Xalqaro huquq @jiduxalqarohuquq Channel on Telegram

Xalqaro huquq

@jiduxalqarohuquq


Ushbu kanal JIDU "Xalqaro huquq" fakulteti professor-o'qituvchilari, talabalar va bitiruvchilar uchun tashkil etilgan.

Takliflar va hamkorlik uchun:
@ftashev

Xalqaro huquq (Uzbek)

JIDU ning "Xalqaro huquq" kanali JIDU fakulteti professor-o'qituvchilari, talabalar va bitiruvchilari uchun tashkil etilgan. Bu kanalda xalqaro huquq sohasida so'nggi yangiliklar, maqolalar, va tajribalar bilan tanishish imkoniyati bor. Xalqaro huquq sohasidagi yangiliklardan xabardor bo'lib, o'z malakangizni oshirish uchun kanalimizga a'zo bo'ling. Ushbu kanal orqali siz o'zingizga kerak bo'lgan ma'lumotlarga tezroq ega bo'lasiz. Talabalar uchun ma'lumotlar, tajribalar, va jiddiy munozaralar sizni kutmoqda. Siz ham bu a'zolar jamiyatiga qo'shiling va xalqaro huquq sohasidagi yangiliklardan xabardor bo'ling! Takliflar va hamkorlik uchun: @ftashev

Xalqaro huquq

27 Jan, 04:41


📆Joriy yilning 25-yanvar kuni "Xalqaro huquq" fakulteti 2-kurs tyutori A.Nasimjonov va talabalar birgalikda Islom Karimov nomidagi ilmiy-marifiy majmuaga tashrif buyurishdi.

Ushbu majmuada talabalar Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov faoliyati, yurtimiz mustaqilikka erishganidan boshlab 2016-yilga qadar olib borilgan muhim diplomatik aloqalar haqida majmua ilmiy xodimlaridan qimmatli maʼlumotlarni olishdi.

Ushbu majmuaga tashrif davomida talabalarda kelgusidagi oʻzlarining faoliyatlarida kerakli bilimlarga ega boʻlishdi.


📸Talabalar ushbu muzeydan juda katta tassurotlar bilan qaytdilar.


Xalqaro huquq fakulteti

Xalqaro huquq

24 Jan, 14:16


📰 JIDU talabasi haqida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy veb-saytida maqola chop etildi!

Universitet jamoasi Otabek Turg‘unboyevni samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatlarida zafarlar tilab qoladi.

Batafsil: https://search.app/kFZt9oECKrydpvxf6

🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |
📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

Xalqaro huquq

23 Jan, 14:54


⚡️2025 -yil 17-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti" tanlovining respublika bosqichi o'tkazildi.

"Xalqaro huquq" fakulteti 1-bosqich talabasi Olimxonova Muslimaxon Muzaffarxon qizi tanlovning adabiyot yo'nalishi bo'yicha Namangan viloyati bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritib, respublika bosqichida munosib ishtirok etdi.

Talabamizga ulkan muvaffaqiyat tilagan holda "Zulfiya nomidagi davlat mukofoti" sohibasi bo'lishiga ishonch bildiramiz

~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~
⚡️17 января 2025 года в Академии государственного управления при Президенте Республики Узбекистан состоялся республиканский этап конкурса на соискание Государственной премии имени Зульфии.

Студентка первого курса факультета "Международное право" Олимхонова Муслимахон Муззаффархон қизи одержала победу на областном этапе конкурса в Наманганской области в направлении литературы и достойно выступила на республиканском этапе.

Желаем нашей студентке больших успехов и выражаем уверенность в том, что она станет лауреатом Государственной премии имени Зульфии!

~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~


⚡️On January 17, 2025, the republican stage of the "Zulfiya State Award" competition was held at the Academy of Public Administration under the President of the Republic of Uzbekistan.

A first-year student of the "International Law" faculty, Olimkhonova Muslimakhon Muzaffarkhon qizi, won the regional stage of the competition in the field of literature in Namangan region and worthily represented herself at the republican stage.

We wish our student great success and express our confidence that she will become the laureate of the "Zulfiya State Award."

Xalqaro huquq

23 Jan, 13:18


Xalqaro huquq fakulteti talabasi katta g‘alabaga erishdi!

JIDU Xalqaro huquq fakulteti talabasi voleybol bo‘yicha JIDU qizlar jamoasi tarkibida "Mirzo Ulug‘bek" tumani musobaqasida 11 ta universitet jamoalari orasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi! Jamoani ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

Студент факультета международного права одержал победу!

Студент факультета международного права УМЭД в составе женской волейбольной команды УМЭД занял почетное 1-е место на соревновании в Мирзо-Улугбекском районе среди 11 университетских команд! Поздравляем с победой!

International Law Faculty Student Achieves Victory!

A student of the International Law Faculty at UWED, as part of the UWED women’s volleyball team, secured an honorable 1st place in the Mirzo Ulugbek district competition among 11 university teams! Congratulations on this success!

Xalqaro huquq fakulteti

Xalqaro huquq

22 Jan, 11:50


Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 1-bosqich talabasi Ozodbek Yusufjonov O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tanlovda “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi bo’yicha g’olib bo’ldi.

