Muvaffaqiyat Sirlari @muvaffaqiyat_sirlari_tg Channel on Telegram

Muvaffaqiyat Sirlari

@muvaffaqiyat_sirlari_tg


Shaxsiy rivojlanishga doir foydali ma'lumotlar!

Tijoriy hamkorlik: @rek_ms

Muvaffaqiyat Sirlari (Uzbek)

Muvaffaqiyat Sirlari Telegram kanali - bu sizning shaxsiy rivojlanishingizga yordam beradigan ma'lumotlar bazasi! Kanalda siz muvaffaqiyatning asosiy sabablari, shaxsiy rivojlanishni qo'llab-quvvatlash usullari, va omadingizni oshirishga yordam bera oladigan ko'p oson va samarali usullar haqida foydali ma'lumotlar topishingiz mumkin. Xoldarov_off bilan aloqa qilishingiz orqali bu ma'lumotlardan foydalanishingiz va o'zingizni rivojlantirishingiz mumkin. Muvaffaqiyat Sirlari kanaliga obuna bo'ling va o'zingizda yashagan potensialni bosib chiqaring!

Muvaffaqiyat Sirlari

25 Jan, 12:28


Ikki og'iz so'z qudrati:

SOG' OMONMISIZ? - eshitib qalbingiz huzur topadi.

NIMA DEYSAN? - yuragingiz to'xtagandek xis qilasiz, guyoki dunyoda ortiqchadek sezasiz o'zingizni.

SOG'LIGING YAXSHIMI? - yana yashagingiz keladi.

QACHON QARAMA KASALSAN-A!? - dardingiz o'n chandon ko'payadi.

XAFA BO'LMA - xayriyat kimdir menga qayg'uryapti.

O'ZING AYBDORSAN! - o'lganni ustiga chiqib tepish.

BAXTLI BO'LASAN! - baxt sari uchishga birinchi qanot.

BU KETISHDA HECH QACHON BAXTLI BO'LMAYSAN! - orzuga o'lim.

QO'LINGDAN KELMAYDI, OVORA BO'LMA! - oyoqdan chalib yiqitish.

ALBATTA EPLAYSAN SANGA ISHONAMAN - yuqoriga chiqish uchun zina.

BILMADIM, BU KETISHINGDA …. - YAxshi kunlarga bo'lgan ishonch tamom.

HAMMASI YAXSHI BO'LADI – Ertangi kuningga umid.

Davom etaversam hech qachon tugamaydi.

Azizlarim ikki og'iz so'zingiz bilan kimgadir qanot bag'ishlashingiz mumkin yoki yana ikki og'iz so'zingiz bilan qanotini sindirishingiz mumkin ekan.

Yaxshi so'z ham, yomon so'z ham bir og'izdan chiqadi, atrofdagilardan shirin so'zingizni ayamang.

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

24 Jan, 15:11


🐈 №1 mushuk

Shubhasiz, siz jangchisiz.
Siz o'zingizga kerak bo'lgan narsa uchun qat'iy turasu.Sizning istaklaringiz sizning ustuvorligingizdir.
Agar siz haqiqatan ham biror narsani olishni istasangiz va ko'zingiz yetsa, uni albatta olasiz.Siz o'z manfaatlaringizni qanday himoya qilishni bilasiz.


🐈 №2 mushuk

Shubhasiz, qulaylik siz uchun muhim. Qachonki sevganlaringizning manfaatlari haqida gap ketganda, siz qat'iyatlilik, faollik ko'rsatasiz. Shubhasiz, siz o'zingiz uchun aziz bo'lganlar hayotida tinchlik va totuvlikni himoya qilasiz.

🐈 Mushuklar №3

Shubhasiz, siz do'stona, shaxsiy, oilaviy munosabatlaringizni himoya qilasiz.
Siz mustaqil insonsiz va erkin ruhsiz.
Siz hech kimning tanlovingizga aralashishiga yo'l qo'ymaysiz.
Siz o'z aqlingiz bilan yashaysiz, o'z xulosalaringizni chiqarishni, o'z fikringizga ega bo'lishni afzal ko'rasiz.


🐈 №4 mushuk

Shubhasiz, siz juda mustaqil shaxssiz.
Siz o'z vaqtingizni, resurslaringizni, manfaatlaringizni boshqarish huquqini qat'iy himoya qilasiz. Shubhasiz, siz hech qachon hech kimning sizni boshqarishiga va qanday yashashni va nimani sevishni o'rgatishiga ruxsat bermaysiz.


Ho'sh, sizga mos keldimi?

HA - 🔥 YO'Q - 👍

Do'stlarga ulashing👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

24 Jan, 15:08


❗️#psixologik_test

🐈 Qanchalik qat'iyatlisiz ? Marhamat mushuklardan birini tanlang va batafsil ma'lumot oling

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

24 Jan, 08:57


😇 Haddan tashqari yaxshi bo'lish ham falokat keltiradi

Bu narsaga hayotim davomida 2 marta guvoh bo'ldim. Gap shundaki yomon bo'lsangiz atrofingizdagi insonlar sizdan bezor bo'lib o'zlarini olib qochishadi. Haddan tashqari yaxshi bo'lish ham shunga olib keladi. Faqatgina ular sizdan bezor bo'lib emas balki hijolat chekib o'zlarini olib qochishadi yoki umuman sizdan zerikib qolishadi.

Shu sabab ham sevgida ham hayotdagi do'stona munosabatlarda har doim chegaradan chiqmang.

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

23 Jan, 05:58


🦅 Havoda burgutning ustiga minib, uning bo'ynidan cho'qilashga jur'at qila oladigan yagona qush qarg'a ekan.

Lekin bu hamlaga burgut e'tibor bermas, qarg'a bilan cho'qilashib, maydalashib o'tirmas ekan. Faqat qanotlarini dadil qoqib yana ham yuqoriga ko'tarilishga harakat qilar ekan. U balanlagani sari qarg'aning o'pkasi siqib nafas olishi qiyinlashar, oxiri, diqqinafas bo'lib qular ekan.

Siz ham har kim bilan talashib-tortishib asabingizni, vaqtingizni uvol qilmang...


Faqat yuqorilang!

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

23 Jan, 05:11


🌱Masal.

Keksa mushuk maysaning ustida dam olib yotardi. SHunda uning oldiga yoshgina bir mushuk kelib, chirpirak bo'lib aylana boshladi.
⸺Nima qilayapsan?⸺so'radi undan keksa mushuk.
⸺Dumimni tutishga harakat qilayapman!
⸺Bu senga nimaga kerak?
⸺Agar uni ushlasam, baxtli bo'lishimni aytishdi.
Keksa mushuk jilmaydi.
⸺Nega jilmaydingiz? ⸺endi uning o'zini savolga tutdi yosh mushuk.
⸺Jilmayganimni sababi, menga ham yoshligimda dumimni tutsam baxtli bo'lishimni aytishgan edi. Keyin men uni kun bo'yi quvladim. Ovqat yemay, suv ichmay kuni bo'yi dumimni quvaverganimdan, oxiri holdan toyib, yiqilib qoldim. Dumimni tutishdan ortiq umidimni uzib, bir chekkada xafa bo'lib yotar ekanman, bilasanmi nimani tushunib qoldim?
⸺Nimani?
⸺Qaerga bormay, dumim o'zim bilan ekan
!

Baxtni quvmang Baxt o'zingiz bilan!

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

22 Jan, 17:30


"Elon Musk" kitobini o'qiyapman. U yozgan emas. U haqida yozishgan.

G'ayritabiiy inson ekan, hech narsadan qaytmaydigan, kitobdan boshini ko'tarmaydigan, qilaman dedimi oxirigacha boradigan harakteri bor ekan.

Ya'ni o'ylagan narsasi haqiqatda xato yoki umuman amalga oshirib bo'lmasligini o'z ko'zi bilan ko'rmaguncha to'xtamaydigan.

U boyda, hamma narsaga puli yetadi deb o'ylardim. Yo'q u yoshlikdan shunday. Odamovi, do'stlari kam bola bo'lgan.

Qo'pol qilib aytganda, sen buni qila olmaysan degan insonlarga tupurib, hech kim ishonmasa ham harakatda davom etadigan kuchli xarakter egasi ekan.

Kitob va uning hayoti juda ham ruhlantirarkan. Oldingizga kattaroq maqsadlar qo'yishga undarkan.

Kitoblar holatingizga kuchli ta'sir qiladi. Shu sababli hadeb "psixologik travma" oladigan kitoblarni o'qiyvermasdan, positiv kitoblarni ham o'qib turing.

400 bet atrofida ekan, men esa endi 60 bet o'qidim) Tugatganda bu kitobga yana qaytamiz Xudo xohlasa.

