Jasur Muhammad @jm_kitobchi Channel on Telegram

Jasur Muhammad

@jm_kitobchi


O’rganayotganlarimni o’rgataman!

Murojaat uchun: @jmkitobchi

jm_kitobchi (Uzbek)

Salom, Jasur Muhammad kanaliga xush kelibsiz! Kanalimizda o'rganayotganlarimni o'rgatishga bag'ishlangan. Agar siz ham o'rganmoqchi bo'lsangiz, bu kanal siz uchun! jm_kitobchi kanalida ko'p xil mavzularda foydali maqolalar va kitoblar paydo bo'ladi. Bu yerda yangi ma'lumotlar bilan tanishishingiz va o'zingizni rivojlantirishingiz mumkin. Jasur Muhammad o'z ta'lim metodi va tajribasini siz bilan ulashib, yangi bilimlarga erishishingizda yordam beradi. Sizning o'rganish va o'sish yo'lingizda jm_kitobchi kanali doimo siz bilan birgalikda. Kanalga azaldingizda, yangiliklardan xabardor bo'lmasdan qolmaysiz. Siz ham jm_kitobchi kanaliga obuna bo'ling va o'zingizni rivojlantiring!

Jasur Muhammad

20 Feb, 08:53


Yana go’zallik 😅

Jasur Muhammad

20 Feb, 07:19


Go’zal su’rat..

🫂✊🏻

Jasur Muhammad

19 Feb, 19:36


Azizlar “Malham kitoblar” jamoasiga yordamchilar kerak.

1. Malham taminot uchun
2. Sotuvchilik uchun.


Murojaat uchun: @jmkitobchi

Jasur Muhammad

19 Feb, 15:32


https://www.instagram.com/reel/DGQlbB_K3Ci/?igsh=MWVraWY4dm12bGNq

Kontentga baho beringlarchi ))

Jasur Muhammad

19 Feb, 15:10


📢 YouTube’da yangi loyiha – "Sarchashma"!

Ko‘pchilik shogirdlarim: "Ijtimoiy tarmoqlarda nima qilish kerakligi haqida tavsiyalar, nasihatlar ko‘p, lekin qanday qilish kerakligi aniq tushuntirilmagan", - deb aytishadi.

😊 Shuning uchun biz "Sarchashma" loyihasini boshladik. Bu loyihada hayotimizdagi muammolarni yuzaki yoritib ketmaymiz – ularning ilmiy asosini tushuntirib, haqiqatan ishlaydigan yechimlarni taqdim etamiz.

Ilk sonimizda "UYQU" mavzusini muhokama qildik va quyidagi savollarga ilmiy asoslangan javoblar berildi:
- Nega 8 soat uxlaysiz, lekin baraka sezilmaydi?
- Ajdodlarimiz qanday uxlashgan?
- Uyqu bosqichlari: qaysi biri eng muhim?
- Segmentli uyqu nima va u kimlarga mos?


Videoni tomosha qiling va izohlarda fikringizni qoldiring! Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz biz uchun muhim.

📺 To‘liq video YouTube kanalimizda!

👉 Havola: https://youtu.be/r1pGhWQHucA

@Doniyor_Nasriddinov

Jasur Muhammad

19 Feb, 12:27


Kitoblaringiz ketmoqda :)

Jasur Muhammad

18 Feb, 20:19


Siz ham hadyaga nima olishni bilmayapsizmi?

@jm_kitobchi | @malham_kitoblar

Jasur Muhammad

18 Feb, 13:48


Boshida seni mensimaydilar, keyin sening ustingdan kuladilar, keyin sen bilan kurashadilar, so’ng sen g’alaba qozonasan.

©️Maxatma Gandi

Bu gapni haqiqat ekanini hayotda ko’rib kelyapmiz. Hammamiz turli bosqichlaridamiz. Asosiysi “to’xtama” so’zini shior qilib olishni maslahat beraman.

Biz Gandining hikmatini yoshligimizda o’qimadik. Ammo shu yo’lni ancha bosib qo’ydik.

Balki “to’xtama” so’zini “prinsip” qilib olish kerakdir . Balki tushunishdan ko’ra anglash muhimdir.

Jasur Muhammad

17 Feb, 17:31


Kelsang atab qo’ygan kitoblarim bor :)

Jasur Muhammad

17 Feb, 15:01


Chet elga o’qishga ketishni istaydiganlar ko’p. Shu bilan birgalikda e’tiqodini xavfga qo’yishni istamaydiganlar ham keragicha topiladi. Bu juda yaxshi holat. O’zligini, qadriyatini yo’qotib qo’ymaslikni istashadi. Bu yo’qolsa, nima bor bo’ladi.

@jm_kitobchi | @malham_kitoblar

Jasur Muhammad

16 Feb, 16:41


Qalbi qorayganlarga 3ta kitob tavsiya

@jm_kitobchi | @malham_kitoblar

Jasur Muhammad

15 Feb, 18:48


Ramazonga tayyorlanamizmi?

@jm_kitobchi | @malham_kitoblar

Jasur Muhammad

15 Feb, 10:44


Bugun “Jahon tillari” universiteti kitobxonlari bilan ajoyib uchrashuvda qatnashdik.

Juda faol kitobxonlar bor ekan. Kelgusi o’qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Jasur Muhammad

15 Feb, 05:21


📖 “Yuraging chorlagan yerga bor” – Guzanna Tamaro

Bu kitob yuragingizni tinglash, hayot yo‘lingizni topish va qalbingizga quloq solishga chorlaydi. O‘qigan inson befarq qolmaydi!

@jm_kitobchi | @malham_kitoblar

Jasur Muhammad

14 Feb, 02:32


Book Clubga taklif etildik. Jahon tillari talabalari bormi?

Jasur Muhammad

13 Feb, 13:45


Kitob tanlay olmayotganlar bormi?

2025- yil o’qishingiz kerak bo’lgan kitoblar ro’yhati.

@jm_kitobchi

Jasur Muhammad

12 Feb, 12:01


Kun mehmonlari.

Do’konimizga Shoxruhbek va Abdurazzoqlar kelib bizni mamnun etdilar.

Yosh bo’lsada til o’rgatish bo’yicha mutaxassis ukalarimizdan.

Kitoblar haqida choy ustida samimiy suhbat qildik.

Tashrifingizdan mamnunmiz.

Jasur Muhammad

11 Feb, 09:27


14- fevral xalqaro kitob almashish kuni ekan. Malham kitoblar jamoasi ham do’konda bo’lib o’tadigan bayram kuniga rejalar qilmoqda..

Bu kunni biz b-n o’tkazishga tayyormisiz?