Студент 1-го курса факультета «Международное право» Университета мировой экономики и дипломатии Озодбек Юсуфжонов стал победителем в номинации « Самая лучшая статья» на конкурсе, организованным в честь 32-летия Конституции Республики Узбекистан.

Xalqaro huquq fakulteti

Xalqaro huquq

22 Jan, 10:45


⚡️Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari!

🗣 JIDUda «Zamonaviy xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va O'zbekiston manfaatlari» kursi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Aziz Urunovning "The World Trade Organization and Free International Trade - pros and cons" mavzusiga bag'ishlangan ma'ruzasi bo'lib o'tadi.

✔️Mazkur uchrashuvga barchangizni taklif qilamiz!


📆25-yanvar, 2025-yil
09:45
📍Conference hall (COK)

🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

Xalqaro huquq

22 Jan, 08:27


🎉JIDU talabasi Xalqaro olimpiada g’olibi bo’ldi.

🏅Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich talabasi Ruxshona Abdurazakova Rossiya Federatsiyasi “Талант и успех» fondi tomonidan o’tkazilgan “Интеллектуальный знаток” Xalqaro Olimpiadasida faol ishtirok etib, faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi.

🤝Talabamizni va uning ustozi Medetova Gavhar Turdiyevnani universitet rahbariyati tomonidan mazkur g’alaba bilan tabriklaymiz hamda kelgusi o’qish va faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.

🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube

Xalqaro huquq

21 Jan, 07:29


📆2025-yil 20-yanvar kuni
🇺🇿🇯🇵Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti doktor Akihiko Tanaka boshchiligidagi delegatsiya Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida doktor A. Tanaka JIDUning Faxriy doktori unvoni bilan taqdirlandi va “Barqaror global rivojlanish muammolari va xalqaro hamkorlik istiqbollari” mavzusida ma’ruza o‘qidi.
Xalqaro huquq fakulteti talabalari inson huquqlari, sun’iy intellekt va yashil energetika mavzularida savollar berishdi, ularga doktor Tanaka batafsil javob berdi. Ushbu uchrashuv JIDU va JICA oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi

Xalqaro huquq fakulteti

Xalqaro huquq

17 Jan, 12:32


2025-yilning 17-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Eng faol yil talabasi - 2024” Respublika ko‘rik-tanlovi nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra quyidagi “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari taqdirlandilar:

“Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha: 1-o‘rin - Turg‘unboyev Otabek, 3-bosqich talabasi

“Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha: 1-o‘rin Raxmatillayeva Ruxshona, 3-bosqich talabasi

“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha: 2-o‘rin Xolmurodov Behruz, 3-bosqich talabasi

“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”
nominatsiyasi bo‘yicha: 3-o‘rin Oqmamatova Shaxribonu, 3-bosqich talabasi

Talabalarimizni ushbu salmoqli yutuq bilan universitet rahbariyati va ustozlar nomidan samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz!

Xalqaro huquq

16 Jan, 09:34


📆Joriy yilning 15-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Turkiyaning “Xorijdagi turklar va qardosh jamiyatlar tashkiloti” (YTB) delegatsiyasi tashrif buyurdi. Delegatsiyaga tashkilot vakillari Arife Pehlivan, Abdullah Kenan O‘zchelik, Erkan Koch va Buse Kulaksiz boshchilik qildi.
🇹🇷 YTB delegatsiyasi tomonidan tashkilot faoliyati, Turkiyada ta’lim olish va Malaka oshirish imkoniyatlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Bunda, Turkiyada oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirish, YTB stipendiya dasturlari va ajratiladigan grantlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Telegram: Xalqaro huquq fakulteti
Facebook: Xalqaro huquq fakulteti

Xalqaro huquq

15 Jan, 05:42


📆 2025-yil 13-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Vatan himoyasi muqaddas burch” shiori ostida o‘tayotgan Vatanparvarlik haftaligi doirasida "Jasur" nomli kinofilm namoyish etildi.
📽 Kinofilm universitet xodim va talabalarida vatanparvarlik ruhini oshirish, ona vatanga bo'lgan sadoqat tuyg'usini shakllantirish va eng muhimi armiyada xizmat olib borishda intizom qanchalik muhim xususiyat ekanligi to'g'risida taasurot qoldirdi. 💫

📆13 января 2025 года в Университете мировой экономики и дипломатии в рамках патриотической недели, проходящей под девизом “защита Отечества-священный долг”, был показан фильм "Жасур".
🎥Кинофильм произвел впечатление на сотрудников и студентов университета о том, насколько важна дисциплина в воспитании патриотического духа, формировании чувства преданности Родине и, самое главное, при несении службы в армии.

