Doctor Feruz | Ongli ozish @doctorferuz Channel on Telegram

Doctor Feruz | Ongli ozish

@doctorferuz


🎓 Taomlanish ilmi doktori
📞 +998781136636
🌶️ @taomlanish_ilmi va "Ongli ozish" loyihalari asoschisi
🍐 TMI: @tanamassaindeksi_bot
🍇 Ijtimoiy tarmoqlar: bit.ly/m/doktorferuz
🫑 OZISH Bepul darslari: https://bit.ly/Bepul_dars

Doctor Feruz | Ongli ozish (Uzbek)

Doctor Feruz telegram kanali - bu taomlanish ilmi doktori Feruzning rasmiy telegram kanali. Kanal asoschisi @taomlanish_ilmi va "Ongli ozish" loyihalari. Doktor Feruzning telegram kanalida o'z sohalarida qiziqarli va foydali ma'lumotlarni o'rganishingiz mumkin. Doktor Feruz +998781136636 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. Kanal orqali TMI - tanamassaindeksi_bot ga murojaat qilib, ijtimoiy tarmoqlardagi so'nggi yangiliklariga ega bo'lishingiz mumkin. OZISH Bepul darslari uchun quyidagi havolaga o'tishingiz mumkin: https://bit.ly/Bepul_dars Siz ham Doctor Feruz kanaliga a'zo bo'ling va foydali ma'lumotlardan foydalaning!

Doctor Feruz | Ongli ozish

19 Nov, 05:06


Mavsumiy GRIPP kasalligi yoki shamollash muolajasi retseptini yozib qoʻydim @taomlanish_ilmi kanalimga.

Kerak boʻlsa foydalaning👇
https://t.me/taomlanish_ilmi/3766

Doctor Feruz | Ongli ozish

19 Nov, 04:41


Surunkali charchoq oʻz kuchini oxiri koʻrsatdi. Shu kunlarda betob boʻlib qoldim. Qoʻrqinchli emasu, lekin bir ish qila oladigan darajada kuchim yoʻq.

Iya, doktorlar ham kasal boʻlarkanmi? deyishingiz mumkin. Ha, minglab odamlarni dardini eshitasizu, kasal boʻlmaysizmi?!

Shuning uchun doktorlarni qadriga yetinglar…😉🤫

Loyihani ustida ishlayverib, oʻzimizga qarashni unutibmiz. Bu holatga keltirishni oʻzi boʻlmadi. Tizimlashtirish juda katta kuch talab qilar ekan.

Bir qaraganda kimgadir sezilmas. Lekin boshqa loyihalarda oʻqib, bizga oxiri kelgan odam uchun tizimdagi farq yaxshigina bilinadi.

Lekin bu — biz ishni oxiriga yetkazdik degani emas. Biz haliyam sayqallashda, nima qilsakki odamlar oʻqisa, oʻrgansa va butun umr hayotiga tadbiq qila olsa degan savollarga javob qidirish bilan bandmiz.

Xabarlaring bordir, darslarni ham butunlay nol(0)dan oldik va shu yozda tugatdik. Juda koʻp yangi ma’lumotlar qoʻshildi. Bularni hammasini oʻquvchilarga amal qilishi oson boʻlishi uchun qildik. Xatolarimiz ustida ishladik…

Bu gaplarni ikki maqsadda yozdim:
1. Oʻzingiz uchun dam olishingiz kerak ekan. Hech boʻlmaganda haftada bir kun. Boʻlmasa yiqilish ehtimoli ortaveradi.
2. Koʻpchilik kommentda kurs haqida soʻrab yozyapti, yaqinda obuna boʻlganlar ham bor, shunga tepada qisqacha yozdim.

Vaqti-soati bilan loyihamiz haqida oʻzim batafsil ma’lumot beraman. Kutinglar…

@doctorferuz

Doctor Feruz | Ongli ozish

17 Nov, 06:08


Shunaqa gaplardan yozib turinglar)

@doctorferuz

Doctor Feruz | Ongli ozish

17 Nov, 05:44


Juda toʻgʻri aytibsiz.

Bilganlaringizni oʻrgating deydi, bunda har kim oʻzi tushunganicha aytadi, keyin aksariyat holatda tushunmaydi va muammo paydo boʻladi.

Bu huddi kitobni oʻzini oʻqib emas balki oʻsha kitobni oʻqigan odamdan (u oʻzicha xulosa qilib olgan boʻladi) soʻrab, xulosa qilgandek gap.