Jasur Muhammad

10 Feb, 14:27


Haqiqat shuki, niyyati siz bo’lmagan insonni, bahonasi juda ko’p bo’ladi.

©️🪓

Jasur Muhammad

10 Feb, 14:21


Instagramda kuzatyapsizlarmi?


https://www.instagram.com/reel/DF5SHIDKhen/?igsh=MXcyZDc5aXo3em1vMg==

Jasur Muhammad

09 Feb, 10:50


“Befarq bo’lishga haqqimiz yo’q” zo’r gap ekan…

Jasur Muhammad

07 Feb, 14:03


Fotolurking — turli ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Facebook, X (twitter) va Instagram’da tanish yoki notanish odamlarning hisoblariga kirib, bir necha daqiqa hatto soatlab ularning rasmlarini tomosha qilib vaqt o’tkazish kasalligiga berilgan nom.

©️Umringizni o’g’irlayotgan illatlar

Jasur Muhammad

07 Feb, 11:38


17- kitobni boshladim..

Sizda- chi?

Jasur Muhammad

06 Feb, 16:35


Muqaddima kitobi tarjimonidan dasxat olishni istaysizmi?

Jasur Muhammad

04 Feb, 10:23


Birodarchilik

Bugun “Hayratul Abror” kitobining taqdimotida qatnashdik. Ajoyib ilmiy anjuman bo’ldi. Qalblar yayradi. Yaxshi insonlar bilan diydor nasib etdi.

Javohir Izzatulloh do’stimizning taklifi bilan borib “Ramazonni qanday o’tkazamiz?” kitobimizni ustozlarga hadya etish nasib etdi.

Borishim bilan Temur A’zam do’stimiz bn ko’rishdik. Abror domla ham kelib qoldilar. U kishidan kitobni hadya etishni boshlash nasib etdi.

Muhammad Ali Eshonqulov qadirdonimiz do’kon ochilganini eshtib hursand bo’ldilar. Borish uchun manzilni bilib oldilar.

Azizbek (A.Rahimov) kitob do’konini ochib oldingizmi deb, hol- axvol so’radi. “Bizning maktabga savdo uchun boringlar, bir- ikki do’kon keldi. Kitoblari yaxshi sotildi deb, samamiy taklif etdilar. Juda quvondim.

Bir ozdan keyin Hasanho’ja (Sodiq school) do’stimiz bilan ham gaplashib qoldik. Azizbek shunday taklif qildi. Sizning maktabingizga ham boramiz. Agar ruhsat bersangiz dedim. Aka ochilishga bora olmadim. Do’kon ochilganidan habarim bor. Bemalol kelaveringlar. Sızlar “Eshik tepib kirsanglar ham bo’ladi” deb bizni quvontirdilar.

Kitoblarni barcha ustozlarga hadya etdik. Alhamdulillah!

Xullas bularni bitta nom bilan nima deb atash mumkin deyilsa.. “Islom” deb atardim.

Jasur Muhammad

03 Feb, 10:25


Farzangizga muallif dasxati tushirilgan kitoblardan hadya qiling..

“Go’zal hulqlar” va “Ota- Onamni yaxshi ko’raman” kitoblar muallifi G’iyosiddin Yusufdan..

Jasur Muhammad

02 Feb, 18:57


Ustozga video yoqdi.🤓

Demak shu yo’nalishda ketamiz!

Jasur Muhammad

31 Jan, 17:01


Uylanmaganning ibodati mukammal ibodat bo’lmaydi.

©️Imom G’azzoliy

Jasur Muhammad

30 Jan, 23:58


Instagramda Abdulqodirni xatosi uchun haqorat qilayotgan yoki keskin tanqid qilayotganlarni ko’rdim.

Ba’zida..
Birgina xatoingdan foydalanib, shaxsiy brendini ko’tarib olishadi. Ular shu orqali qorin to’ydirishadi.

Hamma o’zining ishini qilyapti.


Shunday inson bo’lishdan, avlodimizdan shunday insonlar chiqishidan panoh so’raymiz!

Jasur Muhammad

30 Jan, 05:02


Ba’zi sinishlar, yangisi boshlanishidan habardir.

Jasur Muhammad

29 Jan, 14:21


Qaranglar menga nima berishdi.

O’zgaramiz loyihasiga bir ukamiz qatnashib, loyiha sababli kitobxon bo’lib ketgan ekan.

Hozirda “Mudarris maktabi”da kitob o’qish bo’yicha loyihalar qilyapman deydi.

Bugun suhbatga taklif etishdi. Bolalar bilan maroqli suhbat bo’ldi.

Jasur Muhammad

28 Jan, 14:06


Yashamoq, Muqaddima trenda ekan.

Trendni boshqa bir trend bilan uramiz.😅

“Ramazonni qanday o’tkazamiz?” kitobi barcha ro’za tutadigan insonlar o’qishi shart bo’lgan kitoblardandir.

Kichik ammo ichi kerakli va zarur bo’lgan ilmlar bilan to’la.

O’tgan yili o’qidim.
Juda ham foydali va yutumli bo’lgani uchun, boshqalarga ham ilinay dedim. Do’konlardan topib tarqatishni boshladim. Afsuski, kam bo’lgani uchun do’konlarda tugab qolgan edi.

Bu yil ham tugab qolmasligi va ko’pchilikka yetib borishi uchun ertaroq harakat qilmog’imiz lozim.

Jasur Muhammad

27 Jan, 17:08


Qayerga olib borish kerak? 😅

Jasur Muhammad

26 Jan, 18:26


Bir sinfdoshimning Otasi umradan keladigan ekan. Bollar maslaxat qilib, keladigan mehmonlarga kitob hadya qilamiz deb, reja qilishibdi.

5,6 kun avval murojaat qildi. Tavsiya berdim. “Duo mo’minning qalqoni” kitobini tanlashdi. 100ta kitobni taksidan chiqarib yubordik.

Bugun bir qarindosh opam tel qildi. Ular ham umra uchun kitob so’rashdi. “Ramazonni qanday o’tkazamiz”ni tavsiya etdim. 100ta buyurtma qildi.

Qishloqdoshlarimni himmatini qarang..

Tepada postda “Norinkapa” haqida yozgan edim. Bu himmat o’sha postning isboti bo’ldi.

Bizning qishloqda urf odatlar ham hayrga ishlaydi.

Shu qishloqning farzandi ekanimdan faxrlanaman!

Jasur Muhammad

25 Jan, 19:40


Shu xato Abduqodirni kuchli qiladi.

Birinchi o’yin uchun yaxshi natija.

Hali juda yosh, yulduzlarni ichida o’ynash osonmi?

Omadini bersin.

