Canada visa service @canadavisaserviceali Channel on Telegram

Canada visa service

@canadavisaserviceali


Canada visa service (English)

Are you looking to travel to Canada but unsure about the visa application process? Look no further than the 'Canada visa service' Telegram channel! As the username suggests, @canadavisaserviceali is dedicated to providing top-notch visa services for those wishing to visit Canada. Whether you are planning a vacation, studying abroad, or even considering immigration, this channel has got you covered. Who is it? - @canadavisaserviceali is a reliable source for individuals seeking assistance with their Canada visa application. The channel is managed by experienced professionals who are well-versed in the intricacies of the Canadian visa system. They are dedicated to helping you navigate through the process smoothly and efficiently. What is it? - The 'Canada visa service' Telegram channel offers a range of services including visa consultation, document preparation, application submission, and updates on the latest visa requirements. By joining this channel, you can stay informed about any changes in the visa application process, ensuring that you are well-prepared for your trip to Canada. With @canadavisaserviceali, you can rest assured that your visa application is in safe hands. Don't let the visa process be a barrier to your travel plans - let the experts at 'Canada visa service' guide you every step of the way. Join the channel today and start your journey towards exploring the beautiful land of Canada hassle-free!

Canada visa service

30 Oct, 21:41


Canada visa service pinned «To'lov 💵 uchun quyidagi bank kartasiga belgilangan summani 📲 o'tkazib, uni skrinshot qilib yuboring. Siz bilan tez orada bog'lanib 👨‍💻 keyingi qadamlar to'g'risida ma'lum qilinadi. Karta raqam: 9860 0201 2067 0151 Durdona Abdujalilova nomida (Humo)O’z…»

Canada visa service

17 Feb, 20:29


Men grant yutish masalasi bilan afsuski shug'ullanmayman. Lekin grantlar bo'yicha kanalimda tez-tez ma'lumot berishga harakat qilaman. Kontrakt asosida o'qishga kirish va Kanada vizasini olishga huquqiy yordam ko'rsata olaman.

Grant olish masalasida o'zingiz izlanib harakat qilib, o'qishga kira olsangiz ham eng qiyin masala viza olish hisoblanadi. Aynan viza olishda men professional ko'mak ko'rsata olaman.

Mana bu saytlarda Kanada uchun turli grantlar ro'yxatini topish mumkin:

https://www.wemakescholars.com/scholarships-for-uzbeks-students-to-study-in-canada

https://www.educanada.ca/scholarships-bourses/non_can/index.aspx?lang=eng

https://centralasiaprogram.org/canadian-government-scholarships-students-azerbaijan-uzbekistan-turkmenistan-kazakhstan/

https://www.scholarshipportal.com/scholarships/canada

https://www.scholarshipsads.com/search/scholarships-for-uzbekistan-students-in-canada-degree-graduate/

https://www.international.gc.ca/world-monde/funding-financement/cfli-fcil/2023/uzbekistan-ouzbekistan.aspx?lang=eng

https://workstudyvisa.com/study-canada-uzbekistan/

https://www.scholarshipscanada.com/Scholarships/ScholarshipSearch.aspx?type=ScholarshipName&s=&Heritage=Aboriginal,First%20Nation,Indigenous,Inuit,M%C3%A9tis

Canada visa service

17 Dec, 07:50


https://telegra.ph/Bir-kunda-11-ta-Kanada-vizasi-Bunaqasi-hali-bolmagan-edi-12-13

Canada visa service

20 Nov, 22:07


Canada visa service pinned «Kanadaga ishchi viza bilan borish tartibi: Kanadaga ishchi viza olish uchun avvalo Kanada ish beruvchisidan job offer (ish taklifi) olish zarur. Uning uchun esa dastlab bo'sh ish o'rinlariga Rezyume (ishchi haqida muhim ma'lumotlar) va Cover letter (nomzod…»

Canada visa service

20 Nov, 21:41


Kanadaga ketish uchun ishni nimadan boshlash kerak.
1-qadam qanday bo'ladi?

Batafsil quyidagi maqolada o'qing 👇

https://telegra.ph/Oz-kuchingiz-va-harakatingiz-bilan-hech-qanday-ortiqcha-xarajatlarsiz-Kanadaga-ketish-mumkinligini-bilasizmi-Unda-mazkur-maqolan-11-20

Canada visa service

20 Nov, 21:41


Nega Kanadaga immigratsiya qilish qiyin bo’lib bormoqda. Xo’sh, unda qanday qilib borish kerak? Oilam bilan kelajakda mazkur davlatda yangi hayot boshlay olamanmi degan savollarga javob topishga harakat qilamiz.

