Qashqadaryo kadastr_press @qashkadastrpress Channel on Telegram

Qashqadaryo kadastr_press

@qashkadastrpress


KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot

Qashqadaryo kadastr_press (Uzbek)

Salom! Sizni Kadastr Agentligi va Davlat Kadastrologiyasi Palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining faoliyatiga oid yangiliklar bilan tanishtirish uchun @qashkadastrpress Telegram kanaliga taklif qilamiz!
Bu kanalda Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilayotgan kadastriy ishlar, yangi proyektlar, qonun hujjatlari va boshqa muhim ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Bizning maqsadimiz Qashqadaryo hududidagi kadastriy ishlar bilan shug'ullanuvchilarni doimiy ravishda xabarlar bilan ta'minlash va ularga yordam berish.

Agar sizda savollar yoki takliflar bo'lsa, qo'ng'iroq etish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qiling:nn- 75 227 81 95n- 75 227 51 13nnBiz bilan tez orada bog'lanishingiz mumkin. Ayniksa, fuqaro murojaati va so'rovnoma olish uchun @kadastrpress_bot ga xabar yuboring. Yangiliklardan xabardor bo'lishingiz uchun kanalimizga obuna bo'ling va yangiliklardan to'laq vaqtda xabardor bo'ling! Marhamat, biz bilan birgalikda Qashqadaryo viloyati kadastriy yangiliklarini kuzatib boring.

Qashqadaryo kadastr_press

17 Feb, 10:17


Imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi

• O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-harajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

• Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

• O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Asos: Yer kodeksi, 91-modda

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

17 Feb, 04:02


Kadastr agentligi Koson tumani bo'limi tomonidan Yangiobod mahallasida o'tkazilgan yer nazorati tadbirlarida fuqarolar tomonidan yer maydonlarida noqonuniy ravishda qurilmalar qurilgani holati aniqlandi.

Belgilangan muddatda qonunbuzarlik holati bartaraf etilmagach, sudga da'vo arizasi kiritilgan edi.

Sudning javobgarlar tomonidan noqonuniy ravishda qurilgan qurilishni majburiy tartibda bartaraf etish va yer maydonini oldingi holatga keltirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro bo'limi yurituviga kelib tushgach, ijro harakatlariga kirishildi.

Javobgarlar ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarishi to‘g‘risida bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan, sud qarori ijrosi ixtiyoriy ta’minlanmagan.

Shu sababli, noqonuniy qurilgan qurilmalar majburiy tartibda bartaraf etildi.

Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

17 Feb, 03:12


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2025-yildagi xatlov ishlari viloyatlar kesimida


🇺🇿 Ushbu infografikada joriy yilda qaysi viloyatda, nechta mahalla yalpi xatlovdan o'tkazilishi borasida batafsil ma'lumotlar aks etgan.

➡️ Foydali ma'lumotni yaqinlaringiz bilan bo'lishing.

#DavKadastrPalata #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Qashqadaryo kadastr_press

16 Feb, 07:25


Quyidagi hollarda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda to‘lovlar undirilmaydi:

🔹fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

🔹 avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, amalda bo‘lgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yo‘li bilan tasdiqlangan) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va reyestrdan ko‘chirma berish;

🔹qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hamda huquq boshqa shaxsga o‘tgan hollar bundan mustasno);

🔹tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

15 Feb, 14:38


#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Qarshi tumanida o'tkazilgan sayyor qabulda Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Abdushukur Abdullayev fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning murojaatlariga e'tibor qaratdi.

▫️Kimdir yer maydonining chegaralarini aniqlashtirdi, kimdir hujjatlarining holatini bilib oldi. Eng asosiysi – odamlar o‘z savollariga aniq javob olishdi!.

🎬 Nasaf telekanali orqali efirga uzatilgan lavhada va matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videorolikda sayyor qabulning qizg‘in lahzalari, mutaxassislarning tushuntirishlari va fuqarolarning fikrlari aks etgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

15 Feb, 04:59


Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Mirishkor tuman filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mirishkor tuman filiali xodimlari tomonidan "Yangiobod", Obodon, "Gulshanbog'", "Yangi Mirishkor" va "Pomuq" mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

Xususan, fuqaro T.Niyozovning kadastr hujjatlari bilan bog'liq muammolari filial xodimlari tomonidan oʻrganib chiqilib, ijobiy hal etildi.

❗️Ma‘lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Mirishkor tuman filialiga 35 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

14 Feb, 12:35


Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Qarshi tumani filiali rahbari Jamoliddin Primov ishtirokidagi brifing

2024-yilda filial tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ma'lumot.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

14 Feb, 12:08


#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Abdullayev Abdushukur Xamidovich boshchiligida Qarshi tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Shu kuni aholi vakillariga egalik huquqi bo'lmagan ko'chmas mulklarga huquqlarni e'tirof etish jarayonlari, shartlari, bosqichlari hamda tartibi haqida atroflicha tushunchalar berildi.

Batafsil— UZA maqolasida

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

14 Feb, 09:16


Qashqadaryo kadastrida ma'naviyat va ma'rifat soati! 

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Qarshi tumani filiali xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etib kelinayotgan navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etishdi.

Haftaning har juma kunida tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma'rifat soati" yurtimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarning mohiyatini xodimlarga keng va batafsil tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xodimlarimiz milliyligimizni targ'ib qilishni ham unutishayotgani yo'q.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

13 Feb, 11:21


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📝📝📝📝

⭐️ Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Abdullayev Abdushukur Xamidovich boshchiligida Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

💠 Mazkur qabulda viloyatning shahar va tumanlaridan kelgan 20 ga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilib, 15 nafar fuqaroning murojaati ijro uchun qabul qilindi.

◾️ Sayyor qabulda "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonun asosida huquqlarni e'tirof etish jarayonlari, shartlari, bosqichlari hamda tartibi haqida ham batafsil tushunchalar berildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Qashqadaryo kadastr_press

10 Feb, 17:13


⌨️ DIQQAT E’LON!

⭐️Kadastr agentligi tizimlaridagi texnik nosozliklar bartaraf etilib, barcha xizmatlar tiklandi. Tizim ish faoliyati odatdagi tartibda davom ettirilmoqda.

Yurtdoshlarimiz kadastr bilan bog'liq xizmatlardan belgilangan tartibda foydalanishlari mumkinligini ma'lum qilamiz.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt

Qashqadaryo kadastr_press

10 Feb, 13:01


Mirishkor tumanida aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

Kadastr agentligi Mirishkor tumani bo'limi va Davlat kadastrlari palatasi Mirishkor tumani filiali tomonidan ochiq muloqot tadbiri o‘tkazildi.

Aholi hamda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan kadastr masalasidagi murojaatlari yechimi yuzasidan choralar ko‘rish, shuningdek bugungi kunda hukumatimiz tomonidan sohaga oid qabul qilinayotgan Qaror va Farmonlarning mazmun mohiyati bo‘yicha kerakli tushunchalar berish maqsadida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan ochiq muloqot tadbirlarida aholi roziligiga erishish maqsad qilingan.

Tadbirlar davomida fuqarolarning sohaga oid murojaatlari o‘rganildi. Kelib tushgan murojaatlarni qonun doirasida ijobiy hal qilish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.


🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

10 Feb, 09:01


#QASHQADARYO_YER_NAZORATI

Shahrisabz tumanidagi Miraki mahallasida o'tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro 72.0 kv. metr yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, beton poydevor qurib olganligi holati aniqlandi.

Kadastr bo'limi tomonidan berilgan rasmiy ogohlantirish va qonunbuzarlikning huquqiy oqibatlari tushuntirilishi natijasida u noqonuniy qurilmani ixtiyoriy bartaraf etdi.

❗️Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlarga nisbatan ko'rib chiqiladi.

O'zingizga huquqiy jihatdan tegishli bo'lmagan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmang.

❗️ Unutmang yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

10 Feb, 06:37


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🗣 ⭐️Kadastr agentligining "Rezerv ma'lumotlarni qayta ishlash markazi"da texnik nosozlik aniqlanib bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tez orada tizim ish faoliyati odatdagi tartibda davom ettiriladi.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt

Qashqadaryo kadastr_press

10 Feb, 03:12


Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Koʻkdala tumani filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Koʻkdala tumani filiali xodimlari tomonidan "Oltin dala", "Shoʻrbozor", "Qumdaryo" va "Toshli" mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

Xususan, fuqaro Ortiqovning kadastr hujjatlari bilan bog'liq muammolari filial xodimlari tomonidan oʻrganib chiqilib, ijobiy hal etildi.

❗️Ma‘lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Koʻkdala tumani filialiga 60 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

09 Feb, 05:29


Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan yanvar oyida 4 598 ta ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Boshqarmaning tuman, shahar filiallari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo'lgan jami 3315 ta ko'chmas mulklarga  kadastr pasportlari tayyorlanib, davlat xizmatlari markazlari orqali mulkdorlarga taqdim etildi.

O'rganishlar natijasida 82 ta (31.2 gektar)  bo‘sh yer uchastkalari aniqlanib, ular haqidagi ma'lumotlar "YERELEKTRON" tizimiga kiritildi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

09 Feb, 01:04


9-fevral — buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlanadigan sana

Alisher Navoiy turkiy va forsiy tillarda g’azallar bitgan. Uning nazmiy asarlari 120 ming baytdan ortiq. “Xamsa” esa shoirning shoh asaridir. “Xazoyin ul-maoniy” (Ma’nolar xazinasi) devoni qariyib 45 ming misradan iborat.

Mir Alisher Navoiy butun umrini nafaqat ijodga, balki xalq farovonligi yo’lida bunyodkorlik hamda ezgulik va xayr-saxovat ishlariga bag’ishlagan.

Barchamizga yaxshi ayonki, Navoiy o’z davrida zamondosh shoirlar, olimlar va san’at ahlining moddiy va ma’naviy ko’makchisi, san’at va adabiyotning haqiqiy homiysi bo’lgan.

#AlisherNavoiy584

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

08 Feb, 08:58


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🗣 ⭐️Kadastr agentligining “Ko‘chmas mulk-3” tizimida texnik nosozlik aniqlanib tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tez orada tizim ish faoliyati odatdagi tartibda davom ettiriladi.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt

Qashqadaryo kadastr_press

08 Feb, 06:25


Fevral oyida ham Qashqadaryodagi 16 ta mahallada Kadastr mas'ullari tomonidan sayyor qabullar o'tkaziladi

2025-yilning fevral oyida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining shahar, tuman filiallari tomonidan viloyatning 16 ta mahallasida aholi uchun sayyor qabullar tashkil etiladi.

Qabullarda kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va sohaga doir boshqa murojaatlarga e'tibor qaratiladi.

Sayyor qabullarning o'tkazish sanalari haqida rasmiy sahifalarimizda qo'shimcha ma'lumot e'lon qilamiz.

Yuqoridagi suratda esa qaysi mahallalarda sayyor qabullar o'tkazilishi haqida batafsil bilib olishingiz mumkin!

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

08 Feb, 04:38


⚡️Yer uchastkalari quyidagi shakllarda xususiylashtiriladi:

umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yerni sotib olish;

yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.

📝 Ariza DXM yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.

🧾 Ariza ko‘rib chiqilib xabarnoma shaklda ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilinadi.

❗️Salbiy qaror asoslantirilgan shaklda bo‘lishi shart.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

07 Feb, 11:10


Chellenj. Biz sog'lom turmush tarziga amal qilamiz. Siz-chi?

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida “Sog‘lom muhit – sog‘lom jamoa” mavzusida jamoaviy ruhiyatni shakllantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar va treninglar tashkil etilib, xodimlar o‘rtasida “Biz sog‘lom turmush tarziga amal qilamiz. Siz-chi?” chellenji o‘tkazildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

07 Feb, 08:05


Qashqadaryo kadastrida ma'naviyat va ma'rifat soati! 

Xodimlarimiz davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etib kelinayotgan navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etishdi.

Haftaning har juma kunida tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma'rifat soati" yurtimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarning mohiyatini xodimlarga keng va batafsil tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

07 Feb, 02:43


Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Muborak tumani filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Muborak  tumani filiali xodimlari tomonidan "Obod turmush", "Yoshlik" va "Geolog" mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

Xususan, fuqaro Normurodovning kadastr hujjatlari bilan bog'liq muammolari filial xodimlari tomonidan oʻrganib chiqilib, ijobiy hal etildi.

❗️Ma'lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Muborak tuman filialiga 30 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

06 Feb, 14:06


Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Shomansurov Mirishkor va Kasbi tumanlarida bo'lib, xatlov ishlari amalga oshirilgan Yangiobod va Mushqoqi mahallalarida joylashgan xonadon egalari bilan suhbatlashdi va ularning fikr-mulohazalarini o'rgandi.

Shundan so'ng Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari hamda hududiy bo'lim va filial rahbarlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig’ilish o‘tkazildi.

Unda kadastr tizimini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, ishchi xodimlarni o'z xizmat vazifalarini sitqi dildan bajarishlari, odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari hamda asr vabosi bo'lgan korrupsiya illatining kelib chiqish sabablari bilan murosasiz kurashish bo'yicha tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, 937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama markazida bo'ldi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

06 Feb, 09:00


Yanvar oyida 2589 ta yangi ko'chmas mulk obyektlari hisobga olindi

Qashqadaryo viloyatidagi ko'chmas mulk obyektlari statistikasi

Hisobot davri: 2025-yil 1-fevral holatiga ko'ra.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

04 Feb, 12:45


Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha bosh mutaxassislari tomonidan xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurash, manfaatlar to'qnashuvining oldini olishga doir tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.

O'tkazilgan tadbirlarda xodimlarga ichki mehnat tartib qoidalari va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, tamagirlik, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Yanvar oyida ushbu mavzulardagi davra suhbatlari quyidagi hududlarda tashkil etildi:

▫️Nishon tumani
▫️Kasbi tumani
▫️G'uzor tumani
▫️Dehqonobod tumani
▫️Chiroqchi tumani
▫️Qamashi tumani
▫️Shahrisabz tumani
▫️Ko'kdala tumani
▫️Mirishkor tumani
▫️Koson tumani
▫️Muborak, Qarshi tumanlari .

Shahrisabz va Qarshi shahrida faoliyat olib borayotgan Kadastr xodimlari uchun targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

04 Feb, 08:15


Qashqadaryodagi xatlov ishlarida 70 nafardan ziyod ayol xodimlar mehnat qilishmoqda

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan mahallalarda yalpi xatlov ishlari olib borilmoqda.

Ko'chmas mulklar ma'lumotini o'rganish, xatlovda faollik ko'rsatish borasida Kadastr ayollari erkak hamkasblaridan qolishayotgani yo'q.

Qashqadaryo viloyatidagi xatlov jarayonlarida Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasining filiallarida ishlovchi 70 nafardan ziyod Kadastr xodimalari ishtirok etishmoqda.

Aytish kerakki, xatlov ishlari aholimiz uchun ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, qonuniy hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini tezlashtiradi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

04 Feb, 05:45


⚡️Кadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari quyidagicha

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun
🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

🏠Yakka tartibdagi turarjoy uchun
🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

❗️Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 375 000 so‘m bo‘lsa, demak 1 kvadrat metr uchun 4 313 so‘m miqdorida to‘g‘ri keladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

04 Feb, 04:19


#QASHQADARYO_YER_NAZORATI

Ko‘kdala tumanidagi Shurbozor mahallasida o'tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro 200.0 kv. metr yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, beton poydevor qo'ygani hamda 24.0 kv metr yerga noqonuniy ravishda yordamchi imorat qurib olganligi holati aniqlandi.

Kadastr bo'limi tomonidan berilgan rasmiy ogohlantirish va qonunbuzarlikning huquqiy oqibatlari tushuntirilishi natijasida u noqonuniy qurilmani ixtiyoriy bartaraf etdi.

❗️Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlarga nisbatan ko'rib chiqiladi.

O'zingizga huquqiy jihatdan tegishli bo'lmagan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmang.

❗️ Unutmang yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

03 Feb, 12:55


Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Qarshi tumani filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Qarshi  tumani filiali xodimlari tomonidan "Tinchlik", "Mustaqillik", "Rovot" va "Qovchin" mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

Xususan, fuqaro Aliboyevning kadastr hujjatlari bilan bog'liq muammolari filial xodimlari tomonidan oʻrganib chiqilib, ijobiy hal etildi.

❗️Ma‘lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Qarshi tumani filialiga 50 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

03 Feb, 11:01


#QASHQADARYO_YER_NAZORATI

Kadastr inspektorlari tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirlarida G'uzor tumanidagi Bo'ston mahallasida fuqaro yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, huquqiy hujjatlari bo'lmasada 320.0 kv metr yerga bino qurib olganligi holati aniqlandi.

