O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali @toshvil_kasaba_uyushmalari Channel on Telegram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

@toshvil_kasaba_uyushmalari


O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali (Uzbek)

Assalomu alaykum! Sizni 'O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali'ga xush kelibsiz! Bu kanalda Toshkent viloyatidagi eng so'nggi xabarlar, yangiliklar va tadbirlar haqida ma'lumotlar olishingiz mumkin. Kanalimiz rasmiyligi bilan e'tibor qozonadi va eng yangi ma'lumotlarni sizga tez va aniq o'tkazadi. Agar siz Toshkent viloyati fuqarosi bo'lsangiz, ya da Toshkent viloyatida yashab yurgan bo'lsangiz, bu kanal siz uchun. Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanaliga obuna bo'ling va eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling! Obuna bo'lish - @toshvil_kasaba_uyushmalari

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

15 Feb, 18:37


Президент Шавкат Мирзиёевнинг ёшлар билан очиқ мулоқотида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

15 Feb, 11:33


🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝

🔺Jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi va kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔺Joriy yilning 14-fevral kuni Toshkent viloyati Angren shahar Tibbiyot birlashmasining Jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi yakunlari to‘g‘risida hamda kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylovi tasdiqlangan nizom asosida o‘tkazildi.

🔺Konferensiyada ish beruvchi tomonidan ma’lumot  va kasaba uyushma qo‘mitasi raisining 5 yillik hisoboti tinglandi. Delegatlar tomonidan kasaba uyushmasining 5 yillik faoliyati qoniqarli baholanib, kasaba uyushmasining raisi Dildora Isakulova 5 yil muddatga qo‘mita raisligiga saylandi.

🔺O‘zbekiston kasaba  uyushmalari Federatsiyasining xotin-qizlar komissiya raisi,  O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rais o‘rinbosari Go‘zal To‘xtayeva tomonidan kasaba uyushmasiga a’zolik afzalliklari hamda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan kasaba uyushmalarining bosib o‘tgan yo‘llari, tuzilma tomonidan olib borilayotgan islohotlar hamda erishilgan yutuq va natijalar haqida to‘xtalib o‘tildi. Kasaba uyushma qo‘mitasining 2025-yilda ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🔹Facebook 🌍Website 🔹YouTube 🔹Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

15 Feb, 10:04


🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝

🔺2025-yilning 14-fevral kuni Toshkent viloyati bolalar ftiziatriya sihatgohida boshlang'ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi o'tkazildi.

🔺Hisobot-saylov konferensiyasida boshlang'ich kasaba uyushmasi tashkiloti raisi T.S.Gaipovning besh yillik hisoboti hamda taftish komissiya raisi S.J.Aymuxamedovalarning hisobotlari tinglandi.

🔺Delegat qatnashchilari tomonidan kasaba uyushmasining besh yillik faoliyati qoniqarli baholanib, boshlang'ich kasaba uyushmasi tashkilotining raisi Gaipov To'laboy Soipovich besh yil muddatga raislikka qayta saylandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🔹Facebook 🌍Website 🔹YouTube 🔹Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

13 Feb, 05:02


📹📹📹📹

🔺2025-yil 11-fevral kuni O‘zbekiston Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent viloyati birlashgan qo‘mita tizimida hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil Nurafshon TV lavhasida

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

12 Feb, 09:14


📹📹📹📹

🔺Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan "Navoiy va Bobur merosi — beqiyos maʼnaviy xazinadir" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

📹 Batafsil Nurafshon TV telekanalida

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

12 Feb, 04:30


🎁🎁🎁🎁🎁

Bugun O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashining Ishlar boshqaruvchisi Xidirov Jahongir Uzoqovichning tavallud kuni.

Hurmatli, Jahongir Uzoqovich tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin! Kasbiy faoliyatingizda sizga kuch-g'ayrat tilaymiz, yangidan-yangi muvaffaqiyatlarga erishishingizda tilakdoshmiz. Qalbingiz sokinligi, yuzingiz tabassumi va nuri, tanangiz sog'lig'i, xonadoningiz tinchligi davomli bo'lsin.

Toshkent viloyati Kengashi jamoasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

11 Feb, 16:07


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Президенти Администрацияси раҳбарининг ўринбосари Максим Орешкин бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию во главе с заместителем руководителя Администрации Президента Российской Федерации Максимом Орешкиным.

#Mirziyoyev #qabul #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

11 Feb, 16:07


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Халқаро маслаҳат кенгаши экспертлари Альфред Гузенбауэр, Александр Квасьневский ва Штефан Фюлени қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял группу экспертов Международного консультативного совета в составе Альфреда Гузенбауэра, Александра Квасьневского и Штефана Фюле.