“Kanada orzusi”
ko’pchilikni o’ylantiradigan, ba’zan yurakka olov solib tinchlik bermaydigan bir tuyg’uga o’xshaydi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda Kanadaning chiroyli tabiat manzarasiga yoki qaysidir tanishingiz, o’zbek yurtdoshingizning okean ortidagi sarguzashtga to’lib toshgan hayotiga ko’zingiz tushib qolganida ichingizda yana ushbu davlatga qanday qilib bo’lmasin ketish olovi yona boshlaydi.

Aytmoqchi emasman, Kanada jannatmakon mamlakat deb. Unda ham o’ziga yarasha kamchiliklar yetarli, pul daryoday oqib yotmaydi va bu yerda hayot faqatgina sayohatdan iborat bo’lmaydi. Hayot uchun kurashish, oldinga harakat qilish, mehnat qilish va albatta ba’zi narsalarni farovon kelajak uchun qurbon qilishga ham to’g’ri keladi. Lekin baribir, shaxsan men uchun ushbu davlat farzandlar kelajagi uchun ideal bo’lmasada, juda munosib makon hisoblanadi. Qaniydi iloji bo’lsa edi, shu maqolani o’qiyotganlarning ko’pchiligi Kanadaga oilaviy ko’chib ketish taklifini jon deb qabul qilgan bo’lishar edi. Ammo, bu oson emas, lekin ilojsiz ham emas.

Express Entry dasturi yildan yilga qiyinlashib bormoqda. Birdaniga doimiy immigratsiya qilib ketish uchun ball ko’tarilib ketgan. Oxirgi tanlovlarga qarasangiz umumiy kategoriyada 500 balldan pastga tushmayapti o’tish bali. Uni to’plash esa deyarli imkonsiz. Bilasizmi qanday inson 500 ball to’play oladi: kamida 8.0 IELTS sertifikati, kamida magistratura yoki PhD (doktorantura)ga ega bo’lsa, yoshi 30 dan oshmagan, kamiga Kanada ish beruvchisidan job offer olgan, fransuz tilini ham uncha muncha biladigan yuqoridagi barcha xususiyatlarni o’zida jamlagan “ideal” nomzodgina bunday ballni olishi mumkin umumiy tanlovda.

Xo’sh endi o’ylab ko’ringchi, siz shunday nomzodmisiz? Katta ehtimol bilan unday emassiz. Lekin bu degani imkon umuman yo’q degani ham emas.

Endi tasavvur qiling, doimiy yashovchi maqomini olish uchun Kanada hududida o’qishni tugatgan va ishlab yurganlar ham ana shu 500 balllik tanlovlarda siz bilan tengma teng qatnashadilar. Xo’sh kimda imkoniyat ko’proq? Kanada diplomi va ish tajribasiga ega bo’lganlardami yoki qandaydir mo’jizaga ishonib, IELTS ni ko’tarishim kerak ekan va 2-3 yil kutsam ketar ekanman deb xomhayolga ishonib yurganlardami?

Uyg’onish kerak, xomhayollarga ergashib osmonlarga uchmasdan boshqa yo’llarni harakatini qilaverish kerak umrni o’tkazmasdan, agarda sizda okean ortiga ketishga haqiqatda qattiq xohish bo’lsa.

Shaxsiy tavsiyalarim:
1-yo’l: Sohalar kategoriyasi bo’yicha bo’ladigan tanlovlarga ilinib qolish uchun o’z imkoniyatingizni mana bu havoladan chamalab ko’ring ballni hisoblab. https://ircc.canada.ca/english/immigrate/skilled/crs-tool.asp
IT, injenerlik, tibbiyot, transport, qo’l mehnati hunari egasi, qishloq xo’jaligi sohalarida kamida magistr diploma borlar kamida 6.5 IELTS ga harakat qilishsin.

2-yo’l: Fransuz tilini yaxshilab o’rganing. B2 darajani oling kamida. Yaqin kelajakda fransuz tilini yaxshi biladiganlar Kanadaga kerak bo’ladi.

3-yo’l: Biror bir provinsiya qiziqish doirasiga tushish uchun ham o’sha provinsiyadan job offer olishga harakat qiling.

4-yo’l: Student bo’lib borish, oilani chaqirib olish va qolib ketish yo’llarini ham sekin o’ylab ko’ravering. O’zingizga bog’liq bo’lgan yagona amalda ishlaydigan yo’l shu bo’lib turibdi hozircha.

