Aliy ibn Vohid @aliyibnvohid2023 Channel on Telegram

Aliy ibn Vohid

@aliyibnvohid2023


Maxfiy ilm tomon yo’l…

Aliy ibn Vohid | Blog (English)

Welcome to Aliy ibn Vohid's Blog! This Telegram channel is dedicated to sharing insightful articles, tips, and inspiration on a variety of topics. Aliy ibn Vohid, the founder and writer behind this blog, is a passionate individual who believes in making a positive impact through words. With a focus on personal development, lifestyle, and creativity, Aliy ibn Vohid's Blog offers a refreshing perspective on life. Whether you're looking for motivation to reach your goals, advice on self-improvement, or simply a good read, this channel has something for everyone. Join the community of like-minded individuals who are on a journey of growth and discovery. Stay updated with the latest posts and engage in meaningful discussions with fellow readers. Don't miss out on the opportunity to be inspired and empowered. Follow Aliy ibn Vohid | Blog today and start your journey towards a better version of yourself!

Aliy ibn Vohid

24 Jan, 13:12


Robingga qarab: “Mening buyuk dardim bor” — dema, dardingga qarab: “Mening buyuk Robbim bor”— degin…

Jaloliddin Rumiy

Aliy ibn Vohid

24 Jan, 07:19


Ислоҳ
 
Билардим, ҳар нени кузатар Аллоҳ,
Фаришталар котиб, ҳар ён қўриқчи.
Одамлар ҳам танқид қиларди ҳар гоҳ,
Ҳатто таъқибимда қанча айғоқчи.
 
Аммо тузалмадим, ўзгармадим, оҳ,
Асл қилмишларим бўлмади канда.
Мен фақат ўзгардим ва топдим ислоҳ
Ўзимга ўзимни соқчи қўйганда.

Ҳусайнхон Яҳё Абдулмажид

Aliy ibn Vohid

23 Jan, 16:31


Asl go’zallikni qalbi go’zal insonlar ko’ra-oladi…

Aliy ibn Vohid

23 Jan, 01:26


Sog’inchlarim qadar visol yaqin…
InshaAlloh borgum bir kuni yetib..
Ojiz, faqir qalbim turganda horgin,
Menga ham suv bering ya Habibulloh…

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

23 Jan, 01:24


Tushlarimga kiring deya olmaydigan darajada ojizman,
Ko’zlarim namlikda cho’kgancha mag’firat so’rarman…

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

22 Jan, 10:05


Birgina ta’rif “sog’inch

Aliy ibn Vohid

21 Jan, 14:06


Ushbu video tasvirni ko’rib, bir paytni o’zidayoq ikki hisni his qildim: biri hursand qilsa, biri qayg’uga soladi…
Hursand qilgan tarafi Ramazonni eslatgani va Ramazon yaqin qolgani bo’lsa, qayg’uga solgani ustozlarimizdan birlari ya’ni “Yorqinjon domla” rohimahullohni yonimizda emasliklari bo’ldi…

•Ba’zida shunday insonlar bizga ne’mat o’laroq berilgan bo’ladi, lekin ularni asl qadrini yoʼqotganimizdan keyin bilishimiz achinarli…

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

21 Jan, 05:59


“ Qalblar o’z egalarining uylaridir. Agar ularni qoqmoqchi bo’lsangiz, ohista cherting! ”

Hz. Aliy رضي الله عنه

Aliy ibn Vohid

20 Jan, 15:15


Tanishing bu ishq, bizni ojizona qalb daftarimiz…


•sizning ham qalb daftaringiz bormi?

Aliy ibn Vohid

19 Jan, 19:06


Hislarim bayon qilsam,
Bu dunyoga sig’masmi bilmam…
——————
Bir tarafda go’zal ne’mat,
Bir tarafda ishq, azimat…
——————
Aliyni ko’ngli yona,
Hamrohdir bir parvona…

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

19 Jan, 16:04


Toqqa chiqsa kul aylar,
Ko’ngillarga yo’l aylar,
Sultonlarni qul aylar,
Jurratlidir ishq…

Aliy ibn Vohid

12 Jan, 15:19


Iltijo…

Aliy ibn Vohid

10 Jan, 12:34


Senga musiybat bo’lib ko’ringan narsalarni aslida ne’matligini his qila boshlagan kuning, Robbinga yanayam yaqinlashayotganingni anglaysan!

