Diya Doniyorovna @fehriyya Channel on Telegram

Diya Doniyorovna

@fehriyya


▫️Shaxsiy fikrlar
▫️She’riyat
▫️Kitoblarga sayohat
▫️Sokin muhit

fehriyya 💌 (Uzbek)

fehriyya kanali - bu yerda hikoyalar orqali o'ng jihatdan rivojlanishingiz mumkin! 60+ qizlar hikoyalarini tinglashdi va ularni o'qib chiqishingiz mumkin. Ayniqsa, @diya_ibrhm ga hikoya so'zini yozishingiz ham mumkin. fehriyya kanalida hikoyalar bilan tanishib, o'zingizni tarixiy va zamonaviy hikoyalarga oluvchi imkoniyatlarni topishingiz mumkin. Sizning hikoyangizni yozing va boshqalar bilan ulashing - fehriyya kanali bu uchun eng yaxshi platforma!

Diya Doniyorovna

14 Feb, 16:21


Ba’zan eng yaxshi javob, javob bermaslikdir..

Diya Doniyorovna

14 Feb, 10:50


❗️Qizla model kerak ❗️
Vaqti borla @diya_dnyr ga yozvorila

Diya Doniyorovna

13 Feb, 20:30


Gohi orzularga to'libmiz faqat.
Nechun biz yugurib, yelibmiz faqat.
Dunyoda bir nishon qolmasa bizdan,
Demak o'lish uchun kelibmiz faqat.

Umar Xayyom

Diya Doniyorovna

13 Feb, 04:17


Ehtimol umring bugunga qadar..!
O’lim qachon kelishini
Bilmay yashaysan..
Haqiqat shuki, u albatta kelar!
Kelganda, hech qayerga qocholmaysan..

Yelib yugurasan dunyo ortidan,
Lek bu haqiqatni qachon anglaysan?
Kafandan boshqa biron narsani..
O’zing bilan olib, ketolmaysan!

Qo’lingdan keladi yaxshi amallar..
Ne uchun ularni qilolmaysan?
Ezgulik ichingdagi qafasda ahir..
Ozod qil uni!
Baribir..
Dunyoda uzoq qolmaysan..

diya_dnyr

Diya Doniyorovna

11 Feb, 10:46


O’ylamanglar men haqimda farishtami deb..
Men ham oddiy insonman yashashga kelgan..
Menda ham bor xato, hatto yovuzlik.
Ojizligim esa ba’zan unutgan..

diya_dnyr

Diya Doniyorovna

11 Feb, 10:22


Buxoro, Xorazm tomonlarga sayohat qilgim kelyabdi, hamrohlar yo’qmu?

Diya Doniyorovna

10 Feb, 15:46


Ortiqcha o'ylayverish - mavjud bo'lmagan muammolarni ixtiro qilish san'ati hisoblanar ekan.. )

Diya Doniyorovna

07 Feb, 05:18


Insonga bir yomonlik keladi, uni musibat yoki sinov deb o’ylaydi..
Insonga bir yaxshilik keladi, uni ne’mat yoki baxt deb o’ylaydi..

Lekin yomonlik deb bilganlari ne’mat, yaxshilik deb bilganlari sinov bo’lishi mumkinligi haqida hayol ham qilib ko’rmaydi..

Siz hozir qanday kunda yashashingizdan qat’iy nazar Allohning cheksiz hikmati ichidasiz..
Yaxshilik ham yomonlik ham Allohdan va har qanday kunda siz uchun siz kutmagan, o’ylab ham ko’rmagan manfaatlar borligini hech qachon unutmang..!

diya_dnyr

Diya Doniyorovna

05 Feb, 17:26


Oilamizda zo’r shior bor..

- Qanday deysizmi?
- “Yordan kechsang kech,
lekin do’stdan hech qachon kechma” 😄))

@fotimaam Gul va men biz bir oilamiz 🫂
Sizlarni çok seviyorum kardeşlarim 🫶🏻

Diya Doniyorovna

05 Feb, 17:24


Ko’rishishi xohlagan, gaplashib suhbatlashgisi kegan hamma qizla bilan ko’rishamiz hali in shaa Allah 🫂

Man hammangizni samimiy yaxshi ko’raman va hurmat qilaman.. 💙

Diya Doniyorovna

05 Feb, 16:44


Kanalimdi qizla @diya_dnyr lichkamga yozila 🫶🏻

Diya Doniyorovna

05 Feb, 15:44


Sen so’raysan va unutasan..
Alloh esa unutmaydi va beradi..

