🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀 @baqirmaydigan_onalar Channel on Telegram

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

@baqirmaydigan_onalar


𝐐𝐨'𝐫𝐪𝐢𝐭𝐦𝐚𝐬𝐝𝐚𝐧,𝐔𝐫𝐢𝐬𝐡𝐦𝐚𝐬𝐝𝐚𝐧 𝐟𝐚𝐫𝐳𝐚𝐧𝐝 𝐨'𝐬𝐭𝐢𝐫𝐢𝐬𝐡𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐮𝐬𝐮𝐥𝐥𝐚𝐫𝐢🌿🌱🌿

🌈🌄Kanal ssilkasi orqali do'stlaringizni taklif qiling🌄🌈

🌼🌈BAQIRMAYDIGAN ONALAR🌈🌼 (Uzbek)

🌼🌈BAQIRMAYDIGAN ONALAR🌈🌼 Telegram kanalimizga xush kelibsiz! Bu kanal orqali qo'rquvli, urishmasdan onalar haqida yangiliklarni topishingiz mumkin. Baqirmaydigan Onalar, urishmasdan o'stirishgan usullari va maslahatlarini o'rganishingiz uchun sizning xizmatizda. Kanal ssilkasi orqali do'stlaringizni taklif qiling va birgalikda onalar haqida bilib oling. Onalar hayoti hamda ularning farzandlari bilan munosabatlari haqida eng so'nggi yangiliklar uchun kanalimizga obuna bo'ling! 🌈🌄✨

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

11 Jan, 14:14


🌸Неъматга эришмоқ учун нимадандир воз кечиш керак бўлади.

🌸Бола ифори, мехри ва бахти хеч нарсада йўкдир.

🌸Фарзандимизни савоб манбаи деб биламиз. Болаларимиз бизга қандайдир юк эмас, Роббимизнинг лутфи-карами, инъоми, дунёларнинг меваси бўлгани учун уларнинг қийинчиликларини хал қилиш бизга чексиз завқ-шавқ беради.

🌹Агар биз уларга юк деб қарасак, улар хам кексайган вақтимизда бизни шундай деб биладилар. Аллоҳ сақласин…

🔗@bola_tarbiyasi_asosi

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

06 Jan, 18:35


Muhammad Umar(4,5 yosh) aytyapti:
-Aya, men do'konga ketayotib bir boboga har doim salom beraman. U hech ham indamaydi. Bugun bildim nega hech narsa demasligini.
-Ha, nega ekan?
-Oldida ikkita tishi yo'q ekan. Shunga ko'rib qolishmasin, deydi.
-Ahaaa. Sen qayoqdan bilding?
-Axir shunga gapirmaydi-da. Bo'lmasa "va alaykum" der edi☺️

Bolalarning qalbi chiroyli bo'ladi-da. Qaniydi, qalbimiz shunday pokiza tursa. Gumonlarimiz shunday chiroyli bo'lsa!
https://t.me/bolajontwins

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

04 Jan, 22:04


Farzandlar ota-ona bilan birga uxlashi haqida

Bu mavzu aslida sizga qanchalik qiziq bilmayman. Lekin, hayotingiz davomida bir yoki bir necha marotaba to'qnash keladigan bir holatdir.

Bu mavzuda turli qarashlar bor. Har biri haqida to'xtalaman.

1. Bu turdagi fikrlar, bola go'daklik chog'idanoq, ilk tug'ilgan kunlaridayoq bolani butunlay xonasini alohidalashadi. Bu tarzdagi amaliyotni musulmonlarda emas, ko'proq, boshqa din vakillarida kuzatganman. Nega diniy e'tiqodni keltirdim, musulmonku, yotoqqa ko'zi tushmasligi uchundir deb o'ylamang deya.
Bola xonasi alohida. Bolada tungi uygu vaqtida ochlik hissi tuysa, maxsus texnikalar onaning xonasida ovoz beradi. Ona ovqatini berib, uxlatib, yana o'z xonasiga qaytadi. Bu tarzdagi tanlov bizlar uchun sal erish tuyular, lekin bor. Va tavsiya ham qilinadi.

2. Bu toifada fikrlovchilar o'rtalik deya qolamiz. Ya'ni bola ota-ona bilan bir xonada, lekin yotoq joy alohida. Tunda ona bolasini ovqatnlantirib yana alohida joyida uxlatadi, o'zi o'z joyida. Bu tarzdagi qarashlarda bola ota-ona bilan birga bir joyda uxlasa, turli yomon hodisalar kelib chiqadi deyishadi.

3. Bu guruhdagilar men va men kabilar. Ya'ni bola ota-ona bilan, bir joyda uxlaydi. Bu tarzdagi qarorni birinchi va ikkinchi guruh bola hayoti uchun xavfli deya baholashadi. Uyquda yomon holatlar bo'lish ehtimolligini aytishadi. Lekin, men unday o'ylamayman. Bunda ona o'z holatidan kelib chiqishi ma'qul. Va men o'qigan bir necha kitoblarda, o'zimga ustoz deb bilgan bir necha tajriba egalari ham bolani bir joyda uxlashida zarar yo'q, aksincha foydali deyishadi. Foydali deyilishi, bola ona bilan hissiy bog'liqligi mustahkam bo'ladi deya asoslashadi. Va ona uchun tunda uyqu buzilishi kamroq bo'ladi. Uyquga to'ygan ona kamroq asabiylashadi.

Yuqoridagilar asosan bolalar ikki-uch yoshgacha davrlarga tegishli fikrlar. Undan keyin esa deyarli hamma yakdil fikrda nazarimda.

Siz qaysi qarashni tanlashingiz o'zingizga va holatingizga bog'liq. Albatta, palonchixonga qarabmas, o'zingiz o'rganib, izlanib, birida to'xtam qilganingiz eng maqbuli.

https://t.me/+nN0JOBXZ4q9lZTEy

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

01 Jan, 15:32


Bolaning telefonga o’rganib qolishi📱

💆🏻‍♀️Hozirgi kunda bolalarning telefonga o’rganib qolishi jadal tus olmoqda.
Judayam ko’p tashkilotlar telefon orqali bolalarni qamrab olish uchun millionlab pul Va ko’p harakatlarni sarflashmoqda💔
Agar siz bir zumga farzandingiz Va telefonni yolg’iz qoldirsangiz, ular farzandingiz miyasini egallashga harakat qilishadi.

🥀Afsuski, ko’p holatlarda telefonga o’rganib qolishi uchun ota-onalar sabab bo’ladi.
Albatta bobo Va buvilar ham bundan mustasno emas!

❗️Keling bunga ikki dona misol ko’rib chiqamiz:

1️⃣Bo’sh, foydalanilmayotgan bir binoni tasavvur qiling. Bu binoning oynalaridan biri singan. Darhol uni almashtirilmasa, bezorilar tosh otib, boshqa oynalarini ham sindirishi mumkin. Ma’lum bir muddatdan so’ng bino tashlandiqqa aylanadi. Yoki o’sha bino joylashgan joy jinoyat zonasiga aylanib qoladi.

