Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷 @shodmonbek_rasulov Channel on Telegram

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

@shodmonbek_rasulov


- Yangicha yo’nalishda Koreys tili va TOPIK haqida o’rganishga tayyormisiz? 🔥

- Kanalim orqali shaxsiy tajribalar va bilimlarimni bo’lishib boraman.

Shodmonbek Rasulov (Uzbek)

Yangicha yo’naltirilgan koreys tili va Koreya haqida o’rganishga qiziqishmiz? Kanalimiz orqali shaxsiy tajribalarimizni va bilimlarimizni siz bilan bo‘lishmoqchimiz. Agar siz ham koreys tilini o‘rganish va Koreya haqida ko‘proq ma‘lumotga ega bo‘lishni istasangiz, bizning kanalimiz siz uchun. Bu orqali, bizning kanal orqali, koreys tili va Koreya haqida yangiliklarni o‘rganishingiz mumkin. Biz bilan bog‘laning va qiziqishlaringizni ko‘rsating! Murojaat uchun: 👉 @shodmonbekrasulov

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

22 Nov, 05:40


#RealKoreyscha

1️⃣만차 - 만 qismi hanja bo’lib to’la, degan ma’oni beradi, 차 mashina. Ya’ni, parkovkada joy yo’q. Mashina to’lgan degan ma’noni beradi.

2️⃣ liftlarda 만원 degan yozuvni ko’rishimiz mumkin, bu 10.000won emas, 원 qismi ham hanja, odam degan ma’noni beradi. Ko’p odam chiqsa 만원 yani odam keragidan ortiq odam chiqdi, deb tushunib olsak bo’ladi.

P.s: ko’chadagi har xil reklamalar, bannerlar orqali koreys tilini o’rganib boramizmi?

🌐Telegram | 🌐Instagram

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

20 Nov, 04:05


🤦‍♂️ 4K 60FPSda sifatli video qilaman deb kameraga e’tibor bermapman. O’ta sifatli videoga 14pro bo’lsa ham 1 soatdan oshig’iga batarekasi chidab bera olmas ekan. Suhbat oxirigacha telefon o’chib qolibti.

🥲 Go’shtli joylari qolib ketibti. Bunaqa video manda birinchisi, nasib kelasi videolarda buni ham xisobga olib video olaman.

Borini boricha ulashaman in sha Alloh tez kunlarda. BarakAllohu Fiikum.

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

18 Nov, 03:07


Nimani so’ragan bo’lar edingiz?

2017-yildan beri Koreyada yashaydigan, TOPIK 6 olaverib zerikib ketgan Koreys tili o’qituvchisidan savol so’rash imkoni bo’lsa, nimalarni so’rab bilib olishni xohlar edingiz?

Izohlarda savollaringizni yozib qoldiring, o’rningizga men so’rab beraman. 🔥🚀

YouTubega video chiqadi in sha Alloh 😉

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

17 Nov, 15:10


🤠 O’zbek tilida gapirishni sindirib qo’yarkanlarmi?

O’zbekistonga sayohatga borgan koreys akamiz o’zbek tilida mandan ham yaxshi gapirar ekanlar. (Koreyslarda shunaqa gap bor, yaxshi gapirsa mandan yaxshi gapirar ekansan deb maqtab qo’yadi😅)

Yaxshi gapirish uchun shunaqa uyalmasdan gapga tutaverish kerak. Chet ellikga hech kim dushman ko’zi bilan qaramaydi.

Uyalsangiz hamma narsadan quruq qolasiz.

P.s: Videoni Koreys tilida yaxshi gapira olmaydigan do’stingizga jo’natib azoblang 😂

🌐Telegram | 🌐Instagram

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

16 Nov, 12:28


#diqqat

🆘 Koreyadagilar extiyot bo’ling.

Hozir Koreyada ko’p uchrayotgan holatlardan biri narkotik moddalar qo’shilgan yeguliklar bo’lmoqda. Do’konda ishlaydigan koreys bolger qiz, jonli efir paytida “narkotik moddalar qo’shilgan sovg’a shokalad oldim - extiyot bo’linglar” nomi ostida video joylagan.

Do’konga doim keladigan mijozlardan biri shokalad sovg’a qiladi. Shokolad sovg’a shubhali tuyulgani sababli ochib tekshirib, shpris izlari borligini sezib qoladi.

Koreyadagi O’zbek talabalar orasida 24 soatlik do’konlarda ishlaydiganlar juda ko’pchilikni tashkil qiladi. Ish jarayonida Koreyslar nimadir sovg’a sifatida berib ketadigan holatlar juda ham ko’p bo’ladi.

