ANDIJON KADASTR @andijonkadastr Channel on Telegram

ANDIJON KADASTR

@andijonkadastr


Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy

ANDIJON KADASTR (Uzbek)

Andijon Kadastr kanali - bu Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklarini taqdim etadi. Kanal orqali eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Agar sizda savollar yoki takliflar bo'lsa, quyidagi ma'lumotlar orqali bog'lanishingiz mumkin: ☎️ 74-224-20-25 yoki @Andijonkadastr_bot. Andijon Kadastr kanalida siz birinchi qo'llab-quvvatlovchilar bo'lishingiz mumkin! Adres: Andijon, A.Temur shoh ko'chasi 7-uy.

ANDIJON KADASTR

24 Jan, 06:02


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Biz sog‘lom turmush tarziga amal qilamiz Siz-chi?”

Mehnat faoliyati mobaynida xodimning salomatlik holati va ishga yaroqlilik darajasini oshirish maqsadida ⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyat boshqarmasi tuman shahar bo‘lim xodimlari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda.

🫥Tibbiy ko‘rik davomida tizim xodimlariga kardiolog, psixiatr, kojvenererolog, LOR, terapevt kabi malakali shifokorlar jalb etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

24 Jan, 04:05


#Kadastr_manzillari #Andijon

🗺 Andijon viloyatida joylashgan hududiy kadastr bo'limlarining manzillari.

📍 Andijon shahri
📍 Xonobod shahri
📍 Andijon tumani
📍 Asaka tumani
📍 Bo'ston tumani
📍 Buloqboshi tumani
📍 Baliqchi tumani
📍 Jalaquduq tumani
📍 Izboskan tumani
📍 Qo'rg'ontepa tumani
📍 Marhamat tumani
📍 Oltinko'l tumani
📍 Paxtaobod tumani
📍 Ulug'nor tumani
📍 Xo'jaobod tumani
📍 Shahrixon tumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

23 Jan, 04:01


#auksion #kadastr

Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va tadbirkorlari‼️

Viloyatimizda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun auksion savdolariga chiqarilgan bo'sh yer uchastkalari bilan tanishib tadbirkorlikni rivojlantirishingiz mumkin.

🌍 Andijon shahrida
🌍 Xonobod shahrida
🌍 Andijon tumanida
🌍 Asaka tumanida
🌍 Buloqboshi tumanida
🌍 Baliqchi tumanida
🌍 Bo'ston tumanida
🌍 Izboskan tumanida
🌍 Jalaquduq tumanida
🌍 Marhamat tumanida
🌍Oltinko'l tumanida
🌍 Paxtaobod tumanida
🌍 Qo'rg'ontepa tumanida
🌍 Ulug'nor tumanida
🌍 Shahrixon tumanida
🌍 Xo'jaobod tumanida

⚖️ Siz uchun qulaylik e-auksion dasturining📱mobil ilovasi

▶️ Video qo'llanma

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

22 Jan, 07:47


✍️ Бугунги кунга қадар 125 131 та кўчмас мулк объекти хатловдан ўтказилди

АОКАда ўтказилган брифингда Кадастр агентлиги Ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов “Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаларига ҳамда уларда қурилган бинолар ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш тўғрисида”ги Қонун ижроси юзасидан маълумот берди:

🔅 Хатлов ишлари икки босқичда - дала ишлари ҳамда камерал ишлар кўринишида амалга оширилмоқда.

🔅 Дала ишларида кадастр муҳандислари томонидан ҳар бир кўчмас мулкнинг бино иншоотларини ўлчаш билан бир қаторда уларнинг конструктив элементларини ҳамда ер участкаларининг амалдаги чегараларини аниқлаш амалга оширилади.

🔅 Камерал ишларда дала ишлари натижаларини тўплаш, таҳлил қилиш, бино-иншоотлар чизмалари ва ер участкаси чегараларини чизиш, топографик хариталарни яратиш ишлари амалга оширилади.

🔅 Қонун ижроси юзасидан жараёнларга 4 500 мингга яқин кадастр ходимлари сафарбар қилинган бўлиб, бугунги кунга қадар 125 131 та кўчмас мулк объектлари хатловдан ўтказилди.

🔅 Хатловдан ўтказилган 55 010 та кўчмас мулк объектларининг хатлов жамланмалари шакллантирилиб, республика ишчи гуруҳига кўриб чиқиш учун тақдим этилди.

🔅 Хатлов жамланмалари тўлиқ шакллантирилган 36 282 та кўчмас мулк объектлари UZKAD тизимига олиб ўтилди.

🔅 Кадастр агентлиги томонидан тасдиқланган режа-график асосида жойларда хатлов ишлари давом этмоқда. Юртдошларимиз мазкур режа-график билан kadastr.uz сайти орқали танишишлари мумкин.

✍️ Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

ANDIJON KADASTR

22 Jan, 06:05


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi 🇺🇿Andijon viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha bosh mutaxassislari tomonidan Oltinko‘l, Baliqchi va Paxtaobod tumanlarida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tizim xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish,“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunlar mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi hamda xodimlarni funksional vazifalarini to‘liq bajarishlari, ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishlari yuzasidan ham so‘z bordi.

🫥Bundan tashqari “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonun ijrosini amalga oshirish jarayonida korrupsiya, tamagirlik, kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berilib, xodimlar ogohlikka chaqirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

20 Jan, 11:06


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📃 Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali ariza berish tartibini bilib oling.

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

1️⃣ Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;

2️⃣ Ushbu xizmat kompozit tarzda ko‘rsatiladi;

3️⃣ Vakolatli organ joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi va YIDXP orqali elektron shaklda talabgorga to‘lov uchun invoys yuboradi;

4️⃣ Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi;

5️⃣Ariza beruvchi to‘lovlarni amalga oshiradi;

6️⃣Vakolatli organ kadastr pasportini shaklantiradi va YIDXP orqali arizachiga xabarnoma yuboradi.

Xizmat ko'rsatish muddati:

🔡) kadastr pasportini shakllantirish

🌟Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🟢umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
🟢umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
🟢ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

🔡) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

🟢2 ish kunigacha.

🪙 Xizmat narxi: Ko'chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlari

▶️ Xizmatdan foydalanish 👇

#onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

ANDIJON KADASTR

20 Jan, 10:05


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi kurashish zamon talabi.

⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlar palatasi Andijon viloyat boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mutaxassislari tomonidan Andijon va Buloqboshi tumanlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha murosasiz munosabatda bo‘lish, tizimda korrupsiyaning tarqalishiga qarshi birgalikda kurashish va salbiy holatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf eshish maqsadida targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi.

🫥O‘tkazilgan yig‘ilish davomida xodimlarini funksional vazifalarini to‘liq bajarishlari, ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilishlari, odob ahloq qoidalari va boshqa masalalar yuzasidan ham so‘z bordi.

🗣Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonunning talablaridan chetga chiqmagan holda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlarni ko‘rib chiqish (xatlov) jarayonida noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

18 Jan, 06:02


DIQQAT E’LON!

Hurmatli Ulug'nor tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Sizlarning kadastr sohasiga oid murojaatlaringizni o‘rganish hamda qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida🌟Davlat kadastrlar palatasi Ulug'nor tuman filiali mas’ullari ishtirokida 20-yanvar kuni 🕔 soat 11.00 da Ochiq muloqot tadbiri o‘tkaziladi.

📍Manzil: Ulug'nor tumani, Namuna MFY Margilon kochasi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

17 Jan, 06:59


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Oltinko'l tumanida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

⭐️ 🌟Kadastr sohasida aholi muammolarini joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riqlar berish maqsadida boshqarma rahbarlari ishtirokida fuqarolar uchun doimiy ravishda ochiq muloqot tarzda uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.

⚡️ Ana shunday uchrashuvlardan biri bugun Davlat kadastrlari palatasining Andijon viloyati boshqarmasi rahbari D.Akbarov tomonidan Oltinko‘l tumani Guliston mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirokida o‘tkazildi.