@doctorferuz

Doctor Feruz | Ongli ozish

17 Nov, 05:27


📞 Gaplashmaganimizga ancha boʻlibdi. Nima gaplar? Nima yangiliklar?

Doctor Feruz | Ongli ozish

12 Nov, 18:24


Bizga atab bitilgan ekan…

ДОКТОР ФЕРУЗГА

Доктор Феруз! Ҳар  кунингиз фароғат бўлсин,
Фароғат, ҳаловат  ҳам  роҳат бўлсин!

Соғлом турмуш тарзини ўргатасиз  Сиз,
Доктор топганингиз нақд  омад бўлсин!

Сиз вориси эрурсиз Ибн Синонинг,
Юзга  киринг, ҳамроҳ  шижоат  бўлсин!

Келинимла кўринг фарзандлар  бахтин,
Уйингиз  мезбони  саодат  бўлсин!

Ота-онангизнинг  дуоси  олтин,
Уларга  совғангиз  ибодат  бўлсин!

Икки дунё саодатин кўринг Докторжон,
Қалбингизда лафзингиз қироат бўлсин!

Жисму жонингиз доим саломат бўлсин!
Ўгитларингиз бизга шифоат бўлсин!

Райҳона Раҳимова

Doctor Feruz | Ongli ozish

08 Nov, 13:49


Shunaqa deydigan endokrinologlarga qanday tushuntirsam ekan?

Insulin balandligi uchun oza olmas, emish!😭

Insulinni me’yoriga tushirish uchun, balki, avval ozish kerakdir?!

Yoki toʻgʻri oʻqishni, tushunishni oʻrganamiz. Yoki hafa boʻlmaslikni.

@doctorferuz

Doctor Feruz | Ongli ozish

06 Nov, 07:30


Kiyim kichkina boʻlib qolmaydi, siz semirib qolasiz.

Shu yerda ham kiyim aybdor😁

@doctorferuz

Doctor Feruz | Ongli ozish

06 Nov, 06:13


Hoʻsh, nima qilish kerak?

@doctorferuz

Doctor Feruz | Ongli ozish

02 Nov, 09:15


A: Ozishni eeeng avval, daaastlab, eeeng birinchi nimadan boshlash kerak?

B: Semirishdan.

@doctorferuz

Doctor Feruz | Ongli ozish

01 Nov, 16:04


Ozish haqida sun'iy intellekt (ChatGPT) bilan navbatdagi suhbatimiz. Bu safar ham biroz qiynaldi😅

@doctorferuz

Doctor Feruz | Ongli ozish

28 Oct, 14:48


“Rozi emasman” deganlar pullik qilmayman deganimga mazza qilib 👍 bosyapti.

Ha, vijdoningizga oʻt tushsin😂

Befarqlar esa katta ehtimol bilan kechagi saylovga ham chiqmagan.

Vatan kelajagiga ham,
Salomatligiga ham,
Hullas hammasiga befarq😅

Befarqlar 😁 qoldiring)

@doctorferuz

Doctor Feruz | Ongli ozish

28 Oct, 14:38


Bu postni 6000 ga yaqin obunachi koʻrgan, lekin 1900 tacha ovoz berilgan.

1900/6000*100=31,6%
Qolgan 68% obunachi ovoz ham bermagan. Befarq!

Shu 1900 ta ovozdan 37%i pullik obuna boʻlishga “Roziman” degan boʻlsa, 63% odam “Rozi emas” ekan.

Bu xabardan keyin 100 dan ortiq odam esa “bundan koʻra oyda bir marta kola ichganim yaxshi” deb kanaldan chiqib ketdi.

Havotir olmang, bu kanalni pullik qilmayman. Shunchaki oʻzingizga qanchalik befarq emasligingizni bilgim keldi.

Agar abonementlik qilsam bunaqa arzonga baholamayman.

@doctorferuz

Doctor Feruz | Ongli ozish

28 Oct, 11:17


ChatGPT bilan semizlik haqida gaplashdik.😅

@doctorferuz

Doctor Feruz | Ongli ozish

27 Oct, 05:21


Dunyodagi eng lazzatli taom — och qolganda yeyilgan taomdir.

Aksariyatimiz mana shu lazzatni topa olmayapmiz. Nega? Sababi oddiy, kun davomida kavshanib yuramiz. Nima boʻlsa ham yeb-ichib ketaveramiz.