Ogohlik davr talabi. Extiyot bo’laylik yurtdoshlar.

— Koreyslardan yegulik sovg’asini olganda extiyot bo’lishni so’rab qolamiz.

Youtube orqali qidirib ko’rsangiz bu kabi habarlarni rasmiy kanallarda kuzatishingiz mumkin.


Shunga oʻxshash yana bir rasmiy video 👇

https://youtu.be/kLm5OLvJXbo?si=QoOKzhoXwEaXqGKs

P.s: Koreyslar o’ta extiyotkor xalq, siz nimadir sovg’a qilsangiz oladiganlari kam, olsa ham tashlab yuboradi katta extimol.


🌐Telegram | 🌐Instagram

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

15 Nov, 10:59


Koreys tanishim bilan suhbat.

O’zbekistonga bormoqchi ekan, shunga o’zbek tilini o’rganishni boshlapti.

Koreys bo’lganiga man koreys tilida gaplashishni xohlab tanishimga koreys tilida yozyapman, u bo’lsa o’zbek tilini o’rganayotgani uchun man bilan o’zbek tilida muloqot qilishga harakat qilyapti.

Koreys tilida ham huddi shunday gapiribmi, yozibmi, nima qilib bo’lsa ham ishlatmasangiz “Rahmat mening akam” kabi gaplarni notabiiy ishlatib qo’yish mumkin, shu sabab 말하기 qilish muxim.

Hello Talkni birinchi marta ochganimda Hindistonlik bola yozgan edi, “Salom do’stim, minaddorman, o’zbek tilini o’rgata olasizmi?” Mantiqiy olib qarasa koreys tanishimda ham, hind do’stimizda ham xato yo’q, shunchaki no tabiiy.

Qanday tabiiylashtirish mumkin?

Eshitish bilan. Eshiting, eshiting, va yana baqirtirib eshiting. Eshitasiz o’rganasiz va ishlatasiz. Bekorchi foydasiz musiqa emas podcast eshiting.

Nima deb o’ylaysiz O’zbekistonga borib mazza qilib aylanib kelarmikan?

P.s: Man hazil qilishni yoqtiraman shunga 🤣 shu stikerni foydalanganman, koreys tanishim ham buni biladi, bu yerda xato qilgani uchun xech kim xech kimni ustidan kulmayapti.

🌐Telegram | 🌐Instagram

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

15 Nov, 01:58


🚀 그럼 시작하겠습니다.

한국어로 의사소통이 어느 정도 가능한 친구들을 비공개 말하기클럽 그룹으로 초대합니다.

a) 자신의 생각을 한국어로 조금이라도 표현할 수 있다면 참여해주세요. 우리 열고자 하는 그룹은 한국어를 가르치는 그룹이 아니고, 말하기 연습만 하는 그룹이라서 참고해주시기 바랍니다.

b) 그냥 그룹에 가입하며 "바라보기만 하시는 분"들 추방됩니다.

c) 다만 온라인 실습을 빠지지 않고, 지금까지 배운 것을 활용해 보려고 노력하는 친구들과 다양한 도전도 해보고 일정한 주제를 잡아서 이야기를 나눌 것입니다.

물론 무료입니다.

✍️ 참여하려면 톡 주시면 됩니다: @ShodmonbekRasulov

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

14 Nov, 15:36


🎤 말하기 능력을 향상시기고 싶으신 분이 있으신가요?

🎙️말하기 클럽 하나 만들려고 하는데 저랑 맬 꾸준히 연습하면서 발전하고 싶은 분이라면 댓글 많이 남겨 주세요~

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

14 Nov, 10:24


⌛️Kuz ham oxirlab qoldi. Vaqt o’tyapti, 2024-yil ham ohiriga yetib qoldi. Vaqt o’tyapti, vaqt…

#universitetimdan

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

12 Nov, 07:31


Ustoz otangdan ulug'!

Ali roziyallohu anho dedilar: “Menga bir dona harf o’rgatgan kishining quliman. Xohlasa meni sotsin, xohlasa meni qul qilib ishlatsin”.

Ustozlarimizdan Alloh rozi bo’lsin.

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

12 Nov, 01:42


O’z ishini ustasi, tanlagan soxamizda 01% mutaxasislar ichga kiradigan darajada rivojlanansak hamma joyda ish bizni kutib turibti 🚀🔥

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

12 Nov, 01:40


Nemis, Koreys, Yapon, Turk, Arab tillarida ravon so’zlasha olsangiz Sizni yuqori maoshli ishga taklif qilamiz!