Diya Doniyorovna

04 Feb, 09:39


🫂..

Diya Doniyorovna

03 Feb, 09:50


Tanlagan insoning bilan qanday yashashing muhim emas, u inson bilan o’zingni qanday his qilishing muhim..

diya_dnyr

Diya Doniyorovna

03 Feb, 08:39


Bizni kuzatar, atrof nogahon..
Insoniyat nima qilishin goho bilmaydi,
Ne uchun tug’ilib, ne uchun o’lar..?
Juda kech anglaydi, umr yetmaydi..

Ba’zilar ishqni deb kechar o’zidan,
Boshqalari esa pulni quvlaydi..
Eh, bir haqiqatni bilsalar ular..
Jilmayib turib so’ng, qattiq yig’laydi..

diya_dnyr

Diya Doniyorovna

03 Feb, 08:37


Seni eng katta xatoying barcha narsani abadiy deb o’ylashingni o’zing his qilmasliging..

diya_dnyr

Diya Doniyorovna

02 Feb, 09:01


Haqiqatga intilsang, bir kun yetasan..

Diya Doniyorovna

02 Feb, 08:36


Qayerda u?

Mungli qarashi ila, boqar men tomon..
Nigohida sirli olam yashirin..
Aytmasang ham bilaman,
Qalbingni ey yor..
Sen beqarorda
Ajiyb hislar yashirin..

Sochingni siypalar mayin shamol..
Bo’lsaydim men uning yarim bo’lagi..
Tongda ham, tunda ham..
Eh bu hayol..
Sen, hasta qalbimni mangu tilagi..

Izlayman seni g’arbdan yo sharqdan..
Balki yonimdasan ko’zim ilg’amas..
Jingalak sochlaring uzoq o’tmishdan..
Aqlimni ichida..
Bilgin, har nafas..

Bevafolik qildim o’zim anglamay,
Seni izlamadim, unutdim nega?
Kechir..
Lek endi bo’lmaydi bunday..
Topgunimcha izlayman..
Muhimsan menga..

Diya_dnyr

fehriyya 💌

01 Feb, 15:15


She’riyatga qiziquvchilar, she’r yozuvchilar bormu orangizda xalqim..) ?

fehriyya 💌

01 Feb, 12:25


Duolaring go’zal bo’lsa,
Hayoting ham go’zallashadi..

fehriyya 💌

31 Jan, 15:39


Unutilgan qanot..

Qanot yozib uchsam samoga,
Insonlardan bo’lardim yiroq..
Hayot atalmish keng bu dunyoga,
Sig’mayabman, yo’l esa uzoq..

O’zgalar qanoti ostida uchgan..
O’z qanotin unutgan, nozik bir qushman..
Lek endi bu tanlovdan kechgan..
Betakror, qorong’u o’zga bir tushman..

Deyman, hayot juda ham oddiy!
Lekin anglamaslar meni atrofim..
Yaxshisi ketaman jimgina uchib,
Ahir menda borku, meni qanotim..

diya_dnyr

fehriyya 💌

30 Jan, 16:47


Bugun dunyoviy ishlardan uzoqlashib, Kami bilan ko’rishdik, suhbatlashdik va biroz dars qildik..

Suhbat davomida Kami: Ilmni o’qib, yozib olish emas, balki tinglab amal qilish muhimligi va oson yo’llar insonni hech qachon yuksaltirmasligi haqida gapirdi..

Til o’rganish borasida u:
O’quvchi ustozlarni metodiga suyanib emas, balki o’zi uchun o’ziga mos metodlar yaratishi kerakligi haqida ham bir qancha tavsiyalar berdi..)

Kami yaxshi suhbatdosh va foydali inson.. 🫂💙

fehriyya 💌

29 Jan, 10:36


Urush- janjal vaqti munosabatlarni ya’kunlashga qilingan qaror bu - jahl ustida qilingan keskin burilishdir..

