Umar Xayyom ruboiylari @hayyom_umar Channel on Telegram

Umar Xayyom ruboiylari

@hayyom_umar


Umar Xayyom ruboiylari Jamlanmasi!
#Ruboiyot
Hamkor Kanal: @Sherlari_Sevgi
Admin: @Maqsudbek_T

Umar Xayyom ruboiylari (Uzbek)

Umar Xayyom ruboiylari jamlanmasi - bu ma'naviyat, fikr va madaniyatning eng zamonaviy xatolarini o'z ichiga olgan Telegram kanalidir. Umar Xayyomning zamonaviy ruboiylari, o'zgarmaydigan qadrlari va fikrlari bu kanalda to'plangan. Bu kanalda siz Umar Xayyomning e'tibor qozonadigan so'zlarini, fikrlarini va ma'nolarni o'rganish va ta'til qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz. nn'Umar Xayyom ruboiylari' kanalining asosiy maqsadi, insoniyatning eng yuksak me'yor va manfaatlari bilan tanishishini ta'minlash, fikr va g'oyalarini o'zlashtirishini rag'batlantirish va ongini oshirishdir. Kanalda sherlar, aforizmlar va anqnodagi so'zlar ham mavjud. nn'Umar Xayyom ruboiylari' kanali, ma'naviyatga, fikrga va madaniyatga qiziqish tashiydigan insonlar uchun ideal manzil. Bu kanalda g'ayrioddiy fikrlar, efsusli hikoyalar va jamlanmalar sizni karsilaydi. O'z fikrlaringiz va g'oyalaringizni boshqalarga e'lon qilish uchun 'Umar Xayyom ruboiylari' kanali - eng muhim manzil.

Umar Xayyom ruboiylari

31 Aug, 12:35


🥰 Жигарларим омон бўлсин!!!

🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸


T.me/+Eyf9Vbm8ruAxMDIy

Umar Xayyom ruboiylari

31 Aug, 12:35


Эр ва хотин ўртасида мухаббат қанча кўп бўлса. Аллоҳ улардан шунча рози бўларкан. Жуфти ҳалолингизни асраб
авайланг🌷❤️🕊

T.me/Marxabo_Karimova
T.me/+Eyf9Vbm8ruAxMDIy

Umar Xayyom ruboiylari

31 Aug, 12:35


Онангни опа олмайсан.

Бу дунёни шоҳи бўлсанг ҳам агар,
Шоҳлардек бир бора яшай олмайсан,
Бу дунёни бойи бўлсанг ҳам агар.
Онангни йўқотсанг топа олмайсан.

Тугамайди билгин ташвиш муаммо,
Кулфатлар эшигин ёпа олмайсан,
Излаган нарсангни топасам аммо,
Онангни йўқотсанг топа олмайсан.

Жуда ҳам чиройли ўтса тўйларинг,
Меҳмонга ҳам тўлиб кетса уйларинг,
Ҳар куни сўйилса минглаб қўйларинг,
Онангни йўқотсанг топа олмайсан.

Тириклик чоғида бориб йўқла сен,
Берган оқ сутларин бориб оқла сен,
Унутма ҳеч қачон шу сўзимни сен,
Онангни йўқотсанг топа олмайсан.

Қийнаса тунлари уйқусиз фироқ,
Қўлингдан кетмаса дўстим титроқ,
Сендан анча кетган бўлади йироқ,
Изласанг изларин топа олмайсан.

Топинглар бағримга босайин дея,
Аламлар эшигин ёпайин дея,
Ёнида бир бора ётайин дея,
Йиғлаб онангни топа олмайсан.

Дуосини олгин ёнида бўлиб,
Кетмагин ҳеч қачон ёнидан қолиб,
Яша юрагига қувончлар солиб,
Онангни йўқотсанг топа олмайсан.

Ўйлаб ўйларингга ета олмайсан,
Йиғлаб йиғлашдан ҳеч тўхтай олмайсан,
Билгин бу дунёда доим қолмайсан,
Онангни йўқотсанг топа олмайсан.

Расулов Жўрабек.

T.me/Marxabo_Karimova
T.me/+Eyf9Vbm8ruAxMDIy

Umar Xayyom ruboiylari

31 Aug, 12:35


ДАРС ҚИЛИШСИН
(ҳазил шеър)

Дил тубида нолалар,
Эй амма -ю, ҳолалар,
Ўйнамасдан телефон,
Дарс қилишсин болалар.

Маҳкам боғлаб белини,
Ёдлаб байту шеърини,
Кўрамсдан Гулперини
Дарс қилишсин болалар

Очиб китоб дафтарин,
Мисоли гул -настарин,
Чиройли қилиб хатин,
Дарс қилишсин болалар.

Нима кўп замонада,
,,Матоҳ''лар ҳар ёнада,
Телевизор йўқ хонада,
Дарс қилишсин болалар.

Ўнаб ўйла ,изла,топ,
Бахслар қилишсин ҳар боб,
Тик турмайди бўм бўш қоп,
Дарс қилишсин болалар.

Устозлари бўлар шод,
Кундалик бўлмас касод,
Мултьифилмдан ВОЙДОД,
Дарс қилишсин болалар.

Келди ҳуш замоналар,
Тўлсин китобхоналар,
Азиз ота оналар,
Дарс қилишсин болалар.

Бир ҳазил шеър сўзладим,
Ростми ёлғон сўзларим,
Ҳақиқатни кўзладим,
Дарс қилишсин болалар.

T.me/+Eyf9Vbm8ruAxMDIy
T.me/+Eyf9Vbm8ruAxMDIy

Umar Xayyom ruboiylari

18 Jul, 13:19


* * *

Hayot bo'ysunmagach bizning tilakka,
Xayol-u g'ayrating chiqar puchakka.
Erta-kech hasratin chekamiz payvast
Kech keldik, tez yetdi vaqt ham ketmakka.

⌛️
Telegram.me/Hayyom_Umar 🏷

Umar Xayyom ruboiylari

18 Jul, 13:19


* * *

Axir, bu olamda begunoh kim bor?
Nechuk yashay oldi, bo'lmay gunohkor?
Yomonlik qaytarsang yomonligimga
Farqimiz ne boʻldi, ayt, parvardigor!


⌛️ Telegram.me/Hayyom_Umar 🏷

Umar Xayyom ruboiylari

18 Jul, 13:19


* * *

To'ydim qashshoq, diltang hayotdan butun,
Ey olloh, koʻrsatgil qudrating bugun.
Yo'qni bor qilasan, yoʻqlikdan chiqar-
Meni ham, borligim hurmati uchun.


⌛️ Telegram.me/Hayyom_Umar 🏷

Umar Xayyom ruboiylari

18 Jul, 13:19


* * *

Yo rab, sen Karimsen, karami karam.
Nechun osiylarga berk bogʻi Eram.
Sig'insam, kechirsang - bu karam emas,
Gunohim kechirsang - karamdur, karam.

⌛️
Telegram.me/Hayyom_Umar 🏷

Umar Xayyom ruboiylari

18 Jul, 13:19


* * *

Na issiq, na sovuq, chiroyli bahor
Bulut gul yuzidan yuvadi g'ubor.
Sariq gulga bulbul yurak tilidan
Faryod qilib deydi: "May ichmoq darkor!"

⌛️
Telegram.me/Hayyom_Umar 🏷

Umar Xayyom ruboiylari

22 May, 16:30


* * *

Deydilar, kim qilsa toat-ibodat,
Qanday o'lsa, shunday uyg'onur albat.
Doimo may-u yor bilan birgamen,
Men shundoq tirilgum boʻlsa qiyomat.


Telegram.me/Hayyom_Umar

Umar Xayyom ruboiylari

22 May, 16:30


* * *

Mastlar do'zaxiydir, deb aytsalar, siz
Bu xilof so'zlarga ko'ngil bermangiz,
Oshiqlar-u, mastlar do'zaxga tushsa,
Jannat kaftdek taqir qolg'usi so'zsiz.


Telegram.me/Hayyom_Umar

Umar Xayyom ruboiylari

20 Jan, 10:12


* * *

Xum tuvogʻi Jamshid davlatidan soz.
Qultum may Maryamning ovqatidan soz.
Mastlarning tongotar chekkan ohlari
Busayid, Adhamning niyatidan soz.

    🏷
T.me/Hayyom_Umar

Umar Xayyom ruboiylari

20 Jan, 10:12


* * *

Qish o'tib, keladi bahor sadosi,
Yetar umr varag'in ham intihosi.
G'am yema, may ichgil, hakim debdikim,
Jahon g'ami zahar, sharob davosi.

    🏷
T.me/Hayyom_Umar

Umar Xayyom ruboiylari

20 Jan, 10:12


* * *

Umringdan nafas ham o'tsa, ey inson,
Qo'ldan chiqarmagil boʻlmayin shodon.
Qandoq o'tkazursan, shundoq oʻtar umr,
Hushyor boʻl, aslida shundaqa jahon.

🏷
T.me/Hayyom_Umar

Umar Xayyom ruboiylari

20 Jan, 10:12


* * *

Osmonda kez, mayli kul bo'lsin jahon,
May ich, go'zallarga bo'lib girgitton.
Nima kerak g'azab yoki yolvorish,
Ketgandan kelmadi hech kim, hech qachon.

    🏷
T.me/Hayyom_Umar

Umar Xayyom ruboiylari

20 Jan, 10:12


* * *

Koshki tinch joy topib, ketib bo'lsaydi,
Yo bu uzoq yo'lni oʻtib boʻlsaydi.
Yuz ming yildan keyin orzu-umidlar
Tuproqdan koʻkatdek unib kulsaydi.

    🏷
T.me/Hayyom_Umar

Umar Xayyom ruboiylari

03 Dec, 02:11


* * *

E donishmand keksa, turgil ertaroq,
Tuproq elayotgan bolaga bir boq,
Va unga degilki: "Ela sekinroq,
Qay boshi, Parvizning ko'zi bu tuproq".

T.me/Hayyom_Umar

Umar Xayyom ruboiylari

03 Dec, 02:11


* * *

Bu zamon aqldan foyda yo'q zinhor,
Aqlsiz kishiga jahon unumdor.
Aqlimni olguvchi narsani keltir,
Shunda zora zamon menga bo'lgay yor.

T.me/Hayyom_Umar

Umar Xayyom ruboiylari

03 Dec, 02:11


* * *

Dunyoda bor narsa, bari naqsh, xayol,
Orifmas, kimgaki ma'lummas bu hol.
Bir kosa may ichib hushing yig'ib ol,
Bu naqsh-u xayoldan forig' bo'l darhol!

T.me/Hayyom_Umar

Umar Xayyom ruboiylari

03 Dec, 02:11


* * *

Falakka hukm etar tangriday bo'lsam,
Falakni qilardim oʻrtadan barham.
Yangidan shunday bir falak tuzardim,
Yaxshilar tilakka yetardi ul dam.

T.me/Hayyom_Umar