Telegram: Xalqaro huquq fakulteti
Facebook: Xalqaro huquq fakulteti

Xalqaro huquq

25 Dec, 10:51


📣 Joriy yilning 20-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Mehnat nizolarini hal etish” mavzusida o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda advokatlar, Yuridik klinika a’zolari, shuningdek, “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquqiy fanlar” kafedrasining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida mehnat huquqi sohasidagi qonunchilikni qo‘llashning dolzarb masalalarini chuqur o‘rganishga qaratildi. Xodimlar bilan mehnat shartnomasini noqonuniy bekor qilish, xodimlar tomonidan mehnat majburiyatlarining muntazam va qo‘pol ravishda buzilishi, shuningdek, pensiya masalalari va ularni hisoblash tartibi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu mavzular va ularning huquqiy oqibatlarining batafsil tahlili ishtirokchilar uchun mehnat qonunchiligining murakkab jihatlarini chuqurroq tushunish va mehnat nizolarini hal qilishning zamonaviy usullari bilan tanishish imkonini berdi.⚖️⚖️

JIDU Xalqaro Huquq

Xalqaro huquq

21 Dec, 15:36


📆 Joriy yilning 21-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘rtasida tuzilgan 2017-yil 25-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlarida oliy ta’lim muassasalarining talabalari tomonidan ish o‘rganishni tashkil etish to‘g‘rsidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 23-QF-sonli qo‘shma farmoyish hamda Hamkorlik memorandumiga muvofiq tashkil etilgan “Bo‘lajak prokurorlar klubi” a’zoligi uchun talabgor bo‘lgan “Xalqaro huquq” fakulteti 2-3-bosqich talabalari bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida talabalar o‘zlarining mutaxassislikka oid nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazish va prokuratura organlari faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Suhbat yakunida talabalarning sohaviy bilim va ko‘nikmalari qatorida xorijiy tillarni bilish dajarasi va og‘zaki nutqi ham mezonlar asosida baholandi.

https://t.me/JIDUXalqaroHuquq

Xalqaro huquq

16 Dec, 16:02


📣 Представители УМЭД приняли участие в международном форуме "UrbanVisions" в Баку

🗓 С 2 по 9 декабря 2024 года представители факультета Международное право Университета мировой экономики и дипломатии (УМЭД) приняли участие в международном форуме UrbanVisions, состоявшемся в Баку (Азербайджан).

📌 Форум объединил участников из разных стран, представляющих различные профессиональные сферы, для обсуждения актуальных вопросов урбанизации и разработки проектов, направленных на реализацию Генерального плана города Баку до 2040 года.

⚡️ Студентка второго курса Толипова Лола стала финалистом проектного этапа форума и была отмечена специальной наградой за успешное представление своей работы.

🔥 Участие в форуме позволило представителям УМЭД расширить профессиональные горизонты, наладить новые контакты и внести вклад в обсуждение современных вызовов урбанизации.

JIDU Xalqaro Huquq

Xalqaro huquq

16 Dec, 09:55


📣 2024-yil 5-8-dekabr kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Eurasia Foundation tomonidan tashkil etilgan “Discover Eurasia” loyihasining ilk mavsumi o‘tkazildi. Ushbu xalqaro dasturga Markaziy Osiyo davlatlaridagi yosh liderlar orasidan nomzodlar saralab olindi.

🗒 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich talabalari Suyunboyev Asadbek va Islomov Alisher ushbu dasturga grant asosida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi. Forum davomida tashkilotchilar tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

📋 “Discover Eurasia” loyihasi mintaqadagi yoshlarga Evrosiyo davlatlari madaniyati, iqtisodiyoti va siyosati haqida chuqur bilim berish, shuningdek, yosh liderlar o‘rtasida muloqot platformasini shakllantirishni maqsad qilgan.

🗓 JIDU xalqaro hamkorlik va yetakchi kadrlarni tayyorlash borasida o‘z talabalari uchun keng imkoniyatlar yaratishda davom etmoqda.

JIDU Xalqaro Huquq

Xalqaro huquq

16 Dec, 08:04


📆 2024-yil 14-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro huquqshunos” ilmiy klubi doirasida "Barcha shaxslarni majburan g'oyib bo'lishdan himoya qilish" mavzusiga bag‘ishlangan fakultativ dars bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda yuridik fanlar doktori, professor Komil Qayumovich Rashidov hamda 3-4-kurs talabalari ishtirok etishdi. Dars davomida “Barcha shaxslarni majburan g'oyib bo'lishdan himoya qilish to‘g‘risida”gi xalqaro konvensiya atroflicha ko‘rib chiqildi va tahlil qilindi. Ishtirokchilar konvensiya konsepsiyasining mohiyati, uning ijtimoiy dunyo tartibiga ta’siri, ushbu Konvensiyaning yaratilish tarixi, shuningdek, hujjatning asosiy moddalari mazmunini o‘rganib, ularning amaliy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdilar.

🔎 Fakultativ dars yakunida ishtirokchilar o‘rtasida fikr almashildi hamda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan javob oldilar.

https://t.me/JIDUXalqaroHuquq

Xalqaro huquq

20 Nov, 04:40


🗣Mehmon ma’ruzasi anonsi

Sizni Synergy Consulting, Inc. kompaniyasi direktori Bahrom Abduqodirov bilan uchrashuvga taklif etamiz!

Spiker haqida:
Bahrom Abduqodirov moliya va investitsiya sohasida 10 yildan ortiq malakaga ega, jumladan, angel investor sifatida 3+ tajribaga ega.

Mavzu: "Qanday qilib muvaffaqiyatli business angel investoriga aylanish mumkin?"

🗓️ 20-noyabr
11:30
📍 B bino, Kinozal

Investitsiyalar va start-uplar bo‘yicha tajribali mutaxassisdan tafsilotlarni bilib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🗣 Анонс гостевой лекции

Мы рады пригласить вас на встречу с Бахромом Абдукадировым, директором компании Synergy Consulting, Inc.!

