Aqoid asoslari @aqoid_asoslari Channel on Telegram

Aqoid asoslari

@aqoid_asoslari


Ushbu darslardan faqat ilm yo‘lida foydalanishga ruxsat beriladi.

Xos savol uchun: @Aqoid_asoslari_bot

Alloh taolo hammamizga foydali ilm bersin!

Aqoid asoslari (Uzbek)

Aqoid asoslari kanali - bu ilmiy maqola va darslardan olingan foydali bilmlarni o‘rganish uchun mo‘ljallangan Telegram kanali. Ushbu kanalda foydali ilmni o‘rganishga yordam beruvchi darslar va maqolalar joylashtiriladi.

Kanalda tafsiliy maqolalar va darslar orqali, odamlar o‘zlarining diniy bilimlarini kengaytirishlari, yangi bilimlarni o‘rganishlari va ma’naviyatlarini oshirishlari mumkin. Bu kanalga a’zo bo‘lib, ilmiy bilimlardan foydalanganingizdan qutqarar va Alloh taolo foydali ilm bersin arzimasligizni orzuyapti.

Ushbu kanalga a'zo bo'lib, diniy savollaringizni yuborishingiz mumkin: t.me/Aqoid_asoslari_bot

Aqoid asoslari

28 Jan, 13:46


Mug‘olata

1. Shaxsiyatga hujum

Mug‘olataning keng tarqalgan turlaridan biri muayyan fikrni dalil isboti bilan aytsangiz, qarshi dalil keltirish o‘rniga shaxsiyatingizga o‘tishlaridir. Masalan, insoniy kamchiliklarga e‘tibor tortish: semiz yoki oriqlik, bo‘yning baland yoki pastligi va hokazo.
Avvalo, inson ixtiyorida bo‘lmagan ishlar bilan ayblash yumshoq qilib aytganda nodonlikdir.
Keyin, bu narsalarning o‘rtaga tashlanayotgan fikrga umuman aloqasi yo‘q. Atrofdagilarning e‘tiborini asosiy mavzudan chalg‘itish uchun mug‘olata(safsata) qiladilar xolos.

Ilova: Mehrob Shahidi Ramazon Butiy rohimahulloh ham shu mavzuga bog‘liq alohida kitob yozganlar. Nomi:
يغالطونك إذ يقولون
Ya‘ni, Gapirganlarida sizga mug‘olata ishlatadilar...

Alloh taolo foydali qilsin!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

28 Jan, 11:57


Tushuncha va yechim

Adolat bu tenglik emas balki adolat har bir ish va narsani munosib va loyiq o‘rniga qo‘yishdir.
Avvalo, tushunchalarimizni to‘g‘rilasak va tayinlab olsak, beradigan hukm va bahoimiz ham haq bo‘ladi.

Alloh taolo foydali qilsin!
1446 h. 28-rajab

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

27 Jan, 18:11


Taajjub

Insonning har qanday moddiy va ma‘naviy xususiyatlari, ehtiyojlari va qiziqishlari biznes reja uchun mavzuga aylanmoqda. Umumiy tasalli beruvchi qoidalari ham bor – har narsaning o‘z xaridori bor...

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

27 Jan, 17:04


Mug‘olata(davomi)

Mantiq ilmining oxirida dalilda ishlatiladigan ma‘lumotlarning turlari bayon qilinadi. Ular beshta bo‘lib, biri – mug‘olata ya‘ni xatoga tushirish deya nomlangan. Mug‘olataning barchasi haqni botil yoki botilni haq ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Mug‘olataning turlari haqida ham alohida risolalar yozilgan. Musulmon odam xato va botilga tushib qolmasligi uchun bularni bilib olishi zarur. Mug‘olata eng ko‘p qo‘llanadigan joylar OAV, ijtimoiy tarmoqlar va bahs-munozaralardir... hatto kitoblar ham.

Alloh taolo foydali ilm bersin!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

27 Jan, 15:49


Tanbeh

Arab tilida boshqa bir ibora bor:
المُجرَّب لا يُجرَّب
Tajriba qayta takrorlanmaydi.
Boshqalar tajriba qilib, zarar ko‘rib, xulosa olgan ishlarni, men bilan bunday bo‘lmaydi degan g‘urur bilan takrorlash, birovlar xatosidan ibrat olmaslikdir.

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

27 Jan, 15:40


Tajriba

Tabibini ranjitgan bemorligiga sabr qilsin!
Ustozini ranjitgan esa johil(ilmsiz)ligiga sabr qilsin!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

27 Jan, 11:37


Qoida(davomi)

So‘ngra keyingi bosqich keladi. Negaki,
الحكم على الشيء فرع عن تصوره –
bir narsaga hukm berish u haqidagi tushunchaning qismidir
, ya‘ni – bir narsaga hukm berishdan oldin, uning o‘zini – mohiyati va haqiqatini bilib olishimiz zarur.
Chiroyli yoki xunuk nomlarga aldanmang! Avvalo, har bir nom va tushunchaning ta‘rifini so‘rang. Chunki, hozir har kimning o‘zicha adolat, madaniyat, insoniylik, haqiqat, ozodlik, hurriyat, erkinlik, zulm va shu kabi tushunchalari bor. Oldingizga birov: Falonchi menga zulm qildi, deb kelsa, o‘sha falonchini zolim deyishga shoshilmang. Nima ish qilganini so‘rang. Keyin, uning hukmiga o‘tish mumkin...

Alloh taolo haqning haq ekanini bildirib, unga ergashishni ham nasib etsin! Botilning botil ekanini ham ko‘rsatib, undan saqlanishga ham hammamizni muvaffaq qilsin!

Assalomu alaykum va rohmatulloh!
1446, 27-rajab (27.01.25)

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

27 Jan, 11:23


Qoida

الأسماء لا تغير الحقائق
yaʼni, "Nom(ism)lar haqiqatlarni oʻzgartirmaydi".
Ushbu soʻzning maʼnosiga diqqat bilan eʼtibor qarating.
Bu soʻzni avvalo misol keltirish bilan izohlaymiz:
Havoi nafsga qullik boʻlgan ishlarni “inson haq-huquqlari“, maʼnaviy tanazzul boʻlgan narsalarni “taraqqiyot va zamonaviylik belgisi“, xalqlarni iqtisodiy qaram qilib, tabiiy boyliklarini tashib ketish uchun qilinayotgan ishlarni “insonparvarlik yordami“ va "adolat o‘rnatish" deyish va hokazo. Yoki poraga “xizmat haqi“ “qalam haqi“, “hadya“ kabi chiroyli nomlar qoʻyish. Bu nomlar uning haqiqatini oʻzgartirmaydi. Shuning uchun ham kim gapirganiga emas nimani gapirganiga ahamiyat berish zarur.

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

25 Jan, 15:34


Biroz bayon

1. Yoshlar – maqsadni aniqlash.
2. O‘rta yoshlilar – ulug‘lardan maqsadni o‘rganib, yoshlarga yetkazish.
3. Ulug‘ yoshlilar – maqsadga yetish.

Xulosa: har davrning o‘z vazifasi bor ekan.

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

25 Jan, 13:49


Foyda

Yosh bolaning miyasi ikki narsa bilan rivojlanadi:

1. So‘z boyligini orttirish;
2. Hisob-kitob.


Fransiya mustamlakachilari Jazoirga bostirib kirganida, e‘tirof qilgan so‘z: Yosh kishilarga duch keldik.


@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

25 Jan, 12:48


Qisqacha

Maqsad maqsadni yetkazishdir.

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

25 Jan, 11:46


Izoh:

Bittaliklar bu gunohlar. Alloh taolo qilingan gunohni adolati ila bitta gunoh deya bitib qo‘yadi.
O‘ntaliklar bu savoblar. Alloh taolo har bir savobli amalga fazlu marhamati bilan eng kamida o‘nta bo‘lmasa yetti yuzta yoki O‘zi xohlagancha savob beradi.
Endi bu inson qanday badbaxtki bitta savobli ish qilib ortidan o‘n bitta gunohga qo‘l uradi. Natijada bittaliklari o‘ntaliklaridan ko‘p chiqadi. Bunday kimsaning holiga vayl bo‘lsin. Vaylning ma‘nosi holiga voy bo‘lsin yoki Vayl degani bu Jahannamdagi vodiyning nomi.

Allohim! Haloling ila haromdan, toating ila ma‘siyatdan bizlarga kifoya qil!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

25 Jan, 10:21


Haqiqiy badbaxt

ويلٌ لمن غلبت آحادهُ عشراته
Bittaliklari o‘ntaliklaridan ustun kelgan kimsaga vayl bo‘lsin!


@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

25 Jan, 09:37


Vazifa

Usulul fiqh ilmiga kiritilgan ayrim mavzularni avom(shar‘iy ilmlarda mutaxassis bo‘lmagan) insonlar ham bilishi zarur. Masalan, mujtahid kim va muqallid kim? Kimdan fatvo so‘raladi va kimdan so‘ralmaydi? Mukallaf va mukallaf bo‘lmagan insonlarning sifatlari va hokazo.

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

25 Jan, 09:00


Foyda

Ko‘proq ilm olganimiz sari ulamolarning qadrini yaxshiroq anglaymiz.

Hali Muallimus soniyni o‘rganib tugatmagan inson, mufassir qadrini qayerdanam bilsin... ?!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

25 Jan, 05:34


Nafs orzusi

Totib bo‘lib jamiy lazzatni,
Orzu qilar Firdavs jannatni...