Xo'sh, sizchi qanday kitob o'qiyapsiz?(o'qisangiz albatta)

@gayratbek_xoldarov

Muvaffaqiyat Sirlari

22 Jan, 07:48


#javoblar

1. Qushlarning sayrashi

Siz hozir qiyin va uzoq davrni yakunlayapsiz. Ruh tinchlik va quvonchni so'raydi. Bu siz xohlagandek bo'lmagan bo'lishi mumkin, lekin siz bu qiyin vaqtni boshdan kechirdingiz. Siz o'zingizga ishonishingiz va kelajak siz uchun yanada muvaffaqiyatli bo'lishiga umid qilishingiz kerak

2. Dengiz ovozi
Agar siz ushbu tovushni tanlagan bo'lsangiz, o'zgartirishingiz kerak bo'lishi mumkin. hozir sodir bo'layotgan narsa sizga mos kelmay qoldi, siz bezovtalanyapsiz. Siz yangi, muvaffaqiyatli, yorqin taassurotlar, yangi his-tuyg'ularni xohlaysiz. O'zgarish - bu vaqt davomida sizga kerak bo'lgan narsa

3. Raqs, ritmik musiqa
Agar siz ushbu ritmni eshitishni istasangiz, kuchingiz yetarli emas. Qilish kerak bo'lgan ishlar ko'p, munozarali masalalar, zarur tashabbuslar - siz hamma narsaga qodir emassiz, vaqtingiz chegaralangan. Bir vaqtning o'zida hamma narsani qila olmaysiz. Ilgari osonlik bilan qila oladigan narsalarni qilish sizga qiyin bo'ladimi?

4. Yomg'irning shovqini
Agar siz ushbu tasvirni tanlagan bo'lsangiz,siz kimdir bilan yoki biror narsa bilan xayrlashayotgandirsiz, hayotingizda nimadir keskin o'zgarib bormoqda. Siz bu o'zgarishlarni qabul qilasiz, ularning zarurligini tushunasiz, lekin siz bir oz xafa bo'lasiz, chunki har doimgidek, tanish narsa tugashi va yangisi boshlanganida sodir bo'ladi.

5. Sukunat
Agar siz ushbu rasmni tanlagan bo'lsangiz, unda sizga dam olish kerak, hayotingizda juda ko'p bo'lgan dolzarb ishlar va tashvishlardan chalg'itish uchun pauza kerak. Sizga sukunat kerak. o'zingizni, biznesda, odamlarda tushunish, kuchingizni tiklash va hayotingizni tartibga solish zarur.


Sizga mos keldimi?
HA - 🔥 YO'Q -
🤔

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

22 Jan, 07:44


#psixologik_test

🗣 Ovozlardan birini tanlang va hozir nima kerakligini bilib oling

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

22 Jan, 04:07


🔻BILL GEYTSNING YOSHLARGA 11 MASLAHATI

O‘qimishli bo‘lish miyani bilimga to‘ldirib tashlash yoki ko‘p bilish degani emas. Bu – nimani bilishing va nimani bilmasligingni ajrata olish degani. Bill Geyts dunyoning muvaffaqiyatli kishisi sifatida faxriy mehmon bo‘lib juda ko‘p ta'lim muassasalarida ishtirok etadi, yuqoridagi kabi fikrlar bilan yoshlarning ta'limga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

1-qoida:
Hayot ko‘rgazma emas. Demak, undan foydalansa bo‘ladi. Siz ham hayotingizni qo‘lga oling-da, uni ishga soling.

2-qoida:
Dunyo sen o‘zingni qanchalar hurmat qilishing bilan hisoblashmaydi. U sendan o‘zingni hurmat qilishingdan oldin biror ishni qoyillatib qo‘yishingni kutadi. Siz ham avval hurmatga munosib ekaningizni isbot qiling.

3-qoida:
Maktabni tamomlamasdan turib na o‘zingiz xohlagancha yashash, kezi kelganda hattoki yashay olishning ham imkoni yo‘q. Shuning uchun hozir bilim oling.

4-qoida:
Agar bugun o‘qituvchi talabchan ekanidan shikoyat qilsangiz, kun kelib rahbar qo‘liga tushganingizda pushaymon yeysiz. Kelajakka maktabdan boshlab tayyorgarlik ko‘ring.

5-qoida:
Ehtimol, siz o‘zingizni eng quyi ishga munosib ko‘rmassiz. Ammo sizning ota-bobongiz bu ishni boshqacha, «imkoniyat» deb nomlagan. Siz ham ishni quyidan boshlang va mehnatga nisbatan kibrli bo‘lmang.

6-qoida:
Hayotda nimadadir xato qilsangiz, bunda ota-onangizning aybi yo‘q, ularni qiynamang. Xatolaringiz uchun dod-faryod solishni emas, xulosa chiqarishni o‘rganing.

7-qoida:
Sizning tug‘ilishingiz ota-onangiz uchun faqat bayram emas, katta mas'uliyat bo‘lgan. Ularni asrang va qadrlang. Bu kelajakda o‘zingiz qadr topishingiz uchun kerak bo‘ladi.

8-qoida:
Maktabni a'lochilar ham, past o‘zlashtiruvchilar ham bitiradi. Yomon o‘qiydiganlarga to‘g‘ri javobni topgunlariga qadar qulay sharoit yaratib beriladi. Ammo hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlash uchun sanoqli imkon va ishonch beriladi. Shuni unutmang.

9-qoida:
Hayotda choraklik, yillik imtihon, so‘rov yoki hisobot degan tushunchalar yo‘q. Hayot imtihonini ham, hisobotini ham barcha bir marta – umr so‘ngida o‘z-o‘ziga topshiradi. Eng muhimi, mana shu imtihonga tayyor bo‘ling.

10-qoida:
Televizor, bu – hayot degani emas. Aks holda, undagi qahramonlar vaqtlarining asosiy qismini mehnat qilishga sarflagan bo‘lar edilar. O‘zingizni samarali va maqsadli mehnatga tayyorlang.

11-qoida:
Muvaffaqiyatga erishish uchun avval uning haqini to‘lash kerak bo‘ladi. Bu esa vaqt hamda mashaqqatli mehnat degani.

🔻Post sizga foydali bo'ldimi?
O'z reaksiyangiz bilan baholang 👇

Muvaffaqiyat Sirlari

21 Jan, 08:04


📱 TELEFONINGIZDA ONANGIZNI ISMINI NIMA DEB YOZIB QO'YGANSIZ?

Saudiyalik shayxlardan biri naql qiladi.

Vaazlarimning birida insonlardan 8 kishini oldinga chiqishini so'radim, hech qanday tayyorgarliksiz ular chiqishdi.

Ulardan telefonlarida onasini nima deb yoznini so'radim. Birida "onam" deb, boshqasida "mehribonim" deb yozilgan ekan. Ularning ichidan 23 yoshdagi bir yigit menga shunday javob berdi.

Qachon unga onasi qo'ng'iroq qilganda uning telefonida "Javob ber ey o'g'lim men sening jannatingman" degan yozuvni ko'rar ekan. CHunki unga har safar onasi qo'ng'iroq qilganda u shu yozuvni ko'rib eslaydi. Onasining uning oldidagi darajasini ahamiyati eslaydi.

Bazilar borki ota-onasi qo'ng'iroq qilganda javob berishga malollanadi, do'stlari oldida bo'lsa uyaladi. Ularning ota-onasi faqatgina farzandidan qaerda va nima bilan bandligini bilmoqchi bo'ladilar xolos. Ota-onangizni qiymatini biling, albatta ular sizning jannatingizdir!

Siz onangizni telefoningizda nima deb yozgansiz?

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

21 Jan, 04:01


Donolik sari 100 ta hayot qoidalari
(13 - qism)

1. Tavakkal qilishdan va yangi narsalarni sinab ko'rishdan hadiksirama. Bu qisqa umrni qo'rqib yashashga yaramaydi.

2. Shamolning yo'nalishini o'zgartirish imkonsiz, biroq yelkanlar o'z qo'lingda.

3. Orqaga faqat bir vaqtda qarash mumkin, u ham bo'lsa qancha yo'lni bosib o'tganingni ko'rish uchun.

4. O'zing hal qila oladigan muammo haqida boshqalarga shikoyat qilma.

5. Vafodorligingni qullikka aylanishiga yo'l qo'yma.

6. Hech kimga hech narsani isbotlashga urinma, odamlar baribir o'zi istagan narsanigina ko'radilar va eshtishni xohlagan haqiqatga ishonadilar.

Davomi bor...

12-qism bu yerda

🔻Post sizga foydali bo'ldimi?
O'z reaksiyangiz bilan baholang👇

Muvaffaqiyat Sirlari

21 Jan, 01:43


Kun tartibini toʻgʻri tuzish boʻyicha foydali tavsiyalar

Soat 6:00 gacha baxt gormoni serotonin ishlab chiqariladi.

6:00 dan keyin - tanamizni faol uygʻonishga tayyorlaydigan kortizol gormonining darajasi oshadi.

Ertalab 500 ml suv ichib, jismoniy mashqlar qilsangiz, stress gormonlari yuvilib ketadi.

7:00 dan boshlab - melatonin ishlab chiqarilishi toʻxtaydi. Bundan keyingi uyquning qiymati 0 ga teng.

10:00 - 14:00 oraligʻida neyrogormon darajasi choʻqqiga yetadi. Bu aqliy faoliyat uchun eng yaxshi vaqt.

14:00 - 16:00 oraligʻida - 20 daqiqa uxlash oʻsish, yoshlik va goʻzallik gormonini ragʻbatlantiradi.

17:00 dan boshlab - kortizol kamayishni boshlaydi. Muhim qarorlar qabul qilish va mashgʻulotlar cheklanishi kerak, chunki mushaklarning oziqlanishi juda qiyin boʻladi.