Holat yuzasidan Kadastr bo'limi tomonidan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, noqonuniy qurilishni ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha fuqaroga yozma ko'rsatma  berildi.

❗️Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlarga nisbatan ko'rib chiqiladi.

O'zingizga huquqiy jihatdan tegishli bo'lmagan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmang.

❗️ Unutmang yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

03 Feb, 08:31


YAKKABOG'DA SAYYOR QABUL

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Yakkabog' tumanidagi “Cho'mich” mahallasida sayyor qabul o’tkazildi.

Unda ishtirokchilar tomonidan tadbirkorlik uchun yer uchastkasi olish, kadastr hujjatini tayyorlash, uy- joyga egalik huquqini olish, va boshqa masalalar yuzasidan jami 15 ta murojaat yo'llandi.

O'tkazilgan tadbirda mas'ullar tomonidan murojaatchilarga huquqiy va amaliy yordamlar ko’rsatilib, sohaga doir Qonunchilikdagi o'zgarishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

03 Feb, 03:05


Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan Koson tumanida qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

🔹 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. 

O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

Bundan tashqari, 937-sonli Qonunga muvofiq hamda Davlat kadastrlari palatasi raisining “Ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi uslubiy qo‘llanmani tasdiqlash haqida”gi buyrug'i talablari ijrosini ta'minlash maqsadida xatlov jarayonlarida korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik yuzasidan xodimlarga tushunchalar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

02 Feb, 12:15


Yanvar oyida Kadastr mas'ullari Qashqadaryodagi 16 ta mahallada sayyor qabullar o'tkazishdi

Viloyatning barcha tuman, shaharlarida bo'lib o'tgan qabullar davomida aholi murojaatlari o'rganildi va murojaatlari yuzasidan ularga huquqiy va amaliy yordamlar ko'rsatildi.

Fevral oyida bo'lib o'tadigan sayyor qabullarning manzillari va vaqti haqida ham rasmiy sahifalarimizda ma'lumot beramiz.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

02 Feb, 03:00


Qanday hollarda servitut bekor qilinadi ?

Servitut quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

🔹servitut ishtirokchilarining o‘zaro kelishuviga ko‘ra;
🔹yer egasining, yerdan foydalanuvchining, yer uchastkalari ijarachisi va mulkdorining yoki servitut kimning manfaatlarini ko‘zlab belgilangan bo‘lsa, o‘sha shaxsning asoslangan talabiga ko‘ra;
🔹servitutdan uzoq muddat (kamida uch yil) foydalanilmaganda;
🔹servitutning amal qilish muddati tugaganda;
🔹agar servitut belgilash uchun sabab bo‘lib xizmat qilgan asoslar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa;
🔹qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra.

❗️Servitutni bekor qilish to‘g‘risida servitut ishtirokchilari o‘rtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, servitut sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.

Huquqiy asos:
O‘RQ–871, 23.10.2023-y.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

01 Feb, 16:24


#OAVDA_KADASTR

Qashqadaryo viloyatida yer nazorati va kadastr xizmatlarini ko'rsatish borasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar!


Batafsil ma'lumotlarni "Xalq so'zi" va "Inson manfaatlari" gazetalarida chop etilgan maqolalarda o'qishingiz mumkin

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

31 Jan, 16:55


Aniqlangan bo'sh yer maydonlari, ko'rsatilgan kadastr xizmatlari va arxiv hujjatlarini raqamlashtirish

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Kasbi tumani filiali rahbari Sherzod Mahmudov ishtirokidagi BRIFING

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

31 Jan, 10:57


Kadastr agenligining Qashqadaryo viloyat boshqarmasida tashkil  etilgan himoya ishida Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti talabasi Iroda Siddikova “Magistrlik” ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoya qildi.

Institutning professor-o‘qituvchilari hamda Kadastr agenligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida o‘tkazilgan himoya ishida I.Siddikovaning "Tabiiy xavfi yuqori bo‘lgan zonalarning kadastr xaritalarini takomillashtirish" (Qashqadaryo viloyati misolida) mavzusida yozilgan dissertatsiyasi keng muhokama etildi.

Tadbir yakunida talablarni to‘liq bajargan deya topilgan Iroda Siddikovani omadli himoya bilan tabriklashdi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

19 Jan, 03:34


#XATLOV_2025

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Shahrisabz shahar hududi uchun reja-jadvali

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

18 Jan, 07:29


#XATLOV_2025

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Qarshi tumani hududi uchun reja-jadvali

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

18 Jan, 05:24


⚡️Kadastr raqamidagi sonlar nimalarni anglatishini bilasizmi?

Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:

AA : VV : SS : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH,

➡️bunda: AA —mintaqaning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

➡️VV —mintaqa tarkibidagi ma’muriy-hududiy tuzilma (ma’muriy tuman, viloyat bo‘ysunishidagi shahar)ning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

➡️SS — kadastr zonasi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

➡️DD —kadastr zonasi doirasida kadastr massivi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

➡️EE —kadastr massivi doirasida kadastr mavzesi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

➡️FFFF —kadastr mavzesi doirasida yer uchastkasi raqami (kodi)ni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;

➡️GGGG —yer uchastkasi doirasida bino, inshoot raqami (kodi)ni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;

➡️NNN — bino, inshootlar bir qismi raqami (kodi)ni bildiruvchi uch razryadli o‘nli son

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

17 Jan, 14:04


Yanvar oyida Qashqadaryodagi 16 ta mahallada Kadastr mas'ullari tomonidan sayyor qabullar o'tkaziladi

2025-yilning Yanvar oyida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining shahar, tuman filiallari tomonidan viloyatning 16 ta mahallasida aholi uchun sayyor qabullar tashkil etiladi.

Qabullarda kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va sohaga doir boshqa murojaatlarga e'tibor qaratiladi.

Sayyor qabullarning o'tkazish sanalari haqida rasmiy sahifalarimizda qo'shimcha ma'lumot e'lon qilamiz.

Yuqoridagi suratda esa qaysi mahallalarda sayyor qabullar o'tkazilishi haqida batafsil bilib olishingiz mumkin!

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

17 Jan, 11:05


#XATLOV_2025

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Qarshi shahar hududi uchun reja-jadvali

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

17 Jan, 09:09


#QASHQADARYO_KADASTR

Kadastr agentligining Mirishkor tumani bo'limi tomonidan Avazcho'l qishlog'ida yer nazorat tadbiri o'tkazilganida fuqaro hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 100,0 kv metr yer maydonini o’zboshimchalik bilan turar-joy qurish maqsadida egallab olib, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirgani holati aniqlandi.

Olib borilgan ishlar natijasida qonunbuzarlik holati fuqaro tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi

❗️Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar nisbatan ko'rib chiqiladi.

O'zingizga huquqiy jihatdan tegishli bo'lmagan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmang.

❗️ Unutmang yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

17 Jan, 07:04


Kadastr boshqarmasida talabalarning navbatdagi o‘quv seminari

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutitalabalari uchun navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.

Dars jarayonlari "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonun mazmun-mohiyatiga bag'ishlandi.

Seminarda boshqarma mutasaddilari ishtirok etib, talabalarga soha bo‘yicha zarur bilimlarni taqdim etishga alohida e’tibor qaratdilar. Bu kabi o‘quv darslari doimiy ravishda tashkil etilib, bo'lajak mutaxassislarning amaliy bilimlarini oshirishga, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

17 Jan, 06:03


Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid

⚡️Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Ko'kdala tumanida korrupsion holatlarni oldini olish hamda ijro intizomiga rioya qilish mavzusida yig'ilish bo'lib o'tdi.

💠 Ushbu yig'ilishda Kadastr tizimida korrupsion holatlarni oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik, soha xodimlarining ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, kelib tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida sifatli bajarishi yuzasidan zarur ko'rsatmalar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

17 Jan, 05:01


11 mingdan ziyod. 2024-yilda eng ko'p kadastr pasporti Qarshi shahar filiali tomonidan tayyorlandi

2024-yilda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining tuman, shahar filiallariga Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali kadastr hujjatini tayyorlash bo'yicha 99 276 ta murojaatlar kelib tushdi.

Mazkur murojaatlar asosida 64 947 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo'lgan yer uchastkalari va ko‘chmas mulklariga kadastr pasportlari tayyorlanib, Davlat xizmatlari markazlari orqali mulkdorlarga taqdim etildi.

O'tgan 12 oy davomida eng ko'p kadastr hujjatlari Qarshi shahri, Qarshi tumani va Kitob tumani filiallari tomonidan tayyorlangan. Jumladan:

🔹Qarshi shahar filialida 11 165 ta
🔹Qarshi tumani filialida 5 742 ta
🔹Kitob tumani filialida 4 860 ta kadastr hujjatlari tayyorlandi va mulkdorlarga taqdim etildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

17 Jan, 03:53


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Arxiv-kadastr ildizidir


🗂 Arxiv - bu hujjatlar saqlanadigan joy, ular ish faoliyatiga doir bo'ladimi, bino-inshootlarning arxiv hujjatlari bo'ladimi ba'ri tarixdan so'zlaydi. Shu bois ham arxivdagi hujjatlarning yaxshi saqlanishi katta ahamiyat kasb etadi.

🧾 Ana shularni hisobga olgan holda, bu yoʻnalishga alohida eʼtibor qaratgan Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati 2024-yilni tashkilotda “Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini toʻgʻri yuritishni yoʻlga qoʻyish yili” deb eʼlon qilgandi.

🫥 Xoʻsh, yil nomlanishi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida nimalarga erishildi?

🫥 Mazkur video - bajarilgan ishlar natijasi haqida.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Qashqadaryo kadastr_press

17 Jan, 03:03


2024-yilda Shahrisabzdagi Kadastr filiali xodimlari 300 dan ziyod murojaatlarni o'rganib chiqishdi

2024-yilda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Shahrisabz shahar filialiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan nizoli holatlar, so'rovnomalar va boshqa masalalar bo‘yicha 300 dan ortiq murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarning barchasi kadastr xodimlari tomonidan o'rganib chiqilgan va ularning 160 tasi ijobiy hal etilgan . 140 dan ortiq murojaatlar bo'yicha esa, huquqiy maslahat berilgan va umumiy tushuntirishlar orqali ularni ijobiy hal etish choralari ko‘rilgan.

Murojaatlarning asosiy qismi Sohibqiron, Zargarlik, Uychilik, Nomozgoh,  Kattanovqat mahallalari aholisi tomonidan yo'llangan va qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etilgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

10 Jan, 12:12


#Qashqadaryo #yer_nazorati

Kasbi tumanidagi Qoratepa mahallasida fuqaro 0.015 gektar yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib 54.45 kv.m o'lchamda noqonuniy ravishda savdo do'koni hamda devor qurganligi holati anqilandi.

Olib borilgan ishlar natijasida, qonunbuzarlikning huquqiy oqibatini to'g'ri tushungan fuqaro noqonuniy qurilmani ixtiyoriy bartaraf etdi.

❗️Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar nisbatan ko'rib chiqiladi.

O'zingizga huquqiy jihatdan tegishli bo'lmagan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmang.

❗️ Unutmang yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

10 Jan, 10:21


O‘z uyimda qurilish qilishim uchun ruxsatnoma talab etiladimi ?

Javob:

Mazkur holatda qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma talab etiladi.

Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirish ta'qiqlanadi.

Huquqiy asos: VM-200, 20.04.2022-yil.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

10 Jan, 07:32


Qashqadaryo kadastrida ma'naviyat va ma'rifat soati! 

Xodimlarimiz davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etib kelinayotgan navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etishdi.

Haftaning har juma kunida tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma'rifat soati" yurtimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarning mohiyatini xodimlarga keng va batafsil tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

10 Jan, 07:04


Talabalarning 2025-yildagi ilk dars soatlari Kadastr boshqarmasidagi kafedrada tashkil etildi

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalarining dars soatlari Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida tashkil etildi.

Dars davomida kadastr ma'sullari  talabalarga sohadagi mavjud tizimlar uning imkoniyatlari, afzalliklari haqida va ayni kunlarda olib borilayotgan xatlov ishlari borasida ma'lumotlar berishdi.

Aytish kerakki, Kadastr boshqarmasida o‘quv mashg‘ulotlari uchun alohida xona ajratilib, kerakli jihozlar bilan ta’minlangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

10 Jan, 05:03


#Qashqadaryo_Kadastr

Dehqonobod tumanida targ'ibot tadbirlari o'tkazildi

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi mutaxassislari tomonidan Dehqonobod tumanidagi Kadastr filialida davra suhbati tashkil qilindi.

Unda filial xodimlariga O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq hamda Davlat kadastrlari palatasi raisining “Ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi uslubiy qo‘llanmani tasdiqlash haqida”gi buyrug'i talablari ijrosini ta'minlash maqsadida xatlov jarayonlarida korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik yuzasidan tushunchalar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

10 Jan, 03:40


#XATLOV_2025

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Koson tumani hududi uchun reja-jadvali

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

09 Jan, 13:01


937-qonun haqida bilishingiz muhim.

O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risidagi 937-sonli Qonun haqida bilishingiz muhim boʻlgan alohida jihatlar qisqa maʼlumotlarimizda berib boramiz.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

09 Jan, 10:44


#Qashqadaryo_Kadastr

Hududlarda targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi mutaxassislari tomonidan G'uzor tumanidagi Kadastr filialida davra suhbati tashkil qilindi.

Unda filial xodimlariga O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq hamda Davlat kadastrlari palatasi raisining “Ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi uslubiy qo‘llanmani tasdiqlash haqida”gi buyrug'i talablari ijrosini ta'minlash maqsadida xatlov jarayonlarida korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik yuzasidan tushunchalar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

09 Jan, 05:01


⚡️Sug‘oriladigan yerlar toifasini o‘zgartirish Prezident qaroriga muvofiq amalga oshiriladi

Sug‘orilmaydigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi, sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga yoki sug‘orilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazish esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi

Yerlarni yer fondining bir toifasidan boshqasiga o‘tkazish yerlardan asosiy foydalanish maqsadi o‘zgargan taqdirda amalga oshiriladi.

❗️Yerlarni yer fondi toifalariga bo‘lish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga o‘tkazish mustasno.

Huquqiy asos: Yer kodeksi 9-modda

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

09 Jan, 03:01


#XATLOV_2025

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Ko'kdala tumani hududi uchun reja-jadvali

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

08 Jan, 11:05


O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonun haqida bilishingiz muhim.

🔹O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun haqida bilishingiz muhim boʻlgan alohida jihatlar qisqa maʼlumotlarda berilgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

06 Jan, 07:00


O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi - fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarsiz, shu jumladan bunday hujjatlar yo‘qolgan yoki to‘liq rasmiylashtirilmagan holda egallab kelinayotgan yoki ortiqcha egallangan yer uchastkasi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

06 Jan, 05:01


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonun ijrosini ta'minlash maqsadida 2025-yil yanvar oyida respublikaning barcha hududlarida o'tkaziladigan xatlovlar reja-grafigi bilan infografikalar orqali tanishib olishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

Qashqadaryo kadastr_press

06 Jan, 03:33


#XATLOV_2025

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning G'uzor tumani hududi uchun reja-jadvali

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

05 Jan, 08:47


🏡 Ko‘chmas mulkni bo‘lish hamda uning yangi chegaralarini belgilash xizmati

📌 Xizmat ko‘rsatish muddati va narxi haqida ma'lumotlarga ega bo'ling

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

04 Jan, 13:01


⚡️Yer uchastkasini oldi-sotdi qilish mumkinmi ?

HA !

- Agar yer uchastkasi sizga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lsa.

YO‘Q !

- Yer uchastkasi sizga meros qilib qoldirilgan umrbod (vaqtincha) foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lsa.

Bugungi kunda qonunchilikka muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va bo‘sh yer uchastkalarini auksion shakldagi elektron savdolarda mulk huquqi asosida sotib olish mumkin.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

04 Jan, 09:03


#BIZNING_MANZILLAR

📍Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Kitob tumani filiali

💼 Filial rahbari - Ixtiyor Yusupov

🏢Manzil: Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Mustaqillik MFY, Gulzor ko'chasi 2/75-uy

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, yerni xususiylashtirish shu va shu kabi sohaga doir murojaatlaringiz bormi ?

Sohaga doir murojaatlarga vakolat doirasida huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz.

☎️Murojaat uchun telefon: 95-506-34-24

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

04 Jan, 07:02


#XATLOV_2025

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Dehqonobod tumani hududi uchun reja-jadvali

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

04 Jan, 05:02


Uyning kadastr planini chizib bergani uchun kadastr xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lanadimi ?

