UrDPI_yoshlari @urdpi_manaviyat Channel on Telegram

UrDPI_yoshlari

@urdpi_manaviyat


Urganch davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha rasmiy kanali

UrDPI_yoshlari (Uzbek)

O'zbekistonda o'qituvchilik sohasida o'z ishonchiga ega bo'lganlar uchun "UrDPI_yoshlari" kanali, Urganch Davlat Pedagogika Instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha rasmiy kanalidir. Bu kanalda o'qituvchilar va talabalar o'zaro fikrlarini almashish, so'zlashish va yangiliklar bilan tanishishlari mumkin. Kanal orqali, ilmiy maqolalar, ahborotlar, va tadqiqotlar haqida yangiliklar, o'quv-uslubiy materiallar taqdim etiladi. UrDPI Yoshlari kanali orqali, o'qituvchilik sohasida yangiliklar bilan tanishib, professional rivojlanishingiz uchun zarur ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lib, o'zingiz uchun foydali ma'lumotlar olishni unutmang!

UrDPI_yoshlari

10 Jan, 18:15


#Ijara_xonadonlari_nazorati

Urganch davlat pedagogika institut Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari hamda tyutorlar tomonidan talabalarning  ijara xonadonlarida muntazam ravishda o'rganish ishlari olib borilmoqda.

O'rganishlar jarayonlarida talabalarning qish mavsumida isitish tizimlaridan betalofat foydalanishi, yong'in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish borasida tushuntirishlar berib borilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida hozirda 500 nafardan ortiq talabalar institut va unga yaqin hududlarda ijara asosida yashamoqdalar. Ularning yashash sharoiti doimiy ravishda rahbariyat eʼtiborida boʻlib, ijara shartnomasini tuzgan va belgilangan meʼyorlarga javob beradigan talabalarga ijara pulining bir qismi toʻlab berilmoqda.

@UrDPI_MANAVIYAT

UrDPI_yoshlari

10 Jan, 14:10


#vatanparvarlik_tadbiri

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni ” munosabati bilan tadbirlar davom qilmoqda.

Bugun Aniq va amaliy fanlar fakulteti talabalari Urganch shahrida joylashgan “Jasorat bogʻi”ga tashrif buyurdilar.

Ushbu sayohatdan koʻzlangan maqsad yoshlar ongida vatanparvarlik va insoniylik hislarini yanada kuchaytirish iborat.

Sayohat davomida talaba bogʻdagi harbiy texnikalar va oʻqotar qurollar bilan yaqindan tanishdilar.

@UrDPI_MANAVIYAT

UrDPI_yoshlari

10 Jan, 14:04


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев қисқа муддатли меҳнат таътилини якунлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев завершил свой краткосрочный трудовой отпуск.

Facebook|Instagram|X

UrDPI_yoshlari

10 Jan, 11:24


#vatanparvarlik_tadbiri

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya va tarix fakulteti talaba-yoshlari Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseyiga ekskursiya uyushtirdilar.

Ekskursiya davomida talabalar Qurolli kuchlar harbiy salohiyatini aks ettiruvchi eksponatlar, turli ko'rgazmalarni tamosha qildilar.

Ekskursiya mazmunli va taassurotlarga boy bo'ldi.

@UrDPI_MANAVIYAT

UrDPI_yoshlari

02 Jan, 17:13


#onlayn_olimpiada

Ta'til davridagi talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi tomonidan "Siz Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani bilasizmi?" mavzusida onlayn olimpiada tashkil etiladi.

Olimpiadaning o'tkazilish vaqti: 04.01.2025
Olimpiadaning o'tkazilishi soati: 20:00

Olimpiadada ishtirok etuvchi institut talabalariga Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida tuzilgan 20 ta savol onlayn shaklda ushbu kanal orqali havola shaklida beriladi. Ishtirokchilar belgilangan vaqt oralig'ida ushbu savollarga javob berishlari kerak bo'ladi.

Tanlov g'oliblari maxsus diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.

Eslatma: Olimpiadada faqat Urganch davlat pedagogika instituti talabalari ishtirok qila oladi.