21:00 dan boshlab - melatonin ishlab chiqarila boshlaydi. Tana harorati pasayadi. Organizm uyquga tayyor boʻladi.

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

20 Jan, 17:51


🔻#JAVOBLAR

🌊 Dengiz

Agar siz dengizni ko'rgan bo'lsangiz,
siz yoqimli xarakterga ega bo'lgan odamsiz. Mehribonlik sizning qalbingizni 100% qismini tashkil qiladi. Do'stlar sizga ishonishlari mumkin. Siz janjallarni yoqtirmaysiz. Ammo xushomad ko'pincha xudbin maqsadlarda qo'llaniladi. Hushyor va ehtiyotkor bo'ling.

🚢 Kema

Sizni 100 foizlik yomon odam deb aytishimiz mumkin.Atrofingizdagi odamlar sizni juda jahldor deb o'ylashadi, ammo buning sababi har qanday vaziyatda ham haqiqatni gapirish odatingizdir. To'g'ridan-to'g'ri tanqidni hamma ham yoqtirmaydi. Va siz odamni o'zgartirishga yordam beraman deb o'ylaysiz. Buning evaziga sizda nafrat va tushunmovchilik paydo bo'ladi. Sizning muvaffaqiyatingiz va kuchli xarakteringiz hasad va g'azabni keltirib chiqaradi. Juda qattiq bo'lishiga qaramay, siz tanlagan yo'l to'g'ri.

🧑 Inson boshi

Siz 80% yaxshilik egasisiz va hammaning ruhisiz. Siz dam olishni, muloqot qilishni, do'stlaringizning joylashuvidan qanday foydalanishni bilasiz. Ular sizni ishonchliligingiz uchun hurmat qilishadi va har qanday vaqtda yordamingizga ishonishlari mumkin. Oson xarakterga qaramay, siz qaror qabul qilishda qat'iysiz. Bu yerda yovuzlikning 20% ​​ishlay boshlaydi. Sizning javobingiz har doim yakuniy va muhokama qilinmaydi.

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

15 Jan, 11:35


Boy ota, kambag'al ota kitobining elektron varianti!

Ko'pchilik qiziqibdi. Xursandman.

Siz so'radingiz biz topdik😉

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

15 Jan, 05:06


2025-yilning 1-chi kitobi - Boy ota kambag'al ota.

Insightlarga boy kitob bo'ldi. Moliyaviy savodxonlik haqida bilimlar beradi.

Boylar va kambag'allar fikrlashi va pulga munosabati haqida. Real faktlar bilan pul topishni o'rgatgan

O'qishni tavsiya qilaman. Barchaga.

Kitobning asosiy g'oyalarini batafsil bu yerda yozdim.

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

12 Jan, 09:45


#falsafa

Optimistlar samalyotni, pessimistlar esa parashutni ixtiro qilganlar.

©Bernard Shou - Irlandiyalik yozuvchi, dramaturg va tanqidchi.

LINK 👉 @Muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

11 Jan, 04:50


Tez bilim olish san'ati

◾️ Bor diqqatingizni jamlagan holda 20 - 25 daqiqa dars qiling

◾️ Har 20 - 25 daqiqadan so'ng 5 daqiqa dam oling

◾️ Darsingizni tugatguningizcha shu jarayonni qaytaring

◾️ Har 4 martadan so'ng kattaroq, 30 daqiqalik tanafus oling

Bu uslubning nomi Pamadoru. Bu uslub bilim olish jarayonida diqqatingizni bir joyga jamlashga yordam beradi.

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

10 Jan, 15:36


Nega kitob o'qish kerak?

Inson hayoti davomida ko'p xatolar qiladi. Shu xatolar orqali yangi narsalarni o'rganadi, xulosa chiqaradi. Lekin xatolar bazida qimmatga tushishi mumkin.

Kitob o'qish esa sizni ko'p xato qilishdan asraydi. Chunki kitobda siz birovlarning xatosidan dars olasiz.

Siz izlayotgan savollarga javob allaqachon topilgan va kitoblarga bitilgan. Sizdan esa o'qish qoldi xolos. 🙌

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

09 Jan, 12:51


Do'stlar, yordamingiz kerak!

Tasavvur qiling, kunlik yozib boradigan, rejalashtiradigan kundalik planneringiz bor.

Shunda siz nimalarni yozgan bo'lar edingiz?

Misol keltiraman:

Bugun qilishim kerak bo'lgan ishlar;

Saqlanishim kerak bo'lgan ishlar;

Kunlik sarhisob;

Shu kabi...

Muvaffaqiyat Sirlari

09 Jan, 02:17


Donolik sari 100 ta hayot qoidalari
(12-qism)

1. Kishi o'zi qurgan devorlar bilangina chegaralanishi mumkin. Maqsadlaring uchun harakatda o'z oldinga to'siqlarni yaratma.

2. Muammoni oldini olish uchun qilingan bir gram harakat, muammoni yechish uchun sarflangan bir tonna mehnatdan ustun.

3. Chaqirilmagan joyga borma, taklif qilinmagan dasturxonga qo'l uzatma.

4. Qanday salom bo'lsa, shunday javob qaytar. O'zingga past nazar bilan qarama.

5. O'z hayoting hikoyasini yozar ekansan, qalamni aslo boshqa birovga berib qo'yma.

6. Qulay vaqt kelishini kutib o'tirsang, hayoting tugaganini sezmay qolasan.

Davomi bor...

11-qism bu yerda

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

07 Jan, 14:38


Rejalar o'zgardi.
Sizlardan kechib bo'larmidi. Hech nimani sotish yo'q)

Ha aytkanday, 2025-yilda qanday maqsadlar qo'ydingiz?

Muvaffaqiyat Sirlari

07 Jan, 14:09


Mayda-chuyda narsalar

Mayda-chuyda narsalarni etibordan qochirish mumkin emas. Ular to'planish hususiyatiga ega. Axir bekorga "toma-toma ko'l bo'lur" deyishmagan.

Har qanday mayda-chuyda yumushlar, yoki bizni maqsadimiz sari yaqinlashtiradi, yoki undan uzoqlashtiradi. Boshqacha bo'lishi mumkin emas.

Shu sababdan, har doim o'zingizga shu savolni bering: "Men qay tarafga qarab ketayapman?"

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

04 Jan, 16:13


"Yo'q" deyishni o'rganing

Har doim ham kunimiz biz rejalashtirgandek o'tavermaydi. Ko'p holatlarda bunga sabab, bizning "yo'q" deya olmasligimiz bo'ladi.

Agar do'stlarimiz bizni o'tirishga yoki biron bir joyga birga o'tib kelishni so'rashsa, biz rad etolmaymiz. Zero o'zimizni muhimroq ishlarimiz bor.

Juda zaruriyat bo'lmasa, do'stlaringizga "yo'q" deng. Har safar muhim ishlaringizni tugatolmay, orqaga suraversangiz, o'zingizga bo'lgan ishonch yo'qoladi.

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

01 Jan, 16:01


2025 - yilda maqsadlaringizga erishish uchun 10 ta qadam

1. Aniq maqsadlar qo‘ying
Maqsadlaringizni aniq va o‘lchab bo‘ladigan shaklda belgilang. Masalan, "O‘z biznesimni boshlash" emas, "2025-yilning mart oyida onlayn kiyim-kechak do‘konini ochaman."

2. Reja tuzing va bosqichlarga bo‘ling
Maqsadlaringizni kichik vazifalarga ajratib, har kuni yoki haftada bitta bosqichni bajaring.

3. Kun tartibini sozlang
Vaqtingizni samarali boshqaring. Eng muhim ishlarni ertalab bajaring va chalg‘ituvchi odatlardan chetda bo‘ling.

4. Doimiy rivojlaning
Yangi bilim va ko‘nikmalar o‘rganing: kitob o‘qing, kurslarga yoziling va doimiy amaliyot bilan shug‘ullaning.

5. Motivatsiyani saqlang
Kichik yutuqlarni nishonlang va ilhom beruvchi manbalardan foydalaning. O‘z maqsadlaringizni yodda saqlash uchun ular haqida yozib qo‘ying.

6. Salbiy odatlardan voz keching
Vaqtingizni bekor sarflaydigan odatlarni foydali odatlar bilan almashtiring.

7. To‘g‘ri muhit yarating
Sizni rag‘batlantiradigan insonlar bilan o‘rtoqlashing va toksik muhitdan uzoqlashing.

8. Sabrli va qat’iyatli bo‘ling
Har qanday qiyinchilikni o‘sish uchun imkoniyat sifatida ko‘ring. Taslim bo‘lmang va muvaffaqiyatsizliklardan saboq oling.

9. Sog‘lig‘ingizga e’tibor bering
To‘g‘ri ovqatlanish, yetarli uyqu va jismoniy mashqlar sizning produktivligingizni oshiradi.

10. Natijalarni baholab boring
Har oy maqsadlaringizni tahlil qiling va rejalaringizni kerak bo‘lsa moslashtiring.

2025-yil – yangi imkoniyatlar va yutuqlar yili bo‘lsin! Harakatni bugundan boshlang! 🔥

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

29 Dec, 15:11


Donolik sari 100 ta hayot qoidalari
(11-qism)

1. Muloqot vaqtida doimo qarshingdagi odamning ko'zlariga qara va uning ko'z o'ngida hurmating va mahobating oshib borayotganini sezasan.