🗣Uchrashuvda joriy yilning 5-avgustida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni mazmun mohiyati, shuningdek qonun bilan fuqarolarga yaratilgan imkoniyatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

🫥Shuningdek olib borilayotgan xatlov ishlari jarayonlarida xodimlar tomonidan korrupsiya, tamagirlik holatlariga uchraganda qanday yo'l tutish kerakligi, fuqarolarga xatlov jarayoniga turli vositachilarni aralashtirmaslik, moddiy manfaatdorlik taklif qilmaslik tushuntirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

17 Jan, 05:59


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Arxiv-kadastr ildizidir


🗂 Arxiv - bu hujjatlar saqlanadigan joy, ular ish faoliyatiga doir bo'ladimi, bino-inshootlarning arxiv hujjatlari bo'ladimi ba'ri tarixdan so'zlaydi. Shu bois ham arxivdagi hujjatlarning yaxshi saqlanishi katta ahamiyat kasb etadi.

🧾 Ana shularni hisobga olgan holda, bu yoʻnalishga alohida eʼtibor qaratgan Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati 2024-yilni tashkilotda “Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini toʻgʻri yuritishni yoʻlga qoʻyish yili” deb eʼlon qilgandi.

🫥 Xoʻsh, yil nomlanishi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida nimalarga erishildi?

🫥 Mazkur video - bajarilgan ishlar natijasi haqida.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

ANDIJON KADASTR

16 Jan, 13:04


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bilishingiz muhim

🫥 Yurtdoshlarimizning sarsongarchiliklariga chek qo‘yish va huquqiy bilimlarini yanada oshirirsh maqsadida manzili noto‘g‘ri savollarga aniq javob berish maqsadida tashkil etilgan "Bilishingiz muhim" loyihasining navbatdagi soni e'tiboringizda.

Savol: Yerga yoki binoga egalik huquqini olib bera olasizmi? - deya murojaat qilishadi.

▶️ Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

ANDIJON KADASTR

16 Jan, 11:04


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024-yil davomida hududlarda olib borilgan yer nazorati tadbirlari statistikasi.

📍Xonobod shahar.

⭐️Kadastr agentligi Xonobod shahar bo'limi inspektorlari tomonidan o'tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida aniqlangan qonun buzilish holatlari va ularga qo'llanilgan choralar to'g'risida ma'lumot.

➡️Batafsil: infografika orqali ma'lumot olishingiz mumkin.

#2024_yil_yakunlari #Yer_nazorati #Xonobod_shahar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram |🌐 Instagram |🌐 Facebook|  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

16 Jan, 09:03


⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish jamiyat va davlatning muqaddas burchidir.

🗣 Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishdir.

🫥 Mazkur videorolik orqali - halollikka e'tibor qilish kerakligi va qabihlik har qanday insonni tubanlikka chorlashi yorqin aks ettirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

10 Jan, 11:04


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024-yil davomida hududlarda olib borilgan yer nazorati tadbirlari statistikasi
.

📍 Xo'jaobod tumani

⭐️Kadastr agentligi Xo'jaobod tumani bo'limi inspektorlari tomonidan o'tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida aniqlangan qonun buzilish holatlari va ularga qo'llanilgan choralar to'g'risida ma'lumot.

🔘Batafsil: infografika orqali ma'lumot olishingiz mumkin.

#2024_yil_yakunlari #Yer_nazorati #Xo'jaobod_tumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram |🌐 Instagram |🌐 Facebook|  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

10 Jan, 10:17


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🗣Joriy yilning 10-yanvar (juma) soat 18:00 dan 12-yanvar 00:00 gacha 🌟Kadastr agentligining rasmiy kadastr.uz veb-saytida rejali grafik asosida texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan veb-saytdan foydalanishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma‘lum qilamiz.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt

ANDIJON KADASTR

10 Jan, 10:05


#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tumanida fuqaroning ma’lumotlar bazasi bilan bog‘liq muammolari borligi yuzasidan tarqalgan murojaat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.

Yuqoridagi holat boshqarma nazoratida o‘rganilganida, 2019-yili fuqaro M.B ning Andijon tumani Yorboshi mahallasi hududida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari notarial tartibda fuqaro G.O ga o‘tkazilgan va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroning muammosi bartaraf etilgani, shu bilan birga mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan xodimga nisbatan intizomiy chora ko‘rilganini ma'lum qilamiz.

Andijon viloyatida istiqomat qiladigan yurtdoshlarimizda yuroqidagi kabi holatlar yuz bersa boshqarmaning 74-224-20-25 telefon raqaminga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram |🌐 Instagram |🌐 Facebook|  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

10 Jan, 05:59


#Ochiq_muloqot
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Fuqarolar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot.

🌟Davlat kadastrlari palatasi🇺🇿Andijon viloyati boshqarmasi Paxtaobod tumani filiali mas'ullari tomonidan fuqaro va tadbirkorlarning kadastr sohasi bo'yicha muammolarini o'rganish va vakolat doirasida hal qilish maqsadida ochiq muloqot tadbiri bo'lib o'tdi.

▪️Ochiq muloqotda fuqarolar tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat ro'yxatidan oʻtkazish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va Auksion savdolarida ishtirok etish tartibi boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

🗣Murojaatlar joyida hal qilish choralari koʻrilgan holda oʻrganildi va vaqt talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram |🌐 Instagram |🌐 Facebook|  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

10 Jan, 04:04


#auksion #kadastr

Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va tadbirkorlari‼️

Viloyatimizda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun auksion savdolariga chiqarilgan bo'sh yer uchastkalari bilan tanishib tadbirkorlikni rivojlantirishingiz mumkin.

🌍 Andijon shahrida
🌍 Xonobod shahrida
🌍 Andijon tumanida
🌍 Asaka tumanida
🌍 Buloqboshi tumanida
🌍 Baliqchi tumanida
🌍 Bo'ston tumanida
🌍 Izboskan tumanida
🌍 Jalaquduq tumanida
🌍 Marhamat tumanida
🌍Oltinko'l tumanida
🌍 Paxtaobod tumanida
🌍 Qo'rg'ontepa tumanida
🌍 Ulug'nor tumanida
🌍 Shahrixon tumanida
🌍 Xo'jaobod tumanida

⚖️ Siz uchun qulaylik e-auksion dasturining📱mobil ilovasi

▶️ Video qo'llanma

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

09 Jan, 12:05


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Respublikamiz miqyosida jismoniy shaxslar egaligidagi jami obyektlar 2025-yil 1-yanvar holatiga ko'ra 8 120 538 tani tashkil etmoqda.

Bu esa yurtimizda kambag'allikni qisqartirish va aholi turmush tarzini yanada yaxshilash borasidagi islohotlar samarasi o'laroq, mulkdorlar soni kun sayin ko'payib borayotganidan dalolatdir.

🌟Davlat kadastrlari palatasi tomonidan hududlar kesimidagi ma'lumotlar taqdim etildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

09 Jan, 10:03


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024-yil davomida hududlarda olib borilgan yer nazorati tadbirlari statistikasi
.

📍 Marhamat tumani

⭐️Kadastr agentligi Marhamat tumani bo'limi inspektorlari tomonidan o'tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida aniqlangan qonun buzilish holatlari va ularga qo'llanilgan choralar to'g'risida ma'lumot.

🔘Batafsil: infografika orqali ma'lumot olishingiz mumkin.

#2024_yil_yakunlari #Yer_nazorati #Marhamat_tumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram |🌐 Instagram |🌐 Facebook|  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

09 Jan, 06:04


😀😃😄😆😊

937-qonun haqida bilishingiz muhim
.

⭕️O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risidagi 937-sonli Qonun haqida bilishingiz muhim boʻlgan alohida jihatlar qisqa maʼlumotlarimizda berib boramiz.

👉 Qiziqqanlarga tarqating va bizni kuzatib boring!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

08 Jan, 14:00


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.


🗣Xabaringiz bor,🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi 937-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvallar asosida Andijon viloyatining barcha tuman, shaharlarida xatlov ishlari davom etmoqda.