Mana bu havolaga kirib “otsenka shansov”ni mutlaqo bepul qilib oling o’zingiz uchun. (https://immigrant.today/chances.php)

Barchaga omad!
Yanada foydali maqolalarni yozib borishga harakat qilaman nasib qilsa!

Kanalga ulanishga havola 👉https://t.me/CanadAli

Canada visa service

20 Nov, 21:41


Kanada doimiy yashovchisi maqomini olish uchun yana bir yangi dastur ishga tushirilmoqda. Bu safar qurilish sohasi mutaxassislari uchun yangi imkoniyat beriladi.

Nova Scotia provinsiyasi
qurilish sohasi mutaxassislari uchun yangi dasturni amalga kiritdi. Maqolani original ingliz tilida o’qimoqchi bo’lsangiz quyida rasmiy manbani qoldiraman.

Yangi Shotlandiya deb ataladigan mazkur hududda ishchi kuchi tanqisligi bo'lgan 21 ta turdagi qurilish kasblaridan birida tajriba to’plagan nomzodlarga doimiy rezidentlikni taklif qilishning yangi tizimi nazarda tutilmoqda.

Ushbu yangi dastur "Critical Construction Worker Pilot" deb nomlanadi va Kanadaga immigratsiyaga qilmoqchi bo’lganlar uchun Atlantika okeani atrofida doimiy yashash imkoniyatlarini qidirayotganlar uchun yaxshi tanlovdir.

Mazkur dasturda quyidagi kasb egalariga imkoniyat berilmoqda:
1. 70010 – Qurilish menejerlari
2. 70011 – Uy qurish va ta’mirlash bo‘yicha menejerlar
3. 72011 – Pudratchilar va nazoratchilar, elektrotexnika va telekommunikatsiya kasblari
4. 72014 – Pudratchilar va nazoratchilar, boshqa qurilish ishlari, montajchilar, ta’mirchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar
5. 72020 – Pudratchilar va nazoratchilar, mexanik hunarmandlar
6. 72106 - Payvandchilar va tegishli mashina operatorlari
7. 72200 – Elektrchilar (sanoat va energetika tizimidan tashqari)
8. 72201 – Sanoat elektromontyorlari
9. 72310 – Duradgorlar
10. 72320 – G‘isht teruvchilar
11. 72401 – Og‘ir yuk mashinalari mexanikasi
12. 72402 – Isitish, sovutish va havoni tozalash mexanikasi
13. 72500 – Kran operatorlari
14. 73100 - Beton pardozlash moslamalari
15. 73102 - Plastik, gipsokarton o'rnatuvchilar va pardozlovchilar
16. 73110 - Tom yopuvchilar
17. 73200 - Uy-joy va tijorat binolarini o'rnatuvchilar va xizmat ko'rsatuvchilar
18. 73400 – Og‘ir texnika operatorlari
19. 75101 – Materiallarga ishlov beruvchilar
20. 75110 – Qurilish hunarmandlari yordamchi va ishchilar
21. 75119 - Boshqa hunarmandlar yordamchilari va ishchilari

Yangi dastur faqat yuqorida sanab o'tilgan 21 ta qurilish kasblaridan birida Nova Scotia provinsiyasida ish beruvchidan doimiy ish taklifiga ega bo'lgan shaxslar uchun mo'ljallangan. Xo'sh, unda ish taklifini qanday olish kerak? Mana bu maqolada batafsil ma'lumot berganman. 👉https://t.me/CanadAli/211

Ariza beruvchi ish taklifidan tashqari quyida sanab o'tilgan talablarga javob berishi kerak:
21 yoshdan 55 yoshgacha bo'lishi.
1 yillik ish tajribasi
o'rta ma'lumot diplomi (yoki unga tenglashtirilgan) YOKI qurilishga oid sanoat ta'lim dasturini tamomlaganligi haqidagi hujjatga ega bo'lish.
• Tillarni bilish (ingliz yoki fransuz) IELTS 4.5-5.0 atrofida.

Qanday murojaat qilish kerak?
Dasturga ariza berishdan oldin, to'liq ariza qo'llanmasini ko'rib chiqishni tavsiya qilamiz. Agar talablarga munosib bo'lsangiz, onlayn platformada profil yaratish orqali onlayn ariza topshirishingiz mumkin.

Qurilish sohasida tajribaga ega bo'lganlar va Kanadaga ketish istagida yurganlarga mazkur postni yuborib qo'yishni unutmang. Kanadaga harakat qilib ko'rishsin. Balki nasibasi Kanadada bo'lishi mumkin.