#Mirziyoyev #qabul #konsultantlar #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

11 Feb, 11:00


#AyollarDaftari

🔺Toshkent viloyatida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan videokonferensiya (ZOOM) orqali navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

🔺Yig'ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining mas'ul xodimi A.Rashidov, O‘zKUF Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Normirzayeva, tegishli boshqarma va tashkilot rahbarlari hamda tuman (shahar)lar hokim o'rinbosarlari ishtirok etdi.

🔺Yig'ilish davomida xatlov qilingan xotin-qizlarning "Ayollar daftari" ga haqqoniy tarzda kiritilishi, har bir mahalladagi ijtimioy himoyaga muhtoj, 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar holati to'liq o'rganilganligi bo'yicha muhokama qilindi. Shuningdek, muhim masalalar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

10 Feb, 14:10


👍🟦🟦🟦

🔺Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan "Navoiy va Bobur merosi — beqiyos maʼnaviy xazinadir" mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

🔺Tadbirda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi — S.Fayziyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri, senator — Mahmud Toir, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi raisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi — R.Sheraliyev, "Nuroniy" jamg'armasi Toshkent viloyati bo'limi raisi — A.Nosirovlar ishtirok etishdi.

🔺Tadbir davomida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma va videorolik namoyish etildi. Shuningdek, O'zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi R.Sheraliyevlar tomonidan Navoiy hamda Boburning hayoti va ijodi to'g'risida she'r va g'azallar o'qib eshittirildi.

🔺Toshkent viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabi to‘garak a'zolari Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning ijodiga bag‘ishlangan badiiy namoyishi bilan tadbir qatnashchilarini xushnud etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

09 Feb, 08:46


❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

Bugun 9-fevral – so‘z mulkining sultoni, mutaffakkir Mir Alisher Navoiy tavalludiga 584 yil to‘ldi
.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

07 Feb, 07:30


Йиғилишда Тошкент шаҳридан Янгийўл, Чиноз ва Сирдарё туманларига қатнайдиган замонавий электропоезд ҳаракатини йўлга қўйиш ишларини жадаллаштириш зарурлиги қайд этилди.

Ҳозирда темир йўл хизматлари экспортининг 50 фоизи транзит юк ташишга тўғри келмоқда.

Бу борада 2030 йилга бориб, транзит юк ҳажмини 22 миллион тоннага етказиш режа қилинган.

Шу боис мутасаддиларга 72 та замонавий йўл бўйи сервис объектларини қуриш учун автомобиль йўллари ёқасидаги бўш ерларни тадбиркорларга бериб, ишга тушириш топширилди.

Йирик мультимодал логистика марказлари сонини 2 карра кўпайтириш бўйича уч йиллик дастур қабул қилиб, ишларни бошлаш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|X

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

07 Feb, 06:51


Бугун Тошкент вилояти Чирчиқ шаҳрида жойлашган янги “Технологик металлар комбинати” АЖнинг касаба уюшма қўмитасини ташкил этиш таъсис конференцияси бўлиб ўтди. Комбинатда 1400 та ишчи-хизматчи меҳнат қилади. Бир ярим ойлик музокаралар натижаси ўлароқ, улар “Ўзметмашсаноат” касаба уюшмаси Республика Кенгашининг Тошкент ҳудудий Кенгаши таркибига аъзо ташкилот сифатида қабул қилинди. Сайлов жараёнлари ёпиқ овоз бериш йўли билан амалга оширилди. Конференция ишида Республика Кенгаши раиси ўринбосари Шоикром Исроилов делегатларнинг барча саволларига тўлиқ жавоб бериб, касаба уюшмасига аъзолик афзалликлари тўғрисида тўлиқ маълумот берди. Конференцияда Тошкент ҳудудий Кенгаш раиси Аъло Аллаутдинова ва Тошкент вилояти касаба уюшма Кенгаши бош мутахассиси Эрбутаев Собир иштирок этдилар. Конференция делегатлари ёпиқ овоз билан Ахмедов Шерзод Шамсиддиновични касаба уюшма қўмита раиси лавозимига сайладилар.

Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси Матбуот хизмати

📱web-site| 📱facebook | 📱telegram| 📱YouTube |📱Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

07 Feb, 04:39


Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида хизматлар соҳасини ривожлантириш бўйича 2024 йилда амалга оширилган ишлар ва 2025 йил учун асосий вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание, посвященное проделанной в 2024 году работе и основным задачам на 2025 год по развитию сферы услуг.

Facebook|Instagram|X

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

06 Feb, 15:35


🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝

🔹Bugun O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 3-fevraldagi 14-28 “c” sonli qarori ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

🔻Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlarni joylarda tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish, kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni tashkil etish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparatining 2025-yil 1-yarim yilligi uchun mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq belgilangan tadbirlarni ijrosi, kasaba uyushmalariga yangi a’zolarni jalb etish bo‘yicha belgilangan reja-topshiriq ijrosini ta’minlash hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarning qonuniy tartibda va sifatli hal etilishini nazorat qilish masalalari ko'rib chiqildi.