О спикере:
Бахром Абдукадиров имеет более 10 лет опыта в сфере финансов и инвестиций, включая 3+ года в качестве бизнес-ангела.

Тема: "Как стать успешным бизнес-ангелом?"

🗓️ 20 ноября
11:30
📍 Б-блок, Кинозал

Не упустите возможность узнать ценные инсайты от эксперта в области инвестиций и стартапов!

🕊Telegram | 📱Instagram
📱Facebook | 🕊X
📺YouTube

Xalqaro huquq

19 Nov, 07:18


📣 2024-yilning 19-noyabr kuni “Xalqaro huquq” fakulteti 3-kurs talabalari uchun “Xalqaro ommaviy huquq” fani doirasida “Diplomatik va konsullik huquqi” mavzusida Tashqi Ishlar Vazirligi Mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig’i o‘rinbosari Rustam Gaziyev ishtirokida mahorat darsi o‘tkazildi.

📋 Mazkur mahorat darsi doirasida ma’ruzachi tomonidan diplomatik aloqalarni o‘rnatish to‘g‘risidagi ahdlashuvlar, diplomatik vakolatxona tushunchasi va funksiyalari, diplomatik huquqga oid asosiy tushunchalar (akkreditatsiya, agreman, ishonch yorlig‘i, diplomatik korpus), xalqaro tashkilotlar qoshidagi davlatlarning diplomatik vakolatxonalarining huquqiy maqomi, konsullik munosabatlarini o‘rnatish, konsullik faoliyati, diplomatik va konsullik vakolatxonalari faoliyatiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi to‘g’risida ma’lumot berildi.

🎤 Shuningdek, mahorat darsida talabalar muhokamalar davomida mutaxassisdan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar oldilar. 📣

JIDU Xalqaro Huquq

Xalqaro huquq

18 Nov, 07:04


🗓 2024-yil 18-noyabr
📍 JIDU, "A" bino, Faollar zali
Soat: 13:00


JIDU Xalqaro Huquq

Xalqaro huquq

16 Nov, 11:13


📣 Talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, sudlar faoliyati borasidagi yuridik bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash maqsadida 2024-yilning 16-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Toshkent shahar sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudyalari O.Gulyamova, A.Ibragimov, J.Xusainov, N.Bayzakova hamda "Xalqaro huquq" fakulteti talabalari ishtirokida "Yangi konstitutsiyada sud hokimiyati" mavzusidagi seminar-brifing bo‘lib o‘tdi.

⚖️ Unda "O‘zbekiston Respublikasining Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 13-bobida mustahkamlangan sud hokimiyati tizimi, ularning vakolatlari, sudyalikka qo'yilgan talablar, sudyalarning mustaqilligi, daxlsizligi, ta’minoti, iqtisodiy ishlarni ko'rib chiqishning protsessual muddatlari, sudga taalluqlilik va sudlovga tegishlilik masalar hamda bo’lajak huquqshunoslar uchun kasbiy va shaxsiy fazilatlar xususida o’z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. 📣

JIDU Xalqaro Huquq

Xalqaro huquq

16 Nov, 05:05


🎓“Eng faol yil talabasi - 2024” Respublika ko‘rik-tanlovining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bosqichi gʻoliblari aniqlandi.

Bizning sahifamiz:👇🏻
@jidu_5tashabbus

Xalqaro huquq

15 Nov, 18:56


📣 2024-yilning 15-noyabr kuni “Xalqaro huquq” fakulteti 4-kurs talabalari uchun “Yevropa Ittifoqi huquqi” fani doirasida “Yevropa Ittifoqi va O'zbekiston Respublikasining shartnomaviy-huquqiy hamkorligi” mavzusida Tashqi Ishlar Vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi xodimi Babayev Rayan ishtirokida mahorat darsi oʼtkazildi.

⚖️ Mazkur dars doirasida ma’ruzachi tomonidan Yevropa ittifoqi va O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi  shartnomalar, ularning xalqaro-huquqiy ahamiyati, Yevropa Ittifoqi doirasida xalqaro munosabatlarning tartibga solinishi, Õzbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zolikka qabul qilinishidagi tashabbuslar, Yevropa Ittifoqiga a’ zo davlatlarning migratsiya va savdo aloqalari, xalqaro transport tizimini rivojlantirsh maqsadida qabul qilingan xalqaro  shartnomalar muhokama qilindi.

📌 Mahorat darsi davomida talabalar bugungi kundagi Yevropa Ittifoqi huquqining dolzarb masalalari yuzasidan mutaxassisdan savollarga javoblar olishdi.

http://t.me/JIDUXalqaroHuquq

Xalqaro huquq

14 Nov, 06:39


📣Diqqat tanlov!
Qadrli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari!

"O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi" munosabati bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari uchun quyidagi yo'nalishlar  bo'yicha tanlovlar e'lon qilinadi!

📝 1. "ENG YAXSHI INSHO" TANLOVI
Mavzular:
• "Konstitutsiya va mening huquqlarim"
• "Mening konstitutsiyam va davlat madhiyam"

🎨 2."ENG YAXSHI  RASM" TANLOVI
Mavzular:
• "Konstitutsiya va yoshlar"
• "Xalq konstitutsiyasi"
• "Konstitutsiya - baxtimiz qomusi"

Muhim talablar:
A3 formatda tayyorlash
Tasviriy san'atning istalgan janridan foydalanish mumkin
Rasm ostiga albatta muallif va fakultet nomi yozilishi shart.