📆Bugun,🌟Davlat kadastrlari palatasi raisining o‘rinbosari R.Nishonov boshchiligida viloyatda amalga oshirilayotgan xatlov jarayonlarida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish va alohida e’tibor qaratish zarur bo‘lgan muhim masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

⭕️Jumladan, yig‘ilish davomida ishlarni sifatli tashkil etish, xatlov natijalarini elektron dasturga kiritilishi, o‘z xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajarish, ko‘chmas mulklar ma’lumotlarni to‘g‘ri shakllantirish, mavjud muammolarni joyida ijobiy hal etish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram |🌐 Instagram |🌐 Facebook|  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

08 Jan, 11:05


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024-yilning geografik obyekt nomlari davlat ekspertizasi hisoboti

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Respublika toponimika xizmati boshqarmasi tomonidan  bir qancha dolzarb ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Mazkur infografika orqali 2024-yil yanvar-dekabr oylari davomida Respublikamiz bo'yicha yangi nom berish uchun kelib tushgan takliflar hamda ularning qonun hujjatlari talablariga ko'ra ekspertizasi haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #toponimika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

ANDIJON KADASTR

08 Jan, 04:05


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024-yilda Yer nazorati sohasida amalga oshirilgan ishlar statistikasi


🔘Yakunlangan 2024-yil davomida⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyat boshqarmasi hamda hududiy tuman, shahar bo'limlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari natijasida viloyatda 7 235 ta holatda 383,4 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

➡️ Batafsil: Infografika ko'rinishida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram |🌐 Instagram |🌐 Facebook|  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

07 Jan, 09:37


😀😃😄😆😊

O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonun haqida bilishingiz muhim
.

⭕️O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun haqida bilishingiz muhim boʻlgan alohida jihatlar qisqa maʼlumotlarda berilgan.

👉 Qiziqqanlarga tarqating va bizni kuzatib boring!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

06 Jan, 06:11


Yangi Qonun bo'yicha dolzarb ikki savolga batafsil javob.

O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonuni yuzasidan tushuntirish targ'ibot ishlari davom etmoqda.

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i F.Berdikulov hamda Vodiy 1.uz rasmiy kanali muxbiri o'rtasida Qonun yuzasidan fuqarolar tomonidan ko'p so'ralayotgan savollar bo'yicha suhbat o'tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

06 Jan, 04:05


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿O'zbekiston Respublikasining “Ozboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida”gi Qonuni mazmuni, huquqlarni e'tirof etish asoslari, va boshqa muhim jihatlar haqida ZOR.TV telekanalining BU KUN informatsion dasturida batafsil ma'lumotlar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

04 Jan, 09:31


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida 2025-yil yanvar oyida respublikaning barcha hududlarida o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi bilan infografikalar orqali tanishib olishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

ANDIJON KADASTR

04 Jan, 09:01


#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Paxtaobod tumanida noqonuniy qurilmalar qurilganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Murojaatdagi yer maydoni tumanning Mash’al mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli xonadonlarning oldi qismidagi yer maydoni bo'lib, o‘rganilganda tuman hokimining farmoyishiga asosan fuqaro R.A ga ajratib berilganligi aniqlandi.

Mazkur murojaat yuzasidan Kadastr bo'limining vakolatlariga kiruvchi qonun buzilish holatlari mavjud emasligi sababli holat boshqa vakolatli organlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

04 Jan, 07:04


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

YURTDOSHLARIMIZGA TAVSIYALAR!

☯️ Xabaringiz bor, O'RQ-937-sonli Qonuniga ko'ra, 2024-yilning 8-noyabridan respublika boʻyicha reja jadval asosida xatlov ishlari olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi vakillari mazkur jarayonni katta shijoat bilan olib borar ekanlar, xonadon sohiblari boʻlmish sizlardan ham bu jarayonda oʻz xissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz. Qanday qilib deysizmi? 👇

📹 Mazkur videoni tomosha qiling!👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

ANDIJON KADASTR

04 Jan, 06:20


#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Paxtaobod tumanida katta yo‘l bo‘yiga qurilgan qurilmalarning huquqiy hujjatlarini o‘rganib berish yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganishda Paxtaobod tumani hokimining qaroriga asosan tumanning Nodirabegim mahallasi hududida yashovchi fuqaro A.R ga “Avto bekat va savdo do‘koni” qurish uchun yer maydoni ajratib berilgan.

Shuningdek, fuqaro tomonidan yer maydoning joylashuvini inobatga olgan holda tuman irrigatsiya bo‘limining texnik sharti hamda viloyat yo‘l qurilish boshqarmasi xulosasi olingan va fuqaro tomonidan noturar joy toifasidagi mulk obyektlariga kadastr pasporti shakllantirilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

O‘rganish yakunlari yuzasidan murojaatdagi joyda qonun buzilish holati aniqlanmaganligi va murojaat muallifi yuqoridagi holat yuzasidan boshqa e’tirozlari mavjud bo‘lsa sud organlariga murojaat qilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

04 Jan, 06:01


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

🔘Toshkent shahrida — BHMning 5 baravari miqdorida;
🔘 Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — BHMning 3 baravari miqdorida;
🔘viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — BHMning 2 baravari miqdorida;
🔘 boshqa aholi punktlarida — BHMning 1 baravari miqdorida.

➡️Bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:

🔘 bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;
🔘 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida undiriladi.


➡️ Asos: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

03 Jan, 07:05


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️❗️❗️

Xatlov ishlari davom etmoqda.

⚡️Xabaringiz bor O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga huquqlarni e’tirof etish yuzasidan xatlov davom etmoqda.

📆 Yangi 2025-yilning Yanvar oyida Andijon viloyatining quyidagi mahallalarida xatlov ishlari boshlanishi belgilangan:

📍 Andijon shahrining, Iqbol, Qoratut, Sanoat, Sogʻlom avlod, Mustaqillik mahallalarida;

📍 Xonobod shahrining, Mustaqillik mahallasida;

📍 Andijon tumanining, Yuksalish mahallasida;

📍 Asaka tumanining, Yuksalish mahallasida;

📍 Baliqchi tumanining, Qoʻrgʻoncha, Istiklol mahallalarida;

📍 Bo'ston tumanining, Guzar mahallasida;

📍 Izboskan tumanining, Beshmirza, Beshterak mahallalarida;

📍 Jalaquduq tumanining, Guliston, Tuyalas mahallalarida;

📍 Marhamat tumanining, Qorabogʻich, Konchilar mahallalarida;

📍 Oltinko'l tumanining, Saroy-1 mahallasida;

📍 Paxtaobod tumanining, Qoʻqonqishloq, Soy boʻyi mahallalarida;

📍 Qo'rg'ontepa tumanining, Shaxrixonsoy, Ustoz mahallalarida;

📍 Shahrixon tumanining, Quruqsoy, Karnaychi mahallalarida;

📍 Ulug'nor tumanining, Boʻston mahallasida;

📍 Xo'jaobod tumanining, Navoiy mahallasida 2025-yilning yanvar oyida xatlov ishlari olib boriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

03 Jan, 04:20


#Kadastr_manzillari #Andijon

🗺 Andijon viloyatida joylashgan hududiy kadastr bo'limlarining manzillari.

📍 Andijon shahri
📍 Xonobod shahri
📍 Andijon tumani
📍 Asaka tumani
📍 Bo'ston tumani
📍 Buloqboshi tumani
📍 Baliqchi tumani
📍 Jalaquduq tumani
📍 Izboskan tumani
📍 Qo'rg'ontepa tumani
📍 Marhamat tumani
📍 Oltinko'l tumani
📍 Paxtaobod tumani
📍 Ulug'nor tumani
📍 Xo'jaobod tumani
📍 Shahrixon tumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

01 Jan, 04:01


#Sarhisob

2024-yil natijalari.

⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyat boshqarmalarining telegram messenjeridagi rasmiy kanali uchun @TGStat yil natijalari.

Bizni kuzatishda davom eting.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

31 Dec, 19:01


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

ANDIJON KADASTR

31 Dec, 06:01


Qadrli yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar!