@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

23 Jan, 20:25


#خريطة_ذهنية

الدين (وضع إلهي)

الواجب على المكلف معرفته من علم الإيمان

O‘zbekchasi mana bu yerda edi.

Alloh taolo foydali qilsin!

23.01.2025

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

23 Jan, 16:20


1. Mantiq ilmi haqida qisqacha
2. Bino kitobining xulosasi
3. Avomili Jurjoniy qisqachasi

@daranoor tarafidan tayyorlangan

Aqoid asoslari

22 Jan, 17:41


Tafakkur

Yaratilmishlarning barchasi Alloh taoloning yo‘qdan bor qilishi va borligini ta‘minlab turishiga muhtojdir.

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

21 Jan, 18:11


Tajriba

Har kim o‘z saviyasida xizmat qilsa, rivojlanish bo‘ladi. Masalan, kimdir Muallimus soniydan dars bera oladi. Boshqa birov Ibodati Islomiyyadan. Yana kimdir Aqoid Nasafiyyaning sharhidan. Yana birov Maqosid va Mavoqifning sharhlaridan dars bera oladi. Har birlarining o‘rni muhim va zarur. Negaki, boshlang‘ich saviyadagi kishi o‘rta va yuqori saviyadagi talabalarga dars berolmaydi. Ba‘zan esa yuqori saviyadagi ustoz boshlang‘ichlarga dars berishga imkoni bo‘lmaydi. Kunimizda bir kishi hammasini yolg‘iz amalga oshirishi imkonsiz. Yaxshilik va taqvo yo‘lidagi hamkorlik ana shudir.

وبالله تعالى التوفيق والسداد

Alloh taolo foydali qilsin!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

20 Jan, 12:18


Foyda

Ehson ilmi – Iymon va Islom ilmining samara va g‘oyalarini e‘tiqod qiluvchi va amal qiluvchining hayotida ro‘yobga chiqarishni o‘z zimmasiga olgandir.

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

20 Jan, 12:09


#Zehniy_xarita

Iymon ilmidan boshlang‘ich tushunchalar

الواجب على المكلف معرفته
Mukallaf bilishi farz bo‘lgan e‘tiqodiy hukmlar
(o‘zbekchasi)(to‘ldirilgan shakli)

Alloh taolo foydali qilsin!

20.01.2025

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

18 Jan, 07:32


Qishki "bahorlar" davom etyapti.

Alloh taolo muborak va xayrli qilsin!

{... لِله ٱلۡأَمۡرُ مِن قَبۡلُ وَمِنۢ بَعۡدُۚ وَيَوۡمَئِذٖ يَفۡرَحُ ٱلۡمُؤۡمِنُونَ }

Ундан олдин ҳам, кейин ҳам барча иш Аллоҳдандир. Ўша кунда мўминлар шодланурлар. [Rum surasi, 4-oyat]

Aqoid asoslari

18 Jan, 07:09


حزب البحر للإمام الشاذلي رضي الله عنه

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

17 Jan, 09:51


Tajriba

Ayni mavzuni bir nechta sinfga o‘tasiz. Ma‘lumotlarning 80-85 %i takrorlanadi. Lekin, 15-20 %i farqli bo‘ladi. Ana shu har bir sinfdagi talabalarning o‘ziga xos rizqidir.

Juma ayyomi muborak bo‘lsin azizlar!
Assalomu alaykum va rohmatulloh

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

16 Jan, 19:29


Muhim nuqta:

Zero, bir ish sodir bo‘lgach uning qadar ekani ma‘lum bo‘ladi. Ungacha bu g‘ayb hisoblanadi. G‘aybni esa Alloh taolo biladi.

Bu mavzuga doir savollar takrorlanayotgani bois qayta yuborilmoqda.

Alloh taolo foydali ilm bersin!

Aqoid asoslari

16 Jan, 19:10


القدر لا يكون عذرا للمستقبل بل يكون تأسيا للماضي بعد التوبة!

‼️ Qadar kelajak uchun bahona bo‘lmaydi balki, tavba qilingach moziy uchun tasalli bo‘ladi.

🧊 Sharh:

❗️Qazo – Alloh taolo hamma narsalarning kelajakda qanday bo‘lishini bilishidir.

❗️Qadar – o‘sha narsalarning Alloh taoloning azaliy ilmiga muvofiq ravishda vujudga kelishidir.

❗️Qadar kelajak uchun bahona bo‘lmaydi – inson bir gunoh qilishni rejalab, qadarda shu ish bo‘lishi bitilgan bo‘lsa men nima ham qila olardim deyolmaydi. Zero, bir ish sodir bo‘lgach uning qadar ekani ma‘lum bo‘ladi.

balki, tavba qilingach moziy uchun tasalli bo‘ladi – bir odam bilib-bilmay, qasddan yoki xatoan gunoh qilib qo‘ydi. So‘ng, afsuslanib haqiqiy tavba qildi. Tavba qilganidan keyin ham qayta-qayta eslab o‘zini yeb bitirishi to‘g‘ri emas. Balki, Alloh taoloning qadari ekan, tavbamni qabul qilib, gunohlarimni kechirishini umid qilaman, deya o‘ziga tasalli bermog‘i munosibdir.


✈️🗣Darsimiz ushbu kanalda online tarzda o'tiladi👇
http://t.me/Aqoid_asoslari

🕊Telegram | 👥Erkaklar_Guruhi | 👥Ayollar_Guruhi

Aqoid asoslari

14 Jan, 18:29


Hayo va behayolik ham bunga yana bir misoldir. Bayoni: Hayoli odam yolg‘izligida ham va odamlar ichida ham xotirjam bo‘ladi. Behayo inson esa yolg‘izligida ham xavotirda, odamlar ichida ham ayblari ochilishidan qalbiy iztirobdadir...

Alloh taolo qalbiy xotirjamlik bersin!

Aqoid asoslari

14 Jan, 18:11


Tajriba

Yo asling kabi ko‘rin,
Yo ko‘ringaning kabi bo‘l.


Bu so‘zni hammamiz eshitganmiz. Samimiylik nafs rohatidir. Aksincha, takalluf, ikkiyuzlamachilik va munofiqlik nafsga judayam og‘ir. Negaki, bu sifatlar boshqalarni aldashdan oldin kishi o‘z nafsini aldash turlari va bosqichlaridir. Hadisi sharifda kelganidek: Rostgo‘ylik xotirjamlikdir. Yolg‘on esa bexalovatlikdir.
Ya‘ni, rostgo‘y va samimiy odam doim xotirjam. Yolg‘onchi va ikkiyuzlamachi inson doim qalbiy iztirobda va bexalovatdir. Yolg‘oni, takallufi, ikkiyuzlamachiligi va nifoqi ochilib qolishidan qo‘rqib yashaydi...

وبالله تعالى التوفيق والسداد!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

14 Jan, 16:43


Tajriba

Ilmga eng yaqin yo‘l – qobiliyatingiz boriga qiziqishdir.

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

12 Jan, 17:12


الحاجة إلى علم الكلام في هذا العصر أشد وأعظم من الحاجة إليه في الأعصر الماضية.

Hozirgi kunda kalom ilmiga bo‘lgan ehtiyoj o‘tgan asrdagilaridan ko‘ra qattiqroq va ko‘proqdir


Ustoz Said Abdullatif Fuda (hafizahulloh) (2012 y)

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

11 Jan, 07:55


Mazhab va subutsizlik

Mazhabni mahkam tutish bu – qalblarda bandalikni va jamiyatlarda esa shariat boshchiligini mustahkamlashdir. Shariatni insonlar xohishiga moslashtirish bu – din emas.

Shayx Muxtor Ja‘mil (hafizahulloh)

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

11 Jan, 05:38


Muvaffaqiyat siri

Odatlaringizni o‘zgartiring. Kuchingiz yetmasa, yangi odatlar paydo qiling.

Ustoz Ali Mahmud Umariy (hafizahulloh)

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

10 Jan, 09:39


Tajriba

Ulamolar biri boshqasidan ilmli deyilmaydi. Balki, bir-birlarini to‘ldiradilar.

Juma ayyomi muborak bo‘lsin azizlar!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

09 Jan, 13:36


Ushbu duoning matni!

جزى الله خيرا من أهداني هذه النسخة ومن كان سببا فيها.

الدعاء الناصري دعاء مبارك، يظهر فيه شدة الافتقار إلى الله تعالى، والتوسل إليه بما يحبه ويرضاه.. تلقاه العلماء بالقبول  .. وما أجمل أن يكون وردا في المجالس والتجمعات العائلية وبين الأصدقاء وفي كل اجتماع بين الناس على الخير.

الشيخ أحمد الدمنهوري حفظه الله تعالى

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

09 Jan, 09:17


📖 Arab tilini ishonchli tarzda o‘zbek va arab ustozlaridan o‘rganishni xohlaysizmi?

Idrok Academy va Turkiyaning Fatih Sulton Mehmet Vakif Universiteti hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan klassik ARAB TILI kursiga sizni taklif qilamiz!

Kurs imkoniyatlari:
⚫️ Ishonchli va kafolatlangan ta’lim;
⚫️ Xalqaro darajadagi (o‘zbek va arab) ustozlaridan darslar;
⚫️ Ayollar va erkaklar uchun alohida guruhlar.

Kurs ikki: Standart va Intensiv guruhlar shaklida olib boriladi.

Dars kunlari va soatlari haqida batafsil ma’lumot bilan yuqorida tanishib, o‘zingizga qulay variantni tanlashingiz mumkin. ⤴️

Eslatib o‘tamiz: Klassik arab tilining A1 va A2 guruhlariga qabul davom etmoqda. Aynan ushbu kursda o‘qish niyatida bo‘lsangiz, hoziroq biz bilan bog‘lanib, o‘z o‘rningizni band qiling.

Arab tili imkoniyatlariga oid yangiliklarimiz hali oldinda!

🔖 Kursga yozilish

🔖 Kurs haqida batafsil ma’lumot

Telegram | Instagram

Aqoid asoslari

07 Jan, 15:36


الله الله الله...

Tarjimaga ehtiyoj yo‘q ekan...

Aqoid asoslari

06 Jan, 19:37


📜🖊️ *بشرى سارة*

بسم الله الرحمن الرحيم
نبشر المستخدمين الكرام بأنه-بحمد الله وعونه- تم الانتهاء من تطوير تطبيق"معاجم اللغة العربية"،
وهو تطبيقٌ يحتوي على 14 معجما وقاموسا من أهم القواميس والمعاجم قديما وحديثا.
وهو أول تطبيق من نوعه يحتوي على أكبر عدد من المعاجم المتنوعة،فهو يحتوي على أشهر المعاجم المستخدمة من قبل الباحثين والعلماء والطلاب والأكاديميين والمحقّقين كمعجم لسان العرب والقاموس المحيط،كما يجمع بين معاجم معاصرة وقديمة،ومعاجم فقهية وحديثية،ومعاجم عامة وخاصة، ومعجم لمفردات القرآن الكريم، كما يحتوي على معجم طبّي وجغرافي،وفيه أيضا مجمع الأمثال.
أمّا مميّزاته فكالتالي:
-يعمل دون الحاجة إلى الانترنت
-واجهة سهلة وبسيطة .
-البحث السريع عن أي مفردة مع ميزة الإكمال التلقائي
-البحث بجذر الكلمة التي تعطيك نتائج البحث دون الحاجة إلى تجريد الكلمة من الزوائد والضمائر والعواطف (لا تحتاج لمعرفة الميزان الصرفي للبحث عن الكلمة -لو كتبت كلمة ادراك مثلا ستجد النتيجة درك ويعطيك معناها).
-تكبير وتصغير الخط.
-تلوين التشكيل.
-كلمات أو حكم أو أمثال مع معانيها عشوائيا.
-نبذة تعريفية لكل معجم.

أمّا المعاجم المتوفرة في التطبيق فهي:
• لسان العرب
• القاموس المحيط
• مقاييس اللغة
• مفردات الراغب الأصفهاني
• المعجم الوسيط
• مختار الصحاح
• النهاية في غريب الحديث والأثر
• معجم البلدان
• معجم اللغة العربية المعاصرة
• معجم الغني
• معجم المصطلحات والألفاظ الفقهية
• مجمع الأمثال
• المعجم العربي لأسماء الملابس
• القاموس الطبي العربي

الآن يمكنكم تحميل التطبيق لأجهزة الأندرويد من قوقل بلاي على الرابط التالي
https://play.google.com/store/apps/details?id=arabic.q.dictionaries

ولاجهزة أبل الآيفون والآيباد من الرابط
https://apps.apple.com/us/app/%D9%85%D8%B9%D8%A7%D8%AC%D9%85-%D8%A7%D9%84%D9%84%D8%BA%D8%A9-%D8%A7%D9%84%D8%B9%D8%B1%D8%A8%D9%8A%D8%A9/id1638543176

Aqoid asoslari

06 Jan, 10:47


Tavoze

Biz olim emasmiz. Avomdan farqimiz – olimlarning so‘zlarini fahmlay olishimizda.

Ustoz Ali Mahmud Umariy (hafizahulloh)

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

03 Jan, 09:41


الدعاء الناصري | مجلس مسجد الناعورة
حسان السروجي

Juma ayyomi muborak bo‘lsin azizlar!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

02 Jan, 10:38


Assalomu alaykum aziz obunachilar!
Yaqinda bir singlimiz: "Hijriy taqvim haqida uncha bilmayman bu taqvimni kuzatib borishning osonroq yo'li bormi?" deb so'ragandi. Shuning uchun ham yillik hijriy va milodiy yil taqvimini tuzib chiqdim... Ishonamanki uni chiqarib, kuzatib borasiz...
Milodiy 2025 va hijriy 1446-1447 yil taqvimi
Duolaringizda bizni eslashni unutmang...

🌸Mehin Sa'dulloh🌸

Aqoid asoslari

31 Dec, 05:56


Mezon

أفعال الله تعالى معللة بإرادته!

Alloh taoloning ishlari irodasi ila sabablangandir.

1. Olamda sodir bo'layotgan voqea va ishlarni xohishimizga mos sabablashga shoshilmaylik.

2. Shar‘iy hukmlarning haqiqiy sababi Alloh taoloning irodasidir. Tibbiy, ijtimoiy, axloqiy va boshqa jihatlardagi foyda keltirishi yoki zararni ketkazishi kabilar birlamchi sabab emas.

Alloh taolo musaffo e‘tiqodda sobitqadam qilsin!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

30 Dec, 15:02


Tarjimasi

Uch kundan so‘ng Rajab oyi kirib keladi. Rajab hayrat, vorid va hollar oyi. Yilning eng ko‘p ma‘naviy hol va lutflar mavsumi Rajab. Hatto ba‘zida Ramazondanda ziyoda bo‘ladi. Bu oy Alloh taolo bilan astoydil(samimiy) bo‘lish oyidir. Balki, Ramazon Rajabning ko‘zgusidir, deganlar. Ya‘ni, Rajabni qanday o‘tkazsangiz Ramazonda ham shunday bo‘lasiz. Hozir shijoatlanib ketdingiz va masalan Ayman(talabalardan birining ismi. Misol tariqasida aytyaptilar): Rajab bo‘yi hech narsa yemayman dedi. Shar‘an gunohkor bo‘lasiz va qilayotgan ishingiz harom. Negaki, Alloh taologa yaqin bo‘lyabman deya o‘ylamoqdasiz-u, aslida Undan uzoqlashyabsiz. Yo‘q, unday emas. Balki, (Imom Haddod rohimahulloh) aytganlaridek nafs shahvatlariga qarshi turish zarur. Mana shu me‘yordir. Haqiqatan Rajab oyida o‘zingizda hayratga soluvchi o‘zgarishni ko‘ring. O‘zingizda nafs xohishlariga ters bo‘lishni ko‘ring. Rajab tunlarni qoim qilish oyi. Bu sarlavhasidir.

Ustoz Ali Mahmud Umariy (hafizahulloh)

So‘zlarining oxirida qo‘llariga telefonni oldilar va:
Rajab oyida mana bundan uzoq bo‘ling. Ijtimoiy tarmoqlardagi hisoblaringizni o‘chiring, dedilar.

Rajab oyi Seshanba kuni shom namozidan so‘ng boshlanadi in shaa Alloh(Ya‘ni ertaga). Alloh taolo hammamizga kuch-quvvat, mustahkam iymon va oliyhimmat bersin!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

30 Dec, 11:25


رجب شهر العجب...

من دروس الفصول العلمية
الأستاذ علي العمري حفظه الله

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

28 Dec, 16:00


Jonli va masofaviy dars jarayonidan lavhalar!

Bugun 3-dars nihoyasiga yetdi. Alloh taolo foydali qilsin!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

26 Dec, 14:54


Aqoid mezoni – kalom ilmi, shar‘iy matnlarni to‘g‘ri fahmlash me‘yori – usulul fiqh va aqliy tafakkur tarozusi – mantiq ilmidan ma‘naviy ziyofatga marhabo!

Alloh taolo foydali qilsin!

Aqoid asoslari

26 Dec, 14:50


https://www.facebook.com/share/p/181wxzZZZg/

تذكير لطيف

يسرنا في أصلين ملايا تذكيركم بالمجلس الثالث من أكاديمية الأصلين حيث نقدم لكم برنامجا شاملا يجمع بين علم المنطق، وعلم الكلام، وعلم أصول الفقه في مجلس واحد، من خلال دراسة مفصلة ومبسطة للكتب الثلاثة التالية:

1️⃣ حاشية على تهذيب شرح الخريدة البهية للإمام الدردير
2️⃣ حاشية على شرح المحلي على الورقات للإمام الجويني
3️⃣ الميسر في فهم معاني السلم للإمام الأخضري

وذلك تحت إشراف شيخنا الدكتور سعيد فودة

نلتقي مجددًا في هذا المجلس المبارك يوم:
🗓️ السبت المقبل الموافق 28 ديسمبر 2024

⏱️ الساعة 8:30 مساءً بتوقيت ماليزيا، والساعة 3:30 مساءً بتوقيت مكة المكرمة

لا تفوتوا الفرصة وسجلوا الآن عبر موقعنا:
class.asleinmalaya.com

Aqoid asoslari

26 Dec, 05:25


Musulmonlar uchun eng xatarli narsa nima?

Ilm o‘rganishni boshlaganimda, bizga yo‘liqadigan eng katta xatar vahhobiylar deya bilardim. Ertayu kech aytar so‘zim vahhobiylar haqida bo‘lib qoldi. Ahlim(yaqinlarim) va do‘stlarimni ulardan ogohlantirardim. Hatto, jamoat transportida birov bilan tanishsam, ularning xataridan voqif etmay tushmasdim...

So‘ngra ilmiy saviyam biroz yuksalib, dunyoqarashim kengayib, modernizm(jadidchilik) va postmodernizm(yangi jadidchilik)dan xabardor bo‘ldim. Shunda, u vahhobiylardan chandon xatarli ekanini angladim. Balki, vahhobiylar modernizmning ko‘rinishlaridan biri edi xolos. Darslar va uchrashuvlardagi aksar so‘zim modernizm va post modernizmning insoniy tafakkurga umumiy va islomiy tafakkurga xos ta‘siri haqida bo‘lib qoldi...

