Issiqroq va zichroq bo’lgan Makkadagi bo’ron esa 1300ta o’limga olib kelgan.
Saudiyaliklar issiq bilan doim kurashadi. Uylarning 100%ida konditsioner bor.
Fransuzlar issiqqa o’rganmagan. Uylarning 5%ida konditsioner bor.
O’limga sabab issiqlik emas, uning kelishiga tayyor bo’lmaganlik.
Xiyonat ham shunday.
Kutmagan joyingizdan keladi. Tayyor bo’lmaysiz. Og’ir ahvolga solib qo’yadi.
Sezar, Abdulhamid II, Avrangzeb, Doro III - xiyonatdan yiqilganlar ro’yxati cheksiz.
Xiyonat qilmang. Xiyonatni kechirmang. Uzoqlarga borasiz.
Aziz Rahimov