📊 3. "ENG YAXSHI INFOGRAFIK MATERIAL" TANLOVI
"Konstitutsiyaning jamiyatdagi roli" mavzusida eng yaxshi infografik material!

Asosiy talablar:
Aniq,  sodda va tushunarli ma'lumot yaratish
O'qish uchun qulay shriftlardan foydalanish.

🎥 4. "ENG YAXSHI VIDEOROLIK"  TANLOVI
"Konstitutsiya—taraqqiyot poydevori" , "Moddalar gapiradi" loyihasi doirasida o'z ijodingizni namoyish eting!

Asosiy talablar:
Davomiyligi: 2-5 daqiqa
Videoning asosiy g'oyasi Konstitutsiyaning jamiyatdagi o'rni, uning mazmun-mohiyatini yoritib berishga qaratilgan bo'lishi lozim.
Video haqida qisqacha izoh taqdim etish zarur

📰 5. "ENG YAXSHI MAQOLA" TANLOVI
"Fuqarolik ongini shakllantirishda Konstitutsiyaning ahamiyati" mavzusida maqola tayyorlash.

Asosiy talablar:
Hajmi: 1000-1500 so'z
Ishonchli manbalardan foydalanish
Statistik ma'lumotlar va tarixiy faktlarni keltirishda aniqlikka e'tibor berish

🏆 SOVG'ALAR:
Tanlov g'oliblari  maxsus diplom va sovg'alar bilan taqdirlanadi!

📆Barcha yo'nalishdagi  ijodiy ishlarni  2024-yil 30-noyabrga qadar kurs tyutorlariga taqdim etishingiz so'raladi.

🌟 Tanlovda ishtirok etib, o'z iqtidoringizni namoyon eting hamda sovg'alarga ega bo'ling!

#UWED #Konstitutsiya #Tanlov #JIDU #Talabalar

Xalqaro huquq

09 Nov, 04:45


📌 Научное сообщество студентов Университета мировой экономики и дипломатии приглашает вас зарегистрироваться для участия в круглом столе на тему “Международно-правовое регулирование искусственного интеллекта”, который пройдет на базе УМЭД в рамках конференции «Бизнес, Менеджмент и Право».

📚 Эта актуальная тема требует серьезного обсуждения и анализа. Мы приглашаем вас представить свои доклады на узбекском, русском или английском языках. Участие в круглом столе — это отличная возможность обсудить вызовы и перспективы правового регулирования ИИ и обменяться мнениями с коллегами.

✏️ Для регистрации пройдите ниже предоставленную форму и для получения дополнительной информации, пожалуйста, свяжитесь с нами. Ждем вас на круглом столе!

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

📌 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari ilmiy jamiyati "Biznes, menejment va huquq" konferensiya doirasida JIDUda boʻlib oʻtadigan “Sun'iy intellektni xalqaro huquqiy tartibga solish” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtishingizni so'raymiz.

📚 Bu qizg'in mavzu jiddiy muhokama va tahlilni talab qiladi. O'z qarashlaringizni maqolalaringizda aks ettirib o'zbek, rus yoki ingliz tillarida topshirishingiz mumkin. Davra suhbatida ishtirok etish Sun'iy intellektni huquqiy tartibga solish muammolari va istiqbollarini muhokama qilish va hamkasblar bilan fikr almashish uchun ajoyib imkoniyatdir.

✏️ Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi havolani toʻldiring va qoʻshimcha maʼlumot olish uchun biz bilan bogʻlaning. Sizni davra suhbatida kutib qolamiz!

https://forms.gle/eomyGu3B9mtK6kUT6

Подписывайтесь на наши социальные сети
📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 YouTube

Xalqaro huquq

08 Nov, 13:56


2024-yil 8-noyabr kuni universiteti "Xalqaro huquq" fakulteti 1-kurs tyutori S. Nosirova hamda profilaktika inspektori Sh.Boymatov tashabbusi bilan "Tyutorlik soati"doirasida axborot texnologiyalari sohasidagi sodir etilayotgan jinoyatchilik turlari, oqibatlari hamda ulardan qanday himoyalanishni targ‘ib qilishga qaratilgan “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish— davr talabi!” mavzusida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Ushbu targ'ibot tadbirida Mirzo Ulug'bek tumani Kiberxavfsizlik markazi mas'ul xodimi leytenant A.Imomov tashrif buyurdi.

Suhbat davomida kiberjinoyatchilar tuzog‘iga tushib qolmaslik, shaxsiy maʼlumotlarni hamda bank plastik kartalari bilan bog‘liq maʼlumotlarni begona shaxslarga oshkor qilmaslik, tavakkalchilikka asoslangan turli xil qimor o‘yinlarida ishtirok etmaslik yuzasidan tushuntirishlar berilib, talabalar ogoh bo'lishlari zarurligi ta'kidlandi.