Bu qanday ishq bo’ldiki mashaqqati ham rohat:)

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

09 Jan, 17:08


Agar Alloh istasa seni islom bilan Aziz qiladi, xatto arzimas bo’lsang ham dunyo shayxlarini, Allohni valiylarini, solihlarni ziyoratinga burib qo’yadi!

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

08 Jan, 09:48


Gar tikan botsa oyoqqa, begumon
Tizzaga olgung oyoqni shul zamon.

Igna birla chiqmasa ul bir yo’la,
Lab bosib, olmoq bo’lursan tish ila.

Bas, tikan botsa oyoqqa, bul azob,
Dilga sanchilsa, ne bo’lg’ay, ber javob?

Aliy ibn Vohid

06 Jan, 16:25


Aytishlaricha Hiroyimizni hali ham izlab yurganlar bor ekan 🌚

Marafon shu👇 kanalda davom etyabdi!

https://t.me/+iYafkDTPlVM5NTNi

Aliy ibn Vohid

03 Jan, 15:19


Yangi uy, yangi maqsad, yangi his ( ishq ), yangi niyyat.

Niyyatni yangilab turishni unutmang, chunki “
إِنَّمَا الْأَعْمَالُ بِالنِّيَّاتِ ”.
© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

03 Jan, 05:38


Ishq yo’li
© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

02 Jan, 18:34


Raziliklarni koʻrib, gʻazablansak profilimizni suratini o'zgartirdik. O'zimizga turtki berib, qamchilash uchun hesh-teglar bilan soʻzlar yozdik, tarmoqqa joyladik. So'ngra yana hech narsa bo'lmagandek inimizga kirib oldik.

Bitta ayol uchun qo'shin tortib borganimizda unutdik…

O'shanda bir muslima ayol “essiz Islom, essiz…” deb baqirgan edi. Musulmonlar halifasi “Labbay… Senga shunday qo'shin jo'natdamanki, boshi mening huzurimda bo'lsa, oxiri sening huzuringda bo'ladi” deb uni himoya qilgan edi.

Bir muslima ayol baniy Qayniq’o ( yahudiylar ) qalasiga kirganida bir yahudiy uning boshidagi ro'moldan tortib tushirgan, uning boshi ochilib qolgan edi, shunda muslima ayol “essiz islom, essiz Muhammad…” deb baqirgan edi. Shunda Rosululloh sollollohu alayhi vasallam yahudiylarni Madinadan surgin qilgan edilar.

Bugun ko'z o'ngimizda bir ozod ayol xorlansa isterij’o aytib o'tiradigan ummatga aylanib qoldik…

Umar roziyallohu anhu o'z voliysi qo'lida bir nasroniyni xorlanganiga rozi bo'lmagan edi.
Musulmonlar islomga amal qilib yashashgan davrda xorlik nimaligini bilishmagan edi. Hatto nasroniylarga qilingan adolatsizlikka qarab turishmagan.
Bizga bugun farqi yo'q…
Atrofimizda musulmonlar azoblanyapti, o'ldirilyapti. Biz esa “menga nima” deb o'tiribmiz!

Bir paytlar bizning xalifamiz Madinada turib: “Iroqdagi qoqilgan tuya uchun qanday javob beraman, Alloh yo'llarni nega tuzatmading, ey Umar desa nima deyman?” deb yig'lagan.
Biz buni unutdik…

Lekin, bir narsaga umidim bor, hali ummatni ichida uygʻoq qalb egalari bor, hali hammasi tugamadi. Bir kun kelib yana Islom g'alaba qilishga ishonaman. O'sha uygʻoq kishilar maktubimizni o'qib turgan siz bo'lishingizga umid qilaman…

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

30 Dec, 15:01


Odatda insonlar ne’matni qadiri uni yo’qotgandan keyin bilishadi. Lekin odam bolasi borki ne’matni avvalidan shukrini ziyoda qilsa, Alloh unga ne’matni yanada ziyoda qilib beradi.

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

27 Dec, 14:36


Alhamdulillah
Qo’limizdan nima ham kelardi? deganlarga aytamiz: “hayr Allohdan, Uning izni bilan hayrli ishlarni qilish sharafiga erisha olamiz, biz qo’limizdan keladiganini imkon qadar qilishga himmat ko’rsatishimiz lozim. Bularni hammasi duo, ihlos, niyyat va amal bilan bo’ladi inshaAlloh”

Hayrli qadamlarning, ilk qadami deb umid qilamiz, Alloh taolo davomiy qilsin.

