🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯 @kelajakmuhandislari2019 Channel on Telegram

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

@kelajakmuhandislari2019


Kelajak Muhandislari O'quv markaziga
Xush kelibsiz!!!!!

Manzil:Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, Nuriston shaharchasi "Talimarjon IES" UK Poliklinikasi orqa tomonida.

Murojaat Uchun ADMIN:
@BekzoD_BahromoV
+99893 153-94-94
Murojat qiling.

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯 (Uzbek)

Xush kelibsiz! Kelajak Muhandislari O'quv markazining rasmiy Telegram kanaliga hush kelibsiz! Bizning manzilimiz: Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, Nuriston shaharchasi "Talimarjon IES" UK Poliklinikasi orqa tomonida. Kanalga murojaat uchun @BekzoD_BahromoV ga yoki +99893 153-94-94 raqamiga murojat qilishingiz mumkin. Kelajak Muhandislari bilim va kasbiy rivojlanishda sizga yordam berish uchun tayyor. Bizning Telegram kanalimizga obuna bo'ling va kelajak haqida eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling!

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

17 Nov, 07:40


17-noyabr talabalar kuni bilan barcha talabalarni tabriklaymiz!!!

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

07 Nov, 09:16


CHALAJON ABITURIYENTLAR...


Repetitorlik tizimida ishlayman.  Faoliyatim davomida kuzatyapmanki, abituriyentlarning saviyasi yildan yilga tushib bormoqda. 

Bugungi kunda ayrim abituriyentlarga nimalar yetishmaydi?
                 
                  Shijoat

Bugungi kunning aksar abituriyentlarida shijoat umuman o‘lgan.  Hali 16-17 ga kirib ulgurmagan, lekin tomiri uzib qo‘yilgan guldek shalpayib yotadi.  O‘sha kuni bittasi darsga: ustidagi sportivkasi osilib, sumkasini sudrab kirib kelyapti.
Keyin darsda partaga yopishib yotib oladimi-yey. Ularni ko‘rib dars o‘tging ham kelmaydi kishi.

                  IXLOS

Ixlos haqida gapirish bizga emas, ammo gap ilm haqida ketarkan, og‘iz juftlashga haqqimiz bor deb bildik.  Ba'zi abituriyentlarda ixlos degan tushunchaning o‘zi yo‘q.  Faqat ustozdan gap eshitmaslik uchun o‘qib kelsa bo‘ldi.  Testlari ham shunchaki ishlangan, na tahlil bor, na mulohaza.  Qalam bir tegib  bir tegmagan.  Yana nega buncha xato desangiz, og‘zini to‘ldirib "Tushunmadim" deydi nomard. Ammo yonidagi dugonasi tushungan bo‘ladi.
    
                    SABR

Agar dars biroz cho‘zilsa, bog‘lab qo‘yilgan qo‘zidek, ipini uzishga harakat qiladi.  Darsda majbur o‘tiradi.  Qachon dars tugasa-yu, ko‘chada daydisa.  Qo‘shimcha darsga "takrorlashga kir" desangiz, boshqa fanim bor deydi-da, katagini yo‘qotib qo‘ygan jo‘jadek, uy yoqdan, bu yoqqa yuradi. 
Bir narsaga tushunmasa, birdan sinadi. 


               ULAR "kasal" 

Ularning kasali ham antiqa: bugun mazasi bo‘lmaydi, ammo ertasi kuni tuzalib qoladi.  Ozroq isitmasi chiqsa yoki boshi og‘risa ham darsdan qoladi. 
 
                 YOLG‘ONCHI

Ularga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri, ularning yolg‘onchiligidir.  O‘sha kuni bir o‘quvchim testning javoblarini o‘ziga ishonch bilan o‘qib ketdi.  Men esa uni ketma-ket uchta to‘g‘ri javob chiqarolmasligiga kafolat beraman.  Keyin borib tahlil qilib berishini so‘radim.  Qilolmadi.  Keyin yana kamiga ko‘chirganini tan olmadi. Oxiri bo‘yniga qo‘yib darsdan haydab yubordim.

             TELEFON

Mana shu ofat ularning boshiga yetadi.  Ular aldanganlar... Ingliz tilini o‘rganyapman deb bahona qilib qo‘lidan telefon tushmaydi.  O‘sha o‘quvchilarimga telefon haqida bir soatlar gapirdim, keyin ikkinchi guruhga dars o‘tib bo‘lgunimcha oradan ikki soat o‘tdi.  So‘ng telefonini olib tekshirsam, ikki soat ichida 1 soat-u 36 daqiqa foydalangan.  Chunki ularga...