2. Duch kelgan narsani yegandan ko'ra, och qolgan afzal va men hozir ovqat haqida gapirmayapman.

3. Sen havotir oladigan hodisalarning katta qismi hech qachon ro'y bermaydi. Kelajak haqida qayg'urmasdan hoziringni o'yla.

4. Qo'lingdan kelganini bajar, qolganini taqdirga qo'yib ber.

5. Saxiy bo'lish yaxshi, ammo hamma narsaning ham chegarasi bor. Odamlar oldidan oqqan suvni qadriga yetmasliklarini unutma.

6. Samimiy kulgu va to'yimli uyqu har qanday qalb yaralarini davolaydi.

Davomi bor...

10-qism bu yerda

@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

28 Dec, 14:40


@Muvaffaqiyat_sirlari_tg kanalida yillik sarhisob:

• 217 ta post chiqibdi

• 1.3 million ko'rishlar

• 15.3 mingta reaksiya

• 1.5 mingta izoh

• 11.8 mingta ulashishlar

Eng mashhur postni 17.2 mingta odam o'qigan, 137 marta ulashilgan.

Ushbu yil davomida kanalim kimgadir foyda keltirgan bo'lsa - bekor yashamapman.

7106 ta obunachilar, men bilan birga bo'lganingizdan xursandman.

Kanalimda ketkizayotgan vaqtingizga rozi bo'ling.

Xudo xohlasa, 2025 yil yanada foydali post va ma'lumotlar bilan birgalikda rivojlanamiz. Qo'llab - quvvatlab turasiz degan umiddaman.

Barchangizga katta rahmat!

@Muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

27 Dec, 14:49


Pulga to'ymaydigan ayoldan va ayolga toʻymaydigan erkakdan ehtiyot bo'l...

Davomi videoda!

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

25 Dec, 17:49


Kanalimni nima uchun kuzatasiz?

Muvaffaqiyat Sirlari

25 Dec, 14:50


Jamshidxon aka juda ham foydali video tayyorlapti.

Talabalar, migrantlar qo'yingki Angliya orzusida yurgan barcha uchun.

Ko'ring, ko'p bilim bor bu videoda.

Angliya haqida berkitilgan haqiqatlar!


https://youtu.be/AJmuzuTJuh8?si=y6BVVyZh40M-Nlkn

Muvaffaqiyat Sirlari

24 Dec, 17:42


Bu yilgi rejamda ko'proq kitob o'qish bor edi. Ammo ma'lum sabablarga ko'ra rejadan tashqari kitoblarni o'qishga to'g'ri kelib qoldi.

Xudo xohlasa 2025 - yilda buni eng kamida 2 barobarga oshiramiz.

Ho'sh do'stlar, sizlar qanday kitoblarni o'qib tugatdingiz?

Izohlarda yozingchi, men uchun qiziq)

Muvaffaqiyat Sirlari

24 Dec, 17:38


2024 - yilda 12 ta kitob

Ushbu yilda o'qigan kitoblarim va ulardan olgan asosiy xulosalarim bilan bo'lishmoqchiman:

1. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi - Stiven Kovi

Odamlarning gaplarini qiziqish bilan tinglash ular bilan mustahkam aloqa o'tnatishimizga yordam berishligini o'rgandim.

2. Do'st orttirish va odamlarga tasir o'tkazish - Deyl Karnegi

Odamlarning ismlarini eslab qolish kerakligini o'rgandim.

3. Ey O'glim - Ali Tantoviy

O'g'il bolalarning nafsi va ahloqini sodda usul va misollar bilan tarbiyalagan.

4. Iymon - Shayx Muhammad Sodiq Muhammas Yusuf

Islom dini bo'yicha sizni qiynayotgan barcha savollarga javob topasiz.

5. Deep Work - Kal Nyuport


Chalg'ituvchi omillardan qochib, diqqatni jamlash orqali yuqori samaradorlikka erishish haqida.

6. Eat That Frog -Brayan Treysi

Eng qiyin va muhim ishlarni birinchi qilish kerakligini o'rgandim

7. Do it Today - Darius Foroux


Ishlarni kechiktirmay o'z vaqtida qilish uchun hayotiy maslahatlar bergan

8. It ends with Us - Kolin Xuver

Hayotdagi qiyin tanlovlar va murakkab qarorlarni tasvirlab beradi

9. Noldan birga - Piter Til

Biznesda monopolyaning ahamiyati qanchalik kuchli ekanligini ko'rsatib bergan.

10. Al Kimyogar -Paulo Koelyo

O'z orzularing ortidan quvish va hayotning ma'nosini topish haqida

11. Ilm olish sirlari - Imom Zarnujiy


Ilm olishda nimalarga ko'proq e'tibor berishimiz kerakligini din va dunyo bilimlari oltin o'rtalig'ida tushuntirgan.

12. Hammasi Rasvo - Mark Manson


Umidsizlikka tushgan vaqtingda, hayotga optimistik nigoh bilan qara va qiyinchiliklarni qabul qilishni o'rgan.

@gayratbek_xoldarov

Muvaffaqiyat Sirlari

23 Dec, 13:57


Donolik sari 100 ta hayot qoidalari
(10-qism)

1. Qanchalik yaxshi bo'lmagin, baribir kimningdir hikoyasida yomon inson bo'lasan.

2. Odamlar seni muvaffaqiyatingni istashadi lekin ulardan o'zib ketishingni xohlashmaydi.

3. Baxtni uzoqdan izlama, u xar doim sening o'zingda mujassam.

4. Sen buni sezmasliging mumkin, ammo, sevadigan odamlaring sening eng ojiz nuqtalaringdir.

5. Yomon kunlar aslida foydali, ular senga qaysi narsalarning qadriga o'z vaqtida ketish kerakligini ko'rsatib qo'yadi.

6. Boyliging, yoshing va holatingdan qat'iy nazar, barcha bilan hurmat saqlagan holda muloqot qil.

Davomi bor...

9-qism bu yerda

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

20 Dec, 14:40


Ko'pchilikka bu mavzu qiziq ekan. Bundan juda xursandman 🔥

Xudo xohlasa har kuni soat 18:57 da samaradorlik haqida post joylaymiz.

Xabardor bo'lish uchun kanal bildirishnomasini yoqib qo'ying. Postdagi rasmda ko'rsatib qo'yganman(Shu ko'pchiligingizda o'chik turgan bo'ladi)😊

Qiziqda!
O'zi men yuborgan postlarni o'qiysizlarmi?🤔

O'qisangiz, amal ham qilasizlar deb umid qilaman!

Muvaffaqiyat Sirlari

20 Dec, 13:57


Samaradorlik

Har bir ishda, o'qishda, oila va dinda samarali bo'lish uchun sizga 3 ta eng muhim omil kerak.

• Fokus
• Energiya
• Vaqt

Agar sizda fokus va vaqt bo'lsayu, energiya bo'lmasa, siz o'zingizda charchoq his qilasiz va ishlaringizni ortga surasiz.

Agar siz energiyaga to'la bo'lsangiz va vaqtingiz ham yetarli bo'lsa, ammo, fokusni ushlay olmasangiz, har bir qilayotgan ishingizda tez chalg'ib ketasiz va bir ishdan boshqa ishga sakrab yurasiz.

Agar sizda fokus va energiya bo'lib, vaqt bo'lmasa tabiiyki hech narsaga ulgura olmaysiz.

🔻Sizlar bilan bugundan boshlab qanday qilib samarali bo'lish yo'llarini o'rganamiz

Bu sizga qiziqmi?

HA - 🔥 YO'Q - 👍

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

19 Dec, 16:01


1. Dangasaligingni nazorat qil, va qancha muvaffaqiyatni boy berganingni tushunasan.

2. Shubhalaringni nazorat qil,
va aslida qanchalik qobiliyatli ekaningni anglaysan. O'zingga ishongan bo'l.

3. Gapirishingni nazorat qil, va sukut naqadar kuchli ekanini bilib olasan. Dono bo'lasan

4. Tashvishlaringni nazorat qil, va qarashlaring naqadar aniq bo'lib qolishini sezasan. Diqqatli bo'l.

5. Telefondan foydalanishni nazorat qil, va qancha vaqtingni bekor ketkazganingni tushunasan. Samarali bo'l.

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

18 Dec, 13:19


Donolik sari 100 ta hayot qoidalari
(9-qism)

1. Boshqalar qila olgan ishni sen ham qila olasan. Ammo boshqalar qila olmaydi degani, bu seni ham qila olmaydi degani emas.

2. Mayda harajatlardan ehtiyot bo'l, kichik teshik katta kemani cho'ktiradi.

3. O'zingga yoqadigan kasbni top va sen umringda bir kun ham ishlamaysan.

4. Ko'zlagan maqsadiga erisha olmaganda, boshqalarni ayblab, qiyin zamondan shikoyat qilib, mas'uliyatdan qochadigan nodon kimsa bo'lma.

5. Xar bir hodisadan xayr izlashni va har bir insondan yaxshi sifatlarni izlashni odat qil.

6. Jiddiy gapdan so'ng hazillashdim degan inson aslida haqiqatni aytgan bo'ladi.

Davomi bor...

8-qism bu yerda

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

15 Dec, 17:25


5 ta nima uchun qoidasi!