🔻Shuningdek, “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi xatlov jarayonlarining yakuni muhokama qilindi. Muhokama davomida "Ayollar daftari"ga kiritiladigan xotin-qizlar ro‘yxatlarining shakllantirilishi va tasdiqlanishini tashkil etish yuzasidan tuman (shahar)lardan hokim o'rinbosarlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi hamda tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

05 Feb, 16:13


Бир неча дақиқа олдин Ўзбекистон Президентининг Малайзияга сўнгги 20 йил ичидаги илк расмий ташрифи якунига етди. Дипломатик тажрибам ва матбуот котиби сифатидаги фаолиятимга асосланиб айтишим мумкинки, икки мамлакат раҳбарлари ўртасидаги самимий муносабат ва норасмий мулоқот жуда ёрқин таассурот қолдирди.

Ушбу гўзал ва меҳмондўст мамлакат раҳбарияти Президентимиз билан самимий учрашувлар ўтказиш учун қатъий протокол қоидаларидан чекиниб, юксак ҳурмат ва ишонч намойиш этганига гувоҳ бўлдик.

Хусусан, Президентимизни кутиб олишга Малайзия парламенти спикери чиққани, малайзиялик ҳамкасбларимизнинг айтишича, ушбу мамлакат протокол амалиётида илгари кузатилмаган воқеа бўлди. Бундан ташқари, Малайзия Бош вазири Анвар Иброҳим Президентимиз Шавкат Мирзиёевга бутун кун давомида, барча расмий тадбир ва учрашувларда ҳамроҳлик қилди. Ҳаттоки мулоқотни давом эттириш учун Ўзбекистон Президентига ажратилган қароргоҳга шахсан ташриф буюрди. Кейин улар биргаликда, бир машинада "Petronas" бош қароргоҳига йўл олишди, у ерда компания раҳбарияти билан учрашув ўтказишди.

Ўзбекистон Президенти шарафига уюштирилган расмий қабул маросимида Малайзия санъаткорлари ўзининг бой тарихи ва маданияти билан бир қаторда халқимизнинг куй-қўшиқлари, рақсларидан иборат концерт дастурини намойиш этгани ҳам алоҳида эътибор ифодаси бўлди.

Бундай норасмий ва самимий муносабат икки етакчи ўртасидаги яқин дўстликдан, Ўзбекистон ва Малайзия халқларининг бир бирига бўлган юксак ҳурмати, икки томонлама муносабатларнинг порлоқ истиқболидан далолат беради.

Считанные минуты назад завершился первый за последние 20 лет официальный визит Президента Узбекистана в Малайзию. Исходя из моей дипломатической практики и деятельности в качестве пресс-секретаря могу сказать, что теплое отношение и неформальное общение между лидерами двух стран произвели яркое впечатление.

Мы стали свидетелями того, как руководство этой прекрасной и гостеприимной страны отходило от строгих правил протокола в пользу искренних встреч с нашим лидером, демонстрируя высокое уважение и доверие.

Так, спикер парламента Малайзии вышел встречать главу нашего государства, что, по словам малайзийских коллег, случилось впервые в протокольной практике этой страны. Более того, Премьер-министр Малайзии Анвар Ибрагим сопровождал Президента Шавката Мирзиёева на протяжении всего дня, на всех официальных мероприятиях и встречах. Он также лично посетил резиденцию, отведенную Президенту Узбекистана, для продолжения общения и затем они вместе, в одной машине направились в штаб-квартиру Petronas, где состоялась встреча с руководством этой компании.

Еще одним проявлением особого внимания стал тот факт, что на официальном приеме в честь Президента Узбекистана деятели искусства Малайзии помимо своей богатой истории и культуры представили концертную программу с песнями, музыкой и танцами нашего народа. 

Такое неформальное и теплое отношение демонстрирует тесную дружбу между лидерами двух стран, свидетельствует о высоком взаимном уважении между народами Узбекистана и Малайзии, многообещающем будущем двухсторонних отношений.

Facebook|Instagram|X

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

01 Feb, 12:51


#эшитдингизми

⚡️⚡️Ўзбекистонда китоб ўқиган маҳкумларнинг жазо муддати қисқартирилиши мумкин

Маҳкум 1 та китоб ўқигани ва белгиланган имтиҳонни топширгани учун жазо муддати 3 кунга қисқартирилади. Бунда йилига кўпи билан 10 та китоб ўқиш мумкинлиги белгиланиши кутилмоқда.

@haqiqatonline_24

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

30 Jan, 07:21


Президент Шавкат Мирзиёев пойтахтимиздаги Ислом Каримов ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев возложил цветы к памятнику Исламу Каримову в столице.

#Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

30 Jan, 04:04


🎁🎁🎁🎁🎁

Bugun O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashi xodimi Jo‘rayev Sherzod Turg‘unboyevichning tavallud kuni.

Hurmatli, Sherzod Turg‘unboyevich tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin! Kasbiy faoliyatingizda sizga kuch-g'ayrat tilaymiz, yangidan-yangi muvaffaqiyatlarga erishishingizda tilakdoshmiz. Qalbingiz sokinligi, yuzingiz tabassumi va nuri, tanangiz sog'lig'i, xonadoningiz tinchligi davomli bo'lsin.

Toshkent viloyati Kengashi jamoasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

29 Jan, 10:05


#qishloqda_bir_kun

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan davlat va xalq o‘rtasida doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, odamlarni qiynayotgan muammolarni ularning oldilariga borib o‘rganish va yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinadi.

Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tashabbusi bilan “Qishloqda bir kun” loyihasi tashkil qilinib, viloyat rahbarlarining olis qishloqlaridagi aholi bilan doimiy muloqoti yo‘lga qo‘yildi.

🔺“Qishloqda bir kun” loyihasining navbatdagi manzili Parkent tumanining olis Sanganak qishlog‘i bo‘ldi. 28-yanvar kuni ushbu qishloqda viloyatdagi 100 ga yaqin mutasaddi rahbarlar va jamoat faollari jam bo‘ldi.

🔺Loyiha doirasida viloyat hokimi boshchiligida aholi uchun ommaviy sayyor qabul, malakali mutaxassislar ishtirokida va zamonaviy tibbiyot uskunalari yordamida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik, arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkalari tashkillashtirildi. Nuroniylar bilan muloqot, yoshlar o‘rtasida turli sport musobaqalari, ko‘chma kinoteatr kabi madaniy-sport tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Hududdagi 21-umumta’lim maktabiga 500 ga yaqin badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar topshirildi.

🔺Shuningdek, aholi xonadonlariga borib, ular bilan samimiy muloqot qilindi. Aholining turmush tarzi, yashash sharoitlari, ularni qiynayotgan muammolar yaqindan o‘rganildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

29 Jan, 06:41


🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝

JAMOA KELISHUVLARINING 2024-YILDAGI IJROSI YUZASIDAN YIG'ILISHLAR DAVOM ETMOQDA


👍28-yanvar kuni O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahrida mazkur hududlardagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari hamda Ta’lim va fan xodimlari Kasaba uyushmalarining ushbu hududlardagi kengashlari o‘rtasida 2023 – 2025-yillar uchun tuzilgan Jamoa kelishuvlarining 2024-yildagi ijrosi yuzaisdan yig‘ilishlar o‘tkazildi.

🔺Yig‘ilishlarda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, Ta’lim va fan xodimlari Kasaba uyushmalari Kengashi raislari, MTT va umumta’lim maktablari direktorlari, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari ishtirok etdi.

🔺Jamoa kelishuvlarida belgilangan vazifalar yuzaisdan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiya a’zolarining dalolatnomalari, Jamoa kelishuvlarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarning hisobotlari o‘qib eshittirildi.

Muhokamalar yakunida Jamoa kelishuvlarining 2024-yildagi ijrosi "Qoniqarli" baholandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

31 Dec, 07:24


🎁🎁🎁🎁🎁

Bugun O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo'limi yetakchi mutaxassisi Mirzakarimova Dilyora G'ofurovnaning tavallud kuni.

Hurmatli, Dilyora G'ofurovna tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin! Kasbiy faoliyatingizda sizga kuch-g'ayrat tilaymiz, yangidan-yangi muvaffaqiyatlarga erishishingizda tilakdoshmiz. Qalbingiz sokinligi, yuzingiz tabassumi va nuri, tanangiz sog'lig'i, xonadoningiz tinchligi davomli bo'lsin.

Toshkent viloyati Kengashi jamoasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

30 Dec, 07:30


#Yangi_yil_sovgʻasi

👍 O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan "Chimgan bolalar sil kasalliklar sanatoriysi"da davolanayatgan 150 nafar bolalarga yangi yil sovg'asi yetkazib berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

27 Dec, 15:29


Президент Шавкат Мирзиёевнинг Хитой – Қирғизистон – Ўзбекистон темир йўли қурилиши бошланишига бағишланган маросим иштирокчиларига мурожаати

Послание Президента Шавката Мирзиёева участникам церемонии, посвященной запуску строительства железной дороги Китай – Кыргызстан – Узбекистан

Address by President Shavkat Mirziyoyev to the participants of the ceremony dedicated to the launch of the China-Kyrgyzstan-Uzbekistan railroad construction project

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

27 Dec, 12:26


Хитой – Қирғизистон – Ўзбекистон янги магистрал темир йўли қурилиши бошланди

Шу муносабат билан Президент Шавкат Мирзиёев қурилишнинг старт олишига бағишлаб ташкил этилган анжуман иштирокчиларига мурожаат йўллади. Давлат раҳбари ўз мурожаатида бу "дўст мамлакатларимиз салкам 30 йил давомида интилиб келган том маънодаги тарихий воқеа" эканлигига урғу берди.