@UrDPI_MANAVIYAT

UrDPI_yoshlari

31 Dec, 19:08


#bayram_tabrigi

@UrDPI_MANAVIYAT

UrDPI_yoshlari

31 Dec, 18:50


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

UrDPI_yoshlari

31 Dec, 10:33


Президент Шавкат Мирзиёевнинг 2024 йилдаги ташқи сиёсий тадбирларга, давлат ва жамият ҳаётига дахлдор воқеаларга бой бўлган серқирра фаолияти факт ва рақамларда

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

UrDPI_yoshlari

30 Dec, 12:39


🎄🎄🎄

2025-yilning qadami qutlug‘ kelsin,
Yangi yil barchamizga muborak boʼlsin!

🌐 @fmadraximova

UrDPI_yoshlari

30 Dec, 07:43


🎄🎊 #TVda_biz | #Yangi_yil_tadbiri

🤩 Urganch davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan 2024-yil sarhisobi va 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlarga bag‘ishlangan tantanali tadbir tafsilotlari Xorazm MTRKning "Xorazm hafta ichida" informatsion dasturi orqali yoritildi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

UrDPI_yoshlari

28 Dec, 13:52


🤩 UrDPIda iqtidorli talaba-qizlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Aniq va amaliy fanlar fakultetida tashkil etilgan mazkur uchrashuv davomida Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sirojbek Allanazarov, "Mo‘tabar ayol" ko‘krak nishoni sohibasi, "San’atshunoslik" kafedrasi v.b dotsenti Maya Nurmatova, Aniq va amaliy fanlar fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Aziza Raximova hamda ota-onalar so‘zga chiqib, talab-qizlarning ortda qolayotgan yil davomida erishgan yutuq va natijalarini e'tirof qilgan holda, yoshlarning kelgusidagi faoliyatiga ham omad va zafarlar tiladilar.

Uchrashuv yakunida yil davomida yutuqlarga erishgan iqtidorli talaba-qizlarning ota-onalari "Tashakkurnona"lar bilan taqdirlandi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

UrDPI_yoshlari

06 Dec, 14:54


Конституция куни муносабати билан Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

UrDPI_yoshlari

05 Dec, 13:02


#konstitutsiya_baxtimiz_qomusi

Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya va tarix fakulteti tyutorlari ishtirokida talabalar turar joyida "Konstitutsiya baxtimiz qomusi" mavzusida aksiya oʻtkazildi.

Talabalarga Konstitutsiya mamlakatning siyosiy va huquqiy tizimini belgilovchi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi, davlatning boshqaruv tizimini tartibga soluvchi hujjat ekanligi, Konstitutsiya xalqning irodasini aks ettirib, davlatni boshqarishda asosiy yoʻnalishlarni belgilashi va fuqarolarni adolatli hamda teng huquqlilik asosida boshqarishga imkon yaratishi haqida maʼlumot berildi.

@UrDPI_MANAVIYAT

UrDPI_yoshlari

03 Dec, 14:48


Talabalar ishtirokida "Konstitutsiya darsi" tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan institutda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va targʻibot uchrashuvlari tashkil etilmoqda.

Xususan, bugun "Konstitutsiya darsi" tashkil etildi. Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor U.Xoʻjamuratov, "Milliy gʻoya va falsafa" kafedrasi oʻqituvchisi va huquqshunos D.Qalandarovlar ishtirok qildi.

Tadbirda talabalarga mamlakatimiz bosh qomusining yangi tahriri, "Oʻzbekiston - ijtimoiy va dunyoviy davlat" ekanligi, Konstitutsiyaviy normalar haqida batafsil maʼlumot berildi.

@UrDPI_MANAVIYAT

UrDPI_yoshlari

03 Dec, 14:40


#3_dekabr_Xalqaro_nogironlar_kuni

Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakulteti tomonidan Urganch shahridagi alohida taʼlim ehtiyoji boʻlgan zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab-internatida 3-dekabr - "Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan badiiy bayram dasturi namoyish etildi.

Fakultet talabalari rassomchilik, san’at yoʻnalishlari boʻyicha oʻz mahoratlarini namoyon qilib, maktab tarbiyalanuvchilariga bayram kayfiyatini ulashdilar.