Lekin! Hayot balansda davom etayotgan bir vaqtda munosabatlarni ya’kunlash uchun qilingan qaror bu - u inson bilan o’tgan kunlarni tahlil qilib, uzoqni o’ylab, sokinlikda qilingan to’g’ri qarordir..!

Jahl ustida qaror qilishga shoshilmang!
Aql bilan uzoqni ko’zlab harakat qiling..

diya_dnyr

fehriyya 💌

28 Jan, 18:58


O’tmishdagi insonlar menga ahamiyatsiz..

Sababi kitobni o’qiyotganda har bir inson oldi sahifada nimalar bo’lishiga qiziqib o’qigani kabi, men ham hayotimda faqat oldinga qarab harakatlanaman..
Chunki o’tmishdagi insonlar bilan yashalishi kerak bo’lgan kunlar yashab bo’lingan, huddi kitobdagi ba’zi sahifalar o’qib bo’lingani kabi..

O’qib tugatilgan sahifalarda nimalar yozilgani aniq bo’lganiday, o’tmishdagi insonlar bilan ham hayot qanday davom etishi oydek ravshan..

Shuning uchun o’tmishdan minnatdor bo’lib, uni qo’yib yuborish inson uchun eng to’g’ri yo’ldir..

diya_dnyr

fehriyya 💌

27 Jan, 08:03


7 8 yil avval Samarqandga borganimda taomdan qiynalgan edim..
Hozir esa umuman muammo yo’q )
Samarqanda yashagim kelyabdi 15 20 kun bo’lsa ham 🥹

fehriyya 💌

27 Jan, 08:00


Samarqandlik aka choy bilan mehmon qildi🥲 ))

fehriyya 💌

27 Jan, 07:57


Samarqandga yana borishni xohlayabman.. 🥹

Keyingi manzil esa..
📍Buxoro va Xorazm.. (in shaa Allah)

fehriyya 💌

27 Jan, 07:55


Samarqandni sevdim.. 🫂❤️

fehriyya 💌

14 Jan, 15:45


Aql va qalb doim tortishuv ostida qolishi oqibatida sizda noaniqlik va ikkilanishlar kuzatilayotgan bo’lsa..

Aql va qalbning asl mohiyati nima ekani va ular qanday vazifalarni bajarishi haqida ilmiy izlanishlar olib borishingizni tavsiya qilaman..

Qalbni tinglay olish bilan birga ichki intuitsiya rivojlanishi uchun va hayotda to’g’ri qarorlar qabul qilish darajasiga chiqish uchun insonga eng zarur resurs bu - Ilm..

Inson ilm olar ekan: Unda o’zgalar ilmiga bo’lgan ehtiyoj kamayadi..
Hayotida bo’layotgan vaziyatlarda aybdor qidirmay, to’g’ri hulosa olish orqali yangi bosqichlarga ko’tariladi..
Jamiyatda ham o’z o’rnini topgan insonlar albatta ilmli insonlardir..

Qisqa qilib, har doimgi gapimni ta’kidlayman..
Ilm oling! Izlaning va har doim oldinga harakatlaning..

fehriyya 💌

14 Jan, 09:13


Farosat ko’rinmasada, uning bor yo’qligi doim sezilib turadi..

fehriyya 💌

14 Jan, 09:10


Aqlli insonlar doim g’olib bo’lgan mag’lublardir..
Ongli insonlar esa doim mag’lub bo’lgan g’oliblardir..

fehriyya 💌

12 Jan, 15:23


Seni ilm olishdan to’suvchi uch omil..
Bilaman degan so’z.
Yarim yo’lda harakatdan toxtash.
Azgina ilm olgandan so’ng, atrofga past nazar bilan qarash.

fehriyya 💌

12 Jan, 13:05


Kuzatgan bo’lsangiz kecha bir qancha kanal asoschilari orasida networking (tanishuv) bo’ldi..

Yosh jihatdan yosh ammo, ong jihatdan yetuk shaxs bo’lish maqsadida yurgan qizlar bir davraga yig’ilishdi..
Insonlarni hatti harakatlarini kuzatish, gap so’zlarini eshitib, tahlil qilish man uchun juda ham maroqli..
Sababi har bir inson o’zga bir dunyoga ega..

