O'qituvchimiz faoliyatning dastlabki kunida xorijda ta'lim taassurotlari bilan bo'lishdi. Taqdimotda maktab jamoasi ishtirok etib, unda ustoz tomonidan mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan yuksak ishonch va imkoniyat, xorij davlatlardagi ta'lim yangiliklari, xalqlararo madaniy uyg'unlik va farqlar, Buyuk Britaniyada o'qituvchilik tajribasi, ilmiy tadqiqot yo'nalishi kabi turli mavzular namoyish etildi.

O'qituvchimizning kelgusi faoliyatida zafarlar tilaymiz!

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

21 Nov, 16:45


#robocoding_olimpiada
#maktab_bosqichi

🏆Namangan shahridagi Prezident maktabida o‘tkazilgan “Robo-Coding” olimpiadasining maktab bosqichidan videolavha.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

21 Nov, 16:35


#dars_tahlili

📌Namangan shahridagi Prezident maktabida joriy o‘quv yili uchun belgilangan navbatdagi rasmiy dars tahlillari boshlandi.

📚 Fan: Ingliz tili
O'qituvchilar: Feruza Mamatova va Ivy Saballa
Sinf: 7-Blue

Maqsadimiz:akademik salohiyatli, mustaqil va tanqidiy fikrlaydigan, muvozanatli,  ijodkor, ma'naviyatli, bag'rikeng va halol shaxslarni tarbiyalash

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

19 Nov, 10:12


#tayinlov

AGENTLIK DIREKTORIGA O‘RINBOSAR TAYINLANDI

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Sevara Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

S.Shakirova ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ingliz tili fani o‘qituvchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktor kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar S.Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi S.Shakirovani tayinlov bilan qutlab, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, soha rivoji yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

19 Nov, 10:12


IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI DIREKTORIGA YANGI O‘RINBOSAR TAYINLADI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida ta'lim samaradorligini oshirish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir avlodni tarbiyalashga qaratilgani alohida aytib o’tildi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablar ayni vazifani bajarishda tizimda lokomotiv boʻlib, ularning tajribasi soha rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yigʻilish davomida tashkiliy masalalar, Agentlik faoliyati, tizimidagi ta’lim muassasalarida o‘qitish samaradorligi tahlil qilinib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra tayinlangan Agentlik direktori o‘rinbosari, Agentlik direktorining tegishli buyrugʻiga koʻra tayinlangan Fan olimpiadalari markazi direktori jamoaga tanishtirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

18 Nov, 17:05


#milliy_bayroq
#33_yil

🇺🇿Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari tomonidan "O'zbekiston bayrog‘i - mening bayrog‘im" she'ri asosida tayyorlangan videorolik.

Namangan shahridagi Prezident maktabi

18 Nov, 15:58


#millat_bayrogʻi

🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari, xorijda malaka oshirayotgan oʻqituchilari ham 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Millat bayrog‘i” shiori ostidagi chellenjda ishtirok etdi.

Suratlarda:
Go‘zal Xaydarova, Garvard (AQSh) universiteti talabasi;
Nodirbek Habibullayev, Swansea (Buyuk Britaniya) universiteti magistri;
Nozimjon Umatillayev, East England (Buyuk Britaniya) universiteti magistri;
Dovudxon Abdulboqiyev, Bristol (Buyuk Britaniya) universiteti talabasi;
Husanboy Mansuraliyev, Jautikov olimpiadasi g‘olibi, "Yangi O‘zbekiston" universiteti talabasi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

18 Nov, 13:59


#milliy_bayroq
#33_yil

🇺🇿Ranglarida xalqimizga xos olijanoblik, poklik va saxovat hamda jasoratni o‘zida mujassam etgan bayrog‘imiz abadiy hilpirasin!

Namangan shahridagi Prezident maktabida 18-noyabr - davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan o‘tkazilgan "Muqaddasdir vatan bayrog‘i!" nomli badiiy-ma'rifiy tadbirdan videolavha.

Namangan shahridagi Prezident maktabi

18 Nov, 07:54


#milliy_bayroq
#bir_bayroq_ostida

🇺🇿NAMANGAN SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI JAMOASI MILLIY BAYROG'IMIZ BILAN DUNYO SAHNASIDA

📸Suratlarda:
Go‘zal Xaydarova (AQSH, Harvard universiteti)
Nodirbek Xabibullayev (Buyuk Britaniya, Swansea universiteti)
Nozimjon Umatillayev (Buyuk Britaniya, East Angliya universiteti)
Abduhakim Ashurmatov (Birlashgan arab amirliklari, STEAM o‘qituvchilari treningi)
Bahodirxon Ergashev (AQSH, Fulbright dasturi)
Dovudxon Abdulboqiyev (Buyuk Britaniya, Bristol universiteti)
Husanboy Mansuraliyev (Qozog'iston, Jautikov olimpiadasi)