Amin
© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

27 Dec, 10:14


#sheriyat

Бошладим

 
Қачонки мен Сендан сўзлай бошладим,
Ўзим унутганим эслай бошладим.

Айбнинг ҳаддини билдим шу онки,
Айбни ўзимга тўнкай бошладим.

Ўзгани ўнгламоқ бўлдим, чап кетди,
Энг ўнги ўзимни ўнглай бошладим.

Сўзингни ўзимга ўнгладим, куйдим,
Ўзимни Сўзингга ўнглай бошладим.

Ўзимни истадим, топдим шу дамки,
Ўзимдан Ўзингни излай бошладим.

Қабрга ҳозирлик кўришлик учун
Вужудим қабрда англай бошладим.
Ўзимдан ўзимга улуш қолганча
Ўзингдан ҳайдадинг, бўзлай бошладим.

Мен борми, Сен йўқсан, Сен борми, мен йўқ,
Сени деб, "мен"имни илғай бошладим.

Яшашчун курашиб, яшай олмагач,
Ўзимни ўлдирдим, яшай бошладим.

Ўзимдан ўтганин ўзим билдиму,
"Ўзимдан ўтди" деб, йиғлай бошладим.
 

Ҳусайнхон Яҳё Абдулмажид

Ражаб 16, хижрий 1440 йил.

Aliy ibn Vohid

27 Dec, 10:06


Ustoz izidan…

Aliy ibn Vohid

26 Dec, 19:58


Odatda maqtanishni yoqtirmayman, lekin maqtansam shu ukalarim, birodarlarim bilan maqtanaman…

Ularning hammasi shunchaki oddiy odam emas, bular Allohni hos bandalari: ular tirik qur’on- hofizlar
Fahrlanadigan insonlarim bo’lsa shu hofiz ukalarim bilan fahrlanaman.

Qohira. Hijriy 1446yil. 25 Jumadis soni
© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

26 Dec, 13:19


Кеча ва бугун.

•Кеча хар нарсанинг энг яхшиларини олардим, бугун борига қаноат қилишни ўргандим.
•Кеча тенгқурларим билан кўпрок сухбат қурардим, бугун кексаларга қулоқ тутгим келади.
•Кеча юз йил яшайдиган одамдек юрардим, бугун гуё умримнинг сунгги кунларини кечираётгандекман.
•Кеча насиҳат қилардим, бугун ибрат кўрсатишга интиламан.
Кеча одамларни танкид қилардим, бугун уларни рағбатлантирадиган бўлганман.
•Кеча илмим зиёда бўлишига қизиқардим, бугун борига амал қилишга уриняпман.
•Кеча кўнгилни колдиришдан сира оғринмасдим, бугун кўнгил ололмаётганимдан задаман.
•Кеча хато қилишса, жазолардим; бугун тузатишларига имкон бергим келади.
•Кеча бировнинг жонига тегиб хазиллашишга рағбатим бор эди, бугун бировнинг шанини тўка-диган хазиллардан нафратланаман.
•Кеча инсонларга ишонардим, бугун юрагимни факат Аллоҳга очаман.
•Кеча мени унутганларни эслаб ўкинардим, бугун мени эслаб яшайдиганларни ҳам унутиб қуяётгандекман...
•Кеча бўш вақтимда қиладиган ишларим режасини тузардим, бугун уларни амалга ошириш учун вақт қидиряпман.
•Кеча олимларнинг илмига хавас қилардим, бугун тақводорларнинг амалига мафтунман.
•Кеча Аллоҳдан сўрардим, бугун эса Унинг олдида сўралишим ҳақида ўйлайман.
•Кеча соғиниб яшашни билардим, бугун соғинтириб, узоқлашадиган бўлганман.
•Кеча билганларимни бошкалар ўргансин, дердим; бугун бошқалардан нима ўргансам бўларкан, дейман.
•Кеча ранжитишса, узим хисоб-китоб қилиб олардим, бугун хаммасини Ҳаққа топшириб кетавераман.
•Кеча яшашим кераклигини билардим, бугун ўлим
муқаррарлигини англаганман!

©қалбим сўзлари

Aliy ibn Vohid

22 Dec, 12:13


Garchi u zot ﷺ hayotda ko’rmagan bo’lsam ham, Rosulullohni juda sog’indim…

Rosululloh ﷺ ning dunyodan o’tganlari oldidagi musiybat oldida menga boshqa musiybatlar musiybat bo’lmay qoldi…

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

21 Dec, 15:35


Senga osiylik qildim, meni satr qilding...
Seni unuttim, menga eslatding...
Senga g’azab qildim, menga rahm qilding...
Sendan o’zga biror iloh yo’q, sen pokdirsan, albatta men zolimlardan bo’ldim...

Aliy ibn Vohid

06 Dec, 17:18


Fikrlarni bo’sh bo’lganingizni o’qib chiqib, g’oyibona duolaringizda marafonishtirokchilarni eslab qo’ying!

• Yodingizda bo’lsin hammasi Allohni fazli bilan bo’ldi! Alhamdulillah:)
© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

06 Dec, 17:04


•Alhamdulillah

Nafsga qarshi 40 kun marafonimizni 4-mavsumini inshaAlloh muoffaqiyatli yakunladik!

-Izohlarga marafon haqidagi fiklarni tashlab qo’yamiz…

Aliy ibn Vohid

06 Dec, 04:52


*xoslangan eslatma, ilindim

#tolibadan
© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

06 Dec, 03:48


Zaynab roziyallohu anho uylarini tark qilganlarida  Abu Os roziyallohu anhu sevgilarini shunday tilga keltirganlar: Ketma Jannatimning eshigi…

*qitmirlik))

#tolibadan
© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

05 Dec, 17:16


Kasal bo’lganingizda sizni davolay oladigan mohir shifokor bo’lishi va har qanday vaziyatda ham murojaat qila oladigan ustozingiz bo’lishi - bu dunyodagi eng katta ne’matlardan hisoblanadi…

#tolibadan
© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

05 Dec, 13:19


#kichikqiroat

Voice: Nur Muhammad
Shirinligidan qalblaringiz erib ketsin:)

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

04 Dec, 18:23


Qachonki Alloh senga yangi boshlanishni bersa , eski xatolarni takrorlama.

#tolibadan
© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

04 Dec, 03:10


Kimdir toshga qoqilib butun dunyoni la'natlaydi, kimdir toshga qoqiladigan oyog'iga Allohga shukr qiladi.

*Tengmi?

#tolibadan
© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

03 Dec, 17:08


Ishq - tilingdan chiqishga jasorati yetmagan so’zlarning qalbingda bo’ronlar ko’tarmog’idir.

Aliy ibn Vohid

03 Dec, 16:45


Ishq degani yo Allohdan kelsin.
Yo Alloh uchun bo'lsin.
Yo Allohga olib borsin.
Bundan boshqa ishq yerga komilsin...

Jaloliddin Rumiy

Aliy ibn Vohid

03 Dec, 15:23


Iffat shunday narsaki, faqatgina yashirsang ko'rinadi...

Aliy ibn Vohid

03 Dec, 14:38


Sal uzunroq post yozsangiz ko'pchilik o'qimasdan o'tkazib yuboradi. "O'hho', buni qanchada o'qib chiqaman?" deb o'tib ketaveradi. Buni yozgani qancha vaqt ketganini qizig'i yo'q. Ozgina g'ayrat qilganlar oxiriga tushib muallifini o'qib qo'yadi. Hozirgi odamlar ancha zukko bo'lib ketgan, sarlavha bilan muallifini ko'rib postni tushunib bo'lishadi. Bu odamning tushunchasi qanaqa, yozish uslubi, hatto qaysi manbalardan dalil keltirishlarigacha bilishadi. Zamondoshlarimiz qisqa bo'lsa-yu o'ta kuchli gap bo'lsagina "erinmasdan" o'qishadi. Gap sal cho'zilib ketsa, tamom, boshqasiga o'tib ketiladi. Shuning uchun ham hozir kitoblar kam o'qilyapdi. Internetda oltita gapni o'qigani erinadigan odamlar katta-katta dostonlarni umuman qo'liga olmaydi. Kitobning nomi ham uzunlik qiladi, ko'pchilikka))

*nima deysizlar🤔

#tolibadan
© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

03 Dec, 10:43


Muammolaringiz bilan hech kimning ishi yo’q. Tamam

Ikki haqiqat bor. Biri, inson atrofidagilar e'tiborida bo'lishni, kimdir tomonidan tan olinishni, doim o'zi tomon simpatiya his qilib turishni istashi tabiiy. Bu inkor qilib bo'lmas instinkt. Instinktlar esa tabiiy sodir boladi, odamlarning iliqligini esa majburan qo'zg'atib bo'lmaydi.