2️⃣ Ko’cha/mahalla burchagida 2-3 ta paketda qandaydir chiqindilar tashlab ketilgan bo’lsa Va u tezroq tozalanmasa, vaqt o’tib o’sha ko’cha katta ehtimol bilan chiqindilar tashlab ketiladigan joyga aylanadi. Buni ko’p bora guvohi ham bo’lganmiz.


Ya’ni, “Hozircha amallaymiz” “Keyinroq xal qilamiz” “Biroz ko’rsa hech nima qilmaydi” kabi so’zlar bilan bugun farzandingizga telefon bersangiz, ohiri halokat bilan tugaydi.

Farzandingiz yig’lasa, muammoni xal qilish o’rniga telefon bilan ovutsangiz birinchi misolda keltirilganidek uning miyasini tashlandiq holatga keltirasiz. Yoki uyingizni jinoyat mahallasiga aylantirishga taklifnoma tarqatgan bo’lasiz!

Ikkinchi misolda esa bir narsa nazarda tutilgan. Agar siz farzandingizga telefon bersangiz, atrofingizdagilar ham huddi siz kabi ish tutadi. Telefon tutsangiz ular ham shuni takrorlaydi. Kitob tutsangiz ham shuni takrorlaydi.

@Soras_therapy

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

28 Dec, 20:41


💟Бола қошиқ ушлашни ўрганар экан, овқатни устига тўкса, жахл қилмай, қизишмай ўргатиш керак.

💛Оёқ кийимининг ипини боғлашни ўрганаёганда, бу ишни соатларча чўзиб
юборса хам, болани шошириш эмас, кутиш керак.

😊Бола гоҳида асабимизни ўйнатади. Бундай қилиш яхши эмаслигини болага оғир-босиқлик ва сабр билан чиройли қилиб тушунтиришни ўзимизга одат қилайлик.

🫂Қўл теккизиб, бошини силаб мехрибонлик кўрсатиш эса бола учун бамисоли бир терапиядир

💬Ҳар куни кечки пайт эртак терапия қилиш ҳам ажойиб натижа беради. Болани қучоғимизга олиб
қизиқарли хадислар ўқиб беришни одат килсак болани ақлий салоҳияти ҳам ошиб боради. Тафаккур қилишни ўрганади. Хозир китоб дуконларда болажонлар учун хадис китоблар кўп🙌🏻

📲 @bola_tarbiyasi_asosi

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

27 Dec, 18:32


https://t.me/baqirmaydigan_onalar

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

27 Dec, 15:50


⚠️Биз тарихнинг ҳеч бир даврида кўрилмаган, медиа ва техника ривожланган бир замонда фарзанд ўстирмоқдамиз. Албатта фойдали томони бўлган ҳар бир нарсанинг зарари ҳам бўлиши мумкин.

- Ҳурматли оналар! Болангизни Youtube ихтиёрига топширманг!

Ҳархашасидан қутулиш, бемалол сериал кўриш, қўшнилар билан тинчгина гаплашиш ва уй ишларида сизга ҳалал бермаслиги учун болани қўлига телефон ёки планшетни тутқазиб қўйманг. Дунёдаги миллионларча оналар ноқобил фарзанд доғида қовурилар экан, сиз учун Аллоҳнинг омонати ва неъмати бўлган болангизга Youtubeнинг “оналик” қилишига йўл қўйманг.


- Фарзандингизни компьютер ўйинларидан сақланг!

Бугун болаларимизга таҳдид солаётган энг асосий фитналардан бири компьютер ўйинлари ва “Playstation”лардир. Болани реал ҳаёдан узоқлаширадиган, уларни зомбига айлантирадиган, ҳатто ўз жонига қасд қилишгача олиб келадиган компьютер ўйинларига нисбатан эҳтиёт чораларини кўринг ва тадбирли бўлинг.

- Боладаги интернет эҳтиёжини аниқ муддат ва меъёрлар билан белгиланг

Болангизни ёпиқ эшиклар ортида интернет билан ҳоли қолдирманг. Уларнинг интернетда нималарни ўқиётгани ёки кўраётганини узлуксиз назорат қилинг.

- Фарзандингизни турли сериаллар фитнасидан сақланг

Фазандингизни қўлига пултни тутқазиб, дунёнинг бутун аҳлоқсизликларини уйингизга олиб кираётган ТВ дунёсига ташламанг. Нимани ва қайси пайтда кўришларига доир аниқ бир назорат тартиб яратинг. Уларни енгил-елпи кўрсатувлар, аҳлоқсиз фильмлар ва беҳаё рекламаларнинг таъсиридан сақланг.

Бу борада маълумотлар ўқинг, билим олинг, тадқиқот қилинг, мутахассис билан маслаҳатлашинг.

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

23 Nov, 08:23


NEGA COCOMELON YOMON?

Cocomelon multfilmi hyper stimulating (o'ttta qiziqtiradigan, o'ziga tortvoladigan) hisoblanadi. O'rtacha oddiy multfilmlarni ko'rsangiz, sahnalari har 5-6 sekundda yoki undan ko'proq muddatda almashib turadi. Bolacha ekrandagi hamma narsani ko'rishga ulguradi.

Cocomelonda esa har 2 sekundda almashadi. Ko'zi bitta narsani ko'rishga ulgurmasdan ikkinchisi keladi. O'ta tez sodir bo'ladi hamma narsa. Bolani besabrga aylantiradi, diqqatini jamlashini o'ldiradi

Bitta ishni o'tirib diqqatini jamlab bajarishini qiyinlashadi, chalg'ib ketaveradigan bo'lib qoladi

Cocomelon xuddi maza qildiradigan doridek 💊 ta'sir qiladi deyishadi. Undan dopamin (baxt gormoni) olisharkan bolalar. Shunchun maza qilib ko'radi o'tiriiib. Hamma maza qildiradigan narsa ham foydali emas.

Xullas, tez-tez almashib turadigan, bir vaqtni o'zida bir-nechta narsa birdan sodir bo'ladigan sahnalar, o'ta rangli ekran, orqa fonda musiqa va har-xil ovozlar, to'xtovsiz ashula aytilishi doimiy turishi hammasi birlashib giper stimulyatsiya hosil qiladi va bola diqqati, xotirasiga yomon ta'sir qiladi

Cocomelonchilarga yuboring @marvaridga

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

20 Nov, 10:59


Bolalarni qo'rqoq, boshqalar fikrlariga qarab ish qiladigan, o'ziga ishonchi yo'q qilib tarbiyalamoqchi bo'lmasangiz, ushbu yozganlarimga imkon qadar amal qiling.