Avvallari, ajdodlarimiz toʻyish lazzatini bilmagan, biz esa taom lazzatini bilmayapmiz. Yana genimdan deymiz.

Genetik kodlarni ular bizga chiroyli va tartibli qilib yetkazdi. Shu kodlar asosida tanamiz qurildi. Lekin nima uchun huddi shu genga ega boʻlgan ajdodlarimiz semiz emas edi?

Yoki genlarimiz mutatsiyaga uchrab, mutantga aylandikmi?

Yoʻq!!!

Biz shunchaki ajdodlarimizdan yaxshiroq yashayapmiz. Yeganimiz oldimizda, yemaganimiz ortimizda. Xohlagan narsamizni, xohlagan vaqtda yeya olyapmiz holos.

Taomni qorni och odam ayblamaydi…

@doctorferuz

Doctor Feruz | Ongli ozish

24 Oct, 05:54


Ba’zilar bu gapdan keyin “endokrinologga bormaslik kerak ekan” deb xulosa chiqarib qoʻyishi mumkin. Unday emas!

Sizdagi endokrin tizimda muammo boʻlsa siz uchun eng toʻgʻri yoʻl: endokrinolog huzuriga borish, tavsiyalariga amal qilib, muolaja buyursa olish boʻladi.

Men aytganlarim ozish va semirishni asosi haqida. Vazn esa energiya balansiga (profitsit/defitsit) qarab oʻzgaradi.

Oʻzimdan ham odamlar turli muammolarini soʻrashadi, kasallik belgilarini aytishadi, shunga qarab boshqa mutaxassislarga, jumladan endokrinologga ham yoʻnaltiraman.

Bir gapni eshitganda yoki oʻqiganda e’tiborli boʻling. Tor doirada tushunib qolmang.

@doctorferuz

Doctor Feruz | Ongli ozish

23 Oct, 18:16


Bugun bir endokrinolog bilan gaplashdik. Suhbatimiz samimiy va ikki taraf uchun ham foydali boʻldi.

Qaysidir ma’noda sogʻlom debat boʻldi desa ham boʻladi. Mavzu esa oʻsha, gormonlar va semizlik. Oxirida oshqozon operatsiyasi haqidayam fikr almashvordik…

Lekin suhbatimiz tugallanmadi. Ba’zi masalalar ochiq qoldi. Nasib qilsa yana gaplashamiz.

Shu oʻrinda ba’zi xulosalar…
Bizni ba’zida chalgʻitadigan jarayonlar bor. Shulardan bittasi energiya balansi bilan bogʻliq. Bu chetda qolib, asosiy fokus organizmda kechayotgan yakka jarayonlar bilan oʻlchab qolinadi.

Agar har bir jarayonga alohida qaraydigan boʻlsak biz hammasini chalkashtirib yuborishimiz mumkin. Bilasiz, organizmda bir vaqtni oʻzida juda koʻplab jarayonlar kechadi.

Shulardan bittasiga misol keltiraman: biokimyoviy, fiziologik va balki endokrinologik jihatdan insulinni qonda normadan koʻp boʻlishi lipogenez (yogʻ hosil boʻlishi) jarayonini faollashtirib, lipoliz (yogʻ erishi) jarayonini bloklaydi.

Bu yakka jarayonni oʻzi bilan qaralganda, qonda insulin koʻp boʻlsa odamda yogʻlar kamaymasligi (oza olmasligi) kerak, shundaymi?! Lekin unday emas. Energiya defitsiti boʻlsa ozib boraveradi. Chunki odamda insulindan boshqa gormonlar, fermentlar va moddalar bor. Agar ozish va semirishga nisbatan olsak, ularning hammasi qilgan ishini umumiy natijasiga qaraladi. Umumiy natija esa energiya balansi bilan bogʻliq.

Agar insulin balandligi uchun oza olmaysan desa bu notoʻgʻri boʻladi. Manbadan oʻqing.

Yana bir dalil: Insulinoma — me’da osti bezining (B-hujayralar giperplaziyasi) oʻsma kasalligi. Bunda shirinlik (uglevod) umuman yemasa ham qonda insulin me’yoridan ancha baland yuradi. Lekin nimaga ularni hammasi semiz emas?! Hattoki ozgʻinlari bor!

