𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡 @ansarmuhajir Channel on Telegram

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

@ansarmuhajir


Men bilan tafakkuringiz kengayadi, qalbingiz sakiynat topadi.

@esvedhanimm

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡 (Uzbek)

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡 kanalida sizning tafakkuringizni kengaytiradigan va qalbingiz sakiynat topadigan savollar, mantiqiy muammolar va hayotga doir fikrlar bo'yicha maqolalar va ma'lumotlar paydo bo'ladi. Bu kanal @ansarmuhajir tomonidan boshqariladi va har kun yangi ma'lumotlar bilan yangilanadi. Ansar Muhajirning unchalik mashhur bo'lmagan, ammo o'zini giyohvandagi fikrlari va tushunchalari bilan ajralib turadigan bir paytak kengashlari ekanligiga ishonamiz. Agar siz ham fikrlarini bir-biriga ulashish, tajribalarini almashish va qiziqarli savollarga javob topsangiz, shunchaki 𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡 kanaliga obuna bo'ling va foydalaning! Bu kanal @esvedhanimm bilan birga ishlaydi va sizga yangiliklar, tajriba va ko'plab fikrlarni taqdim etadi. Bilimingizni kengaytirish uchun, qalbingizni sakiynat topish uchun, 𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡 kanali ajoyib bir imkoniyatdir! Obuna bo'ling va qiziqarli mualiflik dunyosiga tushunib chiqing!

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

15 Jan, 08:54


Esdalik bo’lib qolishi uchun rasmga oldim, turmush o’rtog’im ko’rib kulgandilar o’sha payt. “Uyni olganimizdan keyin gullarim bilan bo’lishaman…” degandim.

Hozirda keng tarqalgan so’zni men ham aytib qo’yay…

Niyat qilishdan aslo toxtamang. Amallar, niyatlarga bog’liq va har bir nasib, vaqtiga asirdir. Balki Robbim har narsani siz xohlagandek qilib bermas ammo siz uchun hayrlisini berishi aniq.

Eng muhimi, nasibingiz, dunyoni bir chetida bo’lsa ham, siz unga erishishni imkonsiz deb bilsangiz ham agar Allah nasib qilgan bo’lsa, mutlaqo erishasiz. Ammo erishayotgan vaqtingizda, sabringiz va Allahga bo’lgan ishonch va tavakkulingiz bilan sinalasiz

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

15 Jan, 08:49


Orada uyni ko’rgani borib keldik, judayam chiroyli, shinam uy ekan hayotda ham.

Shu payt, tashqarisida turib bir narsani sezib qoldim…

Bu uy, men tushimda ko’rgan uy edi. Uyning bir xonasining oynasi tashqariga qaragan, tushimda esa Abdullah domla huddi shu oynani oldida turib duo qilgandilar…

Subhanallah… Shu payt yanada amin bo’ldimki, bu uy bizni uyimiz. Robbimga hamd aytdim, butunlay alohida uyimiz bo’lmasa ham, biz uchun alohida sharoitli uy nasib qilgani uchun.

Shu vaqtgacha, hayotimda nimaki yuz bergan bo’lsa barchasiga Robbim mo’jiza ham qo’shib bergan va men har doim nimaki bo’lishidan qat’iy nazar Unga to’liq ishondim, ishonganim uchun esa hech qachon afsuslanmadim.

Uyga keladigan bo’lsak, uyni olishimiz ozgina qiyin bo’ldi ammo bir necha kun avval biz uyni oldik. Robbim nasib etdi. Hafta ohiriga esa biiznillah yangi uyimizga ketamiz.

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

15 Jan, 08:43


Hullas bizdan tashqari hamma qarshi, men va turmush o’rtog’im “uy egasi o’zi qaytib qiladi va narxni tushiradi…” dedik. Qolganlar esa ishonishmadi. Bunday hodisalar boshimdan ko’p o’tgani uchun imkonsiz bir ishda ham tavakkal qilaman va Allahga to’liq ishonaman.

“Aniq bu uy bizniki bo’ladi…” dedim.

Bir necha kun o’tib, har ehtimolga qarshi biz boshqa uy qarab yurgan paytimiz uy egasi o’zi qo’ng’iroq qilib narxni tushurishini aytdi… ammo ko’p emas, baribir bizni qo’limizdagi mablag’ga to’g’ri kelmayotgandi, chunki turmush o’rtog’im qo’shimchasiga yangi mashina ham olishlari kerak edi.