Jasur Muhammad

24 Jan, 08:43


Oxiratda xush holatingni ko’rmaguningcha ko’z yoshlaringni artma.

©️Go’zal xotima kitobidan

Jasur Muhammad

23 Jan, 09:44


Ey xudo, zurriyotlarimizdan o‘n sakkiz million so‘mga psixogenetiklarning bir soatlik kursini sotib oladigan va ellik ming so‘mni qimmat, deb kitob sotib olmaydiganlarni chiqarmagin!

©️Said Komil Muhammad Karim

Jasur Muhammad

22 Jan, 19:21


Do’konga kelayotganlar, shaxsiydan yozayotganlar tarafidan “kitob o’qish bo’yicha loyiha” qiling, degan takliflar tushyapti.

Nima deysiz? Bosvoramizmi?

1000+ ko’ngilli yig’a olamizmi?

Jasur Muhammad

21 Jan, 18:35


Kitoblarni mualliflik huquqini olish juda qiyin masala ekan.

Yozuvchining aqlini o’qiy oladigan tarjimonlarni topish ham juda qiyin..

Sifatli nashr qilish uchun esa katta sarmoya ketadi.

Biz pahta terib, to’y- to’y o’ynab yuravergan ekanmiz. Hozir ham shu axvoldamiz.

Jasur Muhammad

21 Jan, 18:08


O’zbek tiliga zo’r tarjima bo’lgan kitoblarni bilasizmi?

Arab- tili, Ingliz- tilida bo’lsin..

Bizga yaxshi tarjimonlar kerak. Millatimizga foydali va sifatli kitoblarni chop etishni boshlaymiz. (Inshaalloh)

Jasur Muhammad

19 Jan, 16:15


Mindset clubdagilar bilan mutolaa qilar edik.
Sahifa kursimda ham birga mutolaa qildik.

Hozir bular to’xtab qolgan

Yana boshlaylik degan ko’p takliflar tushyapti.

Bir haftada bitta kitobni birga o’qishni yo’lga qo’yaylikmi?

+ qo’yinlarchi..

Jasur Muhammad

19 Jan, 13:35


Bugungi chellenj oʻz nihoyasiga yetdi

📚 ”Malham kitoblar" doʻkonida kitobxon doʻstlar ishtirokida tashkil qilingan kitob oʻqish chellenji oʻz nihoyasiga yetdi. 19 ta ishtirokchi gʻolib boʻlib, munosib sovgʻalar bilan taqdirlandi.

💫 Tadbirda qatnashgan boshqa ishtirokchilar gʻolib boʻlishmagan boʻlsa-da, yangi bilimlarga ega boʻlishdi.

Bizni kuzatishda davom eting. Yangiliklar hali oldinda... 👇

Telegram | Instagram | Manzil

Jasur Muhammad

17 Jan, 16:25


Sahifa nomli kurs qilgan edim.(pullik)

Bir akamiz juda kitobxon bo’lib ketdi. Bugun “Yashamoq” kitobidan 10 dona so’rab kelibdi. Nima qilasiz deb so’radim.
“O’zingiz kitob o’qishni o’rgatdingiz, men ham ishxonadagi sheriklarga tarqatib, kitobxonlikni targ’ib qilyapman” deydi.

Yana bir ukamiz shomga yaqin keldi. Kursingizda o’qidim, foydali bo’ldi deb, 7-8ta kitoblardan olib ketishdi.

Insonlarga foyda berishning zavqi ajoyib ekan.

Jasur Muhammad

15 Jan, 11:40


Olima qizimiz mutolaadalar :)

Jasur Muhammad

15 Jan, 10:59


Hindiston ulamolarining kitoblarini bizdan arzon narxda topasiz.

Va ulgurji narxda ham bizdan olishingiz mumkin.

Qo’shimcha: “Ramazonni qanday o’takazimiz?’ kitobini o’qib ko’ring. Ramazondan avval ko’proq olib tarqatishni boshlaysiz..

Jasur Muhammad

14 Jan, 17:57


Malham kitoblar jamoasi bilan ustozning duolarini oldik.

Jasur Muhammad

12 Jan, 09:39


#challange

Siz ham kelishni istaysizmi?

Jasur Muhammad

11 Jan, 16:09


Tashrifingizdan mamnunmiz.

Bugun do’konimizga “Yuksalish” maktabining ustozlari tashrif buyirishdi. Juda samimiy yigitlar ekan. Baraka topishsin…

@jm_kitobchi

Jasur Muhammad

10 Jan, 18:36


2025., 7- kitob tugadi. Sizda - chi?

Kitobdan..
G’am bilan nega siqasan jonni, jononni?
Yozgan Haqdir, Yozilgan haqqingdir.

Jasur Muhammad

10 Jan, 12:27


Yangi loyiha uchun saralab olingan kitoblar.

Juda qiziqarli yangilik bo’ladi.

Sizningcha bu nima ekan a?

Topgan insonga kitob hadya etaman :)

Jasur Muhammad

09 Jan, 09:42


Bugun borgandik)
Ma shaa Allah sotuv uchun tanlagan kitoblariz juda zo‘r

Jasur Muhammad

09 Jan, 05:40


Qanoqqina otzivcha

(Saodat asrini qamardan olmadik sumkachasiga solingan xolos😆)

Jasur Muhammad

08 Jan, 19:41


Bizdan kitob olib yordam berasiz, ammo bizdan foyda ko’rmaysizmi?

Yakshanba kunlari do’konimizda “Networking” qilishni reja qilyapman.

1. Donyor Nasriddinov
2. Abdulaziz Muhammad
3. Aziz Rahimov

Shu kabi ustozlardan har hafta birlarini taklif etib, savol- javoblar, kitob haridlari, dasxat, estalik uchun su’ratga tushish va ajoyib muhit kuni qilsak..

Nima deysiz?

Jasur Muhammad

08 Jan, 16:21


Ikkinchi kunni tugatib uyga kirib keldim.

Hammasi bo’lib 20ta kitob sotuv qildik. Barcha kelgan aka- uka, opa- singillarga katta rahmat.

Yaxshiyam sizlar bor.. Savdomiz yurib ketyapti :)

Jasur Muhammad

07 Jan, 15:11


”Malham kitoblar” – Biz ochildik!

Kitob – xazina. Ammo bugungi kunda bu xazinaga munosib boʻlish oson emas, toʻgʻrimi? ”Malham kitoblar” doʻkonimizda bu xazinalarni topib, tanlab-tanlab bir joyga toʻplab qoʻydik. Nimalar asosida tanladik?

— 1000 lab kitob orasidan atigi 250 tasini saralab oldik. Va bularning katta qismi oʻzbek mentalitet va qadriyatlariga mosdir. Ya'ni siz kitobsevaralarga yanada qulaylik yaratish va vaqtingizni tejash uchun gʻalvirdan oʻtganlarini jamladik.

