KESHNEWS @keshnews Channel on Telegram

KESHNEWS

@keshnews


Қашқадарё ва қашқадарёликлар ҳақида маълумотлар, фактлар, янгиликлар ва эълонлар!

Ўзимизникиларни таклиф этинг!

Янгиликлар юбориш учун 👇
@Keshnews_bot

Kanalga taklif qilish:
https://t.me/keshnews

KESHNEWS (Uzbek)

Salom, sevgli KESHNEWS obunachilar! Bu kanalda sizga qashqadaryo va qashqadaryoliklar haqida eng so'nggi ma'lumotlar, faktlar, yangiliklar va e'lonlar taqdim etiladi. Agar sizda o'z fikrlaringiz, ma'lumotlariz va yangiliklaringiz bo'lsa, ularni bizga yuboring va kanalimizda ulashishni istagni ayting! Yangiliklarni olish uchun esa @Keshnews_bot ga murojaat qiling. Siz ham kanalimizga taklif bering va qoshilishning keyfini suring! Eng so'nggi qashqadaryo va qashqadaryoliklar haqida ma'lumotlar uchun KESHNEWS - eng yaxshi manba! https://t.me/keshnews

KESHNEWS

19 Feb, 15:50


“Hisor” davlat qo‘riqxonasi hududida joylashgan sharshara

@keshnews

KESHNEWS

19 Feb, 13:38


Shavkat Mirziyoyevga Saudiya Arabistoni Podshohining ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga hadyasi – muqaddas Ka’ba yopinchig‘i kisvaning bir parchasini topshirildi.

@keshnews

KESHNEWS

19 Feb, 13:03


Arzon va sifatli quyosh panellari o‘rnatish xizmatini taklif etamiz

Tadbirkorlarimiz hamda xonadon egalariga 1 kVt 4.500.000 so‘mdan quyosh panellarini taklif qilamiz.

3 kVt 13.500.000 so‘m
5 kVt 22.500.000 so‘m
10 kVt 45.000.000 so‘m
20 kVt 85.000.000 so‘m


To‘lovlar istalgan usulda qabul qilinadi.

Telefonlar:
+998-97-619-00-21
+998-97-380-00-33

P.S. Asosiysi sifatli panellar o'rnatadi!

@keshnews

KESHNEWS

19 Feb, 11:45


O‘zbekiston Umraga boruvchilar soni bo‘yicha dunyoda 10-o’rinda

Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirining aytishicha 2024-yilda 461,5 ming nafar o‘zbekistonlik Umra amallarini ado etgan. Shu asosda O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga boruvchi ziyoratchilar soni bo‘yicha dunyo miqyosida 10-o‘rinni egallab turibdi.

@keshnews

KESHNEWS

19 Feb, 10:44


🚀 Endi komissiya yo‘q, faqat xizmat haqiga tolisiz!

Biz agent emas, balki sayohatingizni eng samarali tashkil qiluvchi tizimmiz!
Biz sizga turlarni asl tan narxida beramiz siz faqat xizmat uchun tolisiz


💡 Tushunarliroq bo‘lishi uchun bir taqqoslash:
📌 Bugungacha olgan 2500$ tur paketni
📌 Biz orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri 2200$ ga oling

Siz 300$ tejaysiz! 🎉

🩷 Batafsil ma'lumot uchun murojaat qiling:
⚡️@alboom_Behzod
⚡️  Alboomtourbot
📞+998777040805
📱TELEGRAM  📱INSTAGRAM 📱Toshkent shaxri Muqumiy 1а

KESHNEWS

19 Feb, 09:58


PQ-1-son qarori ijrosini ta'minlashga bag'ishlangan tanqidiy-tahliliy yig'ilish bo'lib o'tibdi

Yig'ilishni Shahrisabz shahar prokurori, 2-sеktor rahbari R.Xurramov boshqarib, kibеrjinoyatlarni kеlib chiqish omillari va mas'ul tashkilotlarning bu boradagi vazifalariga alohida to'xtalib, qaror ijrosini ta'minlash, intеrnеtdagi firibgarlik yo'li bilan plastik kartalardan pul mablag'larini еchib olish holatlari bilan bog'liq jinoyatlarni kеskin tanqid va tahlil etib, mas'ullarga zarur topshiriq va ko'rsatmalar bеrgan.

@keshnews

KESHNEWS

19 Feb, 06:32


Haj kvotasini 15 ming nafar etib belgilandi

18-fevral kuni Toshkentga kelgan Saudiya Arabistoni Haj va Umra vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Robia jurnalistlar bilan uchrashib, Haj va Umra ziyoratiga doir ayrim savollarga javob beribdi.

Uning qayd etishicha 15 mingta Haj kvotasi O‘zbekiston bilan kelishuv asosida belgilangan. Umra ziyoratchilari soniga esa cheklov qo'yilmaydi.

@keshnews

KESHNEWS

19 Feb, 04:18


Tomorqasini qarovsiz qoldirgan xonadon egalari uch karra yuqori soliq to‘laydi

Aholi tomorqasi va ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan har chorakda o‘rganish olib boriladi. O‘rganish davomida xonadondagi tomorqa va ijara yerlarida ekin ekilmagan va qarovsiz qoldirilgan bo‘lsa quyidagi choralar qo‘llaniladi:

1. Imtiyozli kreditlar ajratilmaydi.
2. Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar uchun yordamlar (moddiy yordam yoki bola puli kabi) to‘xtatiladi.
3. Yer solig‘i uch karra yuqori miqdorda hisoblanadi.

@keshnews

KESHNEWS

18 Feb, 16:28


Mirakida qurilgan yangi mehmonxona ajoyib qurilibdi

@keshnews

KESHNEWS

18 Feb, 15:09


Quturish kasalligi qarshi kurashish bo'yicha taktik o'quv sеminar o'tkazilibdi

SEO va JS Shahrisabz shahar bo'limi, vеtеrinariya, FVDQShning bo'limlari, shahar obodonlashtirish ishlari dеpartamеnti mutaxassislari va taklif etilgan fuqarolar ishtirokida taktik o'quv seminari o'tkazilibdi. Sеminarda mavzu yuzasidan targ'ibot tashviqot ishlari tashkil etilgan. Ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar qaytarilgan.

@keshnews

KESHNEWS

18 Feb, 13:53


Shahrisabz shahar Kulollik mahallasi Sharq ko'chasida Uztelecom qudug'i ochiq turibdi. 6 oydan beri ochiq yotibdi deyishmoqda mahalla aholisi

@keshnews

KESHNEWS

18 Feb, 12:07


🌟 «Почемучка» – учим русский весело! 🎉

👧👦 Для детей 5-8 лет
📚 Развитие речи, чтение и письмо с нуля
🎲 Игры, карточки, мультфильмы – учимся с интересом!
Дружеская атмосфера и индивидуальный подход

🏫 Подготовка к русской школе!

Занятия 3 раза в неделю

👉 @totalenglish_shahrisabz

📞 Запись и вопросы: +998977704583   +998977774583

@keshnews

KESHNEWS

18 Feb, 09:53


Shahrisabz tumani tibbiyot birlashmasi hovlisida avtomobillar tartibsiz joylashtirilgani sabab harakatlanish imkonsiz bo'lib qolmoqda.

@keshnews

KESHNEWS

18 Feb, 07:46


Shahrisabz aeroporti rekonstruksiya qilinadi

"UZBEKISTAN AIRPORTS" AJ Shahrisabz mahalliy aeroporti rekonstruksiya qilish ishlari uchun tanlov o'tkazibdi. Tanlovda "MONUMENT STROY" MCHJ korxonasi g'olib bo'ldi. Shartnoma summasi 7,4 milliard so'm ekani aytilmoqda.

@keshnews

KESHNEWS

18 Feb, 05:26


Tibbiyot birlashmasidagi suv isrofi oldi olinibdi

Tanqidiy post yuzasidan Shahrisabz shahar hokimligi Matbuot xizmati Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasining xo'jalik ishlari bo'yicha o'rinbosari Abdusalim Xolmirzaеvning bеrgan ma'lumotini eʼlon qilibdi.

Tuzilgan tеzkor ishchi guruhi tomonidan suv bosim minorasidagi holat bartaraf etilishi ta'minlangan.

@keshnews

KESHNEWS

18 Feb, 04:26


Oxiri jarlik bo'lgan piyodalar yo'lagi haqida bilasizmi?

Shahrisabzda Archazor ko'chasidan aylanma yo'lga chiqib, Namaton mahallasi tomon yurganingizda yo'lning o'ng tarafida qurilgan piyodalar va veloyo'lakni ko'rishingiz mumkin.

G'oya ajoyib biroq ish oxiriga yetkazilmagan. Yo'lakning bir tomoni jarlikka boshlaydi. Qurilish shu yerga kelganda to'xtagan, qolganiga omon-eson yurishingiz o'zingining qobiliyatingiz va mahoratingizga bog'liq.

Ey, yaxshi ishni boshlaganlar, ishni oxiriga qadar yetkazib qo'yinglar! Odamlar bu yo'lakdan baraka topsin, manziliga salomatlikda yetib borib, sizlarni duo qilsin!

@keshnews

KESHNEWS

18 Feb, 03:10



    Shahrisabz shahrida joylashgan   
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 o‘quv markazi 9-fevral kuni Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan viloyatlararo olimpiadada 13 nafar o‘quvchi ingliz tili fanidan ishtirok etib, faxrli 🥇 va 🥈 o‘rinlarni, qimmat baho sovg'alarni va Dubayga yullanma qo‘lga kiritdi! 💰🥳 🎫
Keyingi bosqich 25-Mart kuni Dubayda bo'lib o'tadi ✈️😍.
🇺🇸Ingliz tili orqali chet elga✈️ chiqmoqchimisiz? 
Unda sizni va farzandingizni
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 o'quv markazimizda kutib qolamiz 😊
Bizning o'quv markazimizda kattalar va kichiklar uchun:
🇺🇸Ingliz tili
🇷🇺Rus tili
🇰🇷Koreys tili
⚖️Huquq
Matematika fanlari mavjud
📍Manzil: Shahrisabz shahri. Mirzabedil maktabini yonidagi Diagnostika markazi ruparasida
📞Telefon:
       +998-91-212-30-49
       +998-77-000-30-49
       +998-99-064-30-49
🔵 https://t.me/Harrvard_1
🌐 harrvard_center

KESHNEWS

18 Feb, 01:54


2007-yilda Quvayt amiri mamlakat fuqarolarining umumiy bir milliard dollar kredit to'lovlaridan voz kechib yuborgan ekan.

@keshnews

KESHNEWS

17 Feb, 15:20


Oqsaroy mahallasining loy ko'chalari

Oqsaroy MFY Turkiston ko'chasi tashkil topganiga 28 yil boʻldi. Toza ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmog'i o'tkazilmagan, aholi yer osti suvlaridan foydalanib keladi. Yogʻingarchilik vaqtida maktabga va bogʻchaga borishga bolalar qiynalishadi.

@keshnews

KESHNEWS

17 Feb, 13:58


Shahrisabz shahri Teparlik mahallasiga kirishdagi ko'p qavatli turarjoy yonida kanalizatsiya tarmog'i to'lib ketganidan, ichidagi axlat toshib yo'lga ham chiqib ketmoqda. Bu haqda fuqarolar murojaat qilishdi.

@keshnews

KESHNEWS

17 Feb, 11:51


Namatondan Pravdaga ketishda baliqxonalar tashkil etilmoqda, faqat yo'lning o'zida

Sarlavhani o'qib yo'lning ustida ham baliq boqadigan joy qilish mumkinmikan deb o'ylayotgandirsiz. Lekin yo'lning qatov qismidagi chuqurlarni ko'rib baliqxona to'g'ridan to'g'ri asfalt deyish mumkin bo'lgan qatnov qismida tashkil etilyapdimikan deb o'ylab qolaman. Avtomobil yo'lining qatnov qismini ta'mirlash kerak.

@keshnews

KESHNEWS

17 Feb, 09:14


Nosozlik bozor ma'muriyati tomonidan bartaraf etilibdi

Shahrisabz shahri Bo'ston mahallasida joylashgan "Olchazor Aziya" MCHJa qarashli 61-bozor hududida joylashgan kanalizatsiya tarmog'idagi nosozlik bartaraf etilibdi. Mutaxassislar tomonidan quvurlar almashtirilgani aytilmoqda.

@keshnews

KESHNEWS

17 Feb, 07:37


Kimningdir mulkiga ziyon yetgani uchun quduqning qopqog'ini yopmaganlar aybdormi?

Shahrisabz shahrining Do'stlik mahallasi hududida Sinabog' mahallasiga ketish yo'lida ushbu quduq bir oydan buyon ochiq qolmoqda. Ogohlantirish uchun tosh qo'yilgan bo'lsada ikki mashina tushdi.

@keshnews

KESHNEWS

07 Feb, 13:14


Prezident boshchiligida o'tkazilgan yig'ilishda reja yo'qligi tanqid qilindi

Davlat rahbari Shahrisabzda “Oqsaroy” va boshqa maydonlar bo'lsada, ularda konsert, ko'rgazma, forumlar o'tkazish bo'yicha reja qilinmaganini qattiq tanqid ostiga oldi. Shu munosabat bilan kamida 1 million turistni olib keladigan dastur ishlab chiqish topshirig'i berildi.

@keshnews

KESHNEWS

07 Feb, 10:24


Ягона электрон ҳамкорлик тизими орқали 40 га яқин идора ва ташкилотлар билан ахборот интеграция қилинди, Бюронинг расмий  www.mib.uz расмий сайти ҳамда мобил иловасида бир қатор интерактив хизматлар йўлга қўйилган.

Ушбу хавола орқали ўзингизни қарздорлигингизни билиб олишингиз  мумкин бўлади. Карздорлик мавжуд булганда хорижга чикиш паспорти автоматик равишда тухтатилади.

Сайтда 3 та маълумот бўйича қидирув бор, паспорт серия, ЖШШИР, СТИР ҳаммасида текшириб куришингиз мумкин.

@keshnews

KESHNEWS

07 Feb, 07:27


Tuman hokimi ham aholi xonadonlarida bo'ldi

Shahrisabz tuman hokimi S.Hasanov “Chorshanbe” MFY raisi D.Akbarova hamda ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda hudud markazida joylashgan xonadonlar ko‘zdan kechirildi va tomorqadan foydalanish holati o‘rganildi.