So‘ngra kvant fizikasi va undan ta‘sirlangan kishilarning o‘rtaga tashlaydigan falsafiy shubhalarini kengroq o‘rgana boshlaganimda, jumlalarga "kvant" so‘zini kiritib gapiradigan, atrofimdagilarga bu shubhalarga diqqatliroq bo‘lishimiz zarurligi, boisi ular bizga yo‘liqadigan shubhalarning eng xatarlisi va nozigi ekanini aytadigan bo‘ldim...
G‘arbdagi musulmonlar bilan yaqindan tanishganimda, biz bilan jamlanadiganlarning aksari Yevropa va Amerikaliklar bo‘lganida, muammolarining ko‘pi ma‘rifat nazariyasi, evolyutsiya nazariyasi, ilohning borligiga aqliy dalil, hijobning shar‘iy hukm sifatida joriy qilingani, yomonlik muamosi, diynning insonparvarligi va hokazolar haqidaligini ko‘rdim. Shunda bu mavzular haqida so‘z boradigan uchrashuvlar, anjumanlar, umumiy va xos darslarni ko‘paytirdim...

O‘tgan holatlarning xulosasi shuki:
Islom – bironta xatar xavf sololmaydigan mutloq oliy(vaqt, joy, muhit, jamiyat yoki shaxsiyatlarga qaydlanmagan) ilohiy(Iloh tomonidan o‘rnatilgan) asosdir. Unga bo‘ysunish va undan ta‘sirlanish bashariy xususiyat bo‘lib, insonga ta‘sir ko‘rsatadigan holatlar bu xususiyatga ham ta‘sir qiladi. Modomiki inson mavjud ekan bashariy xususiyatlar(qaror qabul qilishga ta‘sir qiladigan sifatlar) saqlanib qoladi: Zaydni diyndan burib yuborgan narsa albatta, Amrni ham undan burmaydi. Ko‘pincha muayyan bir hodisa sabab birov Islomga kirgan bo‘lsa, ayni shu hodisa tufayli boshqa birov Islomni tark etganiga guvohi bo‘ldim...
Shu bois birontalaridan Islomga "eng katta xatar" haqida eshitganingizda, aniq bilingki bu uning hozircha ilmi yetgan natijadir. Ilmiy saviyasi yuksalsa, undan boshqa "xatarlar"ni eshitasiz.
Zero, "eng xatarli" bu nisbiy(kimgadir, nimagadir, qachondir va qayergadir va hokazolarga nisbatan xatarli deya baho beriladigan) tushunchadir. Unga nisbatan mutloq(biron narsa bilan qaydlanmagan) tushuncha sifatida muomala qilmaslik zarur...
– Unda sizningcha musulmonlar uchun eng xatarli narsa hozir nima?
Menga nisbatan oddiy qilib aytganda javob shuki:

Ilmning ozligidir.

Ustoz Ali Mahmud Umariy (hafizahulloh)

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

25 Dec, 03:53


🎉 Istanbulning nufuzli universitetlaridan biri Fatih Sultan Mehmet Vakif Universiteti hamda, bir necha yillardan beri ilmiy-ma'rifiy dasturlari bilan faoliyat ko'rsatib kelayotgan Idrok Academy hamkorligida amalga oshirilgan loyiha - "KALIMA" til kursiga qabul ochilganini e'lon qilamiz.

⭐️ "KALIMA" loyihasining maqsadi:
– Sifatli arab tili kurslarini taqdim etish;
– Arab tilini ma'lum saviyada bilish talab qilinadigan o'quv dargohlarda ta’lim olmoqchi bo’lganlar uchun tayyorlov kursi.


🍀 Kurs haqida:
– Arab tilini eng quyi saviyasidan boshlab B2 darajasigacha o‘rganish imkoniyati;
– Aniq dastur va kuchli nazorat;
– Har bir daraja: 2-4 oy davom etadi;
– Har bir daraja yakunida imtihon.


Afzalliklari:
– Kurs bir necha yillik tajribaga ega hamda sertifikatlangan dargohlar qoshida tashkil etilganligi;
– Onlayn format – dunyoning istalgan chekkasidan turib ta’lim olish imkoniyati;
– Nafaqat oʻz ona tilingizda balki mohir arab ustozlardan ta’lim olish va ular bilan praktika oʻtkazish imkoniyati;
– Muvaffaqiyatli bitiruvchilarga Idrok Academy va Fatih Sulton Mehmet Vakif Universiteti tomonidan taqdim qilinadigan sertifikatga va imtiyozlarga ega boʻlish imkoniyati;
– Ayol-qizlar uchun alohida guruh va ayol ustozlar taqdim etiladi.

Batafsil ma'lumot uchun ⤵️
Havola ustiga bosing

🚀 Ro‘yxatdan o‘ting va birinchi qadamni qo‘ying!
📱 @Kalima_admin_1

Arab tili — madaniyat va bilimlar koʻprigidir! Uni o'rganib yangi imkoniyatlarga yo'l oching🤗

Aqoid asoslari

24 Dec, 09:41


Ushbu matnning zehniy xaritasi

تشجير متن الورقات

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

21 Dec, 15:37


Foyda

Aqoid kitoblari:
1. Ahli qibla va ahli sunnani qamrab olgan,
2. Oqillarning barchasini qamrab olgan bo‘ladi.

Odatda avvalgi turdagilariga aqoid ilmi deyilsa, ikkinchisiga kalom ilmi deyiladi. Masalan: Aqiydatut Tahoviyya aqoid ilmiga oid matn ya‘ni ahli sunnani qamragan, Aqoid Nasafiyya esa kalom ilmiga oid ya‘ni oqillarning hammasini qamragan.

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

20 Dec, 13:26


Faylasuflar mazhabiga ko‘ra mavjudotlarning qismlari

أقسام الموجودات على مذهب الفلاسفة

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

20 Dec, 12:33


Istiloh

Har bir ilmning o‘z atama va istilohlari bo‘ladi. Ularni chalkashtirish maqsadni noto‘g‘ri tushunishga olib boradi. Masalan, tasavvuf olimlari dunyoni yomonlaydilar. Lekin, dunyo deganda nimani nazarda tutadilar? Dunyo – Alloh taolodan chalg‘itadigan har qanday narsadir. Tasavvuf ulamolari dunyo deganda shuni iroda qilganlar. Biron narsaning hukmini o‘rganishdan avval uning mohiyatini bilib olishimiz zarur. Ko‘p takrorlanadigan qoidalardan biri:
الحكم على الشيء فرع عن تصوره.
Bir narsaga berilgan hukm u haqidagi tushunchadan kelib chiqadi.

Istilohlarga berilgan hukmni o‘rgansihdan oldin, o‘sha istilohning ma‘nosini bilishimiz zarur. Ilmiy tartibi shunday.

Alloh taolo foydali ilm bersin!
Juma ayyomi muborak bo‘lsin!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

20 Dec, 08:33


Yodimda qolgan

Xizmatimiz qo‘l bilan tutib ko‘z bilan ko‘riladigan emas, shu bois odamlar behuda ish bilan shug‘ullanyapti deb o‘ylaydilar.

Fiqh ilmidan dars bergan ustozimiz(Alloh taolo rozi bo‘lsin)

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

20 Dec, 07:49


Farq

Dunyo haqida o‘ylang(negaki u imtihon joyingiz), g‘am qilmang. O‘ylash aqlning ishi, g‘am chekish esa qalbning ishi.

Ustoz Ali Umariy (hafizahulloh)

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

19 Dec, 13:06


تذكير لطيف

يسرنا في أصلين ملايا تذكيركم بالمجلس الثاني من أكاديمية الأصلين حيث نقدم لكم برنامجا شاملا يجمع بين علم المنطق، وعلم الكلام، وعلم أصول الفقه في مجلس واحد، من خلال دراسة مفصلة ومبسطة للكتب الثلاثة التالية:

1️⃣ حاشية على تهذيب شرح الخريدة البهية للإمام الدردير
2️⃣ حاشية على شرح المحلي على الورقات للإمام الجويني
3️⃣ الميسر في فهم معاني السلم للإمام الأخضري

وذلك تحت إشراف شيخنا الدكتور سعيد فودة

نلتقي مجددًا في هذا المجلس المبارك يوم:
🗓️ السبت المقبل 16 جمادى الآخر 1446
الموافق 21 ديسمبر 2024

⏱️ الساعة 8:30 مساءً بتوقيت ماليزيا، والساعة 3:30 مساءً بتوقيت مكة المكرمة

لا تفوتوا الفرصة وسجلوا الآن عبر موقعنا:
class.asleinmalaya.com

https://www.facebook.com/share/p/1A8hpDgNcK/

Aqoid asoslari

18 Dec, 09:19


Olam mavjudmi? ...

Aqoid asoslari

18 Dec, 07:59


Mutakallimlar mazhabiga ko‘ra mavjudotlarning qismlari
أقسام الموجودات على مذهب المتكلمين

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

17 Dec, 13:11


Dunyo hayotining bosqichlari va misoli

Aqoid asoslari

16 Dec, 18:28


Alloh taolo Ustozdan rozi bo‘lsin va hifz-u himoyasida asrasin!
Suhbatdan ayrim foydalarni siz azizlarga yetkazishga harakat qildik. Xato kamchiliklar uchun ma‘zur tutasizlar. Biron foyda olgan bo‘lsangiz bu faqatgina Alloh taoloning fazli!