Chet el kapitali ishtirokidagi IT Park rezidenti bo'lgan kompaniyalar soni ortishi bilan birga ularning yurtimizdagi chet tillarini biladigan kadrlarga talabi ortmoqda.

Quyidagi tillarda ravon so‘zlasha oladigan iqtidorli kadrlarni izlamoqdamiz:
🔹Nemis tili (800+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Koreys tili (300+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Yapon tili (300+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Turk tili (200+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Arab tili (200+ bo‘sh ish o‘rni)

Agar siz ushbu tillardan birini bilsangiz va ingliz tilini kamida B1 darajasida o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, bu yetakchi xalqaro kompaniyalarda karyerangizni boshlash uchun noyob imkoniyatdir. Moslashuvchan ish jadvali, martaba o‘sishi va muvaffaqiyatga yetaklovchi lavozimdan bahramand bo‘ling.

Bu shunchaki ish emas, balki kasbiy imkoniyatlar dunyosiga ochilgan eshikdir! 🌐

Arizangizni topshirishga tayyormisiz? Boshlash uchun havola orqali o‘ting: https://forms.gle/FNcjS6ZPtZgqoDoeA

Jahonning eng yaxshi ish beruvchi kompaniyalarining O’zbekistondagi ofislarida yuqori maoshli, moslashuvchan karyerangiz sari birinchi qadamni qo‘ying!

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

11 Nov, 05:58


⭐️Premium profili bor do’stlarimiz boost qilib kanalni rivojiga hissa qo’shishingiz mumkin. Rahmat 👇

https://t.me/boost/shodmonbek_rasulov

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

11 Nov, 05:34


Tarjimonlarga ham oson emas ekan.

Bir student birodarimiz ish paytida oyog’iga marmar tushib ketib tizzasi jiddiy jarohat olgan ekan.

Jeonjudagi o’zbek birodarlarga Alloh qodir qilganicha 봉사활동 qilib turgan edim.

Bu do’stimiz tilni yaxshi bilmaganliglari va biladigan yaqinlari yo’qligi sabab tarjimada men bo’ldim.

Oddiy jaroxat emasligi sababli tilni bilishni o’zi kamlik qiladigan holat edi. Ham huquqiy, qonuniy bilimlar kerak. Hammaga telefon qilib chiqdik.

Tizza suyaklari sinmagan, tizzalar bir biridan farq qiladigan darajada jiddiy ishib ketgan. Qon tomirlari uzulib ketgan, paylar ham uzulib ketgan bolishi mumkin, hali ham tekshitishyapti..

Ish joyidagi 사장 bilan urishib talashib kasalxonadagi hamma xarajatlarni qoplab berib, yurib ketgunicha 생활비 ham berishi kerakligini talab qildim.

Huddi o’zimda bo’lgandek qattiq stres oldim ochig’i. Hissiyotlarga beriluvchaman, yomon ta’sir qildi.

Ozod Shukurulloevning Hirurg bo’la turib nega operatsiya qilmaslik sababi podcastdagi gaplarni endi his qildim.

Bunaqa tarjimalarga yuragim chidamas ekan, esimdan chiqib ketgandan keyin bormasam hali beri bunaqa jiddiy tarjima ishlariga bormasam kerak.

Ish hali tugamadi.

Duo qilib qo’yinglar.

🌐Telegram | 🌐Instagram

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

04 Nov, 08:05


🤔 Mana nima uchun Seoul Milliy Universiteti kuchli.

Fikrlashi o’zgacha bo’lgan insonlar yig’ilgan.

📈 Koreys tilini rivojlantirish bilan birga tanqidiy fikrlash, keng dunyo qarashga yetaklaydigan bilimlarni olish uchun nufuzli universitetlarning professorlari ishtirokidagi suhbatlarini eshitishni tavsiya qilaman.

Kitob, kitob, kitob.

2001-yilda 책책책 책을 읽읍시다 nomli ko’rsatuv TV orqali namoish etilgan. Ko’pchilikni kitob o’qishga undagan va ko’rsatuvda olib chiqilgan har bir kitob Koreyada juda ko’p miqdorda sotilgan.

Bizda ham kitobga bo’lgan e’tiborni oshirish uchun, shu kabi ko’rsatuvlar qilinsa bo’lar ekan.

Kitob bilan bog’liq iqtiboslar:

1️⃣➡️ Hazrat bilan unashtirilganimizda, uyimizda ko'pchilik istixora qilgan.
Deyarli hamma tushida uyum-uyum kitob ko'rgan.