💐Sizni kirib kelayotgan yangi - 2025 yil bilan samimiy muborakbod etamiz.
Yangi yilda barcha xayrli ishlaringizda sizga omad yor bo'lsin. Qalbingizdan quvonch, dasturxoningizdan qut -baraka va oilangizdan shodu xurramlik aslo arimasin.

💐Yangi yil ulkan zafarlar, yaxshi hushxabarlar, omad, farovonlik va muvaffaqiyatlar yili bo‘lsin!

Hurmat bilan⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlar palatasi 🇺🇿Andijon viloyat boshqarmalari jamoasi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

29 Dec, 07:00


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

😞😡😞😕-YIL SARHISOBI

⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarning qisqacha tahlili.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

28 Dec, 12:01


Andijon kadastrda 2024-yil sarhisobi

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyat boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 2024-yil davomida viloyatda yer nazorati sohasida amalga oshirilgan asosiy ishlar haqida "Andijon axboroti" informatsion dasturida ma'lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram |🌐 Instagram |🌐 Facebook|  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

27 Dec, 04:01


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi kurashish jamiyat va davlatning muqaddas burchidir.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda eng muhim vazifalardan biri bu, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirishdir.

➡️Quyida havolalar orqali ⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlar palatasi 🇺🇿Andijon viloyat boshqarmalari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan hududlarda amalga oshirilgan ishlar haqida bilib olishingiz mumkin:

Asaka tuman 1. 2. 3. 4. 5. 6.7.
Buloqboshi tuman 1. 2. 3. 4. 5. 6.
Jalaquduq tuman 1. 2. 3. 4. 5.
Shahrixon tuman 1. 2. 3. 4.
Oltinko‘l tuman 1. 2. 3. 4.
Andijon tuman 1. 2. 3. 4.
Andijon shahar 1. 2. 3. 4.
Qo'g'ontepa tumani 1. 2. 3. 4.
Marhamat tuman 1. 2. 3.
Izboskan tuman 1. 2. 3.
Xo‘jaobod tumani 1. 2. 3.
Xonabod shahar 1. 2. 3.
Ulug‘nor tuman 1. 2.
Paxtaobod tuman 1. 2.
Bo‘ston tuman 1.
Baliqchi tuman 1.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

25 Dec, 14:26


Давлатимиз раҳбари МДҲнинг норасмий саммитида иштирок этди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

ANDIJON KADASTR

25 Dec, 04:06


#korrupsiyaga_qarshi_kurash #Andijon #Kadastr

Korrupsiya taraqqiyot kushandasi.

🔊Xabaringiz bor⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar o‘rtasida korrupsiya va boshqa shu kabi salbiy holatlarni oldini olish yuzasidan doimiy targ‘ibot tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Bugun Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari B.Mirzaxmedov boshchiligida "Zoom" platformasi orqali o‘tkazilgan yig‘ilishda ham ayni shu masalaga alohida e’tibor qaratildi.

🗣Kadastr agentligi hududiy tuman, shahar bo‘lim boshliqlari va inspektorlari qatnashgan yig;ilish davomida xodimlarga korrupsiya kabi salbiy illatlarga yo‘l qo‘ymaslik odob axloq va ichki tartib qoidalarga qat’iy rioya qilish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

24 Dec, 07:34


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Davlat kadastrlar palatasi 🇺🇿Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan “mahallabay” va “xonadonbay” ish uslublari ayni damda aholining kadastr soxasiga oid murojaatlarini bartaraf etishda o‘z samarasini bermoqda.

💠Tuman,shahar filiallarida aholining muammolarni aniqlash va bartaraf etish uchun kadastr muxandislaridan iborat ishchi guruhlar tuzilgan hamda mazkur amaliyot natijasida joylardagi fuqarolarni qiynayotgan ko‘plab sohaga oid muammolar hal etilmoqda,

➡️Quyida havolalar orqali “Mahallabay” va “Xonadonbay” tizimi yuzasidan hududlarda amalga oshirilgan ishlar haqida bilib olishingiz mumkin:

Bo‘ston tuman 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7.
Baliqchi tuman 1. 2. 3. 4. 5.
Ulug‘nor tuman 1. 2. 3. 4.
Marhamat tuman 1. 2. 3.
Shahrixon tuman 1. 2. 3.
Jalaquduq tuman 1. 2. 3.
Xo‘jaobod tumani 1. 2. 3.
Izboskan tuman 1. 2.
Asaka tuman 1. 2.
Buloqboshi tuman 1.
Oltinko‘l tuman 1
Andijon tuman 1.
Andijon shahar 1.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

23 Dec, 13:06


⛓️‍💥Ҳисобот даврида ер ва кадастрга оид ҳуқуқбузарлик содир этган 37 185 та шахсга нисбатан маъмурий жазо чоралари қўлланилди

Бу ҳақда АОКАда ўтказилган брифингда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов маълум қилди.

Бугунги кунда республиканинг жами 44,9 млн. гектар ер майдонидан 42,3 млн. гектари ёки 94 фоизи “UZKAD” тизимида электрон харитаси яратилиб, 41,8 млн. гектари давлат рўйхатидан ўтказилди.

Аввал ҳисобга олинмаган 181,7 мингта янги объект ва 2,3 мингта объектда қўшимча қурилмалар кадастр базасида ҳисобга олиниши натижасида, бюджетга 155,8 млрд сўм қўшимча солиқ ҳисобланди.

Республиканинг жами кўчмас мулк объектлари сони 8,5 млн.тани ташкил этиб, жорий йил бошига нисбатан 189 мингтага ошган.

Жисмоний шахсларнинг жами кўчмас мулк объектлари сони 8,1 млн.тани ташкил этиб, йил бошига нисбатан 109,9 мингтага ошган.

Юридик ва жисмоний шахсларнинг мурожаатлари асосида 883,1 мингта шундан, 40,9 мингта янги ва 842,2 мингта мавжуд объектларнинг кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқлари қайта давлат рўйхатидан ўтказилган.

Амалга оширилган ер ва кадастр назорати тадбирлари натижасида 61 410 та ҳолатда 8 135 гектар ерларни ўзбошимчалик билан эгаллаб олиш бўйича ҳуқуқбузарликлар аниқланиб, берилган ёзма кўрсатмалар асосида 37 547 та ҳолатда 4 055 гектар ёки 61 фоиз ер қонунбузилиш ҳолатлари ихтиёрий равишда бартараф этилди.

✍️ Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

ANDIJON KADASTR

23 Dec, 10:00


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yana bir noqonuniy qurilma aniqlandi.

⭐️Kadastr agentligi Bo‘ston tumani bo‘limi tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida tumanning Bog‘i eram mahallasida yashovchi fuqaro R.Q tomonidan tuman Irrigatsiya bo‘limiga qarashli yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab yengil tipdagi qurilmalar qurib olganligi aniqlandi.

🗣 Holat yuzasidan Agentlikning tuman bo‘limi tomonidan Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining tegishli moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirib fuqaroga sodir etilgan qonun buzilish holatini ixtiyoriy bartaraf etishi yuzasidan ko‘rsatma berildi.

⚠️ Unutmang ! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy qurilmalar qurib olish maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

23 Dec, 04:10


#bilasizmi

Mavjud bino inshoatlarga beriladigan Kadastr raqami qanday ma'nolarni anglatishi haqida bilasizmi.

Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:
АА : ВВ : СС : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH bunda,
АА - viloyat raqami;
ВВ – tuman yoki shahar kod raqami;
СС - kadastr zonasi raqami;
DD - kadastr massivi raqami;
ЕЕ - kadastr mavzesi raqami;
FFFF - yer uchastkasi raqami;
GGGG - bino, inshoot raqami;
ННН - bino, inshootlar bir qismi raqami.

Eslatma

❗️Yer uchastkasiga, bino, inshootga egalik qilish huquqlarining boshqa qonuniy huquq egasiga o‘tishi va (yoki) huquq turining o‘zgarishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida mazkur yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami o‘zgartirilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

19 Dec, 05:31


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi kurashish jamiyat va davlatning muqaddas burchidir.