Kanalga ulanishga havola 👉https://t.me/CanadAli

Canada visa service

20 Nov, 21:41


Kanada vizasini olishda bunday qo'pol xatoga yo'l qo'ymang.

Menga ko'pchilik insonlar yozadi Kanada vizasi bo'yicha. Vizaga qaysidir firma orqali yoki mustaqil ariza topshirganlar ham. Ba'zan viza olganlar xursand bo'lib, kelgusida Kanada hayotiga moslashib ketishda maslahat so'rab yozishsa, ba'zida vizaga topshirib "otkaz" olganlar, ya'ni viza ololmaganlardan ham murojaatlar kelib turadi. Biz keyin birgalikda "otkaz"ni to'g'rilab, qayta topshirish chorasini ko'rishda yordam beramiz.

Mana bu xat Kanada vizasi rad etilganda yuboriladigan xat bo'lib, yaqindagina bir yurtdoshimizga kelgan ekan. Shaxsini oshkor qilmayman. Maslahat so'rab yozib qoldi. Anketa to'ldirganda avval boshqa davlatdan "otkaz" olganini berkitmoqchi bo'lgan. Biroq, viza ofitseri buni osongina tekshirib ko'ra oladi bazadan. Ayniqsa AQSH, Angliya va Avstraliya bilan Kanada o'zaro hamkorlik qiladi va bir-biri bilan osongina ma'lumot almashadi.

Xatda aytilishicha, nomzod avval AQSH ga vizadan "otkaz" olganini arizasida ko'rsatmagan va faqatgina shu asos bilan arizasi rad etilgan. Tavsiya: siz bunday xatoga yo'l qo'ymang, xulosa chiqaring. Avval boshqa davlatga viza olishda arizangiz rad etilgan bo'lsa bu haqda ochiqchasiga yozing, asoslab bering. Shunda yolg'on ishlatmasdan tan olganingiz hurmat qilinadi viza ofitseri tomonidan. AQSH ga bir necha marotaba "otkaz" olgan lekin oxir-oqibat Kanadaga viza olganlar soni yetarlicha.

Mazkur postni AQSH dan "otkaz" olib, tushkunlikka tushib yurganlarga yuborib qo'yishni unutmang. Kanadaga harakat qilib ko'rishsin. Balki nasibasi Kanadada bo'lishi mumkin. Kanalga ulanishga havola 👉https://t.me/CanadAli

Canada visa service

20 Nov, 21:41


Kanadaga kelishning nisbatan "osonroq" yo'llaridan biri bu o'qishga kelishmi? Yoxud nega biz o'zbeklar Kanadada ko'pchilik emasmiz?

Xabaringiz bor, oxirgi yillarda Kanadaga kelayotgan o'zbek studentlari soni oshmoqda. Sababi, ko'pchilik anglab yetdiki, xuddi hindlarga o'xshab Kanadaga qanday qilib bo'lmasin kirib olishning amalda ishlaydigan usuli bu ta'lim olish maqsadida viza olib kelish va turli yo'llar bilan doimiy yashovchi bo'lib qolib ketish ommalashib bormoqda.

To'g'ri, bu ham bir qarashda osonday tuyulsada, o'ziga yarasha qiyinchiliklari mavjud albatta. Masalan tilni bilish sertifikatiga ega bo'lish, kontrakt summasini to'lash, viza uchun bir dunyo hujjatlarni tayyorlash va yaxshi natija bo'lishini umid qilib taqdirga tavakkal qilish. Lekin harakat qilmasdan, faqat hozirgi hayotidan nolib yuraverish ham biror natijaga olib bormaydi.

Yaxshiyamki, mijoz uchun kurashadigan Kanada ta'lim dargohlari mana shunday holatlar uchun yechim berishmoqda. Masalan, ba'zi kollejlar sizni til bilish sertfikatingiz bo'lmasa ham "ovlashadi", asosiy programmaga shartli ravishda qabul qiladi. Avval kelasan, til kursimizni tugatasan va muammo yo'q, asosiy tanlagan yo'nalishingda davom etaverasan qabilida. Narxni ham yuqori belgilamaydi, dastlabki depozit to'lovini 1800-2000 dollar qilib belgilab qo'ygan. Muhimi sizni mijoz sifatida qo'lga kiritsa bas. Mana buni marketing deyishadi. Ko'p hindlar shu yo'l orqali mamlakatga kelib olishgan va ildiz otib ketishgan.