Батафсил: http://ishonch.uz/news/3192

Расмий саҳифаларимиз 👇
Telegram / Facebook  / Twitter / instagram  / You tube

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

26 Dec, 12:39


2024 йилда Касаба уюшмалари инспекциялари томонидан 106 минг мурожаатчининг ҳуқуқлари тикланди

Ниҳояланаётган йилда ҳам Ўзбекистон касаба уюшмалари тизимида меҳнат низолари билан боғлиқ мурожаат ва ўрганишлар кўп бўлди.

Батафсил: http://ishonch.uz/news/3189

Расмий саҳифаларимиз 👇
Telegram / Facebook  / Twitter / instagram  / You tube

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

25 Dec, 13:02


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Санкт-Петербург шаҳрида МДҲ давлатлари раҳбарларининг норасмий учрашувида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в неформальной встрече глав государств СНГ в городе Санкт-Петербурге.

#Mirziyoyev #sammit #MDH #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

25 Dec, 12:19


#Bayram_tuhfasi

👍Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Toshkent viloyatidagi kasaba uyushmalari faollari hamda tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarga yangi yil bayrami munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat 190 ta sovg'alar toʻplami taqdim etildi.

OʻzKUF Toshkent viloyati Kengashi tomonidan ushbu sovgʻalar oʻz egalariga topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

25 Dec, 09:51


🎁🎁🎁🎁🎁

Bugun O’zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Toshkent viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Mirzayev Baxodir Nagmatovichning tavallud kuni.

Hurmatli, Baxodir Nagmatovich tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin! Kasbiy faoliyatingizda sizga kuch-g'ayrat tilaymiz, yangidan-yangi muvaffaqiyatlarga erishishingizda tilakdoshmiz. Qalbingiz sokinligi, yuzingiz tabassumi va nuri, tanangiz sog'lig'i, xonadoningiz tinchligi davomli bo'lsin.

Toshkent viloyati Kengashi jamoasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

25 Dec, 09:31


🇺🇿🤝🇰🇬Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясида Қирғизистон касаба уюшмалари Федерацияси раиси Мурадил Джумадилде ўғли раҳбарлигидаги делегация вакилларининг Ўзбекистон касаба уюшмалари фаоллари билан учрашуви бўлиб ўтди.
Батафсил

🇺🇿🤝🇰🇬В Федерации профсоюзов Узбекистана состоялась встреча актива Федерации профсоюзов Узбекистана с делегацией Федерации профсоюзов Кыргызстана во главе с председателем Мурадилом Джумадилде уулу.
Подробнее

📱web-site| 📱facebook | 📱telegram| 📱YouTube |📱Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

27 Nov, 06:29


🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝

🔺Joriy yilning 22-noyabr kuni Ta’lim va fan xodimlari Olmaliq shahar bo‘linmasi kengashi raisi B.Musayev, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Toshkent viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi R.Gaziyeva, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashining mehnat muhofazasi bo‘yicha yetakchi mutaxassisi S.Erbutayev hamda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bosh mutaxasissi Sh.Axmedovalar tomonidan Olmaliq shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 19-20-maktablar hamda Kon-metallurgiya kollejida xotin-qizlarga yaratilgan mehnat sharoitlari o‘rganildi va amaliy yordam ko‘rsatildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

26 Nov, 17:31


🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

🌱 O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bog‘ida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi ko‘chat ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

26 Nov, 17:16


🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

🌱 Bugun – 26-noyabr kuni Nurafshon shahridagi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bog‘ida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi ko‘chat ekish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

🗣Aksiyada O‘zKUF raisining birinchi o‘rinbosari Z.Nizomiddinov, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashi raislari va mas’ullari, Toshkent viloyati hokimi o'rinbosari O.Sultanbekov, Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov, O‘zKUF Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva hamda kengash ijroiya qo‘mitasi xodimlari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🟢5,5 gektar maydondagi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bog‘ida bugungi kunga qadar 5 mingdan ziyod daraxt ko‘chatlari ekilgan. Loyiha doirasida yana 5 mingta ko'chat ekish rejalashtirilgan bo'lib, bugunning o'zida mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko'chatlari o'tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

20 Nov, 09:37


Президентимиз 2025 йилни юртимизда “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил” иқтисодиёт йили” деб эълон қилишни таклиф қилди.