— Doʻkonimizning yana bir afzalligi amaliy koʻmakni ham yoʻlga qoʻyganida. Ya'ni xarid qilmoqchi boʻlgan kitobingizni obdon qanday ekanligi, oʻqish shart yoki shart emasligi, nega oʻqishingiz lozimligini bilmoqchi boʻlsangiz, Googlega toʻkib solmasdan bemalol jonli xodimlarimizga yoʻllayverasiz. Ular ayni holatingizdan kelib chiqib toʻgʻri kitob tanlashingizda yordam berishadi.

Keling, koʻring, oʻzingiz sevgan kitoblarni tarixiy kunda xarid qiling!

Jasur Muhammad

07 Jan, 06:51


Kelyapsizlarmi?

Jasur Muhammad

06 Jan, 16:52


📍 “Malham kitoblar”ga qanday yetib borasiz?

📖 Do‘konimiz Chorsu, Gum Mallda joylashgan!
Qulay joylashuv, oson yo‘nalish, va eng muhimi – sara kitoblar sizni kutmoqda!

@malham_kitoblar

Jasur Muhammad

06 Jan, 15:54


Ishlar avjida - 🔥

Jasur Muhammad

06 Jan, 13:35


Ko’p yaxshi insonlarga taklifnomalar yubordik. Ish bor joyda kamchilik bor deyilganku. Imkoniyatimiz darajasida harakat qildik.

Hamma kelaversin, “Networking” qilamiz..

Jasur Muhammad

05 Jan, 21:46


Va nihoyat katta yangilik..

Barchanglarni chin qalbimdan taklif etaman.

Keling, tarixiy kunda biz bilan birga bo’ling..

Jasur Muhammad

05 Jan, 19:43


Malham kitoblarim..

Jasur Muhammad

05 Jan, 11:46


Kitoblarda yashayapman :)

Jasur Muhammad

02 Jan, 15:11


#mutolaa_2025 2- kitob tugatildi 😅

Sizda nima gap?

Jasur Muhammad

02 Jan, 09:43


Odam har gal oh urganida yuragining bir parchasi uzilib tushadi..

Jasur Muhammad

01 Jan, 10:24


Bizning do’kondan ham *qoplab olib ketishsin:)

Jasur Muhammad

01 Jan, 07:20


Doim kitob o’qishda qizlarga urg’u ko’p beriladi. Kitobxon qizlar, qizlarimiz ilm olishining muhimligi va hokazo..


Nega bunday bo’lyapti ? Avval qizlar o’qimas, bollar o’qir edimi?

Maktabni bitirganimga 10,15- yil bo’lib qoldi. Asosan qizlar o’qir edi. Maktabda ham, unversitetda ham. Yigitlar tezda pul topish, oilani boqish uchun, Qozog’iston, Rosiyaga ketar edi.

Bunchalik ayol- qizlarimiz “ilm olishsin” targ’ibida “feminizm”ning katta hissasi bor. Eng havflisi din nomidan foydalanishyapti.

Yigitlarni ilm olayotgani, kitobxonligini ko’p- ko’p ko’rsatishimiz kerak. Yigitlar ilmli bo’lishi, ayol- qizlar ilmli bo’lishidan ko’ra ko’p bo’lsa ko’p-ki kam emas..

Yigitlar bo’shashmaymiz, taslim bo’lmaymiz. Maydonni bo’shatmaymiz. ✊🏻

@jm_kitobchi

Jasur Muhammad

31 Dec, 13:44


O’zim baxtli bo’lsam bo’ldi-da.. Boshqalar bilan nima ishim bor.

©️Uyda yolg’iz kitobidan 😅

Jasur Muhammad

31 Dec, 11:30


Bu yıl 89ta kitob o‘qib tugatdim.

Yıl boshida juda tezlik bilan ketayotgan edim. Maqsadim 200, 250ta edi.

Bahorda sekinlab qoldim. Sababi katta va ilmiy kitoblarni ko’proq o’qishni boshladim.

Hozir ham juda tez ketmayapman. Sababi ishlar ko’paydi va Qur’ondan sanog’im ham bor.

Ho’sh, sizda qancha bo’ldi ?

Jasur Muhammad

30 Dec, 13:44


Kitob o’qishni yangi boshlayotganlar uchun tavsiya.

• Sahifasi oz bo’lgan kitoblardan boshlang.
• Ommabop kitoblar bo’lsin.
• Qiziqarli kitoblarni tanlang (yaxshi kitob o’zini o’zi o’qiydi)
• O’qiganlaringiz ro’yhatini yozib boring.
• 50ta bo’lmaguncha katta kitoblarni boshlamang.
• Turk adabiyoti sizga qo’l keladi. (Kichik va qiziqarlilari talaygina)
• Kitob o’qimaslikka rozi bo’lmang. Uyat xisoblang.

Aytganlarimni qilsangiz. Kundan kunga o’zingizga bo’lgan ishonch ortib boradi.

@jm_kitobchi

Jasur Muhammad

30 Dec, 03:10


#Tarjima

Maʼlumotlarga qaraganda, arxeolog olimlarning 71 foizini ayollar tashkil qilar ekan.

Bu ularning "oʻtmishni kovlash"ga boʻlgan qobiliyatlari bilan bogʻliq.

©️Muhammad Sodiq Muhammad Ismoil

@jm_kitobchi

Jasur Muhammad

28 Dec, 18:43


Buni qaranglar :)

Jasur Muhammad

28 Dec, 18:25


Bollar ijaraga joy bor. Birga turamiz.

Manzil: sebzor “G’afur g’ulom” metroga yaqin. Shahar Markazi hamma joyga qulay. Atrofi to’la Masjid.. Uy yevro remont, Hamma sharoit bor

Shartlari: ichmaydigan, chekmaydigan. Ovqat qilishni biladigan. O’zini hurmat qiladigan bo’lsin.

Murojaat uchun: @jmkitobchi

Jasur Muhammad

28 Dec, 05:55


Tezroq ochsang, ochmaysanmi?

Seni do’kon ochadi deb, ikki oydan beri kitob sotib olmayapman.

Birovlardan kitob olib turish qiyin bo’lmoqda..

50$, 100$ pulni saqlab turibman. Xullas tezroq ochginda.. ))

Kitob sotib olish kasallik, ba’zida o’qimaydiganlaringizni ham sotib olaverasiz. Bu kasallikning zavqi boshqa.. Barchaga shunday kasallik yuqsin..

