O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov boshchiligidagi delegatsiya ayni kunlarda Kuvayt davlatida bo'lib turibdi. Delegatsiya tarkibida Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova ham qatnashib, xizmat safarida ishtirok etmoqda.
Bugun, safarning birinchi kunida vakillarimiz Farvaniya provinsiyasi gubernatori rahbarligida mahalliy sarmoyadorlar bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvda Farvaniya provinsiyasi gubernatori shayh Azbi Nosir as-Saboh, tijorat kompaniyalar, xususan, “Al Sayer Holding”, “Hend M.Al-Rashidi” va “Al Tijaria Commercial Real Estate Company” kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollari, xususan, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalar bo'yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama etildi.
Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati
| Telegram |Web-site |Facebook | Instagram |YouTube |