Man bu davraga qo’shilib qolishim shunchaki tasodif bo’ldi deb o’ylamayman..
Chunki atrofimdagi yaqinlarimdan uzoq, yolg’izlik ma’qul kelib, o’zim kabi fikrlaydigan qizlarni qidirib yurgan edim..

Siz niyat qilasiz, yo’llar ochiladi, sababini qilsangiz niyatingizga yetasiz albatta..

Kechagi suhbatda ham qizlarni kuzatdim..
Ular qurbon bo’lishdan voz kechgan, o’zini shaxsiy fikrlariga ega, ilm ustida birlashadigan, yangilik yaratishga intiladigan, yuqori energiyaga ega qizlar edi..
Jabrdiydalikdan uzoq, o’z hayotini ma’suliyatini olgan,
hullas aynan man qidirib yurgan qizlar davrasi edi..
Tashkillashtirganlardan va taklif qilganlardan minnatdorman..
Biz bir davrada ekanmiz, rivojlanishdan toxtamaymiz..

fehriyya 💌

10 Jan, 13:34


Yolg’izlikka nazar solsang, unda chuqur tafakkur bor..
Uyg’onish bor..
Manfaatsiz suhbatli davradan yolg’iz qolish ming marta afzal..

fehriyya 💌

10 Jan, 13:27


Eng yaxshi kun bu o’zing uchun vaqt ajratgan kuning..
Ilmingni ziyoda bo’lishini Allohdan umid qilib, ilm uchun vaqt ajratgan kuning..

fehriyya 💌

09 Jan, 02:27


Alloh seni hayolingda shunchaki o’ylagan o’ylaringni ham bilishga qodir..
Ruhingdagi og’riqlarni, qalbingdagi jarohatlarni bilmaydi deb o’ylaysanmi..?

Allohga ko’p duo qil, aniqki, har bir og’rig’ing, jarohatingni shifosi faqat Unda..

fehriyya 💌

07 Jan, 15:01


Bu dunyoda seni qanday inson deb o’ylashlari muhim emas, bu dunyoda seni qanday insonliging muhim..

fehriyya 💌

07 Jan, 08:54


O’tmish va kelajakni qo’yib yuborganingda, bugungi kunni his qilasan..

fehriyya 💌

07 Jan, 08:53


Atrofdan aybdor qidirishni toxtatganingda, barcha ayb o’zingda ekanini tushunib qolasan..

fehriyya 💌

07 Jan, 08:51


Biz nega? degan savollarimizni javobida yashayabmiz..

fehriyya 💌

06 Jan, 13:50


Shuni unutmaki, ilm bilan doim yuksalasan..

fehriyya 💌

06 Jan, 05:27


- Keyinchi?
- Keyinini bilmayman, ammo men Allohning qudratiga ishonaman.

fehriyya 💌

05 Jan, 11:38


Ayrim narsalar uzoqdaligi uchun go’zaldir..

fehriyya 💌

04 Jan, 07:33


https://t.me/+2spDfBMQJUw3YWUy 💙

fehriyya 💌

04 Jan, 07:33


https://t.me/+2spDfBMQJUw3YWUy 💙

fehriyya 💌

03 Jan, 12:18


Bu dunyoda Rabbingchalik senga qiymat beradigan, yahshi ko’radigan birini topa olmassan.

fehriyya 💌

02 Jan, 07:22


Tafakkur oliy ne’mat..

fehriyya 💌

01 Jan, 14:02


Bu dunyoga kimlar keldi, kimlar ketmadi..
Barcha ishlar chala qoldi, umr yetmadi..

fehriyya 💌

31 Dec, 10:52


Kechirimli bo’lish yaxshi..
Lekin har narsada me’yor bo’lgani undan ham yaxshi..

fehriyya 💌

29 Dec, 14:45


Mani samalyotda uchish orzuyim amalga oshdi..
Umra safariga juftim bilan borish orzuyim ham..
Turkiyada dengiz bo’yida bardak choy ichish orzuyim ham biiznillah amalga oshdi..)