Xalqaro huquq

05 Nov, 10:07


📣 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Xalqaro huquq" fakulteti talabasi Qudratov Javohir Komilovich Toshkent telekanalida efirga uzatiladigan "Salom Toshkent" teleko'rsatuviga taklif etilib, talabaning erishgan yutuqlari borasida suhbat bo'lib o'tdi.

📌 Talabamizning kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!!! ⚖️

JIDU Xalqaro Huquq

Xalqaro huquq

03 Nov, 11:25


24-29 oktyabr kunlari Qozog’iston Respublikasining Olmaota shahrida Amerika Qo’shma Shtatlarining Commercial Law Development Program (CLDP) xalqaro tashkiloti va AIFC (Astana International Financial Centre) tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari huquqshunoslik fakultetlari talabalarini 32nd Willem C. Vis
International Commercial Arbitration Moot Court musobaqasiga tayyorlash bo’yicha o’tkazilgan forumda “Xalqaro huquq” fakulteti 4-kurs talabalari Boxodir Dadayev va Shohjahon Haydarqulov muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Forum yakunlari bo’yicha Boxodir Dadayev SPIRIT of the October Vis Moot training deb e’tirof etildi.

JIDU Xalqaro Huquq

Xalqaro huquq

27 Oct, 05:01


#Saylov_2024 Toirov Husan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 3-bosqich talabasi

JIDU Xalqaro Huquq

Xalqaro huquq

25 Oct, 16:10


Joriy yilning 22-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Xalqaro huquq" fakulteti tyutori S.Nosirova hamda 4- bosqich talabasi Sardor To’xtayev tashabbusi bilan 1-bosqich talabalari uchun “Volontyorlik faoliyati , xalqaro loyihalarda ishtirok etish va uning imkoniyatlari ” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening davomida S.To'xtayev tomonidan volontyorlik, ijtimoiy va xalqaro loyihalarga doir taqdimotlar, savol-javoblar va interaktiv o’yinlar tashkil etildi.
Ushbu trening orqali talabalar mavzu yuzasidan tegishli ma’lumotlarni oldilar.

JIDU Xalqaro Huquq

Xalqaro huquq

25 Oct, 11:48


🔈“Kitob mening do’stim” respublika ko'rik- tanlovining fakultetlararo bosqichi g'oliblari aniqlandi!!!
"Xalqaro huquq" kitobxon talabalar o'rtasida o'tkazilgan tanlov natijalariga ko'ra:
🥇Mustafakulova Sevara Xayrulla qizi (3-kurs)
🥈Karimova Feruza Sanjar qizi (1-kurs)
🥉Toshpo’latova Gulsanam Alimardon qizi (1-kurs)
ko’rik-tanlov g'olibligini qo'lga kiritdilar.

Ushbu g'olib talabalar ko'rik- tanlovning universitet bosqichida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.

🎉G'oliblarni fakultet nomidan tabriklaymiz hamda ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorchilik bildiramiz!

⚡️Doimo ma'rifat izlashdan charchamang!

JIDU Xalqaro Huquq

Xalqaro huquq

25 Oct, 10:48


📣 2024-yilning 18-oktabr kuni “Xalqaro huquq” fakulteti 4-kurs talabalari uchun “Yevropa Ittifoqi huquqi” fani doirasida “Yevropa Ittifoqi huquqining noyozma manbalar tizimi” mavzusida “Xalqaro Islom huquqi” akademiyasi professori “Yevropa Ittifoqi huquqi” darsligi muallifi yu.f.n., prof. Yunusov Haydarali Muratovich ishtirokida mahorat darsi oʼtkazildi.

⚖️ Mazkur dars doirasida ma’ruzachi tomonidan Yevropa Ittifoqi huquqida odat huquqining o’rni, odat huquqi me’yorlarining sud tomonidan e’tirof etilishi, Yevropa Ittifoqi huquqi tamoyillari hamda ularning sud amaliyotidagi o’rni masalalari yoritib o’tildi.

📌 Mahorat darsi davomida talabalar bugungi kundagi Yevropa Ittifoqi huquqining dolzarb masalalari yuzasidan soha mutaxassisidan savollariga javoblar olishdilar.

JIDU Xalqaro Huquq

Xalqaro huquq

25 Oct, 06:26


⚡️Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari!

❗️Universitetimizning bakalavriat bosqichi talabalari oʻrtasida "Xalqaro munosabatlar" fakulteti tomonidan O‘zbekiston Respublikasida Parlament saylovlariga bag'ishlangan “Saylov 2024-talaba yoshlar nigohida” nomli esselar tanlovi oʻtkazilishini ma’lum qilamiz.

Tanlovda ishtirok etish talabalari:
- Tanlovga yakka muallif tomonidan (hammualliflikda yozilgan ishlar qabul qilinmaydi) mustaqil ravishda yozilgan va nashr etilmagan materiallar qabul qilinadi;
- Har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta ish bilan qatnashishi mumkin;
- Matn hajmi 1200 so‘zdan oshmasligi, 1,5 intervalda, Times New Roman (14 nuqta oʻlchami) da yozilishi kerak;
- Barcha manbalarga bibliografik iqtiboslar/havolalar keltirish va ularni matn yakunida rasmiylashtirish kerak (Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati/Список литературы/References).


🔉Esselar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

👉Tanlovda ishtirok etish uchun ishlar 2024-yil 25-oktabr kuni soat 23:59 ga qadar [email protected] elektron manziliga yuborilishi soʻraladi.