Mukammallik kutmang. Bolaning yoshiga mos xatolariga ko'z yuming, undan ideal farzand bo'lishini talab qilmang.

Unga ham mas'uliyat yuklang. Ishni mukammal bajarsa taqdirlashni, xato qilsa nasihat qilishni biling.

Undan atrofdagilar haqida fikrlarini so'rang. U bilan gaplashing, fikrlaringizni bo'lishing. Undagi eshitish, quloq solish, fikrlarini ifodalay olish qobiliyatini mana shu usul bilan rivojlantiring.

Taqqoslamang. Boshqalarning farzandlari bilan, boshqa sinfdoshlari bilan hech qachon taqqoslamang. Bunday holatda bola asabiy, agressiv, qizg'onchiq bolaga aylanib qoladi. Doimiy ravishda boshqalar bilan kim o'zarga o'ynaydi va bu bola kelajakda hech narsaga erisholmaydi.

Jasoratlantiring. Bir ishni aytganingizdek bajarmasa ham, uni bajarishga harakat qilgani uchun ham maqtab qo'ying. Mayda mayda qadamlar bilan yuksaltiring uning qat'iyatini, jasoratini. Har doim ham eng zo'ri bo'lgani uchun emas, qo'lidan kelganicha qilgan ishlaridan ham rozi bo'ling.

Ummu Zaynab

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

19 Nov, 09:57


Эй, замонамиз оналари, сиз тарихнинг ҳеч бир даврида кўрилмаган, медиа ва техника фитналари урчиган бир замонда фарзанд ўстиряпсиз.

Асло унутманг, бу фитналар уйингизнинг ичигача кириб, сизни, жуфтингизни ва болаларингизни ўз домига олаёган улкан  таҳликадир. Бу фитналардан огоҳ бўлинг.

Замонамиз фитналаридан омонда бўлиш учун:

1.  Болангизни Youtubeнинг офатидан қўринг, уларни доимий телефон домига ташламанг.
Хархашасидан қутулиш, бемалол сериал кўриш, қўшнилар билан тинчгина гаплашиш  ва уй ишларида ҳалақит бермаслиги учун болани  қўлига телефон ёки планшетни тутқазиб қўйманг.
Дунёдаги миллионларча оналар ноқобил фарзанд  доғида қовурилар экан, сиз учун Аллоҳнинг омонати ва неъмати бўлган болангизга Youtubeнинг “оналик” қилишига йўл қўйманг.

Фарзандларини Youtubeнинг ихтиёрига ташлаган ҳар бир она билсинки, боласини енгилтаклик, шармсизлик  ва аҳлоқсизликнинг чангалида қолдирибди...

2.  Болаларингизни компьютер ўйинларидан сақланг.

Бугун болаларимизга таҳдид солаётган энг асосий фитналардан бири компьютер ўйинлари ва “Playstation”лардир.
Болани реал ҳаёдан узоқлаширадиган, эртадан-кечгача компьютер ёки телефонга “ёпиштириб” қўядиган, уларни зомбига айлантирадиган (Аллоҳ сақласину,  ўз жонига қасд қилишгача олиб келаётган) компьютер ўйинларига нисбатан эҳтиёт чораларини кўриш, тадбирли бўлиш ҳар бир онанинг бурчи.

3.  Болаларингизни чексиз интернетнинг чексиз фитналаридан сақланг.

Қабул қилаётган маълумотининг меъёри ва вақтининг чегараси бўлмаган, оила текширувидан ўтмаган интернет – болангизни ўз балоси билан маҳв этадиган буюк бир офат.

Боладаги интернет эҳтиёжини аниқ муддат ва меъёрлар билан белгиланг. Болангизни ёпиқ эшиклар ортида интернет билан ҳоли қолдирманг. Уларнинг интернетда нималарни ўқиётгани ёки кўраётганини узлуксиз назорат қилинг.
Назорат қилинмайдиган, чегара-тўсиқ қўйилмаган интернетдан фойдаланувчи фарзандлар – ота-оналар ўз қўллари билан ҳалокатга ташлаган бир авлод демакдир.

4.  Болаларингизни ҳар турли сериалларнинг фитнасидан сақланг.

Фазандингизни қўлига пультни тутқазиб, дунёнинг бутун аҳлоқсизликларини уйингизга олиб кираётган TV дунёсига ташламанг.

Нимани ва қайси пайтда кўришларига доир аниқ бир назорат механизми яратинг. Уларни енгил-елпи кўрсатувлар, аҳлоқсиз фильмлар ва беҳаё рекламаларнинг таҳликаларидан сақланг.

Бу борада маълумотлар ўқинг, билим олинг, тадқиқот қилинг, мутахассис билан маслаҳатлашинг.

@konspektor

https://t.me/DrGavharDarvish

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

19 Nov, 09:51


#farzandtarbiyasi

Қулай бола - қул бола.


Қуллик психологияси нима, қандай қилсак «қул» эмас, эркин шахсни жамиятга етказиб бера оламиз? Бугунги мақоламиз шу хақда.

👶 Болалар хам одам. Доим буйруқларга бўйсуниб ўсган бола қул бўлади. Худди шундай, албатта қул бўлади. Бола бу алоҳида шахс, бизни давомчимиз эмас, алоҳида мустақил шахс, бошқа одамлар билан қандай гаплашсак, худди шундай мулоқот қилишимиз керак бўлган шахсдир. Акс ҳолда у қулдан бўлак кимса эмас!

🗣 Болага нисбатан кибр, ман-манликда бўлиш уларни тушунмасликка, уларни озми-кўпми тажрибаларига ҳурматсизлик билан қарашга олиб келади. Болага «юқоридан» қарар экансиз, у қулликка кўника бошлайди, пастдан тепага қарашга, «лаббай хўжайин» дейишга ўрганади.

🙇‍♂️ Бола билан умумий мулоқот тилини топиш учун унга буйруқ оҳангида эмас, суҳбатдошига қизиқиш билдирган каби, педагогик мақсадларсиз мулоқотда бўлиш керак. Авторитар тарзда мулоқот қилсангиз, бола сўзсиз бўйсунишга, оҳир-оқибат қул бўлишга тайёрланиб боради.

👨‍👧‍👦 Болалар - хусусий мулкингиз эмас! Бола отаси ёки онаси чизган чизиғидан эмас, ўзи яратган йўлдан юришга ҳақли. Она ёки ота бола атрофида ўз реал хаётини шакллантирмасдан, уни ўз мустақил ҳаётига, ўз реаллигига эга бўлишига имконият яратиб бериши лозим.