Jasur Muhammad

28 Dec, 04:02


Malham kitoblar” jamoasining maqsadi O’zbekistonda kitobxonlikni targ’ib qilishda peshqadamlardan bo’lish.

Yurtimizda 3% atrofida odamlar kitobxon bo’lsa, 30%ga oshirish.

Bozordagi do’konlar, nashiryotlarga raqobatchi emas, ularga yelkadosh, maslakdosh bo’lish..

Barchamizning qalbimizda kasalliklarning turli navlaridan bor. Shu kasalliklarga malham bo’lish..

Ko’p harakat qildik. Boshlash qiyin bo’ldi. Ko’p o’yladik. Fikrlashdik. Oxiri “bismillah” deb harakatni boshladik.

Deyarli 70% ishlar hal bo’lib qoldi.
Tez kunlarda ochilishga taklif etamiz.

Duolaringdan umidvormiz🤲

Jasur Muhammad

27 Dec, 14:34


Dushmanning senga tekkan o’qidan ko’ra, do’stning senga bee’tiborligi og’riqliroq.

©️Abror Muxtor Ali

Shu gap yoqib qoldi.

@jm_kitobchi

Jasur Muhammad

27 Dec, 05:08


Yoshligimda yangi yilni intiqib kutar edim. Hozir ramazonni shunday kutaman.

Hozir ham yangi yıl kelmoqda, ammo qiziq emas, qaytamga ishlarimga halal beradi.

Jasur Muhammad

25 Dec, 16:23


Yangilangan “Mindset Club Online” tayyor.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra inson o’rtacha 1 yilda 12 ta kitob o’qishini normal deb qabul qilingan. Biz esa 1 oyda 4 ta o’qiymiz. Kitoblar ham maxsus tanlanadi.

Shaxs sifatida shakllanishda yordam beradigan va oson o’rganishga aloqador mavzulardan har oy 7 tadan muhokama qilamiz.

O’z sohasining mutaxasislari bilan o’zimizni qiziqtirgan savollarda suhbat uyushtiramiz. Ulardan o’z sohalari haqida o’rganamiz.

Atrofimizda rivojlanayotgan muhit bo’ladi,
Yaxshilar davrasida bo’lamiz …

- shuncha imkoniyatga qancha bergan bo’lardingiz ?

Jasur Muhammad

25 Dec, 15:30


O’tgan yil davomida 20 000 dan ortiq o’quvchiga “rivojlanish muhiti” ni xis qilish imkonini bergandik. Bu safar yanada jiddiyroq yondoshmoqchimiz.

Loyiha tayyor, reaksiya bosing.

- 🌚 (100 ta bo’lsa e’lon qilamiz)

Jasur Muhammad

25 Dec, 09:25


Muhitda gap katta …

Biz biror narsani tezroq o’rganishimizda atrofimizda sheriklarimiz bo’lishi uni tezroq o’rganishimizga sabab bo’ladi.

Amerika Qo’shma Shtatlarida kitob o’qish va shaxsiy rivojlanishni tag’rib qiluvchi klublar 17-asrdan faoliyatini boshlagan.

👇🏻 siz rivojlanadigan muhitdamisiz ?

Jasur Muhammad

25 Dec, 05:23


Uyg’ondinglarmi …

Arzonroqqa miyyani to’ydirib turish usulini bo’lishaymi - biz buni ustida ancha mehnat qildik.

- 🌚.

Jasur Muhammad

24 Dec, 10:02


Seni faqat biror narsa uchun sevgan kishi, o‘sha narsa yo‘q bo‘lgach, sendan yuz o‘giradi.

Movardiy. (972-1058)

@jm_kitobchi

Jasur Muhammad

23 Dec, 15:53


Qorin arzonga to’yarkan …

o’rtacha 30 mingdan - 100,120 ming sarflaydiganlar ham topilar ekan. Bu narx yomon emas - o’zimizda ham shunday holat bo’lmoqda…

Mani boshqa savol qiziqtirmoqda:
- miyyani to’ydirish narxi qancha bo’larkin ?

Jasur Muhammad

23 Dec, 14:28


Qiziq …

- hozir bitta lavash necha puldan sotilyapti ?

O’zi o’rtacha qancha pulga qorin to’yadi ?

Jasur Muhammad

21 Dec, 19:06


Xiyonat- bu insonga berilgan eng og’ir saboq, lekin u kelajak uchun eng katta darsdir.

©️Lev Tolstoy

@jm_kitobchi

Jasur Muhammad

21 Dec, 10:22


Bitta lavash 29ming, bitta kitob ham 29 ming..

Tanlov har doim bo’lgan..

Jasur Muhammad

20 Dec, 09:45


2025-yil kitob mutolaa qilishdan musobaqalashadiganlar bormi?

Jasur Muhammad

20 Dec, 08:48


Kecha choy ichib suhbat qildik..

Intizomli, ilmli, qalbga yaqin insonlar bilan uchrashib turish “Jannat ne’matlaridan” bo’lsa kerak..

Jasur Muhammad

20 Dec, 05:17


- Kitoblaringizni boshqalarga bermang.
Ular baribir qaytarishmaydi.
Mening kutubxonamdagi kitoblar barchasi boshqalarning kitoblaridir!

©️Antol Frans

📚 @jm_kitobchi

Jasur Muhammad

18 Dec, 13:46


Ego dushmaning | Notelar

Rayan Holidayning "Ego dushmaning" kitobi bo'yicha saralangan notelar.

Rayan Holidayning fikriga ko‘ra, ego bizni xato qarorlarga undab, maqsadlarimizdan chalg‘itadi va o‘zimizni rivojlantirish o‘rniga, bir joyda qotib qolishga sabab bo‘ladi. Shu sababli ego ustidan nazorat o‘rnatish va hayotda kamtarlik bilan yondashish muvaffaqiyat va ichki tinchlikka erishishning muhim qismidir.

O'zim qayta-qayta o'qib, ta'sirlargan notelarimni sizga ilindim. Bemalol foydalanib, do'stlaringiz bilan ulashing.

📖 Jasur Muhammad - o’rganayotganlarimni o’rgataman!

Jasur Muhammad

18 Dec, 05:17


- Saroydagi Yusufga hamma ham do’st bo’la oladi. Muhimi zindondagi Yusufga do’st bo’lish…

Ajoyib gap ekan.

Siz nimani tushindingiz?

🫂 @jm_kitobchi

Jasur Muhammad

06 Dec, 11:48


Interstellarni ko’ryapman daxshat a?

Ikkita bola bn qolib ketishi menga o’xshar ekan . ))

Jasur Muhammad

06 Dec, 09:16


Hali qo’lga kiritilmagan muvaffaqiyat bilan o’zingni tabriklab, hayolan o’zingni daxshatli mag’lubiyatlardan saqlab qolishni bas qil..

