BRB Info @brb_press Channel on Telegram

BRB Info

@brb_press


"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Axborot xizmatining rasmiy kanali

Veb-sayt: www.brb.uz
Email: [email protected]
Murojaat uchun: @BR_ATB

BRB Info (Uzbek)

BRB Info kanali - 'Biznesni rivojlantirish banki' ATB Axborot xizmatining rasmiy kanali. Bu kanal orqali siz ATB banki va uning faoliyati haqida eng so'nggi yangiliklarni olishingiz mumkin. ATB banki O'zbekistonda biznes va investitsiyalar bo'yicha yuqori sifatli xizmatlarni taklif qiladi. Kanalda bankning veb-sayti www.brb.uz, e-mail manzili [email protected] va telefon raqami +998 78 150-76-06 kabi muhim kontakt ma'lumotlari mavjud. Siz ham yangiliklardan xabardor bo'lish uchun BRB Info kanaliga obuna bo'ling va ATB banki bilan birgalikda rivojlantirishga yo'naltirilgan investitsiyalardan foydalaning. Biznesni rivojlantirish banki - ATB!

BRB Info

07 Feb, 09:38


#Kanban_miting

🎥 Bankimizda loyiha boshqaruvida Kanban tizimini joriy etish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan “Kanban miting” tadbiri haqida videorolik.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

07 Feb, 09:06


#Kanban_miting

🚀 Kanban – samarali boshqaruv yo‘li!

🏦 Bankimizda loyiha boshqaruvida Kanban tizimini joriy etish bo‘yicha “Kanban miting” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tizim ish jarayonlarini aniq rejalashtirish, vazifalarni vizual nazorat qilish va samaradorlikni oshirishga yordam beradi.

📌 Tadbirda nimalar o‘rganildi?
🔹 Kanban tamoyillari va ularni amaliyotga tatbiq etish
🔹 Jarayonlarni yanada shaffof va tartibli qilish usullari
🔹 Ish samaradorligini oshirish bo‘yicha tajribalar

Tadbir yakunida ishtirokchilar bank faoliyatida Kanban tizimini tatbiq etish bo‘yicha foydali tavsiyalar oldilar. Bu esa loyihalarni yanada tez va sifatli boshqarishga xizmat qiladi!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

07 Feb, 07:31


#Mahalla_bankiri

🏦 “Biznesni rivojlantirish banki” Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kichik biznesga ko‘maklashish markazida “Mahalla bankirlari” hamda yordamchi agentlar uchun seminar-trening tashkil etdi.

📌 Tadbir davomida mijozlar bilan samarali muloqot, xizmat ko‘rsatish madaniyati hamda bank xizmatlarining sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Trening bank xodimlariga nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalar ham berdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

05 Feb, 10:22


👍👌😎🫡

Давлатимиз раҳбарининг “Уй-жой қурилиши соҳасини янада ривожлантириш, турар ва нотурар жой объектларини улуш киритиш асосида қуриш жараёнини тартибга солиш механизмларини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги фармонига кўра, уй-жой қуриш ва уни сотиб олишда бир қатор янги механизмлар жорий этилди.

Бу йўналишда шаффофлик ва ишончлиликни таъминлашга хизмат қилувчи "эскроу" механизми шулар жумласидандир.

Марказий банк масъул ходими мавзу юзасидан интервью берди.

🌐Web 🔝 Telegram 🔝 Twitter 🔝 Facebook 🔝 Instagram 🔝 Youtube 🔝 Linkedin

BRB Info

05 Feb, 06:30


📖 Tajriba ulashamiz!

Bugungi mehmonimiz – ko‘plab tadbirkorlarning ustozi, bir qancha muvaffaqiyatli loyihalar asoschisi Hasan Mamasaidov.

🥇 Tajribali tadbirkorlarning qimmatli maslahatlari biznesingizni rivojlantirish yoki yangi yo‘nalishga qadam tashlash uchun ilhom bag‘ishlashi mumkin.

Bizning maqsadimiz – sizga tajriba va bilimlarni yetkazish hamda muvaffaqiyat sari birga harakat qilish!

#TajribaUlashamiz #BiznesMaslahatlar

BRB Info

05 Feb, 04:13


#Seminar

📌 Loyihalarni boshqarishda Kanban usuli joriy etilmoqda!

Joriy yilning 4-fevral kuni bankimizda Kanban tizimiga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Ushbu tizim loyihalarni samarali boshqarish va jarayonlarni optimallashtirishga xizmat qiladi.

📊 Seminar davomida rahbar xodimlar Kanban uslubining asosiy tamoyillari, jarayonlarni vizuallashtirish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar oldilar.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

31 Jan, 10:14


#Soz_Mutaxassisga

🎥 Investitsion loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari

⁉️ Bugungi kunda bank tomonidan tashabbuskorlarning investitsion loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari qanday?

Bizning mutaxassis bu savolga javob berdi!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

30 Jan, 10:18


#Moliyaviy_xavfsizlik

💰 Omonatlar bo‘yicha muhim savollarga javob!

Bankda 200 mln. so‘mdan ortiq omonatingiz bor va risklarni diversifikatsiya qilish haqida o‘ylayapsizmi?
Bank litsenziyasi bekor qilinsa, pullaringiz kuyib ketadimi?