2024 yilda mani bolalikdagi orzularim deyarli hammasi Allohi izni bilan ushaldi..
Allohga cheksiz minnatdorman va bu yil hayotimdagi eng katta anglashlar olgan yilim bo’ldi deb bemalol ayta olaman..
Uyg’onish va ulg’ayish, tahlil va hulosalar, ilm va amal bular qanchalar bir biriga bog’liq ekanini his qildim bu yilda..)
O’zimni yoqotdim va qayta topdim..
Yilni boshi sinovlar, muammolar, og’riqli kunlar, umra safari bilan boshlanib..
Baxtli kunlar, alam, quvonch, ko’z yoshlar bilan davom etib..
Yilning so’nggida: “happy end” deydiku shunday ya’kunlanyabdi biiznillah..)
Har qanday kun baxt ekanini, har daqiqa ne’mat ekanini, har ishda hayr borligini qalbdan his qilgan yilim bo’ldi bu yil.. Alhamdulillah..

fehriyya 💌

29 Dec, 14:29


Bu yilda nima orzu maqsadlaringizga erishdingiz?

fehriyya 💌

29 Dec, 10:14


Gumoninga yo’liqasan..
Niyatinga erishasan..

fehriyya 💌

28 Dec, 10:50


Non yut, suv yut, havo yut.
Ammo birorta so’zni ichingga yutma!
U hech qachon hazm bo’lmaydigan luqma.

fehriyya 💌

26 Dec, 14:29


Kecha Zamonaviy o’zbek ayoli davri forumiga bordim..

Forumga bir qancha biznes women ayollar kelishdi..
90% ayollar 30 yoshdan yuqori edi..
Kelgan ayollarni 98% qayerdadir kimdir bo’lib ishlaydigan, muvaffaqiyatli, hayotda qandaydir maqsadlari bor, qisqa qilib aytganda o’z ma’suliyatini o’zi ko’targan va bu yetmaganday boshqalarni ham ma’suliyatini ko’tarib olgan ayollar ham yo’q emas edi..

Speaker Nargiz Sattarova zalda ayollarga qaratib bir savol berdi..
Nima deb o’ylaysizlar ayollarni haqiqiy kuchi nimada?- dedi
Hamma jim!
Biroz vaqt o’tib ojizaligida degan ovozlar eshitildi.. (man ham ojiza, zaifaligida deb tasdiqlab turdim)
Keyin speaker nima o’zi u ojizalik, zaifalik ? dedi..
Bu haqida manda bir qancha tushunchalar, ilmlar bor..
Bir muddat jim turib, speaker bu yerda o’tirgan ayollar ojiza, zaifalar emas, kuchli ayollar yeg’ilgan bu forumga shundaymi ?- dedi..
Bu gapdan keyin manda atrofni va ayollarni kuzatish boshlanib ketdi, barcha ayollarni kuzatib bir hulosaga keldim..
Haqiqatda jamiyatimizda asliy ayolligini unutganlar ko’p ekan..
Buni sababi haqiqiy erkaklar kamayib ketayotganida deb bilaman..
Forumni eng arzon bileti 750.000 so’m edi, tahlil qildim shu yerga kelgan ayollarga biletni kim olib bergan ekan? Ularni rivojlanishiga hissa qo’shayotgan ularni juftimi, mahram erkaklarimi yoki o’zlari deb?
Fikrimcha 98% ayollar biletni o’zi sotib olib kelgan deb o’ylayman..

Jamiyatimizda ayollarda o’z ma’suliyatni olishdan tashqari, barcha narsaga ayol majburday deb qarashlar qachon ya’kunlanadi?
Qachon erkaklar ayolini rivojlanishi uchun o’z hissasini qo’shib, ayolini qo’llab quvvatlab, ilm olishida yordamchi bo’ladi?
Qachon?…
Bunday savollarga 15 20 yildan keyin bizni farzandlarimiz bugun deb javob berishsa kerak deb o’ylab qolaman ba’zida..

fehriyya 💌

24 Dec, 12:13


Bir kitob o’qishdan avval, o’zingni kitob kabi o’qiy olishing kerak..

fehriyya 💌

23 Dec, 15:09


Niyatni katta qilaver! ❤️‍🔥

Orzuga ayb yo’q..)

fehriyya 💌

21 Dec, 05:48


Daqiqalar soatlarga aylanib vaqt o’tyabdi, umr o’tyabdi, bugun qaytmaydi, bu soniyalar aslo qaytmaydi, yoshliging, quvvatga to’la kunlaring hech qachon ortga qaytmaydi..
Hozir ayni vaqti ilm olish uchun, rivojlanish uchun..
Hozirdan boshla harakatni, sen hayotga ilm olib, uni tarqatish, rivojlanib manfaatli umr kechirish uchun kelgansan do’stim..!