@keshnews

KESHNEWS

07 Feb, 05:42


SEO va JS Shahrisabz shahar bo'limi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish iqlim o'zgarishi Shahrisabz shahar bo'limi xodimlari ishtirokida o'rganish ishlari olib borilibdi.

"G'alaba", "Pillakashlik", "Barhayot" MFYlardagi kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan BI-SAY MCHJ ga bеlgilangan muddatda chiqindilarni olib kеtish bo'yicha tavsiyalar va ko'rsatmalar bеrilibdi.

@keshnews

KESHNEWS

06 Feb, 16:41


Ko‘l va G’elon tog'larida

@keshnews

KESHNEWS

06 Feb, 14:49


Hokim aholi xonadonlarini ko'zdan kechirdi

Shahrisabz shahar hokimi Shеrzod Bo'riеv "Oqsaroy" MFY hududida mahalla yеttiligi, yoshlar va ishsiz xotin-qizlar bandligi, tadbirkorlik, quyosh panеli o'rnatish, tozalik, obodonlashtirish va boshqa sohalarni tanqidiy o'rganibdi.

@keshnews

KESHNEWS

06 Feb, 13:35


Лондонда ташкил қилинаётган курсларга таклиф этамиз!

Глобал иқтисодий ва молиявий экотизимдаги долзарб мавзуларга бағишланган курсларимизда малака оширинг!

📍Манзил: Борнмут, Лондон
📆 Сана: 18–28 март, 2025 йил

📙Мавзулар:
◦ Ўзбекистоннинг ички минтақавий ривожланиши учун тўғридан-тўғри чет эл инвестицияларининг стратегик аҳамияти;
◦ Банк тизимида иқлим ўзгариши билан боғлиқ таваккалчиликларни бошқариш: эртанги барқарор келажакни яратиш.

Рўйхатдан ўтиш муддати:
10 февраль, 2025 йил

Курсларда нима оласиз?

💯 Ҳалқаро тажриба ва билимлар;
💯 Ўзбекистонда иқтисодий ислоҳот ва компания стратегиясини ривожлантиришда етакчи ғарб амалиётидан фойдаланиш услубларини ишлаб чиқиш;
💯 Халқаро компанияларга ташриф буюриш;
💯 Сертификатларни Ўзбекистоннинг Лондондаги Элчихонасида қўлга киритиш.

Расмий саҳифаларимизга қўшилинг ва қўшимча маълумотлар, чегирмалар, глобал иқтисодиётдаги ўзгаришлар ҳамда уларнинг таҳлилидан хабардор бўлинг:

📌 Instagram
📌 Telegram (канал)

Келажак етакчилари сафида бўлиш учун қўшилинг! Ўринлар чекланган. Маълумот ва рўйхатдан ўтиш учун @Kad1008 Телеграм орқали боғланинг!

KESHNEWS

06 Feb, 12:00


Tadbirkor 200 kVt quvvatli quyosh paneli oʻrnatibdi
 
Shahrisabz shahar prokurori, 2-sеktor rahbari Ravshan Xurramov va mas'ul tashkilotlar boshliqlari ishtirokida tadbirkorlik subyеktlarining quyosh panellari oʻrnatish jarayoni joyida oʻrganilibdi.

"Kesh mustang" MCHJ tomonidan 200 kVt quvvatga ega quyosh panellari oʻrnatilib, umumiy 370 kVt quyosh panellari oʻrnatilishiga erishilgani qayd etilgan.

@keshnews

KESHNEWS

06 Feb, 11:07


STAG kompaniyasining original mahsulotlari endi Shahrisabzda

Avtomobillar uchun metan va propan uskunalari o'rnatishda original ehtiyot qismlar izlab yurgan yurtdoshlarimiz uchun ajoyib taklif! Italiya reduktorlar, Polsha davlatida ishlab chiqarilgan mahsulotlarimizni kafolat asosida sotib oling!

O'rnatib berish xizmati ham mavjud!

☎️+998505107722
☎️+998500535000

Manzil: Shahrisabz shahri, Pillakashlik ko'chasi, 5-uy
Mo'ljal: MRO GAI va Tibbiyot texnikumi yaqinida

Telegram orqali murojaat:
@Bobolov1
@ILHOMBOBOLOV

Instagram orqali murojaat yuborish

@keshnews

KESHNEWS

06 Feb, 09:46


Shahrisabz shahri madaniyat saroyida sirk tomoshasi bo'lib o'tadi

8-fevral soat 11:00-14:00-16:00 da Shahrisabz shahridagi Madaniyat saroyiga "Amerikan sirk shou" tashrif buyurishi haqida ma'lumot berildi.

Murojaat uchun: +998501006601, +998914082990

@keshnews

KESHNEWS

04 Feb, 08:22


Drift qilmoqchi bo'lgan yigit do'stlarining umriga zomin bo'libdi

Cobalt avtotransport vositasini boshqarib kelgan va tezlik yuqoriligi sababli boshqaruvni yo'qotgan 19 yoshli yigit avtomobilni daraxtga urgan. Bunig natijasida mashina salonida bo'lgan 2 nafar yigit vafot etgan.

P.S. Bu kabi mudhish voqealarga sabab bo'luvchi omillarning oldini olish kerak. Dastlab ota-onalar bu borada farzandlarini nazorat qilishi shart.

@keshnews

KESHNEWS

04 Feb, 05:21


Chorshanbe MFY hududida daydi itlar ushlanibdi

Shahrisabz MFYning ushbu hududi va bozor atrofida egasiz itlar ko‘payganligi tufayli hokimlik, tuman ichki ishlar bo‘limi va tuman obodonlashtirish boshqarmasi vakillaridan iborat ishchi guruh hududda o‘rganish olib boribdi.

Holatni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni amalga oshirilgani ma'lum qilindi. Hududdagi daydi itlar ehtiyotkorlik bilan ushlanib, veterinariya tekshiruvidan o'tkazilgan.

@keshnews

KESHNEWS

04 Feb, 01:24


"Naqshbandiya festivali" ishtirokchilari Shahrisabz shahridagi markaziy hiyobonda bo'lishdi

@keshnews

KESHNEWS

03 Feb, 17:37


"Naqshbandiya festivali" ishtirokchilari "Shayx Imkonagi" va "Shayx Vaxshivori"ni ziyorat qilishdi

3-fevral kuni Shahrisabz shahri va Kitob tumanlarida “Naqishbandiya festivali” ziyorat tadbirlarida ishtirok etish uchun Malayziya, Indoneziya, Singapur, Hindiston, Bruney va Turkiya davlatlaridan bir guruh ziyoratchilar tashrif buyurishdi.

Xorijiy ziyoratchilar Kitob tumanidagi Shayx Muhammad Imkonagiy ва Shayx
Muhammad Darvesh Vaxshivoriy ziyoratgohlarida ziyorat amallarini bajarishgan.

@keshnews

KESHNEWS

03 Feb, 16:57


Mirakida kanalizatsiya tizimi yangilanmoqda

Shahrisabz tumani Miraki turistik zonasida oqovasuv tarmoqlari nosoz bo‘lgan ko‘p qavatli uylarni tarmoqqa ulash ishlari amalga oshirilibdi

@keshnews

KESHNEWS

03 Feb, 12:50


Автомобилни маст ҳолда бошқарганлик учун жарима миқдори БҲМнинг 25 бараваридан (9,37 млн сўм) 40 бараварига оширилмоқда (15 млн сўм).

Ҳайдовчи такроран маст ҳолда рулга ўтирса, 3 йилгача ҳайдовчилик ҳуқуқидан маҳрум қилиниши, 2 йилдан 3 йилгача ахлоқ тузатиш ишларига жалб этилиши ёки 2 йилдан 3 йилгача озодликдан маҳрум қилиниши мумкин.

@keshnews

KESHNEWS

03 Feb, 05:36


Vyetnamda o'qituvchilar va o'quvchilar uchun maktabda yaratilgan sharoit haqidagi video ekan.

Xonalar yorug', ventilyator ham, konditsioner ham, videoproyektor ham, smart doska ham bor. Hamma maktablarda shunday imkoniyat yaratilishi kerak.

@keshnews

KESHNEWS

02 Feb, 08:57


Shoshilinch tez yordam bo‘limi oldidagi tirbandlik bartaraf etilibdi

Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasining shoshilinch tеz yordam bo'limi oldida transportlarning tirbandlik holatini bartaraf etish bo'yicha qo'shimcha ishchi guruhi tashkil qilindi. "Tumanlararo qo'shma shikastlanishlar va o'tkir qon tomir kasalliklari markazi"ga transport bilan kеladigan bеʼmorlar hisobiga ayrim vaqtda tirbandlik yuzaga kеlishini shahar tibbiyot bilashmasi boshlig'i Olim Norboеv shahar hokimligi Matbuot xizmatiga taqdim qilgan ma'lumotnomada qayd etilibdi.

Birlashma ma'muriyati tomonidan transportlar tirbandligini oldini olish bo'yicha kеrakli chora va tadbirlar amalga oshirilibdi.

@keshnews

KESHNEWS

02 Feb, 05:56


G'alaba mahallasi hududidagi daydi itlar obodonlashtirish ishlari dеpartamеnti it ovlash guruhi  tomonidan bartaraf etilibdi.

@keshnews

KESHNEWS

31 Jan, 06:22


Hisorak kichik GESida yangi quvvat ishga tushirildi

Shahrisabz tumanidagi Hisorak suv ombori qoshida yangi barpo etilgan energetik quvvati 3,5 MVtga teng kichik GES foydalanishga topshirilibdi.

Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov ishtirok etgan.

GESning loyiha qiymati 1,5 mln dollarga teng ekani qayd etildi.

@keshnews

KESHNEWS

31 Jan, 03:35


G'alaba MFY G'ofur G'ulom ko'chasidagi itlar galasi

@keshnews

KESHNEWS

31 Jan, 02:34


🔤🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤🔤🔤

"ISHONCH" erkaklar kiyimlari do'konimizga marhamat. Bizda kiyimlar assortimenti katta. Yuqori sifat va yoqimli narxlar aynan siz uchun. ☝️

Eng asosiysi insofli va o'z nomi bilan ishonchli do'kon.

📍Mo'ljal: Kitob dehqon bozori ro'parasi

Telegram kanal: https://t.me/ishonch_erkaklar_kiyimi_gruppa

Instagram: https://www.instagram.com/ishonch_erkaklar_kiyimi

KESHNEWS

30 Jan, 13:27


Davlat kadastrlar palatasi shahar filiali rahbari sayyor qabul o'tkazadi

Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Shahrisabz shahar aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa murojaatlaringiz bo‘lsa, joriy yilning 31-yanvar kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

Sayyor qabul Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Shahrisabz shahar filiali rahbari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Shahrisabz shahar, Qoziguzar mahallasi binosi

☎️ Murojaat uchun telefon:
+998 99 702 2483

@keshnews

KESHNEWS

30 Jan, 13:04


🔥 YANGI KURSLAR 🔥

🏛'Renessans 7' ilm dargohida yangi kurslar ochilishni boshladi.

🎯 Kurslar — INGLIZ TILI va MATEMATIKA majburiy blok

🎓 Ingliz tilini noldan o'rganmoqchi bo'lganlar va matemateka majburiy blokka tayyorgarlikni boshlamoqchi boʻlganlar diqqatiga.

👉 INGLIZ TILI:
👨‍🏫 ustozlar — Shamsiddinov Shohruh va Hafizov Xondamir
🕡 Vaqti — 18:30 da boshlanadi
❗️Seshanba-Payshanba-Shanba
🏢 Manzil: "Shukrona" toʻyxonasi yonida
☎️ Murojaat uchun: +998973102070

🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

👉 MATEMATIKA majburiy blok
👨‍🏫 Ustozlar — Karimov Ulug'bek va Po'latov Diyorbek
🕘 Vaqti — 9:00 da boshlanadi.
❗️Har hafta YAKSHANBA kuni.
🏢 Manzil: "Renessans 7 xususiy maktabi", 'Chinor' restorani yonida.
☎️ Murojaat uchun: +998908735725

🎯 Darslar davomida sifatli bilim olishga va erkin muloqot qilish darajasiga ega boʻlasiz.

🏆 Maqsadlaringizga sifatli ta'lim va ishonchli ustozlar bilan erishing!

https://t.me/Renessans7_maktab

KESHNEWS

30 Jan, 10:03


Xabarlik MFYdagi quduq yopilibdi

Shahar suv ta'minoti filiali mutaxassislari Xabarlik mahallasi, O'rikzor ko'chasidagi kuzatuv qudug'i ustini tеmir bеton bilan yopib, nosozlikni bartaraf etishibdi.

@keshnews

KESHNEWS

30 Jan, 06:12


Nogironligi bo'lsada kasb o'rgangani keladigan o'quvchi

Prezidentimiz tashabbusi bilan maktab o'quvchilarga maktablarning o'zida kasb-hunar o'rgatish tizimi yo'lga qo'yildi. Avval kollejlarda o'rgatilgan kasblar, endi maktablarda o'rgatilmoqda.

Maktab o'quvchisi bo'lgan Javlon imkoniyati cheklangan bo'lishiga qaramasdan nogironlik aravachasida o'zi o'qiydigan maktabga axborot texnologiyalarini o'rganish uchun qo'shimcha shug'ullanish uchun kelar ekan.

Qarshi shahridagi 10-sonli maktabda o'quvchilarga chilangarlik, avtomobillarni xizmat ko'rsatish va boshqa kasblarni o'rgatish yo'lga qo'yilgani juda ajoyib ish bo'libdi. Boshqa maktablarda ham shunday sharoit qilinishi kerak.

P.S. Javlonning buvisi erinmasdan nabirasini olib yurishiga qoyil. Ta'lim olishni birinchi o'ringa qo'yadiganlarga tasanno.

@keshnews

KESHNEWS

30 Jan, 05:32


Бугун, 30 январь Мустақил Ўзбекистоннинг биринчи Президенти, марҳум Ислом Абдуғаниевич Каримовнинг таваллуд топган куни.
(30.01.1938 - 02.09.2016)

Аллоҳ бу инсонни охиратини обод қилсин!