👩‍👦‍👦 Болани қандай қилиб ижодкор, эркин шахс сифатида улғайтириш мумкин?
Бола ўзи мустақил равишда қарор қабул қилишни ўргана бошлагачгина, ўзини англай бошлайди. Агар ота-она ҳаётга бўлган қарашларини болага сингдира бошлашса, у бировни фикрига тобе, ўз мустақил фикрига эга бўлмаган шахсга айлана бошлайди. Агар бола тазйиқларсиз ўз реал ҳаётини ярата олса, ўз ҳаётининг ижодкорига айланиб боради. Ота-онани вазифаси - болага ўзиникини сингдириш, уқтириш эмас, боласидаги қобилият ва қизиқишларни сезиб, шуни ривожлантиришга замин яратишдир.

👨‍👨‍👧‍👦 Ўз ҳаётини ўз қизиқишлари асосида қурган болагина келажакда баҳтли яшаши мумкин. Агар болалигида кўпгина машғулотларга борган бўлса, ўшаларни ичидан кўнглига ёққан машғулоти билан умр ўтказиши ва бу билан «ўзлигини топиши», «мен» ини топиши мумкин. Агар бундай машғулотларга бормаган бўлса, бу хам муаммо бўлиши мумкин.

Болалар ва мактаб.
Кўпинча ота-оналар боласини мактабда олган баҳоларига қараб баҳолай бошлашади. Мактаб болани ўйлашга, эркин фикрлашга ўргатмайди, афсуски. Энг аълочи бўлган бола хам ҳаётда баҳтсиз бўлиши мумкин, агар у баҳтли бўлишга ўргатилмаган бўлса, бахтни туймаган бўлса. Мактабда олган баҳоларимиз бизни баҳтли қилиб қўймайди.

Бола ва дам олиш. Бола дам олаётгандаги вақтини хам ота-она белгилаб бергиси келади. Айтингчи ҳурматли ота-она, сиз дам олаётганингизда кимдир қандай дам олишни ўргатса, сиз қандай аҳволга тушасиз? Ёқмайди-я? Худди шундай ҳолатга болангиз хам тушади.

Бола ва меҳнат. Қилаётган ишимиздан қониқаётганимизни фарзандимиз сезиши керак. Шундагина у меҳнатни мажбурий эмас, чин дили билан қилишни ўрганади.

— Бола ва тарбия. Болага тарбия эмас, муҳаббат керак.

Ота-онанинг энг асосий вазифаси, бировга итоаткор ва қулай қул эмас, эркин, баҳтли шахсни тарбиялашдан иборатдир!

Др. Гавҳар Дарвиш

@muslimaatuz

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

13 Nov, 19:32


Mahramiyat deganda, aqlimizga keladigan ilk narsa bu- jinsiy tarbiyadir.
Lekin mahramiyat ko'pgina so'zlarni o'z ichiga oladi va bolalar jinsiy chegaralanini o'rganishlari qanchalik muhim bo'lsa, mahramiyat odoblarini o'rganishlari ham shunchalik muhim.
Mahramiyatni men kengroq tushunchali bo'lishi uchun, chegara deb nomlagan bo'lardim.
Boshqalarning chegarasini buzmagan holatda, o'z chegaralaringizni qurishingiz.
Buning ichiga badan, his-tuyg'u, o'y-hayol va ijtimoiy doiralar ham kiradi.

Masalan bir insonning boshqa bir insonga ovozini baland ko'tarib baqirmasligi kerakligi.
Stol ustidagi bir narsani egasidan so'ramay olmaslik kerakligi.
Navbat kutish yerida hech kimga bildirmay boshroqdagi navbatga kirib olmasligi kerakligi.
Boshqa bir insonning shaxsiy hududlariga tegishiga jim qolmaslik kerakligi.
Boshqalar vaqtini behuda olmasligi kerakligi.
Boshqalarni haqqidan qo'rqishi kerakligi.
Boshqa birov haqida dalilsiz yomon gumonga bormaslik kerakligi.

Insonlarni shaxsiy chegaralarini xurmat qilishni bilsinki, o'ziga nisbatan ham talab qila olsin.
Bolalarga shaxsiy chegara mavzularini faqat uchburchak ich kiyim yeri seni shaxsiy chegarang deb chegaralab qo'ymaslik kerak.
Chegara insonning tashqi va ichki dunyosini o'z ichiga oladi, komil va yetuk insonlar mana shu narsani bilishadi va farzandlariga ham o'rgatishadi.
Eng avval, o'zlarida shakllantirishadi.

Ummu Zaynab

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

07 Nov, 17:58


Bolaga yolg’on gapirish haqida

Abdulloh ibn Omir r.a rivoyat qilinadi:
Bir kuni Payg’ambar alayhisalom biznikida o’tirganlarida onam meni “ Oldimga kel, senga bir narsa beraman “ deb chaqirdi. U zot: “ Unga nima bermoqchi eding?” deb so’radilar. Ayol “ Xurmo” , degan edi, u zot:” Agar hech narsa bermasang, senga bitta yolg’on yozilar edi”, dedilar( Imom Abu Dovud va Imom Ahmad rivoyati)

Yuqoridagi hadisni ko’pchilik biladi. Ammo amaliyotga kelganda esa bolaga o’ylab o’tirmay kundalik hayotda yolg’on gapiraveradilar, afsuski. Yolg’on gapirilib katta qilingan farzand kattalarga nisbatan ishonchi bo’lmaydi, yolg’onni kiprik qoqmay to’qiyveradi, boshqalarga ham ishona olmaydi. Bunday katta qilingan farzanddan halollik va rostgo’ylik kutish noto’g’ri. Siz nimani bersangiz shu sizga qaytishni boshlaydi.

Eng achinarli holatlar esa sizga gunoh yoziladi va farzandingiz ham kelajakda farzand tarbiya qiladi. Shuni yodda tuting!

Avvalo o’zimga va sizlarga ham eslatma ilindim. Chunki har kun guvoh bo’lyapman, atrofda onalar ham farzandiga oddiy holdek yolg’on gapirishyapti. Bolaga eng avvalda to’g’ri tushuntirish mumkin. Tarvuz mumkin bo’lmasa, bu yomon achchiq, babu olib ketdi deyish shart emas. Bu hozir sizga mumkin emas, o’rniga mana buni yeng deyish mumkin! Shunchaki bolani ko’zi tushmaydigan joyga olish kerak!

Ishoning bolaga yolg’on gapirmay katta qilish imkonsiz emas. Iloji yo’q deydiganlar bor tafakkur qiling va bu biz o’zimiz uchun qo’ygan ta’qiq xolos!

Har birimizga rostgo’y farzandlar tarbiya qilish nasib qilsin!

Mehr bilan Go’zalxon
@GuzalMoonblog

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

07 Nov, 17:54


"Mehr ko'zda" deganlari yolg'on emas, bobo-buvisi bilan birga o'sgan bolalar bilan ulardan alohida o'sgan bolalarning bobo-buvisiga bo'lgan mehri farq qiladi.

Baribir birga yashab, bir-biriga mehribon bo'lgani yaxshiroq.