🎖G‘oliblar 2024-yil 31-oktabr sanasida e’lon qilinadi.

📄Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha qo‘shimcha savollar bilan Xalqaro munosabatlar fakulteti dekanatiga murojaat qilishingiz mumkin (“A” bino, 204-xona).

UWED.UZ | Facebook | Telegram | YouTube | Instagram

Xalqaro huquq

24 Oct, 12:46


📣 2024 йил 27 октябрда республикада ўтказиладиган парламент
сайловларида халқаро кузатувчи сифатида иштирок этиш учун
Сингапурнинг «Tan Rajah & Cheah» адвокатлик компанияси бош
маслаҳатчиси Челва Ретнам Раджанинг Ўзбекистонга ташрифи
режалаштирилган.

⚡️ Ташриф давомида таниқли арбитраж соҳасида халқаро доирадаги мутахассис Челва Ретнам Раджа томонидан ЖИДУ талабалари учун "Халқаро арбитраж" мавзусида маҳорат дарси ташкил этиш режалаштирилган.

https://trc.com.sg/chelva-retnam-rajah-sc/

⚖️ Маҳорат дарси: 2024 йил 25 октабрь

Соат 11.00да

📍“А” бино 114-хонада
бўлиб ўтади.🗒

JIDU Xalqaro Huquq

Xalqaro huquq

24 Oct, 12:34


🔈 Har bir fuqaro o‘z ovozi bilan adolatli va farovon jamiyat qurishda ishtirok etishi lozim. Saylov — bu sizning nafaqat konstitutsion huquqingiz, balki mamlakat taraqqiyoti va kelajak avlod uchun muhim tanlovingizdir. Mazkur saylovda JIDU Ilmiy jamiyati vakillari ishtirok etishadi, va shu bilan bir qatorda barchangizni saylovda faol qatnashishga va o‘zingiz munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishga chaqizamiz.

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤


🔈 Каждый гражданин должен участвовать своим голосом в построении справедливого и процветающего общества. Голосование – это не только ваше конституционное право, но и важный выбор для развития страны и будущего поколения. Представители научного общества УМЭД будут учавствовать в выборах, и мы приглашаем всех вас принять активное участие и проголосовать за кандидата, которого вы считаете достойным.

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤


🔈 Every citizen should be a part of building a fair and prosperous society through participating in elections. Voting is not only your constitutional right, but also an important choice for the development of the country and future generations. Students Scientific Society under UWED will be participating in the election, and we encourage you all to actively take an active part and vote for the candidate you consider worthy.

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 YouTube

Xalqaro huquq

24 Oct, 11:12


📣 2024-yilning 21-oktabr kuni “Xalqaro huquq” fakulteti 4-kurs talabalari uchun TIV Konsullik-huquqiy departamentining attashesi Saidov Azimjon Akmal o'g’li tomonidan “Diplomatik va konsullik huquqi” fani doirasida “Konsul asosiy funksiyalarining o'ziga xos xususiyatlari” mavzusida mahorat darsi oʼtkazildi.

⚡️Mazkur dars doirasida Konsullik huquqining amaliyot bilan bog‘liq asosiy jihatlari keng muhokama qilindi. Konsullarning bugungi kunda xalqaro munosabatlarni amalga oshirishdagi faoliyatiga ham to’xtalib o’tildi.

📋 Shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi fuqarolari duch keladigan muammolarini hal qilishda konsullarning roli haqida tushuntirishlar berildi. ⚖️

JIDU Xalqaro Huquq

Xalqaro huquq

24 Oct, 08:04


📣 2024-yilning 22-oktabr kuni “Xalqaro huquq” fakulteti 4-kurs talabalari uchun “Ayollar huquqlari” fani doirasida “Ayollarga nisbatan zo'ravonlikni bartaraf etish” mavzusida “Oila va gender” ilmiy tadqiqot instituti bo’lim boshlig’i yu.f.f.d., dots. Xurshida Saidvalieva ishtirokida mahorat darsi oʼtkazildi.

⚖️ Mazkur dars doirasida ma’ruzachi tomonidan gender diskriminatsiyasi va zo'ravonlikdan himoya qilish usullari, gender tengligini ta'minlash bo'yicha milliy mexanizmlar, O‘zbekiston Respublikasining ayollar huquqlari va gender tengligini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarini tahlili yoritib o’tildi.

📌 Shuningdek dars davomida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga amaliy yordam berish mexanizmlari keng tahlil qilindi. Bu borada zo’ravonlikning turlariga alohida to’htalib o’tildi. 📋

JIDU Xalqaro Huquq

Xalqaro huquq

23 Oct, 08:09


⚡️JIDUda “Yangi O‘zbekistonda saylov tizimi transformatsiyasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

📎Batafsil...

⚡️ В УМЭД состоялся круглый стол на тему «Трансформация избирательной системы в новом Узбекистане»

📎Подробнее...

⚡️A round table on the topic “Transformation of the Electoral System in the New Uzbekistan” was held at UWED”

📎Read more...  