Jasur Muhammad

06 Dec, 08:52


Juma muborak:)

Jasur Muhammad

06 Dec, 05:57


Agar kitobni sayoz o’qishni istamasangiz. Chuqur ichiga sho’ng’ib, tahlil qilib o’qishni istaysiz. Va buni bir o’zingiz uddalay olmayapsiz.. Unda, guruh yoki clublarga a’zo bo’lib, muhokama qilishni yo’lga qo’ying..

Muhokama- muhim!

Jasur Muhammad

05 Dec, 15:19


Imkoniyat, grant 😅

Sahifa kursiga 3ta inson qo’shilishiga sababchi bo’ling va kursni tekin qo’lga kiriting. 🥳

- Sahifa kursimiz ertagadan boshlanadi.
- To’liq ma’lumotlar bu yerda.

Murojaat uchun: @kitobchiadmin

Jasur Muhammad

05 Dec, 15:05


Ba’zi kitoblar tatib ko’rilishi, ba’zilari yutilishi va ba’zi oz sonlilari esa chaynab, hazm qilininishi kerak. ©️Frensis Bekon

Kitobni tahliliy o’qish uni chaynash va hazm qilishdir. ©️M, Adler

Jasur Muhammad

05 Dec, 14:27


Modomiki, hayot juda qisqa ekan, uni sayoz kitoblar mutolaasiga sarflamaslik kerak.

©️Mortimer Adler

Jasur Muhammad

05 Dec, 11:50


Sahifa” kursiga tayorgarlik boshlandi..

Siz uchun qiziqmi?

Jasur Muhammad

04 Dec, 10:05


Kitobni qanday o’qish kerak?” mavzusida kichik qo’llanma..

Oz bo’lsada foydali bo’lsin!

Jasur Muhammad

03 Dec, 18:43


Asta ulg’ayib bordi
Ichimizdagi yolg’izlik,
Sevilmoqni kuta turib
kutishni sevib qoldik.

©️Jamol Surayyo

Jasur Muhammad

03 Dec, 14:05


Ibrat schoolda mehmon bo’ldik. Ilmga chanqoq yoshlar bilan go’zal suhbat bo’lib o’tdi..

Kamiga hadyalandik :)

Jasur Muhammad

02 Dec, 16:51


O‘QIMAGAN BOLALAR

Sizning orzu- o’yingiz:
“Hali uylar solamiz,
Hali to‘ylar qilamiz.
Bilmaganlar biladi,
El qatori bo‘lamiz..!”

© Shodmonqul SALOM

Jasur Muhammad

02 Dec, 11:39


2024 yil xisobida 84- kitobni boshladim.

Sizda-chi?

Jasur Muhammad

01 Dec, 17:45


Nega o’zgardim” loyihasi asoschisi Jasur Muhammad Ibrat School’da!

🔔 3-dekabr soat 11:30 da Ibrat School xususiy maktabida “Kitoblar bilan o’zgaramiz” mavzusida uchrashuv bo’lib o’tadi.

🎤 Uchrashuv spikeri @jm_kitobchi sahifasi muallifi, “Mindest” va “Nega o’zgardim” loyihasi asoschisi Jasur Muhammad!

Jasur Muhammad — “O’zgaramiz” loyihasi orqali  40-50 ming insonlarni o’qitgan va 10 minglab insonlarni kitob o’qishiga sababchi bo’lgan inson!

Siz ham hayotingizga kitoblar orqali mo’jiza olib kirishni xohlaysizmi?

📍 Uchrashuvda kutamiz!
Manzil esa o’sha qadrdon Ibrat school!

☎️ Murojaat uchun:
+998947024455

Bizni bu yerda kuzating!
💬 Telegram | 📹 Instagram

Jasur Muhammad

01 Dec, 10:31


Siz ham davomiy kitob o'qishni istaysizmi?

Ko'pchiligimiz kutgan "Kitob qanday o'qiladi?" kursiga qabul ochildi📢

Kurs kimlar uchun:
Kurs asosan kitob o'qishda intizomni shakllantirmoqchi bo'lganlar uchun

Kurs davomida biz:

1 oy davomida 6 ta kitob o'qib, tahlil qilamiz;
Kitob o'qishdagi intizomni shakllantiramiz;
Maqsad bilan kitob o'qishni o'rganamiz;
Kurs oxirida ishtirokchilar bilan offlayn uchrashuv o'tkazamiz va ishtirokchilar sertikatlar bilan taqdirlanishadi.

⚠️ Eslatma: Kursning asosiy maqsadi kitobxonlardagi mutolaa madaniyatini shakllantirish.

Kursda faol qatnashib, berilgan vazifalarni o'z vaqtida bajarganlar, nasib etsa o'zlari istagan natijalarga erishishadi.

Bu yerda men haqimda ma'lumotga ega bo'la olasiz.

Qabul uchun adminlarga yozing:

Yigitlar: @kitobchiadmin
Qizlar: @mutolaa_admin2

Jasur Muhammad

30 Nov, 15:38


Instagramda 4,5ming sarf etib kitoblarni tavsiya va targ’ib qildim.
40,50k obunachi yig’ildi..

Habarlar instagramda juda ko’p kelgan ammo menga ko’rinmagan.
2,3 kun avval habarlar ochilib ketdi.

Habarlarni aksari maqsad yo’qligi, intizom yo’qligi, kitob o’qiy olmasligi haqida shikoyad qilgan. Xatto, yordam bering deb iltimos qilishgan.

Ko’chada meni tanıydıgan insonlar ham tezda shu mavzularda maslaxat so’raydi.

Bu bo’lib o’tayotgan voqealardan keyin, kurs qilmasam bo’lmas ekan dedim..

P.S:O’zgaramizda foyda olganlar qo’llab turinglarda ? 😅

Jasur Muhammad

30 Nov, 15:28


Ismim Jasurbek kitoblar olamiga kirib kelganimga 7 yil bo’ldi.

Nimalar qildim?
— 1ta kitob do’kon ochdim.
— 400 atrofida kitoblar mutolaa qildim..
— O’zgaramiz loyihasida 40,50K insonlarni o’qitdim.. 10 minglab insonlarni kitob o’qishiga sababchi bo’ldim..
— Toshkentga kelib, turli xil mutaxassislar bilan subatlarda qatnashib, yaxshigina tajriba topladim.
— Hozirda Toshkentda istiqomat qilaman. Mindset club ochib shuni kuchaytirish bilan bandman.

Intizomli mutolaa qilish bo’yicha kurs qilish rejamda bor edi. Shuni boshlash arafasidaman. Qalbingizga mutolaa zavqini yoqa olaman deb o’ylayman. Chunki, tajribamdan kelib chiqib shunday xulosaga keldim..