@keshnews

KESHNEWS

30 Jan, 05:03


Shahrisabzda taniqli flebolog ko'rigi bo'lib o'tadi

"Kesh Medical plaza" tibbiyot maskani yurtdoshlarimizga qulaylik yaratish maqsadida 10 yillik tajribaga ega, Rossiya Federatsiyasining Fleboss klinikasida varikozni lazer yordamida davolash bo‘yicha tajriba orttirgan Qurbonov Ali Qambarovichni Shahrisabz shahriga taklif etmoqda.

Taniqli flebolog, tomir jarrohi doktor Qurbonov joriy yilning 8-9 fevral kunlari ko‘rik va jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazadi.

Varikozni lazer yordamida operatsiya qilishning afzalliklari quyidagilar:
- kasalxonada yotmaysiz;
- hech qanday kesish jarohatlari bo‘lmaydi;
- narkozsiz amaliyot;
- 30-40 daqiqalik operatsiya;
- bemor uyiga o‘z oyoqlarida yurib ketadi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun
75 230 03 03
75 230 03 02

Manzil: Shahrisabz shahri, Ipak yo‘li ko‘chasi, 100-uy

@keshmedicalplaza

KESHNEWS

30 Jan, 02:20


Zamonaviy dor yo‘li tayyor bo‘lishiga oz fursat qoldi. Shahrisabz turizm markaziga aylanishi yaqin vaqtlarda sodir bo‘ladi.

@keshnews

KESHNEWS

29 Jan, 11:43


Temir yo'llar kompaniyasi xodimi aholiga yaxshi bo'lishi jihatdan jamiyat degan so'zni ishlatdimi desak, bu odam jamiyat deganda o'zi ishlab turgan tashkilotni aytibdi.

Qoyil, inson manfaatlaridan ko'ra bir tashkilotni manfaati ustun tursa.

@keshnews

KESHNEWS

29 Jan, 06:47


Katta novqat mahallasida nosoz, yurishga yaroqsiz bo'lib qolgan ko'chalarga asfalit yotqizilibdi

P.S. Bu mahalla aholisining birlashuvi natijasi!

@keshnews

KESHNEWS

29 Jan, 04:48


Boks bo'yicha O'zbekiston chempionatida Qashqadaryo viloyati jamoasi 13-o'rinda qayd etilibdi.

Erkaklar jamoasida umuman medal yo'q, ayollar jamoasida esa 2 ta kumush medal qo'lga kiritilgan.

Natija yaxshi yoki yomonligini jadvaldagi o'rnimiz aytib turibdi.

@keshnews

KESHNEWS

29 Jan, 02:12


Kitob tumanidagi "Oq suv" mahallasida joylashgan "Xo'jaisporoz" ziyoratgohida ta'mirlash jarayonlari olib borilmoqda.

@keshnews

KESHNEWS

28 Jan, 15:43


Shahrisabz shahridagi 1-Politеxnikum (mono markazda) kеngaytirilgan mеhnat yarmarkasi tashkil etilibdi.

@keshnews

KESHNEWS

28 Jan, 13:27


Nosozlik bartaraf etilibdi

Shahrisabz shahri Qoziguzar mahallasi Samarqand ko'chasida joylashgan kuzatuv qudug'idagi nosozlik shahar suv oqava korxonasi mutaxassislari tomonidan bartaraf etilibdi.

@keshnews

KESHNEWS

22 Jan, 12:52


Shahar prokurori hokim yordamchilari faoliyati natijalari bilan tanishdi

Shahrisabz shahrining 40 ta mahallalaridagi hokim yordamchilarining o'tgan yilgi topshiriqlar ijrosi va joriy yilda oldilariga turgan vazifalar shahar prokurori R.Xurramov va shahar hokimining birinchi o’rinbosari A.Uzoqovlar tomonidan tahlil etilibdi. Bu haqda hokimlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Yig’ilishda o'tgan yilgi ijobiy natijalar bilan birga yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar tilga olinib, ularni bartaraf qilish, o'nglash, to'g'irlash bo'yicha hokim yordamchilariga va biriktirilgan mas'ullarga ma'lum vaqtga qadar muddat bеrilgan.

Joriy yilda tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish va ishsiz aholini bandligini ta’minlash choralarini ko’rish, shuningdеk manzilli yo’l xaritasini har bir mahalla kеsimida ishlab chiqish va kundalik vazifalar ijrosini ta'minlash bo’yicha hokim yordamchilariga zarur topshiriqlar berilibdi.

@keshnews

KESHNEWS

22 Jan, 11:23


Ma'rifat mahallasida yangi bog'cha ish boshlabdi

Shahrisabz shahri Ma'rifa MFY hududida joylashgan 29–DMTTning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tibdi. Bog'cha 150 nafar tarbiyalanuvchilarga mo'ljallangan bo'lib, umumiy еr maydoni 7 sotixni tashkil etadi. Tеndеr qiymati 5 milliard so'mni tashkil etadi.

2 qavatli zamonaviy binoda 3 ta ko'mirga mo'ljallangan isitish qozoni yordamida 26 ta xona isitilishi ma'lum qilingan.

@keshnews

KESHNEWS

22 Jan, 10:13


Srechko Katanes bosh murabbbiylikdan ketibdi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sabab Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishga qaror qilibdi.

Jahon chempionati so'nggi saralash bosqichida atigi 4 ta o'yin qolgandi. Katta mehnat qildi. Yigitlarimiz ajoyib o'yin ko'rsatishmoqda. Ular bizning qo'llab-quvvatlashimizga muhtoj. Yaxshi bosh murabbiy qo'yilishi kerak. RO'ziqul Berdiyev va Timur Kapadze eng munosib nomzodlar.

@keshnews

KESHNEWS

22 Jan, 07:42


Kitobda 5 qavatli maktab qurildi

Kitob tumani markazida qiymati 14,5 mlrd so‘mlik 5 qavatli 1830 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy maktab binosi foydalanishga topshirildi. Tantanali marosimda viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etdi.

@keshnews

KESHNEWS

22 Jan, 04:37


Ichki ishlar vaziri viloyatimiz mas'ullari bilan yig'ilish o'tkazdi

“2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida o‘z faoliyatini boshlagani ma'lum qilindi.

@keshnews

KESHNEWS

21 Jan, 10:01


Amir Temur jangovar bayrog'i Shahrisabz shahriga yеtib kеldi

@keshnews

KESHNEWS

21 Jan, 03:45


Abduqodir Husanovning “Manchester City” futbolchisi sifatidagi ilk intervyusi. U rasman Cityda.

— Bu boshlanishi, hali o’zbeklar Angliyada ko’p o’ynaydi, - dedi Abduqodir.

P.S. Ota-onalar farzandiga investitsiya kiritish, o‘zi och bo‘lsada bolasiga kitob, kompyuter olib berishni o‘ylash kerak. Bugun qiyin bo‘lishi mumkin, biroq muvaffaqiyat o‘ta shirin bo‘ladi.

@keshnews

KESHNEWS

20 Jan, 14:06


Diqqat!

Chorshanbe qo'rg'onidagi shifoxona ichida telefon qurilmasi topib olingan. Ushbu telefon egasi +998978360006 raqamiga qo'ng'iroq qilishi so'raladi.

P.S. Telefon kutish ekranida 2 kishining fotosurati bor.

@keshnews

KESHNEWS

20 Jan, 10:59


Shahrisabz shahri ko'chalarida shovqin solib, kechalari odamlar tinchligini buzib yurganlarga chora ko'riladimi?

Shu mazmundagi murojaat @keshnews_bot manziligi kelib tushdi. Ushbu tinchlikbuzarlar mashinada qattiq ovoz chiqargan holda shahar ko'chalarini kezmoqda. Bu kabilarga chora ko'riladimi?

@keshnews

KESHNEWS

20 Jan, 07:24


Германия меҳнат бозори учун оғир юк машиналари ҳайдовчилари Ўзбекистонда тайёрланади!

Миграция агентлиги, Германиянинг SBH West GmbH ҳамда “Ватанпарвар” ташкилотлари ўртасида уч томонлама ҳамкорлик меморандуми имзоланди.

Икки давлат миграция соҳасида илк бор амалиётга тадбиқ этилаётган бу келишув натижасида 700 нафар ҳамюртимиз юк машиналари, автобус ва локомотив ҳайдовчиси сифатида Ўзбекистон ҳудудида немис тилига ўқитилиб, “Ватанпарвар” ташкилотида касбий қайта тайёрлов курсларида малака оширади ва Германияга тўғридан-тўғри ишга юборилади. Ойлик маошлари ойига 2400 - 2600 € ташкил қилади.

Ҳозирги кунда бир гуруҳ тингловчи онлайн дарсларда иштирок этмоқда, яқин кунларда янги гуруҳлар очилади ва кенг миқёсли ўқишлар бошланади.

Мурожаат учун: Миграция агентлиги 1282, 71 202-33-55 (10/17).

@keshnews

KESHNEWS

20 Jan, 05:34


Shahardagi ayrim mahallalarda elektr toki bo'lmaydi

Nizomiy 35/10kV nimstansiyasidan chiquvchi "Novqat" havo elektr uzatish tarmogʻida ta'mirlash ishlari olib borilishi bois Shahrisabz shahrining Zargarlik, Katta Novqat, Oqsaroy MFY hududlarida soat 09:30 dan 16:00 gacha elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilishi xabar qilindi.

@keshnews

KESHNEWS

20 Jan, 05:01


Urushlar tugaydi, lekin farzand dog'idagi onalar qoladi

Mantiqsiz urushlarni tugatgani uchun urushniboshlaganlarga "nobel"lar beriladi, lekin onalar iztirobi va yig'isi tugamaydi. Ular qabrda ham bolam deb nola qiladi.

Yo'qolsin urush, yo'qolsin bolalar qotillari!

@keshnews

KESHNEWS

19 Jan, 05:40


#Биласизми

✔️  Қонунчиликка кўра, секторлар ишчи гуруҳлари томонидан "Аёллар дафтари"га киритилган хотин-қизларнинг уй-жойи ҳолати ўрганилади.

🏢 Ҳар бир уй-жойни таъмирлаш ишларига "Аёллар дафтари" жамғармаси ҳисобидан БҲМнинг 30 бараваригача (11 млн 250 минг сўм) миқдорда маблағ ажратилиши белгиланган.

@keshnews

KESHNEWS

18 Jan, 15:43


🔤🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤🔤🔤

"ISHONCH" erkaklar kiyimlari do'konimizga marhamat. Bizda kiyimlar assortimenti katta. Yuqori sifat va yoqimli narxlar aynan siz uchun. ☝️

Eng asosiysi insofli va o'z nomi bilan ishonchli do'kon.

📍Mo'ljal: Kitob dehqon bozori ro'parasi

Telegram kanal: https://t.me/ishonch_erkaklar_kiyimi_gruppa

Instagram: https://www.instagram.com/ishonch_erkaklar_kiyimi

KESHNEWS

09 Jan, 16:23


Shahrisabz shahri Do'stlik MFY Andijon ko'chasidagi quduq holati

Quduq kimga tegishli ekana? Quduq og'zi qachondan buyon ochiq?

@keshnews

KESHNEWS

09 Jan, 13:08


Shahrisabz shahar Fusunkor ko'chasidagi yangi ko'p qavatli uylarning oldidagi chiqindixona

@keshnews

KESHNEWS

09 Jan, 07:22


Ichki ishlar xodimlari ustidan shikoyat qilish uchun raqamlar va bot e'lon qilindi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlarini noqonuniy deb hisoblasangiz, ular tomonidan korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘yilayotganiga guvoh bo‘lsangiz, u holda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasining +998752244063, +998984754010 raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling yoki https://t.me/iiv_shxb_bot nomli botiga murojaat qilishingiz mumkin!

@keshnews

KESHNEWS

09 Jan, 05:44


5 ta davlatga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladr ekan

Transport vazirligi quyidagi xalqaro yo‘nalishlarda qatnovlarni amalga oshirish istagidagi tashuvchi tadbirkorlarni hamkorlikka chaqiradi:

🇰🇿 Qozog‘istonga

• Buxoro – Turkiston
• Urganch – Aqtau
• Farg‘ona – Olmaota (Tojikiston orqali)

🇹🇯 Tojikistonga

• Samarqand – Dushanbe
• Buxoro – Dushanbe

🇰🇬 Qirg‘izistonga

• Andijon – O‘sh
• Andijon – Jalolobod
• Andijon – Arslanbob
• Kosonsoy – Jalolobod
• Buxoro – Bishkek

🇷🇺 Rossiyaga

• Surxondaryo – Buxoro – Urganch – Nukus – Moskva
• Urganch – Nukus – Ufa
• Nukus – Krasnodar
• Toshkent – Ufa
• Toshkent – Krasnodar

🇨🇳 Xitoyga

• Nukus – Urganch – Buxoro – Urumchi

@keshnews

KESHNEWS

08 Jan, 17:08


Shakarteri mahallasi hududida obodonlashtirish ishlari olib borilibdi

Shahrisabz va Miraki yo’l kesishmasida joylashgan Shakarteri MFY hududida, noqonuniy qurilgan obyektlar va boshqa turdagi inshootlar buzilib, yo‘l yoqasi obodonlashtirilibdi. Bu ishlar, yo’llarni kengaytirish va transport tizimini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

@keshnews

KESHNEWS

08 Jan, 15:17


Shahrisabz tumanida Ichimlik suvi ta’minoti bo’limi tomonidan Miraki MFYda ta’mirlash ishlari amalga oshirilibdi.

@keshnews

KESHNEWS

08 Jan, 13:12


Shahrisabz tumanida ariqlarni betonlashtirish davom etmoqda

Tumanning ko‘plab hududlarida ariqlarni modernizatsiya qilish orqali sug‘orish tizimi yanada samarali etish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Betonlashtirish ishlari davomida ariqlar atrofi yashillashtirilmoqda.

@kehsnews

KESHNEWS

08 Jan, 10:29


"Ma'rifat" mahallasidagi quduq haqida biroz avval yozgan edik. Ko'p o'tmay quduq ahvoli yana shu ahvolga kelibdi. Bu quduqqa jiddiy e'tibor qilish va standartga mos ta'mirlanmasa bundan battar ham bo'lishi mumkin.