Mantiqiy va fizik asos: organizmni kunlik energiya sarfidan qabul qilayotgan kaloriyasi kam boʻlsa hech qachon semira olmaydi va bu umuman mumkin emas hamda termodinamika qonunlariga zid. Agar mumkin boʻlganda biz allaqachon abadiy dvigatel yaratgan boʻlar edik.

Bu katta mavzu, yozib tushuntirish qiyin. Vaqti keladi hammasini tushunib olasiz.

@doctorferuz

Doctor Feruz | Ongli ozish

23 Oct, 05:11


Oza olmaslikda yoki semirib ketishda:

- Genni ayblash — ajdodlarni ayblash degani;
- Gormonni ayblash — ilmsizlik;
- Suyagim ogʻir deyish — Yaratuvchini ayblash bilan barobar.

Qachon oʻzimizdan qidiramiz?

@doctorferuz

Doctor Feruz | Ongli ozish

21 Oct, 09:25


Bugun 21-oktyabr, oʻzimizning til — Oʻzbek tili bayrami kuni.

OʻZBEK TILI

Koʻksim ichra bir sharor oʻzbek tili,
Etgay olamni bahor oʻzbek tili.

Sochgay ochunga goʻzal chechaklarin,
Yogʻsa ham boshida qor, oʻzbek tili.

Bitta turkiy til daraxtin shoxlari – 
Turk, qozoq, qirgʻiz, totor, oʻzbek tili.

Soʻz bitiktoshlarda or-nomus boʻlib,
Toshni ham soʻylatdi zor oʻzbek tili.

Qoldi Yofasdan aziz yodgor boʻlib,
Parchalanmas bir diyor –  oʻzbek tili!

Tutma pinhon: olam ichra boʻldi goh,
Doʻstga zor, dushmanga xor oʻzbek tili.

Necha imlo oʻzani oʻzgardi-yu,
Oqdi mangulikka yor oʻzbek tili.

Doʻst bu tilni bemalol oʻrgangusi,
Yovni etgay toru mor oʻzbek tili.

Yassaviy, Bobur, Alisher, Mashrabing
Topdi sen deb eʼtibor, oʻzbek tili!

Qaysi tilkim, boʻlsa Haqning zikrida,
Ul lisonga Tangri yor, oʻzbek tili!

Yashna, ey dil, bu jahon chiltorida,
Hech uzilmas bitta tor –  oʻzbek tili!

Toki olam barqarordir, to abad,
Olam ichra barqaror oʻzbek tili!
@M_Kenjabek she’ri.

@doctorferuz

Doctor Feruz | Ongli ozish

17 Oct, 18:17


QIZIQ! Instagramda gormon haqida joylagan videomni ostiga, ba'zi "endokrinolog"lar shaxsiyatga o'tib yozibdi. Lekin birortasi mard bo'lib, mana bunga ko'ra xato gapiribsan, yoki mana bu tadqiqot(lar)ga zid deb argument keltirgani yo'q.

Da'vo qilayotgan odam qoidaga ko'ra kontr-argument keltirishi kerak, keyin men ham unga argument keltirib javob berishim kerak, shunda haqiqat yuzaga chiqadi. Yoki bizda argument keltira olmasa, shaxsiyatga tikka o'tib qo'ya-qolinadimi?! Shu kungacha birortasi mard bo'lib argument keltirgani yo'q, mana shunisi yomon, mayli u shaxsiyat.

Men har doim debatlarga ochiqman, instagram directdan yozing. Faqat online ko'rinishda qilamiz va gaplar konkret bo'lishi kerak, oldi-qochdilarsiz. Agar xato qilgan bo'lsam tan olaman, bu muammosiz.

@doctorferuz

Doctor Feruz | Ongli ozish

13 Oct, 10:04


Ertaga, dushanbadan boshlamoqchi boʻlsangiz, bugun, ertagalik kunni rejasini qilib qoʻying.

@doctorferuz

Doctor Feruz | Ongli ozish

11 Oct, 18:05


Tanada yog'larni ortib borishi (ortiqcha vazn) oqibatida yuzaga keladigan muammolar... E'tibor bilan qarasangiz ingliz tilini bilishingiz unchalik ham shart emas.

@doctorferuz

Doctor Feruz | Ongli ozish

11 Oct, 09:20


Keto-diyeta haqida. Bir boshidan oʻqisangiz boʻladi.

@doctorferuz