Jasur Muhammad

30 Nov, 15:11


Kitob kurs qilamizmi?

—Bir oylik pulli bo’ladi.
— Birga Kitob o’qish..
— Kunlik vazifalar..
— Intizomli mutolaani yo’lga qo’yish..

Izohga + qoldiring..

Jasur Muhammad

29 Nov, 10:31


Yomg’ir+limon choy va kitob..

Jasur Muhammad

28 Nov, 18:53


Sen kelsang, kelishingni qancha kutganimni aytib beraman..

Jasur Muhammad

24 Nov, 16:24


Bugun mindset club uchrashuvi bo’lib o’tdi. Spikerimiz Shohbozbek Dolimov bo’ldilar.

Ajoyib uchrashuvlardan biri bo’ldi deb ayta olaman. Samimiy, boricha gapiradi. Ingliz, yapon va rus tillarini bilishi, o’z sohasida mutaxassis, yosh bo’lishiga qaramay katta yutiqlarga erisha olibdi.

Insonga berilgan omonat jasaddan to’g’ri foydalanish uchun sport bilan shug’illanish..

Og’izni to’g’ri boshqarish semizlikni oldini oladi.

Ijtimoiy tarmoqdan mehr kutish, yoshlikda trammasi bo’lganlar boshqalardan e’tibor kutish uchun mashxurlikka intiladi..

Xullas ko’p qiziqarli uchrashuv bo’ldi.

Jasur Muhammad

23 Nov, 05:57


"2 oy ishsiz yurdim

Ich-ichimdan o‘ylardim. Men hech qachon ishsiz qolmayman.

Mabodo ishsiz qolsam ham:

a) Ingliz tili bilan «lyuboy» joyga kirib ketaman;
b) Diplom balim 96%. Davlat ishxonalari shundoq ishga oladi;
s) Ish tajribaga egaman, umuman muammo bo‘lmaydi;
d) Rus tilini muloqot darajasida bilaman, talab yuqori;
e) Blogim bor. 1000 tacha odam o‘qiydi;
f) Amakimga aloqaga chiqaman, maktabga joylab qo‘yadi;
h) O‘ldim deganda, ustozlarimga yozaman — ish topib beradi.

Xullas, hamma sabablar bor. Hech kim meni to‘xtatib qololmaydi!

Ichimda o‘ylagan kun keldi. Birdan ishsiz qoldim:

a) Ingliz tili maktablari to‘lgan;
b) Diplom bahoyim bilan it ham qiziqmadi;
s) Qayerlarda ishlagansan deydigan odam yo‘q;
d) Rus tilini ideal bilish kerak deyishdi;
e) Blogimda yozdim. Yordam bo‘lmadi;
f) Amakim ishga joylay olmadi;
h) Ustozlar duo qilamiz deyoldi xolos..

2 oy qiynaldim. Qarzga botdim. Erkak kishi ishsiz qolishi azob ekan..

Oxiri tushundim — obro‘li joyda o‘qishim, yaxshi joylarda ishlashim, xullas barchasi — tirishqoqligimdan emas, balki Allohning rahmatidan ekan.

Biz unutuvchimiz. Sabablar bilan o‘ralashib qolamizda, barcha narsaning ortida Alloh turganini esdan chiqaramiz. O‘zim erishyapman degan hissiyot o‘tadi.

a, b, s, d... alfavit to‘la sabab bo‘lmaydimi — Alloh izn bermasa bir tiyn ekan.

Siz ishonayotgan — amaki, tog‘a, amma. xola, oppoq doda yordam berishga qodir emas. Ishonavering.

Oxiri siniqlik bilan tahajjudda duo qildim.

Birdan yo‘lim ochildi. Bir nechta joy ishga chaqirishni boshladi. Hammasi joyiga tushdi.

Xulosa, dunyoning ilmi sizda bo‘lsa ham, 20 yillik mutaxassis bo‘lsangiz ham, 88 ta til bilsangiz ham — Alloh izn bermasa bir tiyn.

Va ularga: «Sizlar Allohni qo‘yib ibodat qilib o‘tgan butlaringiz qani?!

Ular sizlarga yordam bera olurmi yoki o‘zlari yordam ola bilurmi?!», deyildi.

Shu’aro (92,93)"

©️ustoz_kundaligi

Jasur Muhammad

20 Nov, 10:37


KITOBXONLAR QAYERDASIZLAR 👀

❗️3 kunda 3ta kitob yutib olishingiz mumkin!

Sovg'alar👇

🏆 Birinchi 5 ta o’ringa 3 tadan jami 15 ta kitob
🏆 Keyingi 5 ta o’ringa esa 2 tadan jami 10 ta kitob

Barcha g’oliblar orasida umumiy hisobda 25 ta kitob o’ynalmoqda!

⚠️ Ushbu foydali kitoblarni yutib olish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

👉 KONKURSDA QATNASHISH 👈
👉 KONKURSDA QATNASHISH 👈
👉 KONKURSDA QATNASHISH 👈

Jasur Muhammad

19 Nov, 04:54


Bekzod Zakirov "Olim bo'lish uchun nima qilish kerak? mavzusida bo'lib o'tgan suhbat audiosi.

Suhbatda qatnasha olmaganlar, vaqtni boy bermasdan tinglab olinglar.

Jasur Muhammad

17 Nov, 11:22


Dunyoda yashab o’tgan eng buyuk yozuvchilarning 30+ asarlarini ro’yhat qilib chiqdim. Kuchli adabiyotshunos tavsiya qilgan edi.

Ulardan 5tasini o’qigan ekanman. O’qimaganlarimdan 3tasini topdim. Va o’qishni boshladim.

Mening qiziqishim adabiyot, psixologiya, tasavvuf bo’lgani uchun ham bu asarlarni topishim va o’qishim kerak..

Jasur Muhammad

13 Nov, 12:45


"Telegram Podcast" loyihasi Shanba kundan boshlanadi.

Oldinroq aytib o'tganimizdek suhbatlar yopiq kanalda bo'lib o'tadi.

Qatnashish uchun havola:
https://t.me/+0HdVIYTBtppiZTY6


Diqqat, postni imkon qadar tarqating.. Do’stlar qolib ketmasin!

Jasur Muhammad

09 Nov, 14:40


Mantiqiy fikrlash hozir har qachongidan muhim!

Vanihoyat, oxirgi spikerimiz Hasanxo'ja Muhammadsodiq bilan "Mantiqiy fikrlash" mavzusida quramiz

Ta’lim sohasida 15 yillik tajribaga ega, 5000 dan ortiq shogird chiqargan Hasanxo’ja Muhamad Sodiq bilan aynan shu mavzuda suhbatlashamiz.

