Kunlarning birida bir fermada ot kasal bo‘lib qoldi.
Uni ko‘rgani kelgan veterinar:
— Agar ertalabgacha oyoqqa turmasa, uni o‘ldirishimga to‘g‘ri keladi, — dedi.
Ertalab esa ot o‘rnidan turmadi. Uning yonida qo‘y yotgandi.
— Qani, birodar, o‘rningdan tursangchi! Aks holda ular seni o‘ldirishadi! — dedi u otni niqtab.
Ot bor yo‘q kuchini to‘pladi-da, o‘rnidan turdi.
Ertalab kelib, bu vaziyatni ko‘rgan fermer:
— Mo‘'jiza yuz beribdi. Bunday bo‘lishi mumkin emas edi. Otim tuzalibdi. Bu voqeani darhol bayram qilish kerak. Shu bois qo‘yni so‘yamiz! — dedi.
Qissadan hissa. Hech qachon birovning ishiga aralashmang, biroq qopqon voqeasini ham unutmang.