Xo'sh, nega bundan bizni o'zbeklar foydalanib qolishmaydi. Sababi, risk qilishdan qo'rquv, ishonchsizlik bor xalqimizda. Har narsaga shubha bilan qaraydi va natijada "akvarium" ichida ovozi chiqmaydigan kichik baliqcha bo'lib suzib yuraveradi. Hayotda akula bo'lish uchun esa okeanga chiqish kerak. Harholda, bu mening shaxsiy fikrim. Kimgadir "surish kerak" degan aqidani targ'ib qilmoqchi emasman. Shunchaki, dunyoni ko'rmoqchi bo'lsangiz, o'z qobig'ingizga o'ralib qolib ketmaslikni, "komfort zona"dan chiqishga urinib ko'rishni o'ylab ko'rishni tavsiya qilmoqdaman xolos.

Ha aytgancha, sizga ham yuqorida men tilga olgan kollej dasturlari kerak bo'lsa kimga murojaat qilishni bilasiz 😎

Kanadaga student viza orqali kirib olishda maslahat va huquqiy yordam uchun kanalga ulanishga havola 👉https://t.me/CanadAli

Canada visa service

20 Nov, 21:41


54 yoshda Kanadaga kelgan inson meni hayratga soldi?

Odamlar 50 yoshdan oshgan bo’lsa ham o’z hayotini o’zgartirishga harakat qilmoqda? Sizchi, 30 dan oshganman, menga endi kech deb o’zingizni ishontirishga, endi qo’limdan hech narsa kelmasa kerak deb nuqul negativ fikrlashdan to’yib ketmadingizmi? Har kuni ijtimoiy tarmoqlarda xorijdagi hayotini ko’z-ko’z qilayotgan tanishlaringizni kuzatib turib, naxot men ham shunday qila olmasam deb o’ylab yurgandirsiz.

Mana bu men qisqagina intervyu olgan Meksikalik “amaki” (dadam tengi ekan) yoshi 54 yoshda bo’lsa ham o’zi va farzandlari kelajagi uchun Kanadaga kelib olish yo’llarini qidirib, o’qish orqali kelishni ilojini qilibdi. Hozirda biz bilan Yukon universitetida bir yillik kursda tahsil olmoqda. Maqsadlari katta. Oilasini ham tez orada olib kelish rejasini tuzib yuribdi. O’qishni tugatib, ishlab qolib ketmoqchi hamma qatori.

O’z davlatida Xalqaro savdo yo’nalishida PhD darajasiga ega, universitetlarda dars bergan, qolaversa biznes konsultant bo’lib ishlagan bo'lsada, bu odam hayotini yarim asrini yashab qo’yganiga qaramay, hammasini boshqatdan “nol”dan boshlashga qaror qilgan.

Videoni ko’ring, xulosa qilish o’zingizdan. Hech qachon kech emas, hechdan ko’ra kech yaxshi. Mazkur postni yoshim o’tib qolgan shekilli deb bahona qilib yurgan yoki Kanadaga ketmoqchi bo’lib yurganlar motivatsiyasini oshirish uchun tanishlarga yuborib qo’yishni unutmang.

Kanalga ulanish uchun 👉https://t.me/CanadAli

Canada visa service

20 Nov, 21:41


Juda yaxshi imkoniyat: Kanadaga ishga ketmoqchi bo'lganlar uchun.

Kanadaning unchalik rivojlanmagan provinsiyalaridan biri bo'lgan "Newfoundland va Labrador" viloyatida Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun onlayn virtual ish topish yarmarkasi bo'lib o'tishi kutilmoqda. 2023-yilning 16-noyabr sanasida mazkur yarmarkada o'z rezyumengiz bilan qatnashib, omadingizni sinab ko'rishni tavsiya qilaman. Postning quyi qismida rasmiy saytga havola qoldiraman. Ulanib, ro'yxatdan o'tib, yarmarkada ishtirok eting albatta.

Hech nimaga ishonmaydigan, doim har narsaga shubha bilan qaraydiganlar hayotda hech qachon hech narsaga erishmaydi. Har bir kichik imkoniyatdan foydalanib qolishga intiladiganlarga esa oxir oqibat omad kulib boqadi.

Yarmarka davomida:

1) Sohangiz bo'yicha ishchi izlayotgan ish beruvchilarga to'g'ridan-to'g'ri bog'lanish huquqiga ega bo'lasiz.

2) Rezyumengizni ish beruvchilar to'g'ridan-to'g'ri ko'rib chiqa olishadi.