🇺🇿Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda eng muhim vazifalardan biri bu, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirishdir

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlar palatasi 🇺🇿Andijon viloyat boshqarmalari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan tizimda Korrupsiyaning tarqalishiga qarshi kurashishishida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlari hamda qonun hujjatlariga rioya etilishi maqsadida jamoatchilik nazorati shakllantirilmoqda

💠Buloqboshi tuman bo‘lim va filial xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi targ‘ibot tadbirida ushbu salbiy illatga qarshi birgalikda kurashish va korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf eshish mavzusida so‘z bordi. Bundan tashqari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimining fuqarolarga yo‘llagan murojaati xodimlarga qo‘yib eshittirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

19 Dec, 05:25


#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar Ozodlik mahalla fuqarolari yig‘ini hududida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Murojaatda  Andijon shahri Ozodlik mahalla fuqarolar yig‘ini Bobur shoh ko‘chasidagi 75-A uyning orqa tarafida kirish yo‘li joylashgan, biroq ushbu ko‘p qavatli turar joy atrofida o‘zboshimchalik bilan qurib olingan binolar mavjud mazmunida yo‘llangan.

Murojaat yuzasidan Kadastr agentligi Andijon shahar bo‘limi va boshqa vakolatli tashkilotlar hamda Ozodlik mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida o‘rganilganida, mahalla hududida yuqorida keltirilgan manzildagi ko‘p qavatli turar-joy mavjud emasligi, MFY hududida murojaatdagi holatlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi va joyida hamkor tashkilotlar hamda mahalla fuqarolari yig‘ini vakillari ishtirokida dalolatnoma tuzildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

08 Dec, 03:00


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun
.

🇺🇿 Mustaqil O‘zbekiston konstitutsiyasi 1992-yilning 8-dekabr kuni XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan.

📚 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Referendumida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Yangi tahrirdagi mazkur Qonunda bizning tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy huquq va erkinliklarimiz to‘la qamrab olingan.

🇺🇿Konstitutsiyamizning 32 yilligi munosabati bilan ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlar palatasi🇺🇿Andijon viloyat boshqarmalari barcha hamyurtlarimizni va tizim xodimlarini muborakbod etadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

07 Dec, 07:59


Jarayonlar davom etmoqda.

Loyiha doirasida Daraxt ko‘chatlari ekish ishari davom etmoqda.

Bugun mazkur hududdang o‘zida 400 dan ziyod daraxt ko‘chatlari ekilishi ta’minlandi. Viloyatimizning boshqa tuman shaharlarida loyiha doirasida ishlar davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

30 Nov, 09:02


#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar Jahon bozori hududida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganlik holati bo‘yicha tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganishda murojaatdagi yer maydoni Andijon shahar Yorboshi mahallasida joylashgan bo‘lib, fuqaro I.R tomonidan “Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi” binosi qurilishi uchun Andijon shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan ruxsatnoma berilganligi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan ART hujjatlari rasmiylashtirilib xulosalar olingan aniqlandi.

Fuqaro tomonidan olingan ruxsatnomaga asosan qurilish ishlari olib borilayotgan yer maydonidan tashqari yana qo‘shimcha yer maydonlaridan huquqiy hujjatlarsiz foydalanib kelayotganligi aniqlandi va holat yuzasidan Kadastr agentligi Andijon shahar bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Shuningdek fuqaro tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noaniqliklar borligi sababli holatga aniqlik kiritish maqsadida to‘plangan hujjatlar Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining sudga nizolarni hal qilish komissiyasi ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi va hozirda komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

30 Nov, 08:19


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
2024-yil 1-dekabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ “Majburiyatlar reyestri” instituti joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi
👉 Batafsil

⚜️Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslarga himoya orderi tashabbus tartibida beriladi
👉 Batafsil

⚜️ Xorijga ishga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish bo‘yicha buyurtmalar joylashtirish tartibi joriy etiladi
👉 Batafsil

⚜️ Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilarni baholash tizimi joriy etiladi
👉 Batafsil

⚜️ Yangi tayinlanadigan ijtimoiy to‘lovlar, xizmatlar va imtiyozlar “Ijtimoiy karta" AT orqali taqdim etiladi
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

ANDIJON KADASTR

30 Nov, 06:29


#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar Jahon bozori hududida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borilmoqda.

Mazkur holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

29 Nov, 10:50


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️❗️❗️

❗️"KADASTR RAQAMINI BERAMIZ" - DEB ESHIK TAQILLATIB KELGANLARGA PUL BERISH KERAKMI?
❗️O‘ZI XATLOVDA KIMGA TO‘LOV QILISH KERAK?

🌟Kadastr agentligi direktorining matbuot kotibi N.Atamuratov barchasini tushuntirib berdi.

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling

ANDIJON KADASTR

29 Nov, 10:00


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi 937-son Qonuniga asosan bir qancha yoʻnalishlarda huquqlar eʼtirof etilishi uchun koʻrib chiqiladi.

▶️ Batafsil videoda👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

ANDIJON KADASTR

29 Nov, 09:30


#kadastr #nazorat

Geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish javobgarlikka sabab bo'ladi.

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik Toʼgʼrisidagi Kodeksining 69-moddasiga asosan.

Egalikdagi, foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, geodezik punktlarni va o‘rmonlardagi cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish:

🟢 Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha;

🟢 Mansabdor shaxslarga besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

29 Nov, 08:31


#foydali_malumot #kadastr

Foydali maʼlumot

🟣Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.

❗️ Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

28 Nov, 12:02


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qo'rg'ontepa tumanida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.


🌟Davlat kadastrlari palatasining 🇺🇿Andijon viloyati boshqarmasi Qo'rg'ontepa tumani filiali rahbari boshchiligida fuqaro va tadbirkorlarning kadastr sohasidagi muammolarini o'rganish va amaliy yordamlar ko'rsatish maqsadda ochiq muloqot tadbiri o'tkazildi.

🗣Uchrashuvda filial rahbari K.Abduraxmonov O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi 937-sonli Qonuni mazmun mohiyati bo‘yicha shuningdek qonun bilan fuqarolarga yaratilgan qulayliklar, kadastr hujjatlarini tayyorlash, ko‘chmas mulk obektlarini davlat ro‘yhatidan o‘tkazish kabi mavzular haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Tadbir davomida fuqaro va tadbirkorlarni qiynab kelayotgan savollarga atroflicha javob oldilar. Shu bilan bir qatorda muammoli murojaatlarning ijobiy yechimi yuzasidan soha xodimlari tomonidan amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

27 Nov, 09:02


DIQQAT E’LON!

Hurmatli Qo'rg'ontepa tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Sizlarning kadastr sohasiga oid murojaatlaringizni o‘rganish hamda qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida 🌟Davlat kadastrlar palatasi Qo'rg'ontepa tuman filiali mas’ullari ishtirokida 28-noyabr kuni soat 10.00 da Ochiq muloqot tadbiri o‘tkaziladi.

📍Manzil: Qo'rg'ontepa tumani, Norbuta mahalla fuqarolari yig'ini binosi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

15 Nov, 12:20


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎 

🏠 MAMLAKATIMIZDA YER VA KADASTR NAZORATI HOLATI QANDAY?

🌟 Kadastr agentligi tomonidan yer va kadastr nazorati borasida, 2024-yil boshidan o'tgan 10 oy davomida yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallash bilan bog‘liq 56 691 ta yoki 7 707,8 gektar holat aniqlangan.

➡️ Batafsil: Videoda ko'rishingiz mumkin

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

ANDIJON KADASTR

15 Nov, 09:31


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida Andijon viloyatida joriy yil yakuniga qadar o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi infografika ko'rinishida.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

ANDIJON KADASTR

15 Nov, 09:08


😀😃😄😆😊

Egalik huquqi kim tomonidan e'tirof etiladi?


📃 O'RQ 937-sonli Qonuniga ko'ra, yer uchastkasiga ijara huquqi hamda undagi bino-inshootlarga mulk huquqi viloyat Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi.

