Andijon mavsumning ikkinchi yarmidan e’tiboran Chempionlar ligasi II musobaqasi doirasidagi raqiblarini ham Bobur arenada qabul qilish uchun harakatni boshlagan. Bu masalada viloyat hokimligi ish olib bormoqda.
Shunga qaramay, Liga Bobur arena stadioni havo aylanish tizimi yuzasidan o‘z xavotirini bildiradi. Stadion chimi aynan avgust va sentyabr oylarida muammolar keltirib chiqarishi mumkin. Parvarish talab darajasida bo‘lgan holatda esa chim qolgan oylar davomida o‘zining yaxshi holatini ushlab tura oladi.