© Shayx hazratlarining ayollari Fotimaxon Ismoilova (Islomga
bag'ishlangan umr) kitobidan


2️⃣➡️ Bugun kitob o'qigan odam kechagi odam emasda!
© Shayx Muhammad Sodiq
Muhammad Yusuf


3️⃣➡️ Telefoningiz quvvat olishi uchun ham kitob o'ging!
©️ Mehmed Yildiz

4️⃣➡️ Muhimi unutmang: kitob
yelkangizga yanada ko'p yumush yuklash uchun emas, balki zimmangizdagi mavjud ishlarni yengillashtirishga mo'ljallangan.

© Jen Sinsero

5️⃣➡️ Shunday odamlarni axtaringki, ular bilan suhbat qilmoq yaxshi kitob o'qimoqga barobar bo'lsin. Shunday
kitoblarni axtaringki, mutolaasi
faylasuflar suhbatiga teng bo'lsin.

©️ Frensis Bekon

https://youtu.be/MApHC5KHx-k?si=tJRcoLRi8w1lEMtC

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

01 Nov, 20:44


#sheriyat

Na xur tug'ulding sen, na xur o'lding sen.
😔

Payg’ambarimiz nima deganlarini bilmaysizlarmi yoki sizlarga farqi yo’qmi?
“Zulumni ko’rgan joyingizda qo’lingiz bilan, Qo’lingiz bilan uddalay olmasangiz tilingiz bilan, Bunga ham kuchingiz yetmasa qalbingiz bilan qarshi turing! Bu iymonning kuchsiz darajasidir” - demaganmidilar?

©️Abdulhamidxon - filmidan.

🌐Telegram | 🌐Instagram

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

01 Nov, 20:35


Siz shu savollarga, hech yo’qsa boykotingiz bilan kichik uzrni qoim qilib qo’ying, iltimos…

P.s. Hali ham vijdoningiz bor bo’lsa…

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

01 Nov, 08:06


JOY QOLDIRING!

Imom Buxoriy rohimahullohning "Adabul mufrad" kitobida keladi:

"Umar ibn Xattob roziyollohu anhu aytadi:
"Muhabbating haddan ortiq bo‘lmasin. Nafrating narigi tomonni halok qiladigan darajada qattiq bo‘lmasin!".

Sevsangiz aqlingizdan voz kechar darajada sevmang. Chunki qalb o‘zgaruvchandir.

Ehtiyot bo‘ling! Ko‘pchilik ko‘pincha ishongan va kafolatlangan joylaridan zarba yeydi.

O‘nta barmog‘ini o‘zgalar uchun sham o‘laroq kuydirganlar kelajakda afsusdan tishlash uchun bitta ham barmoq topa olmay qolishlari mumkin!

Birovni yomon ko‘rsangiz sulh uchun joy qoldiring. Chunki holat o‘zgaruvchandir.

Janjallashganda raqibining yo‘llariga tikan sochganlar kuni kelib o‘sha yo‘ldan yalangoyoq o‘tishlariga to‘g‘ri kelib qoladi.

Hamma ko‘prikni buzib tashlamang. Kuni kelib o‘tishga yo‘l topa olmay qolishingiz mumkin.

Devorni baland ko‘tarib yubormang. Kuni kelib uning tepasiga chiqishga majbur bo‘lib qolishingiz mumkin!

©️ Hasankhoja Muhammad Sodiq

🌐Telegram | 🌐Instagram

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

01 Nov, 07:03


✔️“저 한국말을 몰라서 힘들어요 ㅠㅠ” 라고
정확하게 한글로 써 주셨어요. 😂
한국말을 너무 잘 알고 있어요 ㅠㅠ까지 😂

✔️ “Men Koreys tilini bilmaganligim uchun qiynalyapman” - deb koreys tilida xatolarsiz yozib beribtilar 😂
Koreys tilini yaxshi bilar ekansiz-ku!
ㅠㅠ gacha 😅 (ㅠㅠ - 😭😭)

🌐Telegram | 🌐Instagram

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

31 Oct, 00:49


🇰🇷 Koreyada Ingliz tilidan O’qituvchilik qilsa bo’ladimi?

Ko’pchilik shu haqida so’rashadi. Albatta iloji bor. Aksariyat holatlarda ingliz tilidan dars berishni xohlaydigan do’stlarimiz koreys tilini deyarli bilishmaydi.

Hech bo’lmaganda muloqot qila olish darajasida bilsangiz, ingliz tilidan dars berish uchun part-time ishlar topish qiyin emas.

Ishlar bormi o’zi? - ha bor. Rasmda menga yaqin joydagi ish e’lonlarini ko’rishingiz mumkin.