#Tarbiya

@GiyosiddinYusuf

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

04 Nov, 17:30


Qadimda bir podshoh bo'lib, bir oqshom tushida, butun tishlarini birin-ketin to'kilganini va tishsiz qolganini ko'radi.
Ertasi kuni tongda, saroyga tush ta'birchisini chaqirtiradi.
Haligi kishi tushni obdon tinglaydi va g'amgin ohangda podshohga shunday javob beradi:
Podshohim, bu tush yaqinda butun oila a'zolaringizni birin-ketin vafot etishini va siz yolg'iz qolishingizni belgisidir.
Ushbu so'zlarni eshitgan podshoh, ta'birchini zindonga tashlaydi va boshqa bir insonni huzuriga chaqirtiradi.
Ikkinchi ta'birchi esa shunday ta'bir qiladi: Podshohim, sizga bir hushxabarim bor, tushingiz sizni butun oila a'zolaringizdan ham uzoq umr ko'rishingizga ishora qilyapti.
Javobdan sevingan poshdoh, u kishini mukofotlaydi.

Bu holatni kuzatib turgan saroy amaldori, ta'birchini to'xtatib so'raydi: zindonga yotgan ta'birchi bilan senin javobing bir xil edi. Nima uchun u zindonga otildi-yu, sen esa mukofotlar bilan chiqib ketyapsan ?

Ta'birchi: tog'ri aytasan, javobimiz bir xil edi, lekin nima so'zlaganing emas, qanday so'zlaganing muhim, deb javob beradi.

Sa'diy Sheroziy hazratlari aytganlaridek: Noto'g'ri uslub, to'g'ri so'zning jallodidir.

Har bir ota-ona nimaiki qilsa, ursa ham, so'ksa ham, maqtasa ham, mukofotlasa ham, jazolasa ham buni farzandini kelajagi uchun, unga eng yaxshi tarbiya berishni xohlagani uchun qiladi.
Lekin tarbiya uslubini xato qo'llab, bir umr pushaymon bo'lganlar ham kam emas oramizda.
Nimani, qayerda, qanday o'rgatishni biling. Tarbiyani go'zal uslubda bering, faqatgina tarbiyalamang, o'zingiz eng go'zal o'rnak bo'ling.
Bolalarga chiroyli tarbiya berish, bolalarning biz ota-onalar ustidagi eng buyuk haqqidir.

Ummu Zaynab

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

04 Nov, 17:29


Bugungi kunda ota-onalar farzandlarini hafa qilmaslik uchun ularning har istagiga rozi bo'lib, aytganlarini muhayyo qilishadi.
Avvallari unday emasdi, bolalar bir-biridan qolgan kiyimlarni kiyib katta bo'lardi, kitoblar qo'ldan-qo'lga yirtilib kelsa ham olib o'qilardi, dasturxonga kelgan ne'matga hech kim yuz burib, boshqa ovqat istamasdi.

Biz ko'rdik, sizlar ko'rmanglar qabilida farzand yetishtirish, juda katta xato.
Ularning oldilariga hech qanday mehnatsiz, qiyinchiliksiz hamma imkonni qo'yishlik, ularni dangasa, qiyinchiliklarga chidamsiz qilib ulg'aytiradi.
Bolalarni hech narsadan kam qilmay o'stirishga, yaxshi ota-ona deyilmaydi.
Holbuki, borlik ham yo'qlik ham, boylik ham faqirlik ham hayot haqiqati. Bolalar buni bilishi kerak, ularga haqiqiy hayotni ko'rsatish kerak.

Bolalar harakat qilishni, nimagadir erishish uchun nimadandir voz kechishi kerakligini tushunishi kerak. Qo'lida bor imkonlarni qadrlashni, ulardan to'g'ri foydalanishni o'rganishi kerak.
Ba'zan yo'qlikka sabr qilishni, sabrdan keyin kelgan mo'l ko'llikni mazasini totishi kerak.
Hayot bu imtihon, unda qiyinchilik ham osonchilik ham bor. Bularni bilish esa, bolalarning eng tabiiy haqqi.
Ularning haqqiga xiyonat qilmang.

Ummu Zaynab

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

01 Nov, 18:56


SABRIM YETMAYDI!

Bolalarimga biron narsa oʻrgatishga sabrim yetmaydi
degan gapni koʻp eshitaman. Bolangizga sizni ki sabringiz yetmasa, kimniki yetsin?! Oʻz farzandidan tashqari 20 tadan oshiq bolalarga qarayotgan bogʻcha opa chidasinmi yoki 35-40 ta oʻquvchiga dars beradigan oʻqituvchimi?

Onalik bu oʻzimizni isloh qilish, taftish qilish, har doim orqa oldingni oʻylab ish qilish ekan. Chunki endi qarshingda har bir gapingni, harakatingni "kopirovat vstavit" (koʻchirib ol/yopishtir) qilayotgan qorakoʻzlar bor.

📒🖼Biroz feʼlingizni keng qilib, bolalar bilan mashgʻulot olib borayotganda, kitob oʻqib berishda sabrli boʻling.

🥮Kecha psixolog Rozaliya Gabdulhakova tahlil uchun video qoʻydilar. Bir ona 2 farzandi bilan pishiriq pishirish jarayoni. "Ona nimada xato qildi?" deb savol berdilar. Koʻpchilik "oshxonaga kiritib xato qilgan" degan javobni beribdi. Rozaliya opa ham "Tugʻib deng" deya haqli istehzo qildilar.

❗️Bola bilan bitta pishiriq qilishga sabringiz yetmaydimi?

⚡️Hullas, koʻngilni keng qilamiz, mayda xatolariga koʻz yumamiz. Toʻgʻrisini bosiqlik bilan tushuntiramiz.

✔️Avval oʻzimizni tarbiya qilaylik!!!

Bola tarbiyasi sizni oʻzgartirmayotgan boʻlsa, ularga Onalik emas, oddiy enagalik qilayotgan ekansiz. (Xafa boʻlmang)

Kanalga ulanish uchun 👇👇👇
©@oynab_organamiz

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

01 Nov, 15:26


📌Farzand tarbiyasi oʻta muhim va mas’uliyatli jarayon.

Har bir ota-ona farzandini jonidan ortiq koʻradi, va oʻzida borini berishni istaydi. Lekin oʻzida hech narsa boʻlmasachi

Oʻgʻil farzand tarbiyasida nimalarga ahamiyatli boʻlish kerak?

1️⃣Hech qachon oʻgʻlingiz ustidan kulmang.
Erkak uchun–ayol uning ustidan kulishi, har doin travma. Onaning mazahi esa–juda chuqur travma.
Ishtonini teskari kiyib olgani uchunmi, chizgan rasmi, bogʻcha yoki maktabdagi qizni yoqtirib qoʻyganinimi ahamiyatsiz, sizning mazahingiz butun umrga muhrlanib qoladi va ong ostida u sizni kechirmaydi!