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

06 Nov, 10:42


#kasbiy_rivojlanish_treningi
#PD

🤩 Namangan shahridagi Prezident maktabida "O’quvchilarni ilmiy tadqiqotga asoslangan loyiha ishlariga jalb etish" mavzusida kasbiy rivojlanish treningi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

05 Nov, 13:48


#kasbiy_rivojlanish_treningi
#PD

📋Namangan shahridagi Prezident maktabida "O'quvchilarni ilmiy tadqiqotga asoslangan loyiha ishlariga jalb etish" mavzusida kasbiy rivojlanish treningi tashkil etildi.

📁Trening jarayonlari sciense fanidan hamkor o‘qituvchilar Saydullo Rahimjonov hamda Nery Hazel Ty tomonidan olib borildi.

📌Mashg‘ulotdan ko‘zlangan maqsad o'quvchilarda ilmiy tadqiqotga asoslangan loyiha ishlari orqali tanqidiy fikrlash va jamoada ishlash ko'nikmalarini rivojlantrishdan iborat.

♻️Jarayonlarda o‘qituvchilar darslarda ilmiy tadqiqotni amalga oshirishning 6 bosqichi va har bir fan doirasida berilishi mumkin bo'lgan ilmiy tadqiqot mavzulari, ular orqali o'quvchilarni qanday qilib yuqori sifatli ta'lim olishini ta'minlash yo'llari haqida muhokamalar olib bordilar, yechimlar taklif qildilar.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

29 Oct, 15:40


#eco_art

🎨"Eco-Art"- ijodiy loyihasi


☘️Agar sizda rasm chizishga qiziqish bo‘lsa va atrof-muhitga befarq bo‘lmasangiz, loyihamizga qo‘shiling! Har biringizning ijodingiz muhim va qimmatli. Birgalikda tabiatimizga e'tibor qaratamiz va unga g‘amxo‘rlik qilamiz.

🍃 Har hafta belgilangan kunda birgalikda ekologik muammolarni aks ettiruvchi rasmlar chizamiz. Oy oxirida esa barcha san'at asarlarni to‘plab, maktabimizda ko‘rgazma tashkil qilamiz va unga boshqa maktablardan o‘quvchilarni ham taklif etamiz!

—Ko'rgazmadan o'z joyingizni egallash uchun @keepitcoool ga murojaat qiling.

🌱 Tabiatga mehringizni ijodiy yondashuv bilan ifodalang!

🚀 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 Youtube |🕸 Website

Namangan shahridagi Prezident maktabi

25 Oct, 12:59


#CIS

📌Avval xabar berganimizdek, Namangan shahridagi Prezident maktabiga Xalqaro maktablar kengashi (CIS) vakillari tashrif buyurgan edi.

Bugun ushbu tashrif hamda o'rganish jarayonlari o'z nihoyasiga yetdi.
Xalqaro mutaxassislar bir hafta davomida Prezident maktabida oʻquvchilarga yaratilgan keng sharoitlar, taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilgani, taʼlim muassasasi faoliyatining ochiq va shaffofligi, oʻquvchilar xavfsizligi, maktab binosining xavfsizlik talablariga javob berishi kabi jihatlarni oʻrganib xulosa va takliflarini bildirdilar. Mehmonlar va maktab jamoasi o'rtasida samimiy davra suhbati tashkil etildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

25 Oct, 12:28


#5_tashabbus
#mutolaa_vaqti

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida yangi o‘quv yilida ham "Mutolaa vaqti📖" loyihasi davom etadi.

📌Loyiha "5 MUHIM TASHABBUS" doirasida yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

📚"Mutolaa vaqti" haftaning seshanba va payshanba kunlari tonggi saflanishda o‘tkaziladi, unda maktabning o‘quvchi va o‘qituvchilari ayni paytda o‘qiyotgan badiiy adabiyotlaridan mutolaa qiladilar.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube

Namangan shahridagi Prezident maktabi

25 Oct, 12:19


#hamkorlik

Namangan shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya Namangan viloyati Qo'riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda kamondan o‘q otish va ot sporti bo‘yicha navbatdagi mashg‘ulot, harbiy qurol-aslahalar taqdimoti hamda kamondan o‘q otish bo‘yicha 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tanlov tashkil etildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:
🥇1-o‘rin: Abdurahmonova Go‘zalxon (10-sinf)
🥈2-o‘rin: Avazxonov Jobirxon (10-sinf)
🥉3-o‘rin: No'monjonova Mohinur (9-sinf)
g‘olib deb topilib, viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube