Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari Azizbek Nishonov ishtirok etdi va Bosh qomusimiz qabul qilingan kun bilan barchani tabriklab, Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi xalqimiz irodasi va madaniyatini oʻzida aks ettiruvchi mustaqil oʻzbek davlati va jamiyatining asosiy qonuni ekanini, bugungi kunda Konstitutsiyamizda muhrlab qoʻyilgan tamoyillar asosida aholi turmush darajasi oʻsib, yurtimiz qiyofasi, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi oʻrni butunlay oʻzgarib borayotganini taʼkidlab oʻtdi.
Tadbirda so'z olganlar yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz uchinchi Renessans poydevorini barpo etish yoʻlidagi muhim qadam ekani haqida gapirib, unda belgilab qo'yilgan konstitutsiyaviy qadriyat va tamoyillar haqida tushuntirib o'tdilar.
Tadbir davomida yoshlar tomonidan vatanparvarlikni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar hamda tuman madaniyat boʻlimi xonandalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi yigʻilganlar e'tiboriga havola etildi.
👉https://t.me/yangiobod_press
Web-site | Telegram | Facebook | Instagram | X | Youtube