@keshnews

KESHNEWS

08 Jan, 07:52


Quduq xavfsiz holatga kеltirilibdi

Shahrisabz shahar hokimligi Matbuot xizmati Bunyodkor mahallasi hududidagi 7-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi oldidagi kuzatuv qudug'i ta'mirlanib, xavfsiz holatga kеltirilganini ma'lum qildi.

@keshnews

KESHNEWS

08 Jan, 06:41


Bugun prokuratura organlari xodimlari kuni. Kasb bayrami muborak bo‘lsin!

@keshnews

KESHNEWS

08 Jan, 06:16


Varikozni lazer yordamida davolashga nima deysiz?

"Kesh Medical plaza" tibbiyot maskani yurtdoshlarimizga qulaylik yaratish maqsadida 10 yildan ortiq tajribaga ega, Rossiya Federatsiyasining Fleboss klinikasida varikozni lazer yordamida davolash bo‘yicha tajriba orttirgan Qurbonov Ali Qambarovichni Shahrisabz shahriga taklif etmoqda.

Taniqli flebolog, tomir jarrohi doktor Qurbonov joriy yilning 16-17 yanvar kunlari ko‘rik va jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazadi.

Varikozni lazer yordamida operatsiya qilishning afzalliklari quyidagilar:
- kasalxonada yotmaysiz;
- hech qanday kesish jarohatlari bo‘lmaydi;
- narkozsiz amaliyot;
- 30-40 daqiqalik operatsiya;
- bemor uyiga o‘z oyoqlarida yurib ketadi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun
75 230 03 03
75 230 03 02

Manzil: Shahrisabz shahri, Ipak yo‘li ko‘chasi, 100-uy

@keshmedicalplaza

KESHNEWS

08 Jan, 03:23


Taʼmirlash ishlari sabab elektr toki taʼminotida uzilish bo‘lishi aytilmoqda

Shahrisabz 110/35/10kV nimstansiyasidan chiquvchi "Gulxaniy" havo tarmogʻida ta'mirlash ishlari olib borilishi bois Shahrisabz shahrining Bo‘ston, Qushxona MFY hududlarida soat 14:00 dan 16:00 gacha elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

@keshnews

KESHNEWS

26 Dec, 15:24


Qashqadaryo viloyati prokurori Shahrisabzda sayyor qabul o'tkazdi

Qashqadaryo viloyati prokurori Bektosh Sayipov tomonidan aholi bilan bevosita va ochiq muloqat qilish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish maqsadida Shahrisabz shahrida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda 28 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari o‘z murojaatlari bilan ishtirok etgan.

Qabulda tergov-surishtiruv harakatlari, sud hujjatlari ijrosi, mehnat munosabatlari, yerga oid hamda mulkiy nizolar va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar tinglangan.

@keshnews

KESHNEWS

26 Dec, 13:38


Shahrisabz shahar Hunarmandlar klastеri rahbari Mahliyo Mannonova rеspublika Xotin qizlar qo'mitasi tomonidan o'tkazilgan "Nafosat-2024" rеspublika ko'rik tanlovi g'olibligini qo'lga kiritdi.

@keshnews

KESHNEWS

26 Dec, 10:39


Maktab diretorining yuqoridagi post bo'yicha murojaati

"Assalomu alaykum admin. To'ĝri kecha Qumqishloq MFYda yashovchi USMONOV MA'RUF degan fuqaro kelib bizlar ertaga mahallalararo futbol musobaqasi o'tkazamiz. Bizga bir kunchalik maktabingizni hududidagi futbol maydonini berib turing degan gapni aytdi. Men esa qaysi tashkilot o'tkazayapti, xat qilib ruxsatnoma olib keling deb aytganman. Xolboyev Bahodir hozirgi kunda Toshkentga yashaydi, u yigitni ikki yildan beri ko'rganim ham yo'q. Umuman gaplashmaganman. Hurmatli admin bu tuhmat, ishonuvring".

@keshnews

KESHNEWS

26 Dec, 09:33


Qumqishloqda mahallalar o'rtasidagi futbol turniri o'tkazilishi uchun maktabga pul to'lash kerakmi?

"Assalomu alaykum hurmatli kanal adminlari. Men Qumqishloq qishlog'i futbol murabbiyiman. Yangi yil yaxshi niyat bilan Qumqishloq MFY tarkibidagi 8 mahalla futbol turniri tashkil qilganmiz. Bu ana'naviy tus olgan, ammo bu yilgi mavsum shu turnir o'tishiga 15-maktab direktori A.Xaydarov to'sqinlik qilmoqda. Sababi turnir maktab hududidagi futbol maydonida bo'lib o'tadi. Direktor 1 million so'm to'lov qilishni so'ramoqda, biz nima qilishimiz kerak?"

P.S. Ushbu murojaat murojaatchi Bahodir Xolboyev tomonidan yuborilgan bo'lib, maktab rahbariyatining bu boradagi javobini kutib qolamiz.

@keshnews

KESHNEWS

25 Dec, 07:13


Prezident sovg‘alari Qashqadaryoga yetib kelibdi

12 turdagi o‘quv qurollar va 15 xil shirinliklardan iborat bo‘lgan 1023 dona Prezident sovg‘alari Qashqadaryo viloyatiga yetib kelibdi.

Ma'lumot uchun, Prezident sovg'alari Mehribonlik va muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek, yurtimiz tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlariga topshiriladi.

@keshnews

KESHNEWS

25 Dec, 06:13


Ushbu avtomobil raqami topib olingan

@keshnews_bot manziliga murojaat qiling!

@keshnews

KESHNEWS

24 Dec, 15:44


To‘nning yenggi uzun bo‘lgani yaxshimi yoki kalta bo‘lgani? Uzuni isitadi, kaltasi moy bo‘lmaydi.

Ikki yuz yillik muammoyimiz shu. Etak, jun, bosh qo‘yadigan bir parcha latta.

@keshnews

KESHNEWS

24 Dec, 13:37


Bizga raqamlar muhim!
Bizga harflar muhim!
Bizga summasi qiziq emas.

P.S. Bizga tuflisining tagi yirtilib yotgan, 20 soatlab metanga navbatda turgan, uyida non ko‘tarib kelishini kutib yotgan nogironi bor ota muhim emas.

01888BBB avtomobil raqami 1 milliard so‘mga chiqibdi. Qanchaga to‘xtar ekan-a?

P.S.S. Bizga o‘zi nima muhim, raqammi yoki harf?

@keshnews

KESHNEWS

24 Dec, 10:26


Tuman va shahar hokimlari tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi.

@keshnews

KESHNEWS

24 Dec, 07:27


O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda vafot etdi.

Alloh rahmatiga olsin!

@keshnews

KESHNEWS

24 Dec, 06:16


Elektr ta'minotida uzilish bo‘ladi

Yakkabog'-2-110 kV havo elektr uzatish tarmog'ida ta’mirlash ishlari olib borilishi  bois soat 10:00 dan 16:00 gacha;

🔹Shahrisabz shahrining Kesh, Ma'rifat, Kamolot, Qorasuv, Tezguzar, Uymovut

🔹Shahrisabz tumanining Haqiqat, Soybo‘yi, Hazara, Chorshanbe, Mo‘minobod, Qutchi, Jo‘ra Elboyev, Paxtakor, Yangibog', Qumqishloq, Duxchi, Qiyomshayx, Ommog'on, Xitoy,

🔹Kitob tumanining Varganza, Qatorbog' Bashir, Navoiy, Tupchoq, Siyob, Sariosiyo, Katyus, Oqsuv, Obikanda, Makrid, Panji, Denov, Kuxsor, Guliston, Istiqbol, Charmgar, Ayoqchi MFY hududlarida elektr ta'minotida uzilishlar bo‘ladi.

Shuningdek Guliston 110/35/10kV nimstansiyasida ta'mirlash ishlari olib borilishi bois Shahrisabz shahrining Namaton, Bunyodkor, Pillakashlik, Gʻalaba, Kesh MFY hududlarida soat 10:00 dan 16:00 gacha elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

@keshnews

KESHNEWS

24 Dec, 06:13


35 million dollar yechgan hamyurtimiz ozodlikka chiqibdi

Qashqadaryolik bu yigitning katta salohiyatidan to‘g‘ri foydalanilsa, o‘ziga o‘xshagan hakkerlarni yetishtirishda ko‘maklashsa anchahina foydali bo‘lar edi.

Qashqadaryo anti hakkerlar markaziga aylansaya. 35 million dollar ayrim tumanlarning bir yillik eksportidan ko‘pda.

@keshnews

KESHNEWS

23 Dec, 14:45


Tuman prokurori o‘rinbosari taʼlim muassasalarining isitish tizimini o‘rganmoqda

@keshnews

KESHNEWS

23 Dec, 11:31


Муротжон Азимов “Мираки” туризм маҳалласида амалга оширилаётган ишлар билан танишди

Хабарингиз бор, давлатимиз раҳбари топшириқларига асосан Шаҳрисабз туманида бир қатор туристик зоналар, меҳмонхоналар ва дам олиш масканлари қурилиши бошланиб, ҳозирда "Мираки" ҳудудида катта бунёдкорлик ишлари амалга оширилмоқда.

Вилоят ҳокими Муротжон Азимов ҳудудда бўлиб, амалга оширилаётган ишларни бориши билан танишди.

@keshnews

KESHNEWS

23 Dec, 11:01


🏦 Xalq banki balansidagi ko'chmas mulk obyektlari e-auksionda sotuvga qo'yildi

Savdo do‘koni, ofis, xizmat ko‘rsatish markazi yoki boshqa maqsadlar uchun mos bino izlayapsizmi?

🔵 Xalq banki balansidagi respublikamizning turli hududlarida qulay manzilda joylashgan ko'chmas mulk obyektlari e-auksion orqali sotuvga qo‘yildi.

🔵 Tadbirkorlik faoliyatingizni kengaytirish yoki yangi biznes loyiha boshlash uchun tayyor infratuzilmani qulay narxlarda sotib olish imkoniyatini boy bermang!

⚡️ Batafsil ma’lumot:
  xb.uz
  Ko'chmas mulk obyektlarining ma'lumotlari

Biznesingiz uchun eng yaxshi manzilni hoziroq tanlang!

🌐 Facebook |🌐 Instagram
🌐 Telegram |👍 YouTube

KESHNEWS

23 Dec, 10:03


O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi B.Ashrafxanov Ozarbayjonning yirik sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi korxonalari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazibdi.

Uchrashuv davomida Shahrisabz tumanida sut mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

@keshnews

KESHNEWS

23 Dec, 07:47


"Shahrisabz" turistik markazida yangi loyihalar, yangi rejalari belgilab olindi

Viloyat turizm departamenti mas’ullari tashabbusi bilan "Shahrisabz" turistik markazida joriy yilda amalga oshirilgan ishlar va yangi yilda rejalashtirilayotgan loyihalarga bag‘ishlangan taqdimot marosimi o‘tkazildi. Taqdimotni viloyat hokimining birinchi  o‘rinbosari A.Qodirov boshqarib, Shahrisabz shahri va tumanida kelgusi  yilda  turizm sohasini rivojlantirishda Prezidentimiz yo‘l yo‘riqlari, dasturlari asosida zamonaviy loyihalarni hayotga tadbiq etish bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini va takliflarini bildirdi.

Viloyat hokimining o‘rinbosari A. Zokirov, turizm departamenti  mutaxassisi O.Olimjonovlar ham taqdimot yig‘ilishida so‘z olib, hududda rejalashtirilayotgan  
loyihalar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berishdi hisobot va yangi yil rejalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan sarhisob yig‘ilishida viloyatdagi yirik tadbirkorlik subyektlari rahbarlari ham ishtirok etishdi. Tadbirkorlarni qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

Shuningdek "E-auksion" savdo platformasiga qo‘yiladigan loyihalar xususida ham o‘zaro kengashib olingan.

@keshnews

KESHNEWS

23 Dec, 06:29


Вилоят ҳокимининг навбатдаги сайёр қабули Шаҳрисабз шаҳрида бўлди

Ушбу қабулда фуқаролар бир қатор масалаларда ўз муаммоларини билдирган бўлса, вилоят раҳбари ҳам ҳар бир фуқаро билан юзма-юз учрашиб, уларнинг муаммоларини имкон қадар жойида ҳал қилишга ҳаракат қилди. Айрим масалалар юзасидан тегишли мутасадди ташкилотларга топшириқлар берилиб, қисқа муддатда амалга оширилиши бўйича топшириқ берди.

Шунингдек, сайёр қабулда сектор раҳбарлари, вилоят ташкилотлари раҳбарлари, Шаҳрисабз тумани ҳокими, Шаҳрисабз шаҳри, Чироқчи, Яккабоғ, Қамаши, Китоб туманларининг ҳоким ўринбосарлари ҳам фаол иштирок этишди.

Муротжон Азимов фуқароларнинг дардини эшитиб, улар билан очиқ мулоқот олиб бориш, шунингдек, ҳар бир мурожаатга эътибор қаратиш Президентимиз таъкидлаганларидек, ҳокимлар ва тегишли раҳбарлар фаолиятининг устувор йўналишларидан бири эканлигини қайд этди.

@keshnews

KESHNEWS

23 Dec, 06:00


“Кўз нури” клиникасидан мега акция бўлиб ўтмоқда

Акция шарти оддий! “Кўз нури клиникаси инстаграмм саҳифасига аъзо бўлиб, саҳифа орқали ваучерни қўлга киритасиз. Бу билан Сиз бир марталик кўз амалиёти учун 500 минг сўм, иккала кўз амалиёти учун эса 1 миллион сўмлик чегирмага эга бўласиз.

Шифохонамизда Германиянинг Mell 90 замонавий ускунаси билан лазер коррекцияси амалга оширилади.

Акция 15-декабрдан 30-декабргача давом этади.

Мурожаат учун: +998993169121

Манзил: Қарши шаҳар, "Ёшлар маркази" рўпарасида

💬 Саволлар учун: @Koznuri_bot

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook | 📱 YouTube

@nasafnewsuz расмий саҳифаси

KESHNEWS

23 Dec, 05:31


Chiqindixona tozalanibdi

Shahrisabz shahar Pillakashlik mahallasidagi chiqindixona  tozalangani haqida xabar berildi.