UWED.UZ |Facebook | Telegram |YouTube | Instagram

Xalqaro huquq

23 Oct, 07:54


🌏 2024-yil 23-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Hindiston elchisi Smita Pant boshchiligida delegatsiya ishtirokida "India-Uzbekistan Perspectives on Connectivity between South and Central Asia" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.🇮🇳🇺🇿

Bo'lib o'tgan ushbu xalqaro doiradagi tadbirda "Xalqaro huquq" fakulteti talabalari ishtirok etdilar.

JIDU Xalqaro Huquq

Xalqaro huquq

21 Oct, 17:26


🗣Aziz do'stlar!

🌐 Hayot - bu qimmatbaho tuhfa va har birimiz o'z yo'limizni tanlash imkoniyatiga egamiz. Giyohvandlik kabi xayoliy vasvasalar kelajagingizni barbod etishiga yo'l qo'ymang. Narkotik va psixotrop moddalar bizga bebaho bo'lgan ne'matlarni tortib oladi - sog'liq, orzular va bevosita hayotimizni.

Haqiqiy kuch sizning tanlovingizda. O'zingiz, ota-onangiz, oilangiz va do'stlaringiz uchun erkinlik, muvaffaqiyat va kelajakni tanlang. Har biringizda karyera qurish, yuksaklikka erishish va sizga ishonganlarni xursand qilish imkoniyati bor. Hayotingiz afsuslarga emas, yutuqlarga to'la bo'lsin.
Talabalar ilmiy jamiyati giyohvandlikka qarshi!

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🗣Дорогие друзья!

🌐 Жизнь – драгоценный дар, и у каждого из нас есть возможность выбрать свой путь. Не позволяйте воображаемым искушениям, таким как наркомания, разрушить ваше будущее. Наркотики и психотропные вещества отнимают у нас драгоценные блага – здоровье, мечты и саму жизнь.

Настоящая сила – в вашем выборе. Выберите свободу, успех и будущее для себя, своих родителей, своей семьи и своих друзей. У каждого из вас есть возможность построить карьеру, достичь вершин и порадовать тех, кто в вас верит. Пусть ваша жизнь будет полна достижений, а не сожалений.
Научное сообщество студентов против Наркотиков!

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🗣Dear friends!

🌐 Life is a precious gift and each of us has the opportunity to choose our path. Do not let imaginary temptations such as drug addiction ruin your future. Drugs and psychotropic substances rob us of precious goods - health, dreams and life itself.

The real power is in your choices. Choose freedom, success and a future for yourself, your parents, your family and your friends. Each of you has the opportunity to build a career, reach the top and please those who believe in you. May your life be full of achievements, not regrets.
The scientific society of students against Drugs!

📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 YouTube

Xalqaro huquq

21 Oct, 15:26


🏅 Yurtimiz tinchligi, Vatanimiz taraqqiyoti va ertangi istiqbolli kun uchun ovoz beramiz!

🏷 Turg'unboyev Otabek - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi.

#yosh_saylovchi #saylov_2024 #kelajak_uchun #ovoz_beraman #befarq_emasman

JIDU Xalqaro Huquq

Xalqaro huquq

19 Oct, 14:20


2024-yilning 14-18-oktabr kunlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Toshkent va Dushanbedagi idoralari tomonidan YeXHT tuzilmasi va uning vazifalari bo’yicha "Markaziy Osiyo Yosh diplomatlar o‘quv kursi" va "Model OSCE" tashkil etildi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Xalqaro huquq" fakulteti 3-bosqich talabasi Otabek Turg‘unboyev ushbu kursni muvaffaqqiyatli yakunlab, YeXHTning Toshkent va Dushanbedagi Idoralari rahbarlari tomonidan taqdirlandi.

JIDU Xalqaro Huquq

Xalqaro huquq

18 Oct, 17:00


⚡️Talaba-yoshlar o‘rtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi о‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama
sog'lom va barkamol etib tarbiyalash, ulaming kitobdan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab- quvvatlash maqsadida joriy yilning  18-oktabr kuni "Kitob-mening do'stim" respublika  tanlovining "Xalqaro huquq" fakultet  bosqichi o'tkazildi!

📚Unda tanlovning 1-shartdan muvaffaqiyatli o'tgan  fakultet   kitobsevar  talabalari   “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish” sharti doirasida o'zaro bellashdilar.

Tanlovning ushbu shartida  har bir ishtirokchi o'zi sevib mutolaa qiladigan yozuvchi asarining mazmun-mohiyati hozirgi kundagi dolzarbligi, tarbiyaviy ahamiyatini  yoritib berdilar.
Shuningdek, kitobxonlik va mutolaa  madaniyatini yanada rivojlantirish bo'yicha taklif-mulohazalarini bildirdilar.

Xalqaro huquq

17 Oct, 13:52


🗓 2024-yilning 17-oktabr sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti tyutori A.Abdujalilov hamda 3-bosqich talabalari ishtirokida "Demokratik saylov – talabalar nigohida" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

📊 Suhbat jarayonida talabalarga O'zbekistonning saylov tizimi, siyosiy partiyalar va ularning fraksiyalari, professional parlament va uning shakllanish jarayoni haqida so'z yuritildi.

🗳 Suhbat yakunida talabalar 27-oktabr kuni bo'lib o'tadigan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovida fuqarolik pozitsiyasidan kelib chiqib, unda faol ishtirok etishlarini bildirib o'tdilar.