Gippokamp @gippokamp Channel on Telegram

Gippokamp

@gippokamp


Tibbiy platforma

gippokamp.uz
instagram.com/gippokamp
facebook.com/gippokamp

Savol va murojaatlar uchun:
@rihkov14
@Baxromov_Abdurahmon

Gippokamp (Uzbek)

Gippokamp Telegram kanalida tibbiy sohalar bo'yicha eng zamonaviy ma'lumotlar va xabarlar o'z ehtiyojlariga ega bo'lishlari mumkin. Kanalda doktorlar va mutaxassislik sohasida tajriba egasi bo'lgan mutaxassislar tomonidan tayyorlangan maqolalar, maslahatlar va tavsilotlar paydo bo'lishi mumkin. Gippokamp kanali orqali sizning shifokorningizni o'zbek tibbiyotida eng yaqin va samarali usullar bilan maslahatlashishi va yordam berishi mumkin. Agar sizda tibbiy savollar, murojaatlar yoki takliflar bo'lsa, kanalda keltirilgan kontaktlar orqali o'z fikrlaringizni va savollaringizni yuborishingiz mumkin. Barcha tibbiy platformalardagi so'ngi yangiliklar, texnik yangilanishlar va tibbiy uslublar haqida ma'lumotlarni olish uchun Gippokamp Telegram kanaliga obuna bo'ling va tibbiy sohalarda so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling!

Gippokamp

15 Nov, 04:30


#Vaziyatli_masala (38)

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

13 Nov, 04:30


#Infeksionkasalliklar

Sellulit (Flegmona)
 
Sellulit – Teri osti chuqur infeksiyasi. Qo’zg’atuvchilari Streptokokk va Stafilokokk bakteriyalari hisoblanadi. Stafilokokklar ta’sirida shikastlangan o’choq atrofida yiring (teri absessi) to’planishi ham mumkin.
 
Diagnostikasi:
- Shifokor ko’rigi
- Qon va to’qima surtma namunasi tahlili
 
Ayrim hollarda sellulitni simptomlari o’xshash bo’lgan chuqur vena trombozi bilan qiyosiy tashxislab olishga to’g’ri kelishi mumkin.
Agar teri absessi mavjud bo’lsa, davolashga qo’shimcha sifatida absess drenajlanadi.
 
Prognozi:
Odatda antibiotik terapiya yaxshi samara ko’rsatadi. Ayrim hollarda og’ir teri infeksiyasi kuzatilib, terining nekrotik infeksiyasi kuzatilishi va infeksiya qonga tarqalib bakteremiya rivojlanishi mumkin.

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

13 Nov, 04:29


#Vaziyatli_masala (37)

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

11 Nov, 04:29


#Vaziyatli_masala (37)

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

04 Nov, 08:00


#Allergologiya #Otorinolaringologiya

Allergik immunoterapiya

Allergik immunoterapiya – yuqori bo'lmagan dozadagi allergenlar bilan organizmni desinsibilizatsiya qilishga qaratilgan davo usuli. Shunga ko'ra bu davo usulini “Allergiyaga emlash” deb ham atasa bo'ladi.
 
Bemorlarga o'zida biroz miqdorda maxsus allergenlar saqlagan inyeksiya kiritiladi va bosqichma-bosqich allergenlar miqdori oshirib boriladi. Natijada, vaqt o'tishi bilan organizmda tashqi muhit allergenlariga nisbatan immun tizimida tolerantlik shakllanadi va allergenlarga nisbatan sezgirlik susayadi.
 
Immunoterapiya natijasida simptomlarning yengillashishi 6-12 oy ichida boshlanadi. Terapiyani to'xtatmasdan uzluksiz 3-5 yil davom ettirish immun tizimini kuchayishiga va allergenlarga nisbatan turg'unlikni oshirishga yordam beradi va hatto terapiya to'xtatilgandan so'ng ham simptomlardan butunlay halos bo'lish mumkin.
 
Kiritish yo'li faqatgina inyeksiyon usulda emas, balki tabletka yoki sublingual spreylar ko'rinishida bo'lishi ham mumkin.

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

04 Nov, 08:00


#Vaziyatli_masala (36)

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

31 Oct, 04:40


#Vaziyatli_masala (36)

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

28 Oct, 04:40


#Oftalmologiya

LASIK ko'z operatsiyasi
(Lazer keratomiyeloz)


LASIK (laser-assisted in situ keratomileusis) ko'z operatsiyasi ko'rish bilan bog'liq bo'lgan muammolarni tuzatish uchun keng qo'llaniladigan ko'zning refraksion xirurgiyasi hisoblanadi.

LASIK ko'z operatsiyasi (Lazer keratomiyeloz) miopiya (yaqindan ko'rish), giperopiya (uzoqdan ko'rish) va astigmatizm (ko'z yuza qavatining noto'g'ri shakli) kabi bir qator ko'rish bilan bog'liq muammolarni davolash imkonini beradi. Yaqindan ko'rishning odatiy yoshga bog'liq susayishi ya'ni presbiopiyani LASIK operatsiyasi yordamida davolab bo'lmaydi, ammo "monovision" deb nomlanadigan maxsus davo usuli yordamida bir ko'zni uzoqdan ko'rishga, ikkinchisini esa yaqindan ko'rishga moslashtirish mumkin.