3) Immigratsiya bo'yicha jonli muloqotda ishtirok etish va bevosita Immigratsiya xizmati xodimlariga savollar berish imkoniyati mavjud bo'ladi.

4) "Newfoundland va Labrador" provinsiyasiga ko'chib o'tish bosqichlari haqida bilib olasiz.

5) "Newfoundland va Labrador"da yashash qanday ekanligini bilib olasi: yashash narxi, turmush tarzi, ish joylari, maoshlar, aholi soni va boshqalar!

Ha aytgancha, Kanada formatidagi sifatli rezyume tayyorlash bo'yicha kaminaga murojaat qilishingiz ham mumkin. Shaxsiy akkauntim: 👉 https://t.me/Mr_Ali_Canada

Yarmarka bo'lib o'tadigan manzil: 👇
https://newfoundlandandlabradorcanada3.vfairs.ca/

Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.me/CanadAli

Canada visa service

20 Nov, 21:41


Kanadaga student bo’lib borganlar o’z xarajatlarini o’zlari qoplay olishadimi?

Kanadaga kelishning eng keng tarqalgan usullaridan biri bu talaba vizasi orqali mamlakatga kirib olish hisoblanadi. Bu esa yaxshigina xarajatlarni o’z ichiga olgan jarayondir.

Kanada hududida o’qish to’lovlarini, bundan tashqari yashash uchun sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun talaba sifatida kelganlar odatda o’qishdan bo’sh vaqtlarida ishlashga harakat qilishadi. Ham o’qib ham ishlash uchun esa yaxshigina ter to’kishga to’g’ri keladi.

Qonun bo’yicha haftasiga 20 soatgacha ishlashga ruxsat berilgan bo’lsada, ko’plab talabalar mazkur cheklovni turli yo’llar bilan aylanib o’tib, yanada ko’proq ish soatlarida ishlash imkoniyatlarini qidiradilar. Masalan og’zaki kelishuv bo’yicha naqd pulga ishlash, masofadan turib onlayn ishlash yoki o’qiydigan joyida qonunan to’liq cheklovsiz ishlash usullari mavud.

Bundan tashqari, agar imkoni bo’lsa dars soatlarini kechki yoki dam olish kunlariga to’g’rilab olish zarur. Agarda talaba turmush o’rtog’i bilan Kanadaga keladigan bo’lsa, u holda ikki kishi bo’lib ishlab yoki er-xotinlardan biri o’qib, ikkinchisi to’liq ish soatlarida ishlagan taqdirda xarajatlarni qoplash birmuncha osonroq bo’lishi mumkin.

Nima bo’lgan taqdirda ham o’qish davrida turli moliyaviy qiyinchiliklarga tayyor bo’lish va hayot uchun kurashishga to’g’ri kelishi tabiiy hol. 1-2 yil davomida tinimsiz ham ishlab ham o’qib, kerak bo’lsa ba’zida dam olish kunlaridan ham voz kechib faqat oldinga harakat qilgan musofir talabalar o’qishini amallab tugatib olsalar, qolgani oson ketadi. Unutmang, sizdan oldin Kanadaga kelganlar buni amalda uddalashgan va muvaffaqiyatga erishganlar, demak qattiq harakat qilsangiz siz ham buni eplay olasiz.

Kanadaga o’qishga ketmoqchi bo’lib yurganlarga mazkur postni yuborib qo’yishni unutmang.

Kanalga ulanish uchun 👉https://t.me/CanadAli

Canada visa service

20 Nov, 21:41


Kanadaga ishga yoki o’qishga bormoqchi bo’lgan nomzod o’z oilasini, ya’ni turmush o’rtog’i va farzandlarini ham olib ketsa bo’ladimi?

Kanada immigratsiya siyosati oilaviy rishtalarning mustahkam bo’lishini qo’llab-quvvatlaydi va oila a’zolarining bir-biridan ajralgan holda uzoqda yashashiga salbiy qaraydi.

Kanadaga doimiy yashovchi statusini qo’lga kiritib oilaviy ketish masalasi o’z-o’zidan tushunarli. Biroq, vaqtinchalik viza turlari hisoblanadigan ishchi va student vizasi orqali ham oila a’zolarini ushbu davlatga olib ketish imkoni mavjud. Har ikkala holatda ham bir qator qonuniy talablarni bajarish va ma’lum tartib-qoidalarni bosib o’tish zarur bo’ladi.