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

15 Jan, 08:39


Oradan bir oz vaqt o’tdi va turmush o’rtog’im menga bir uy ko’rsatdilar. Lekin sal boshqachoraq rasmga olingani uchun uyni tanimadim.

“Shu menga juda yoqdi, bizga mos uy ekan. Lekin aniq qayerda joylashganini bilolmayabman…” dedilar.

Bir necha kun o’tib men avval ko’rib yoqtirgan uyni takroran ko’rib qoldim va turmush o’rtog’imga ko’rsatdim. Ular esa shu payt;

“Bu men senga ko’rsatgan uyku…” dedilar. Hayron bo’ldim va uyni ko’rib chiqdik. Turmush o’rtog’im rasmini, men esa to’liq videosini topgandim. Uy bizga yanada yoqib qoldi. Keyin esa uydagilar bilan ham maslahatlashdik lekin uy egasi “Hech qancha tushurmayman narxini, bekorga ovora bo’lib kelib yurmang…” dedi… Uy esa bizga bir oz qimmatlik qilayotgandi. Ammo na men va na turmush o’rtog’im parvo qilmadik, chunki judayam tavakkalchi insonmiz. Va agar nasibimizda bor bo’lsa albatta Allah yetkazishiga ishonamiz

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

15 Jan, 08:32


Bir necha oy avval bir tush ko’rdim. Katta bir hovlini oldidan o’tib ketayotganimda, o’sha hovlini tashqaridagi oynasini oldida bir odam turgandi. Shu odamni oldiga bordim va qarasam narvonga chiqib uyni tomidan uzum terayotgandi. U odam menga qaramadi lekin uyni oynasidan yuzini ko’rib qoldim…

Qarasam, Abdullah domla… Kulib turgandilar va uzumlarni terib menga uzatib “Temurjon, Robbim sizga ham mana shunday uyda ahli oilangiz bilan yashashni nasib etsin…” deb duo qildilar. Hayodanmi bilmayman, yuzimga qaramadilar.

Aytgancha, turmush o’rtog’imni ismlari Temur…

Uyni ham eslab qoldim, juda chiroyli uy edi. Ertasiga tushimni turmush o’rtog’imga ham aytib berdim

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

15 Jan, 08:28


Qaynonam ovsinim va qaynim bilan birga yashaydilar. Ular tarafda esa 4 ta xona va orqa xovli ham bor va hammani o’zini yuvinish xonasi bo’ladi.

Bizda o’zi erkaklar ishdan kech kelishadi, bir uyda yashasak ham nomahram hisoblanganimiz uchun munosabatlarimizga judayam e’tibor qaratamiz. Shu vaqtgacha qaynimga salomdan tashqari bir gap gapirganimni eslolmayman… Shunday bo’lsa da baribir yanada qulay va erkin bo’lishni xohlardim.

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

15 Jan, 08:25


Men bu uyni 5 oy avval instagramda ko’rib qolgandim va menga juda yoqqandi. Uy katta, 6 xonadan iborat, darvozadan kirgandan so’ng chap va o’ng qo’lda ikkita eshik keladi. Bu degani uy ikki oilaga mo’ljallangan…

O’ng tarafdan meni uyimga kiriladi, u yerda yotoqxona, hammom va mexmonxonasi bor. Bu men uchun juda qulay… Uyni o’rtasida oshxona joylashgan, bu degani ikki tomondan ham oshxonaga o’tsa bo’ladi…

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

15 Jan, 08:21


Ketma-ket farzandli bo’ldik, birinchi Maryam tug’ildi ketidan bir yarim oy o’tib meni qizim Ajrin dunyoga keldi…

Uyimiz uch xona bo’lsa ham shaxarni qoq eng qimmat markazlardan birida joylashgan. Kichik ammo joylashuvi yaxshi. Biz endi-endi, farzandlarimiz katta bo’lib qolgani uchun uyga sig’may qoldik… Va hozirgi uyimizni ham sotib yangi uy oldik…

Niyatimizda alohida uy olish bor edi ammo shu nasib qilgan ekan

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

15 Jan, 08:17


Bu orzuim turmush qurganimdan keyin ham o’zgarmadi, duolarimda juda ko’p marotaba o’z uyim bo’lishini so’radim. Balki hali vaqti emas, balki Robbim kechiktirgan sari go’zallashtirmoqdadur… Ammo albatta bir hikmat bor buni bilaman.