2️⃣Har doim, hamma savollariga javob bering.
Har qanday yoshda! «Chunki shunaqa!» «Katta boʻlsang bilib olasan» larsiz!
Har doim, har qanday savoliga toʻgʻri va loʻnda javob!
Agar javobini bilmasangiz, bilmayman deb qoʻyaqoling.
Oʻgʻlingiz sizga hijolatli savol berib qolsa ham, uni rad etmang. Yaxshisi, bu savol sizni oʻylantirib qoʻyganini, sizga biroz vaqt kerak ekanini aytib, undan muhlat soʻrang. Bolalar asosan, bu borada sizni toʻgʻri tushunadilar.

3️⃣Qaror qabul qilishda ogʻlingizdan maslahat oling.
Ba’zan bola, siz yechim topa olmagan “katta” muammoyingizga, juda oson yechim topa olishi mumkinligini siz tasavvur ham qilolmaysiz.
Har qanaqa qarorda, «Kelakajda uyimiz qanday boʻlishi kerak?» dan tortib, «Nega men hech kim bilan chiqisholmayman, qayerda xato qilyapman» largacha.
Bu bilan ogʻil bola erkak boʻlishni–tayanch boʻlishni va qaror qabul qilishni, oʻrganadi.
Siz esa, unga oʻz ishonchingiz va hurmatingizni namoyon qilasiz.

4️⃣«Men senga aytgandim-ku!»
iborasini unuting!
Aytgan, ogohlantirgan boʻlsangiz ham–bu narsani unuting.
Butunlay. Qanday masala boʻlishidan qat’iy nazar, bola bilan raqobatlashishga sizning haqqingiz yoʻq!
”Men senga aytgandim!” iborasi esa, ona oʻzining “gʻalabasidan”baxtiyor ekanini koʻrsatadigan raqobatning aynisi.
Haq ekansiz, mayli indamay hursand boʻlavering, vaqt soati kelib u oʻzi tushunib oladi.

5️⃣Maqtang.
“Lekin”, “mana bu yerda bunday qilish kerak” larsiz hayratlanishni oʻrganing.
Sizning oʻgʻlingiz uddaburon va hamma narsani qoyilmaqom qilib bajaryapti, tamom!
Ulgʻaygach, u oʻzining xatolarini koʻra boshlaydi.

6️⃣Uning har qanday orzusini qoʻllab-quvvatlang.
Arxeolog boʻlmoqchiman dedimi, yaxshi! Mos kitoblar olib bering.
Uchuvchi boʻlaman desa, judayam soz!
Mos oʻyinchoqlar olib bering.
Muhimi–sizning dastagingiz, bola siz tarafdan bosimni his qilmasligi kerak.
Haqiqiy istagini esa, 20 yoshlariga yaqin aniqlab oladi.

7️⃣Agar bola yigʻlasa..
Demak unda koʻngilsizlik sodir boʻlgan. Siz uchun arzimas (bogʻchada unga yoqmaydigan ovqat berishdi, oʻyinchogʻini olib qoʻyishdi) lekin u uchun ulkan.
Chunki bolaning dunyosi siz oʻylagandan koʻra koʻproq hassosdir.
Siz uni tinchlantirishingiz kerak!
“Oʻgʻil bola yigʻlamaydi!”
“Shungayam yigʻlaysanmi?”
Nima qilibdi oʻgʻil bola boʻlsa? Nima u bola emasmi? nima u birdaniga sizga oʻxshab katta va kuchli boʻlib qolishi kerakmi?
bu kabi savollar va bosim bilan uning rivojlanib kelayotgan shaxsiyatini sindirasiz.
Eshiting, muammoga yechim topayotganingizni koʻrsating, va tinchlantiring.
Orangizda oʻzaro tushunish shakllanadi.
Bola hech qachon ovutilmasdan yigʻlab qolmasligi kerak!

8️⃣Har doim uning tarafida boʻling.
Faqat soʻzlarda emas, amalda ham.
Hech qachon ommaning oldida unga baqirmang, uni tahqirlamang, uni kamsitmang.
Bu bolada ishonchsizlik va qoʻrqoqlikni shakllantiradi.
Nohaq boʻlsa, hammadan holi joyda yolgʻiz oʻziga tushuntiring.

Ana shundagina oʻgʻlingiz sizdan uni havotirga solayotgan narsalar haqida ham soʻrashga tortinmaydi, qoʻrqmaydi.
Chunki, biladi siz uni eshitasiz, unga baqirmaysiz, uni qoʻllab-quvvatlaysiz, toʻgʻri yoʻlni koʻrsatasiz.
U sizga ishonadi.
Nimaga bola yolgʻon gapiradi?
Birinchidan, ota-ona yolgʻon gapiradi. Olib beraman degan narsasini olib bermaydi, aytgan vaqtida kelmaydi va hokazo.

Ikkinchidan, ota-ona farzandini eshitmaydi, uni qoʻllab quvvatlamaydi.
Doim urushadi, tanqid qiladi.
Natijada bola shunchaki yolgʻon bilan ota-onasining koʻzini moylab qoʻyishni afzal biladi.
onalik_kuchi

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

31 Oct, 16:45


Аксар аёллар ўзига вақт етмаётганидан, илм ола олмаётганидан, фарз ибодатларга вақт ажрата олмаётганидан, доимо уйда бўлиб ташқарига чиқа олмаётганидан, фарзандларига нисбатан ўта асабий эканидан ва атрофидаги инсонлар билан носоғлом муносабатда эканидан нолийди, шикоят қилади.

Аслида муаммо уларнинг ўзида! Инсон қандай даражада бўлишидан қатъий назар вақтини тўғри тақсимлай олиши ва тартибда яшаши лозим. Ҳаётида нима биринчи ўринда, нима кейинги ўринларда туришини аниқ қилиб олиши лозим.

Юқоридаги вазиятлардан шикоят қилаётган аёлларнинг аксари ҳеч қачон 24 соат давомида ўзлари айтган ҳолатда бўлишмайди. Балки нечадир соат зикр қилган вазиятларида яшашади. Қолган вақт эса албатта ўзлари истаган ишни бажаришади. Фарқи шундаки улар мана шу эркин вақтни ўзининг ривожи учун эмас, балки манфаатсиз нарсаларни томоша қилиш, манфаатсиз суҳбатлар қилишда вақтини, энергиясини тасарруф қилади. Куннинг сўнгида эса ўзини эмас, балки айнан атрофни айблашни бошлайди.

Дунё ҳаётида ўзига муносиб шароитни, ҳолатларни инсон ўзи яратади (Аллоҳ изни билан)
Бизнинг ривож учун кимдир ҳаракат қилишга асло мажбур эмас.