🏦🔍 Ushbu va boshqa muhim savollarga Markaziy bank eksperti javob beradi!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

30 Jan, 04:35


#bankir_lugati

🔎KOOPERATSIYA

Kooperatsiya (lotincha cooperatio — hamkorlik, birgalikda ishlash) — 1) jismoniy shaxslarning birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun ixtiyoriylik asosida birlashuvi; 2) ikki yoki bir necha mamlakatlarning xorijiy sheriklar ishtirokida qoʻshma yoki oʻzaro muvofiklashtirilgan ishlab chiqarishni tashkil etishining universal shakli. Bunday Kooperatsiya mahsulot ishlab chiqarishni taqsimlashga, kommersiya hamkorligi, xatarlarni oʻzaro kafolatlash, investitsiyalarni va sanoat sirlarini umumiy himoya qilishga asoslanadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

29 Jan, 04:05


#venchur_fondi

💡Venchur fondi – startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi imkoniyatlar

📃Ustav fondida davlat ulushi 50%dan yuqori bo‘lgan tijorat banklariga:

Venchur jamg‘armalar tashkil etish;
Venchur investitsiyalarni amalga oshirish;
Mablag‘larni boshqa jamg‘armalarga ishonchli boshqarishga berishga ruxsat etilgan.

👉 Prezident qarori

🚀 Venchur fondi – bu, yangi innovatsion g‘oyalarga sarmoya kiritishga ixtisoslashgan investitsiya fondi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

28 Jan, 11:21


#BRB_Nafis_Ayollar_Klubi

🎬 "BRB Nafis Ayollar Klubi": 2-mavsumining navbatdagi treningi haqida videorolik.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

27 Jan, 13:01


#Brifing

↗️ 2025-yilning 1-yanvar holatiga, Biznesni rivojlantirish bankining kredit qo‘yilmalari 22 trln. 530 mlrd 800 mln. so‘mga yetdi

Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda bank Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov maʼlum qildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

27 Jan, 10:01


#Brifing

❗️“Biznesni rivojlantirish banki" ATBning 2024-yildagi faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari”


Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida shu mavzuda brifing boshlandi.

Brifingni quyidagi havola orqali toʻgʻridan-toʻgʻri tomosha qilishingiz mumkin:

📌 Jonli efir

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

27 Jan, 07:04


#BRB_Nafis_Ayollar_Klubi

"BRB Nafis Ayollar Klubi": 2-mavsum davom etmoqda!

👩🏻‍🏫 Navbatdagi treningda bankning faol va tashabbuskor xodimalari boshqaruvda qarorlar qabul qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi.

Mavzular:
🔹 Muammoni tizimli tahlil qilish
🔹 Ilg‘or texnologiyalar yordamida qaror qabul qilish
🔹 Qaror ijrosini ta’minlash usullari

🚀 Ishtirokchilar yangi bilimlar hamda ish uchun katta motivatsiya olishdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

27 Jan, 05:07


#Brifing

❗️DIQQAT, BRIFING❗️

🎙2025-yil  27-yanvar kuni soat 15:00da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "Biznesni rivojlantirish banki" ATBning 2024-yildagi faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari" mavzusida brifing bo'lib o'tadi.

Ma'ruzachi:
Shuhrat Oripov
, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Axborot xizmati rahbari


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

24 Jan, 14:32


❗️Diqqat❗️

🗓 ⚙️ 2025-yil 26-yanvar soat 00:30 dan 07:00 ga qadar vaqt oralig’ida Bankning server qurilmalarida texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan bankning IABS, BRB Mobile, Bank-Mijoz, Mobil-banking, Call-Markaz va barcha tizimlarda uzulishlar kuzatilishi mumkin.

📌 Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

24 Jan, 09:56


#Yangi_qonun

💼 Banklardagi omonatlar himoyasi: yangi qonun qabul qilindi!

🏦 Nima o‘zgardi?
Har bir bankda 200 mln so‘mgacha bo‘lgan omonatlar to‘liq kafolatlanadi.

Kompensatsiya muddati bosqichma-bosqich qisqaradi:
🗓 2025-yilda — 20 ish kuni
🗓 2026-yilda — 15 ish kuni
🗓 2027-yilda — 7 ish kuni

📜 Maqsad: Bank tizimiga ishonchni oshirish, moliyaviy barqarorlikni taʼminlash va 2030-yilgacha omonatlar hajmini 4 barobarga oshirish.

📌 Kafolatlash organi: Omonatlarni kafolatlash agentligi har bir omonatchining huquqlarini himoya qiladi.

👉 Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

23 Jan, 12:03


❗️Diqqat❗️

🗓 ⚙️ 2025-yil 25-yanvar soat 08:00 dan 12:00 ga qadar vaqt oralig’ida tizimda profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan bankning IABS, BRB Mobile, Bank-Mijoz, Mobil-banking va boshqa dasturiy tizimlarda qisqa uzulishlar kuzatilishi mumkin.

📌 Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

23 Jan, 05:38


#Asosiy_stavka

📢 Markaziy bankning qarori

2025-yil 23-yanvar kuni Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz, 13,5% darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

📉 Umumiy inflyatsiya pasayish trendida davom etmoqda, biroq inflyatsion kutilmalar yuqori darajada saqlanib qolayotgani sababli pul-kredit sharoitlari qatʼiyligini ushlab turish zarur.