Kanada ish beruvchisidan rasmiy ish taklifini olgan nomzod ishchi viza uchun hujjat topshirish jarayonida o’z arizasiga oila a’zolarini ham qo’shish huquqi mavjud. Farzandlar yoshi 22 yoshgacha va undan kichik bo’lishi, shuningdek farzandlar turmush qurmagan bo’lishlari shart. Mana shunday holatda asosiy nomzodning turmush o’rtog’iga istalgan joyda ishlash huquqini beruvchi ochiq ishchi vizasi, farzandlarga esa ta’lim olish uchun ruxsatnoma beriladi.

Talaba vizasiga hujjat topshirganda esa, ariza berish jarayonida asosiy nomzod student viza uchun, turmush o’rtog’i esa ochiq ishchi vizasi uchun birgalikda hujjat topshirishi yoki avval asosiy nomzod student vizani olib, Kanada hududiga kirganidan so’ng turmush o’rtog’iga ishchi vizani so’rash huquqiga ega. Arizani alohida topshirgan holatda asosiy viza egasi Kanada hududida o’qib turib, turmush o’rtog’i va farzandlariga viza chiqish jarayonini biroz vaqt kutishiga to’g’ri keladi.

Xulosa qilib aytganda, Kanada hukumati immigrantlarning bir oila sifatida jamiyat rivojiga ijobiy hissa qo’shishi mumkinligini yaxshi anglaydi.

Kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

Canada visa service

20 Nov, 21:41


https://telegra.ph/Kanadaga-turist-viza-bilan-kelib-uni-ishchi-vizaga-almashtirib-olsa-boladimi-08-01

Canada visa service

20 Nov, 21:41


Kanadaga turist vizasi bilan borib, qolib ketsa bo’ladimi?

Qisqa javob: Albatta mumkin!

Kanadaga turistik viza (visitor visa deb ham ataladi) bilan borib mamlakatda qolib ketish imkoni mavjud. Buning uchun talab qilinadigan yagona talab esa Kanada hududidan ish topish va statusni ishchi vizaga o’zgartirib olish zarur bo’ladi.

Qancha muddatga beriladi?
Mazkur viza pasportning amal qilish muddatigacha beriladi. Ya’ni 10 yilgacha deb tushunsak ham bo’laveradi. Lekin mamlakatga kirganda so’ng ushbu viza bilan maksimum 6 oygacha yashash mumkin, biroq agar viza egasi ish topib o’z huquqiy maqomini o’zgartirib olsa unda muammo yo’q.

Turist vizasini olish uchun talablar:
1) sog’liq holati yaxshi, 2) muqaddam sudlanmagan, 3) vatanga qaytib ketishga viza ofitserni ishontira olish (masalan oila, yaxshi daromadli ishi, mol-mulki va xokazolar) 4) yetarlicha mablag’i borligi (sayyoh sifatida moliyaviy tarafdan o’zini o’zi ta’minlay olishiga asoslar)

Har qanday shaxs mazkur vizani olishga o’zi mustaqil harakat qilib ko’rishi mumkin, lekin xalqimizda “chumchuq so’ysa ham qassob so’ysin” iborasi bor bo’lib, viza olish jarayonlarini mutaxassisga topshirgan ma’qul.

Xarajatlar qancha?
Turist vizaga hujjat topshirish 100 Kanada dollari (o’rtacha 75 AQSH dollariga teng)ni tashkil qiladi. Biometrika, ya'ni barmoq izlari topshirish va rasmga tushish uchun 85 Kanada dollari (o’rtacha 65 AQSH dollariga teng) mablag’ to’lanadi.

Qancha muddatda natijasi chiqadi?
O’zbekistondan turib topshirilganida jarayon anchagina cho’zilishi mumkin, biroq, biror bir rivojlangan davlatdan turib topshirilganda natija ancha erta chiqadi. Aniq bir muddatni aytish qiyin, hammada har xil holat va hujjatlar sifatiga ham qaraladi. Muhimi viza ofitserini ishontira olish hujjatlar bilan. AQSH vizasiga o’xshab suhbatdan o’tilmaydi, jarayon onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish uchun: 👉https://t.me/CanadAli

Shaxsan aloqaga chiqish uchun: 👉@Mr_Ali_Canada

Canada visa service

14 Nov, 07:17


O'zbek yurtdoshlarimizga Kanada davlatidan murojaat!

Hurmatli vatandoshlar!

Kanada hududi juda katta, bepoyon mamlakat. Go'zal tabiat, egallanmagan yerlar, hali to'liq foydalanilmagan resurslar yetarlicha. Xullas imkoniyatlar yurti!