Ikkinchi haqiqat - hech kimni ishi yo'q. Tushuning axir, siz "status"ingizda hayot qanchalar sizga beshafqat ekanligi, do'stingizni xiyonatini butun umr kechirmasligingiz, bechora ahvolingiz va hokazolarni hech kimga qizig'i yo'q aslida. Hammani muammosi o'ziga yetarli. Haqiqatan ham, biror odam bormi shunaqa narsala yozib muammolari hal bo'lgan yoki hayoti go'zallashib ketgan? Bu faqatgina vaqtincha e'tiborni tortish uchun ishlashi mumkin.

Hayotta yashang, statuslarda emas. E'tibor kerakmi, e'tiborli bo'ling. Soxta e'tibor istab, atrofingizga soxta insonlar yig'mang. Undan ko'ra o'zingizdan aqlli odamlar suhbatida bo'ling, ulardan hayotiy va amaliy maslahat oling.

#tolibadan
© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

02 Dec, 14:31


Mo’min kishi Qur’on o’qib taffakur qilmas ekan, uning ruhiy quvvati zayiflashib boraveradi…

• Taffakur qilishning eng yahshi usullari bu munojod, qiyomul laylda qoyim bo’lish, qur’on tilovati, kitob mutolaa qilish va tabiyatga nazar solishdir.


*sizlarga ushbu kitobni o’qishni tafsiya qilaman, agar kitob ichiga sho’ng’iy olsangiz u sizni taffakur ummoniga g’arq qiladi…

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

02 Dec, 03:00


Yaxshi gumondagi inson oladigan 10 foyda:

1. Stressdan uzoqlashadi. O'zini baxtli his qiladi.
2. Jismoniy va ruhiy sog'lig'ini asraydi.
3. Holatni obyektiv baholay oladi.
4. Boshqalarga negativ tarqatmaydi.
5. Aksincha, odamlarni o'ziga jalb etadi.
6. Aqlan va ruhan tez ulg'ayadi. 'Emotional intelligence'i yuqori bo'ladi.
7. Insonlarga bo'lgan ishonchi sinmaydi.
8. Munosabatlarini tez yaxshilaydi va yangi rishtalarni oson quradi.
9. O'z kamchiliklariga ko'proq ahamiyat beradi.
10. Odamlar haqida yaxshi gumon qilgan biri, Robbisi haqida ham chiroyli gumon (حسن الظّن بِالله)dadir.

#tolibadan
© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid

02 Dec, 02:47


Boshqalarning ayblari bilan emas, o'zining kamchiligi bilan mashg'ul bo'lganni Alloh yorlaqasin.
Vallohi oynangizdagi changlarni arting
-tog’larning haybati
-dengizning baliqlari
-gulning xushbo’y ifori
-quyoshning nur sochishi
-oyning ziyosiyu yulduzlarning yonishi va hokazo
Aql idrok egalari uchun hammasida bir ishora bor Alloh qalbingizga go’zalliklar to’ldirsin
🌸

#tolibadan
© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

22 Nov, 06:06


Ba’zi kitoblar bu dunyo tashvishlaridan uzilib , Jannatni hayol qilish uchun yozilgan …📖💓

#tolibadan
© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

20 Nov, 13:44


هو رب المستحيل و انت تبكي على الممكن .

U ilojsiz ishlarning robbisi , sen esa
mumkin ishlar uchun yig'layapsan !

#tolibadan
© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

19 Nov, 14:16


Abu Zar G‘iforiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Bir kuni: “Yo Rasululloh, menga nasihat qiling” dedim. U zot: “Allohga taqvo qil! Chunki barcha ishlarning boshi taqvodir”, dedilar. “Yo Rasululloh, yana nasihat qiling”, deb so‘radim. Shunda u zot: “Qur’on tilovat qil. Zero, bu sen uchun yerda nur, osmonda zaxira bo‘ladi ”, deb marhamat qildilar ”.

Qur'on o'qisak ham kun o'tadi, o'qimasak ham o'sha kun o'tadi. Ammo hech bo'lmaganda ikki bet uchun ajratgan vaqtimiz amallarimiz o'lchanadigan kunda faqatgina bizning foydamizga bo'ladi, in sha Alloh.