Йиғилганлар ушбу ташаббусни тўлиқ қўллаб-қувватладилар.

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

20 Nov, 08:13


Президент Янги Ўзбекистонимиз янги парламенти билан бирга ўз тараққиётининг ҳал қилувчи босқичига қадам қўяётганини таъкидлади. Бу янги даврда кечаги талаб ва мезонлар билан, эскича ишлаб бўлмаслиги қайд этилди.

Шу боис Ҳукумат ўз фаолиятини мутлақо янгича асосда ташкил этиши керак, бунинг учун унга кучли раҳбар, яъни, Бош вазир зарур.

Давлатимиз раҳбари бу масалани атрофлича ўйлаб, Ўзбекистон Республикаси Бош вазири лавозимига Абдулла Нигматович Арипов номзодини кўрсатишга қарор қилганини айтди.

Абдулла Арипов катта ташкилотчилик салоҳиятига эга бўлган, ижро ҳокимияти тизимида бой билим ва тажриба орттирган, масъулиятни доимо чуқур ҳис этадиган раҳбар экани таъкидланди.

Ушбу номзод бугун Ҳукумат олдига қўйилган, кўлами ва миқёси бениҳоя катта бўлган муҳим вазифаларни ҳал этишда Вазирлар Маҳкамаси фаолиятини самарали ташкил қилиши, Ҳукумат аъзолари, вазирлик ва идоралар раҳбарларини бирлаштириб, ягона мақсад сари сафарбар эта олишига ишонч билдирилди.

Президентимиз Абдулла Арипов номзодини депутатлар муҳокамасига тақдим этди.

Facebook|Instagram|X

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

20 Nov, 07:56


Президент таъкидлаганидек, соғлиқни сақлаш, таълим ва спортни ривожлантириш бўйича катта дастурларни самарали ва тўлиқ амалга ошириш – ҳамиша Ҳукуматнинг кун тартибида туриши керак бўлган асосий вазифалардир.

Энг аввало, ўртача умр кўриш даражасини 78 ёшга етказиш учун бирламчи тиббий хизматларнинг аҳоли учун қулайлиги ва сифатини ошириш зарур.

Хусусан, 2025 йилда бирламчи бўғинда 3 миллион 700 минг нафар аёлни скринингдан ўтказиш, бу жараённи рақамлаштириш орқали саратон касалини эрта аниқлаш кўрсаткичини 85 фоизга етказиш мумкинлиги таъкидланди.

Ҳукумат маҳаллалардаги 18 мингта тиббиёт бригадаларини ўқитиш, 884 минг нафар беморни уй шароитида реабилитация билан қамраб олиш бўйича янги тизимни жорий этади. Шу билан бирга туғруқхоналарнинг моддий-техника базасини мустаҳкамлашга 100 миллион доллар йўналтирилади.

Давлат тиббий суғуртаси ва аҳолига “кафолатланган пакет” асосида тиббий ёрдам кўрсатиш тизими келгуси уч йилда барча шаҳар, туман ва қишлоқлар қамраб олиниши зарурлиги қайд этилди.

Шунингдек, аҳоли ўртасида соғлом турмуш тарзи, тўғри овқатланиш, жисмоний тарбия ва спортни оммалаштириш каби масалалар бўйича Ҳукумат алоҳида дастурлар ишлаб чиқиши лозим.

Facebook|Instagram|X

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

20 Nov, 07:28


Президент жаҳон миқёсида ҳукм сураётган бугунги ўта кескин ва оғир шароитда юртимизда тинчлик ва ҳамжиҳатликни сақлаб, иқтисодиётимизда барқарор ўсишни таъминлаб, мана шундай марраларга эришиш осон бўлмаганини таъкидлади.

Келгуси 5 йилда аҳолимиз сони 40 миллиондан ортиши кутилмоқда. Бундай демографик ўсиш, албатта, катта имконият, лекин, шу билан бирга бу ҳолат олдимизга янги-янги, ўткир вазифаларни қўйиши ҳам шубҳасиз.

Айниқса, камбағалликни қисқартириш, экология, энергетика, транспорт, йўл, ичимлик суви таъминоти, аҳолини уй-жой билан таъминлаш каби муҳим соҳаларда халқимизнинг талаб ва эҳтиёжлари тобора ўсиб бораётгани таъкидланди.

Шундай долзарб муаммоларга самарали ечимлар топиб, янгича фаолият олиб бориш Ҳукумат учун жиддий синов бўлиши табиий.

Бугун Бош вазир лавозимига тавсия этиладиган номзод ана шу масалаларнинг барчасини ҳисобга олиб, уларнинг ижросини таъминлаш юзасидан ўз дастурини тақдим этиши кераклиги қайд этилди.