Toyota kompaniyasining asoschisi Sakiti Toyota doim tushunmovchilik holatlarda 5 ta nima uchun qoidasidan foydalangan.

Faraz qilaylik siz yangi telefon olmoqchisiz. Eskisi ham yomon ishlayotgani yo'q. Lekin siz o'zingizga savol berasiz:

1. Nima uchun men yangi telefon xohlayapman? - Chunki, hamma yangi turidan foydalanmoqda. Men ham atrofidagilarga mos bo'lishim zarur.

2. Nima uchun siz atrofingizdagilarga mos bo'lishingiz zarur? -Chunki, meni omadsiz deyishlarini istamayman va men bilan fikr almashishlarini xohlayman.

3. Nima uchun sizni fikringizni inobatga olishlarini istaysiz? - Chunki, shunday bo'lmasa men o'zimni yomon va noqulay his qilaman.

4. Nima uchun siz o'zingizni noqulay va yomon his qilasiz? - Chunki, men o'zimni hayotda hech ham qo'llay ololmayapman va bir joyda to'xtab turipman.

5. Nima uchun siz o'zingizni hayotda qo'llay ololmayapsiz? Chunki, men o'zim yoqtirmagan ish bilan shug'ullanmoqdaman va ishimdan ko'nglim ayniydi.

Qani endi aytingchi, yangi telefonni bu yerda nima daxli bor?

Obuna bo'lishni unutmang 👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

13 Dec, 11:49


Do'stlar, ko'pchiligingiz moddiy muammolar haqida yozibsiz

Qarzdorlik, pul kamligi va ko'p pul topish haqida.

Uyda yotib, qo'lida hech qanday hunari yo'q bo'la turib yana ko'p pul topish illuziyasi bilan yurganlar ko'p.

Ko'p pul topmoqchimisiz sohangizda zo'ri bo'ling.

• Ijtimoiy tarmoqlarga chiqing
• O'zingizni, ishingizni taniting

Bilimingizni oshiring. Mana Youtube siz uchun mutlaqo bepul platforma.

Bugungi kunda 1 mln topasizmi 10 mln topasizmi farqi yo'q, rizqingizdan oshiqchasini ololmaysiz.

Shu sababli Allohdan pul so'ramasdan, hozirgi topayotgan pulingizga baraka so'rab, tushkunlikka tushmay harakatda davom eting.

Bularning barchasi, barcha bilgan sodda haqiqatlar.

Siz buni qiyinlashtiryapsiz holos

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

11 Dec, 14:59


Do'stim, qaror qilishda qiynalyapman deb yozibsiz

Agar qaror qilishga qiynalsangiz nima qilish kerak?

Ma'lumot to'playverishni to'xtating
Axborot muhim, ammo ma'lumotlar qancha ko'p bo'lsa, chalkashlik va shubhalar shunchalik ko'payadi.

Vaqt esa o'tib boraveradi. Shuning uchun, o'zingizga "to'xta!" deb aytishingiz va hozirda mavjud bo'lgan bilimlaringiz bilan boshlashingiz kerak.

Muddat belgilang
Aniq muddatning yo'qligi sizni cheksiz shubhaga, bir xil ma'lumotni chaynashga, tashvishlanishga va qarorlarni kechiktirishga majbur qiladi.

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

10 Dec, 17:57


Oxirgi paytlarda biroz kamnamo bo'lib qoldik. Sababi o'zimizni isloh qilib, rivojlanishga ko'proq e'tibor qaratdik.

Bundan buyog'iga yanada foydali ma'lumotlar bilan sizlarga foydamiz tegadi degan umiddamiz.

Sizlar bizni qo'llab tursangiz bas. Aktiv bo'lib turasizlar deya, biz harakatni boshladik ) 🔥

Muvaffaqiyat Sirlari

10 Dec, 17:41


Donolik sari 100 ta hayot qoidalari
(8-qism)

1. Bir eshik yopilganda, darhol ikkinchi eshik ochiladi. Ammo biz yopilgan eshikdan nikoh uzolmay, ochilgan eshikni payqamaymiz.

2. O'z tananga g'amxo'rlik qilishni unutma. U sen bilan bir umr qoladi.

3. Erkakning malomatga loyiq eng yomon sifati - rashkchi bo'lmaganidir.

4. Hayot saboqlari qarshisida chekinma, ular senga eng yaxshi saboqlarni beradi.

5. Ko'rsatganingdan ko'prog'iga ega bo'l, bilganingdan kamrog'ini gapir.

6. Ba'zida qaror qilishga qiynalib qolsang, ichingdagi ovoz nima qilish kerakligini aytadi. Ko'nglinga quloq sol, u senga pand bermaydi.

Davomi bor...

7-qism bu yerda

Obuna bo'lishni unutmang
👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

07 Dec, 08:55


Hozir sizdagi muammo nimada?

Har bir savolga alohida post bilan javob beraman.

(Anonim tarzda, kim yozgani bilinmaydi)

Yozing:
http://t.me/LetsAskBot?start=NjS6zj

Muvaffaqiyat Sirlari

29 Nov, 11:23


🔻Xarizmani rivojlantirishning yana bir usuli bu - Tana tilini rivojlantirishdir


🔹Ochiq tana tili: Qo‘llarni ko‘ksingizga qovushtirmang, tabassum qiling va ko‘z bilan aloqa o‘rnating.

🔹Ishtiyoqni namoyon qiling: Qo‘l harakatlari va yuz ifodalaringizda hissiyotlaringizni ko‘rsating.

🔹Tik turish va to‘g‘ri o‘tirish: Qomatga e'tibor bering, bu sizni ishonchli ko‘rsatadi.

Siz tana tilidan foydalanasizmi?

HA - 🔥 YO'Q - 👍

Obuna bo'lishni unutmang 👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

26 Nov, 15:32


🔻Xarizmangizni rivojlantirish uchun quyidagi usullarni qo‘llashingiz mumkin.

1. O‘ziga ishonchni oshirish bu asosiy usullaridan biri! Buning uchun:

🔹O‘z kuchli tomonlaringizni biling: Qobiliyatlaringizni tan oling va ulardan foydalaning.

🔹Qo‘rquvni yenging: Omma oldida so‘zlash yoki yangi odamlar bilan muloqot qilishni mashq qiling.

🔹O‘z qiyofangizga e'tibor bering: Toza va tartibli kiyinish, to‘g‘ri qomat saqlash o‘ziga ishonchni oshiradi.

O'zingizga ishonchingiz kuchlimi?

HA - 🔥 YO'Q - 👍


Obuna bo'lishni unutmang 👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

26 Nov, 08:15


Xarizma nima?

Xarizma – bu insonning boshqalarga ta'sir o'tkazish qobiliyati, ularda qiziqish va ishonch uyg‘otish, o‘ziga jalb qilish kuchidir.

Xarizmatiklik belgilari:

1. O‘ziga ishonch: Xarizmatik insonlar o‘z fikrlariga qat'iy ishonadilar va boshqalarga o‘z e'tiqodlarini yetkaza oladilar.


2. Hissiyotlarni boshqarish: Ular o‘z hissiyotlarini nazorat qila oladi va boshqalarning his-tuyg‘ularini tushunishga qodir.


3. Ijtimoiy mahorat: Tanish va notanish odamlarga osongina yaqinlashadi, suhbatda samimiy va quvnoq bo‘ladi.


4. Jozibadorlik: Ularning harakati, so‘zlash uslubi yoki tashqi ko‘rinishi boshqalarni o‘ziga jalb qiladi.

Xarizmani rivojlantirish usullari sizga qiziq bo'lsa 🔥 qoldiring!

Obuna bo'lishni unutmang 👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

24 Nov, 05:06


Donolik sari 100 ta hayot qoidalari
(7-qism)

1. Senga berilmagan savolga javob qaytarma, sendan yordam so'ramaganlarga yordam berishga shoshilma.

2. Biz yo o'zimizni zaif qilamiz yoki o'zimizni kuchli qilamiz. Ish hajmi bir xil.

3. To'g'ri qarorlar - tajribaning natijasi. Tajriba esa - notog'ri qarorlarning natijasi.

4. Band bo'l. Bu dunyodagi eng arzon dori va eng samaralilaridan biri.

5. Baxt - muammolarning yo'qligidan emas, balki muammolarni hal qila olish matonatidan paydo bo'ladi.

6. Ahmoqlar bilan bahslashma, ular seni o'z darajasiga tushurib, so'ngra bahsda g'olib bo'lganlarini e'lon qiladilar.

Davomi bor...

6-qism bu yerda

Obuna bo'lishni unutmang 👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

23 Nov, 16:19


2024-yil yakunigacha 38 kun qoldi.

Siz nimalarga erishdingiz?
Yana nimani o’zgartirishingiz mumkin?

Muvaffaqiyat Sirlari

22 Nov, 10:13


🔻Moliyaviy maslahatlar

🔹 PUL TOPISH HAQIDA:
Hech qachon yagona daromadga bog'lanib qolmang. Ikkinchi manbani yaratish uchun investitsiya qiling.

🔹 PULNI JAMG'ARISH HAQIDA:
Xarajatlardan qolganini jamg'armang, jamg'armadan qolganini xarajat qiling.

🔹 PULNI SARFLASH HAQIDA:
Sizga zarur bo'lmagan narsalarni sotib olaversangiz, tez orada sizga zarur bo'lgan narsalarni sotishingizga to'g'ri keladi.