Foydali tomonlari: Portfolio bo’ladi, yomon bo’lmagan daromad, shaxsiy rivojlanish.. Sanasam tugab qolar ekan, keling sanamay qo’ya qolamiz. 🤠

P.s: Taxminan 1 yarim yil oldin uy qidirib birma-bir telefon qilgan paytimda bir koreysni o’zi farzandlariga ingliz tilidan dars o’tib berishni taklif qilgan edi. Ingliz tilini ham yaxshi bilsangiz dars bera olasizmi deb.. Men bo’lsa faqat koreys tilini bilardim. 🥲

🌐Telegram | 🌐Instagram

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

30 Oct, 06:02


🎤Mahalladan gapiramiz.

Hozir yashayotgan mahallamni nomi Samsung ekan.

Savol: O’zbekistonda ham Artel mahallasi bormi? 🥸

🌐Telegram | 🌐Instagram

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

28 Oct, 18:00


#ish_bor

- IElTS ustozi
(10-15 mln)
(Dush-Juma : 09:00-17:30)

- IELTS yordamchi ustozi
(4-6,5 mln)
(Dush-Juma : 15:00-19:30)

bo’sh ish o’rni mavjud

"Sodiq school"ning ahil jamoasiga qoʻshilish va samimiy muhitda ishlash imkoniyatingiz bor.
Yaxshi ish haqi va muhitdan tashqari quyidagi qoʻshimcha bonuslar ham sizniki:

– bepul tushlik va tolma choy;
– farzandingizning maktabimizdagi ta’limi uchun 50% chegirma;
– bepul treninglar.

Buni to’ldiring

P.s. ingliz tilidan yaxshi bilimli do’stlarimizga jo’natib qo’ying. Shaxsiy rivojlanish uchun zo’r joylardan birida ish o’rni bor ekan. BaarakAllohu Fiikum
.

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

28 Oct, 07:05


🗣️ O’zbekistondagi Universitetlarda o’qiydiganlar yordam kerak.

2+2 / 3+1 dasturlari bor O’zbekistonda va Koreyada o’qish imkoniyati. Aynan shu dastur haqida aniq malumotga ega bo’lgan do’stlarimiz bo’lsa menga aloqaga chiqib yuborsangiz hursand bo’lardim.

Shu dastur bo’yicha kelmoqchi bo’lsangiz meni ham sizga foydam tegib qolishi mumkin:)👇

@ShodmonbekRasulov

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

27 Oct, 13:30


🇰🇷 Bog’chalar 2

Koreyada Xristianlik harakati juda kuchli. Koreyaga kelgan paytim hayron qolgandim.

Yo’lda ketayotganizda xushmuomilalik bilan to’xtatib gaplashishga harakat qilishadi, yo’llarda bepul shirinliklar ulashib turishgan bo’ladi (quti ichida turli xil shirinliklar va cherkovga taklif) chet elliklarga bepul koreys tili darslari taklif qilishadi. Hatto uyingizni eshiklarini taqillatib kelib, shu mavzuda suhbat qurishga harakat qilishadi.

Ha, Koreyada bunga juda katta pul ajratishadi, ish izlovchi ilovalarda dinga odamlarni targ’ib qilish uchun aynan shunday e’lonlarini ham ko’rishingiz tabiiy holat. (malum bir tashkilot tomonidan emas aynan Xristian boy Koreyslar tomonidan)

Shu qatori bog’chalarga hattoki ko’pchilik o’qishni orzu qiladigan nufuzli xususiy Universitetlarga ham Xristianlar homiylik qilishadi. Universitet bitirish talablaridan biri maxsus diniy darslarni o’qish majburiyati borligi.

Bog’chalarda dinga targ’ibni kichik yoshdan boshlashga harakat qilishadi. Kerak bo’lsa bularni Ota-onasi ham bilmaydi, bildirishmaydi. Bog’cha yoshidan kichik diniy ta’limlar, cherkovga sayohatlar qilishadi.

— Halol-xarom masalasida koreyslarga umuman ishonmang, biror narsani “Halolmi?, Ichiga cho’chqa qo’shilmaganmi?” - deb so’rab ham o’tirmang. Faqat cho’chqani yemasa ho’ldi deb o’ylashadi.
— Cho’chqasiz sho’rva bering desangiz cho’chqali sho’rvadan go’shtini olib tashlab faqat sho’rvasini beradi. Biz uchun jiddiy, ularga bir tiyin.

Do’stim, avvaliga musulmon yurtda tug’ilib halol luqma yeb yurasiz. Azon ovozlari doim quloqlaringizga eshitilib turadi. Musofirlikda bo’lsa musulmonlikka o’zingiz harakat qilishingiz kerak bo’ladi. Kim aslida kim ekanligi musofir yurtlarda, haqiqiy sinovlarda bilinadi. VaAllohu A’lam.