Bu yerga kelib shunga guvoh bo'ldimki, xitoyliklar, hindlar, filippinlar, eroniylar ko'p joylarni egallab olishyapti, bir birini shu o'lkaga tortib kelishmoqda. Bir biriga kelishlariga yordam qilyapti, yo'l yo'riqlarni o'rgatyapti, qaysi yo'l bilan bo'lsa ham (o'qish, turistik, ishchi viza) Kanadaga kirib olib o'rnashib qolmoqda.

Biz o'zbeklar ham mana shu maqsad yo'lida birlashsak yaxshi bo'lardi. Xalqimiz mehnatkash, hech qanday qiyinchiliklardan qochmaydi. Sekin asta o'z mehnati va harakati bilan yo'lini albatta topib ketadi. Kanadada safimiz ko'payib yuqorida tilga olingan millatlardan hech qanday kam joyimiz yo'q ekanligini ko'rsatib qo'yishimiz kerak.

Masalan AQSHda Green card sabab ancha miqdorda o'zbeklar o'rnashib olishdi, har yili ko'payib borishyapti. Kanada esa biroz yopiqroq, hujjatbozlik ishi ko'p mamlakat. Lekin, to'g'ri strategiya tanlab bu davlatga ham kirib kelish imkoni bor. Oilaviy hayot kechirish uchun juda qulay, barchasi inson uchun. To'g'ri, kamchiliklar ham bor, birdaniga go'yoki jannatga tushib qolmaysiz. Lekin boshidagi qiyinchiliklarni yengib o'tib, moslashib o'z yo'lingizni topib ketsangiz, hammasi yaxshi bo'ladi.

Kanadaga kelish bo'yicha yo'l-yo'riq, maslahat zarur bo'lsa bemalol aloqaga chiqishingiz mumkin. Qo'ldan kelgancha yordam berishga tayyormiz.

Kanada haqida barcha haqiqatlar aynan shu kanalda👉@CanadAli

Canada visa service

14 Nov, 07:15


Avvalo shuncha mehnat, vaqt va energiya sarflab turli xil foydali maqolalar Telegram kanalimdan bepul maslahatlar tarzida yozib kelyapman. Ulanib kuzatib boring, o'zingiz hech qanday mablag' sarflamay turib harakat qilishingiz mumkin bemalol. 👉@CanadAli

Bundan tashqari Instagramda bepul foydali videolar qo'yib boryapman. Ularni ham o'rganib chiqing va izlanib harakat qilib ko'ring. 👉 https://instagram.com/kanadalik_uzbek

Shuningdek Youtube platformasida ham batafsil video ko’rinishida Kanadaga kelish yo’llari bo’yicha ma’lumotlar berib boraman. 👉 https://youtube.com/@canadAli?si=3h8o1GNtbNFFNtsf

Lekin, to'g'ri tushuning, men sizga alohida vaqt sarflab individual yordam qilishim uchun avvalo o'zimni rizqimdan voz kechib alohida vaqt sarflashim kerak bo'ladi. Kim o'z zarariga boshqa odamga vaqtini shunchaki zoye ketkazishni xohlaydi? Siz o'zingiz shunday qilarmidingiz?

Chet elda yashash oson emas, har daqiqa xarajatlarga tayyor turish zarur. Hamma ishlarimni tashlab shunchaki yaxshilik yo'lida boshqalarni hojatini tekinga chiqarish bilan mashg'ul bo'lsam tirikchilik masalasi qayerda qoladi.

Kechirib qo'yasiz. Shuncha berayotgan ma'lumotlarim ham kamlik qilsa hammaga insof bersin.

Omad tilayman, harakat qilsangiz siz o'zingiz hech kimni yordamisiz erisha olasiz barcha niyatlaringizga.

Canada visa service

14 Nov, 07:14


To'lov 💵 uchun quyidagi bank kartasiga belgilangan summani 📲 o'tkazib, uni skrinshot qilib yuboring.

Siz bilan tez orada bog'lanib 👨‍💻 keyingi qadamlar to'g'risida ma'lum qilinadi.

Karta raqam:
9860 0201 2067 0151
Durdona Abdujalilova nomida (Humo)O’zsanoatqurilishbank(PSB/SQB bank🇺🇿 (Markaziy bankning bugungi kundagi valyuta kursi bo'yicha)

yoki

4790 9122 5738 4299
(Visa card) Durdona Abdujalilova nomida (Milliy bank/NBU)