Facebook|Instagram|X

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

19 Nov, 12:35


Президент Шавкат Мирзиёев янги таркибдаги Олий Мажлис Сенатининг биринчи мажлисида нутқ сўзлади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

19 Nov, 12:21


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Олий Мажлис Сенатининг биринчи ялпи мажлисида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в первом пленарном заседании Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан.

#Mirziyoyev #majlis #OliyMajlis #Senat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

18 Nov, 16:06


#davlat_bayrogʻi

BAYROG‘IMIZ – FAXRIMIZ ,G‘URURIMIZ!

🇺🇿Bugun Nurafshon shahridagi “Yangi bog‘” majmuasida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔺Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev, viloyatdagi tashkilotlar mas’ullari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🔺Tadbirda davlat bayrog‘ining davlat jamiyat hayotidagi o‘rni to‘g‘risida so‘z yuritildi. Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar va she’rlar yangradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

18 Nov, 09:59


✈️✈️✈️✈️✈️✈️✈️✈️✈️

🔺 O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi hamda Sog'liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi tasarrufidagi korxona va tashkilotlarda ishlovchi ishchi-xodimlarning ishdan bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari uchun Xorazm shahriga 3 kunlik sayohat tashkil etildi.

#Oʻzbekiston_boʻylab_sayohat_qil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

18 Nov, 08:45


Ўзбекистондан “Янги Ўзбекистон”гача: ЙЎҚОТИЛГАН ҚАЛБНИ ИЗЛАБ…

Германиялик сиёсий шарҳловчи, “Berliner Zeitung” нашри Геосиёсат бўлими раҳбари Томас Фасбендернинг сиёсатшунос Қудратилла Рафиқов билан суҳбати


Батафсил:
http://ishonch.uz/news/2911

Расмий саҳифаларимиз 👇
Telegram / Facebook  / Twitter / instagram  / You tube

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

18 Nov, 03:30


❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

🇺🇿 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

🇺🇿 1991-yil 18-noyabrda «O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida»gi qonun qabul qilindi. Unda davlat bayrog'i mamlakatning davlat suvereniteti ramzi ekanligi belgilab qo'yilgan.

🇺🇿 Davlat bayrog'i yurtdoshlarimiz qalbida vatanparvarlik tuyg'ularini yuksaltirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro'-e'tiborini oshirishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

16 Nov, 15:08


👍🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib tayinlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

16 Nov, 12:26


Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати аъзоларини тайинлаш тўғрисида

Зиё Азамат Ҳамид ўғли – Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси Тарих институти директори

Йўлчиева Муножатхон Абдувалиевна – Юнус Ражабий номидаги Ўзбек миллий мусиқа санъати институти профессори

Кўчимов Абдусаид Кўчимович – Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги бош директори

Рафиқов Қудратилла Мирсагатович – Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси Кенгаши раиси

Рахманкулов Мир-Акбар Ходжи-Акбарович – Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Қонунчилик ва ҳуқуқий сиёсат институти директори

Сафоев Содиқ Солихович – Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати Раисининг биринчи ўринбосари

Саъдуллаев Алишер Зафар ўғли – Ўзбекистон Республикаси Ёшлар ишлари агентлиги директори

Турдиев Содиқжон – Ўзбекистон фахрийларининг ижтимоий фаолиятини қўллаб-қувватлаш «Нуроний» жамғармаси бошқаруви раиси

Худайбергенов Турсинхан Айдарович – Ўзбекистон Республикаси Президенти маслаҳатчиси

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати аъзолари этиб тайинлансин.

Ўзбекистон Республикаси Президенти
Ш. Мирзиёев


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

16 Nov, 06:41


#Сўранг_жавоб_берамиз

Ёш болали ходимга қўшимча таътил қандай берилади?

Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг меҳнат-ҳуқуқ инспектори Наргиза АСАДОВА жавоб беради.


Батафсил: http://ishonch.uz/news/2895

📤 Саволларингиз бўлса бизга юборинг!

Расмий саҳифаларимиз 👇
Telegram / Facebook  / Twitter / instagram  / You tube

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

15 Nov, 15:20


Меҳнат муносабатларига бағишланган икки кунлик халқаро конференция тафсилотлари ishonch.uz нигоҳида

Расмий саҳифаларимиз 👇
Telegram / Facebook  / Twitter / instagram  / You tube

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

15 Nov, 05:30


🎁🎁🎁🎁🎁

Bugun O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashining Tashkiliy ishlar bo'limi mudiri Zokirov Shoxjahon Alisherovichning tavallud kuni.

Hurmatli, Shoxjahon Alisherovich tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin! Kasbiy faoliyatingizda sizga kuch-g'ayrat tilaymiz, yangidan-yangi muvaffaqiyatlarga erishishingizda tilakdoshmiz. Qalbingiz sokinligi, yuzingiz tabassumi va nuri, tanangiz sog'lig'i, xonadoningiz tinchligi davomli bo'lsin.