Batafsil videoda!

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

04 Jan, 03:34


⚡️Ko‘chmas mulk tarixi

Hukumat qarori bilan DXM, my.gov.uz yoki davreestr.uz portali orqali “Ko‘chmas mulk tarixi”ga oid maʼlumotlarini aniqlash xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Bunda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan so‘rovnomada so‘ralayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami ko‘rsatiladi.

💰 Xizmat narxi - BHMning 50 foizi (187 500 so‘m)
🗓 Muddat - uch ish kuni

Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotda quyidagilar aks ettiriladi:

🔹obyektga nisbatan huquq turi va unga asos bo‘lgan hujjat;
🔹obyekt yoki yerning umumiy maydonlari;
🔹obyektning qurilgan yili.

‼️Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

03 Jan, 18:26


Ertaga, 4-yanvar — barcha uchun ish kuni

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq, erta 4-yanvar shanba kuni haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun ham ish kuni hisoblanadi.

Sababi aynan shu kun hisobidan 2-yanvar kuni qo‘shimcha dam olish kuni deb e'lon qilingan edi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

03 Jan, 09:01


#BIZNING_MANZILLAR

📍Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Dehqonobod tumani filiali

💼 Filial rahbari - Laliyev Ashir Egamberdiyevich

🏢Manzil: Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, Mirzo Ulug'bek ko'chasi 52-uy

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, yerni xususiylashtirish shu va shu kabi sohaga doir murojaatlaringiz bormi ?

Sohaga doir murojaatlarga vakolat doirasida huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz.

☎️Murojaat uchun telefon: 75-612-20-10

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

03 Jan, 07:01


Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

🔹Jismoniy shaxslarning yakka tartibda turarjoy qurish uchun berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar olish

Xizmati narxi - BHMning 1 baravari miqdori (375,000)

🔹Jismoniy shaxslarning noturarjoy obyektlari uchun berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar olish

Xizmati narxi - BHMning 3 baravari miqdori (1 125,000)

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

03 Jan, 05:01


#XATLOV_2025

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Chiroqchi tumani hududi uchun reja-jadvali

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

03 Jan, 03:30


Binolar va inshootlarga bo‘lgan xo‘jalik yuritish huquqi hamda operativ boshqarish huquqini belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

🔸davlat organlarining davlat tashkilotlarini tashkil etish hamda ularga binolar va inshootlarni xo‘jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqi asosida berish to‘g‘risidagi qarorlari;

🔸davlat organlarining yoki xo‘jalik boshqaruvi organlarining binolarni va inshootlarni davlat korxonalariga hamda muassasalariga berish haqidagi qarorlari;

🔸muassislarning o‘zi tashkil etgan muassasalarga binolarni va inshootlarni berish to‘g‘risidagi qarorlari.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

27 Dec, 12:32


Kadastr xizmatlari, raqamlashtirish, murojaatlar va arxiv ishi

Qashqadaryo Kadastrida 2024-yil sarhisobi


🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

27 Dec, 11:25


Qishloq xo'jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini xususiylashtirish xizmati

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara va meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish:

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Talab etiladigan hujjatlar:
jismoniy shaxslarda talab etilmaydi;
yuridik shaxlardan yuridik shaxsning yer uchastkasini sotib olish to‘g‘risidagi qarori (agar bu ariza beruvchi — yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lsa).

Xizmat ko‘rsatish muddati - 5 ish kuni;

Xizmat narxi:
BHMning 1 baravar miqdorida (375 000 ming so‘m);
my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,9 baravari (337 000 ming so‘m).

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

27 Dec, 07:06


⚡️Quyidagilar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar hisoblanadi:

🔹turar joy maydoniga ega bo‘lmagan yoki yashash uchun yaroqsiz uy-joylar (baraklar, vaqtinchalik uylar, avariya holatidagi uylar, yerto‘lalar) da yashovchi fuqarolar;

🔹har bir oila aʼzosi 16 kv.metrdan, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 23 kv.metrdan kam bo‘lgan turar joy bilan taʼminlanganlar;

🔹yotoqxonalarda, ishlab chiqarish va xizmat xonalarida yashovchilar, bundan mavsumiy va vaqtinchalik xodimlar, o‘qishlari sababli yotoqxonadalarga ko‘chib o‘tgan fuqarolar mustasno;

🔹qarindoshlik aloqalari bo‘lmagan ikki va undan ko‘p oila bo‘lib bir kvartirada yashovchilar;

🔹ayrim surunkali kasalliklarning og‘ir turlari bilan kasallangan fuqarolar;

🔹uy-joy ajratilayotgan aholi punktida kamida uch yil yashayotgan va ro‘yxatda turgan oilalar.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

26 Dec, 09:00


Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma‘lumotnomada quyidagi ma‘lumotlar aks ettiriladi:

🔹bino va inshootlarning joylashgan manzili;
🔹bino va inshootlarning kadastr raqami;
🔹bino va inshootlarning turar joy yoki noturar joyligi;
bino va inshootlarning umumiy maydoni;
🔹bino va inshootlarning umumiy yashash maydoni;
🔹bino va inshootlarning huquq egasi (egalari);
🔹bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
🔹bino va inshootlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
🔹cheklanish mavjudligi;
🔹bino va inshootlarning kadastr qiymati.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

26 Dec, 07:01


Ko‘chmas mulkni bo‘lish hamda uning yangi chegaralarini belgilash xizmati

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

🔖Arizaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - 13 ish kuni;

💰 Xizmat narxi:
🔹BHMning 1 baravar miqdorida
🔹my.gov.uz portalidan yuborganda BHMning 0,9 baravari

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

26 Dec, 05:00


⚡️Kadastr pasportining shakllari haqida bilasizmi?

Kadastr pasportining shakllari quyidagi turlar bo‘yicha belgilanadi:

▪️ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;
▪️yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;
▪️noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti;
▪️yer uchastkasining kadastr pasporti;
▪️qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti.


🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

26 Dec, 03:02


Turar joyning maydoni to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanuvchilar - jismoniy shaxslar;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - avtomatik;

Xizmat narxi - BEPUL

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

25 Dec, 12:45


#Qashqadaryo #yer_nazorati

Kadastr agentligining Koson tumani bo'limi tomonidan Nihol mahallasida o'rganish ishlari o'tkazilganida fuqaro hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 36,0 kv metr yer maydonini o’zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy tarzda qurilish qilganligi holati aniqlandi.

Qonunbuzarlikning huquqiy oqibatlari fuqaroga tushuntirildi.Olib borilgan ishlar natijasida holat ixtiyoriy bartaraf etildi

❗️Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar nisbatan ko'rib chiqiladi.

O'zingizga huquqiy jihatdan tegishli bo'lmagan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmang.

❗️ Unutmang yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

25 Dec, 11:02


SIZ UCHUN MAʼLUMOT

📗Kadastr yig‘majildi — obyektning ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan o‘tkazish va pasportlashtirish, maxsus tekshirish va tadqiqotlarning, sifat va qiymat jihatdan baholashning hujjatlari, materiallari va maʼlumotlari elektron jamlanmasi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

25 Dec, 09:00


⚡️Nafaqat binoga, balki yeriga ham egalik qiling !

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirishlari mumkin. Buning uchun
🖥 DXM yoki my.gov.uz portali orqali ariza beriladi.

📋Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga xususiylashtirishga monelik qilmaydigan barcha tomonlar tekshirilishi uchun yo‘naltiriladi.

✉️Tekshiruvlardan o‘tgach fuqaroga to‘lovni amalga oshirish, yaʼni xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi.

📑Xabarnoma orqali xususiylashtirish uchun to‘lovni amalga oshiradi va davlat orderiga ega bo‘ladi.

✍️Kadastr organlari tomonidan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

25 Dec, 07:01


BIZNING MANZILLAR !!!

📍Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Shahrisabz tumani filiali

💼 Filial rahbari - Qiyomov Sanjar Najmiddinovich

🏢Manzil: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, Xabarlik mfy, Chilonzor ko'chasi 18-uy

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, yerni xususiylashtirish shu va shu kabi sohaga doir murojaatlaringiz bormi ?

Sohaga doir murojaatlarga vakolat doirasida huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz.

☎️Murojaat uchun telefon: 75-522-15-89

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

25 Dec, 05:01


⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirishni rad etish uchun asoslar quyidagilardan iborat:

🔹yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarning mavjud emasligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkasiga nisbatan tugallanmagan sud ishlarining mavjudligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkalarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan qo‘yilgan taqiqning yoki belgilangan xatlovning mavjudligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkasini sotishga yoki boshqacha tarzda o‘zga shaxsga o‘tkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi;

🔹arizada noto‘g‘ri, bir-biriga zid bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan maʼlumotlar aniqlanganligi;

🔹xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymatini to‘lash ushbu Qonunda belgilangan muddatda amalga oshirilmaganligi yoki to‘liq amalga oshirilmaganligi.

Yer uchastkalarini xususiylashtirishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

25 Dec, 03:10


⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi

🔹Qonunchilikka muvofiq, хususiylashtirish subyektlariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat reyestrida ko‘rsatilgan maydon va chegaralar doirasida amalga oshiriladi.

Mazkur yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

24 Dec, 13:01


#Qashqadaryo_Kadastr

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi mutaxassisi va Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish shu'basi boshlig'i tomonidan Shahrisabz shahar hamda Shahrisabz tumanidagi kadastr filialida davra suhbati tashkil qilindi.

Unda filial xodimlariga O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq hamda Davlat kadastrlari palatasi raisining “Ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi uslubiy qo‘llanmani tasdiqlash haqida”gi buyrug'i talablari ijrosini ta'minlash maqsadida xatlov jarayonlarida korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik yuzasidan tushunchalar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

24 Dec, 11:02


BIZNING MANZILLAR !!!

📍Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Nishon tumani filiali

💼 Filial rahbari - Holatov Bobir Sevarqul o'g'li
🏢Manzil: Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, Paxtakor MFY, O'zbekiston ko'chasi, 44-uy

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, yerni xususiylashtirish shu va shu kabi sohaga doir murojaatlaringiz bormi ?

Sohaga doir murojaatlarga vakolat doirasida huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz.

☎️Murojaat uchun telefon: 75-220-01-28

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

24 Dec, 09:00


⚡️Uyim buziladimi ?

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki offlayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.


🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

07 Dec, 06:11


Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs vafot etgan taqdirda, egalik huquqi kimning nomiga eʼtirof etiladi ?

Javob:
- Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxs vafot etgan taqdirda, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi hamda yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi ushbu vafot etgan shaxs nomiga e’tirof etiladi. Bunda mazkur obyektga nisbatan merosni rasmiylashtirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq vorislik tartibida hal etiladi.

Huquqiy asos:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

07 Dec, 05:23


Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

❗️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 750 000 so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 625 000 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

#Foydali #Kadastr

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

06 Dec, 15:08


Конституция куни муносабати билан Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Qashqadaryo kadastr_press

06 Dec, 09:53


Farzandingizni yaxshi ko'rasiz-a

Unda bu videoni albatta ko'rishingiz kerak❗️

🔥 Yoqdi
👍 Yaxshi mavzu


Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

06 Dec, 04:58


Qashqadaryo viloyatida 15-noyabrdan 15-dekabr kuniga qadar "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda.

Mazkur oylik doirasoda Davlat kadastrlari palatasi Ko'kdala tumani filialida tadbir tashkil etildi.

Unda korrupsion jinoyatlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va manfaatlar toʼqnashuvi haqida ma'lumotlar berildi.

Xatlov jarayonida mehnat tartib qoidalarini buzmaslik yuzasidan xodimlar ogohlikka chaqirildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

06 Dec, 04:38


Yo‘qolgan kadastr pasporti qanday tartibda tiklanadi ?

- Buning uchun ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki my.gov.uz portalida (YAIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi.

Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

06 Dec, 04:25


Qomusimiz huquqlarimiz kafolati

🇺🇿Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega.

🇺🇿Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

🇺🇿 Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

🇺🇿 Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

📖 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 47-modda

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

05 Dec, 11:39


Kadastr boshqarmasida o'tkazilgan darsda talabalarga "UZKAD" tizimi haqida ma'lumot berildi

Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalarining dars soatlari Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida tashkil etildi.

Dars davomida kadastr ma'sullari  talabalarga "UZKAD" tizimi, uning imkoniyatlari, afzalliklari haqida va ayni kunlarda olib borilayotgan xatlov ishlari borasida ma'lumotlar berishdi.

Aytish kerakki, Kadastr boshqarmasida o‘quv mashg‘ulotlari uchun alohida xona ajratilib, kerakli jihozlar bilan ta’minlangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

05 Dec, 11:23


Aholi tomonidan kelayotgan ko‘p sonli murojaatlarni hisobga olgan holda dolzarb mavzular yuzasidan ovozli chatlar tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, navbatdagi muloqot Davlat kadastrlari palatasi Kitob tumani filialida o'tkazildi.

Unda filial rahbari va mas'ullar "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino-inshootlarga huquqlarni e'tirof etish tartibi" borasida ma'lumotlar berishdi.

Savollarga atroflicha javob qaytarildi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

05 Dec, 10:47


"Noturar ko'chmas mulkni boshqa shaxsga o'tkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish va unga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha kompozit davlat xizmatini ko'rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to'g'risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi 795-sonli qarori qabul qilindi.

🔹Mazkur maʼmuriy reglament yuridik shaxslar o‘rtasida noturar ko‘chmas mulkni butunligicha boshqa shaxsga o‘tkazishga oid ikki taraflama shartnomalarni rasmiylashtirish va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Noturar ko‘chmas mulkning hadya va renta shartnomalari bundan mustasno.

Qarorning to'liq matni bilan mazkur manbaa orqali tanishishingiz mumkin: https://lex.uz/pdfs/7246182

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

05 Dec, 09:53


#Qashqadaryo_viloyatida 15-noyabrdan 15-dekabr kuniga qadar "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri, Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida tashkil etildi.

Unda korrupsion jinoyatlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va manfaatlar toʼqnashuvi haqida ma'lumotlar berildi.

Xatlov jarayonida mehnat tartib qoidalarini buzmaslik yuzasidan xodimlar ogohlikka chaqirildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

05 Dec, 05:20


#Qashqadaryo_XATLOV

8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi

Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida Kukdala tumanida ham xatlov jarayonlari o'tkazilmoqda.

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mas'ullari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan xatlov ishlari nazoratdan o‘tkazildi.

O‘rganishda xatlov ishlariga jalb qilingan xodimlarning korrupsiya va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari, ish faoliyatlarini to‘g‘ri va xolis olib borishlari yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, ish jarayonlari alohida nazoratga olindi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

17 Nov, 09:01


G'ayrat Hamroyev Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan uchrashdi

🔹Videolarni tomosha qilish orqali batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin!

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

16 Nov, 08:03


Shahrisabz, Yakkabog' va Nishon tumanidagi xatlov jarayonlari ko'zdan kechirildi

Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Shomansurov kuni-kecha Yakkabog' va Shahrisabz tumanida o'tkazilayotgan xatlov jarayonlarini ko'zdan kechirdi.

O'rganishlar davomida Kadastr xodimlariga aholi xonadonlarida xatlov ishlarini olib borilish jarayonlarida korrupsiya, ta'magirlik, manfaatlar to'qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo'l qo'ymasliklari, shuningdek o'z vazifalarini mas'uliyat bilan bajarishlari to'g'risida ko'rsatmalar berildi.

Qashqadaryo viloyatida bo'lib turgan Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Shovkat Olimov esa boshqarma boshlig'i G'ayrat Hamroyev bilan birgalikda Nishon tumanida amalga oshirilayotgan xatlov jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

15 Nov, 15:22


Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari hamda tuman-shahar bo'lim va filiallarida shtablar tashkil etilib, joriy yilning 8-noyabridan joylarda xatlovlar boshlab yuborilgan edi.

Tasdiqlangan reja-grafik asosida Qashqadaryo viloyatidagi mahallarda ham kadastr muxandislari xonadonlarda ko'chmas mulklarni texnik inventarizatsiyadan o'tkazish ishlarini amalga oshirishmoqda.

Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari Shovkat Olimov, boshqarma boshlig'i G'ayrat Hamroyev bilan birgalikda Nishon tumanida amalga oshirilayotgan xatlov jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Xatlov davomida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokama etilib, mutaxassislarga bu yo‘nalishda tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

15 Nov, 04:45


DIQQAT E'LON ❗️❗️❗️

Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar

Aholining kadastr sohasi bo'yicha muammolarini hal qilish, ko'maklashish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Kitob tumani filiali tomonidan ochiq muloqot o'tkazilmoqda.