@keshnews

KESHNEWS

22 Dec, 09:46


Shahrisabzlik o‘quvchilar Taylandda o‘tadigan olimpiadada ishtirok etishar ekan

Joriy yilning 13-14 dekabr kunlari “ASMO-2024” matematika va tabiiy fanlar bo'yicha Osiyo Xalqaro olimpiadasi katta quvonch bilan o‘tibdi.

Tadbir onlayn va offlayn shaklda tashkil etildi. Mazkur Xalqaro olimpiadada Shahrisabz shahridagi 24-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o‘quvchilari ham faol ishtirok etib, o‘z bilimlarini namoyish etdilar.

11-sinf o‘quvchisi  Murodova Lola tabiiy fandan 92 ball bilan oltin medalni, 10-sinf o‘quvchilari Karimova Maftuna va Bozorova Malikalar bronza medalni qo‘lga kiritib, 2025 yil 10-13 yanvar kunlari Tailandning Bangkok shahrida o‘tkaziladigan Xalqaro olimpiadaning final bosqichida qatnashish huquqiga ega bo’lishdi.

@keshnews

KESHNEWS

21 Dec, 16:50


❗️Kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 31-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun bаzаviу va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiуmatidan 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2024-yil 31-dekabri (shu kuni hаm) etib belgilandi:

to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);

o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklagan talabalar;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiу o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ta'lim muassasalarini tаmomlаgаn yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

❗️Eslatma: Bu 2024/2025-o‘quv yilida qabul qilingan abituriyentlar uchungina amal qiladi. Amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

@keshnews

KESHNEWS

21 Dec, 08:31


Pillakashlik mahallasidagi chiqindixona

@keshnews

KESHNEWS

20 Dec, 15:21


Foydali: o‘qituvchilik ortidan milliarderga aylangan Mohira Boltayeva

23 yoshli hamyurtimiz xalqaro olimpiada sovrindori, uch yildan beri Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda kimyo fanidan dars beradi.

Bo'sh vaqtingizda oila davrasida ko'rish kerak bo'lgan, farzandlarga investitsiya masalasida ikkilangan insonlar ko'rish kerak bo'lgan material bo'libdi.

Milliardlarni shu kabi ilm-fandan O'zbekistonning imidjini ko'rsatadigan, xalqaro ilmiy doirada o'rnimizni oshira oladiganlarga berish kerak.

Video: https://www.youtube.com/watch?v=yyWfUFbHHsY&t=1448s

@keshnews

KESHNEWS

20 Dec, 15:09


🙂😀😁😂☺️🙂

😱 texnomart'da yangi yil aksiyasi davom etmoqda!

Ko'plab texnikalar ZO'R narxda va KAFOLATLANGAN sovg'asi bilan!
_______


😱 В texnomart продолжается новогодняя акция!

Множество техник по СУПЕР цене, да еще и с ГАРАНТИРОВАННЫМИ подарками!

71-209-99-44
Obuna bo'ling👇🏻
@texnomart

KESHNEWS

20 Dec, 13:59


💰 Ham passiv daromad, ham sovg'aga ega bo'ling!

Xalq banki aksiya doirasida onlayn omonat rasmiylashtirgan mijozlarga shunday imkoniyatni taqdim qiladi.

Shartlar juda oddiy:
“xazna” ilovasida eng kami 10 mln. so'm miqdorida onlayn omonat rasmiylashtirasiz va ishtirokchiga aylanasiz.

Sovrinlar:
🟢 10 ta iPhone 16 Pro Max
🟢 15 ta Apple Watch 8
🟢 10 ta iPad mini 6
🟢 15 ta AirPods Pro

Shoshiling, g'oliblar soni cheklangan! 50 nafar omadli omonat egasi sovg'alardan biriga ega bo'ladi.

🔎 G'oliblar ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda jonli efirda random.org platformasi orqali aniqlanadi.

🗓 Aksiya 2024-yilning
29-dekabrigacha davom etadi.

🌐 Batafsil: xb.uz

⬇️ "xazna" ilovasini yuklab oling:
Play market / APP Store

🌐Instagram | 🌐Telegram |
🌐 Facebook

KESHNEWS

24 Nov, 15:05


Tuman ko‘zi ojizlar jamiyatiga kompyuter berilibdi

Shahrisabz tuman sektor rahbarlari ishtirokida fuqarolar murojaatlari bo‘yicha o‘tkazilgan qabul jarayonida Ko‘zi ojizlar jamiyati tuman bo‘limi vakilining kompyuter jamlanmasi ajratilishini so‘rab yo‘llagan murojaati joyida hal etilibdi.

@keshnews

KESHNEWS

24 Nov, 14:17


Shahar prokurori aholi xonadonida

Qachonlardir shunaqa kunlar keladi desa kimdir ishonganmi? Hokim fuqarolarni qabul qilib, muammosini eshitsa, prokuror aholi xonadonida muammoga yechim izlashda ko‘maklashsa...

Ochiqlik, odamlar bilan muloqot insonlar hayotini yaxshilashda eng muhim vosita bo‘ladi. Odamlar muammoni ochiq ayta olsagina yechim izlanadi.

@keshnews

KESHNEWS

24 Nov, 08:24


Germaniyada kasbiy ta’limni (Ausbildung) boshlamoqchimisiz?

Siz nemis tilini o‘rganyapsiz va Germaniyada Ausbildungda o’qishni istaysizmi? Buni qanday amalga oshirilishini bilmoqchimisiz? Unda 28-noyabr kuni soat 16:00 da germaniyalik hamkorlar tomonidan tashkil qilinadigan bepul onlayn axborot tadbirda ishtirok eting.

Tadbirda Germaniya hukumatining “Apal” loyihasi haqida ma’lumot beriladi va unda siz o‘qishning imkoniyatlari, kasblar haqida va zarur barcha ma'lumotlarni bilib olasiz.

Shunchaki o‘z elektron pochta manzilingiz bilan quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘ting. Ro‘yxatdan o‘tgach, sizga tadbirga kirish havolasi yuboriladi! Biz sizni onlayn uchrashuvda kutib qolamiz!

Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, siz ushbu tadbirda o‘z maktabingiz yoki o‘quv markazingizdan qatnashishingiz mumkin. Agar siz 18 yoshdan kichik bo‘lsangiz, ota-onangizning roziligi talab etiladi. Ota-onangiz ham tadbirga taklif etiladi. Tadbir nemis va o‘zbek tillarida olib boriladi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun: 91-961-35-11

@keshnews

KESHNEWS

24 Nov, 02:35


Nodavlat bog’cha va maktablar 2030-yilgacha soliqlardan ozod etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat bog’cha va maktablar barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi, ularda ishlayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar esa daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.

⬇️ 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nodavlat taʼlim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan xorijiy pedagog mutaxassislarga “A-2” oʻqituvchilar kirish vizalarini berish yoʻlga qoʻyiladi;

davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yigʻim miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.

🖥 Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlarining Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan quyidagi tovar jihozlariga bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno):

🔹zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari;
🔹kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
🔹oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.

@keshnews

KESHNEWS

23 Nov, 18:50


Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Abdusalom Azizov lavozimidan bo‘shatildi.

Uning o’rniga mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov DXX raisi etib tayinlangan.

Bu haqda GazetaUz hamda KunUz xabar bermoqda.

@keshnews

KESHNEWS

23 Nov, 18:31


"ISHONCH" erkaklar kiyimlari do'konimizga marhamat. Bizda kiyimlar assortimenti katta. Yuqori sifat va yoqimli narxlar aynan siz uchun.☝️

Eng asosiysi insofli va o'z nomi bilan ishonchli do'kon.

📍Mo'ljal: Kitob dehqon bozori ro'parasi

Telegram kanal: https://t.me/ishonch_erkaklar_kiyimi_gruppa

Instagram: https://www.instagram.com/ishonch_erkaklar_kiyimi

KESHNEWS

23 Nov, 15:27


Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Shahrisabz tumanida

Joriy yil 21-noyabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi o‘rinbosari G.Saidova hamda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti Sh.Turdikulovalar boshchiligidagi delegatsiya Shahrisabz tumaniga tashrif buyuribdi.

Tashrif doirasida tumanda olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari va turizm loyihalari ko‘zdan kechirildi. Tashrif qatnashchilari tumandagi yutuqlar bilan yaqindan tanishib, yangi rejalar yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, tuman hokimi S.Hasanov tomonidan tumanda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi loyihalar haqida batafsil axborot taqdim etilibdi.

@keshnews

KESHNEWS

23 Nov, 13:31


Tuman prokurori elektr podstansiyalari holati bilan tanishibdi

Joriy yilning noyabr oyi "Energetika xavfsizligi" oyligi e’lon qilinganligi munosabati bilan Shahrisabz tumani prokurori Bahodir Xudoyqulov tegishli tashkilotlar bilan birgalikda tumanga kirib kelayotgan elektr energiyasi hisobini nazorat qilish bo‘yicha “Guliston-110/35/10 kV” va “Amir Temur-220/110 kV” podstansiyalari kunlik ko‘rikdan o‘tkazibdi.

Ko‘rik davomida tarmoqning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilib, energiya iste’molini yaxshilash va tabiiy yo‘qotishlarni kamaytirish borasida tegishli ko‘rsatmalar beribdi.

@keshnews

KESHNEWS

23 Nov, 12:32


Prezidentimiz "Yashil makon" loyihasi doirasida barpo etilayotgan yangi bog‘ga ko‘chat ekdi.

@keshnews

KESHNEWS

23 Nov, 07:37


Xalqaro tadbir ishtirokchilari Shahrisabzni ziyorat qilishibdi

Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tashkilotlarining Maslahat yig‘ilishida ishtirok etadigan xalqaro va xorijiy tashkilotlar delegatsiya vakillari tashrif buyuribdi.

Mеhmonlarga Shahrisabz shahar hokimi Sh.Bo'riеv, viloyat istе'molchilar huquqlarini himoya qilish uyushmasi raisi Sh.Tursunov va boshqa mas'ullar hamrohlik qilishgan. Dеlеgasiya a'zolari Shahrisabz shahrining diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishgan.

@keshnews

KESHNEWS

23 Nov, 03:50


Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti xalqaro turizm eksperti Eike Otto Shahrisabz turizm va madaniy meros texnikumiga tashrif buyuribdi.

@keshnews

KESHNEWS

21 Nov, 14:55


Maktab oldida svetofor o'rnatilibdi

Qo‘shhovuz mahallasi Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ro‘parasida svetofor o‘rnatilibdi.

@keshnews

KESHNEWS

21 Nov, 13:20


Deputatlar Bosh vazir o’rinbosarlarini ma’qulladi

Ochilboy Ramatov
— Bosh vazir o‘rinbosari;

Jamshid Qo‘chqorov — Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri;

Jamshid Xo‘jayev — Bosh vazir o‘rinbosari;

Zulayho Mahkamova — Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.

@keshnews

KESHNEWS

21 Nov, 10:20


Gavjum chorraxalardan biriga svetofor o'rnatilibdi

Shahrisabz shahar YHX bo'limi yordamida shahardagi 4R23L Kitob - Shahrisabz avtomobili yo'lining 6 kmda, Ipak yo'li ko'chasi bilan tutashib kеtgan 4K-289 aylanma yo'l chorrahasida TAYFUK tomonidan svеtafor qurilmasi o'rnatilibdi.

P.S. Svetoforning sanoqli bo'lgani yaxshi. Harakatlanish hisobini olib yursa bo'ladi.

@keshnews

KESHNEWS

21 Nov, 07:44


Ipak yo'li, Archazor va Tarag'ay Bahodir ko'chalari kesishadigan chorraxadagi svetofor ishlamayapdi.

Tez fursatlarda bunga chora ko'rish kerak.

@keshnews

KESHNEWS

21 Nov, 05:10


Shahrisabzda daydi itlarning tunggi sayri

@keshnews

KESHNEWS

21 Nov, 01:21


Varikozni lazer yordamida davolash mumkinligini bilarmidingiz?

"Kesh Medical plaza" tibbiyot maskani yurtdoshlarimizga qulaylik yaratish maqsadida 10 yillik tajribaga ega, Rossiya Federatsiyasining Fleboss klinikasida varikozni lazer yordamida davolash bo‘yicha tajriba orttirgan Qurbonov Ali Qambarovichni Shahrisabz shahriga taklif etmoqda.

Taniqli flebolog, tomir jarrohi doktor Qurbonov joriy yilning 21-22 noyabr kunlari ko‘rik va jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazadi.

Varikozni lazer yordamida operatsiya qilishning afzalliklari quyidagilar:
- kasalxonada yotmaysiz;
- hech qanday kesish jarohatlari bo‘lmaydi;
- narkozsiz amaliyot;
- 30-40 daqiqalik operatsiya;
- bemor uyiga o‘z oyoqlarida yurib ketadi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun
75 230 03 03
75 230 03 02

Manzil: Shahrisabz shahri, Ipak yo‘li ko‘chasi, 100-uy

@keshmedicalplaza

KESHNEWS

20 Nov, 14:49


Bitcoin narxi 94 ming AQSH dollariga yaqinlashdi

@keshnews

KESHNEWS

20 Nov, 13:45


Ertaga ayrim hududlarda tabiiy gaz ta'minoti to'xtatiladi

Tabiiy gaz tarmog‘idagi o‘rnatilgan o‘tkazuvchi qurilmani almashtirish maqsadida 2024-yilning 21-noyabr kuni soat 09:00 dan 16:00 ga qadar, Shahrisabz shahrining "Choshtepa", "Tutzor", "Yangihayot", "Oqsaroy", "Bo‘ston", "Qushxona", "Teparlik", "Kunchiqar", "Uychilik", "Bog‘ibahor", "Xabarlik", "Kulollik", "Qo‘shhovuz" hamda Shahrisabz tumanining "Yangiqishloq" va "Xontepa" mahallasidagi 7100 xonadon va mazkur hududlarda 115 ta ulgurji iste'molchida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta'mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, ta'minot qayta tiklanadi, deya xabar berdi "Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati.