Qiyinmi shunchalik Koreyada?, Yo’q. Aniq oldindan belgilab olingan qat’iy qoidalar, kuchli iymon bo’lsa bas.
VaAllohu A’lam.

O’sha gap: Alloh hammamizni omadimizni bersin.

🌐Telegram | 🌐Instagram

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

27 Oct, 09:39


Assalamu Alaikum!

Koreys tilidan dars so’raganlar Madina 쌤 ga aloqaga chiqishingiz mumkin. Man yaqin orada kurs ochmayman, lekin yaqin oylarda yaxshi yangilik bo’ladi in sha Alloh

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

27 Oct, 09:37


👍👍👍. 👍👍👍

Yangi guruh!

📚 Soulte 2 A &Fun fun 2

📆 Dushanba/ Chorshanba / Juma

🇰🇷 23:00
🇺🇿 19:00
‼️Kimlar uchun:

📈 Koreys tili bilim darajasini oshirmoqchi bo'lganlar uchun
📈 4 ta skill.rivojlantirmoqchi bo'lganlar uchun
📈 TOPIK imtixoniga umuniy bazasini oshirmoqchi bo'lganlar uchun!
📣 Bahordagi TOPIK II ga tayyorlanadi

💡 Darslar zoom platformasida olib boriladi! Haqiqatdan ham o'qiyman deganlar murojaat qilsin!

Qabul tugashi :3- noyabr
Darslar 4-noyabr dushanbadan boshlanadi

💰 To'lov va boshqa ma'lumotlar uchun @wthM_admin ga murojaat qiling!

✈️ Telegram 📷 Instagram

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

27 Oct, 06:53


🇰🇷 Koreyadagi bog’chalar.

Assalomu alaykum qadrli musulmonlar - vatandoshlar!

Bog'cha xaqida post qo'ymoqchi bo'lib yurgan edim. O'ziga yarasha + lari va - lari xaqida. Bugungacha 2 farzandim borishar edi. Bugun oxirgi kun borishdi in shaa Alloh, toxtatdik. Sabab esa luqma!

Luqma xaqida ustozlariga ko'p ko'p takrorlab tushuntirgan edim. Shu sababli ustozlari farzandlarimga ovqatdagi go'shtlar xaqida indamaslikni tayyorlab qulog'iga quyib yuborishgan ekan. Xatto bir marta bilib qolib qattiqroq xam gapirgan edim va qaytib takrorlanmasligi xaqida vada berishgan edi.

Biz ovqat tayyorlab berib yuborar edik. Uni yedirishmas ekan. Ammo kofir zoti o'zgarmas ekan. Musulmonni luqmasini buzishda davom etaverar ekan.

Xulosa shuki - bog'chani xamma qulayliklari va sharoitlariga tupurib qo'ydim!!! Xatto 무료(tekin) bo'lsa xam. Zurriyotimizga bir og'iz xarom luqma kirganiga Qiyomatta javobgar bo'lishimiz aniq.

Bu post FARZANDlarining luqmasiga e'tibor qaratadigan musulmon va muslimalar uchun!

Bog'chalaridan iloji boricha tezroq chiqarib oling. Rizq Razzoq Robbimiz Allohdan!

©️Azizbek Karimov

🌐Telegram | 🌐Instagram

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

25 Oct, 15:32


😎 Men O’zbekistonlikman qonimda g’alaba.

🇰🇷 Quiz on Korea - 2024 mavsumida O’zbeklar nimalarga qodirligini Mohira 씨 ko’rsatib qo’yibtilar.

🇺🇿 O’zbeklar bir necha mavsumni hech kimga bermay yutib kelishyapti. Tassano…

⬇️Havola:
https://youtu.be/hila_aGnUL0?si=WQYisrHVasK5UaPA

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

24 Oct, 15:32


Hech qanday sirli masalliqni o’zi yo’q. Ajdaho jangchisi o’zingizsiz.
- Ustoz sizga sirli hech kim bilmaydigan qanaqadir nimadirni o’rgatib qo’ymaydi. TOPIK 6 olgan odam borki hamma biladigan ochiq malumotlarni o’rgatadi.

Ustoz kimgadir nimanidir o’rgatib qo’ya olmaydi. Shunchaki shu narsani tushunib yetishiga yordam beradi.
(Galileo Galilei)
-
Shunchaki ko’proq vaqtni TOPIKga invistitsiya qiling ustozdan o’ting.

Lekin..