@UrDPI_MANAVIYAT

UrDPI_yoshlari

28 Nov, 14:54


#OITSGA_QARSHI_KURASH

Urganch davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta'lim fakultetida 1-dekabr "OITS ga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi vrachi Shavkat Ataxanov ishtirok etib, talabalarga OIV/OITSning yuqish yoʻllari, salbiy oqibatlari yuzasidan ma'lumot berib o‘tdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan davra suhbati yakunida talabalar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

@UrDPI_MANAVIYAT

UrDPI_yoshlari

27 Nov, 12:46


#yoshlarittifoqi
#koordinatorlar_faoliyati

“Avtomobilsiz kun” – Toza havo uchun bir qadam!🌱

Bugun Urganch davlat pedagogika institutida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazildi! Ushbu aksiyaning maqsadi — atrof-muhitni muhofaza qilish, havo ifloslanishini kamaytirish va aholiga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdir.
Aksiya davomida piyoda harakatlanish yoki jamoat transportidan foydalanishga ahamiyat qaratildi.

Ko‘chalarimiz odatdagidan tozaroq va tinchroq bo‘ldi, bu esa nafaqat ekologiyaga, balki shahar bo‘shliqlaridan samarali foydalanishga ham imkon yaratdi.

@UrDPI_MANAVIYAT

UrDPI_yoshlari

22 Nov, 15:01


Президент Шавкат Мирзиёев Хоразм вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг қўшимча чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по дополнительным мерам социально-экономического развития Хорезмской области.

#Mirziyoyev #yigilish #Xorazm #iqtisodiyot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

UrDPI_yoshlari

21 Nov, 12:16


Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси аъзоларини тайинлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О назначении членов Кабинета Министров Республики Узбекистан"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

UrDPI_yoshlari

20 Nov, 10:33


Bizning ikkita oʻq tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot, biri – maʼnaviyatdir.

Davlat rahbari yoshlarimiz ongu tafakkurida milliy gʻurur bilan birga umumbashariy qadriyatlarga hurmat hissini kamol toptirish maqsadida yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish zarurligini qayd etdi.

Farzandlarimizni zamonaviy bilim va dunyoqarash, daromadli kasb egalari etib tarbiyalash, ularni ilm-fan, IT texnologiyalar, maʼnaviyat, sanʼat va adabiyot, sport bilan oshno etish uchun hech narsani ayamasdan, bor kuch va imkoniyatlar safarbar etiladi.

“Bugun faqat mana shunday ilgʻor yoshlarga, mana shunday jonkuyar ziyolilarga, Vatan ravnaqi yoʻlida birlashgan xalqqa ega boʻlgan davlatgina oʻz milliy manfaatlarini taʼminlashga erisha oladi.

Bizning ikkita oʻq tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot, biri – maʼnaviyatdir. Maʼnaviy buyuk xalq – iqtisodiy tomondan ham buyuk boʻladi”,
– dedi davlatimiz rahbari.

@UrDPI_MANAVIYAT

UrDPI_yoshlari

19 Nov, 18:05


Rektor TTJdagi talabalar bilan muloqot qildi

Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Talabalar turar joyidagi yoshlar bilan muloqot qilib, ularning sharoitlari bilan tanishdi. Talabalar bilan birga kechki ovqat tanovul qildi va ularning fikr-mulohazalarini tingladi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati


🌐 Sayt Telegram 💬Facebook
🌐 Instagram 🎞 YouTube

UrDPI_yoshlari

18 Nov, 03:58


🇺🇿

UrDPI_yoshlari

15 Nov, 13:16


#18_noyabr
#bayrogʻim_faxrim
#chellenj

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun!

@UrDPI_MANAVIYAT

UrDPI_yoshlari

14 Nov, 16:04


O'qishga ishtiyoqi past yoshlarni bilimsiz yoki iqtidorsiz deb chetga surib qo'yish to'g'ri emas.

Tashabbussiz yoshning o'zi bo'lmaydi, chunki ular o'z nomi bilan - Yoshlar. Ularda doimo muayyan g'oya va tashabbuslar bo'ladi.

Faqat biz yoshlarga imkoniyat va ishonch berishimiz kerak, ular ko'rsatgan natijalarning foydasi kattaroq bo'ladi.

Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madrahimova

@UrDPI_MANAVIYAT

UrDPI_yoshlari

10 Nov, 11:35


2024-yilning 12-noyabr kuni soat 10:00 da “Eng faol yil talabasi” tanlovining Urganch davlat pedagogika instituti bosqichi oʻtkaziladi.

Tanlovda fakultet bosqichida gʻolib deb topilgan nomzodlar oʻzlarining ilmiy va ijodiy yutuqlari, faolligini oʻzida aks ettirgan taqdimot asosida ishtirok etadilar.

Ishtirokchilar tanlov Tashkiliy qoʻmitasi tomonidan taqdimot, suhbat va hujjatlar yigʻma jildini oʻrganish asosida saralanadi va nominatsiyalar boʻyicha 1-oʻrinni egallagan ishtirokchilar tanlovning Respublika bosqichiga tavsiya etiladi.

Eslatib oʻtamiz, nominatsiyalar bo‘yicha 1-2-3-o‘rinlarni egallagan g‘olib va sovrindorlar Institutning faxriy yorlig‘i bilan mukofotlanadi hamda tegishli ravishda 1-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida,
2-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari miqdorida va 3-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.


@UrDPI_MANAVIYAT

UrDPI_yoshlari

10 Nov, 10:28


🌳 #Yashil_kelajak

🌳 VIDEOREPORTAJ: Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy  ta’lim muassasalari ishtirokidagi “Yashil kelajak” umumrespublika marafoniga start berildi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

UrDPI_yoshlari

09 Nov, 17:02


🌳 #Yashil_makon_2024

🌳 VIDEOREPORTAJ: Urganch davlat pedagogika instituti faol yoshlar jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Yashil makon” umummilliy loyihasida...

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

UrDPI_yoshlari

09 Nov, 17:02


🌳 #Yashil_makon_2024

🌳 Bugun Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy  ta’lim muassasalari ishtirokidagi “Yashil kelajak” umumrespublika marafoniga start berildi.

Ushbu loyihada Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi masʼullari, oliy taʼlim muassasalari rektor va direktorlari, xususan, Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova boshchiligidagi institut vakillari ham faol ishtirok etdilar.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

UrDPI_yoshlari

09 Nov, 06:25


🤩 Urganch davlat pedagogika instituti faol yoshlar jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida...

Kun davomida Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazilishi, “Yashil makon” umummilliy loyihasining respublika marafoniga start berish tadbiri hamda shu tadbir doirasida Nukus shahrida “Ziyolilar bog‘i”ni tashkil etish uchun nihollarni ekish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan erta tongdan institutimiz yoshlari qizg‘in jarayonlar ishtirok etish maqsadida Qoraqalpog‘istonga yo‘l oldilar.

*Jarayonlarni biz bilan kuzatib boring!

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

UrDPI_yoshlari

08 Nov, 15:29


Bugun, 8-noyabr sanasida "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi Xorazm viloyati filiali bilan hamkorlikda Urganch davlat pedagogika instituti talabalarini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida "Biznes trening" tashkil qilindi.

Biznes trening davomida yoshlarga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini rivojlantirish, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini taʼminlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish haqida  hamda "e-kasb" onlayn platformasi va uning afzalliklari haqida ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, trening yakunida eng yaxshi savollar yoʻllagan yoshlarga tadbirkorlik sirlariga oid kitoblar taqdim qilindi.

@UrDPI_MANAVIYAT

UrDPI_yoshlari

08 Nov, 13:30


Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova "Yil ayoli" milliy ko'rik tanlovida "Yilning eng faol olima ayoli" nominatsiyasi bo'yicha g'olib bo'ldi.

F.R.Madraximovaga tanlovning keyingi bosqichlarida muvaffaqiyat tilaymiz.

🌐
@UrDPI_UZ

UrDPI_yoshlari

25 Oct, 14:35


Talabalalar turar joyida yoshlarning bo'sh vaqtlari mazmunli o'tkazilmoqda

Bugun, 25-oktyabr kuni Urganch davlat pedagogika instituti Talabalar turar joyida Pedagogika fakulteti tashabbusi bilan #Somsa_chempionati tashkil etildi. Chempionatda talaba-qizlar tomonidan milliy taomimiz hisoblangan somsaning turli xillari pishirildi.