@keshnews

KESHNEWS

20 Nov, 13:17


Mana o'sha elektr simlari chiqib yotgan yoritkich

Tanqidiy post e'lon qilinishi bilan chora ko'rishibdi. Chora ko'rganlarga rahmat.

@keshnews

KESHNEWS

20 Nov, 11:43


Yangi Kesh bozori oldidan Qurbonov Samandarga tegishli ID karta va plastik karta topib olingan.

Murojaat uchun @keshnews_bot

@keshnews

KESHNEWS

20 Nov, 10:45


2025-yil yurtimizda "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" deb e'lon qilindi.

@keshnews

KESHNEWS

20 Nov, 07:13


Tezlikni oshirib jarimani to'lashingiz mumkin, biroq birovning hayoti uchun to'lay olmaysiz.

O'pkasini bosa olmaydiganlarga yuboriladigan video.

@keshnews

KESHNEWS

20 Nov, 05:30


Qashqadaryoda diniy ekstremizmda ayblanayotgan erkak qidiruvga berildi

Jinoyat kodeksining 244-2-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi, 1991-yilda tug‘ilgan Abdurahmonov Sobir Tohir o‘g‘li qidirilmoqda.

Ushbu shaxs haqida biror ma’lumotga ega fuqarolardan “102” qisqa raqamiga bog‘lanishlari so‘ralgan.

@keshnews

KESHNEWS

19 Nov, 14:57


Milliy terma jamoamiz ishonchni oqladi

Ular bugun Shimoliy Koreya (KXDR) ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

@keshnews

KESHNEWS

17 Nov, 19:10


Professional futbol ligasi DAN 2024-yilning ramziy jamoasi

Rolik ajoyib, YTH qurbonlari yod olinib, muammo yana bir bor koʻtarilgan.

@keshnews

KESHNEWS

17 Nov, 08:35


Қашқадарё вилоятидан сайланган сенаторлар:

Азимов Муротжон Бердиалиевич - Қашқадарё вилояти ҳокими

Асланов Шухрат Чариевич
- “Шўртан газ кимё мажмуаси” масъулияти чекланган жамияти Бош директори

Иркаев Абдурахим Панджиевич
- Қарши давлат университети “Миллий ғоя ва маънавият асослари” кафедраси доценти

Карамова Комила Зайдуллаевна - Республика маънавият ва маърифат маркази Қашқадарё вилояти бўлими раҳбари

KESHNEWS

16 Nov, 15:38


Achchig‘i hamda Xitoyda hokim fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Shahrisabz tuman hokimi Samad Hasanov bu galgi ochiq muloqotni tashkil etish maqsadida  Achchig‘i hamda Xitoy mahallalarida bo‘ldi.

Tuman hokimi Samad Hasanov mahalla kayvoniylari bilan suhbatlasharkan,
- aholini tomorqadan maqsadli foydalanishga yo‘naltirish;
- ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash;
- umumhashar usulida qishloq ko‘chalari, daraxt va ko‘chatlarni tartibga keltirish;
- boqimandalik kayfiyatida yurgan kishilar onggida yerdan foydalanish asosiy daromad manbai ekanligini singdirish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

@keshnews

KESHNEWS

16 Nov, 13:20


Viloyat hokimi mas'ullar rejalari bilan tanishibdi

Murotjon Azimov viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, "Yashil makon" umummilliy loyihasini borishi va kuz-qishga tayyorgarlik ishlari bilan tanishibdi. Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov qurilish kompleksi mas’ullari tomonidan tayyorlangan taqdimot bilan tanishdi. Ushbu taqdimotda hududda amalga oshirilayotgan va kelgusida rejalashtirilayotgan qurilish loyihalari, infratuzilma rivojini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llari haqida ma’lumot berildi. Jumladan:
- elektr havo tarmoqlarini mukammal ta’mirlash, rekonstruksiya-modernizatsiya qilish natijasida 176 mingdan ortiq aholi va mingdan ziyod ijtimoiy soha obyektlaridagi elektr ta’minoti yaxshilandi;
Murotjon Azimov taqdimot chog‘ida qurilish sohasidagi har bir loyiha aholining yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi va mutasaddilarga loyihalar sifatini oshirishga e’tibor qaratishni topshirgan.

@keshnews

KESHNEWS

16 Nov, 10:29


Hokim maslahatchisi davlat tilida ish yuritilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazibdi

Shahrisabz tuman hokimining maslahatchisi Sh.Jalilova va tuman ishchi guruhi boshchiligida Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, "Oq-suv irrigatsiya" bo‘limi, tuman fermerlar kengashi, tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasalarida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosi yuzasidan ish yuritish hujjatlari va targ‘ibot vositalari o‘rganildi.

O‘rganish davomida tashkilotlarning ish yuritish hujjatlarida davlat tilida ish yuritish me'yorlariga amal qilmaslik, imlo xatolarga yo‘l qo‘yganlik holatlari aniqlandi. Shu bo‘yicha kerakli tushuntirish va tavsiyalar berildi, kamchiliklar joyida bartaraf etilibdi.

P.S. O‘rganishlar doimiy tarzda bo‘lishi kerak.

@keshnews

KESHNEWS

16 Nov, 09:16


Onlayn murojaat qoldiring!

🥹 Fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini oldini olish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining rasmiy boti @IHMAQashqadaryobot ishga tushirilganligini eslatib o'tmoqchimiz.

🖋 Bunda siz bolalar nafaqasi va moddiy yordam, nogironlikni belgilash, voyaga yetmaganlar bilan ishlash, sanatoriyaga yo'llanma, Muruvvat uyi va Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash markaziga joylashish kabi bir nechta mavzular yuzasidan onlayn murojaat qilishingiz mumkin.

@keshnews

KESHNEWS

16 Nov, 07:20


Yana bir maktab oldidagi piyodalar yo‘lagiga svetofor o‘rnatilibdi

Shahrisabz shahri Tiklanish mahallasi hududidan o‘tuvchi 4К-289 avtomobil yo‘lining 3-maktab oldidagi qismida svetofor o‘rnatilibdi.

@keshnews

KESHNEWS

15 Nov, 14:52


Xavf ostida qolgan bolalar ota-onasidan olib qo‘yilishi mumkin

Bu bo‘yicha qonun Prezident tomonidan imzolandi.

👮‍♂️ Unga ko‘ra, bolani zudlik bilan olib qo‘yish fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining tegishli hujjatiga asosan profilaktika inspektori ishtirokida amalga oshiriladi.

Bola olib qoʻyilganda, vakolatli davlat organi quyidagilarni ta'minlashi shart:

🔹 zudlik bilan prokurorga xabar berishi;
🔹 bolaning vaqtincha joylashtirilishini taʼminlashi;
🔹 fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan bolani olib qoʻyish haqida hujjat qabul qilinganidan keyin 7 kun ichida ota-onalik huquqini cheklash toʻgʻrisida sudga daʼvo bilan murojaat etishi.

Bola ota-onasidan (ularning biridan) yoki uni o‘z qaramogʻiga olgan boshqa shaxslardan olib qoʻyilganda, u quyidagi joylarga (joylashtirish ustuvorligi tartibida) joylashtirilishi mumkin:

1️⃣ bolaning manfaatlariga muvofiq shart-sharoitlar yarata oladigan ota-onaning birinikiga;
2️⃣ bolaning qarindoshlarinikiga;
3️⃣ bolaga gʻamxoʻrlik koʻrsatish istagini bildirgan shaxsnikiga;
4️⃣ vakolatli davlat organining hisobida turgan shaxslarnikiga;
5️⃣ tibbiyot muassasasiga (bolaning sogʻligʻida muammolar boʻlganda);
6️⃣ zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar uchun ixtisoslashtirilgan
muassasalarga
.

Agar bolani oilaga joylashtirish imkoniyati boʻlmasa, uni ixtisoslashtirilgan muassasaga joylashtirish eng oxirgi chora bo‘ladi.

❗️Mazkur qonun 2025-yil 15-maydan kuchga kiradi.

@keshnews

KESHNEWS

15 Nov, 11:15


Varikozni lazer yordamida davolash mumkinligini bilarmidingiz?

"Kesh Medical plaza" tibbiyot maskani yurtdoshlarimizga qulaylik yaratish maqsadida 10 yillik tajribaga ega, Rossiya Federatsiyasining Fleboss klinikasida varikozni lazer yordamida davolash bo‘yicha tajriba orttirgan Qurbonov Ali Qambarovichni Shahrisabz shahriga taklif etmoqda.

Taniqli flebolog, tomir jarrohi doktor Qurbonov joriy yilning 21-22 noyabr kunlari ko‘rik va jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazadi.

Varikozni lazer yordamida operatsiya qilishning afzalliklari quyidagilar:
- kasalxonada yotmaysiz;
- hech qanday kesish jarohatlari bo‘lmaydi;
- narkozsiz amaliyot;
- 30-40 daqiqalik operatsiya;
- bemor uyiga o‘z oyoqlarida yurib ketadi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun
75 230 03 03
75 230 03 02

Manzil: Shahrisabz shahri, Ipak yo‘li ko‘chasi, 100-uy

@keshmedicalplaza

KESHNEWS

15 Nov, 10:15


Shahrisabzda isteʼmolga yaroqsiz yogʼ ishlab chiqarish holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahri boʼlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʼtkazilgan tezkor tadbirda “Uymovut” MFYda yashovchi fuqaro H.Q. oʼz uyining yordamchi xonasida tashkil etgan yashirin sexda yogʼ ishlab chiqarish bilan shugʼullanib kelayotganligi aniqlanib, 100 litr isteʼmolga yaroqsiz yogʼ, 118 kg. chigit, 2 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

@keshnews

KESHNEWS

15 Nov, 08:05


Shahrisabz davlat pedagogika instituti oldida piyodalar uchun svetofor o'rnatilibdi. Maktab o'quvchilari va oliygoh talabalari uchun qulay bo'lganidan xursandmiz.

@keshnews

KESHNEWS

14 Nov, 22:31


"YANGIQISHLOQ" VA "XONTEPA" MAHALLASIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI

Gaz taqsimlash punktida o‘rnatilgan oʻchirish qurilmasi avtomatik ravishda ishga tushishi natijasida tabiiy gazni uzatish jarayoni to‘xtab qolgan.

Mazkur holat yarim tunda sodir boʻlganligi va bu vaqtda tabiiy gaz taʼminotini qayta tiklash istemolchilarga xavf tugʻdirishini inobatga olgan holda "Yangiqishloq" va "Xontepa" mahallasidagi 850 xonadon hamda mazkur hududlarda joylashgan 11 ta ulgurji iste'molchida tabiiy gaz ta'minoti 2024-yil 15-noyabr kuni ertalab soat 7-00 da qayta tiklanishini maʼlum qilamiz.

Bu haqda "Hududgaz Qashqadaryo" gaz ta'minoti filiali Matbuot xizmati xabar berdi.

@keshnews

KESHNEWS

14 Nov, 16:22


Big'mi mahallasidagilar futbol ko'rishmoqchi edi, biroq...

Tuman elektr tarmoqlari korxonasi "ayni O'zbekiston-Qatar o'yini bo'lishini kutib elektr tokini uzishdimi?" deb so'rashmoqda.

@keshnews

KESHNEWS

14 Nov, 10:21


Oilasini boqish uchun egizak bolalari bilan yetkazib berish xizmatida ishlayotgan ayol.

P.S. Haykal qo'yadigan bo'lsak shu onaga qo'yishimiz kerak! Matonat, iroda, oilaparvarlik, farzandlarga e'tibor timsoli.

@keshnews

KESHNEWS

14 Nov, 07:45


Shahrisabz shahrida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etilibdi

Shahrisabz shahar madaniyat markazida Shahrisabz shahar hokimi Sh.Bo'riеv va sektor rahbarlari ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi sayyor qabul tarzida o‘tkazilibdi. Uchrashuvda iqtidorli va ishbilarmon yoshlar ishtirok etib, rahbarlarga o'z yutuqlari, rеjalari, muammolari xususida batafsil murojaat etishgan.

Shahrisabz shahar hokimi Shеrzod Bo'riеv va sеktor rahbarlari yoshlarni o‘zini-o‘zi band qilish, kasb hunarga o'qitish, to‘lov kontrakt va boshqa murojaatlariga qonun talablari asosida batafsil javoblar qaytarishibdi.

@keshnews

KESHNEWS

14 Nov, 06:11


MCHJ qarzi uchun uchun nega tadbirkor zarar ko'rishi kerak?

Shahrisabz shahridagi "Olchazor aziya" bozorida elektr toki o'chishi bilan bog'liq muammo birinchi marta sodir bo'lmayapdi. Buni hal etish kerak. Tadbirkorlar MCHJ qarzi uchun nega zarar ko'rishi kerak.

Bozorda yuzlab tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritadi, ularning hammasi bozorga qarab qolgan. Har bir do'kon uchun alohida elektr toki hisoblagichi o'rnatilgan bo'lsada va har bir tadbirkorlik subyekti o'zi ishlatgan elektr toki uchun hisoblagich bo'yicha to'lov qilmoqda. Lekin mas'ullarning e'tiborsizligi...

Bir kishining aybi bilan yuzlab tadbirkorlar jabr ko'rmasligi kerak. Bu borada Biznes ombudsman ham shug'ullanishi, tadbirkorlar muammosini hal qilib berishda ishtirok etishi kerak.

Shu o'rinda qayd etib o'tish kerakki, Prezidentimiz tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va faoliyatini kengaytirishi uchun islohotlar olib borayotgan bir paytda, tadbirkorlarni o'n kunlab elektr tokisiz qoldirish islohotlar poyiga bolta urish bilan teng.

@keshnews

KESHNEWS

12 Nov, 16:23


Roziqova Saodat va Kamalov Jamshidlarga tegishli plastik kartalar topib olingan.

Ushbu karta egalari @keshnews_bot manziliga murojaat qilishlari so‘raladi.

@keshnews

KESHNEWS

12 Nov, 12:23


«Dolzarb 50 kunlik» profilaktik tadbirida faol bo‘lish so‘ralmoqda

Shahrisabz shahrining markaziy ko‘chalaridagi chorrahalarda yo'l yotiq chiziqlari hamda piyodalar o'tish joylari chizilmoqda.

Shahardagi Zingiron mahallasi, Nekuz ko‘chasidagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi qarama qarshisida piyodalar o‘tish yo‘lagida yangi namunadagi yotiq chiziqlari chizilibdi.