📍Manzil: Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Kitob tumani filiali binosi

🕔 Ochiq muloqot 18-noyabr kuni soat 11:00 da bo'lib o'tadi.

Aloqa raqami: 95-506-34-24

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

14 Nov, 14:12


Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i G'ayrat Hamroyev Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad, talabalarga kadastr sohasini har tomonlama yaqindan tanishtirish, ularning bu sohaga qiziqishlarini shakllantirishdan iborat boʻldi.

Tadbirda yurtimizda yoshlarga berilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan sharoitlar haqida soʻz yuritilib, ayni kunlarda olib borilayotgan xatlov jarayonlari haqida ham ma'lumot berildi.

Muloqot boshqarma boshlig'i va talabalar oʻrtasidagi savol-javob, fikr-mulohazalar bilan yanada qizgʻin tus oldi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

14 Nov, 11:48


O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni eʼtirof etish uchun fuqarolar qaysi tashkilotga murojaat qilishlari kerak?

- Fuqarolar hech qaysi tashkilotga murojaat etishlari kerak emas. Davlat idoralari fuqarolarga xizmat qiladi tamoyili asosida Kadastr agentligi tomonidan respublika bo‘yicha tumanlar va mahallalar kesimida yaʼni qaysi mahallada o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino inshootlarga nisbatan huquqlarning eʼtirof etilishini ko‘rib chiqilishi yuzasidan reja ishlab chiqiladi va mazkur reja asosida ishlar amalga oshiriladi. Bu reja OAV lar, ijtimoiy tarmoqlar hamda mahallalarda eʼlon qilinib boriladi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

14 Nov, 05:29


Eslatma:

⚠️Oʼzbekiston Respublikasining «Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksining 60-moddasi 3-qismiga asosan, O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish,

Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari,

⭕️Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʼladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

13 Nov, 18:14


#Bilib_Oling

💬Savol: Fuqarolar o’rtasidagi yer bilan bog’liq nizolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish kimning vakolatiga kiradi?

🖥 Javob: O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 89-moddasiga asosan yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi yer xususidagi nizolar sud tomonidan hal etiladi (ko’rib chiqiladi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

13 Nov, 03:49


Huquqlarni e’tirof etish shartlari qanday?

❗️ Qonunda huquqlarni e’tirof etishning asosiy shartlari ham aniq belgilangan bo‘lib, Ko‘chmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:

🔹 yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan bo‘lishi;

🔹 yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;

🔹 yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi;

🔹 muhofaza zonalarida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi;

🔹 bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud bo‘lsa);

🔹 har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investisiya majburiyati bajarilganligi, shirkat a’zosi hisoblanishi va boshqalar).

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

12 Nov, 10:02


Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bosh mutaxassislari tomonidan Qarshi shahri hamda Qarshi tumani filiali xodimlari bilan suhbat olib borildi.

Unda korrupsion jinoyatlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va manfaatlar toʼqnashuvi haqida ma'lumotlar berildi.

Xatlov jarayonida mehnat tartib qoidalarini buzmaslik yuzasidan xodimlar ogohlikka chaqirildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

12 Nov, 04:30


Hududlarda Kadastr xatlovi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

11 Nov, 16:31


#KADASTR_XATLOVI

Qashqadaryo viloyatidagi 20 ga yaqin mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda!

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

11 Nov, 09:32


Qashqadaryoda xatlov davom etmoqda!

8-noyabrdan Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi.

Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida KADASTR XODIMLARI viloyatning qator hududlarida xatlov ishlarini olib borishmoqda.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

11 Nov, 07:10


Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirma va kadastr pasportni tekshirish

📃 Xizmatni ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar:
Talab etilmaydi

👆Ariza beruvchi YIDXP(my.gov.uz)da ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.

🫂 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar

Xizmatni ko'rsatish muddati:
Avtomatik tarzda

Xizmat narxi
Bepul

🔖 Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi ““Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 424-son qarori

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

11 Nov, 05:45


937-qonun haqida  bilishingiz muhim

🗓 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kiruvchi "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun haqida bilishingiz muhim boʻlgan alohida jihatlar qisqa maʼlumotlarimizda berib boramiz.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

10 Nov, 04:58


#DIQQAT_MUHIM

Qonun kuchga kirib, ayni kunlarda kadastr xodimlari mahallarda xatlov ishlarini olib borishmoqda.

Aytish kerakki, huquqlarning e’tirof etilishi fuqarolarning hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O'zingiz yashab kelayotgan uy-joyiningizni qonuniy rasmiylashtirib olish, boshqa shaxsga sotish, uyingizni ta’mirlash yoki qo‘shimcha qurilish qilish uchun imtiyozli kreditlar olish kabi qator yengilliklar shular jumlasidandir.

Kadastr xodimlari xonadoningizga borganida xatlov ishlarini o'tkazish uchun xodimlarimizga imkoniyat yaratishingizni so'raymiz. Ze'ro— Kadastr xatlovi aholi manfaatlari yo'lida.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

09 Nov, 11:10


Kadastr filialida ochiq muloqot

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Shahrisabz shahar filiali rahbari boshchiligida ochiq muloqot tadbiri o‘tkazildi.

Aholi hamda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan kadastr masalasidagi murojaatlari yechimi yuzasidan choralar ko‘rish, shuningdek bugungi kunda hukumatimiz tomonidan sohaga oid qabul qilinayotgan Qaror va Farmonlarning mazmun mohiyati bo‘yicha kerakli tushunchalar berish maqsadida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan ochiq muloqot tadbirlarida aholi roziligiga erishish maqsad qilingan.

Tadbirlar davomida fuqarolarning sohaga oid murojaatlari o‘rganildi. Kelib tushgan murojaatlarni qonun doirasida ijobiy hal qilish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

08 Nov, 16:44


Xatlov 1-kun.

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining tuman, shahar filiallarida faoliyat olib borayotgan kadastr xodimlari viloyatning 16 ta mahallasida xatlov ishlarini boshlashdi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

08 Nov, 11:59


Qashqadaryoda xatlov boshlandi!

Bugun, 8-noyabrdan Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi.

Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida KADASTR XODIMLARI viloyatning qator hududlarida xatlov ishlarini olib borishmoqda.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

08 Nov, 10:35


Qashqadaryo kadastrida ma'naviyat va ma'rifat soati! 

Xodimlarimiz davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etib kelinayotgan navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etishdi.

Haftaning har juma kunida tashkil etilayotgan "Siyosiy-ma'rifat soati" yurtimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarning mohiyatini xodimlarga keng va batafsil tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

07 Nov, 22:58


#QASHQADARYODA Bugundan xatlov ishlari boshlanadi

«O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonun rasman kuchga kirdi. Bugundan hududlarda xatlov ishlari boshlanadi.

Mas'uliyatli ish oldidan Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida yaxshi niyatlar bilan, dastlab jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilindi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

07 Nov, 14:43


Ertadan hududlarda xatlov boshlanadi

Ertadan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun rasman kuchga kiradi va hududlarda xatlov ishlari boshlanadi.

Xatlov ishlari boshlanishi munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida G'ayrat Hamroyev boshchiligida yig'ilish o'tkazildi.

Unda boshqarma boshlig'i Qonun ijrosini amalga oshirish uchun reja-jadval asosida mahallallarga borish, joylarda dastlabki xatlov ishlarini sifatli boshlash yuzasidan mas'ul xodimlarga tushunchalar berdi.

Shuningdek yig'ilishda filiallarni moddiy-texnika bilan ta'minlash, ijro intizomini buzmaslik hamda korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik kabi mavzularda zaruriy topshiriqlar ham berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

07 Nov, 10:15


Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Shahrisabz tumani filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shahrisabz tumani filiali xodimlari tomonidan "Oq oltin", "Xujaxuroson", va "Maktobod" mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma‘lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Shahrisabz tumani filialiga 200 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

07 Nov, 09:33


Kadastr agentligining Shahrisabz shahar bo'limi tomonidan Yashil diyor mahallasida nazorat tadbiri o'tkazilganida fuqaro hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 0,115 gektar yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, qurilish ishlarini amalga oshirgani holati aniqlangan.

Noqonuniy holat yuzasidan ogohlantirish xati berilgan bo'lishiga qaramay fuqaro noqonuniy qurgan qurilishini bartaraf etmagan.