         GAP TA'SIR QILMAYDI

Ha, ularga qancha gapirmang, pashsha chaqqandek ta'sir qilmaydi.  Chunki ularning "terisi qotib ketgan."
Bisotingizdagi jamiyki yomon so‘zlarni aytsangiz ham, eti jimirlamaydi.  Chunki vijdonni ovqatga qo‘shib yeb yuborgan. 

               DANGASA

Ko‘pchiligi dangasa.  Ozgina topshiriq ham ko‘ziga ko‘p ko‘rinadi.  Oʻzini juda yaxshi ko‘radi. Jonini qiynagisi kelmaydi. 

                TO‘YCHILAR....

Is chiqqan joydan quruq qolishmaydi.  Momoto‘ymi, ischiroqmi farqi yo‘q boraverishdi.  Ular to‘y uchun hech kim emasligini his qilishmaydi.  To‘ydan bir hafta oldin borsa, bir haftadan keyin kelishadi darsga....

UYNI SOGʻINGANLAR

Har hafta uyga borish-kelish ular uchun eng yoqimli mashgʻulot.
"Nega uyga borasan?" "Axir kecha uydagilaring kelib kettiku!" desang, "uyni sogʻindim" deydi.


Xullas,  bu hamma abituriyentlar haqida emas. Ixlos bilan o‘qiyotganlar bor, albatta. Gap aylanib borib egasini topadi.

@crazyphysics

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

06 Nov, 14:15


Fizika fanidan bo‘lgan attestatsiya yuzasidan
(oxirigacha o‘qib, keyin fikr bildirasizlar degan umiddaman)

Kanalimizdagi muhokama guruhida bildirilgan fikrlarni o‘rganib chiqdim. Vazirlik rahbariyati orqali ushbu masalani muhokama qildik, ularga e’tirozlarni yetkazdim.

E’tirozlarni shartli ravishda 2 qismga bo‘ldim:

1) Tekshirish lozim bo‘lgan e’tirozlar.

Bu kabi e’tirozlarga masalalar murakkabligi sababli vaqt yetmay qolgani, savollar o‘zbek tilida g‘aliz va tushunarsiz tuzilgani, savollarda xatolar borligi, berilgan topshiriqlar fan spetsifikatsiyasiga mos emasligini misol keltirish mumkin.

2) Biror dalil keltirilmagan va ehtiroslarga asoslangan e’tirozlar.

Bu kabi e’tirozlarga boshqa fan o‘qituvchilariga oson savol tushib, fizikaga qiyin tushgani, savollar javobi sotilgani, maktab o‘qituvchisiga osonroq savol berish kerakligi, attestatsiya o‘qituvchilarni atayin yiqitish uchun o‘tkazilgani, darsliklarda yo‘q bo‘lgan masalalar berilgani va boshqalarni keltirish mumkin.

Yechim va taklif: jamoatchilik tekshiruvi o‘tkazamiz

Birinchi toifaga oid e’tirozlarni tekshirmasdan xulosa qilib bo‘lmaydi.

Eng avvalo, sizlarga maslahatim — natijasidan norozi bo‘lgan o‘qituvchilar rasman apellyatsiya yozishlari lozim. Bu eng to‘g‘ri va qonuniy yo‘l.

Bundan tashqari vazirlik rahbariyati bilan xolislar ishtirokida ochiq jamoatchilik tekshiruvi o‘tkazishga kelishib oldik.

Buning uchun bizga attestatsiyaga kirgan 3 nafar ko‘ngilli o‘qituvchilar kerak. Ular kim bo‘lishini shaxsan menga farqi yo‘q, balki o‘qituvchilarning o‘zi kelishib, orasidan 3 nafar vakilni tanlab berishar. O‘sha 3 kishiga qo‘yiladigan asosiy talab:

1) attestatsiyaga kirgan bo‘lishi;
2) past natija ko‘rsatgan bo‘lishi shart.