Yo'l qoidalariga rioya qilish, tezlikni oshirmagan holda harakatlanishingizni so‘raymiz!

@keshnews

KESHNEWS

12 Nov, 12:01


Tish implantlarini arzon narxlarda qo‘ydiring

Katta tanlov asosidagi sun'iy implantlar va stomatologik xizmatlarni taklif qilamiz!

"Kesh medical plaza" koʼp tarmoqli klinikasida 2021-yildan buyon faoliyat olib borayotgan stomatolog-ortodont vrachlar Safarov Navroʼzbek va Raupov Humoyun endilikda "TISH IMPLАNTАTSIYASI"ni faqat poytaxtda emas oʼzimizning   klinikada ham amalga oshirishmoqda.

Jumladan:
🔸Yuqori darajadagi Koreyaning OSSTEM implanti, implantni oʼrnatish operatsiyasi va vrach stomatolog-ortoped kuzatuvi narxi - 2.080.000 soʼm.

▪️Implant qoʼyish.
▪️Sunʼiy suyak qoʼyish: Ochiq sinus lifting va yopiq sinus lifting
▪️Periostit (jagʼ periost toʼqimasini yalligʼlanishi).

📍Shahrisabz shahri, Ipak yoʼli koʼchasi, 100-uy.
📍Yangi Kesh bozori roʼparsidagi, Eski stomatologiya binosi.

📞+998752300303
📞+998901302244
📞+998888900023

@keshmedicalplaza

KESHNEWS

12 Nov, 07:31


VII chaqiriq xalq deputatlari Shahrisabz tuman Kengashining 1-sessiyasi o'tkazildi. Unda tuman hokimi sifatida Samad Hasanov tayinlangani ma'lum qilindi.

Sessiyada tuman hokimini tayinlash bo'yicha viloyat hokimi qarori tasdiqlandi. Yig'ilishda viloyat hokimi o'rinbosari Olimxon Rustamov ishtirok etdi.

@keshnews

KESHNEWS

12 Nov, 05:44


3 миллиондан ортиқ объектларнинг эгалик ҳуқуқи эътироф этилиши мумкин

Aдлия вазирлиги бошқарма бошлиғи Узакберген Жаксимуратовнинг айтишича, 2017 йилдан шу пайтгача ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ерларнинг 1 млн 300 минги расмийлаштириб берилган. Бугунги кунгача айрим сабабларга кўра, 126 мингдан ортиқ муаммоли ерлар ҳужжатлаштирилмасдан қолиб кетган. Қонун қабул қилиш жараёнигача бўлган ҳисоб китобларга кўра 3 миллиондан ортиқ объектлар қонун доирасига тушиши мумкин.

@keshnews

KESHNEWS

12 Nov, 03:19


Қашқадарёда томоғидан укол олган қиз ҳалок бўлди

Воқеа 6 ноябрь куни Шаҳрисабзда содир бўлган. 28 ёшли қиз лор шифокорга томоқ оғриғи ва бўқоқ муаммоси билан мурожаат қилган. Шифокор «Цефтриаксон» ва «Дексаметазон»ни аралаштирган ҳолда беморнинг томоғидан укол қилган.

Қиз кўп ўтмай ҳушини йўқотган. Кўрсатилган тиббий ёрдамга қарамасдан, бемор воқеа жойида вафот этган.

@keshnews

KESHNEWS

11 Nov, 17:14


Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni navbatdan tashqari arab-islom sammitida nutq so‘zladi.

Prezidentimiz Falastin-Isroil muammosini tinchlik va diplomatiya yo‘li bilan hal etishga qaratilgan barcha amaliy tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatladi. Qadimiy va boy tarixga ega falastin xalqi 1967-yildagi chegaralar doirasida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil va ozod davlatini tuzishga to‘la haqli ekani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni O‘zbekiston shifoxonalarida beg‘araz davolashga tayyor ekanini ta’kidladi.

@keshnews

KESHNEWS

10 Nov, 15:47


3 yilda Tahoe pulini ishlab, mukofot sifatida olgan ustoz

Tanishing, videodagi qiz — Mohira Boltayeva, 23 yoshda. Kimyo fani bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi rahbari.

Uning o’zi o’quvchilik paytida kimyo fanidan xalqaro olimpiadada kumush medalni qo’lga kiritgan. Hozirda ustozlik qilib, o’quvchilarni xalqaro fan olimpiadasiga tayyorlaydi.

2019-yildan buyon O’zbekistonda xalqaro fan olimpiadasida g’olib bo’lgan o’quvchilarga hamda ularning ustozlariga pul mukofotlari berish yo’lga qo’yildi.

Mohira ham 3 yildan buyon shogirdlarining muvaffaqiyati sababli ana shunday pul mukofotlarini oladi. 2022, 2023 va 2024-yillarda jami 900 mln so’m mukofot olgan.

Demak, o’z navbatida uning shogirdlari bo’lgan o’quvchilar jami 1,1 mlrd so’mdan ko’proq mukofot pullari olishgan.

Ma’lumot uchun: O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2024-yilda rekord natija ko‘rsatib, xalqaro fan olimpiadalarida 122 ta medal qo‘lga kiritishdi va jami 9 mlrd so‘m mukofot olishdi.

@keshnews

KESHNEWS

10 Nov, 05:30


Вилоят ҳокими тиббиёт ходимлари учун ташкил этилган тадбирда табрик йўллади

Вилоятимизда 3 нафар соҳа ходимлари “Халқ саломатлиги посбони”, 7 нафари "Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш аълочиси” кўкрак нишонлари билан ва 22 нафари вилоят ҳокими фахрий ёрлиғи ҳамда 3 нафари Соғлиқни сақлаш вазири ташаккурномаси билан тақдирланди.

@keshnews

KESHNEWS

10 Nov, 05:10


"ISHONCH" erkaklar kiyimlari do'konimizga marhamat

Bizda kiyimlar assortimenti katta. Yuqori sifat va yoqimli narxlar aynan siz uchun.☝️

Eng asosiysi insofli va o'z nomi bilan ishonchli do'kon.

📍Mo'ljal: Kitob dehqon bozori ro'parasi

Telegram kanal: https://t.me/ishonch_erkaklar_kiyimi_gruppa

Instagram: https://www.instagram.com/ishonch_erkaklar_kiyimi

KESHNEWS

09 Nov, 18:35


Ro‘ziqul Berdiyev haqli ravishda klubni chempionlikka yetakladi

Undan boshqasi bu ishni qila olmasligi aniq edi. Top klublarda murabbiy qanday vazifa bajarsa, Ro‘ziqul aka ham shu rolda bo‘ldi.

"Nasaf" muxlislariga chempionlik yana bir bor muborak bo‘lsin!

P.S. Ro‘ziqul aka istalgan yosh uchun kumir, qahramon odam. Hammaga uning mashhurlik yo‘lini bersin!

@keshnews

KESHNEWS

09 Nov, 18:13


"Nasaf"ga O‘zbekiston chempioni kubogi topshirildi

"Nasaf" bu kubokka mos va xos nomzod edi. Undan boshqasi uningchalik munosib emas edi.

@keshnews

KESHNEWS

09 Nov, 15:21


61-bozorda tadbirkorlar elektr toki yo‘qligidan murojaat qilishmoqda

Qachon elektr toki beriladi? Soliq to‘lash yoki boshqa harajatlardan elektr toki berilmagan kunlar chiqarib tashlanadimi?

@keshnews

KESHNEWS

06 Nov, 16:20


Тахтақорача довонида туристлар бўлган машина тош остида қолибди

Кобальтни тош тушиб босиб қолиши оқибатида ҳайдовчи ва 3 нафар Венгрия фуқароси ҳалок бўлган.

Давлат рақами 30 G452 XA бўлган автомобиль устига тахминан 28 м3 ҳажмдаги харсангтош тушиши оқибатида автомобиль салонида бўлган 4 нафат шахс вафот этган.

@keshnews

KESHNEWS

06 Nov, 07:26


Bolta Fozilov chorrahasida svetofor ishlamasligi oqibati

@keshnews

KESHNEWS

05 Nov, 12:01


Tish implantlarini arzon narxlarda qo‘ydiring

Katta tanlov asosidagi sun'iy implantlar va stomatologik xizmatlarni taklif qilamiz!

"Kesh medical plaza" koʼp tarmoqli klinikasida 2021-yildan buyon faoliyat olib borayotgan stomatolog-ortodont vrachlar Safarov Navroʼzbek va Raupov Humoyun endilikda "TISH IMPLАNTАTSIYASI"ni faqat poytaxtda emas oʼzimizning   klinikada ham amalga oshirishmoqda.

Jumladan:
🔸Yuqori darajadagi Koreyaning OSSTEM implanti, implantni oʼrnatish operatsiyasi va vrach stomatolog-ortoped kuzatuvi narxi - 2.080.000 soʼm.

▪️Implant qoʼyish.
▪️Sunʼiy suyak qoʼyish: Ochiq sinus lifting va yopiq sinus lifting
▪️Periostit (jagʼ periost toʼqimasini yalligʼlanishi).

📍Shahrisabz shahri, Ipak yoʼli koʼchasi, 100-uy.
📍Yangi Kesh bozori roʼparsidagi, Eski stomatologiya binosi.

📞+998752300303
📞+998901302244
📞+998888900023

@keshmedicalplaza

KESHNEWS

05 Nov, 09:15


Shahrisabz shahar hokimi "Tiklanish" mahallasi aholisining turmush tarzi bilan tanishibdi

@keshnews

KESHNEWS

05 Nov, 06:00


DIQQAT, HURMATLI YURTDOSHLAR❗️

😮 Bugun, 5-noyabr kuni Shahrisabz shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqarolar uchun "Inson qadri ulug'langan yurt" shiori ostida kouching tashkil etiladi.

🧮 Unda, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan fuqarolarga ko'rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar haqida batafsil ma'lumot beriladi. Siz ham ishtirok etib, o'zingizni qiziqtirgan savollaringizga javob olishingiz mumkin.

⚠️ Eslatib o'tamiz, kouching viloyatning barcha tuman va shaharlarida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📆 Bugun, 5-noyabr soat: 11:00
🇺🇿 Manzil: Shahrisabz shahar madaniyat saroyi

📝
Telegram | 💻 Instagram
📝
Facebook | 🎞 Youtube

KESHNEWS

02 Nov, 08:31


Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayramona tadbir tashkil etilibdi

25-oktyabr ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan kasb bayrami munosib nishonlanibdi.

Sohada fidoyilik ko'rsatgan xodimlarga esdalik sovg'alari va tashakkurnomalar bеrilibdi.

Tadbirda shahar hokimi va sеktorlar rahbarlari ishtirok etishibdi.

@keshnews

KESHNEWS

01 Nov, 16:36


"Nasaf" bu chempionlikka eng munosib bo‘ldi

30 yildan oshiq muddat davomida 5 marta kumush medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 10 marta bronza bilan kifoyalangan.

Doimiy ravishda Toshkent jamoalariga bosh og‘riq bo‘lib kelgan jamoa chempionlik uchun tayyor edi. Katta farq bilan muddatidan ilgari g‘olib bo‘lgani bu juda katta mehnat samarasi.

"Nasaf" ushbu mavsumda chempionlikka tayyor edi va shunday ham bo‘ldi.

Chempionlik muborak bo‘lsin!

@keshnews

KESHNEWS

01 Nov, 15:35


Bo‘zariqda yaxshi tashabbus, ko‘prik kengaytirilibdi

Shahrisabz tumani Polmon MFY Bo'zariq qishlog'ida navbatdagi tashabbusli loyiha ishi amalga oshirilibdi. Bo'zariq qishloq ko'chaboshisi Bekzod Eshonqulov boshchiligida qishloq tadbirkor yigitlari homiyligi hisobidan qishloqning kirish joyida, qishloq dehqonlari tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xo'jalik mahsulotlari maketi o'rnatilibdi. Shu bilan birgalikda qishloqning asosiy ko'prigi ham kengaytirilgan.

Bugungi kunda Bo'zariq qishloq aholisi ko'chaboshisi Bekzod Eshonqulovga minnatdorchilik bildirishmoqda.

@keshnews

KESHNEWS

01 Nov, 14:34


“Nasaf”imiz chempion!

Tarixda iz qoldirgan ajdarlar ilk marta Superliga chempionligini qo’lga kiritdi!

“Nasaf” muxlislarini chempionlik bilan tabriklayman!

@keshnews

KESHNEWS

01 Nov, 12:35


O‘zbekistonda 2023-2024 o‘quv yilida 5733 nafar hindistonlik talaba tahsil olgan.

Keyingi o‘rinda pokistonliklar.

@keshnews

KESHNEWS

27 Oct, 09:46


Moskva shahridagi elchixonamizda saylovda qatnashish uchun kelgan vatandoshlarimiz navbati

@keshnews

KESHNEWS

27 Oct, 07:40


Viloyat hokimi M.Azimov saylovda ishtirok etib, o‘z ovozini beribdi.

Siz ham saylovga boring, ovoz bering.

@keshnews

KESHNEWS

27 Oct, 06:39


Taqdirimizga ta'sir qiluvchi masalalarni hal qiluvchi vakilingizni saylagani boring!

Siz ham tush ko‘rib yurmang! Saylovda qatnashing!

@keshnews

KESHNEWS

26 Oct, 15:31


Shahrisabz shahrida surunkali qoidabuzar haydovchilar muhokama qilindi.

Yoʻl-transport hodisalari, ayniqsa piyodalar bilan bogʻliq avariyalarni oldini olish borasida 5 marta va undan koʻp qoida buzgan haydovchilar muhokama qilinib, tilxat olingan.

@keshnews

KESHNEWS

26 Oct, 09:37


Ko‘p qavatli uylarda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilibdi

Viloyati va shahar FVB mas'ullari tomonidan hamkor xizmatlar bilan birgalikda Shahrisabz shahridagi Sinabog' mahallasi hududidagi 16 qavatli aholi turar joylarida yong‘in o‘chirish amaliy mashqi o‘tkazilibdi.