📊 Prognozlarga ko‘ra, 2025-yil yakuniga inflyatsiya 7-8% atrofida shakllanishi kutilmoqda.

➡️ Asosiy stavka bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 2025-yil 13-mart kuniga belgilangan.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

22 Jan, 12:29


#Media_muloqot

🎤 Bugun Markaziy bankda jurnalist va blogerlar bilan media-muloqot bo‘lib o‘tdi.


🏦 Unda “Biznesni rivojlantirish banki" ATB faoliyatida prudensial meʼyorlarga rioya etilishi haqida axborot berildi.

⁉️ Muloqot ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga Markaziy bank masʼullari va "Biznesni rivojlantirish banki" vakillari javob berishdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

21 Jan, 11:46


💼 Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlashda banklarning yangi vazifalari belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ-12-son, 17.01.2025 y.) qabul qilindi.

🏦 Tijorat banklari vazifalari:
🔹 Kambag‘al aholiga mikrokreditlar va imtiyozli kreditlar taqdim etish.
🔹 Innovatsion moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirish.
🔹 Tadbirkorlikni moliyaviy maslahatlar va kreditlar orqali qo‘llab-quvvatlash.

🏡 Mahalla bankirlari vazifalari:
🔹 Aholi ehtiyojlarini o‘rganish va tegishli moliyaviy xizmatlar bilan taʼminlash.
🔹 Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish.
🔹 Moliyaviy savodxonlikni oshirish va maslahatlar berish.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

21 Jan, 10:56


АНОНС: Марказий банкда журналист ва блогерлар билан медиа-мулоқот

😎 Ўзбекистон Республикаси Марказий банкида журналист ва блогерлар учун “Бизнесни ривожлантириш банки" ва "Микрокредитбанк" фаолиятида пруденциал меъёрларга риоя этилиши ҳамда “Банк карталари билан боғлиқ фирибгарлик ҳолатларининг олдини олиш бўйича амалга оширилаётган ишлар” мавзусида медиа-мулоқот бўлиб ўтади.

😎Мазкур медиа-мулоқот иштирокчилари юқоридаги мавзуларда ўзларини қизиқтирган саволларига мутахассислардан жавоблар олиш, ўзаро фикр алмашиш имконига эга бўлишади.

📆Сана: 22 январь
Вақти: 10:00
📍Жойи: Марказий банк “А” биноси

😎Тадбирга оммавий ахборот воситалари вакиллари ва блогерлар таклиф этилади. Иштирок этишни истаганлар 71-212-73-31, 71-212-73-32, 71-212-60-52 телефон рақамлари орқали 21 январь соат 18:00 га қадар рўйхатдан ўтишлари сўралади.

#media_muloqot

🌐Web 🔝 Telegram 🔝 Twitter 🔝 Facebook 🔝 Instagram 🔝 Youtube 🔝 Linkedin

BRB Info

20 Jan, 09:40


#garov_reestri

📌 Garov reestri haqida bilasizmi?

Garov reestri — bu ko‘char va ko‘chmas mulk garovlari haqidagi ma'lumotlar saqlanadigan yagona ma'lumotlar bazasi. U ko‘chmas mulklar, avtomobillar, depozitlar, asbob-uskunalar va boshqa aktivlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Nega kerak?
Garov reestri kredit berish jarayonida mulkning boshqa qarzga garov qo‘yilgan-qo‘yilmagani haqidagi ma'lumotlarni tekshirishga imkon beradi.

🛠 Foydalanuvchiga imkoniyatlar:

🔸Garovga oid ma'lumotlarni qidirish.
🔸Shaxsiy kabinet orqali arizalar va yozuvlar kiritish.
🔸Ma'lumotlarni qog‘oz yoki elektron ko‘rinishda olish.

🌐 Garov reestri haqida batafsil ma'lumot

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

20 Jan, 05:54


#Bilasizmi
🇺🇿 Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:

🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so‘m;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so‘m;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so‘m;

🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so‘m;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so‘m;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so‘mdan) 920 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so‘m;

🔹zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so‘m;

🔹ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 745 000 so‘m.

👉Manba

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

16 Jan, 11:32


#Qonun

💼 Ayrim tadbirkor va yuridik shaxslar davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi

📄 Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1018-son, 13.01.2025 y.) bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi

🔰 “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, maʼmuriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki bo‘ysunuvi o‘zgartirilganligi natijasida tadbirkorlik subyektlarining va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarganda ular qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.

👉 Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook |Instagram | You Tube

BRB Info

14 Jan, 15:40


#Vatan_Himoyachilari_Kuni

"Biznesni rivojlantirish banki"da 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
.

Sayt | Telegram | Facebook |Instagram | You Tube

BRB Info

14 Jan, 09:46


#ACCA

🌟 “Biznesni Rivojlantirish Banki” ATB ACCA xalqaro assotsiatsiyasi akkreditatsiyasini oldi! 🌟

🎉 2025-yil 10-yanvar kuni Olmaota shahrida bo'lib o'tgan uchrashuvda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va ACCA Markaziy Osiyo, Armaniston va Mo‘g‘uliston tashkiloti vakili o'rtasida muhim bir voqea ro'y berdi – bankimizga ACCA Approved Employer sertifikati topshirildi!

🗓 Ushbu akkreditatsiya bankimizga ACCA talablariga mos ravishda xodimlarni tayyorlash va malaka oshirishda yuqori standartlarga erishganini tasdiqlaydi.