🔹 RISK QILISH HAQIDA:
Daryoning chuqurligini ikki oyog'ingiz bilan o'lchamang.

🔹 INVESTITSIYA HAQIDA:
Siz qila oladigan eng muhim investitsiya bu o'zingizga qiladigan investitsiyadir.

Post foydali bo'ldimi?

HA - 🔥 YO'Q - 👍

Obuna bo'lishni unutmang 👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

21 Nov, 17:28


Haqiqatni bilib olishni istasangiz . . .

🔻Agar insondan haqiqatni bilmoqchi bo‘lsangiz, shunday deng: "Tushun, hamma odamlar xato qiladi. Buning hech qanday yomon joyi yo‘q".

🔹 Shu tariqa odam sizga ochila boshlaydi, chunki xatoni hamma qiladi.

❗️ Eng yaqinlaringizga yuborib qo'ying

Obuna bo'lishni unutmang: 👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

21 Nov, 04:27


Kun iqtiboslari

▪️Bazi o’rgarishlar og’riqli bo’lishi mumkin, lekin qilinishi kerak.

▪️Hamma seni yomon ko’radi emas, hech kim senga o’xshagan emas.

▪️Men hech qachon mukammal bo’lmaganman, lekin doim haqiqatni gapirganman.

▪️Muammolaringdan nolima, ularni imkoniyatga aylantir.

▪️Hech qachon taslim bo’lma, buyuk ishlar vaqt talab etadi.

▪️Boshqalardan ajralib turishing - sening eng kuchli tarafing.

▪️Diqqatini rivojlanishga qarat, isbotlashga emas.

Obuna bo'lishni unutmang👇
@muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

18 Nov, 13:13


Donolik sari 100 ta hayot qoidalari
(6-qism)

1. Odamlar ko'pincha senga o'zining ehtiyojlari va ochko'zligi darajasiga qarab munosabat ko'rsatishadi.

2. O'tmishing haqida hech kimga gapirma. Boshingdan o'tganlarni asl mohiyati va sabablarini sendan boshqa hech kim tushuna olmaydi. Hattoki bu ma'lumotlarni senga qarshi ishlatuvchilar ham topiladi.

3. Yig'laging kelsa, yig'la. Bu - dardni ichingga yutishdan ko'ra yaxshiroq.

4. Bu dunyoda hech narsa siqilishinga arzimaydi.

5. Qiyin ish bu o'z vaqtida bajarilmagan oson ishlarning yig'indisidir. Ishlarni kechiktirma.

6. Samimiylik va vafo - arzon odamlardan kutish kerak bo'lmagan qimmat sovg'alardir.

Davomi bor...

5-qism bu yerda

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

15 Nov, 14:45


Vaqtingiz yetarlicha

Bir haftada 168 soat bor.

Undan:
💼 40 soatini ishda;
🏋🏻 7 soatini sport bilan;
😴 56 soatini uyquda o'tkazsangiz ham, 65 soat ortib qoladi.

Bahona qilishni bas qiling. Harakatga o'ting.

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

15 Nov, 11:03


Odatda rus adabiyotlarini o'qimas edim. Ammo Dostoyevskiy asarlariga qiziqishim bor.

Manfaatli qilsin. Bir o'qib ko'raylikchi)

Bu kitobga sizning fikringiz qanday? O'qiganmisiz?

Muvaffaqiyat Sirlari

13 Nov, 03:55


Siz betakrorsiz ☺️

🪒 Ustara tig'i o'tkir. Lekin, u bilan o'tin chopib bo'lmaydi.

🪓 Bolta baquvvat. Lekin, u bilan soch olib bo'lmaydi.

Bu dunyoda har bir inson betakror va muhim. Shunchaki, ularning qobiliyati nimada ekanligini topish kerak xolos.

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

11 Nov, 16:30


Endorfin moddasi

Endorfin moddasi - bu tushkunlikning tabiy davosi hisoblanadi. Tushkunlikni yo'qotib, kayfiyatingizni ko'taradi.

Tanada endorfin moddasini quyidagi mashg'ulotlar orqali yaratsa bo'ladi:

🏋🏼‍♀️ Sport bilan shug'ullanish
🍫 Qora shokolad yeyish
📖 Qiziqarli kitob o'qish


Tushkunlikka tushdingizmi? Mana davolar👆🏻

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

10 Nov, 03:20


"6 maqsad" qoidasi

Bir kunda 20 ta ishni tugatishga urinish, uzog'i bilan bu ishlarni keyinga qoldirish bilan tugaydi. Sifat haqida gapirmasa ham bo'ladi.

Yaxshisi, bir kunga ko'pi bilan 6 ta maqsad qo'ying. Va ularni amalga oshirgunga qadar ishlang.

Agar ulardan faqatgina 4 tasini tugatishga ulgurgan bo'lsangiz, ertangi kunga faqat 2 ta qo'shimcha ish qo'shishingiz mumkin.

Shunday qilib, har kuni rejangizda faqat 6ta maqsad bo'lishini nazorat qiling.

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

08 Nov, 15:48


Yolg'on orqali tinchlik afzalmi yoki haqiqat orqali tortishuv?

Javobingizni izohlarda qoldiring 👇

Muvaffaqiyat Sirlari

08 Nov, 13:48


Miya uchun manipulyatsiya

Qanday qilib miyangizni aldash va ertalab osongina uyg'onish kerak: budilnik jiringlaganda, siz bir soniya keskin ko'tarilib, mushtlaringizni siqishingiz va " Haa !" Deb baqirishingiz kerak. - go'yo siz hozirgina gol urgan futbolchisiz.

Bu biroz g'alati, lekin siz darhol kuchga to'lasiz va yotoqdan osongina turib ketasiz😉

Uyquchi tanishlarga yuborib qo'yamiz)

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

07 Nov, 09:35


Kitob internetdan afzalroq

Kitobdan kerakli ma'lumotlarni tez topish biroz qiyinroq, lekin internet - bu tartibsiz joydir. Ertalab kirib, kechqurun chiqasiz.

Kitob ma'lum bir mavzuni chuqurroq va puxta yoritadi, diqqatni jamlashga yordam beradi va uzoq yillar davomida sinovdan o'tgan bilimlarni beradi.

Kitobni-ku chetga olib qo'yish mumkin, internetni esa mushkul ish. Internet - bu haqiqiy botqoqlik.

Vaqt tejaymiz deb internetni tanlaymiz-ku, vaqtimizni chalg'ituvchi omillarga g'arq qilamiz.

Internetni yaxshi tomonlari ham juda ko'p, ammo tanlash imkoni berilganda kitob degan bo'lardim.

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

06 Nov, 13:11


Kitob afzalmi yoki internet?

Javobingizni izohlarda qoldiring 👇

Muvaffaqiyat Sirlari

05 Nov, 16:44


Unutilgan duolar

Kichkinaligimda namoz vaqtlari ko'rsatilib turiladigan soat bo'lardi. Orqasida islomiy savol-javoblari bilan.

O'qirdim. Yodlardim. Ammo tushunmasdim. Bular nima? Nega yodlashim kerak?

Ayniqsa Chahoriyorlar - Abu Bakr Siddiq, Hazrati Umar, Hazrati Usmon va Hazrati Ali. Bular kimlar?

Doim o'qiganimda shu savolni o'zimga berar edim. O'sha payt Allohdan so'raganman "Ey Alloh, menga bularni tanit. Ularni o'rganishimga yordam ber"...

Yillar o'tdi. Nimadir bo'ldi, tarix faniga qiziqib qoldim. O'rganyapman...7-sinf O'zbekiston tarixi Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon va Ali. Xalifalik davri...

U paytlar, qilgan duolarimni va bularni o'rganishni istaganimni ham eslay olmasdim

Bugun tushunib yetdim. Hech bir narsa o'z o'zidan bo'lmaydi.

Bugungi kundagi yutuqlaringiz, qachonlardir qilgan ishlaringiz samarasi.

Qachonlardir samimiylik va to'la ishonch bilan qilingan duolar samarasi

@gayratbek_xoldarov

Muvaffaqiyat Sirlari

04 Nov, 15:15


Donolik sari 100 ta hayot qoidalari!
(5-qism)

1. Qanday vaziyat, vaqt va makonda bo'lishingdan qat'iy nazar, qanday bo'lsang, shundayligingcha qol.

2. Sening nasibang birovga o'tib ketmaydi va birovning haqqi senga o'tib ketmaydi. Halol bo'l.

3. Pulga to'ymaydigan ayoldan va ayolga toʻymaydigan erkakdan ehtiyot bo'l.

4. Agar kimnidir sog'ingan bo'lsang, uni hayotinga qaytarishga shoshilma. Sog'inch - bu seni parchalovchi va kuchliroq qilib qayta tiklovchi jarayondir.

5. Yaxshi do'st ortingdan yaxshi gapiradi, yuzinga esa rostini aytadi.

6. G'iybat bo'layotgan davralarda o'tirma. Turganingdan so'ng keyingi mavzu sen bo'lasan

Davomi bor...

4-qism bu yerda

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

04 Nov, 02:29


Olim bo'lma, odam bo'l

Bilamizki, odobli va ilmli bo'lish juda muhim.

Lekin, qaysi biri afzalroq degan savol bo'lganda, odob deb javob bergan bo'lardim.