@UrDPI_MANAVIYAT

UrDPI_yoshlari

25 Oct, 11:48


📝 “AJDODLARGA MUNOSIB AVLOD BO‘LAYLIK” MAVZUSIDA INSHOLAR TANLOVI O‘TKAZILDI

Bugun Urganch davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.

Insholar tanlovini o‘tkazishdan asosiy ko‘zlangan maqsad – talaba-yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning amaliy-ijodiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Insholar tanlovi avvalida tanlov tashkiliy qo‘mitasi tomonidan ishtirokchilarga inshoga qo‘yiladigan talablar va baholash me'zonlari haqida tushunchalar berib o‘tildi.

Tanlov me'zonlariga ko‘ra eng yaxshi insho egasi deb topilgan ishtirokchi institut tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

UrDPI_yoshlari

25 Oct, 11:48


🖼 🎨 “MEN TERRORIZM XAVFINI QANDAY TUSHUNAMAN” MAVZUSIDA RASMLAR TANLOVI O‘TKAZILDI

Bugun, Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakultetida belgilangan rejaga muvofiq “Men terrorizm xavfini qanday tushunaman?” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Unda institut talabalari faol ishtirok etib, quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
1-o‘rin: Zaripova Yulduz
2-o‘rin: Jumaniyazova Dinara
3-o‘rin: Yusupboyeva Shaxnozabonu


Tanlov me'zonlariga ko‘ra eng yaxshi rasmlar egasi deb topilgan ishtirokchilar institut tomonidan 30-oktabr sanasida tantanali ravishda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

©️Urganch davlat pedagogika instituti matbuot xizmati
🌐Web-sayt Telegram💬Facebook 🌐Instagram  🎞 YouTube

UrDPI_yoshlari

24 Oct, 15:42


#zakovatda_kuch

Bugun, 24-oktabr kuni Boshlangʻich ta'lim fakultetida "Zakovat" intellektual turnirining 2-turi boʻlib oʻtdi. Turnirda fakuletning 10 dan ortiq jamoalari ishtirok etdi .

Turnirni Fakultet Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari Sarvarbek Yoʻldoshev ochib berdi.

Turnir yakunida gʻolib jamoalar aniqlanib, keyingi turga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.

@UrDPI_MANAVIYAT

UrDPI_yoshlari

24 Oct, 13:08


#yillik_reja_ijrosi

Bugun, 24-oktabr sanasida Urganch davlat pedagogika institutida "Harbiy vatanparvarlik" musobaqasi o’tkazildi.

Talabalarni kasbiy va jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada shakllantirish maqsadida oʻtkazilgan ushbu musobaqada talabalar Arqon tortish va Tosh ko'tarish bo'yicha oʻzaro bellashdilar.

@UrDPI_MANAVIYAT

UrDPI_yoshlari

24 Oct, 12:27


#qaror_va_ijro
#UrDPI_mahalla_hamkorligi

Xabaringiz bor, 2024-yil 30-iyun kuni Prezidentimiz rahbarligida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazilgan edi. Yig'ilishda yurtboshimiz tomonidan maktab, kollej, texnikum, oliygohlar sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlangan edi. Ushbu vazifalar ijrosi institutimizda ham doimiy ta'minlanib kelinmoqda.

Urganch davlat pedagogika institutining yozgi sport maydoni, axborot-resurs markazi OTM hududiga yaqin joylashgan "Jaloliddin Manguberdi", "Mustaqillik", "Umid" mahallalari yoshlari bilan gavjum.

@UrDPI_MANAVIYAT

UrDPI_yoshlari

24 Oct, 12:23


#kitobxonlik
#Ajiniyoz_Qoʻsiboy_oʻgʻli

Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi 2024-yil 16-iyuldagi PQ-258-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Pedagogika fakulteti talabalari ishtirokida Urganch shahrida joylashgan "Yoshlar kutubxonasi"da ijodiy tadbir tashkil etildi.

Yoshlar kutubxonada talabalar Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining asarlari, she’rlari va shoir ijodi to‘g‘risida yozilgan kitoblar bilan tanishdilar.

Kutubxona xodimlari ijodkorning hayoti va ijodini yoshlarga hikoya qilib berdi.

@UrDPI_MANAVIYAT