fehriyya 💌

20 Dec, 04:56


Albatta sen Allohning eng yaxshi ne’matlariga loyiqsan.. ❄️🫂

fehriyya 💌

19 Dec, 06:11


Hayotimizga kelgan har bir inson biz aslida kim ekanimizni o’zimizga ko’rsatib beruvchi oynadir..

fehriyya 💌

19 Dec, 06:07


Hayotingdagi har bir muammo seni ulg’ayishing uchun bir yordamdir..
Muammoni yechganingda bir daraja yuksalasan..
Muammodan qochganingda esa, biroz vaqt o’tib ayni usha muammoga boshqa insonlar, vaziyatlar bilan yo’liqasan..
Hattoki undan og’irroq, og’riqliroq kunlar kelishi mumkin..
Shu sababdan barcha ongli va aqlli odamlar ketish, qochish, ma’suliyatni olmay shunchaki tark etish bu hech qachon yechim bo’lmagan va bo’lmaydi deydi..

fehriyya 💌

18 Dec, 12:50


Durligi man uchun hadya ekan..
Rahmatlar.. 😊

fehriyya 💌

17 Dec, 15:03


Inson qadr topgan yerida gullaydi..

fehriyya 💌

15 Dec, 11:26


Yashashni tanla..

fehriyya 💌

11 Dec, 08:34


Hayotingda yangi sahifa ochishdan aslo qo'rqma..

fehriyya 💌

23 Nov, 02:41


Ba’zan esa faqatgina yasha do’stim..
Nafas ol va davom et..)

fehriyya 💌

22 Nov, 13:42


Yaxshi qiz bo’lganim uchun manga hadya berishdi..)
Alloh baraka bersin, minnatdorman..

fehriyya 💌

22 Nov, 13:38


Hayot yaxshi.. )

fehriyya 💌

20 Nov, 08:03


Alloh unga ishongan hech bir qalbni yarim yo’lda qoldirmaydi..

fehriyya 💌

15 Nov, 04:20


Alloh kimlarga eshigini ochadi bilasanmi?
O’zining eshigidan boshqa eshik bo’lmaganiga ishonganlarga..

fehriyya 💌

14 Nov, 07:45


Insonlardan hech narsa kutma!
Seni baxtli qilishga hech kim majbur emas..

Allohdan kut va o’zing harakat qil..
Sen orzu qilgan hayot: Sen u tomonga qadam tashlaganingda, senga kelishni boshlaydi..

diya_ibrhm

fehriyya 💌

12 Nov, 15:14


Kim doimiy Qur’on o’qib yursa, Alloh unga shunday quvvat ato etadiki, u kishining qalbi insonlardan yetadigan jarohatni ko’tara oladigan, ulardan yetadigan zahmatlarga tabiiydek qaraydigan bo’lib qoladi..
Ulardan sodir bo’ladigan kamchiliklarni esa oddiy ish deb qabul qiladi..
Chunki u kishi ularni emas, Allohni ko’radi..

Ahmad Iyso Ma’saroviy..

fehriyya 💌

11 Nov, 04:59


Kimdir sendan xato topishni xohlasa, ko’zi ko’r bo’lsa ham sendan ayb topadi.
Shu sabab odamlarni rozi qilish haqida qayg’urma!

fehriyya 💌

09 Nov, 04:58


O’lim - hikoyaning oxiri emas,
Balki, boshlanishi holos..

fehriyya 💌

07 Nov, 08:07


Hayotingda qanday voqea sodir bo’lmasin, Allohning kalomini mahkam tut!

fehriyya 💌

05 Nov, 05:21


Yomg’irning har bir tomchisi qadar shukrlar bo’lsin Senga, ya Robb.. 🌧️

fehriyya 💌

04 Nov, 14:26


Ey Qur’on ahli!
Yomg’ir yerning bahori bo’lgani kabi, Qur’on ham mo’minning bahoridir..