Odobni o'rgatish juda qiyin. Hattoki juda ilmli insonlarga ham.

Odobsiz qo'lida ilm - behuda va xavfli qurolga aylanadi. Shu sababli, birinchi bo'lib odobni shakllantiring. Keyingina ilm olishga sho'ng'ing.

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

03 Nov, 11:22


Odob afzalmi yoki ilm?

Javobingizni izohlarda qoldiring 👇

Muvaffaqiyat Sirlari

03 Nov, 09:13


Nechta kitob o'qish kerak?

O'zingizga kerak bo'ladigan 100 ta kitobni topguningizgacha nechta kitob bo'lsa, hammasini o'qish kerak.

Balkim 1000 ta, balkim 10 000ta.

Asosiy maqsad hayotingizga tadbiq eta oladigan o'sha 100 ta kitobni topish va ularni qayta-qayta o'qish.

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

02 Nov, 16:05


Muomala san'ati

Hech qachon "Rahmat " so'zini yolg'iz ishlatmang.

Har doim aynan nima uchun minnatdor ekanligingizni bildiring.

Masalan, "Yordam berganingiz uchun rahmat", "mehmon qilganingiz uchun rahmat".

Ho'sh nima deymiz ekan?)

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

31 Oct, 04:40


Donolik sari 100 ta hayot qoidalari
(4-qism)

1. Ko'p o'ylama. Senda puxta reja bo'lishi kerak. Ammo ortiqcha mulohazalar seni chalkashtiradi va qo'rquvga sabab bo'ladi

2. Har kuni o'zinga aytadigan eng katta yolg'on bu - "Hali vaqt bor"

3. Shunday payt keladiki, har bir bola uni hech kim hayot tashvishlardan qutqarmasligini tushunib yetadi va aynan shu payt haqiqiy erkakka aylanadi. Lekin ba'zi bolalar bungacha yetib kelmaydilar. Va bir umr bola bo'lib qoladilar

4. Charchaganda taslim bo'lishni emas, dam olishni o'rgan.

5. Insonning haqiqiy yuzi unga foydasi tegmaydigan odamlarga bo'lgan munosabatida namoyon bo'ladi

6. Qalbinga azob bergan narsani unut. Ammo bu senga nimani o'rgatganini unutma.

Davomi bor...

3-qism bu yerda

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

30 Oct, 12:01


Sukunat va vaqt

Barcha narsaga davo bu vaqtdir deyishadi. Hikmatni anglash uchun ham vaqt kerak.

Haqiqat shundaki, sinovlar ko'p o'ylash orqali xal qilinmaydi. Aksincha, kamroq qayg'urish kerak.

Ko'p savollarga javobni vaqti kelib sukunatdan olasiz.

Muammoni hal qilib bo'lmaydimi? Unda unga ortiqcha vaqt ketkazmang.

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

30 Oct, 03:00


Ilm afzalmi yoki pul?

Javobingizni izohda qoldiring 👇

Muvaffaqiyat Sirlari

29 Oct, 12:52


Boy inson baxtli insonmi?

Bu savolga javob berishdan oldin boy insonlar deb kimlarni atashimizni aniqlab olaylik.

Boy deb....
◾️Man'anviy (aql xushi joyda)
◾️Moddiy (moliyaviy)
◾️Jismoniy (sog'lom)
◾️Ruhiy (iymonli)
.... boy insonlarni bilishimiz kerak.

Agar ulardan birginasida bo'lsa ham oqsasangiz, siz o'zingizni to'laqonli baxtli hisoblay olmaysiz.

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

29 Oct, 02:45


Boy insonlar baxtli insonlarmi?

Javobingizni izohlarda qoldiring👇

Muvaffaqiyat Sirlari

29 Oct, 02:36


Vaqtni samarali o'tkazish usuli

Sizning vaqtingizni va energiyangizni mana shu 3 narsa tortib olyapti:

• Internet tarmog'i
• Haddan ziyod ko'p o'ylash
• Ma'nosiz va befoyda munosabatlar

Vaqtni samarali o'tkazish usullarini o'rganishdan oldin, mana shu 3 narsa yo'lga qo'yib oling😁 Keyin yana gaplashamiz.

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

28 Oct, 02:13


Donolik sari 100 ta hayot haqiqatlari
(3-qism)

1. Shuni unutmagin-ki, mag'lubiyatlar g'alabalardan ko'ra yaxshiroq saboq beradi

2. Tabassum qil. Bu shunchaki yomon kun, yomon hayot emas

3. Bir yildan keyin orzularing uchun harakatni bugun boshlaganing uchun o'zingdan minnatdor bo'lasan.

4. Oylik daromadingning kamida 30% ni kelajaging uchun saqlab qo'y, bu senga aniq kerak bo'ladi

5. Keyinchalik yolg'onga olib keluvchi hech qanday ishga aralashma

6. Yorug’lik tezligi ovoz tezligidan balandroq. Shu sabab ba'zilar gapirishni boshlaguniga qadar, porloq shaxslardek ko'rinadilar.

Davomi bor...

2-qism bu yerda

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

24 Oct, 03:01


Qachon rivojlanishni boshlaymiz?

Ko'pchilik insonlarning diqqati, boshqa bir insonlarning hayotini muhokama qilishda.

Ular boshqalarning hayotini g'iybat qilish, kamchiliklarini topish bilan band.

Qachonki siz boshqalarni muhokama qilishdan to'xtab, diqqatingizni o'zingizga qaratsangiz - shunda o'sish bo'ladi.

Shunda siz g'iybatga, tanqid qilishga ketayotgan vaqtingizdan unumli foydalanasiz.

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

19 Oct, 16:36


Vaqtni boshqaring

Aslida sizning ishingiz ko'p emas, shunchaki vaqtingizni to'g'ri boshqara olmaysiz.

Vaqtingizni to'g'ri boshqaring:
- erta turing
- ishlar ro'yxatini tuzing
- tugatilishi kerak bo'lgan vaqtni belgilang
- rejangizdan chiqib ketmang

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

17 Oct, 14:29


Donolik sari 100 ta hayot qoidalari
(2-qism)


1. Tanqidlarga so'z bilan emas, natija bilan javob qaytar

2. Ayolni boshinga chiqarsang, uni senga past nazar bilan qarashdan boshqa chorasi qolmaydi

3. Bu dunyoda ikki insonning o'rtasida turishdan-da murakkabroq vazifa yo'q

4. Erishmoqchi bo'lgan yutuqlaring haqida emas, erishgan yutuqlaring haqida gapir

5. Hech qaysi insonga bog'lanib qolma insonlar o'zgaradi va bir kun kelib eng yaqin do'sting ham begonaga aylanishi mumkin

6. Muhim ishlarda hissiyotga tayanib qaror qabul qilma

Davomi bor...

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

14 Oct, 12:14


🔻Muvaffaqiyatga erishmoqchimisiz?

• Boshqalar bekor yurganda, siz o'qing

• Boshqalar ikkilanayotganda, siz qaror qabul qiling

• Boshqalar o'z qulaylik zonasini tark etishdan qo'rqayotgan paytda, siz boshlang

• Boshqalar kechiktirganda, siz ishlang

• Boshqalar sarflaganda, siz pulni tejang

• Boshqalar tezda taslim bo'ladigan joyda, siz sabr qiling

Hamma ham muvaffaqiyatga erisha olmaydi, chunki hamma ham buni xohlamaydi.

LINK 👉 @Muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

12 Oct, 07:03


Donolik sari 100 ta hayot qoidalari!
(1-qism)

1. Eng katta muammolar ko'p gapirganing sababli sodir bo'ladi.
Biroz kamgap bo'l.

2. Hech qachon qarz so'rama, chunki qarz boshqa qarzni keltirib chiqaradi. Bunday chuqurdan chiqish esa juda mushkul.

3. Hayotingni boshqalarning hayoti bilan solishtirma. Shunchaki ertangi hayoting kechagidan yaxshiroq bo'lishiga intil.

4. Hech qanday afsus o'tmishni o'zgartira olmaydi va hech qanday havotir kelajakni o'zgartira olmaydi.

5. Bajarishga ko'zing yetmayotgan va'dani berma. Shunda o'zingni ham qarshingdagi insonni ham qiynamaysan

6. Zaiflik bildirmagan holda muloyim bo'l. Dag'allik bildirmagan holda kuchli bo'l

Davomi bor...

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

11 Oct, 15:08


Orqada qolib ketasiz

Yangi til o'rganyapsiz. Yangi odamlar. Yangi atmosfera.

Diniy ilmlarni egallamoqchisiz. Atrofingizdagi barcha sizdan aqilliroq. Ko'p narsani biladi.

Siz yangi bo'lganingiz uchun uncha tushunmayapsiz. Ustozingizdan so'ragingiz kelyapti.

Ammo, g'urur qurg'ur yo'l bermayapti. Sheriklarim nima der ekan? Ustimdan kulishsachi deyapsiz.

Xato qilib qo'ysamchi? Keyin nima bo'ladi? Sharmanda bo'lsamchi?

Odamlarning tashvishi o'ziga yetarli. Hammaning o'z hayoti, muammolari bor.

Ular xato qilsa sizga qizig'i bo'lmagandek, siz ham nimanidir bilmasligingizni ularga qizig'i yo'q.