Jamoatchilik tekshiruvi quyidagicha bo‘ladi:

1️⃣ qatnashishga rozilik bergan 3 nafar o‘qituvchi bilan birgalikda kelishilgan sanada hamda vaqtda vazirlikka boramiz;

2️⃣ vazirlik bizga natijasidan norozi bo‘lgan o‘qituvchilarga tushgan savol-javoblarni taqdim etadi. Va birgalikda har bir savolni muhokama qilamiz, uning qiyinlik darajasi, matnning tushunarliligi, spetsifikatsiyaga mosligi, topshiriqni ishlash uchun ketadigan taxminiy vaqt va shu kabi muhim jihatlarini ko‘rib chiqamiz;

3️⃣ har bir savolni xuddi shu tartibda birma-bir ko‘rib chiqamiz. E’tiroz bildirgan o‘qituvchilar bemalol savollarning xatosini ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi;

4️⃣ jarayonni tasvirga olamiz va uni kelgusida jamoatchilikka ham e’lon qilamiz;

5️⃣ natijasi bo‘yicha xulosa qilamiz, agar haqiqatdan savollar e’tirozlarda aytilganidek xato bo‘lsa, unda vazirlik o‘sha savollarni qayta ko‘rib chiqishga va o‘qituvchilarga ball qo‘shib berishga va’da berdi.

Taxminiy tartibi shunaqa. Endi faqat bizga ko‘ngilli 3 nafar o‘qituvchi kerak bo‘ladi.

Faqat oldindan ogohlantiraman, keyin "aytmaganding" demang, jamoatchilik tekshiruviga rozi bo‘lgan o‘qituvchi savollarning murakkablik darajasini va g‘alizligini isbotlab bera olishi, savol mualliflari va ekspertlar bilan ilmiy bahsda ularning xatosini ko‘rsata olishi kerak. Apellyatsiya jarayonida o‘qituvchining o‘zi uyalib qolib, videoni e’lon qilganimizdan so‘ng xijolatli vaziyatga tushib qolishini istamayman.

Shu shartlarga kim rozi bo‘lsa va ochiq apellyatsiyada o‘zining haqligini isbotlab bera olishiga ishonchi komil bo‘lsa, marhamat, izohlarda bu haqda yozib qoldirsin, biz o‘zimiz bog‘lanamiz.


🔘 @xushnudbekuz

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

06 Nov, 14:14


“Nega ustimizdan kulishyapti?” – fizika o‘qituvchilari attestatsiya imtihonidan norozi

Pedagoglar oktyabr oxirida o‘tgan attestatsiya testidan juda past ball olgan. Savollar murakkab tuzilgani va ular tasdiqlangan adabiyotlardan emas, balki boshqa manbalardan tarjima qilingani aytilmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi esa buni rad etmoqda.

👉 https://kun.uz/36411277

Kun.uz rasmiy kanali

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

03 Nov, 16:58


Abituriyent yigitlar uchun tavsiya 👆👆

Favqulotda vaziyatlar vaziyatlar akademiyasi

Videoni koʻring.

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

01 Nov, 13:01


Nasaf Chempion!!!

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

11 Oct, 16:35


Asadov Anvar
“Kelajak Muhandislari” o’quv markazida Fizika va Matematika yo’nalishida o’qigan

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

09 Oct, 16:00


New CEFR group (boshidan boshlamoqchi bo'lgan o'quvchilar uchun)

O'qituvchi: Akram Artikov (CEFR: 66)

Darslar xaftada 3 kun (qo'shimcha 1 kun bonus)

Boshlanishi: 14-Oktabr

+998999553256

Natijalarimizni kanalimizdan ko'rishingiz mumkin. Telegram kanalimiz linki👇👇👇

https://t.me/Nuristonfilologlar1

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

02 Oct, 18:38


Qo’shimcha ma’lumot. AGI bu AI ni takomillashgan varianti hisoblanadi. Tahlillarga ko’ra 2026-yilda AGI ishlab chiqilishi kutilmoqda.

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

02 Oct, 18:32


Shu ma’lumotlarni o’rganib turing. Ertaga shu haqda dars vaqtida suhbatlashamiz

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

02 Oct, 18:30


Man aytgandim-a. Til o'rganish muhim bo'lmay qoladi. AI yordamida allaqachon tarjimon dasturlarini ishlab chiqilgan.
Rus bilan koreys o'z tilida gapiryapti 😎

👉 @FizikaLife

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

24 Sep, 04:12


📣📣 DIQQAT! DIQQAT! 📣📣

🎓 “KELAJAK MUHANDISLARI” 🎓 o’quv markazida 2-oktabrdan YANGI GURUH ochilmoqda!!!

Bu so'nggi guruh bo'lishi mumkin!!!!!!!
Shoshiling joylar soni cheklangan.