Alloh taolo haq yo‘lda sobitqadam qilsin!

Aqoid asoslari

16 Dec, 18:27


14. O'zbekistonlik talabalarga tavsiya

Avvalo, O'zbekiston ahlining poklikka e‘tiborlari, go‘zal odob-axloqlari va mehmondo‘stliklari hamon yodimda.

Tolibi ilm va ustozlar o‘z ota-bobolarining meroslarini puxta o‘rganishlari zarur. Zero, ahli sunna val jamoaning buyuk ulamolari sizning diyordan chiqqanlar. Yana shunday allomalar chiqarish Alloh taologa oson(sabablarini qilishimiz kerak).
Astoydil va oliyhimmat bo‘lsinlar. Alloh subhanahu va taolodan barchamizga tavfiq va hidoyat so‘rayman! Assalomu alaykum va rohmatulloh

Aqoid asoslari

16 Dec, 18:05


13.
Ilmga muhabbatli talabangiz bo‘lishi eng katta ne‘matdir. Muhabbati va ixlosi sabab Alloh taolo sizga fahm eshiklarini ochadi.

Tadris(ilm berish) olgan ilmingizning zakotidir. Bu bilan ilmingiz ziyoda va barakali bo‘ladi.

Aqoid asoslari

16 Dec, 18:02


12. Kalom ilmini o‘rganish manhajida xizmat qilingan va tajribadan o‘tgan kitoblarni o‘qishni tavsiya qilaman. Masalan Tahoviyya va Xarida kabi.
Birinchi saviyada matnlarning o‘zi dars beriladi. So‘ng Imom Sanusiy, Imom G‘azoliy va Imom Roziy (رضي الله عنهم)ning munosib kitoblari. Keyin Aqoid Nasafiyyaning sharhi. Bu kitob avvalgilari kabi sharhlanmaydi. O‘z saviyasiga mos sharhlashimiz haqqini ado etadigan kuch sarflashimiz zarur. Bu saviyada Tavoliul anvor va Tahzibning sharhlarini ham o‘qitish mumkin. So‘ng Maqosid va Mavoqif sharhlariga o‘tiladi.

Aqoid asoslari

16 Dec, 17:50


11. Ilm va ta‘limi orasida farq bor.

– Ustoz talabaning saviyasiga tushishi zarur.
– Munosib kitob tanlash.
– Talaba ham jiddu-jahd qilsin.

Mana shu uchta asosiy jihatga e‘tibor berishingiz kerak.

Aqoid asoslari

16 Dec, 17:42


10. Kalom ilmining vazifalaridan biri boshqa toifalarning ham ilmiy asoslarini o‘rganishdir. Hatto ulamolarimiz aqoidimizga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy e‘tiroz va shubhalarning ham javoblarini berganlar. Uni tarixda kimdir aytgan bo‘lishi shart emas.

Aqoid asoslari

16 Dec, 17:28


9.

– Kalom ilmiga bo‘lgan ayrim xato tushunchalarni to‘g‘rilamay turib, uni o‘rgatishga kirishib bo‘lmaydi.

– So‘ngra kalom ilmining vazifasini bayon etish zarur. Ba‘zilarga uning ismigina yomon bo‘lishi mumkin. Binobarin kalom ilmining javharini zamonamiz uslubida bayon etishimiz kerak.

– Kalom ilmining cho‘qqisiga chiqmagan mutaxassis uni zamondoshlariga munosib sodda uslubda ifodalab berolmaydi. Kitoblardan yodlagan misolini takrorlay oladi xolos...

Aqoid asoslari

16 Dec, 17:09


8. Oxirgi asrlarda musulmon diyorlari mustamlakachilik tuzog‘ida qolgani sabab taassufki, ayrimlar Qur‘oni karim va Hadisi shariflarni ham g‘arb ideologiyalari asosida fahmlashga va tatbiq qilishga kirishdilar.

Aqoid asoslari

03 Dec, 13:31


أكاديمية الأصلين - نحو فهم أصيل للعلوم الإسلامية

"إمام الحرمين الجويني، وجلال الدين المحلي، والقطب الدردير، والعلامة الأخضري، في مجلس واحد ثلاثة دروس في العلوم الثلاثة مع فضيلة الشيخ سعيد فودة، في علم الكلام، وأصول الفقه، والمنطق، كل سبت"

📅 موعد البرنامج: كل يوم سبت، ابتداء من ٧ ديسمبر ٢٠٢٤م ولمدة ١٦ أسبوعا/٤ شهرا
🕣 التوقيت: ٨:٣٠ مساء بتوقيت ماليزيا/٣:٣٠ مساء بتوقيت مكة المكرمة
📍 المكان: حضوريا أو افتراضيا عبر منصة "أصلين ملايا"
💰 الرسوم: ٣٠ رينغيت ماليزي فقط لكل ليلة/١٢٠ رينغيت ماليزي لكل شهر/٤٨٠ رينغيت ماليزي للبرنامج كله

ستقدم الدروس تحت إشراف الشيخ الدكتور سعيد فودة، من خلال دراسة مفصلة ومبسطة للكتب الثلاثة التالية، التي تُعد مرجعية في مجالاتها:

١. حاشية على تهذيب شرح الخريدة البهية للإمام الدردير، وهي مدخل جامع لعلم الكلام
٢. الشرح على الورقات للإمام الجويني، لتعميق قواعد أصول الفقه
٣. الميسر في فهم معاني السلم للإمام الأخضري، لتأسيس متين في علم المنطق

نلتقي قريبا، إن شاء الله.


🔗 انضموا إلينا من خلال الرابط:
https://class.asleinmalaya.com

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

30 Nov, 14:23


Ustozlar nasihati

Haqiqiy tolibi ilmning ustozdan eshitganlaridan ko‘ra o‘qiganlari doimo ko‘proq bo‘lishi zarur.

Izoh:

1. Ustozlar izlanish kalitlari va uslublarini o‘rgatadilar. Ilm ufqlarini kengroq kashf etish talabaning himmatiga bog‘liq.

2. Darsda ustoz aytgan har bir istiloh, hukm, masala va mavzuning tafsilotlarini o‘z saviyamizga mos qo‘shimcha manbalardan o‘rganishimiz zarur.

3. Ilm bu ko‘p ma‘lumot bilish emas. Balki, har bir narsaning haqiqatiga yetib borish, o‘xshashlarini jamlash va farqlilarini ajratishdir.

Alloh taolo foydali ilm bersin!

@Aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

29 Nov, 09:00


Samimiyat

Inson xayrli ishlarni niyat qiladi. Niyatimiz samimiyligi bo‘sh vaqtimizda bilinadi: Niyat qilgan xayrli ishlarimizni amalga oshirish uchun biron harakat qilamizmi yoki yo‘q...
O‘z qalbimiz va nafsimizni tarbiyalash va tuzatishda davom etaylik.

Juma ayyomi muborak bo‘lsin azizlar!
Assalomu alaykum va rohmatulloh

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

28 Nov, 16:19


Mahrum

المحروم هو من حرم بركة أهل زمانه.

Haqiqiy mahrum – zamondoshlari barakasidan bebahra qolgan kishidir.

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

28 Nov, 11:27


Foyda

Naqd va tanqid
(النقد والتنقيد)

Sarrof(pullarni ayriboshlovchi)lar tanga pullarni birma-bir qo‘ldan o‘tkazib tanqid qilganlar. Ya‘ni, soxta va haqiqiylarni ajratishgan. Naqd pul so‘zi ham shundan. Bir narsani ko‘zdan kechirib, fazilati va kamchiligini aytish tanqid qilish bo‘ladi. Fikrlarni tekshirish ham ma‘naviy tanqiddir*. Lekin, ona tilimizda tanqid so‘zining bir tomoni – kamchilik va xatolarini aytish ma‘nosi ko‘proq qo‘llanadi. Aslida, fazilat va o‘ziga xosligini ko‘rsatib berish ham tanqidchining vazifasi. Fazilatlarni tan olish va ko‘rsatish ham fazilat. Ana shunda mo‘tadil – xolisona tanqid bo‘ladi.

*Bu joygacha Ustoz Nabil Fuliy (hafizahulloh) aytgan foydalaridir.

Alloh taolo foydali ilm bersin!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

26 Nov, 12:06


Xojanazar Huvaydo
Devon

❗️Ammo undagi ma‘nolarni tushunish uchun shar‘iy ilmlardan tashqari turkiy, forsiy va arabiy tillarni bilish zarur ekan. Bunday baytlarni qanday yozganlarini bilolmadim. Go‘zal ovoz esa unga yanada chiroy bermoqda...

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

26 Nov, 10:55


#Zehniy_xarita11
#خريطة_ذهنية
Takfir va uning asoslari
التكفير وضوابط التكفير

26.11.2024

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

25 Nov, 14:31


#Zehniy_xarita10

Iymonda istisno qilish(ya‘ni, in shaa Alloh mo‘minman deyish) masalasi
مسألة الاستثناء في الإيمان
Alloh taolo foydali qilsin!

25.11.2024

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

24 Nov, 07:53


Tajriba

Ba‘zi oyat va hadislarni yashab ko‘rib tushuniladi...

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

23 Nov, 15:44


#Zehniy_xarita9
#خريطة_ذهنية٩

Rost va yolg‘on tushunchalari
(مفهوم الصدق والكذب)

23.11.2024

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

21 Nov, 17:09


O‘xshatish

Ilm taomlar kabi. Afsuski, ko‘pchilik insonlar "fast food"ni yaxshi ko‘radi. Tabiiy va sifatlisiga toqat yo‘q.