© Bintul Islam

Kanalga ulanish uchun 👇👇👇
©@oynab_organamiz

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

31 Oct, 16:44


Қандай қилиб яхши она бўлиш мумкин? (бақирмайдиган, асабдор эмас, балки сокин ва хотиржам)

Кун давомида шундай соатингиз бўлсинки, унда фақат ва фақат ўзингиз билан машғул бўлинг.
Энг севган амалингизни бажаринг. Севган нарсангизни мутолаа қилинг. Севган нарсангизни томоша қилинг. Севган нарсангизни мазза қилиб танавул қилинг.

Мана шу соат сизга жуда катта ресурсни беради биизниллаҳ.

Ҳамма нарса кутиб туради. Ўзингизни ёддан чиқарманг. Албатта ўзингиз учун вақт ажратинг!

©Bintul Islam

Kanalga ulanish uchun 👇👇👇
©@oynab_organamiz

🎀BAQIRMAYDIGAN ONALAR🎀

31 Oct, 09:51


#himoyamexanizmlar
O'zingga zarar berma, bolam!

Bolalar o'zida kechayotgan og'ir ruhiy holatlarni so'zlar bilan ifodalay olmasligi mumkin. Buning o'rniga ular:
-sochidan bitta tolani yulib olib, shuni o'ynab o'tirishni odat qilishi;

-tirnoqlarini tishlashi mumkin.

Nimaga shunday bo'ladi?🔎🔎🔎 Bu psixikaning himoya mexanizmlaridan biridir. Bola o'zidagi og'ir hissiyotlarni bostirish, hayotiy qiyin vaziyatlarda stres darajasini kamaytirish uchun shu himoya mexanizmidan foydalanadi.

Himoya mexanizmlarining asosan bolalar hamda o'smirlarda ko'p uchraydigan bu turi o'ziga yo'naltirish deyiladi. (turning against the self). Ba'zi manbalarda avtoagressiya yoki avtodestruksiya deb ham ataladi.
Kichik yoshdagi bolalarda tirnog'ini tishlash, sochlarini yulish (trixotillomaniya) ko'rnishida namoyon bo'lsa, o'smirlarda alkogol mahsulotlarini ichish, giyohvand moddalarni iste'mol qilib ko'rish ko'rinishida aks etishi mumkin.

O'smirlarning uzoq vaqt shu mexanizmni qo'llab kelishi qaramliklarga (narkomaniya, alogolga qaramlik v.h) olib kelishi mumkin.

Avtokrat tarbiya usulini qo'llovchi, hissiy infantil ota-onalarning farzandlari bolalikda ko'pincha shu himoya mexanizmidan foydalanadi. Boisi avotokrat ota-onalar farzandlari qiziqishlari,ehtiyojlariga kam ahamiyat qaratishadi, ko'proq bolaga nima yaxshiligini o'zlari belgilab berishmoqchi bo'lishadi.

"Men aytdimmi shunday qilasan", -sababi tushuntirilmaydi, "hech kim sendan fikringni so'ramadi, etganimni qil" - bolaning tushunilishga bo'lgan ehtiyoji qondirilmaydi.

Yana shunaqa turdagi ota-onalar borki, ular hissiy infantil bo'lishadi. Xavotir, jahl kabi murakkab emotsiyalarni tuyayotganda ularni konstruktiv ifodalashni bilishmaydi. Masalan, o'zlaridagi irratsional xavotir sabab bolani ko'p narsadan cheklashlari yoki farzandlari qayg'u holatdaligida uni qanaqa yupatishni bilmasliklari mumkin. Og'ir holatdalarda qo'llab-quvvatlanmagan bolalarda ham avtoagressiya tez-tez kuzatilishi mumkin.
Sababi
shaxs ehtiyojlari inkor qilinib, noroziligini ochiq ifodalash imkoni bo'lmagan vaziyatda bositirilgan jahl/ norozilik hislari bolaning o'ziga qarab yo'naladi.

Oilada er-hotin orasida turli nizoli vaziyatlarning surunkali bo'lib tursa ham ko'pchilik bolalar mana shu himoya mexanizmni qo'llashni boshlaydi. Sababi kichik yoshdagi bolalar otasini ham, onasini ham qattiq yaxshi ko'radi. Ongi ikki tomonni ham ayblashni istamaydi. Lekin bostirilgan emotsiyalar bolaning o'ziga yo'naladi. Nizolarga o'zini aybdordek hisoblashni boshlaydi mana shu aybdorlik hisidan qutulish uchun psixika o'ziga xos usulni (himoya mexanizmini) tanlaydi.

Shuning uchun ham kichik yoshdagi bolalar ruhiyatida qandaydir muammo yuzaga kelganda, oilaviy terapiya olish tavsiya etiladi.

Bola bilan psixoterapevt qancha ishlamasin, ota-onasi farzandi ruhiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan destruktiv munosabatni ko'rsatishda davom etsa, bu qor yog'ayotgan joyda qor kurashga o'xshab samarasiz bo'lishi mumkin.

Siz bolalarda o'ziga zarar berishga qaratilgan qanday xatti-harakatlarni kuzatgansiz?

@farzandruhiyati

🌼🌈BAQIRMAYDIGAN ONALAR🌈🌼

18 Oct, 17:56


Bola uchun onasi eng aziz inson. Eng yomon xulqli ayolning bolasi ham onasini yaxshi ko‘radi. Ona farzandning butun bir dunyosidir. Agarki, kimdir uning onasiga tosh otsa, bu tosh bolaning yuragiga tegadi. Oiladagi munosabatlarda onaning kamsitilishi bolalar ruhiyatida salbiy iz qoldiradi. Bir dugonam bu haqida bolaligida onasi ishga ketar, u esa buvisi bilan qolishini, buvisi uni juda yaxshi ko‘rganini, ammo har doim onasini yomonlagani haqida ayta turib: " Kichkina bo‘lsam-da, qalbim og‘rirdi. Yillar o‘tsa-da, bu narsalar butun hayotimda o‘z izini qoldirdi. Kelin bo‘lganimda xuddi mana shunday qaynona- kelin munosabati menda takrorlandi".
Bugun ozginagina tilimizga e‘tiborsizligimiz bolalarning butun hayotini ostin-ustun qilishi mumkin. Bolalarning dunyosi onalar ekan, ularning dunyosiga daxl qilmaylik. Tarozining bir pallasida bir go‘dakning taqdiri, jon-u jahoni turar ekan, bu uning onasini hurmat qilishga arziydi.
https://t.me/bolajontwins

🌼🌈BAQIRMAYDIGAN ONALAR🌈🌼

17 Oct, 16:26


Bugun bir darsimizda, bolalarni telefonda ko'p vaqt o'tkazishining zararlari haqida suhbat bo'ldi.
Oxirida esa, telefonga uni siz o'rgatdingiz, tan oling, bahona topmang, qulayiga qochmang dedi.
Siz bolangizni yonida telefon kovlaganingiz uchun, ber deganda berganingiz uchun, yig'laganda ovozini o'chirishini xohlaganingiz uchun, uy ishlarini qilib olishingiz uchun, uxlab olishingiz, dugonangiz bilan bemalol suhbatlashishingiz uchun qo'llariga tutqazdingiz uni.

Bolam telefondan bo'shamaydi, deb bizga uni hunuk ko'rsatolmaysiz, nuqson sizda, biz buni ko'rib, bilib turibmiz.
Islohingiz qo'llaringizda...

Odam uyalib ketdi...
Ummu Zaynab

🌼🌈BAQIRMAYDIGAN ONALAR🌈🌼

17 Oct, 16:25


Mukammal emas, marhamatli bolalar yetishtiring.
Chumoliga ham ozor bermagan, daraxt shoklarini sindirmagan, gullarni uzib otmagan, hayotga va atrofdagilarga faqat mehr ulasha oladigan bolalar.
Ularni marhamatli bo'lishga majburlamang, shunchaki marhamat ko'rsating.
Majburlikdan qilingan amal, o'sha vaqtda ish berishi mumkin, lekin uning umri uzoq bo'lmaydi.

Ummu Zaynab

🌼🌈BAQIRMAYDIGAN ONALAR🌈🌼

16 Oct, 16:41


Farzandlarimizni bizdan eshitishni xohlaydigan jumlalari:

Seni yaxshi ko'raman !

Uyquga yotqizganingizda, maktabga kuzatganingizda, ko'chadan kutib olganingizda ham buni ularga ayting.
Sevilayotganlarini his qilish, ularni baxtli va hotirjam qiladi.

Bu ishni eplay olishinga ishonaman, sen uddalaysan !

Farzandlaringizni o'ziga ishongan, qat'iyatli inson sifatida yetishtirishni xohlasangiz, ularni har doim qo'llab quvvatlang, faqat amalda emas, so'zlaringiz bilan ham.

Uzr so'rayman !

Xato qilganingizda farzandlaringizdan uzr so'rashdan uyalmang, uni ham muhim inson sifatida ko'rib, unga xurmatingizni ko'rsating.
Xurmat faqatgina kattalarga nisbatan qilinadi, deb o'ylamasligi uchun ham uzr so'rang.
Unga yumshoqko'ngillikni, kattayu kichikni xurmat qilishnin aynan shu yo'l bilan oson o'rgatasiz.

Seni kechirdim !

Bolalar har doim ham sokin va odobli bo'lishmaydi, ularning sho'xliklarini urushib, baqirib emas, chiroyli tushuntirib kamaytirish mumkin.
Qaysidir ona farzandini jazolab tarbiyalaydi, qaysi biri nasihat qilib, lekin kun so'ngida ularning o'sha ishlarini kechirganingizni, ularga ayting.
Ular buni kutishadi va bu orqali sizdan kechirimlilikni o'rganishadi.

Sen bilan faxrlanaman !

Bolalar har qilgan ishlarida, ota-onadan bir izoh kutishadi, u xoh yaxshi, xoh yomon bo'lsin.
Ularning asosiy maqsadi e'tiborga va maqtovga erishish.
Ota-onasining o'zi bilan g'ururlanishini bilish, ularning og'zidan buni eshitish, ularga katta kuch va ishonch beradi.

Sen borliging uchun biz juda baxtlimiz.
Sen aytib bergan narsalar biz uchun juda qiziq.
Bugun sendan mana shu narsani o'rgandim.
Ajoyib narsalar yasab kelibsan.
Sen bilan suhbatlashish biram maroqli.
Mayli hammayam xato qiladi, kelasi safar ehtiyotkor bo'lasan.

Shu kabi jumalalarni farzandlaringizga tez-tez ayting, natijasi sizni uzoq kuttirmaydi.

Ummu Zaynab

🌼🌈BAQIRMAYDIGAN ONALAR🌈🌼

16 Oct, 16:37


Dunyoda yomon ona bo'lmaydi, tajribasiz onalar bo'ladi.
Agar onalarni yaxshi va yomon deb ajratish kerak bo'lganida edi, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan ushbu hadis vorid bo'lmasdi:

"Bir kishi Payg‘ambarimiz Muhammad sollollohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: "Ey Allohning Rosuli, odamlar ichida yaxshilik qilishimga kim haqliroq ?" deb so‘radi.
U zot: "Onang", dedilar.
U kishi: "So‘ngra kim ?" dedi.
U zot: "Onang", dedilar.
U kishi: "Keyinchi ?" dedi.
Payg‘ambarimiz alayhissalom: "Onang", dedilar va nihoyat to‘rtinchi marta so‘raganida, "Otang", dedilar"

Senga yaxshilik qilgan, urmagan, doim quchoqlagan, eshitgan, tushungan insonga demayaptilar.
Har xatolari, har yanglishlari bilan bo'lsa ham onanga deyaptilar.
Shunday ekan, farzandimga yaxshi ona bo'lolmayapman, deb kuyinmang.
Siz u uchun eng yaxshi tanlovsizki, Alloh uni onasi qilib aynan sizni tanladi.
Siz o'zingiz farzandingizga qilgan yaxshiligingizni unutgandirsiz, lekin Alloh unutmaydi.

Shuning uchun ham Jannat, aynan siz onalar oyog'i ostida...

Ummu Zaynab

🌼🌈BAQIRMAYDIGAN ONALAR🌈🌼

16 Oct, 16:32


Onalar farzandini 9 oy qornida ko'taradi, tug'ilganida esa qo'llaridan qo'ymaydi.
Yillar o'tadi, oilada boshqa farzandlar tug'iladi, o'zimiz bilmagan holda katta farzandlarni quchog'imizdan uzoqlashtiramiz.
Kichiklarini erkalagandek, ularni quchoqlab o'pgandek, o'pmaymiz to'ng'ichlarni.
Lekin so'rasangiz, bolalarim 80 ga kirsa ham men uchun bola, deb qo'yamiz.

Biz uchun nabirali bo'lganida ham bola bo'lishsa, nega bolaga qilgan muoamalani qilmaymiz ?

Ular buni kutishadi, men ham, siz ham kutgansiz, hamma kutadi.
Inson ko'ngli qarimaydi, uni mehrga to'ldiradigan, faqat yaxshi niyatlar bilan nafas oladigan, yaxshilik qilish uchun rag'batlantiradigan narsa, ona quchog'idir.

Ummu Zaynab

🌼🌈BAQIRMAYDIGAN ONALAR🌈🌼

13 Oct, 17:47


Duoda o‘zini unutsa ham oilasini va farzandlarini unutmaydigan faqat ona emas, ota hamdir.

#ota

@GiyosiddinYusuf