Tushunmadingizmi so'rang - so'ramasangiz o'smaysiz.

Odamlardan uyalishni bas qiling. Uyalsangiz orqada qolib ketasiz.

@gayratbek_xoldarov

Muvaffaqiyat Sirlari

09 Oct, 10:17


Uch turdagi kishini unutishdan extiyot bo'l:

1. Qiyin vaziyatlarda senga yordam bergan kishini.

2. Qiyin vaziyatlarda seni tark etgan kishini

3. Qiyin vaziyatlar kelib chiqishiga sabab bo'lgan kishini.

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

08 Oct, 12:29


Kitob o'qishni yangi boshlaganlar uchun

1. Birinchi bo'lib, kitobni nima maqsadda o'qiyotganingizni aniqlab oling.

Shaxsiy rivojlanish uchunmi? Dunyoqarashni kengaytirish uchunmi? Yoki o'zingizdagi muammoga yechim topish uchunmi?

Bu nima uchun muhim? Agar kitob sizga yoqmasa va yoki muammoyingizga yechim bermasa, kitob o'qishdan zerikib qolasiz va oxirigacha tugatmay tashlab qo'yasiz.

2. Kitoblarni oz-ozdan o'qishni boshlang. 3 kunda yoki 1 haftada tugataman degan cheklov qo'ymang.

O'rniga har kuni 20 bet (imkoniyatingizga qarab) o'qishni reja qiling va 1 kun ham qoldirmang.

3. Kitobni ovozni chiqarib o'qing. Bu nutqingizni rivojlanishiga juda katta yordam beradi.

4. Bir vaqtning o'zida 2-3 ta kitob o'qisa ham bo'ladi. Hech qanday ziyoni yo'q.

Umid qilamanki, kitob tanlashda sizda muammo bo'lmaydi)

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

07 Oct, 18:51


7/25 "Noldan Birga"

Yangi biznes boshlamoqchi bo'lganlar yoki mavjud biznesini rivojlantirmoqchi bo'lganlar uchun juda ham muhim qo'llanma ekan.

Nafaqat biznesga, balki, iqtisodiy va siyosiy qarashlaringizni o'zgartirishga ham katta yordam beradi.

Biznesga qiziqsangiz kitob haqida batafsil bu yerda o'qing.

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

03 Oct, 16:32


Rad etilmas 5 ta haqiqat

1. Farzandlaringizni boy bo'lish uchun tarbiyalamang. Ularni baxtli bo'lishga o'rgating.

Shunda katta bo'lgach, narsalarning narxini emas, qadrini bilishadi.

2. Oziq-ovqatingizni dori sifatida iste'mol qiling, aks holda dorilarni ovqat sifatida istemol qilasiz.

3. Sizni sevadiganlar, taslim bo'lish uchun 100 ta sabab bo'lsa ham, sizni hech qachon tark etmaydi, ularni ushlab turish uchun bitta sabab yetarli.

4. Yolg'izlikda tez yurish yaxshi. Ammo uzoq masofani istasangiz birgalikda harakat qiling.

5. Dunyodagi 6 ta eng yaxshi shifokor bular - quyosh nuri, dam olish, jismoniy mashqlar, parhez, o'ziga ishonch va do'stlar.

Ularni hayotning barcha bosqichlarida sinang va mazmunli hayot kechiring.

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

01 Oct, 14:19


6/25 "Ilm olish sirlari"

Bu kitob ilm olishda nimalarga e'tibor berish kerakligi, foydali va uzoq muddatli bo'lishligi uchun hayotiy misollar va usullar bilan yozilgan ekan.

Din va Dunyoning oltin o'rtaligida yozilgan kitoblar menga judayam yoqadi. Bu kitob aynan shunday ekan.

Kitob haqida batafsil bu yerda o'qishingiz mumkin.

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

28 Sep, 06:41


1. Har kuni ertalab ikkita tuxum yeyish, miya faoliyatini kuchaytirishini bilarmidingiz?

2. Yarim stakan uzumni iste'mol qilish, yo'g'on ichakni tozalaydi va ich qotishidan xalos bo'lishga yordam beradi.

3. 15 dona bodom yeyish, bosh og‘rig‘ini to‘xtatishga yordam beradi.

4. Zanjabil suvi semirishni oldini olib, vazn tashlashga yordam beradi.

5. Anor donalarini iste'mol qilish, soch o'sishiga yordam beradi.

Eslatma: Faqatgina mahsulotlarning o'zi bilan bu muammolar hal bo'lib qolmaydi. Jismoniy mashqlar va davomiylikni ushlash kerak.

Sizlarga foydali ma'lumot topaman deb o'zim ham tabib bo'lib ketaman shekilli)

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

24 Sep, 08:58


Muzokara san’ati

Suhbatdoshingizni biron-bir narsaga ishontirishingiz yoki unday olishingiz:

55% - tana harakatingiz va yuz ifodangizga bog’liq;
38% - ovozingiz balandlab, pasayishiga bog’liq;
qolgan 7%ginasi esa siz aytayotgan so’zlarga bog’liq.

Nima deyishingiz muhim emas, uni qanday aytishingiz, yetkazib berishingiz muhim!

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

22 Sep, 17:47


5/25 "Alkimyogar"

Yana bir kitob tugadi. Bunchalik zo'r bo'lsa kerak deb o'ylamagandim. Orzu va umidlarimiz yo'lidagi o'zligimizni tanish haqida ekan.

Juda ham qiziqarli umuman zerikib qolmaysiz. Xudo xohlasa bu kitobga yana qaytamiz.

Kitob haqida batafsil bu yerda o'qishingiz mumkin.

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

22 Sep, 05:00


Ideal kun uchun kun tartibi

1. Odatdagidan 15 daqiqa ertaroq turing.

2. Kuningiz qanday o’tishini va nimalar qilishingiz kerak ekanligini hayolingizdan o’tkazib oling.

3. Shukronalik keltiring.

4. 30 daqiqalik sayrga, yugurishga chiqing.

5. Sayr davomida kuningizni qanday qilib samaraliroq o’tkazish mumkinligi haqida o’ylang.

6. Kelajak rejalaringizni tahlil qilib chiqing.

7. Keyin nonushta qilib, ish yoki o’qishingizga yo’l olishingiz mumkin.

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

19 Sep, 07:23


80/20 qoidasi

- Sog’lik: 80% taomlanish, 20% mashq
- Boylik: 80% odatlar, 20% hisob-kitob
- So’zlashish: 80% eshitish, 20% gapirish
- O’rganish: 80% tushunish, 20% o’qish
- Muvaffaqiyat: 80% sababini qilish, 20% niyat
- Baxt: 80% oliy maqsad, 20% ko’ngil-xushlik
- Munosabatlar: 80% berish, 20% olish
- Rivojlanish: 80% doimiylik, 20% g’oyalar

80% ni bajarishga harakat qiling. Qolgani o’zi keladi.

LINK
👉 @Muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

18 Sep, 03:28


🔻Sizdagi barcha hissiyotlar asosli, ammo xatti harakatlaringiz emas.

1. Jahlingiz chiqishi to'g'ri, ammo baqirishingiz emas.

2. Rashk qilishingiz tog'ri, ammo tezda hukm chiqarishingiz emas.

3. Muammolaringiz borligi to'g'ri, ammo bularni deb ichib, chekishingiz emas.

4. Ba'zi insonlarni sog'inishingiz to'g'ri,
ammo ularga yana qaytishingiz emas.

🔻Xatti harakatlaringizni
his-tuyg'ularingizdan ajratib oling. Hissiyotlar xar doim haqiqiydir, ammo harakatlaringiz emas.

LINK 👉 @Muvaffaqiyat_sirlari_tg ✔️

Muvaffaqiyat Sirlari

16 Sep, 16:27


4/25 " Deep Work"

Yana bir kitob tugadi. Rejadan roppa rosa 50% orqadaman. Bu vaqtgacha 12- kitobni tugatishim kerak edi. 😅

Xo'p, kitobga qaytadigon bo'lsak, Ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo'lib qolgan va fokusni ushlay olmayotgan odamlarga juda ham foydali kitob ekan.

Bu kitob *ingiliz tilida.

O'zbek tilida "Diqqat" deb tarjima qilingan.

Ho'sh, siz hozirda qaysi kitobni o'qiyapsiz?

@muvaffaqiyat_sirlari_tg

Muvaffaqiyat Sirlari

14 Sep, 02:48


🔻O'zingizga past baho berishning 7 belgisi

1. Siz qaror qabul qilishda qiynalasiz

2. Doimo uzr so'raysiz. Chunki hamma narsada o'zingizni aybdor his qilasiz

3. Siz, hurmat qilmaydigan, mensimaydigon odamlar bilan muloqot qilasiz.

4. Odamlar sizni eshitmaydi. Boshqalarni tinchlantirish uchun o'z zararingizga gapirasiz

5. O‘zingizga yoqmaydigan narsalarni sotib olasiz. Va aksincha boshqalarga yoqadigan narsani tanlaysiz.

6. Siz doimo yolg'on gapirasiz. Haqiqatni aytishdan qo'rqasiz

7. Ko‘p uxlaysiz. Muammoni hal qilish o'rniga uyquni afvzal ko'rasiz.

🔻O'zingizga past baho berasizmi?

👍 - HA 🔥 - YO'Q