Ustozi yo’qning ustozi shaytondir.
- “Self study qilish” bilan “Self study qilib nimadirga erishish”da katta farq bor. Statistika malumotlariga qaraganda o’qib boshlagan kurslarni o’rtacha 25% odam oxiriga yetkazib qo’yar ekan. (Ustoz bilan offline)

Qattiq intizomli insongina self study qilib natija olishi mumkin.
Nafsini tergab turish qo’lidan kelgan insongina mustaqil o’rgana oladi. Afsuski bundaylar juda kam.

Ba’zi holatlarda o’qituvchi bo’lsada intizom yetishmasligi sababli TOPIKdan kutilgan natijani ola olmaydi.

Ustoz kerak emasmi?
- Self study qilib TOPIK 6 oldim deganlarni ba’zilarini taniyman. Aynan shu do’stlarimiz bilan, Ustoz bilan tayyorlanganmiz. Ustoz bilan o’qib o’rganish uyat emas.

Ustoz albatta kerak, ustozdan yo’nalish olinadi, shu bilimlarni mustaxkamlash uchun qo’shimcha self study qilinadi. Ustoz bilan jarayondan zavqlanasiz, qiziqarli o’rganasiz, Eng asosiysi ustozingiz qattqqo’l bo’lsa intizomli bo’lasiz.

Ulamolarimiz hayotini o’rganadigan bo’lsak ham, har birlarida bir emas, bir necha ustozlari bo’lgan. Shunchaki yaxshi ustoz toping, gazini bosing.

O’sha gap: Alloh hammamizni omadimizni bersin.

✍️ Shodmonbek Rasulov

🌐Telegram | 🌐Instagram

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

23 Oct, 15:12


BTS / BLACKPINK (K-pop)

- Oramizda BTS / Blackpink ni ashaddiy muxlislari bormi yo’qmi bilmadim. Shu haqida katta post yozmoqchi edim. Koreys birodarni videosini ulashib qo’ya qolaman. K-Pop haqida juda chiroyli fikrlarni aytib o’tgan.

☁️Shaxsiy fikrlarga o’rin yo’q, videoni tomosha qilib o’z-o’zimizni holisona isloh qilib olaylik.

Payg’ambarimiz aytadilar: Kishi qiyomatda o’zi yaxshi ko’radiganlari bilan birga bo’ladi.

🌸 Biz kimni yaxshi ko’ramiz?,
— Payg’ambarimizni yaxshi ko’ramiz, Sahobalarni yaxshi ko’ramiz, Mo’minlarni o’zimizga o’rnak qilib olamiz. Va mana shu muhabbatimizni sharofatidan qiyomatda birga turishlikka umid qilamiz.
— Garchi bunga amallarimiz oz bo’lsada muhabbatimiz da’vosi bilan birga turishlikka umidimiz bor.

🖇️Video uchun havola:
1) https://youtu.be/4yTQLsOx0cU

2) https://youtu.be/l40WjUEK4FI?si=0UPtn-SqUlWZmMb0

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

22 Oct, 16:48


Bir aka bilan gaplashib qoldim, TOPIK va Koreys tili haqidadagi fikrlari quyidagicha:

— Ukam Koreyada uzoq vaqtdan beri yashayapman, ko’pchilikni ko’rdim. O’g’il bolalar Koreys tilini juda yaxshi bilsa ham bo’lmaydi. Maximum TOPIK 4 bo’lsa yaxshi, undan yaxshi bilsa koreys qizlarga o’xshab erkalanib gapirishni boshlaydi…

🤷‍♀ Siz nima deb javob bergan bo’lar edingiz?

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

18 Oct, 16:53


Assalamu Alaykum! Yaqin oylarda kanalda postlar juda kam hattoki umuman bo’lmasligi mumkin.

Majoziy ma’noda aytganda futbolchi bo’lmoqchiman tomoshabin emas)

O’zbek tilida bo’lmagan no odatiy ajoyib yangi loyihalar uchun g’oyalalar bor.

Yangi tajriba, yangi bilimlar bilan boshlaymiz in sha Alloh.

- Albatta biroz vaqt talab qiladi…

Kanaldan chiqib ketmang, Allohni izni bilan nasib bo’lsa kreativ yondashuvdagi yangiliklar bo’ladi 😉🔥

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

17 Oct, 16:21


- Uzur mijoz sizga xizmat ko’rsata olmaymiz :(

🌐Telegram | 🌐Instagram

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

10 Oct, 18:34


Yo’lingdan chiqqan har bir odam seni foydang uchun ishlaydi.