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

28 Oct, 04:30


#Vaziyatli_masala (35)

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

26 Oct, 04:30


#Vaziyatli_masala (35)

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

25 Oct, 04:31


#Kardiologiya

Qon haydash fraksiyasi (HF) bu - yurakning qisqarish funksiyasi ko'rsatkichi. Ko'p hollarda yurak yetishmovchiligi HF ning susayishi bilan xarakterlanadi (Surunkali yurak yetishmovchiligi yoki HFsYY) va diuretiklar, β-blokatorlar, renin-angiotenzin ingibitorlari (AO'F/ARB) hamda neprilizin ingibitorlari bilan davolanadi. Qon haydash fraksiyasi normal bo'lgan yurak yetishmovchiligi (HFnYY) nisbatdan ko'p uchrayotgan holat bo'lib, optimal davo choralari aniq belgilanmagan.
 
HFsYY – Qon haydash fraksiyasi susaygan yurak yetishmovchiligi.
HFnYY – Qon haydash fraksiyasi normal bo'lgan yurak yetishmovchiligi.

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

25 Oct, 04:31


#Vaziyatli_masala (34)

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

24 Oct, 04:30


#Vaziyatli_masala (34)

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

21 Oct, 04:40


#Laboratoriya

Covid-19 uchun PZR tekshiruvi

Virus genetik materialiga asoslangan Polimeraza Zanjir Reaksiyasi (PZR) tekshiruv usuli hisoblanadi. Ya'ni burundan olingan surtma namunasida biroz miqdorda virus genetik materiali mavjud bo'lsa, u praymerlar bilan bog'lanadi va ampligikatsiyalanib millionlab nusxalar hosil qiladi. Ushbu hosil bo'lgan virus geni nusxalari flyuoressent markyorlar bilan yetarli darajada bog'langandan so'ng «musbat» belgi beradi.

Tekshiruv usulining ustunligi:
- Yuqori sezgirlik va spetsifiklikka ega
- Virus mavjudligini erta anqilash imkoniyati (simptomlar hosil bo'lmasdanoq)
- Aniq natija

Tekshiruvning kamchiligi yoki cheklangan imkoniyatlari:
- Natijacha chiqishi uchun bir necha soat vaqt ketadi, odatda laboratoriya imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda 24-48 soat.
- Faol yoki nofaol virusni ajrata olmaydi (bemor yaqinda sog'aygan bo'lsa ham, «musbat» natija qayd etilishi mumkin.

Ushbu tekshiruv usuli haligacha Covid-19 bilan kurashda muhim ahamiyatga ega.

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

21 Oct, 04:30


#Vaziyatli_masala (33)

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

17 Oct, 04:30


#Vaziyatli_masala (33)

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

16 Oct, 04:40


#Nutritsiologiya #Dietologiya

Pritikin dietasi

Pritikin dietasi xolesterin darajasi va qon bosimini kamaytirish orqali yurak-qon tomir kasalliklarni oldini olish va davolash uchun ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, ushbu dieta prediabetik hamda 2-tip diabetik bemorlarga vazn yo'qotish va qand miqdorini nazorat qilish uchun ham tavsiya etilgan. Pritikin dietasi mohiyatan kam yog'li dieta bo'lib, unga rioya qilish umumiy kaloriya miqdorini kamayishiga olib keladi, toki yuqori yog'li mahsulotlar va tez hazm bo'luvchi uglevodlar iste'mol qilinmasa. Yondashuvning qiyinligi ham aynan shunda: bu dietaga rioya etish uchun ko'p oziq-ovqatdan uzoq muddatli voz kechish va qat'iy rejimga rioya qilish zarur.
 
Pritikin dietasida qondagi xolesterin darajasini tushirishga - nafaqat xolesterin iste'molini kamayirish bilan, balki barcha yuqori yog'li, kaloriyaga boy mahsulotlarni ham cheklab,  umumiy kaloriya iste'molini kamaytirish orqali erishiladi.
 
Yuqorida aytilganidek, yurak-qon tomir kasalliklarni oldini olish va davolashda qat'iy yondashuvni istovchi bemorlargina bu dietadan foyda topadi. Prediabetik yoki 2-tip diabetik bemorlar uchun faqat yog' va xolesterin iste'molini cheklash yetarli bo'lmaydi. Butun-donli mahsulotlar, sabzavot va mevalardagi murakkab uglevodlarni iste'mol qilish va kraxmal qabulini cheklash muhimdir.

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

16 Oct, 04:30


#Vaziyatli_masala (32)

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

14 Oct, 04:30


#Vaziyatli_masala (32)

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

11 Oct, 04:30


#Xirurgiya #Gastroenterologiya

Sliv gastrektomiya (Yon tomonlama gastroplastika; Me'daning qisman rezeksiyasi)

Sliv gastrektomiya - bariatrik jarrohlik usuli bo'lib, bunda ingichka holatda me'daning kichik egriligi saqlanib qoladi.

TVI 35-40 dan yuqori bo'lgan va kamida bitta yondosh kasallikka ega bo'lgan (2-tip qandli diabet, obstruktiv uyqu apnoesi, yuqori qon bosimi, artrit) yoki vazn tashlashga erisha olmayotgan bemorlarda ushbu operatsiya usuli qo'llaniladi.

Sliv gastrektomiyasidan so'ng, bemorlar odatda tana vaznining uchdan bir qismini yo'qotadilar. Aksariyat bemorlarda operatsiyadan keyin erishilgan vazn yo'qotilishi doimiy saqlanib qoladi. Bemorlar ovqat iste'molidan bahramand bo'lib yurishlari va ijtimoiy tadbirlarda normal ishtirok etishlari mumkin bo'ladi.

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

11 Oct, 04:30


#Vaziyatli_masala (31)

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃

Gippokamp

09 Oct, 04:30


#Vaziyatli_masala (31)

Kanalga obuna bo’ling 👉 @Gippokamp 😃