Yangi guruhda quyidagi fanlar 0 dan o'rgatiladi:
🎓 5-6-7-8-9-10-11-sinf o'quvchilari va Abituriyentlar uchun

🚀Fizika 📊Matematika
🧪Kimyo

🏢 Asosiy Bino Manzili: Nishon tumani Nuriston shaharchasi eski poliklinika binosi 2-qavat

MO’LJAL: Talimarjon IES sanitariya tibbiyot qismi va Markaziy stadion yonida

Tel: +998 (97) 446-98-94
+998 (93) 153-94-94

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

22 Sep, 07:16


Tushungan tushundi ruknidan

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

22 Sep, 07:16


@crazyphysics

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

08 Sep, 10:42


Xalq ko'pincha haqiqatni gapirganga emas, chiroyli gapirganga ishonadi.

©️ Nassim Taleb

📌 @sanjarshamss 📌

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

03 Sep, 13:02


Xususiy universitetlar haqida

@crazyphysics

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

01 Sep, 03:28


Қизларингизни ўқитинг!

"Мен ҳурматли ота-оналарга қарата айтмоқчиман: қизларингизни ўқитинг, орзу-умидларини рўёбга чиқаришларида уларга кўмакчи бўлинг!" – Шавкат Мирзиёев

Сафимизга қўшилинг!
👉 @davlattestmarkazi

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

31 Aug, 12:59


Ushbu ovozli xabar o’tgan yili o’qigan o’quvchilarimizga ataladi.

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

31 Aug, 05:36


📣📣 DIQQAT! DIQQAT! 📣📣

🎓 “KELAJAK MUHANDISLARI” 🎓 o’quv markazi yangi 2024-2025-o’quv yili uchun 4-sentabrdan qabul e’lon qiladi!!!

Markazimizda quyidagi yo’nalishlarda ta’lim olishingiz
mumkin👇

5-6-7-8-sinf o'quvchilari uchun quyidagi fanlardan kichik guruhlar ( Ixtisoslashgan va B guruhlar)

🚀 Fizika 📊Matematika
🧪Kimyo

🎓 9-10-11-sinf o'quvchilari va Abituriyentlar uchun oliy o’quv yurtlari kirish imtihonlariga tayyorlov guruhlari ( A, B, C va "Спец" )! tashkil etiladi

🚀Fizika 📊Matematika
🧪Kimyo ( + Majburiy fan )

🏢 Asosiy Bino Manzili: Nishon tumani Nuriston shaharchasi eski poliklinika binosi 2-qavat

MO’LJAL: Talimarjon IES sanitariya tibbiyot qismi va Markaziy stadion yonida

Tel: +998 (93) 153-94-94
+998 (97) 446-98-94
FARZANDINGIZ KELAJAGINI ISHONCHLI QO'LLAR BILAN BIRGA YARATING !

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

26 Aug, 04:37


Barchasi ta'lim olish va mehnat bilan o'zgaradi. O'qish va izlanishdan to'xtamang!

🇺🇿 KeLaJaK MuHaNDiSLaRi 🆔 🇺🇿💯

21 Aug, 04:39


📣📣 DIQQAT! DIQQAT! 📣📣

🎓 “KELAJAK MUHANDISLARI” 🎓 o’quv markazi yangi 2024-2025-o’quv yili uchun 4-sentabrdan qabul e’lon qiladi!!!

Markazimizda quyidagi yo’nalishlarda ta’lim olishingiz
mumkin👇

5-6-7-8-sinf o'quvchilari uchun quyidagi fanlardan kichik guruhlar ( Ixtisoslashgan va B guruhlar)

🚀 Fizika 📊Matematika
🧪Kimyo

🎓 9-10-11-sinf o'quvchilari va Abituriyentlar uchun oliy o’quv yurtlari kirish imtihonlariga tayyorlov guruhlari ( A, B, C va "Спец" )! tashkil etiladi

🚀Fizika 📊Matematika
🧪Kimyo ( + Majburiy fan )

🏢 Asosiy Bino Manzili: Nishon tumani Nuriston shaharchasi eski poliklinika binosi 2-qavat

MO’LJAL: Talimarjon IES sanitariya tibbiyot qismi va Markaziy stadion yonida

Tel: +998 (93) 153-94-94
+998 (97) 446-98-94
FARZANDINGIZ KELAJAGINI ISHONCHLI QO'LLAR BILAN BIRGA YARATING !