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

21 Nov, 12:06


Shuur

Zamonamiz olimlarini ko‘rganimda bir narsani takror his etaman – mana shu zamonda shunday musulmon bo‘lib yashash imkoni bor ekan...

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

19 Nov, 10:47


Haqiqiy eskirish

Uyimiz yoki mashinamiz eskirsa ta‘mirlaymiz, yaroqsiz holga kelsa yangilaymiz...
Har kuni libosimizga oro beramiz. Eskirganlari bilan ko‘chaga chiqgani xijolat ham bo‘larmiz...
Damlangan choy yoki kofeimiz sovib qolsa, issig‘iga almashtiramiz...
Hamma narsada yangisiga intilamiz. Lekin, haqiqiy yangilashga va e‘tiborga muhtoj bir narsamiz bor. U ham eskiradi...

إنَّ الإيمانَ ليَخلَقُ في جوفِ أحدِكم كما يَخْلَقُ الثوبُ، فاسأَلوا اللهَ أن يُجدِّدَ الإيمانَ في قلوبِكم. (رواه الحاكم والطبراني)
Amr ibn Os roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallam aytadilar:
Biringizning ichida iymon xuddi libos eskirganidek eskiradi. Alloh taolodan qalblaringizda iymonni yangilab turishini so‘ranglar. (Imom Tabaroniy va Hokim rivoyat qilishgan)

Ustozimiz aytadilar: Mana shu hadis yodimda turishi va iymonimni doimo yangilab turish uchun eski sumkamni olib yuraman. Har safar unga qaraganimda o‘zimga: Iymoning ana shunday bo‘lib ketmasin, yangilab ol! – deyman.

Allohim! Har narsamizni yangilabmiz-u, ana shu har narsalarni bizga hadya qilgan Robbimiz – Senga bo‘lgan iymonimiz qolibdi...
Iymonimizni o‘zing asra va doimo yangilab quvvatlab turishni nasib et!

19.11.2024

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

18 Nov, 18:30


Me‘yor

Alloh taologa tazallul – muhtojlik izhor qilish azizlikdir.
Alloh taoloning qaydlari bilan chegaralanish hurriyatdir.

Boshqa azizlik va hurriyatlar aslida xorlik va havoi nafsga qullik(nafs xohishlari va qaydlari bilan chegaralanishdir). Havoi nafs va shayton o‘z istaklari va oniy lazzatlari uchun Alloh taoloning chegaralaridan "ozod" bo‘lish uchun "hurriyat"larning bahona va xiylalarini qidiraveradi...

Bu imtihon har birimizda har kuni kichik Qiyomat – o‘limga qadar davom etadi.

18.11.2024

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

18 Nov, 15:15


O‘xshatish

Ilm va olimlarning misoli bir uyni qurish, mustahkamlash, bezash va jihozlash kabi bo‘ladi. Falsafa esa huddi har kim o‘ziga alohida uy qurib olishiga o‘xshaydi.

Ustoz Nabil Fuliy (hafizahulloh)

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

16 Nov, 16:19


Rost va yolg‘on tushunchalari
(مفهوم الصدق والكذب)

16.11.2024

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

16 Nov, 14:55


#Zehniy_xarita8

Iymon mohiyati

16.11.2024

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

15 Nov, 11:18


Tamyiz

O‘zini ateist(mulhid) deyotganlarning ko‘pi aslida "islomafob"lardir. Buni ateizm va so‘z erkinligi niqobi bilan yashirib, istagancha haqorat qila boshladilar.
Boshqa bir tomondan g‘arb falsafasining sovuq shamollari ham esmoqda.

Ulamolarimiz barchasiga qanoatbaxsh javoblarni berganlar. Lekin, hammaning ham kitob o‘qishga imkoni va salohiyati yo‘q. Botilning puch ekanin dalillarini har bir zamon va muhitga munosib so‘z va uslublar bilan yetkazib berish va Qiyomatga qadar yangilanib turishi zarur. Botil ham yangi uslublar bilan eski da‘volarini takrorlamoqda.

Juma ayyomi muborak bo‘lsin azizlar!
Alloh taolo iymonda sobitqadam qilsin!

15.11.2024

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

14 Nov, 14:19


#Zehniy_xarita(7)2

Ilm:
1. Ruknlari;
2. Mo‘tabar va mo‘tabar bo‘lmagan sabablari.

Avvalgi zehniy xaritaning to‘ldirilgan shakli

14.11.2024

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

13 Nov, 13:22


Burilish nuqtasi

Ushbu hayot azaliy ilmning ro‘yobi va abadiy saodat yoki badbaxtlik sababidir.

Azal va abadga qiyoslasak 60 yoki 70yillik umrimiz lahza ham emas. Lekin, hal qiluvchi va haqiqiy burilish nuqtasidir. Alloh jalla va a‘lo to‘g‘ri tanlovga hidoyat bersin!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

12 Nov, 15:26


Maqol

دِيَهْ يِتْمِثِهْ ثِمْريمِز
Diye yitmese semrimez

(Deve kaybolmazsa şişman olmaz)
الإبل إذا لم يضع (لم يختفِ) لن يسمن.

Tuya yo‘qolib qolma(ko‘zdan g‘oyib bo‘lma)guncha semirmaydi.
(Turkman maqoli)*

Izoh:
Tolibi ilm ham barcha aloqalardan uzilib, o‘n o‘n besh yil g‘oyib bo‘lmaguncha "semirmaydi". Ilmga borini bermagunicha, ilm unga hech narsa bermaydi.

*Shayx Abdulhamid Turkmaniy (hafizahulloh) sahifalaridan olindi.

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

10 Nov, 04:34


Alomat

Tafsilotlarga kirishganingiz sari ulamolar qoladi.

Alloma Ustoz Said Abdullatif Fuda (hafizahulloh)

Izoh:

Umumiy gapni hamma va har kim aytaveradi. Mavzuning tafsilotlari dalil va e‘tirozlariga chuqur kirishilgani sayin da‘vogarlar elaklanib, haqiqiy olimlar qoladi.

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

09 Nov, 17:02


Ateizm "asr vabosi"

Ijtimoiy tarmoqlarda ateizm vabosi ona tilimizda tarqala boshladi. Qadrdonim! O‘zingiz va yaqinlaringizni ularning guruhlari va kanallaridan uzoq tuting. Vabo inson tanasini barbod qiladi. Ateizm vabosi esa dunyo va oxiratimizni xarob qiladi(Allohim! O‘zing panoh ber!).

Nima qilishimiz kerak?

Avvalo, avom(mutaxassis bo‘lmaganlar)

Aqoid ilmida mutaxassis bo‘lmaganlar bu joylarga kirishi mumkin emas.

So‘ngra mutaxassislar

1. Sof e‘tiqodiy ilmlarni puxta va tartibli o‘rgatishni boshlash kerak.

2. Ateizm vabosiga, ularning shubhalariga javoblarni hozirlashlari zarur. Lekin, hali bu javoblarni tarqatish mavridi emas.

Qalbimizdagi aqida, ya’ni e’tiqodiy hukmlar xuddi tanamiz kabi quvvatlovchi ozuqa va himoyalovchi doriga muhtoj. Bilamizki, ozuqaga hamma muhtoj bo‘ladi, doriga esa bemor inson ehtiyoj sezadi. Dori ham, o‘z navbatida, himoya qiluvchi va muolaja qiluvchi turlarga bo‘linadi. Har bir insonning holatiga qarab qaysi navdagisini o‘rganish yoki o‘rgatish tayin qilinadi. Qalbimiz tirikligini ta’minlaydigan ozuqa va uni muhofaza qiladigan e’tiqodiy haqiqatlarni o‘rganishimiz darkor.

Muolaja qiluvchi dorilar faqat bemorlarga beriladi. Sog‘lom odamga bu zarar qiladi. Ateizm vabosiga qarshi muolaja dorilarini tarqatishga ehtiyoj hozircha yo‘q. Diyorimizda bunga hojat ham bo‘lmasin deya umid qilamiz!

Alloh taolo sof e‘tiqodda sobitqadam qilib, xotimamizni chiroyli qilsin!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

09 Nov, 15:59


#Zehniy_xarita(7)1

Ilm:
1. Ruknlari;
2. Sabablari.

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

08 Nov, 20:17


Sir
لا تدوم مع الكلفة ألفة!
Og‘rinish ila oshuftalik davom etmaydi.

Shayxul Islom Imom Haddod (rohimahulloh)

Izoh:
Ibodatlarda og‘rinish ila ularga bo‘lgan muhabbat jamlanmaydi.
Yo ibodatlarni tashlab qo‘yadi yoki muhabbat sabablarini qidirib, xotirjamlik va lazzatini totadi...

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

08 Nov, 10:36


Taajjub

Ne ajabki, qaysidir muhim ishimiz uchun vaqt tejamoqchi bo‘lsak ibodatlarimizdan boshlaymiz odatlarimizdan emas.

Ustoz Ali Mahmud Umariy (hafizahulloh)
"Ilmiy fasllar" sharhidan (08.11.2024)

Izoh:
Ibodatlarimiz – namoz, Qur‘on tilovati, salavot va zikrlar... .
Odatlarimiz – ovqatlanish, ijtimoiy tarmoqlar, uyqu, suhbat va shu kabilar.

Alloh taolo foydali ilm bersin!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

07 Nov, 10:19


Qadrli kitobxon!

Mutolaa va nutqdagi kamchiliklar uchun ma‘zur tutasiz. Foydali deb bilganlarimiz siz azizlarga ham oson va qulay tarzda yetib borishini maqsad qildik. Alloh taolo xayrli qilsin va oxiriga yetishini ham nasib etsin!

Aqoid asoslari

07 Nov, 10:15


#Olti_kunda

07. Borlikni anglash darajalari

Ustoz Ali Mahmud Umariy (hafizahulloh)

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

07 Nov, 10:14


#Olti_kunda

06. Iymon

Ustoz Ali Mahmud Umariy (hafizahulloh)

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

07 Nov, 10:14


#Olti_kunda

05. Bilimdon – Xabardordan so‘rang!

Ustoz Ali Mahmud Umariy (hafizahulloh)

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

07 Nov, 10:14


#Olti_kunda

04. Izlanishning kaliti

Ustoz Ali Mahmud Umariy (hafizahulloh)

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

07 Nov, 10:13


#Olti_kunda

03. Iymon haqida izlanishga undovchi

Ustoz Ali Mahmud Umariy (hafizahulloh)

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

07 Nov, 10:13


#Olti_kunda

02. Iymonning ehtimollari

Ustoz Ali Mahmud Umariy (hafizahulloh)

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

07 Nov, 10:12


#Olti_kunda

01. Iymonning boshlanishi

Ustoz Ali Mahmud Umariy (hafizahulloh)

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

07 Nov, 07:25


Nazm

Xudovando gunah dardini aytib Sanga yig‘layman,
Kechir holim nachuk deb ro‘zi mahshar jong‘a yig‘layman.

Yigitlik ketdi ilkimdin qarib g‘am aylamay toat,
Gunah birla aziz umrim ado qilg‘ong‘a yig‘layman.

Bu dunyo mulkig‘a keldim na topdim man na ish qildim...

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

01 Nov, 12:36


Oqillar ixtiloflarining xulosasi

Ixtiloflar yo haqqa yetkazuvchi vositalarda yoki haqning manbalarida yoinki haqning manbalarini tushunishda bo‘lgan.

Haqqa ya‘ni voqelikka muvofiq qat‘iy ilmga yetkazuvchi vositalar uchta:

1. Sog‘lom his etish a‘zolari;
2. Rost xabar;
3. Aql.

Haqning manbalari:
1. Qur‘oni karim;
2. Hadisi sharif;
3. Ijmo‘.

Ushbu manbalarni tushunishdagi me‘yor va mezon:
1. Usulul fiqh.

Alloh taolo foydali ilm bersin!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

31 Oct, 11:57


#Zehniy_xarita(5)

Tasdiqlashning darajalari:

1. Tahqiq(qat‘iy dalil asosida haqni bilish);
2. Taqlid(dalilsiz haqni bilish);
3. Murakkab johillik(nohaq narsani haq deb bilish);

4. Gumon(muayyan bir tarafni qat‘iy bo‘lmagan tarzda ustun qo‘yish);
5. Vahm(ustun qo‘yilmagan taraf);
6. Shak(biron tarafni ustun qo‘ymaslik)

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

31 Oct, 09:34


Ikki maqsadga yetishning ikki manhaji

«والغاية في الفلسفة النظرية: معرفة الحق.
والغاية في الفلسفة العملية: معرفة الخير».

الشيخ الرئيس

Nazariy falsafaning maqsadi – haqiqatni tanishdir.
Amaliy falsafaning maqsadi esa – yaxshilikni bilishdir.

Shayxur Roiys (Bu Abu Ali ibn Sinoning aqliy ilm olimlari ichidagi laqablaridir)

Haqni tanish Islom qonunlari asosida bo‘lsa – aqoid ilmidir.
Yaxshilikni bilish Islom qonunlari asosida bo‘lsa – fiqh va tasavvuf ilmlaridir.

Bu nozik farqni bilishimiz zarur!


@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

29 Oct, 15:02


Zamonimiz g‘aflati

Istalgan vaqtda yetish imkoniyati bizlarni aldab qo‘ymoqda. Bu imkoniyatlar olib qo‘yilsa, hech kimmiz!

Birgina misol:

Avvallari, sahobalar roziyallohu anhum har bitta nozil bo‘lgan oyatni yod olib, hayotlariga tatbiq qilishardi. Yozishga qog‘oz yetishmaganidan, oyatlarni terilarga, xurmo po‘stlog‘iga va hayvonlarning kurak suyaklariga bo‘lsa ham yozib olishgan...

Uyimizda nechta Qur‘on Mus'hafi bor? Telefon planshetlarimizda ham qancha turlari mavjud? Xohlagan vaqtda o‘qiy olaman, o‘rgana olaman, bilib olaman degan imkoniyat bizlarni aldab qo‘ydi. Javonimizdagi kitoblar va telefonu planshetlarimiz(shu kabi boshqa vositalarimiz) olib qo‘yilsa, hech kimmiz. Zehnimiz va Qalbimizda nechta oyat bor, qancha hadis bor, fiqhdan nima bor, aqoiddan nima bor, tasavvufdanchi...?!

{ ۞أَلَمۡ يَأۡنِ لِلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَن تَخۡشَعَ قُلُوبُهُمۡ لِذِكۡرِ ٱللَّهِ وَمَا نَزَلَ مِنَ ٱلۡحَقِّ وَلَا يَكُونُواْ كَٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلۡكِتَٰبَ مِن قَبۡلُ فَطَالَ عَلَيۡهِمُ ٱلۡأَمَدُ فَقَسَتۡ قُلُوبُهُمۡۖ وَكَثِيرٞ مِّنۡهُمۡ فَٰسِقُونَ }
Iymon keltirgan zotlar uchun dillari Allohning zikri sababli va nozil boʻlgan Haq — Qurʼon (tilovat qilinishi) sababli qalblari erib, qoʻrqish (vaqti) kelmadimi? (Shuningdek, ular uchun) ilgari kitob ato etilgan, soʻng (ular bilan paygʻambarlari oʻrtasidagi) muddat uzaygach, dillari qotib ketgan kimsalar (yaʼni, yahudiy va nasroniylar) kabi boʻlib qolmaslik (vaqti kelmadimi)? Ulardan (yahudiy va nasroniylardan) koʻplari fosiq-itoatsizdirlar! (Hadid surasi, 16-oyat)

Ey qalbim!
Bugundan harflarni o‘rganaman...
Bittadan oyat yod olaman...
Bitta hadis o‘rganaman...
Holatim uchun zarur fiqh(amal), aqoid(sof e‘tiqod) va tasavvuf(axloq-odob)ni o‘rganam deya harakat qilish vaqti kelmadimi?

Allohim! Bizlarga bergan imkoniyatlaring qadriga yetish va shukrini ado qilishga yordam ber! Nafsimiz va shayton bilan yolg‘iz tashlab qo‘yma, holimizga voy bo‘ladi!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

29 Oct, 05:05


#Zehniy_xarita(4)

1. Din;
2. Ahkomlari;
3. Iymon, Islom va Ehson ilmi;
4. Mashhur nomlari;
5. Iymon ilmining ta‘rifi, mavzusi, samarasi va fazilati;
6. Iymon ilmining boblari: Ilohiyot, Nubuvvat va Sam‘iyyot.

Alloh taolo foydali qilsin!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

28 Oct, 03:09


Taammul

Mazkur va Ma‘budni tanimay turib topilgan ibodat va zikr lazzati sarobdir.

Izoh:

Mazkur – zikr qilinayotgan Zot.
Ma‘bud – ibodat qilinayotgan Zot.
Zikr va ibodatning haqiqiy lazzati ma‘rifatullohdan so‘ng bo‘ladi.

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

28 Oct, 02:49


❗️Qabul yakunlandi.

Aqoid asoslari

27 Oct, 16:39


Ustozimiz Azizxo‘ja domla Buxoriyning Onalari vafot etibdilar. Alloh taolo rahmatiga olsin!

Siz azizlardan iltimosimiz eng kamida bir marta Fotiha surasini o‘qib, savobini Ustozimizning Onalari haqqiga hadya qilsangiz.

Alloh taolo hadyalaringizni qabul qilsin!

Aqoid asoslari

27 Oct, 16:32


❗️Eslatma

Ertaga qabulning oxirgi kuni!

Aqoid asoslari

27 Oct, 06:55


Hadis

إن للهِ تعالى آنيةً من أهلِ الأرض، وآنيةُ ربِّكم قلوبُ عبادِه الصالحينَ، وأحبُّها ألينُها وأرقُّها.
(الراوي: أبو عنبة الخولاني ، حسن)
Alloh taoloning yer ahlidan idishlari bor. Robbingizning idishlari – solih bandalarining qalblaridir. Ularning eng mahbubi yumshoqrog‘i va muloyimrog‘idir.

Izoh:

Solih bandalarning qalblari Alloh taoloning ma‘rifati va iymonni o‘z ichiga olgan. Ularni ko‘rganimizda bizga Alloh taoloni eslatishadi. Alloh taoloning ma‘rifati sabab qalblar yumshaydi, muloyimlashadi va halim bo‘ladi. Alloh taoloning yaratmishlariga zulm va qahr qilmaydi. Ana shular Alloh jalla va a‘loga eng sevimli qalblardir.

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

26 Oct, 19:11


Foyda
الشهرة ليست عيبا، حب الشهرة عيب.

Mashhurlik ayb emas, mashhurlikni yaxshi ko‘rish aybdir.

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

26 Oct, 16:08


❗️Eslatma

1. O‘zingizga yuborilgan guruh havolasini hech kimga yubormang!
2. Qabul muddati uch kun.

Aqoid asoslari

26 Oct, 15:48


E‘lon❗️

Avvalo, so‘rovnomada qatnashganingiz uchun rahmat!