Molik ibn Dinor

fehriyya 💌

02 Nov, 15:45


Nimaga o’limdan bunchalar qo’rqamiz bilasizmi?
Chunki hamma jannatga loyiq emasligini biladi..

fehriyya 💌

01 Nov, 12:26


Ulgʻayishni va oʻzgarishni boshlaganingda, koʻp insonlarni yoʻqotasan, ammo hammasidan ham eng muhim insonni topasan.
Oʻzingni..

fehriyya 💌

29 Oct, 14:57


Hiyonat - oddiy qabul qilinmaydi!
Hech qachon unutilmaydi!
Va aslo kechirilmaydi..!

fehriyya 💌

28 Oct, 03:59


Aslida, ularning barchalari baxtli, ammo qalblarida rozilik yetishmaydi..

fehriyya 💌

26 Oct, 13:23


Seni o’zingdan boshqa hech kim qutqara olmaydi.

fehriyya 💌

25 Oct, 16:14


Umr ketsa qaytmaydigan ne’matdir.
Uni kim bilan qanday sarf qilayotganinga diqqatli bo‘l!

fehriyya 💌

23 Oct, 06:45


Har bir ishda hayr bor..

fehriyya 💌

22 Oct, 15:49


Yengilchilik vaqtda Robbingni eslasang, qiyinchilik vaqtda U ham seni unutmaydi..

fehriyya 💌

21 Oct, 13:41


Hikoyani soʻngida hamma tuproqqa aylanadi.

fehriyya 💌

20 Oct, 05:29


Ba’zan hech narsani xohlamaydi inson…
Go’yoki barcha narsalarga qiziqishi yo’qolgandek…
Yolg’iz qolishni istaydi…

So’ngra o’ylab qoladi..
Shu ko’ksidagi urib turgan yurak bir kun to’xtaydi.

O’zimizga savol beraylik yaxshi amallar qilishga ulgurib qoldikmi?
Bugunga qadar Alloh uchun qanday yomon amallarni tark qildik?
Qilayotgan ishlarimiz barchasi Alloh roziligi uchunmi?

fehriyya 💌

17 Oct, 16:01


Kerakli bo’lib emas, qadrli bo’lib yasha..

fehriyya 💌

16 Oct, 13:47


Alloh bilan aloqamiz yaxshi bo'magunicha hayotimizdan hotirjamlikni topolmaymiz..

fehriyya 💌

15 Oct, 01:23


Va men eng koʻp Robbim tomon boriladigan yoʻlni sevdim..

fehriyya 💌

11 Oct, 06:18


Murakkablashtirma!
Bo’lsa hayrli..
Bo’lmasa hikmatdir..

fehriyya 💌

09 Oct, 13:35


Inson ba'zan uni eshitishlariga emas, tushunishlariga muhtojlik sezadi..

fehriyya 💌

08 Oct, 03:26


Har narsa o’tadi, lekin unutilmaydi..

fehriyya 💌

06 Oct, 08:26


Ayol latofatini uch narsa yoʻqqa chiqaradi:

- qaysarlik;
- asabiylik;
- baland ovoz.

fehriyya 💌

05 Oct, 11:42


G'azab vaqtidagi ozgina sabr, keladigan minglab afsuslarni oldini oladi!

fehriyya 💌

03 Oct, 03:45


Optimist inson - yomg’irda qolib ketmaydi, u bulut tagida dush qabul qiladi..))

Tomas Romanus

fehriyya 💌

02 Oct, 06:52


Muammolar seni uyg’otish uchun hayotinga kelganda, sen ulardan qochmagin..
Muammolardan qochish - bu seni eng katta xatoyinga sabab bo’lishi mumkin..

fehriyya 💌

01 Oct, 01:28


Inson qancha ko’p isyon qilsa, isyon qiladigan narsalari shuncha ko’payadi.
Va qancha ko’p minnatdor bo’lsa, shukr qiladigan ne’matlari shuncha ko’payadi..

fehriyya 💌

29 Sep, 15:58


Aytish uchun juda ko'p narsa bor, lekin men uchun eng yaxshi yechim bu doim sukut bo'lgan.‌‌.

fehriyya 💌

28 Sep, 11:41


Agar namozda shoshilsang, yodingda tutki!
Sen qoʻlga kiritishni istayotgan va yoʻqotishdan qoʻrqayotgan narsalarning barchasi, sen huzurida turgan Zotning qoʻlidadir.