Ayni damda YChL pley-off setkasi. Juftliklarda adashib ketmang. Raqiblar kimlar bo'ladi? Misol uchun "Real Madrid" 1/16 finalda "Seltik" yoki "Man Siti" bilan o'ynashi aniq. Yokida, "Man Siti" 1/16 finalda "Bavariya" yoki "Real Madrid" bilan o'ynashi aniq. Keling deylik, 1/16 finalda "Real" raqibi "Seltik" bo'lsa, "Man Siti"ning raqibi esa "Bavariya" bo'ldi deylik misol uchun. Shunda Madrid va MCI g'alaba qozonishdi va ularning 1/8 finaldagi raqibi "Atletiko" yoki "Bayer" bo'ladi.
"Barselona" va "Liverpul"ning 1/8 finaldagi ehtimoliy raqibi "Monako", "Brest", PSJ yoki "Benfika" bo'ladi. Shu tarzda rasmga qarab boshqalarni bilib olishingiz mumkin.
1/16 finalda kimlar aniq juftlik bo'lishi esa qur'a orqali 31-yanvarda Toshkent vaqti bilan 16:00 da aniqlanadi.