Yaqin orada biz yangi uy oldik…
Katta, shinam juda chiroyli yangi qurilgan hovli. Hali hech kim yashamagan…

Men oilada katta kelinman, to’yimizdan bir yil o’tib uyimizga yana kelin kelgan. Ishonasizmi biz 3 xonalik uyda ikkita ovsin yashaganmiz. Uyga sig’ish tomonlama muammo bo’lmagan. Erkaklar kechgacha ishlashadi, uyda ikki kelin va bir qaynona yashaymiz. Opa-singillar urishganidek ora-orada urishib qolgan paytlarimiz bo’lgan lekin katta janjallarimiz bo’lmagan va bir-birimizdan nimanidir berkitib, ajratib yashamaganmiz

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

15 Jan, 08:12


Ammo…

Hozirda aynan o'zimga oid uyim yo'qligi imkon masalasi emas, har narsaning bir imkoni bor... Bu nasib masalasi. Ishonamanki, mana shu nasibim yaqinda meni topadi va yaqin orada men faqatgina o'zim bekasi bo'lgan uyimda yashashni boshlayman, bundan shubham yo'q.

Hamma ayollar har xil, ammo men, kichik yoshimdan beri doim uy bekasi va ona bo'lishni orzu qilganman. Shu vaqtgacha Robbim menga juda go'zal ne'matlar berdi, ammo bir ayol sifatida shuni ayta olamanki, men uchun eng go'zal ne'mat bu o'z uyimning bekasi va farzandlarimga mexribon, g'amxor ona bo'lishdir. Asosan hayotdan faqatgina shuni xohlayman.

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

15 Jan, 08:07


Masalan men

Shu vaqtgacha har xil uylarda yashaganman, oddiy yoki judayam chiroyli... arzon yoki qimmat... Ammo hech qaysisida, o'zimni uyimda yashayotgandek his qilmaganman. Chunki bu uylar, ota-onamni yoki qaynona-qaynotamni uyi bo'lgan...

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

15 Jan, 08:05


Bilasizmi

Yaqin orada bir dugonamni uyiga
3 kunga mexmonga bordik, rostini aytaman shu taraflama unga judayam havasim keldi. Chunki u yashayotgan uy, uniki edi.

Ota-onasining emas, qaynona-qaynotasining emas, o'zining uyi edi, eri olib bergandi…

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

15 Jan, 08:02


Uyingiz bormi?

Siz yashaydigan bir makon emas, uyingiz bormi?

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

15 Jan, 08:00


Bu safar men sizlardan bir narsa haqida so’ramoqchiman…

Va fikrlaringizni kutib qolaman

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

15 Jan, 07:55


Tanish va tushunish orasida juda katta farq bordir. Masalan, bir insonni tanishing uni tushuna olishing ma’nosini bildirmaydi. Huddi, Qur’onni tanib, tushunmaganing kabi. Sen bir insonni tushunmaguningcha, unga bir yordam va chora topib bera olmaysan. Yarasiga malham, boshiga yelka va dardiga darmon bo’la olmaysan.

Taniganlar ko’p, tushunadiganlar yo’q.

t.me/ansarmuhajir

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

26 Sep, 18:57


Yoshim nechidaligini so’ramang, yoshning raqamlar bilan aloqasi yo’qligini tushungan yoshimdaman. Ba’zan quvnoq bir qizaloq, ba’zan barchasidan charchagan qariya bor ichimda.

Ovozlarga toqatim qolmagan, insonlardan uzoqlashib, ko’p narsadan voz kechayotgan yoshimdaman.

Quyoshning chiqishini va botishini hayrat bilan tamosha qiladigan emas, takror boshlangan bir kun uchun hursand bo’lib, tugagan kun uchun mahzunlanadigan yoshimdaman.

Eng asosiysi, insonlarni endi o’zimdek sodda deb o’ylamaydigan yoshimdaman.

t.me/ansarmuhajir

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

04 Sep, 08:46


🎀Yana bir muammo bizning atrof-muhitimiz. Inson o'z muhitini tartiblashi kerak. Atrofida yuksak ma’naviyatli insonlar ko‘pligi uning uchun ma’naviy kuch bo‘ladi. Ma’naviyatdan yiroq insonlarning ko‘pligi esa vaqt o‘tgan sari uni ibodatdan uzoqlashtiradi. Bu mavzu juda muhim. Taqvo egasi do’stlar iymonni mustahkamlasa, gunohkor do’stlar zaiflashtiradi. Bu mahfiy talkin kabidir.