🫥 Asos: 05.08.2024-yildagi O'RQ 937-sonli Qonun

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

ANDIJON KADASTR

15 Nov, 05:59


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ANDIJONDA HUQUQIY TARG'IBOT TADBIRLARI

🌟Davlat kadastrlar palatasi 🇺🇿Andijon viloyat boshqarmasi tuman shahar filiallari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustida qabul qilingan 937-sonli Qonuni bilan belgilangan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlariga qurilgan ko‘chmas mulk obyektlarini aniqlash maqsadida har bir mahalla va ko‘chalarda uyma uy xatlov o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔠 Olib borilayotgan xatlov davomida Qonun mazmun mohiyati, shuningdek qonun bilan fuqarolarga yaratilgan imkoniyatlarni fuqaro va tadbirkorlarga tushuntirish maqsadida Kadastr agentligi tomonidan tayyorlangan buklet va undagi ma'lumotlar to'g'risida tushunchalar berib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

15 Nov, 04:02


#kun_raqami

Andijonda 58 mingdan ziyod kadastr pasporti shakillantirildi.

Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan 2024-yilning o‘tgan davri mobaynida 58 158 ta ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr pasportlari rasmiylashtirilgan.

Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida tahlil qilinganida:

😎Andijon shahrida 8 960 ta;
😎Xonobod shahrida 1 306 ta;
😎Oltinko‘l tumanida 3 525 ta;
😎Andijon tumanida 4 862 ta;
😎Baliqchi tumanida 2 938 ta;
😎Bo‘ston tumanida 2 420 ta;
😎Buloqboshi tumanida 2 671 ta;
😎Jalaquduq tumanida 3 629 ta;
😎Izboskan tumanida 3 989 ta;
😎Ulug‘nor tumanida 1 426 ta;
😎Qo‘rg‘ontepa tumanida 3 659 ta;
😎Asaka tumanida 6 010 ta;
😎Marhamat tumanida 2 464 ta;
😎Shahrixon tumanida 4 409 ta;
😎Paxtaobod tumanida 2 169 ta;
😎Xo‘jaobod tumanida 3 721 ta ko‘chmas mulk obyektlariga belgilangan tartibda kadastr pasportlari shakillantirib berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

14 Nov, 10:01


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA

🗓 Xabaringiz bor 8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi.

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida xatlov jarayonlari boshlandi.

Foto: Ulug'nor tumanidagi xatlov ishlaridan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

14 Nov, 09:02


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

▶️ DIQQAT E’LON!

⭐️🌟 Kadastr agentligining “Ko‘chmas mulk-3” va “Ko‘chmas mulk-4” ma’lumotlar bazalarida profilaktika ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2024-yil 15-16-noyabr kunlari tizimlarni ishlashida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma'lum qilamiz.

◼️ Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan noqulayliklar uchun yurtdoshlarimizdan uzr so'raymiz.

#DavKadastrPalata #profilaktika #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

ANDIJON KADASTR

14 Nov, 04:00


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎤🎤🎤🎤

Kadastr xodimlari mahallalarni xatlovdan o‘tkazmoqda.

🗓 Joriy yilning 5-avgustida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.

🗣 Mazkur qonun joriy yilning 8-noyabridan kuchga kirdi. Kadastr xodimlari tomonidan xatlov o‘rganish ishlari boshlab yuborildi.

➡️ Batafsin: Xalq so'zi maqolasida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

13 Nov, 09:59


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi hamda hududiy tuman shahar bo'limlari tomonidan olib borilgan YER NAZORATI tadbirlari natijasida 2024-yilning o'tgan davri mobaynida 5 474 holatda 362,4 gektar yer maydonlari o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

➡️ Quyidagi infografika orqali o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlaring yer turlari to'g'risida ma'lumot olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

13 Nov, 05:59


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA

🗓 Xabaringiz bor 8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi.

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida xatlov jarayonlari boshlandi.

Foto: Oltinko'l tumanidagi xatlov ishlaridan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

09 Nov, 09:17


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

ANDIJON KADASTR

08 Nov, 06:59


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️❗️❗️

Xatlov ishlari boshlandi.

⚡️Xabaringiz bor bugundan O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga huquqlarni e’tirof etish yuzasidan xatlov ishlari boshlandi.

📆 Bugundan Andijon viloyatining quyidagi mahallalarida xatlov ishlari boshlandi:

📍 Andijon shahar, Buyuk ipak yo'li mahallasi;

📍 Xonobod shahar, Xonobod mahallasi;

📍 Andijon tuman, Istiqlol mahallasi;

📍 Asaka tuman, Gumbaz mahallasi;

📍 Baliqchi tuman, Fayziobod mahallasi;

📍 Bo'ston tuman, Do'stlik mahallasi;

📍 Buloqboshi tuman, Guliston mahallasi;

📍 Izboskan tuman, A.Navoiy mahallasi;

📍 Jalaquduq tuman, So'fiqishloq mahallasi;

📍 Marhamat tuman, O'zbekiston mahallasi;

📍 Oltinko'l tuman, Shayxislom mahallasi;

📍 Paxtaobod tuman, Guldiyor mahallasi;

📍 Qo'rg'ontepa tuman, Obod turmush mahallasi;

📍 Shahrixon tuman, Abdubiy mahallasi;

📍 Ulug'nor tuman, Sariq suv mahallasi;

📍 Xo'jaobod tuman, Andijon mahallasida bugun ya’ni 8-noyabr kunidan xatlov ishlari boshlandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

08 Nov, 06:02


Murojaatlar tahlili.

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasiga 2024-yilning 10 oyi davomida barcha manbalar orqali 638 ta murojaatlar kelib tushgan.

➡️ Yuqoridagi infografikada siz murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

08 Nov, 04:31


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ISHONCH VA UMIDLARINI BOG'LOVCHI KO'PRIK


Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!
Bugun 2024 yil, 8-noyabr!

🗓 Bu kun tarixga "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni kuchga kirgan kun sifatida muhrlandi.

🇺🇿Bu kun, necha yillardan buyon vatandoshlarimizni qiynab kelayotgan ulkan muammolaridan biriga bosqichma-bosqich barham berilishining muqaddimasidir.

⭐️🌟Mazkur sharafli, shuning bilan birga mashaqqatli faoliyatni ya'ni yurtimiz bo'ylab xatlov jarayonlarini boshlash arafasida ekanmiz, barchangizga kuch-quvvat, metin iroda, sabr-toqat, shijoat va g'ayrat tilab qolaman. Tashkilotimizdagi har bir xodimning, ayniqsa, kadastr muhandislari va topograflarning amalga oshirajak har bir zahmatli ishlari, mehnatlari biz uchun qadrlidir!

Zero, mazkur muhim hodisada vatanimiz va yurtdoshlarimiz orasida ularning ishonch va umidlarini bog'lovchi ko'prik vazifasini bajarish aynan bizning zimmamizdagi burchimizdir.

🇺🇿 Ishonch bilan ayta olamanki, Sizdek o'z kasbiga sadoqatli hamkasblarimiz bor ekan, yurtboshimiz, davlatimiz va xalqimizning bizga bildirayotgan yuksak ishonchlarini albatta yorug' yuz bilan oqlaymiz!

➡️ Shunday bo'lsada, har biringizdan yana bir bor o'z vazifalaringizni xalqimizni rozi qilish yo'lida halol, pok va vijdonan hamda sidqidildan bajarishingizni so'rab qolaman!

Hurmat ila
Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

ANDIJON KADASTR

08 Nov, 03:08


Qadrli yurtdoshlar!

Yer, mulk, uy-joy bilan bog‘liq munosabatlar tarixan qadriyatimizga aylangan. 2024-yilning 5-avgust sanasida Davlatimiz rahbari vatandoshlarimiz uchun muhim bo‘lgan yana bir tarixiy Qonunni imzoladilar.

Bugun 8-noyabrdan millionlab yurtdoshlarimiz kutgan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kiradi. 2024–2025-yillar uchun tasdiqlangan reja-garfik asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlanadi.

Qonun kuchga kirish sanasida sizga murojaat qilishimdan maqsad
“ogohlikka” chaqirishdir!

Uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan “uddaburonlar” ham yo‘q emas.

Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiraman!

Birinchidan,
mahallalar aniq tasdiqlangan reja-grafik asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yo‘q!”.

Ikkinchidan, xatlovdan keyin “E’TIROF” dasturiga kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”.

Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar o‘rganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish o‘tmaydi!”.

‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.

Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bog‘liq ekanligini yoddan chiqarmaylik.

Hurmat bilan,
Kadastr agentligi direktori
Farrux Pulatov
.

ANDIJON KADASTR

07 Nov, 06:59


#Andijon #Kadastr #Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Maqsadimiz kadastr idoralarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish.

⚡️Avval xabar berganimizdek Davlat kadastrlari palatasi🌟Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i I.Tadjibayev tomonidan Andijon viloyatida korrupsiyaga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish, xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish maqsadidagi profilaktik tadbirlar o'tkazilib kelinmoqda.

Navbatdagi targ'ibot o'rganish tadbirlari Marhamat, Asaka hamda Jalaquduq tumanlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida o‘tkazildi.

🤔 Tadbirlar davomida korrupsiya illatga qarshi kurash, uning salbiy holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish davomida tamagirlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik haqida so‘z bordi.

📃 Shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlarni ko‘rib chiqish (xatlov) jarayonida noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

05 Nov, 04:02


#Andijon #Kadastr #amaliyot

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi hamda hududiy tuman shahar bo'limlari tomonidan 2024-yilning o'tgan davri mobaynida Yer va kadastr sohasidagi huquqbuzarliklar uchun qo‘llanilgan maʼmuriy choralar to‘g‘risida ma'lumot.

⚡️ Infografika ko'rinishida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

04 Nov, 12:21


❗️❗️❗️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎤🎤🎤🎤

🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarida qurilgan qurilmalarga huquqlarni e’tirof etish jarayonlarida yigirmaga yaqin davlat idoralari orasida o‘zaro elektron hujjat aylanishi hamda jarayonlarni shaffofligini ta’minlash maqsadida 🌟Kadastr agentligi tomonidan “E’TIROF” AAT dasturi ishlab chiqildi.

5-noyabr kunida soat 11:00 da 🌟Kadastr agentligining markaziy apparati binosida dasturning taqdimoti bo'lib o'tadi.

🎤Taqdimotga ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlarni taklif etamiz.

📍 Manzil:  Chilonzor-S, Cho'ponota ko'chasi 6 V uy. 🌟Kadastr agentligi binosi.

‼️Shu bilan birgalikda Qonunga muvofiq respublikamizning barcha hududlarida mahalla kesimida bosqichma-bosqich o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi ham e'lon qilinadi.

#Kadastr_agentligi #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

ANDIJON KADASTR

04 Nov, 07:02


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Jalaquduq tumanida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🌟Davlat kadastrlari palatasi 🇺🇿Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan aholi hamda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan kadastr masalasidagi murojaatlari tinglanib, yechimi yuzasidan choralar ko‘rish maqsadida ochiq muloqot tadbirlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Navbatdagi ochiq muloqot Jalaquduq tuman filiali rahbar va mutasaddilari boshchiligida o‘tkazildi.

📃Tadbir davomida "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risidagi O‘RQ-937-sonli Qonuni (https://lex.uz/uz/docs/-7049383) mazmun-mohiyati hamda qonun bilan fuqarolarga yaratilgan qulayliklar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi.

📊 Ochiq muloqot davomida 10 ga yaqin ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yer maydoni olish tartibi, va nizoli holatlar bo‘yicha murojaatlarga joyning o‘zida ijobiy yechim topilib, huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

04 Nov, 03:59


#Kadastr_manzillari #Andijon

🗺 Andijon viloyatida joylashgan hududiy kadastr bo'limlarining manzillari.

📍 Andijon shahri
📍 Xonobod shahri
📍 Andijon tumani
📍 Asaka tumani
📍 Bo'ston tumani
📍 Buloqboshi tumani
📍 Baliqchi tumani
📍 Jalaquduq tumani
📍 Izboskan tumani
📍 Qo'rg'ontepa tumani
📍 Marhamat tumani
📍 Oltinko'l tumani
📍 Paxtaobod tumani
📍 Ulug'nor tumani
📍 Xo'jaobod tumani
📍 Shahrixon tumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

01 Nov, 05:31


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

⌛️ Qonunning kuchga kirishiga 7 kun qoldi.

📌 O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O‘RQ-937-son QONUNning kuchga kirish sanasi 2024-yil 8-noyabr.

Qonunga ko'ra qanday o'zboshimchalik bilan qurilgan ko'chmas mulk obyektlariga mulk huquqi e'tirof etiladi?

🔘2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
🔘 2018-yil I-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko'rsatilgan maydondan ortiqcha egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
🔘"Bir martalik aksiya" doirasida huquqlarni e'tirof etish oxiriga yetmagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
🔘2021-yil 8-iyungacha tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer uchastkalariga;
🔘 Bog'dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer uchastkasiga;
🔘 Kichik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yer uchastkasiga;
🔘 Davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga;
🔘 Hokim qarori bilan mulk huquqi e'tirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga.

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

ANDIJON KADASTR

01 Nov, 04:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Andijon #Kadastr #qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-noyabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar:

📶  Binolar energiya samaradorligi bo‘yicha toifalarga ajratiladi.
▶️   Batafsil

📶 Avtobuslarni nogironligi bo'lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi.
▶️   Batafsil

📶 "Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash" dasturi doirasida tadbirkorlarga beriladigan kredit 300 million so'mgacha oshiriladi.
▶️   Batafsil

📶 Tayyor zargarlik buyumlariga nisbatan import bojxona boji kamaytiriladi.
▶️  Batafsil

📶 Inson hayoti va sog'lig'iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri yuritiladi.
▶️   Batafsil

📶 Ayrim garovsiz mikrokreditlar qayta moliyalashtiriladi.
▶️  Batafsil

📶 "Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshiriladi.
▶️   Batafsil

📶 Xorijiy ish beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan ish o'rinlari ochiq e'lon qilib boriladi.
▶️    Batafsil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

31 Oct, 04:01


#auksion #kadastr

Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va tadbirkorlari‼️

Viloyatimizda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun auksion savdolariga chiqarilgan bo'sh yer uchastkalari bilan tanishib tadbirkorlikni rivojlantirishingiz mumkin.

🌍 Andijon shahrida
🌍 Xonobod shahrida
🌍 Andijon tumanida
🌍 Asaka tumanida
🌍 Buloqboshi tumanida
🌍 Baliqchi tumanida
🌍 Bo'ston tumanida
🌍 Izboskan tumanida
🌍 Jalaquduq tumanida
🌍 Marhamat tumanida
🌍Oltinko'l tumanida
🌍 Paxtaobod tumanida
🌍 Qo'rg'ontepa tumanida
🌍 Ulug'nor tumanida
🌍 Shahrixon tumanida
🌍 Xo'jaobod tumanida

⚖️ Siz uchun qulaylik e-auksion dasturining📱mobil ilovasi

▶️ Video qo'llanma

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

30 Oct, 04:00


#korrupsiyaga_qarshi_kurash #Andijon #Kadastr

⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi🇺🇿Andijon viloyati boshqarmalari barcha yurtdoshlarimizni korrupsiyaga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️ Siz Kadastr sohasi bilan bog'liq korrupsiya va tamagirlik holatlariga duch kelsangiz boshqarmaning ishonch raqami ☎️ 74-224-20-25, yoki Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassislarga📞97 999-38-86, 90 529-70-01 murojaat qiling!

MUROJAATCHI TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

29 Oct, 12:01


#sayyor_qabull

❗️Hurmatli Bo‘ston tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari.

❤️‍🔥 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish, Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va shuningdek soha bilan bog‘liq boshqa muammolarini ijobiy ko'rib chiqiish maqsadida sayyor qabul o‘tkaziladi.

🔺Sayyor qabul🌟Davlat kadastrlar palatasi Bo‘ston tuman filiali rahbari A.Raxmataliyev boshchiligida joriy yilning 31-oktabr kuni soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Bo‘ston tumani, Navro'z mahalla fuqarolar yig'ini binosi.