Shundan so'ng Shahrisabz tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan noqonuniy qurilma majburiy tartibda bartaraf etildi

❗️Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar nisbatan ko'rib chiqiladi.

O'zingizga huquqiy jihatdan tegishli bo'lmagan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmang.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

07 Nov, 08:29


Korrupsiyaga qarshi kurashish davr talabi

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bosh mutaxassislari tomonidan Shahrisabz shahri va tumani, Yakkabog' va Kitob tumani bo'limlari hamda filiallarida davra suhbati tashkil etildi.

💬 Suhbat jarayonida, xodimlarga “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga toʻxtalib oʻtilidi.

Uning ijrosini amalga oshirish jarayonida kadastr xodimlarining ta’magirlik, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

07 Nov, 06:19


Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Yakkabog' tumani filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Yakkabog' tumani filiali xodimlari tomonidan "Yangi hayot", "Mevazor", "Samoq", "Darxon", "Sovuqbuloq" va "Eski Yakkabog'" mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma‘lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Yakkabog' tumani filialiga 500 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

06 Nov, 11:31


Kadastr pasporti necha kunda tayyorlab beriladi?

Mavzu sizga qiziqmi? Unda videoni ohirigacha tomosha qiling!

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

06 Nov, 08:31


KADASTR MANZILLARI !!!

📍Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining YAKKABOG' tumani filiali

💼 Filial rahbari - Turdiyev Uyg'un Toxirovich

🏢Manzil: Qashqadaryo viloyati, Yakkabog' tumani, A.Temur ko'chasi 11-uy.

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, yerni xususiylashtirish shu va shu kabi sohaga doir murojaatlaringiz bormi ?

Sohaga doir murojaatlarga vakolat doirasida huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz.

☎️Murojaat uchun telefon: 75-582-22-47

🇺🇿 telegram | instagram | facebook

Qashqadaryo kadastr_press

06 Nov, 08:14


Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов иштирокида брифинг

Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаларига ҳамда уларда қурилган бинолар ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш юзасидан 2024/2025 йилларда хатловдан ўтказиладиган маҳаллалар режа-жадвали ва “ЭЪТИРОФ” дастури ҳақида маълумот
.

Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube

Qashqadaryo kadastr_press

06 Nov, 07:12


🔝 Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаларига ҳамда уларда қурилган бинолар ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш юзасидан 2024/2025 йилларда хатловдан ўтказиладиган маҳаллалар режа-жадвали ва “ЭЪТИРОФ” дастури ҳақида

АОКАда Кадастр агентлиги ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов иштирокида брифинг бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали томоша қилишингиз мумкин:

🎥 Брифинг
〰️〰️〰️〰️〰️〰️

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Qashqadaryo kadastr_press

06 Nov, 06:52


Video. Samarqandga sayohat!

Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda uning tuman, shahar filiallarida faoliyat olib borayotgan xodimlar Samarqand shahriga sayohat qilishdi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

24 Oct, 03:56


Fuqarolarning bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylariga bo‘lgan mulk huquqini hamda ular egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

• fuqaro bog‘dorchilik va uzumchilik shirkati a’zosi bo‘lsa;

• mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

• mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

• mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshoatlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

24 Oct, 02:56


❗️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim!

Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

23 Oct, 11:01


#KADASTR #OAV #Muloqot

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Qarshi shahar filiali mas'ullari Qashqadaryo telekanalining MULOQOT ko'rsatuvida ishtirok etishdi.

Xodimlarimiz jonli efirda sohaga doir savollarga javob berishdi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

23 Oct, 09:47


Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Qarshi shahar  filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Qarshi shahar filiali xodimlari tomonidan  "A.Temur", "Nasaf" va "Mag'zon" mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma‘lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Qarshi shahar filialiga 700 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

23 Oct, 05:30


​​O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (30.09.2024 y.) “Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatorini amalga kiritish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 614-sonli qarori

◽️ Usbu qarorga asosan 2025-yil 1-yanvardan quydagilar tatbiq qilinadi

yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadi har bir hududiy zona uchun joylardagi tegishli tuman (shahar) hokimliklari tomonidan shaharsozlik reglamentlari talablariga muvofiq belgilanadi va Davlat shaharsozlik kadastri maʼlumotlarida aks ettiriladi;

▪️yer uchastkasida nima ruxsat etilgan foydalanishning asosiy yoki shartli ruxsat etilgan turi Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga bu haqidagi maʼlumotlar kiritilgan kundan boshlab belgilangan hisoblanadi;

▪️yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritilmaydi va hududni funksional zonalashtirilishini belgilovchi shaharsozlik hujjatlari tasdiqlangan kundan boshlab belgilangan hisoblanadi;

Qaror 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

23 Oct, 04:02


O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda undagi bino va inshootlarga bo‘lgan ijara hamda mulk huquqi xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroridan norozi bo‘lgan shaxslar ushbu qaror ustidan sudga qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat qilishi, prokuratura va adliya organlari esa qarorni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudga ariza (shikoyat) berishi mumkin.

Manba:
O‘RQ-937-son, 3-modda

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

23 Oct, 03:30


KADASTR MANZILLARI !!!

📍Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Chiroqchi tumani filiali

💼 Filial rahbari - Safarov Zokir Qodirovich

🏢Manzil: Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Mustaqillik ko'chasi 19-uy

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, yerni xususiylashtirish shu va shu kabi sohaga doir murojaatlaringiz bormi ?

Sohaga doir murojaatlarga vakolat doirasida huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz.

☎️Murojaat uchun telefon: 75-562-18-31

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

22 Oct, 11:21


❗️Qarshi tumanida yerga oid qonunbuzarlik holati bartaraf etildi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

22 Oct, 09:05


#Qashqadaryo_Kadastr

Davlat kadastrlari palatasi Shahrisabz tuman filiali xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig'ilishda sohada aniqlangan korrupsion holatlar va bu kabi holatlarni oldini olishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirish borasida qilinayotgan ishlar hamda xodimlarni bunday noqonuniy holatlardan batamom voz kechishi kerakligi boshqarma mas'ullari tomonidan qat’iy ta’kidlandi.

📃 Shuningdek, 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati xodimlarga tushuntirilib, mazkur Qonun talablaridan chetga chiqmagan holda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlarni ko‘rib chiqish (xatlov) jarayonida noqonuniy xatti-harakatlarga yo'l qo'ymaslik to'g'risida ko'rsatmalar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

22 Oct, 06:18


Kadastr filialida ochiq muloqot

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Shahrisabz tumani filiali rahbari boshchiligida ochiq muloqot tadbiri o‘tkazildi.

Aholi hamda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan kadastr masalasidagi murojaatlari yechimi yuzasidan choralar ko‘rish, shuningdek bugungi kunda hukumatimiz tomonidan sohaga oid qabul qilinayotgan Qaror va Farmonlarning mazmun mohiyati bo‘yicha kerakli tushunchalar berish maqsadida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan ochiq muloqot tadbirlarida aholi roziligiga erishish maqsad qilingan.

Tadbirlar davomida fuqarolarning sohaga oid murojaatlari o‘rganildi. Kelib tushgan murojaatlarni qonun doirasida ijobiy hal qilish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

22 Oct, 05:49


KADASTR MANZILLARI !!!

📍Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining  Shahrisabz shahar filiali

💼 Filial rahbari - Ismoilov Yashin Yakubjonovich

🏢Manzil: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri , Xabarlik mahallasi, Chilonzor ko‘chasi.

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, yerni xususiylashtirish shu va shu kabi sohaga doir murojaatlaringiz bormi ?

Sohaga doir murojaatlarga vakolat doirasida huquqiy tushuncha va amaliy yordam berishga tayyormiz.

☎️Murojaat uchun telefon: 75-522-15-81

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

22 Oct, 03:48


"O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, egalik huquqini eʼtirof etish bir qator talablarga javob berishi lozim.

Manba:
O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

21 Oct, 10:51


Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Сhiroqchi tumani filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Chiroqchi tumani filiali xodimlari tomonidan  "Dodiq", "Jar" va "Qahramon" mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma‘lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Сhiroqchi tumani filialiga 300 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook

Qashqadaryo kadastr_press

21 Oct, 09:07


✏️Til – millat ko‘zgusi

1989-yilning 21-oktabr kuni davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash boʻyicha “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinib, unga koʻra Oʻzbek tiliga — Davlat tili maqomi berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook