Mindset Club @mindset_klub Channel on Telegram

Mindset Club

@mindset_klub


Maqsadimiz: "Kitobsevar millat" umumilliy g'oyasini ro'yobga chiqarish.

Mindset Club (Uzbek)

Mindset Klub - bu eng zamonaviy Telegram kanali, kitobsevarlar uchun yaratilgan. Kanalning maqsadi "Kitobsevar millat" umumiy g'oyasini ro'yobga chiqarishdir. Bu yerda siz ko'p uchraydigan savollar, takliflar va ko'rsatmalar bilan tanishib, o'z fikrlaringizni o'zaro almashish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Mindset Klub bilan, o'zingizni rivojlantirib, yangi fikrlarga ega bo'lishingiz mumkin. Kanalga a'zo bo'ling va o'zingizni va dunyoqarashlaringizni o'zlashtiring. Sizni Mindset Klubga taklif qilamiz - o'zingizni rivojlantiring va yangi bilimlar olish imkoniyatini qo'llab-quvvatlang!

Mindset Club

13 Nov, 16:58


Navbatdagi suhbatimiz G’iyosiddin Yusuf ustoz bilan bo’lib o’tdi..

Mindset Club

28 Oct, 06:55


Mindset clubga borish esimga tushib qoldi😅

Mindset Club

27 Oct, 17:05


Bugun Qudratulloh Ahmad bilan suhbat bo’lib o’tdi..

Yangi insonni, yangi bilimlarni o’zlashtirdik..

Mindset Club

05 Oct, 03:56


Siz o‘zingizga ishonasizmi?

O'z-o'zini hurmat qilish o'zimizga bo'lgan ishonchimizning asosidir. Uni ko'tarish o'zingiz uchun yangi imkoniyatlar ochish va hayotda ko'proq yutuqlarga erishish demakdir. Xo‘sh, o‘ziga bo‘lgan ishonchni va hurmatni oshirish uchun nima qilish kerak?

•| O'zingizni boringizcha qabul qiling. Har bir inson noyob, u o'zining kuchli va zaif tomonlariga egadir. Shuning uchun o'zingizni boshqalar bilan taqqoslamang.

•| Erishish mumkin bo'lgan va harakatga undaydigan maqsadlar qo'ying. Katta maqsadlarni kichik qadamlarga bo'ling va har bir muvaffaqiyat uchun o‘zingizni rag‘batlantiring. Bu o'zingizga bo‘lgan ishonchli ko‘proq his qilishingizga yordam beradi.

•| Komfort zonangizdan chiqing. Yangi, noma'lum va qiziqarli narsalarni sinab ko'ring. Bu sizning chegaralaringizni kengaytirishga va qobiliyatlaringizni kuchaytirishga as qotadi.

•| O'zingizni ehtiyot qiling. Jismoniy faollik, sog'lom ovqatlanish va yetarli uyqu salomatlik garovi.

•| Atrofingizdagi insonlarga e'tibor qarating. Sizni qo'llab-quvvatlovchi insonlar hamda to‘g‘ri tanqid qila oluvchilar bilangina o‘sa olasiz.

•| Yordam so'rang va qabul qiling. Sizga kerak bo'lganda yordam so'rashdan uyalmang. Va boshqalarga yordam berish ham o'z qadr-qimmatingizni oshirishning ajoyib usuli ekanligini unutmang.

•| Xatolardan afsuslanmang, undan ko‘ra ulardan xulosa oling va takrorlamang.

•| Iste'dod va qiziqishlaringizni rivojlantiring. O'zingiz yoqtirgan ish bilan shug'ullanish sizga qoniqish hissini beradi.

O'z-o'ziga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish vaqt hamda kuch talab qiladigan jarayon ekanligini unutmang. Birgina jarayon va birgina o‘rganish orqali hal bo‘lmaydi. Siz o‘z ustingizda ishlashingiz va irodali bo‘lishingiz kerak. Unutmang, o‘zingizni hurmat qilmay turib birovlardan hurmat talab qilish joizmas.

Mindset Club

04 Oct, 16:44


Bu klub kimlar uchun:

Kasb tanlashda ikkilanayotganlar uchun
Foydali odat shakllantirmoqchi bo'lganlar uchun
O'z oldiga maqsad qo'ymoqchi bo'lgnlar uchun
O'ziga ustoz topmoqchi bo'lganlar uchun
Doimiy kitob o'qishni yo'lga qo'ymoqchi bo'lganlar uchun
Ustozlar bilan jonli netvorking qilmoqchi bo'lganlar uchun
Kun tartibini shakllantirmoqchi bo'lganlar uchun

Bu klub kimlar uchun emas:

Fikrlashdan qo'rqadiganlar uchun
Dangasalar uchun
Komfort zonadan chiqishni xohlamaydiganlar uchun
"Shuncha olgan bilimim menga yetarli" deydiganlar uchun
O'z ustida ishlashni xohlamaydiganlar uchun

Mindset Club

20 Sep, 16:39


Yaxshi odatlarni shakllantirish yaxshi umr kechirish kafolatidir.

Atrofingizdagi insonlarga qarang: Kimlar bilan birgasiz? Qanday insonlar sizning do‘stingiz? Ulardan foydali nimadir o‘rgana olyapsizmi? Yoki vaqtini bekorga sarflayotganlarga hamrohlik qilyapsizmi?

Insonlardan qidirayotganlaringiz pul, obro‘, mansab bo‘lmasin. Bilimi, dunyoqarashi va farosati jihatdan sizdan yuqoriroq turadigan hamda o‘rnak bo‘ladiganlar bilan birga bo‘ling.

Ana shunday odat va ko‘nikmalarni o‘rgatish yo‘lida harakat qilayotgan "Mindset klubi"ga qo‘shilish bilan cheklanmay, boshqalarni ham klubimizga jalb qilib, ilm ulashishda hissador bo‘ling!

Mindset Club

18 Sep, 01:41


• Eng qiyin narsa - harakatni boshlash, qolgan hamma narsa faqat qat'iyatga bog'liq.

"Ertadan boshlayman", deymiz.
Lekin doim bugun kelaveradi.

"Dushanbani kutamiz", shunda ham sanoqsiz haftalar o‘tib ketadi.

"Bo‘pti, birato‘la yangi yildan hammasi o‘zgaradi", deymiz-u, ammo...

Biz nimanidir boshlash uchun, o‘zgarishimiz uchun qaysidir qulay paytni kutamiz doim. Lekin bilmaymizki, o‘sha vaqt bizni o‘zgarishimizni kutayotgan bo‘ladi.

Shunday ekan, bugundan emas, hozirdan boshlang. Hozir ayni vaqti!

Mindset Club

09 Sep, 08:03


Miyamizni oziqlantiramiz

💡Dunyoqarashni kengaytirish, kreativ fikrlash va jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lish uchun atrofingizda imkoniyatlar va sharoitlar talaygina. Keling, ayrimlari to‘g‘risida eslatib o‘tamiz:

✓ Bunda yashayotgan muhit va oilaning ta'siri sezilarlidir. Siz "o‘sha havodan nafas olasiz" va u yerdagi qadriyatlar, o‘ziga xos qonun-qoidalar, madaniy munosabatlar sizning ongingizga singadi.

O‘rganilayotgan bilim, olinayotgan ta'lim va tarbiyaning qay darajada to‘g‘ri ekanligi sabab dunyoqarash shakllanib, kengaya boshlaydi.

✓ Yangi bilimlarni o‘rganib, ularni amalda qo‘llash, ijtimoiy munosabatga kirishish, madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali sizdagi dunyoqarash yuqori darajaga ko‘tariladi.

Gazeta, jurnal, kitoblar, ijtimoiy tarmoqlar, media va ommaviy axborot vositalari miyamizni to‘ldiruvchi asosiy manbalardir. Qachonki, ulardan to‘g‘ri va oqilona foydalansangiz.

✓ Qanday ma'lumotlarni qabul qilishingiz qat'i nazar, atrofingizdagi insonlar, do‘stlar va ustozlar sizga ko‘proq ta'sir ko‘rsatishadi. Ularga qarab solishtirish va bilmaganingizni o‘rganishni boshlaysiz.

Hissiyotlar, ruhiy kechinmalar, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik kabi tuyg‘ular insonni tarbiyalaydi.

✓ Dunyoqarashingizni yanada kengaytirish uchun yana bir samarali yo‘llardan biri bu Mindset Klubiga a'zo bo‘lish va yaxshi insonlar davrasida bo‘lishdir.

Mindset Club

05 Sep, 12:38


🎙 Mindset club haqida — Muzaffar To'xtasinov fikrlarini bo’lishdilar..

🔺 Hozirga qadar 1200+ proyekt bilan ishlagan
🔺
"ABBA" marketing agentligi asoschisi va direktori

Mindset Club

03 Sep, 03:29


✔️Yangi qabul boshlandi.

-Vaqtni samarali o‘tkazish, o‘z kasbining mahoratli kishilari davrasida bo‘lib, zaruriy bilimlarni egallash hamda kelajakda o‘zingiz uchun to‘g‘ri bo‘lgan yo‘lni topish kabi masalalar sizni qiziqtiradimi?

Unda Mindset Klubi aynan siz uchun!

📨 Tezda tashkilotchilarimizga murojaat qiling va joyingizni band qiling:
—@mindsetclub_admin1
—@mindsetclub_admin2

💡Mindset Klubi bilan dunyoqarashingizni yangi bosqichga olib chiqamiz

Mindset Club

01 Sep, 17:15


Bugungi mindset club uchrashuvidan lavha..