Ayol-qizlar uchun aqoid darslari.

❗️Shartlari:

1. Eng kamida Muqaddima darslarini tugatgan bo‘lish;
2. Arab tilidan boshlang‘ich saviyada xabardor bo‘lish;

❗️Darsga oid ma‘lumotlar:
1. Ustoza ayol kishi;
2. Darslar telegram guruhida Zoom orqali bo‘ladi;
3. Darslar bepul.

Darsda qatnashish istagida bo‘lganlar http://t.me/Aqoid_asoslari_bot orqali murojaat qiling. Guruh havolasi yuboriladi.

Alloh taolo xayrli va manfaatli qilsin!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

25 Oct, 16:01


Ogohlik
بسم الله الرحمن الرحيم

Omi(ko‘plik shakli avom) – mutaxassis bo‘lmagan odam. Masalan, bir odam fizika fanidan professor, Nobel mukofotini olgan lekin, fiqh ilmidan xabari yo‘q. Fiqh ilmiga nisbatan omidir. Johil esa – ilmsiz odam.  Bu ikki so‘z haqorat emas, bor voqelik bayoni xolos.

Aqoid ilmida ham mutaxassis bo‘lmagan odam ijtimoiy tarmoqlardagi bahs-munozaralar va shubhalarni ko‘rishi va tinglashi joiz emas! Bu bahslar vahhobiy, hizbiy, shia va shu kabi islomiy firqalar orasida bo‘ladimi yoki deist, ateist, agnostik, nasroniy, yahudiy, ahmadiy va shu kabi kofir toifalar o‘rtasida bo‘ladimi farqi yo‘q. O‘zimizga rahmimiz kelsin! Botil toifalarning shubhalarini tinglash va yetarli javob berish har bir ilm mutaxassislarining vazifasi. Qalbiga kirib qolgan birgina shubhaning javobini topolmay hali u shayxga hali bu ustozga borib, davo izlayotgan insonlar qancha... Farzi ayn ilmlarni o‘rganishimiz yetarli. Keyingi bosqichning o‘z shartlari bor.

Alloh taolo sof e‘tiqodda sobitqadam qilib, iymon bilan o‘tib olishni nasib etsin! Omiyn!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

24 Oct, 17:45


O‘zlik

Har bir insonni muayyan shaxsiyat qilib turgan narsa uning xotirasidir. Xotirasi yo‘qolsa, shaxsiyati va o‘zligi ham yo‘qoladi...
Habibimiz Rasululloh (sallollohu alayhi va sallam) bizlarga Alloh taoloning Risolati Islom diynini mukammal tarzda ham ilmiy va ham amaliy yetkazdilar. Ul zot (sallollohu alayhi va sallam) rofiyqul a‘loga ko‘chib o‘tganlaridan so‘ng ushbu Risolatning o‘zligini saqlash va keyingi avlodga musaffo holda yetkazish mas‘uliyati sahobalar (roziyallohu anhum)ga o‘tdi. Ichlaridan Payg‘ambarlarning haqiqiy merosxo‘rlari bo‘lgan mujtahid olim sahobalar ilm halqalarini tashkil qildilar...
Voqelik va avlaviyat fiqhini eng yaxshi anglagan ishboshilar va ahli sunna val jamoa mujtahidlari Islom Ummati eng muhtoj bo‘lgan ilmlarni olimlarning qalbidan kitoblarga ko‘chirshni boshladilar. Eng avvalo, Qur‘oni karim to‘liq kitob shakliga keltirildi. So‘ngra Fiqh va Usulul-fiqh asoslari to‘liq bitildi. So‘ngra Hadisi shariflar birin-ketin to‘liq jamlandi. Ushbu barcha ilmlar ulamolarning qalblarida edi. Lekin, hammasi bir kishida jam bo‘lmagan, tarqoq holda bo‘lgan. Sahobalar, tobeinlar va tabaa tobeinlar davridan so‘ng ixtiloflar va masalalar ko‘paydi, olimlar ozaydi. Avvallari, aksincha kelishmovchilik va ixtiloflar oz, ulamolar ko‘p edi. To‘rtta mo‘tabar mazhab imomlarimiz o‘z davrlariga qadar kelgan fiqh va usulul-fiqh merosini jamlab, o‘ziga xos ilmiy manhajni tashkil etdilar. O‘zlaridan yangi narsa ixtiro qilmagan edilar. Islom Ummatining o‘zligini saqlaydigan yana bir ilm – Aqoid ilmiga navbat kelgan edi. Ahli sunna val jamoaning uchta ulug‘ mujtahidlari Imom Abu Ja‘far Tahoviy Misrda, Imom Abul Hasan Ash‘ariy Bag‘dodda va Imom Abu Mansur Moturidiy Samarqandda(Alloh taolo barchalaridan rozi bo‘lsin) o‘zlariga qadar tarqoq holda yetib kelgan e‘tiqodiy hukmlarni to‘liq jamlab, haq ekanini isbotlovchi asoslari bilan birga bayon etdilar. Bu zotlar ham to‘rt mo‘tabar fiqhiy mazhab imomlari kabi biron narsani o‘zlaridan qo‘shganlari yo‘q edi. So‘ngra fiqhiy mazhablarda bo‘lgani kabi aqoid ilmida ham o‘ziga xos ilmiy madrasa to‘liq shakllandi. Kunimizga qadar minglab mujtahidlar ushbu madrasalardan yetishib chiqdilar va chiqishmoqda. Ular o‘zlaridan oldingi imomlarga taqlid qilganlari yo‘q. Balki, ilmiy izlanishlarining natija va xulosalari bir xil chiqqan xolos. Bu o‘z navbatida imomlarimizning xulosalari to‘g‘ri ekaning tasdig‘i va ta‘kididir. Bizning ana shunday o‘zligimiz bor. Ana shuni unutishimizga bor imkoniyatlarini ishga solib harakat qilmoqdalar. O‘zligimizdan ayrilsak, xotirasini yo‘qotgan inson singari biz haqimizda kim nima desa, shuni tasdiqlab ketaveramiz (Alloh taolo panoh bersin!)...

Alloh taolo bizlarga ham buyuk imomlarimiz kabi ushbu muborak Risolatning o‘zligini saqlash va keyingi avlodga sof holda yetkazish yo‘lida xodim bo‘lishimizni nasib etsin! Omiyn!

Juma ayyomi muborak bo‘lsin azizlar!
Assalomu alaykum va rohmatulloh

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

24 Oct, 14:19


Ikki me‘yor

Mana bu joyda ilmlarning ilmiy va amaliy, maqsad va vosita ilmlarga taqsimlanishi haqida, bunisida esa vosita ilmlarning bajaradigan vazifasi e‘tiboridan bo‘linishini o‘rgangan edik. Shular qatorida yana bir muhim fikrni bilishimiz zarur. Ahli sunna val jamoa*ning ikki muhim me‘yor va o‘ziga xosligi mavjud. Bu usulul-fiqh va usulud-diyn(aqoid) ilmlaridir.

Usulul‐fiqh bu shar‘iy matn – Qur‘oni karim va Hadisi shariflarni to‘g‘ri fahmlash va anglash mezoni – qoidalaridir.
Usulud-diyn esa to‘g‘ri va haq e‘tiqodiy hukmlarning qoidalari va asoslaridir.
Ahli sunna val jamoaning boshqa shar‘iy ilmlardagi o‘ziga xosliklari ana shu ikki ilm asosida namoyon bo‘ladi va boshqa firqa-yu toifalardan yaqqol ajratib turadi.
Masalan:

1. Qur‘oni karimning tafsiri;
2. Hadisi shariflarning sharhi;
3. Fiqhiy hukmlar;
4. Axloqiy(Tasavvufiy) hukmlar.

Usulul-fiqhi yoki Usulud-diynida haqdan toyilishi bor firqalarning qolgan shar‘iy ilmlardagi toyilishi ham ko‘rinib turadi.

Alloh taolo haqning haq ekanini bildirib, unga ergashishni ham nasib etsin!
Botilning botil ekanini ham ko‘rsatib, undan uzoq bo‘lishni muyassar qilsin!

*Ahli sunna val jamoa bular – fiqh(va usulul-fiqh)da to‘rt mazhab imomlari – Imom Abu Hanifa, Imom Molik, Imom Shofe‘iy va Imom Ahmad (Alloh taolo hammalaridan rozi bo‘lsin)ga, usulud-diyn(aqoid)da Imom Abul Hasan Ash‘ariy va Imom Abu Mansur Moturidiy (Alloh taolo hammalaridan rozi bo‘lsin)ga ergashgan ulamolar hamda Hanbaliy mazhabining fozillaridir.

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

23 Oct, 03:49


قال أبو الدرداء رضي الله عنه:
إنما أخاف أن يكون أول ما يسألني عنه ربي أن يقول: قد علمتَ فما عملتَ فيما علمتَ؟!

Абу Дардо розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади, у зот айтадилар:
Роббим мендан энг аввал сўрайдиган нарса: Билдинг! Билганингга нима амал қилдинг?! - деб айтмоғи бўлишидан жуда қўрқаман.

Бизни ташвиш ва қўрқувга солаётган нарсаларчи?!

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

22 Oct, 12:11


5 qator matnga mo‘ljallangan.

Sahifalar soni: 600ta

@aqoid_asoslari

Aqoid asoslari

22 Oct, 12:10


3 qator matnga mo‘ljallangan.

Sahifalar soni: 600ta

@aqoid_asoslari