📞 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun +998 90 144-36-25 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

29 Oct, 06:01


#vakansiya #Andijon #Kadastr

⚡️SHOSHILING AYNAN SIZ BIZNING JAMOADA BO‘LISHINGIZ MUMKIN

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi hamda🦅Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorlikda quyidagi vakant lavozimga ochiq, mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

🟢 Kadastr agentligi Xonobod shahar bo'limi yetakchi inspektori.

💻 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.

🫥 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

24 Oct, 07:02


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

O'zboshimchalik bilan qurib olingan ko'chmas mulk obyektlariga huquqlarni e'tirof etish shartlari bilan infografika orqali tanishib olishingiz mumkin.

Asos: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuni

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

ANDIJON KADASTR

23 Oct, 12:31


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV

🇺🇿 Mirzaqosimov Farxodjon Boxodirovich –Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati Izboskan tumani filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

◼️ Farxodjon Boxodirovich – 1975-yilda Andijon viloyati, Bo'ston tumanida tug‘ilgan. 2009-yilda Andijon qishloq xo'jaligi institutini tamomlagan.

◼️Tayinlovga qadar, Davlat kadastrlari palatasi Andijon shahar filiali Yerlarni auksionga qadar aniqlash va dasturga joylashtirish shoʻbasi mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi🇺🇿Andijon viloyat boshqarmalari jamoasi Mirzaqosimov Farxodjonni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

23 Oct, 09:30


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun mohiyati OAV nigohida

«O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonun aholiga qanday imkoniyatlar beradi?

Qonun mazmun-mohiyati "Studiya 24" tok shousida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

ANDIJON KADASTR

23 Oct, 09:00


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2024-yildagi 614-sonli qarori qabul qilindi, unga asosan 2025-yil 1-yanvardan boshlab.

Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadi har bir hududiy zona uchun joylardagi tegishli tuman (shahar) hokimliklari tomonidan shaharsozlik reglamentlari talablariga muvofiq belgilanadi va Davlat shaharsozlik kadastri ma’lumotlarida aks ettiriladi;

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy yoki shartli ruxsat etilgan turi Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga bu haqidagi ma’lumotlar kiritilgan kundan boshlab belgilangan hisoblanadi;

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritilmaydi va hududni funksional zonalashtirilishini belgilovchi shaharsozlik hujjatlari tasdiqlangan kundan boshlab belgilangan hisoblanadi;

Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning bir turini bunday foydalanishning boshqa turiga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilingan holda shaharsozlik reglamentiga muvofiq o‘zgartiriladi;

Tasdiqlangan shaharsozlikning zonalashtirish hujjatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlari tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik Kengashning qarorlariga asosan o‘zlashtiriladi;

Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turi ularning huquq egalari tomonidan shaharsozlik reglamentlarida nazarda tutilgan yordamchi faoliyat turlarini tanlash yo‘li bilan mustaqil ravishda o‘zgartiriladi;

Kapital qurilish obyektining foydalanish maqsadi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uning ixtisoslashishini o‘zgartirish yo‘li bilan o‘zgartiriladi;

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi o‘zgartirilgan kundan e’tiboran uch oy muddatda yer uchastkasi chegaralarida joylashgan kapital qurilish obyektlarining ixtisosligi o‘zgartirilishi lozim;

Ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi belgilanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida, doimiy foydalanishga va ijaraga berish (realizatsiya qilish) hamda ushbu yer uchastkalari chegaralarida joylashgan kapital qurilish obyektlarining ixtisosligini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

23 Oct, 07:01


Huquqiy ma'lumot.

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

‼️ Kadastr pasportini rasmiylashtirishni yuqorida ko‘rsatilganidan boshqa asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram |🌐 Instagram |🌐 Facebook|  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

22 Oct, 13:35


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

O'zboshimchalik bilan qurib olingan hamda huquqiy hujjatlarga ega bo'lmagan ko'chmas mulk obyektlariga mulk huquqini e'tirof etish uchun qo'yiladigan 8 ta talab bilan infografika orqali tanishib oling.

Asos: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuni

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

ANDIJON KADASTR

22 Oct, 13:30


#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Oltinko‘l tumanida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilayotganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat o‘rganilib quyidagilar ma’lum qilinadi.

O‘rganishda murojaatdagi holat Oltinko‘l tumani Qipchoq mahalla fuqarolari yig‘ini hududidagi Viloyat suv ta’minoti MCHJ Oltinko‘l tuman filialiga tegishli yer maydoni ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Murojaatga asosan Kadastr agentligi Oltinko‘l tuman bo‘limi tomonidan yuqoridagi hududda o‘rganish ishlari olib borildi lekin murojaatdagi yer maydonida yer qonunbuzilish holati aniqlanmaganligi ma’lum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

22 Oct, 09:10


#Andijon_kadastr_OAV_biz_haqimizda

⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyat boshqarmasi hamda hududiy tuman, shahar bo'limlari tomonidan yer resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, yer munosabatlari sohasida qonuniylikni ta'minlash, yer qonunbuzilish holatlarini barvaqt aniqlashga alohida etibor qaratilmoqda

🤔 Batafsil Asaka hayoti gazetasida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

22 Oct, 09:02


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ma'lumot o'rnida.

❗️Shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash tizimi takomillashtiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

22 Oct, 07:01


😀😃😄😆😊

QONUN HAQIDA Bilishingiz muhim


⚖️ Kutilgan qonun Davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi. Qonunning tub mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz uchun mazkur ruknda aholidan kelayotgan barcha savollarga javoblarni berib boramiz.

🔹 Savol yo‘llang: @Dkpuz_bot va biz unga javob berib boramiz!

🤯Savol: “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan ijara huquqi eʼtirof etilgan yer uchastkasini xususiylashtirish tartibi qanday ?

😮 Javob videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

ANDIJON KADASTR

21 Oct, 11:22


Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

ANDIJON KADASTR

21 Oct, 09:02


Baliqchi tumanida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi 🇺🇿Andijon viloyati baliqchi tuman filiali rahbari boshchiligida ochiq muloqot o‘tkazildi. Tasdiqlangan reja-grafikka asosan tashkil etilgan uchrashuvda aholi hamda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan kadastr masalasidagi murojaatlari tinglanib, yechimi yuzasidan choralar ko‘rildi.

🫥Shuningdek bugungi kunda hukumatimiz tomonidan kadastr sohasiga oid qabul qilinayotgan Qaror va Farmonlarning mazmun mohiyati bo‘yicha kerakli tushuncha, ko‘nikmalar berildi.

🗣 Ochiq muloqot davomida 10 ga yaqin murojaatlarga joyning o‘zida ijobiy yechim topilib, huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

21 Oct, 05:01


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚡️Sport bellashuvlari davom etmoqda⚡️

⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlar palatasi 🇺🇿Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tizim tarkibidagi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va sportni rivojlantirishga hissa qo‘shish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

🗣 Andijon telerediokompaniyasinig bugungi ko'rsatuvida Marhamat tumanida aqil gimnastikasi xisoblangan shaxmat sport turi bo'yicha o'tkazilayotgan musobaqalar to'g'risida so'z bordi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube

ANDIJON KADASTR

19 Oct, 13:00


#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Oltinko'l tumani Qipchoq mahallasi hududida noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilayotganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat bo'yicha o‘rganish ishlarini olib borilmoqda.

Mazkur holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etiladi.

@andijonkadastr

ANDIJON KADASTR

19 Oct, 12:50


#munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida tezkor tadbir o‘tkazilganligi va unda Kadastr xodimining pul mablag‘i bilan qo‘lga olinganligi to‘g‘risida tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan munosabat.

Joriy yilning 17-oktabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yer qonun buzilish holati bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazilgan lekin bu jarayonda Kadastr xodimining tadbir davomida qo‘lga olinganligi to‘g‘risidagi hech qanday ma’lumot mavjud emas.

Hozirda bu holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilinadi.

@andijonkadastr