#tolibadan
© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

18 Nov, 16:06


Chanqasak suv ichamiz, ammo birozdan so'ng yana chanqamaymizmi? Bir marotaba to'yib suv ichgan odam, umri davomida hech chanqamasligi mumkinmi? Odam kuchda qolishi uchun davomiy ravishda suvga bo'lgan ehtiyojini qondirib turishi kerakligi isbot talab qilmaydi.

Insonning iymoni suvga tashna daraxtga o'xshaydi. Har kuni ma'lum vaqt sug'orilib turishi kerak, aks holda daraxt zaiflashadi. Namozlarimiz bizga shu tashnalikni qondirishga va iymonimizni yangidan jonlantirishga asosiy sabab bo'lishi kerak ekan.

#tolibadan
© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

18 Nov, 02:47


Ba'zi qarorlar qarshisida egilasan, bukilasan.
Ojiz qolasan...
Bilmaysan, sinovmi yo ne'mat?
Anglaysan, aslida sinov ham - bir ne'mat,
ne'mat ham - bir sinov.

Minglab fikrlar, ammo senga Uniki qiziq.
Yuzlanasan yana Unga... chunki muhtojsan.
Oydinlatsaki, yengillasang.
Yengil qilsaki, sokinlashsang...

#tolibadan
© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

16 Nov, 13:49


Erkaklar uch xil bo'lishadi: doim o'zini haq deb daʻvo qiladiganlar. Bular qaysar kishilardir; xatosini eʻtirof etadiganlar. Bular oqil kishilardir; haq bo'lsalar ham o'zlarining nohaq ekanliklarini taʻkidlovchilar. Bular uylanganlardir.)

#tolibadan

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

16 Nov, 06:37


Aytish uyat emas...

Nafs va kibr hislari hamma insonda bor. Bir kuni kichik bir nohaqlikka chiday olmadim. Juda qiyin bo'ldi, nega axir bu menga nisbatan noto'g'riligini bilaman-ku, dedim.

"Ha mayli, qo'y endi shuni", dedim va chalg'idim. Ammo, birozdan so'ng shayton kelib yana shuni eslatardi. Bir marotaba emas, ikki marotaba emas, qayta-qayta. Har safar vasvasani o'chirishga harakat qildim, lekin ichimdan baribir u ovoz ketmadi.

Namoz o'qiyotib, qanchalar tubanlik qilayotganimni va aslida Allohning oldida arzimagan bandaligimni esladim. "Hozir ayni vaqti. Kibrimni hozirning o'zida olamlar egasi Allohning huzurida sindirishim kerak", deb o'zimga singdirdim. So'ng ovozimni chiqarib "Sen ulardan yaxshi emassan va u narsaga arzimagan eding aslida", dedim. "Uyalmaysanmi Robbing huzurida turib shunchalar o'z nafsingni birovnikidan ustun qo'yishga?!". Nafsim indamadi, lekin nadomat qildi.

Shayton yana qaytib keldimi? Ha. U hech qachon to'xtamaydi. Ammo, keyin o'sha mavzuni eslab umuman nohaqlik his qilmadim. Mana Islom menga nimani o’rgatadi!

#tolibadan

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

15 Nov, 09:32


Ahli ilmlar bilan, solih kishilar bilan bo’lishlik lazzatini faqat birga bo’libgina his qilish mumkin, chunki ularni kitoblaridan, tillaridan eshitmaganlaringni ularni amallarida ko’rasan, o’rganasan…

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

15 Nov, 09:28


Payg‘ambarimiz ﷺ hadisi shariflarida: «Olim bo‘lgin yoki ilm o‘rganuvchi yo ilmga quloq soluvchi bo‘lgin yoki bu toifa insonlarga muhabbatli bo‘l. Aslo beshinchi toifa bo‘lma, halok bo‘lasan», deya marhamat etib, ilm va ilm ahllarini sevuvchi, hurmat qiluvchi bo‘lishga da’vat etganlar…

Aliy ibn Vohid | Blog

14 Nov, 17:20


Volidamni sog’indim!…

Boshimni tafti mehrga to’la qo’llar silashiga mushtoq bo’ldim.
© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

14 Nov, 12:01


Qur’on ilmi o’rganish mashaqqatli yo’l deyishdi,
Lekin bu shunday yo’lki uning qiyinchiligi ham shirin…

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

08 Nov, 09:22


Kimiki bor g’am-tashvishini, o’yu-hayolini oxirat qilib olsa, dunyo tashvishlariga Alloh kifoya qiladi!

Aliy ibn Vohid | Blog

08 Nov, 07:43


Rizq Allohdan…
Bizga keladigan barcha ko’rinishdagi rizqlar Robbimizdan.
Shunday rizq borki uni tasarrufi bizda emas, bu qalb rizqidir! Kimga yoki nimaga muhabbat qilishimizni, qanchalik uni yahshi ko’rishimizni biz boshqara olmaymiz, bu Alloh taoloning qalbimizga bergan nasibasiga qarab bo’ladi!

Shunday nasibalarni eng yahshisi, eng zo’ri bu qalbdagi Alloga, uning payg’ambariga, kitobiga, diniga bo’lgan muhabbatining nasibasi ko’pligi bilandir!

Qalbimizga bir nazar tashlaylikchi, nasibamiz nelarga qaratilgan ekan?!

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

07 Nov, 14:50


Qalb bilan so’zlamoq

Aliy ibn Vohid | Blog

07 Nov, 12:53


Oshiqlar Qur’onni o'qib charchamaydi, ulamolar uning hikmatlariga toʻymaydi, uning mo'jizalari nihoyasiga yetmaydi.

Kim Qur'ondan gapirsa, rost so’zlagan bo'ladi. Kim unga amal qilsa, savobning tagida qoladi. Kim Qur'onga ko’ra xukm chiqarsa, adolat qilgan bo'ladi. Kim Qurʼonga chaqirsa, to'g'ri yo'lga hidoyat qilgan bo'ladi.

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

31 Oct, 12:35


Ulug'lar aytadilar:
Qur'on sening qalbingni ochadi, qalb ko'zingni ochadi, yo'lingni ochadi, senga ikki dunyoda baht saodat eshigini ochadi, qalbingdan jannat tomon bir darcha ochadi, oxiratda senga Jannat darvozalarini ochadi. Ammo buning uchun sen bu dunyoda Qur'onni ochishing kerak, uni o'qishing, tadabbur, tafakkur qilishning, Qur’onga amal qilishing kerak!

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

24 Oct, 13:11


Ulamolar aytadilar: “Kim Allohni va Uning Rosulini hursand qilmoqchi bo’lsa, musxafga qarasin. Kim Alloh va Uning Rasuli meni yahshi ko’rsin desa, musxafga qarasin.

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

17 Oct, 14:34


Dunyo bilan band bo’lgan qalbga to’satdan islom kirib kelganda…

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

11 Oct, 06:41


-Shunday qalblarni bilaman…
-ikki hil tanada yashaydi, lekin bir narsani his qiladi.

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

11 Oct, 01:23


Maktub

Aliy ibn Vohid | Blog

10 Oct, 15:48


#muhabbat

Banda Robbidan bir gul so’raydi…
Robbi esa unga gulzorni tayyorlab qo’ygan bo’ladi.

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

10 Oct, 14:18


#tabassum

Ayolni faqat "Seni sevaman", "sotib olib beraman" va "ha, men ahmoqman" deb gapdan to'xtatish mumkin.

Aliy ibn Vohid | Blog

04 Oct, 13:58


39:53

Aliy ibn Vohid | Blog

04 Oct, 13:53


Yaqin kunda bo’lgan hodisa ila yozilgan Maktub

Aliy ibn Vohid | Blog

04 Oct, 12:43


SubhanAlloh
Maktublar yig’ilib ketibdi, elektron shaklga o’girishimiz uchun yahshigina vaqt ketyapti, duolaringizda eslab turing.)

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

04 Oct, 07:59


Uztoz oxirida iffat haqida gapirdilar,
Naqadar ham og’riqli mavzu bu iffat…

Ummat sifatida uyaladigan darajada qattiq hijolat bo’laman iffat borasida.(

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

29 Sep, 13:55


🎧Ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid…


© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

28 Sep, 15:31


Ey odam bolasi seni ko’zingni to’ydirmagan orzu havaslar, dunyolarmidi…
Bilgin bu ko’zlarni faqat tuproq to’ydiradi.

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

27 Sep, 14:34


Eeex… bir chuqur uyquga ketsamu, Rosulimni ko’rsam.

© Aliy ibn Vohid

Aliy ibn Vohid | Blog

27 Sep, 14:30


O’lmni esla…
u senga eng yahshi nasihatdir.