Hushnudbek.uz

@hushnudbekuz


Hushnudbek fan channel

Hushnudbek.uz

21 Aug, 01:18


Hududiy elektr tarmoqlarining boshqaruvini xususiy sektorga berishda amaliy bosqich boshlanadi.

Xususan, oktyabrda Samarqand viloyatidagi elektr tarmoqlariga xususiy operator jalb qilish bo‘yicha tender e’lon qilinadi.

Kelgusi yil Jizzax va Sirdaryoda ham xuddi shunday ishlar amalga oshiriladi.


👉 @Hushnudbekuz👈

Hushnudbek.uz

13 Aug, 03:39


Olimpiada chempion va sovrindorlariga mukofotlar topshirilmoqda.

🥇Oltin medal sohiblariga:

— 200 ming AQSh dollari;
— Tahoe avtomobili;
— 2 qavatli kottedj.

🥈Kumush medal sohiblariga:

— 100 ming AQSh dollari;
— BYD Song Plus EV Champion avtomobili;
— kvartira.

🥉Bronza medali sohiblariga:

— 50 ming AQSh dollari;
— BYD Song Plus DM-i Champion avtomobili;
— kvartira.


👉 @Hushnudbekuz👈

Hushnudbek.uz

12 Aug, 17:05


❗️ 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab:

byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori – 15 foizga oshirildi;

byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori – 10 foizga oshirildi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan xodimlar bundan mustasno;

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;

bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m etib belgilandi.


👉 @Hushnudbekuz

Hushnudbek.uz

12 Aug, 17:05


❗️2024-yil 1-sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshirildi.

Bunda:

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;

yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m;

nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori – oyiga 920 000 so‘m etib belgilandi.


👉 @Hushnudbekuz👈

Hushnudbek.uz

08 Aug, 21:05


🥇Hasanboy “professor” Do’smatov ikki karra Olimpiya o’yinlari chempioni!!!

Uraaaa!!! Barchani 3-oltin medal bilan tabriklayman!


👉 @Hushnudbekuz 👈

Hushnudbek.uz

08 Aug, 20:12


O’zbekiston delegatsiyasi 47-o’rindan 25-o’ringa ko’tarilib oldi.

Xudo xohlasa, Hasanboy “Professor” ham oltin olsa, 18-o’ringa chiqishimiz mumkin.


👉 @Hushnudbekuz 👈

Hushnudbek.uz

02 Aug, 05:57


👍Kechki dasturlarda qatnashgan sportchilarimiz natijasi: yana bitta medal naqd

🥊 Boks:

Lazizbek Mullajonov (92 kg) yarim finalga chiqdi va kamida bronza medalini naqd qildi (chunki boksda 3-o’rin uchun bahs yo’q, yarim finalda yutqazgan ikkala bokschiga ham bronza medali beriladi). Yarim finalda Lazizbekka tojikistonlik Davlat Boltayev raqiblik qiladi.

Navbahor Hamidova (66 kg) chorak finalga chiqdi. Chorak finalda hamyurtimizga Xitoy taypeylik Nen Chin Chen raqiblik qiladi.


👉 @Hushnudbekuz👈

Hushnudbek.uz

27 Jul, 11:27


Bugun oʻyin kuni!

👍 Soat 20:00 da Olimpiada-2024 guruh bosqichining 2-turida 🇺🇿 Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasining 🇪🇬Misr bilan bahsi boshlanadi.

Agar bugun:

G’alaba qozonsak — guruhdan chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo’lamiz. Oxirgi turda durang ham bizni qanoatlantirishi mumkin;

Durang o’ynasak — unda guruhdan chiqish o’z qo’limizda bo’lmaydi. Oxirgi turda yutgan taqdirimizda ham, Misr Ispaniyani yutib qo’ymasligini kutishimizga to’g’ri keladi. Yana bir variantda biz ikkala o’yinni ham durang o’ynab, 2 ochko bilan ham guruhdan chiqishimiz mumkin. Buning uchun Ispaniya ikkala raqiblarimizni ham kamida 2 ta to’p farqi bilan mag’lub etishi kerak;

Mag’lub bo’lsak — muddatidan oldin guruhda qolishimiz aniq bo’ladi. Uchinchi turda qanaqa hisobda yutishimizdan qat’i nazar, guruhdan chiqa olmaymiz.

Bugungi bahsda yigitlarimizga omad tilaymiz! Faqat va faqat g’alaba kutamiz!


👉 @Hushnudbekuz👈

Hushnudbek.uz

26 Jul, 19:38


🇺🇿O’zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 Olimpiadasi ochilish marosimida chiqish qildi.


👉 @hushnudbekuz👈

Hushnudbek.uz

06 Feb, 11:41


Turkiyada yana zilzilalar davom etmoqda. Toshkent vaqti bilan soat 15:24 da 7,7 magnitudali yer silkinishi qayd etilgan. Bu telekanallardan birining jonli efiriga ham tushib qolibdi.

Shuningdek, mamlakatning bir nechta hudida 5-6 magnitudali yer silkinishlari ham bo‘lib turibdi. Ayrim binolar ayni zilzila paytida emas, balki olgan talafotlari natijasida keyinroq qulab tushmoqda.


👉 @hushnudbekuz 👈

Hushnudbek.uz

17 Dec, 18:33


Бугун “Заковат” интеллектуал олимпиадаси якунланди. Унда ғалаба қозонганларни табриклайман.

Бу йил “Заковат” ҳаётида муҳим воқеалар кўп бўлди, муҳим лойиҳалар амалга оширилди. Билимдонлар сафи кенгайиб, ҳақиқий ҳаракатга айланди.

Келгуси йилда "Заковат" қизиқувчилари бундан ҳам кўпроқ бўлишига, барча ёшларни бирлаштирадиган катта куч бўлишига ишонаман.

Заковатда куч! Uzbek power! Ҳамма ёшларга омад тилайман!

Hushnudbek.uz

17 Dec, 18:33


#worldcup2022

🇶🇦 Хорватия бронза медали соҳиби!

🇶🇦 Хорватия 2:1 🇶🇦 Марокаш

Голлар: Гвардиол 7ʼ, Оршич 42ʼ — Дори 9ʼ


👉 @hushnudbekuz