🕋Insonning ikki vazifasi bordir. Biri iymon, biri tablig’. Inson, ham Allah’ga qul bo’lishi hamda insonlarni Allah’ga bo’lgan qullikga taklif qilishi kerak. Ana shunda, ham o’zini hamda atrofidagilarni Jannatga olib boradi.

💕Zamonamizdagi eng og’ir kasallik, iymon zaifligidir. Atrofimizda qilinayotgan gunohlar, ma’naviy hayotimizga ta’sir yetkazmoqda. Ko’plab insonlar iymonlari zaifligidan gunohlar qarshisida mag’lub bo’lmoqdalar. Har bir qilingan gunohda, kufrga olib boruvchi yo’l bordir.

🌸Gunoh qilayotgan bir inson, vaqtinchalik bo’lsa ham Allah’ning va farishtalarning borligini unutib, gunohi unga tabiy xoldek ko’rinadi. Bu xolat davom etar ekan, kufr urug'i o’sib, yashil rangga burkanib ildiz otadi. Bu xolat juda xatarli, tavba bilan tezda bartaraf etilmasa, to iymonsizlikka olib borguncha qalbini ham qoraytirib qo’yadi.

t.me/ansarmuhajir

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

04 Sep, 08:43


Ko’p ilm egasi bo’lish, kuchli iymon egasi bo’lish degani emas.

📖Inson namozni o’qigan sari uni to’la to’kkis, qoldirmay ado qilishga boshlaydi, u haqida ko’p kitob o’qib emas.

📖O’qish-yozishni bilmagan momolarimiz, tungi namozlarni doim ado qilardilar ammo namoz haqida ko’plab kitoblar o’qigan bizlar, tungi namoz bir yoqda tursin, hattoki farz namozlarini ham to’liq ado qila olmaymiz. Bunday xolatda, tajriba xosil qilishda qat’iylik qilishimiz lozim.

💛Inson o’z hayotida birinchi o’ringa dinni qo’yib, dinini dunyoga emas, dunyosini diniga moslashi kerak. Ana shundagina o’zini yanada ko’proq himoya qila oladi.

📖Bizning e'tibor berishimiz kerak bo’lgan muhim masalalardan biri bu gunohlardir. Chunki inson gunoh qilgani sari ibodatdan zerikadi, ibodat qilish unga huzur va hotirjamlik berish o’rniga, uni siqishga boshlaydi. Agar inson o‘z ibodatlarini to‘liq ado qila olmayotgan bo’lsa, demak uni ibodatdan mahrum qilayotgan gunohlari bor.

📒Gunohlar iymonni zaiflashtiradi. Iymon esa, gunohlardan saqlanish ya’ni taqvo bilan mustahkamlanadi. Insonning bu nuqtadagi vazifasi avvalo, hayotini ko‘zdan kechirib, qayerda xatoga yo‘l qo‘yganini, ibodat qilishdan to‘sadigan qanday gunohlari borligini aniqlab, tavba bilan bartaraf etishi kerak.

t.me/ansarmuhajir

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

03 Sep, 08:58


🔥🔥🔥🍃🔥🔥

Barchamizning taqdiri go'zal va yo'llarimiz albatta mana shu taqdirlar bilan kesishadi. Ammo ba'zida, ehtimol ko'pincha, bizning doimiy gunohlarimiz bizning go'zal taqdirimizga to'sqinlik qiladi. Shu sababli ularga erisha olmaymiz yoki erishsak ham birdan ularni yo’qotamiz.

Hadislarda ham ba'zi gunohlar rizqni to'sishi mumkinligi haqida habar berilgan ahir va yaxshi tilaklar ham rizqdandir. Shunday ekan, tilimiz doimo tavba va istig’for aytishi kerak. Ana shunda, qilingan barcha orzu va niyatlar kelib bizni topadi.

t.me/ansarmuhajir

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

01 Sep, 13:31


🩷Robbimiz hayrini tilab, Jannati bilan mukofotlantirishni istagan bir bandasini bu dunyodan uzoqlashtirib qo’yadi. Dunyo zavqlarida cho’kib ketmasligi va haqiqatlarga erisha olishi uchun og’ir va jon qiynaguvchi sinovlardan o’tkazadi.