Jarayonda hamkorlikdagi xizmatlarning sodir bo‘lgan yong‘inni zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, fuqarolarni evakuatsiya qilish va turli favqulodda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilish bo’yicha bilimlari sinovdan o’tkazilgani xabar qilindi.

@keshnews

KESHNEWS

26 Oct, 06:40


Eron ustidagi fazoning yopilishi sabab Toshkentdan Quvayt va Dubayga uchuvchi reyslar manzilga yetib bormagan.

Bundan tashqari, Olmota, Chimkent, Dushanbe va boshqa joylardan Birlashgan Arab Amirliklariga uchgan reyslar ham bekor qilingan.

@keshnews

KESHNEWS

26 Oct, 06:20


😊☺️😉😃

🎁 Omonat oching va "iPhone 16 Pro max" yutib oling!

xazna ilovasida onlayn omonat ochgan 50 ta omadli mijozlarimizga qimmatbaho sovg‘alar ulashiladi!

Aksiyada ishtirok etish uchun siz:

- "xazna" ilovasida “Foizlar oldindan”, “Standart” va “Premium” omonatlaridan birini rasmiylashtirgan hamda minimal 10 000 000 so‘m mablag' kiritishingiz zarur.

Aksiya 29-dekabrgacha davom etadi.

Hoziroq "xazna" ilovasini yuklab oling va aksiyamiz g'olibiga aylaning:
📲 Play Market | 🏬 App Store

Batafsil: xb.uz

KESHNEWS

26 Oct, 02:58


Танзанияга парвозлар йўлга кўпайтирилса, Малдив ороллари йўналиши "ўлса" керак

Ўзбекистон ва Танзания ўртасида йўловчи ташиш бўйича ҳафтасига 21 марта, юк ташиш бўйича эса чексиз авиақатновларни амалга оширишни йўлга қўйиш юзасидан келишув имзоланибди.

Танзания Ўзбекистон учун мутлақо янги йўналиш ҳисобланади. Мамлакат ўзининг мўътадил об-ҳаво шароити, зилол сувларига эга Занзибар ороли, ёввойи табиат қўйнидаги саванналари ҳамда саргузаштларга бой Килиманжаро тоғлари билан туристлар эътиборини тортиб келади.

Африка давлатларилан фақат Миср йўналиши бор эди, энди Танзанияга борадиганга ўхшаймиз.

@keshnews

KESHNEWS

25 Oct, 18:29


Yandex eats Express 24

Bu haqiqiy ma(o)na(o)poliya tomon yo‘l qurishga o‘xshaydi. Gigant gigantchani yutib yuborishi yuz bermasligi kerak.

@keshnews

KESHNEWS

25 Oct, 07:31


Qashqadaryo viloyatidagi mahallalarda 828 nafar xotin-qizlar faoli lavozimi bo‘lsa, shundan 323 nafarining shtat birliklari qisqartirilar ekan.

Respublika bo‘yicha 3600 dan ortiq shtat birliklari qisqartirilmoqda.

@keshnews

KESHNEWS

25 Oct, 03:36


25-oktyabr – O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

Bu tizimda xizmat qilish oson emas. Tizimda vijdonli, o‘z kasbiga sadoqatli insonlar ko‘p. Shu sababli ham biz uyimizda tinch tong ottiryapmiz.

Bayramingiz muborak bo'lsin! Vijdonli xodimlar bor bo‘ling!

@keshnews

KESHNEWS

24 Oct, 18:53


Migratsiya agentligi tashkil etildi

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi negizida Migratsiya jamgʻarmasi tashkil etiladi.

2025-yil 1-yanvardan Agentlikka xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirish bilan bogʻliq nazorat tadbirlarini oʻtkazishga ruxsat etiladi.

@keshnews

KESHNEWS

24 Oct, 10:55


Teparlikdagi quduq usti

Shahrisabz shahri "Taraqqiyot" mahallasida oqava ichimlik suv qudug'idagi nosozlik bartaraf etilibdi.

Shahrisabz shahar suv ta'minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan ta'mirlanibdi.

@keshnews

KESHNEWS

24 Oct, 03:23


Nogironligi bor yoshlarga 15 mln so'mgacha subsidiya ajratiladi

🇺🇿
Hukumat qarori (341-son, 21.06.2022-y.) bilan nogironligi bo'lgan yoshlarga o'qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi

🖋 Reglamentga ko'ra, yoshlarga nodavlat ta'lim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumta'lim fanlari va xorijiy tillarni o'rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln so'mgacha) subsidiya ajratiladi.

Subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali  elektron tarzda foydalanish uchun ro'yxatdan o'tiladi. Davlat xizmati bepul ko'rsatiladi.

🔘 Ariza 3 ish kunida ko'rib chiqilib: subsidiya ajratish haqida elektron tizimga ma'lumot kiritiladi va bu haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboriladi.

@keshnews

KESHNEWS

23 Oct, 12:06


Teparlik mahallasiga kirishdagi quduq

@keshnews

KESHNEWS

23 Oct, 10:04


Ushbu plastik kartalar topib olingan

Kartalar "Turon" mahalla idorasida turgani xabar qilindi.

@keshnews

KESHNEWS

22 Oct, 19:07


O'zbekistonda poyezd, samolyot va avtobus qatnovlari haqida ma'lumot va chipta sotib olish uchun yagona platforma ishga tushiriladi

Transport vazirining buyrug‘i bilan mazkur platforma 20-noyabrga qadar tajriba-sinov tariqasida ishga tushirilishi xabar qilindi.

Shuningdek, 1-dekabrdan boshlab “Uztrans” axborot tizimida transportning barcha turlari uchun chipta qidirish imkoniyatiga ega modul faoliyati to‘xtatiladi.

@keshnews

KESHNEWS

22 Oct, 11:31


Президент Шавкат Мирзиёев "Green University"да яратилган шароитлар билан танишиб, талабалар билан суҳбатлашди.

P.S. Талабалар ўз салоҳиятларини очиши учун кенг имкониятлар яратилмоқла. Фақат ва фақат ўқиш, таълим олиш керак.

@keshnews

KESHNEWS

21 Oct, 17:29


O‘zbek tili kuni har kuni bo‘lishi kerak

Yilda bir kun bo‘lishi kerak emas. O‘zbek tilida so‘zlashuvchilar, so‘zlashishni yaxshi ko‘ruvchilar, so‘zlashishni istovchilarga bugungi kun muborak bo‘lsin!

Tilimizni eng avvalo o‘zimiz qadrlashimiz shart. Keyin boshqalar hurmat qiladi.

@keshnews

KESHNEWS

21 Oct, 17:17


Aksiya sotib olish vaqti keldi

Respublika tovar-xomashyo birjasining premium toifadagi aksiyalari sotuvga chiqarildi. Istalgan shaxs sotib olish taklifini yuborishi mumkin.

3,3 million aksiya savodga chiqarilgan. 1 doansining narxi 12900 so‘mdan boshlanadi.

Xalqchil IPO doirasida yirik kompaniyalarning aksiyalarini sotib olsangiz, dividend olib foyda ko‘rasiz.

O‘zim ham bugun 500 ta aksiya sotib oldim. 1 aksiya olgan odamga yana 4 ta aksiya beriladi. Tavakkal qilib 5 dona bo‘lsa ham aksiya sotib olib ko‘ringchi...

ipo.e-auksion.uz sayti orqali sotib olish mumkin.

@keshnews

KESHNEWS

21 Oct, 13:41


2025 йил 1 январдан бошлаб умумтаълим мактабларида миллий сертификатга эга бўлган ўзбек тили ўқитувчиларига маошининг 50 фоизи миқдорида ойлик устама ҳақ тўланади.

Бу ҳақда Ўзбек тили байрами муносабати билан президентнинг Ўзбекистон халқига йўллаган табригида эслаб ўтилди.

@keshnews

KESHNEWS

21 Oct, 09:53


Dam olish maskani zamonaviy loyiha asosida bunyod etiladi

Oktabr oyi boshida Shahrisabz shahrimizdagi invеstisiya dasturlarini bajarilishini ko'zdan kеchirgan Qashqadaryo viloyat hokimi M.Azimov mas'ullarga "Navro'z" dam olish maskanini zamonaviy loyiha asosida qaytadan bunyod etish bo'yicha topshiriq va ko'rsatmalar bеrgan edi. 

Vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Shahrisabz shahar hokimi Sh.Bo'riеv va ishchi guruhi a'zolari birgalikda Shahrisabz shahrida zamonaviy aholi ko‘ngilochar maskanini qaytadan tashkil etish maqsadida o'rganish olib borishibdi.

Kelgusida bu maskan zamonaviy ko’rinishda barpo etiladi.

@keshnews

KESHNEWS

21 Oct, 05:01


⚡️⚡️DIQQAT BIZDA AKSIYA⚡️⚡️

   Qashqadaryo ahli, Shahrisabz shahri  "Kesh Medical plaza" tibbiyot maskanida, eng zamonaviy va eng sōnggi rusumdagi MRT (Magnit rezonans tamografiya) va MSKT(Multispiral kompyuter tamografiya)apparatlarimizga 21-Oktyabrdan 31-dekabrga qadar yangi yil oldi 15% lik chegirmalarni mamnuniyat bilan xabar qiladi.Endi siz chegirma davrida 250.000 sōm tôlov qilib MRT ga (asl narxi 290.000 sōm), 205.000 sōm tōlov qilib MSKT ga ( asl narxi 240.000 sōm) kōrikdan ōtishingiz mumkin. 

        👇👇👇👇👇👇👇👇👇
📌📌 Aksiyamiz  21-oktyabrdan         31-dekabrgacha davom etadi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun:

Shahrisabz uchun:
  📞  752300303
  📞  752300302

Manzil Shahrisabzda: Shahrisabz shahri, Ipak yo‘li ko‘chasi, 100-uy.

Mōljal: Yangi Kesh dehqon bozori rōparasidagi eski stomatologiya binosi.

@keshmedicalplaza

KESHNEWS

20 Oct, 12:16


Мактабгача ва мактаб таълими вазири жамғармаси ҳисобидан боғчалар раҳбар ва педагогларини рағбатлантиришга рухсат этиладиПрезидент фармони

2025 йил 1 январдан:

мактабгача таълим ташкилотининг директори ўринбосари лавозими жорий этилади;

республиканинг барча туман (шаҳар)ларида камида биттадан таянч мактабгача таълим ташкилотлари фаолияти йўлга қўйилади;

барча мактабгача таълим ташкилотларида малака оширишнинг “Методик маҳорат соати”, таянч мактабгача таълим ташкилотларида эса “Методик маҳорат куни” каби шакллари босқичма-босқич жорий этилади;

тренер сифатида фаолият юритаётган директор ўринбосарларига лавозим маошининг 20 фоизи миқдорида қўшимча ҳар ойлик устама ҳақ тўланади.

2025 йил 1 мартдан тажриба-синов тариқасида республиканинг узоқ ва чекка ҳудудларида жойлашган мактабгача таълим ташкилотлари педагог кадрлари учун мобиль малака ошириш хизматлари жорий этилади.

Мактабгача ва мактаб таълими вазири жамғармаси ҳисобидан мактабгача таълим ташкилотлари раҳбар ва педагог кадрларини ҳам рағбатлантиришга рухсат этилади.

2025 йил 1 январдан тажриба-синов тариқасида ҳар бир туман (шаҳар)даги биттадан умумий турдаги давлат мактабгача таълим ташкилотларида инклюзив таълим гуруҳлари очилади.

@keshnews

KESHNEWS

20 Oct, 06:05


⚡️ Kelajakni bugundan boshlang!

🖥 IQTIDOR Academy'da har bir dars o'ziga xos tajriba! Bizning tajribali o'qituvchilarimiz sizni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirib, nazariyani amaliyot bilan birlashtirishga yordam beradi.

😎 Agar kompyuteringiz bo'lmasa bu muammo emas, akademiyamizda barcha dasturlar uchun mo'ljallangan 100 dan ortiq kompyuterlar mavjud.

🔍 Nima uchun IQTIDOR Academy?

-  innovatsion ta'lim metodikalari;
-  har bir talaba uchun individual yondashuv;
-  amaliy mashg'ulotlar va real loyihalar;
-  eng yahshi talabalar uchun IQTIDOR jamoasiga qo'shilish imkoniyati;
-  zamonaviy kutubxona;
-  turli xil sport tadbirlarida ishtirok etish.

🔥Eng zo'r sharoitlarda, eng yahshi uztozlardan, eng arzon narxlarda eng sifatli AyTi bilimlarni olishga tayyormisiz?

🎓Unda akademiyamizga tashrif buyuring va kelajak sari birinchi qadamingizni qo'ying!

👉 Ro'yxatdan o'tish

📞 +998908961833
📞 +998903480605

📌Manzil: Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Ulug'bek MFY, Paxtakor ko'chasi, 1-A uy.

@iqtidorakademiyasi

KESHNEWS

20 Oct, 03:20


Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Qo‘chqorov Jamshid Anvarovichga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi" faxriy unvoni berildi.

@keshnews

KESHNEWS

19 Oct, 06:40


Xalqqa aksiya sotib olish imkoniyati berilmoqda

Kecha Qarshi shahrida Davlat aktivlarini boshqarish agenligi hududiy boshqarmasida Xalqchil IPO dasturi loyihasi bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi. Shaxsan o‘zim qatnashdim.

Aytilishicha xalqimizga yirik korxonalar aksiyadori bo‘lish imkoni yaratilmoqda.

ipo.e-auksion.uz portaliga kirib ro‘yxatdan o‘tish, brokerlar bilan shartnoma imzolash kerak ekan. Dastlab premium toifadagi aksiya sifatida aytiladigan "Tovar xom ashyo birjasi" AJning 3 milliondan ortiq aksiyalari savdoga qo‘yilibdi.

1ta aksiya narxi 12900 so‘mdan 18000 so‘mgacha oraliqda bo‘lishi aytildi.

Yana zo‘r tarafi aksiya sotib olgan odamga belgilangan tartibda dividend to‘lanadi. O‘tgan yili bitta aksiya uchun 2600 so‘mdan to‘langan.

Zo‘r imkoniyat berishyapti. Yana 11 ta yirik kompaniyaning aksiyalari savdiga chiqarilar ekan.

Savollar bo‘lsa +998712022111 raqamiga telefon qilish mumkin.

@keshnews