🔑 Akkreditatsiyaning afzalliklari:

- Tashkilotning obro'si va brendi rivojlanadi.
- Iqtidorli xodimlarni jalb qilish imkoniyati ortadi.
- ACCA a'zolari va talabalariga qo'shimcha imtiyozlar beriladi.


💼Bu yutuq bankimizning xodimlarni professional rivojlantirishga bo'lgan qat'iyatini va ACCA bilan hamkorlikni yanada mustahkamlaydi!

👉
Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook |Instagram | You Tube

BRB Info

14 Jan, 03:41


#Vatan_Himoyachilari_Kuni

🛡 14-YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUBORAK BO‘LSIN!

🎉 Bugun o‘z hayotini Vatan himoyasiga bag‘ishlagan jasur insonlarni sharaflash kuni! 💪🏻Vatanparvarlik, jasorat va sadoqat – bu fazilatlar har bir himoyachimizda mujassam. Ular nafaqat chegaralarni qo‘riqlashadi, balki xalqimizning tinch va osoyishta hayoti uchun zamin yaratadilar.

🇺🇿 Vatanimiz osoyishtaligi va xalqimiz tinchligini himoya qilayotgan barcha himoyachilarimizga chuqur hurmat va minnatdorlik bildiramiz!

🎊 Jasorat va sadoqatingiz uchun rahmat! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Sayt | Telegram | Facebook |Instagram | You Tube

BRB Info

13 Jan, 04:55


#Mahalla_bankiri

📍 “Mahalla bankirlari” tizimi Farg‘onada


🏦 “Biznesni rivojlantirish banki”
tomonidan Farg‘ona viloyatidagi 116 ta mahallaga 37 nafar mahalla bankiri va 116 nafar yordamchi agent jalb qilinmoqda.

🇺🇿 Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "mahalla bankirlari" tizimi doirasida umumiy hisobda 153 nafar xodim o‘zlariga biriktirilgan hududning biznes imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

💼 Mahalliy aholi bilan suhbat qilgan holda ularning g‘oyalarini tijorat loyihalariga aylantirishga ko‘maklashmoqda.

Jumladan, aholiga yirik va mayda shoxli qoramol boqish🐑 , asalarichilik🐝, ko‘chatchilik🌱, issiqxona va baliqchilik 🐟 va boshqa yo‘nalishlarda har tomonlama puxta ishlab chiqilgan loyihalar taklif etilmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook |Instagram | You Tube

BRB Info

11 Jan, 14:56


#Mahalla_bankiri

“Mahalla bankirlari” andijonliklarga yaqindan yordam bermoqda


Biznesni rivojlantirish banki”Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "mahalla bankirlari" tizimini hayotga tatbiq etishda ilg‘or odimlamoqda.

🏦Bank tomonidan respublika miqyosida 648 ta mahallada aholini tadbirkorlikka jalb etish, ularning moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida 227 ta mahalla bankiri va 648 ta mahalla yordamchi-agentlari jalb qilish choralari ko‘rilmoqda.  

📍 Jumladan, Andijon viloyatida 44 ta mahallada 15 nafar mahalla bankiri va 44 nafar yordamchi agent jalb qilindi.

🤵🏻‍♂️Mahalla bankirlari o‘zlariga biriktirilgan mahallalardagi fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning moliyaviy ehtiyojlarini o‘rganib va muammolarga yechimlar taklif etmoqda.

💼Xususan, ular aholi xonadonlarida bo‘lib, dastlabki xatlov natijalariga ko‘ra, har bir xonadon uchun alohida loyiha paketlari tayyorlamoqda.

Sayt | Telegram | Facebook |Instagram | You Tube

BRB Info

10 Jan, 11:34


❗️Diqqat❗️

🗓 ⚙️ 2025-yil 11-yanvar soat 08:00 dan 12:00 ga qadar vaqt oralig’ida tizimda profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan bankning IABS, BRB Mobile, Bank-Mijoz, Mobil-banking va boshqa dasturiy tizimlarda qisqa uzulishlar kuzatilishi mumkin.

📌 Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

08 Jan, 05:02


#YTT #Moliyaviy_savodxonlik

Qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish mumkin?

📄 Yuridik shaxs tashkil qilmasdan yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin.

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi ikki usuldan birini tanlash lozim:
1. Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish;
2. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun masofadan turib
new.birdarcha.uz sayti orqali ariza berish.

Agar:
▫️shaxsan kelib ariza berilsa BHMning 1 baravari miqdorida (375 000 so‘m) davlat boji to‘lanadi;
▫️Internet orqali ariza berilganda to‘lov BHMning 0,9 baravarini tashkil etadi (337 500 soʻm).

👉YTTlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

06 Jan, 03:40


Tahlilnoma | «Mahalla bankirlari». U qanday tizim?
#5jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

BRB Info

03 Jan, 10:11


Президент Шавкат Мирзиёевга банклар иштирокида маҳаллаларда аҳоли бандлигини таъминлаш ва даромадини ошириш чора-тадбирлари бўйича ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о мерах по обеспечению занятости населения и повышению доходов в махаллях с участием банков.

#Mirziyoyev #taqdimot #banklar #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

BRB Info

31 Dec, 17:41


#YangiYil2025

🎉🎄 Yangi yil tabrigi! 🎄🎉

Aziz yurtdoshlar!
Qadrli mijozlar va hamkorlar!


Yangi yil eshik qoqmoqda – umidlar, yangi imkoniyatlar va yorqin orzular fasli!
Sizning bizga bo‘lgan ishonchingiz va hamkorligingiz - yutuqlarimiz asosidir.

Tarixga aylanayotgan yilda erishganlarimizda Sizning hissangiz beqiyos. Kelgusi yilda ham birgalikda ulkan marralarni zabt etamiz, orzularingizni ro‘yobga chiqarishda ko‘makchi bo‘lamiz.

Yangi - 2025-yil Sizga va yaqinlaringizga mustahkam sog‘liq, baxt va farovonlik olib kelsin. Ishlaringizdan baraka topib, biz bilan yangi marralarga yeting!

Yangi yilni shodu xurramlikda kutib olib, yutuqlarga boy kelajak sari intilamiz!

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

31 Dec, 15:02


#YangiYil2025

⛄️🎉 Yangi yilingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

31 Dec, 13:21


#YangiYil2025

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! Qadrli bankimiz mijozlari!


"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Boshqaruvi va jamoasi nomidan Sizlarni yangi - 2025-yil bilan samimiy qutlayman!

2024 - yil bankimiz uchun juda masʼuliyatli bo‘ldi. Lekin Sizning ishonchingiz va qo‘llovingiz yordamida oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erishdik,  deb o‘ylayman. 

2025-yil jonajon Vatanimizga tinchlik-xotirjamlik,  xonadonlarimizga qut-baraka,  ko‘ngillarga quvonch olib kelsin! O‘zaro manfaatli hamkorligimiz bardavom bo‘lib, birgalikda ko‘plab yutuqlarga erishishimizga tilakdoshman!

Hurmat bilan,
Saxi Annaklichev
"Biznesni rivojlantirish banki"
Boshqaruvi raisi

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

30 Dec, 10:03


09:00  30.12.2024

“BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI DOʻSTLARI” MULOQOT KLUBIDA UCHRASHUV

#Toshkent

muxbir: Sohiba Akromova

https://t.me/zamon_lavhalar

BRB Info

30 Dec, 07:05


#Yangi_2025_yil

⛄️🎉“Biznesni rivojlantirish banki” bosh ofisida Yangi yil shukuhi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

29 Dec, 16:55


09:00  29.12.2024

"BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI" ATB: YIL SARHISOBI

#Toshkent

muxbir: Sohiba Akromova

https://t.me/zamon_lavhalar

BRB Info

28 Dec, 09:02


#BRB_Dostlari_klubi

🎉 “BRB Do‘stlari” klubining navbatdagi muloqoti haqida videorolik

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

28 Dec, 06:55


#navbatchi_ofislar

🏦 📢"Biznesni rivojlantirish banki"ning bayram kunlaridagi ish tartibi!

• 28 va 30-dekabr: Xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlari va ayirboshlash shoxobchalari soat 9:00 dan 16:00 gacha ishlaydi.

• 29-dekabr: Dam olish kuni.

• 31-dekabr:
-Xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlari va ayirboshlash shoxobchalari soat 9:00 dan 13:00 gacha ishlaydi.
-Aloqa markazi ish vaqti 20:00 gacha

• 1-yanvar:
Aloqa markazi dam kuni

• 2-yanvar:
Aloqa markazi 8:00 dan ish faoliyatida bo’ladi

• 2025-yil 3-4-yanvar: Barcha ofislar odatdagidek ishlaydi.

Navbatchi ofislar ro'yxati.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

28 Dec, 04:59


#BRB_biznes_help

Hurmatli mijozlar!
Biz siz uchun yanada qulay xizmatni yo‘lga qo‘ydik!

🏦 Yuridik shaxslar uchun tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida bizning Telegram guruhimiz tashkil etildi:

👉 @brbbiznesmijoz

📌 Ushbu guruh orqali:
Savollaringizga tezkor javob olasiz
Muammolarni birgalikda hal qilamiz

Biznesingiz rivoji uchun doim yoningizdamiz!
🎯 "Biznesni rivojlantirish banki"

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

27 Dec, 17:18


#BRB_Dostlari_klubi

🎉 “BRB Do‘stlari” klubining navbatdagi muloqotidan fotolavhalar

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

27 Dec, 15:18


#BRB_Dostlari_klubi

🎉 “BRB Do‘stlari” klubining navbatdagi muloqoti o‘tkazildi!

💬 Bank rahbariyati, jurnalistlar, blogerlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida o'tgan tadbirda 2024-yilgi faoliyat natijalari va yangi loyihalar haqida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

“BRB Do‘stlari” loyihasi bu ochiq muloqot maydoni bo‘lib, unda bank faoliyati va uni takomillashtirishga oid fikr-mulohazalar muhokama qilinadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

26 Dec, 17:40


Maxsus reportaj | Biznesni rivojlantirish banki - tadbirkorlarning ishonchli hamkori
#26dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

BRB Info

26 Dec, 13:40


#BRB_etirof

🎬 "Biznesni Rivojlantirish Banki"da 2024-yilning eng ilg‘or axborot texnologiyalari mutaxassislarini taqdirlash marosimi haqida videorolik.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

26 Dec, 12:54


#BRB_etirof

🏆💻 "Biznesni Rivojlantirish Banki"da 2024-yilning eng ilg‘or axborot texnologiyalari mutaxassislari taqdirlandi!

💻 Ushbu tadbir bankimizning raqamli transformatsiyasiga qo‘shgan hissasi, innovatsion g‘oyalari va mashaqqatli mehnatini qadrlash maqsadida tashkil etildi.

🎁 Barcha g‘oliblarga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

26 Dec, 11:56


#Brifing

💰 "Biznesni rivojlantirish banki" tomonidan 7,3 trln so‘m kredit ajratildi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda, bankning tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga doir faoliyati natijalari yuzasidan jamoatchilikka axborot berildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

26 Dec, 06:01


#Brifing

❗️"Biznesni rivojlantirish banki" ATBning tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga doir faoliyati natijalari"


Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida shu mavzuda brifing boshlandi.

Brifingni quyidagi havola orqali toʻgʻridan-toʻgʻri tomosha qilishingiz mumkin:

📌 Jonli efir

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

26 Dec, 04:03


#Brifing

❗️DIQQAT, BRIFING❗️

🎙2024-yil  26-dekabr kuni soat 11:00da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "Biznesni rivojlantirish banki" ATBning tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga doir faoliyati natijalari" mavzusida brifing bo'lib o'tadi.

Ma'ruzachi:
Shuhrat Oripov
, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Axborot xizmati rahbari


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

25 Dec, 16:26


#BRB_Kitobxon_Challenge

Bankimizda an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan "BRB Kitobxon Challenge" tanlovining  navbatdagi bosqichi yakunlandi.
Ushbu bosqichda ishtirokchilar Klaus Shvabning: "To'rtinchi sanoat inqilobi" kitobi bo'yicha o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi.

Bu safar "Eng faol departament" nominatsiyalari bo'yicha ham g'oliblar aniqlandi.
🥇 1-o‘rin: Axborot xizmati departamenti
🥈 2-o‘rin: Inson resurslarini boshqarish (HR) departamenti
🥉 3-o‘rin: Ichki audit departamenti


💡 Barcha ishtirokchilarga kitobga bo‘lgan mehr va rag‘batlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

25 Dec, 09:49


09:00  25.12.2024

ANDIJONLIK TADBIRKORLAR YAPONIYA TAJRIBASINI O'RGANMOQDA

#Andijon

muxbir: Gulzira Rustamova

https://t.me/zamon_lavhalar

BRB Info

21 Dec, 05:30


⏺️Bank xodimlari sizga telefon qilib, shaxsiy maʼlumotlaringizni so‘rashmaydi. Messenjerlar orqali suhbatni taklif etishmaydi va Markaziy bank muhri tushirilgan hujjatlarni yuborishmaydi!

Ogoh bo‘ling!

Firibgarlarga aldanmang!



Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

20 Dec, 13:35


#seminar

📜 Murojaatlar bilan ishlash tizimi va ijro intizomi

🏦 "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Markaziy idorasi va xududiy tarkibiy tuzilmalarda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablarini bajarilishini taʼminlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.

📅 Bugun mazkur yo‘nalishda masʼul xodimlar va rahbarlar uchun seminar o‘tkazildi. Unda adliya sohasida yetuk mutaxassis, 🧑‍⚖️ Yuridik fanlar doktori, professor Doniyor Rahimov “Murojaatlar bilan ishlash tizimi va ijro intizomini mustahkamlash” mavzusidagi maʼruza bilan ishtirok etdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

04 Dec, 17:18


Maxsus reportaj | Biznesni rivojlantirish banki tadbirkorlarga ko’makchi
#4dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

BRB Info

04 Dec, 14:43


#ochiq_eshiklar_kuni

📹 "Biznesni rivojlantirish banki" ATB tomonidan 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag’ishlab tashkil qilingan "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri haqida videorolik.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

BRB Info

04 Dec, 10:52


#ochiq_eshiklar_kuni

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB tomonidan 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag’ishlab "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalari haqida jamoatchilikka axborot berildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

BRB Info

03 Dec, 17:44


09:00  03.12.2024

Tadbirkorlarga "MUNIS" loyihasi boʻyicha grantlar ajratilmoqda

#Toshkent

muxbir: Sohiba Akromova

https://t.me/zamon_lavhalar

BRB Info

03 Dec, 17:40


Maxsus reportaj | Biznesni rivojlantirish banki: tadbirkorlar Yaponiya tajribasi asosida o'qitilmoqda
#3dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

BRB Info

02 Dec, 10:51


#Kitob_yarmarkasi

📚"Biznesni rivojlantirish banki"da kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi!

📖 Bankimiz markaziy idorasida tashkil etilgan kitob yarmarkasi katta qiziqish bilan qarshi olindi. Yarmarkada mehmonlar va xodimlar zamonaviy va klassik adabiyotlar bilan tanishib, o‘zlariga yoqqan kitoblarni xarid qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

🌟 Ushbu tadbirning bosh maqsadi – xodimlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini oshirish va bilim almashish uchun imkoniyat yaratishdir.

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

29 Nov, 11:29


#matbuot_anjumani

🎬 “Biznesni rivojlantirish banki”ning tadbirkorlikka o‘qitish loyihalari" mavzusidagi matbuot anjumani haqida videorolik

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

29 Nov, 09:40


#matbuot_anjumani

🎙Bugun  “Biznesni rivojlantirish banki”ning tadbirkorlikka o‘qitish loyihalari" mavzusida matbuot anjumani o’tkazildi.

📌 Unda bank tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning dastlabki samaralari haqida jamoatchilikka axborot berildi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

31 Oct, 11:27


#MarkaziyBank

📈 Markaziy bank: Pul-kredit siyosatining 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari maʼqullandi

🏛 Markaziy bank boshqaruvi “Pul-kredit siyosatining 2025-2027-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari”ni tasdiqladi. Bu yo‘nalishlar inflyatsiyani barqarorlikka erishish va umumiy iqtisodiy o‘sishni taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.

🔹 Asosiy yo‘nalishlar:

2025-yildan inflyatsiyani 5%lik maqsadli ko‘rsatkichga tushirish;

YAIMning real o‘sishini 6,5%gacha saqlab turish;

Ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlar asosida har bir ssenariy bo‘yicha aniq rejalar.


🔹 Xavflar va istiqbollar: Pul-kredit siyosati inflyatsiyaning ehtimoliy xatarlari va ichki-tashqi iqtisodiy o‘zgarishlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

31 Oct, 09:57


#MarkaziyBank

📊 Markaziy bank asosiy stavkani 13,5% darajasida saqlab qoldi

2024-yil 31-oktabrda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish haqida qaror qabul qildi. Bu qaror inflyatsiya bosimlarini barqarorlashtirish va 5%lik target ko‘rsatkichiga erishish maqsadida qabul qilingan.

📉 Sentabr oyida umumiy inflyatsiya 10,5% ni tashkil etgan bo‘lib, xizmatlar va ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari yuqori isteʼmol talablari tufayli o‘zgarishda davom etmoqda.

🔜 Kelgusi yig‘ilish: 2024-yil 12-dekabrda.

👉 Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

30 Oct, 09:36


#BRB_haqida_OAVda

🗞 "O'zbekiston ovozi" gazetasida "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Tadbirkorlarka yaqin ko‘makdosh", "Hurriyat" gazetasida "Bank va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlik" sarlavhalari ostida maqolalar chop etildi.

📰 "O‘zbekiston ovozi" gazetasi

📰"Hurriyat" gazetasi

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |

BRB Info

28 Oct, 12:01


#Hafta_Dayjesti

▫️ "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Axborot xizmati haftalik dayjesti (🗓 21—25-oktabr kunlari):

Ona tilim faxrim:
▫️21-oktabr
🎬 O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ijtimoiy videorolik.

Fotojamlanma:
▫️21-oktabr
📸 Bankda bir kun (fotojamlanma).

Kiberxavfsizlik:
▫️22-oktabr
⚠️ Ogoh bo‘ling: Firibgarlar telegram orqali virus yuboryapti!

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot:
▫️22-oktabr
💼 Konimex tumanida bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari B.Bobojonov ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Press-tur:
▫️24-oktabr
🏛"Biznesni rivojlantirish banki" ATB tomonidan navbatdagi press-tur tashkil qilindi.

▫️25-oktabr
💼 “Faktoring bozori va uni rivojlantirish istiqbollari”mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazildi.

📺 Press-tur: OAV vakillari Qashqadaryodagi investitsion loyihalar amaliy natijalari bilan tanishdi.

E'tirof:
▫️24-oktabr
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB UZCARDning Faxriy hamkori

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

28 Oct, 09:57


#Press_tur

🎬 Joriy yilning 24—25-oktabr kunlari “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan Qashqadaryo viloyatiga tashkil qilingan Press-tur  haqida videorolik.

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

25 Oct, 13:01


#press_tur

📺 Press-tur: OAV vakillari Qashqadaryodagi investitsion loyihalar amaliy natijalari bilan tanishdi.


🏛️ “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan Qashqadaryo viloyatiga tashkil etilgan press-tur yakuniga yetdi.

Mazkur press-tur davomida OAV vakillari bank moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar, jumladan, savdo kompleksi, nodavlat ta’lim muassasasi, tibbiy xizmat ko‘rsatish, yumshoq mebel va avtomobillarga chexol ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

👉🏻 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

BRB Info

25 Oct, 10:01


#matbuot_anjumani

💼 Faktoring bozori va uni rivojlantirish istiqbollari


📆 Joriy yilning 25-oktabr kuni “Biznesni rivojlantirish banki” АTBning “Faktoring bozori va uni rivojlantirish istiqbollari”mavzusidagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda bank mas'ul xodimlari, tadbirkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

🏛️ Anjumanda bank tomoindan mijozlarga taklif etilayotgan ommabop va jozibador bank xizmatlari, xususan, faktoring xizmati haqida ma’lumotlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

BRB Info

24 Oct, 15:20


#etirof

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB UZCARDning Faxriy hamkori

Joriy yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan UZCARD FORUM 2024 doirasida UZCARD EWARDS taqdirlash marosimi tashkil etildi. Unda Biznesni rivojlantirish banki" ATB "Faxriy hamkor" nominatsiyasi mukofoti bilan taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

BRB Info

19 Oct, 15:16


  Бефарқ бўлманг! Ўз келажагингизни ўзингиз танланг! Овоз беринг!

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

BRB Info

19 Oct, 06:57


🏆 "Biznesni rivojlantirish banki" xalqaro tanlovda taqdirlandi!

Bizning bank 🏦 Embras Employer Brand Award 2024 xalqaro tanlovida o‘zgarish jarayonlarida jamoani boshqarishdagi yangicha yondashuvlari uchun “Innovatsiya" nominatsiyasida g‘olib deb topildi! 🎉

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

17 Oct, 03:46


#bankir_lugati

🔎ADDENDUM

Addendum — bu asosan hujjat yoki shartnomaga ilova qilingan qo‘shimcha materialdir. U asosiy hujjatdagi biror ma’lumotni to‘ldirish, o‘zgartirish yoki qo‘shimcha axborot kiritish uchun ishlatiladi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

16 Oct, 13:17


#Seminar

🎥 Bankning markaziy idorasida "Normativ-huquiy hujjatlar loyihalarining ishlab chiqilishini tashkil qilish va amalga oshirish faoliyatining huquqiy asoslari" mavzusida o‘tkazilgan iqtisodiy o‘quv seminari haqida videorolik.

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

16 Oct, 09:41


#Seminar
🏛Bankning markaziy idorasida "Normativ-huquiy hujjatlar loyihalarining ishlab chiqilishini tashkil qilish va amalga oshirish faoliyatining huquqiy asoslari" mavzusida iqtisodiy o‘‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

📑 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas'ul xodimi Ahadjon Soliyev ma'ruza bilan ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

14 Oct, 09:25


🏦 “Bank yo'riqnomasi”

💳
YaTT ochish kimlarga qulay?

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

14 Oct, 07:11


#Hafta_Dayjesti

▫️ "Biznes rivojlantirish banki" ATB Axborot xizmati haftalik dayjesti (🗓 7—11-oktabr kunlari):

Yangiliklar:
▫️8-oktabr
📢 ⚠️ Fuqarolarni onlayn kredit firibgarligidan saqlovchi choralar belgilandi.

Seminar:
▫️9-oktabr
"Bank xizmatlari evolyutsiyasi: an’anaviy filiallardan - raqamli platformalarga" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Moliyaviy savodxonlik:
▫️10-oktabr
💻 Kredit tarixini onlayn nazorat qilishni bilasizmi?

Videoroliklar:
▫️7-oktabr
🎥 BRB "Nafis Ayollar Klubi" 2-faslining ilk seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.

▫️8-oktabr
🎥 BRB Zakovat intellektual o‘yinining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

10 Oct, 12:55


#faktoring

🏦 “Biznesni rivojlantirish banki”dan faktoring —
bu sizning biznesingiz uchun qulay moliyaviy vosita bo'lib, qarzdorlardan to'lovni uzoq kutmasdan yetkazib berilgan mahsulotlar uchun mablag'larni olish imkonini beradi.

👉 Batafsil ma'lumot uchun:
https://brb.uz/factoring

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

10 Oct, 07:03


#video_qollanma

Kredit tarixini onlayn nazorat qilishni bilasizmi?

📺 Firibgarlik va noaniqliklardan qochish uchun moliyaviy holatingizni kuzatib borish muhim. Quyidagi video qo‘llanma orqali qanday qilib kredit tarixingizni onlayn kuzatib borishni va nomingizga rasmiylashtirilgan kreditlar haqida maʼlumot olishni o‘rganasiz.

☝️Kreditlaringizni doimo nazorat qiling va o‘zingizni firibgarlardan himoya qiling.

👉 “Kredit tarixi” to‘g‘risida ma’lumotnoma olish.

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

09 Oct, 09:32


#BRBseminar

📢 "Bank xizmatlari evolyutsiyasi: an’anaviy filiallardan - raqamli platformalarga" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

📆 8-oktabr kuni "School 21" maktabining Toshkentdagi filialida bank Boshqaruvi raisining sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdullayev ishtirokida bo‘lib o‘tgan seminar bank sohasidagi zamonaviy texnologiyalar va raqamli transformatsiyaga bag‘ishlandi.

💡 Muhokama qilingan mavzular:
• Banklarning raqamli platformalarga o‘tishi;
• Sun’iy intellekt, blokcheyn va Big Data ta’siri;
• O‘zbekiston banklarining IT yo‘nalishidagi so‘nggi qarorlari.

🌐 "Biznesni rivojlantirish banki" kelgusida bank xizmatlarida raqamli transformatsiyani yanada rivojlantirishga intilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube

BRB Info

09 Oct, 06:21


#Hafta_Dayjesti

▫️ "Biznes rivojlantirish banki" ATB Axborot xizmati haftalik dayjesti (🗓30-sentabr-5-oktabr):

1️⃣Matbuot anjumani
▫️30-sentabr
📢 “Biznesni rivojlantirish bankidan chakana xizmatlar: qulaylik va zamonaviylik” mavzusida matbuot anjumani o’tkazildi.

2️⃣ Bayram tabrigi
▫️30-sentabr
🎉 "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Boshqaruvi raisining bayram tabrigi.

▫️1-oktabr
🎉 Bayram tabrigi.

🤵🏻Bankimiz xodimlari Sizlarni qutlaydi.

🎉"Biznesni rivojlantirish banki" ATB tomonidan "1-oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

3️⃣ Moliyaviy savodxonlik:
▫️4-oktabr
💻 “U-Hope” qanday dastur?

4️⃣Intellektual o‘yin:
▫️5-oktabr
BRB Zakovat intellektual o‘yinining final bosqichi o‘tkazildi!

Telegram | Facebook | Instagram | You Tube