Toshkent viloyati Kengashi jamoasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

14 Nov, 13:33


🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝

🔺O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi tomonidan 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni hamda Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent viloyatidagi turli tibbiyot muassasalarida uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib, xalqimiz sog‘ligini saqlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan 10 nafar tibbiyot xodimlari “Umid gulshani” va “Ko‘hinur” sanatoriylariga bepul yo‘llanmalar bilan taqdirlandilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

14 Nov, 10:23


🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝

🔺11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan kasaba uyushmalari faoliyatini targ‘ib qilish, kasaba uyushmasining a’zolari safini kengaytirishga erishish hamda kasaba uyushmasining vakolatlari doirasidagi faoliyati bilan kanal a’zolarini yana bir bor tanishtirish maqsadida joriy yilning oktabr oyi davomida “Kasaba uyushmasi bilimdoni” onlayn tanlovi o'tkazildi.

🔺Unda jami 201 nafar ishtirokchilar qatnashdi. Bir oy davomida kasaba uyushmasi faoliyatiga oid bilimlarini sinovdan o'tkazgan faol qatnashganlar saralanib, tanlov Nizom talablari asosida eng faol ishtirokchilar aniqlandi:

🔺Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Angren shahar Kengashi raisi — Yuldashev Baxtiyar Ergashevich

🔺Toshkent viloyati Madaniy meros boshqarmasi bosh mutaxassisi — Begmurodova Muqaddam Qosimovna

🔺Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali 2-kurs talabasi — Sherbo‘tayeva Dilyora Dilshod qizi

🔺Inha universiteti Ulug'bek vorislari markazi o'qituvchisi — Olimova Feruza Karimjonovna

🔺Jizzax viloyati Paxtakor tumani 2- maktabning kimyo fani o‘qituvchisi — Sharipova Shoira Abduvali qizi

🔺Yoshlar ishlari Nurafshon shahar bo‘limi Oybek MFY yetakchisi — Mahmudov Ixtiyor Nurali o‘g‘li

🤖BOTGA KELGAN TO'LIQ JAVOBLARNI KO'RISH 👈

#Kasaba_uyushmalari_kuni #Kasaba_uyushmasi_bilimdoni #Online_tanlov

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

14 Nov, 05:59


☄️Пойтахтимизда Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси томонидан Халқаро меҳнат ташкилоти билан ҳамкорликда “Янги ижтимоий шартнома: Европа ва Марказий Осиё касаба уюшмалари нигоҳида” мавзуида Халқаро конференция ўтказилди.
Батафсил

📱web-site| 📱facebook | 📱telegram| 📱YouTube |📱Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

24 Oct, 12:01


"Ishonch" газетасининг 2024 йил 24 октябрдаги 128 - сони мутолаа учун ҳавола қилинади.

Расмий саҳифаларимиз 👇

Web-site| Facebook|Telegram| YouTube

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

23 Oct, 11:31


🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝

🔺11-noyabr — "O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan o‘tkazilayotgan navbatdagi targ‘ibot tadbiri Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Ohangaron tuman Kengashida bo‘lib o‘tdi.

🔺Tadbir davomida “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun mohiyatini ochib berish bilan birga kasaba uyushmasi a’zolarining mehnat munosabatlariga doir savollariga mas’ullar tomonidan atroflicha javob berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

23 Oct, 10:00


🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝

👀 O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyati Kengashida “Kasaba sayr” sho’basi rahbari T.Xidirov ishtirokida “Quyoshli yurtning afsonaviy, buyuk shaharlari bo’ylab tarixiy sayohat” mavzusida seminar o’tkazildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga “Kasaba sayr” sho’basi tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar to’g’risida batafsil ma’lumot berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

O'zKUF Toshkent viloyati Kengashining rasmiy kanali

23 Oct, 09:07


🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝

🔺O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashida kengash raisi S.Fayziyeva, “Ishonch” va “Ishonch-Доверие” gazetalari tahririyati bosh muharrir o’rinbosari A.Qulmurodov, bo’lim adabiy muharriri A.Haydarov boshchiligida uchrashuv bo'lib o’tdi.

🔺Unda gazetaning hozirgi kundagi faoliyati, “ishonch.uz” saytida yoritilayotgan axborotlar, xususan, kasaba uyushmalari faoliyati, ijtimoiy-iqtisodiy, tahliliy materiallar va ularning sifati haqida so’z yuritildi.

🔺Shu bilan bir qatorda, gazetani o’z vaqtida obunachilarga yetkazib beririlishi holati, takliflar ko’rib chiqildi. Uchrashuv savol-javob tarzida bo’lib o’tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🔹Telegram 🌐Facebook 🌐Website 🎵YouTube 🌐Instagram

5,399

subscribers

5,556

photos

599

videos