🩷Faqatgina suygan bir bandasini chorasiz qoldiradiki, yagona choraning Robbisi ekanligini tushuna olishi uchun, shu bandasini sinovlarga loyiq ko’radi. Qiynalayotgan bir yurak, Robbisining ismini zikr qila boshlaydi. Undan yordam kutadi, Unga sig’inadi. Har bir narsani Robbisiga havola qiladi va dardini qalbiga ko’madi.

🩷Avval hech ham sezmaydi yuragining o’zgarayotganini, go’zallashib dardlar bilan me’rojga yuksalayotganini. Shunchalar qattiq qiynaladiki, aslida Allah’ning uning qalbiga rahm-shavqat bilan tegayotganini his qilmaydi. Dardlar uni yana ham ko’proq qiynaydi. Azob ko’rayotgani uchun yuragi tinmay yonadi. Sabr qilolmayman, bardosh berolmayman deydi. Ammo dardlar uni qiynashda davom etadi.

🩷Ko’z pinorlari yosh to’kaverib kun sari qurib boradi. Shunda Allah azza va jallaning fayzi va nuri uning qalbiga aks etadi. Shu vaqt qalb oynasi yorug’lashib, dardlar bilan pishgan yurak, Allah’ning Rohmati ila to’lib toshadi. Endi esa u qalbda gullar ochadi, go’zal hidlari ruhini o’rab oladi. Dunyoga bo’lgan sevgi va qiziqish tugaydi, ohiratga bo’lgan sog’inch boshlaydi.

🩷Rozi bo’lgin, o’zgarsin yuraging. Dardingni Robbing biladi, sen bilmaysan. Sen, seni sendan ham ko’proq tanigan Robbinggagina yaqin bo’lgin. Unga tavakkul qilgin. Shunda dardlar seni tark etadi. Azob va dardlar bilan yonib kul bo’lgan yuraging, Robbingning nuri ila darmon topadi. Hozir senga ko’z yosh to’ktirib, azob berayotgan dardingning darmonini yolg’iz Robbing beradi.

t.me/ansarmuhajir

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

01 Sep, 13:22


Eng zararli inson, zaharini berkitadigan insondir. Baxtliligingizdan bezovta bo’ladi, ammo bilintirmaydi. Baxtsizligingizdan hursand bo’ladi, buni ham bilintirmaydi ammo tarqatayotgan negativ energiyasidan sezib qolasiz.

t.me/ansarmuhajir

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

31 Aug, 17:14


Istanbuldagi xonamdan esdalik…

Aynan o’sha paytlarimni judayam sog’inaman. Hozirgi xolatimdan nolimayman ammo erkin qush kabi, yelkamda hech qanday mas’uliyatlarsiz, faqatgina Robbim va Habibim sallallahu alayhi va sallamga, ilmga, ibodatga atalgan hayotim boshqa edi…

t.me/ansarmuhajir

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

31 Aug, 08:01


Qiziq, Allah senga necha marotaba haqiqatlarni ko’rsatdi? Ko’rsatgan bo’lsa ham balki ularni ko’rmaganlikga olgandursan? Yoki Allah senda bir yaxshilik ko’rmagani uchun haqiqatlarni sendan uzoq tutdimi?

Qani bir o’zingdan so’ra, internet sahifalarida qancha diniy sahifalarni uchratib qolasan? Uchratib qolsang ham bu sahifalarda yozilgan haqiqatlarni, senga turtki bo’lishi uchun yozilgan so’zlarni o’qib, tafakkur qila olasanmi? Ularning senga bir foydasi bo’ladimi? Yoki tafakkur qilish bir joyda tursin o’qimasdan o’tib ketadiganlardanmisan?

Allah senga g’azablanib, seni O’z kalomidan mahrum qilib qo’yayotgan bo’lishi mumkinmi? Sendan hattoki huzuriga borishingni xohlamaydiganchalik ranjigan bo’lishi mumkinmi?

“Agar Allah ularda biror yaxshilikni bilganida, albatta, ularga eshittirar edi
…”

Anfaal 23

Ya’ni, Allah bir qulida O’ziga bo’lgan bir yuzlanish istagini bilganida, albatta unga yordam berib, uni shu istagiga yetkazar edi. Senda namoz o’qish istagi yo’qligi uchun seni namoz vaqtida shirin uyquyingdan uyg’ontirmayotgan bo’lishi mumkinmi? Agar seni namoz vaqtida uyg’ontirayotgan bo’lsa, buning sababi senda ozgina bo’lsa ham bir yaxshilik borligini bilgani uchun bo’lishi mumkinmi?

Hayolingni bir chetidan bo’lsa ham hijobga xos satrlanish o’tadimi? Satrlanganlarni ko’rgan vaqtingda, qandaydir bir ovoz seni ham satrlanishing kerakligini aytadimi? Balki Allah bu ovozni senga eshittirmayotgandir? Agar Allah senda va niyatingda bir yaxshilikni bilganida yoki O’ziga bo’lgan intilishni ko’rganida senga bu ovozni eshittirgan bo’lar edi ahir.

To’g’rimi?

t.me/ansarmuhajir

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

31 Aug, 07:49


Ba’zan bu dunyo ishlari meni chalg’itsa ham ora-orada bir tohtab, bir kun kelib baribir o’lishimni o’ylab qolaman.

Shuni o’zi yetadi, bu dunyo va bu dunyodagilar qanchalik foniyligini, na o’ylashga va siqilishga arzimasligini tushunib yetishimga…

t.me/ansarmuhajir

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

31 Aug, 01:51


Sen ayolingga osmon bo’lginki,
u senga yer bo’lsin. Sen ayolingga daraxt bo’lginki, u soyangda o’tirsin.

Sen ayolingga qanot bo’lginki, u parvoz qilsin.

t.me/ansarmuhajir

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

30 Aug, 11:13


Bugun bir so’z o’qidim, bir erkak:

“Ayolim o’rganib qolmasin deb unga gul olib bermayman…” deganmush.

Afsus… janjalga, tartibsiz hayotga, qiyinchilikga va hattoki o’limga ham o’rganamiz, ko’nikamiz ammo bir dasta gulga o’rganish og’ir keladi insonga…

t.me/ansarmuhajir

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

30 Aug, 11:00


Kimdir uning bolasiga qarab turganda uyni tozalab olish qo’shimcha charchoqdir, dam olish emas.

Xojatxonaga borish, dush qabul qilish, tirnoq olish ehtiyojdir, o’ziga vaqt ajratish emas.

Onaning dam olmasligi, uxlamasligi va tinimsiz harakatda bo’lishi, tashqaridagi hayotdan, o’zi uchun yashashdan mahrum bo’lishi onalikning qonuni emas, majburiyatdir, fidokorlikdir, yaqinlaridan hech qanday yordamchisi yo’qligining belgisidir. Ona “charchadim…” degan vaqtida “farzandim jonimga tegdi” degan bo’lmaydi, shunchaki yaqinlaridan yordam kutadi.

Bu yordamni ko’rmagan vaqtida esa asabiy, baxtsiz va bardoshsiz onaga aylanadi.

t.me/ansarmuhajir

𝓐𝓝𝓢𝓐𝓡

18 Aug, 17:53


Kelajakdagi juftim aslida taqdirim

Taqdir bu Robbimiz tomonidan yozilgan Ilohiy qonundir. Hayotimizdagi har bir hodisa albatta Uning azaliy ilmi va istagi bilangina sodir bo'ladi. Qachon va qayerda dunyoga kelishimiz, kimning farzandi bo'lishimiz, rizqimiz, kasallik va o'limimiz ham. Ammo taqdirimizda shunday hodisalar borki, Robbimiz ularda tanlov ehtiyorini bizga qoldirgan. Bu degani U bu hodisalardan behabar emas, aksincha har narsadan hattoki kelajakdagi xohish-istaklarimizdan, niyatlarimizdan va orzularimizdan habardor bo'lganligi sababli, shularni inobatga olgan xolda bizni turli xil ne'matlar bilan siylaydi. Har bir ne’matni niyatimizga ko’ra beradi.

Bu ne'matlar orasida albatta jufti halolimiz ham bor. Turmushimizdagi hayr, barokat va huzur bardavom bo'lishi uchun eng birinchi o'rinda o'zimizni ya'ni qalbimizni isloh qilishimiz lozim. Chunki qalb isloh bo'lsa, iymon keltirsa va sakiynat topsagina bu bizning hayotimizga ham aks etadi.

t.me/ansarmuhajir