- Kim bilandir munosabatlarga kirishasan.
Orani ochiq qilar ekansan, u insondan ham nimanidir o’rganasan. O’zingni isloh qilib o’ylab ko’rar ekansan, hikmatini tushuna boshlaysan.

- Kimdadir kuchni ko’rasan. U inson boshidan o’tkazgan qiyinchiliklarni senga gapirib berganida kuchli bo’lish aslida qanaqa bo’lishini tushuna boshlaysan.

- Kimdadir haqiqiy o’jarlikni ko’rasan. Ikkilanib turgandan ko’ra tavakkal bo’lsada yaxshi niyyat ila nimadir ishga qo’l urish kerakligini anglaysan. To’g’risi ham shu aslida.

- Siz ham uchratasizmi? Qanaqadir bir sohada qilayotgan ishiga loyiq bo’lmagan insonlar aynan shu sohada ishlashyapti. Ha, aynan shunday.

Endi tasavvur qiling. O’ta qaysar va harakatchan MuhammadAmin, Bilimli mutaxasis Abdullohni yengib qo’ya oladimi? Afsuski ha, yengib qo’yyapti.

- O’qituvchi lekin dars berishni yaxshi bilmaydi. Haqiqiy o’z kasbini ustasi bo’lgan o’qituvchi taxichilik qilyapti.

- Yana bir Shifokor pul bilan o’qishga kirib arang o’qishni biritib ishlayapti. Haqiqiy shifokor kuchli mutaxasis esa kasb qitinchiliklari tufayli ishini tashlab nimadir biznes boshlashni o’ylab turibti.

O’jarlik bilan harakat qilayotganlar, oxirigacha yopishib bora oladiganlar bilmi past bo’lsada nimadirga erishyapti. Oddiy nimadirga emas katta yutuqlar…

- Bazan bilimni o’zi kamlik qilar ekan…(공감?)

Malum bir soha haqida gap ochilar ekan sizni ismingizni ham tilga oladigan darajada astoydil bo’ling. (Bo’laylik)

P.s. O’sha gap, Mayda narsalarga ko’nib ketmang. Alloh hammamizni omadimizni bersin.

✍️
Shodmonbek Rasulov

🌐Telegram | 🌐Instagram

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

07 Oct, 20:41


Savol: Aka Koreyaga o’qishga topshirmoqchi edim. Haftada 2 kun bo’ladigan o’qishga oson, yaxshi pul topsa bo’ladigan, kantrakti ham arzon, nufuzli bo’lgan Universitet tavsiya qiling.

Javob: Susambil? Hakuna Matata (G’am tashvishsiz hayot)? Hayotda hech narsa biz hohlagandek emas.

- Arzon kiyim - sifatsiz.
- Sifatli kiyim - qimmat.
Sifatli narsa har doim qimmat bo’ladi.

- Sifatli ta’lim - qimmat
- Arzon ta’lim - sifatsiz.
Arzon narxga sifatli ta’lim hech qayerda yo’q.

Shunday ekan, ham nufuzli, ham sifatli, ham kantrakti arzon Universitet topib, o’qish bilan ishni balansda ushlash qiyin. Balansda ushlash? Ikki ishni qoyilmaqom qilishni imkoni yo’q. Va bu tabiiy holat.

O’qish oson bo’lgan Univertitetlar xususiy bo’ladi kantrakti qimmat. Kantrakti arzon Universitetlar esa Milliy o’qish qiyin.

Hayot qurbonliklar talab qiladi. Nimadirga erishish uchun nimadirdan voz kecha olishingiz kerak. Aynan mana shuni hayot deydilar.

Nimaga vaqtingizni ajratib o’z ustingizda ishlasangiz vaqti kelib shu bilimlar siz uchun ishlaydi. Nimani eksang shuni o’rasan.

Shunday emasmi?

🌐Telegram | 🌐Instagram

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

05 Oct, 07:12


🚑 구두 병원 - Tuflilar shifoxonasi. (Poyabzal ustaxonasi)

Bunaqa kreativ nomlarni qayerdan o’ylab topisharkin-a? 😅

🌐Telegram | 🌐Instagram

Shodmonbek Rasulov 🇺🇿|🇰🇷

04 Oct, 18:12


Videoni boshidagi gaplarga rozi bo’lasizlar 😅

📈 Yillik plan tuzish uchun suniy intellektdan foydalanamiz.

😎 Ikki qatorgina yozib jo’natmang, qancha ko’proq malumot yozsangiz shuncha sizni hayron qoldiradi.

Shablonni shu yerga qoldiraman 👇

🌐Telegram | 🌐Instagram

1,039

subscribers

374

photos

372

videos