Tayyormisiz? — ❤️‍🔥

Jasur Muhammad

09 Nov, 14:29


Muhit sizning yo’nalishingizni hal qiladi

Qanday qilib olim bo’lib yetishish mumkinligi, farzandni olim bo'lib yetishishida nimalarga e'tibor qaratish lozim?

"Osmondagi bolalar" ko'rsatuvi orqali barchamizga tanish bo'lgan, Siyosatshunoslik sohasida olim, ustoz Dr.Behzod Zokirov loyihamizning navbatdagi spikeri hisoblanadilar.

Jasur Muhammad

09 Nov, 14:05


"Muhabbat madrasasi yoki muhabbatning 55 muammosi"

Vanihoyat, bizdagi 3-mehmon ustozimizni tanishtirish vaqti keldi, xalqimiz ardog'idagi notiq, suhandon va betakror ovoz sohibi ustoz Omar Xalil bo'ladilar.

Ustozimiz Mustafo Mahmudning "Muhabbat madrasasi" asari asosida o'zining suhbatlari bilan barchamizni mamnun etadilar.

Jasur Muhammad

09 Nov, 13:32


Nega doim kitob o'qishni boshlaymizu yo'lning yarmida to'xtab qolamiz? Kitob o'qishni qanday va nimadan boshlamoq kerak!?

"Telegram Podcast" loyihamizdagi navbatdagi ustoz bloger, kitobxon va 1000 dan ziyod kitoblarni mutolaa qilgan ustoz Abdulaziz Muhammad suhbatimiz mehmoni bo'ladilar.

Suhbatimiz mavzusi "Shaxsiy rivojlanishdagi kitobning o'rni" ustozimiz tomonidan ajoyib dars bo'lib o'tadi.

Umid qilamizki, suhbat davomida siz o'zingizni qiynagan savollarga javob topasiz!

Jasur Muhammad

09 Nov, 13:13


Tayyormisiz?!

Hozirgi kundagi asosiy muammolarimizdan bu "Oilaviy munosabatlar" bilan bog'liq, shunday emas-mi? Xo'sh bunday muammolarga yuz tutmasdan qanday qilib baxtli hayot kechirish mumkin?

Shunday muammolarni hal qilishda ko'plab sa'y harakatlar qilib kelayotgan ustoz G'iyosiddin Yusuf bilan "Asal oyi emas, asal hayot" mavzusida gaplashamiz..

G'iyosiddin Yusuf oila munosabatlariga oid ko'plab kitoblar va loyihalar asoschisi hisoblanadi!

Jasur Muhammad

09 Nov, 13:09


Tayyor bo’lsangiz, loyiha ustozlari va mavzulari bilan tanishib olamiz..

Yaxshilab joylashib oling.. ☕️

Jasur Muhammad

09 Nov, 07:14


Ko’pdan beri insonlarga manfaat beradigan podcast qilishni o’ylab yurgandim.

Yutub uchun katta mablag’ ketishini bilib boshlay olmadim.

Shuni telegramda online qilish hayolimga kelib qoldi.

Shundoq kanalimda boshlasam faollik juda kam bo’ladi. Agar shartli qilib, yopiq kanalda o’tkazilsa natija yaxshi bo’lsa kerak deb o’yladim.

Va sizlar uchun yangi “Telegram podcast” loyihasini ishlab chiqdim.

Barchamizga foydali, hoyrli bo’lsin!

P.S: kanali va blogi borlardan yordam kerak bo’ladi. Yordamlashib yuborasizlar deb yaxshi gumon qilyapman :)

Jasur Muhammad

06 Nov, 07:33


Bir kuni choy ichaylik sen bilan, choy mendan manzarasi sendan bo’lsin…

Jasur Muhammad

03 Nov, 16:23


Sen uchun yillar davomida muammo bo’lib kelgan ishni, bir piyola choy ichib bo’lgunicha hal qilib bera oladiganlar bor.

Ammo, hayot shunisi bilan qiziq.

Imkoni bo’la turib yordam bermayaptimi, sen ulardan o’rnak olki, hammasi iziga tushib, ofiyatli kunlaring kelganda, insonlarga yordam ber..

Jasur Muhammad

02 Nov, 14:41


11 yoshli qizim bu yil yanvardan beri o‘qigan kitoblarini sanagan edi, 114ta o‘qibdi 10 oyda.

Shu qizim bilan kitobni qanday o‘qish va kinoni qanday ko‘rish haqida gaplashib qoldik u aytyapti:
— Dada biz kino ko‘rsak shundoq ko‘rib ketaveramiz to‘g‘rimi, lekin Sumayya opam boshqacha ko‘radi. U kino ko‘rganda har tomonlama tahlil qiladi, o‘sha kinodagi syujet, epizodlar, rollar, obrazlar, dialoglar,ramzlar hammasiga e’tibor beradi. Shular haqida alohida videolar ko‘radi, biz shunday o‘tib ketaveramiz lekin u chuqur qaraydi, kitob o‘qiganda ham shunday qiladi.
U ko‘p narsa biladiyu lekin bildirmaydi, bizga o‘rgatmaydi. Bilishning o‘zi yetarlimas, boshqalarga ham o‘rgatish kerak, u fikrini hechkimga aytmaydi faqat kundaligiga yozadi.

©️Fayzuddin Mo’min

Jasur Muhammad

02 Nov, 12:04


Ko’p o’ylanib ko’rib, tahlil qilib bu postni chiqarishga qaror qildim..

Do’stlarimiz, ustozlar bilan suhbat qilganimizda o’zining o’quvchilaridan uylanganini eshitgan edim. Men ham shu sababli o’zimni kuzatadigan, meni biladigan, taniydigan insonlardan yordam so’ramoqchiman.

Sababi Onamni ham ko’p qiynab qo’ydim. Hech hil keltira olamdik.

Ilm yo’lida, xizmat yo’lida yonimda turadigan. Jannatga birga kirish nasib etadigan juft qidirilmoqda.

Eng muhimi taqvosi, juda go'zal hayot, hashamat vada qilmaymanku ammo qalbimni, o'zimni qo'llariga topshiraman.

Agar qo'lni-qo'lga berib, ilm yo'lida menga hamroh bo'lishga istagingiz bo'lsa yokida shu niyat bilan yashayotgan bir solihani tanisangiz bizga xabarini bering.

Aloqa uchun: @Maryamxon_ku

Bu singlimiz o'rtada turadilar, hammasi Shariat qoidalariga mos bo'ladi.

Yordam berganlardan Alloh rozi bo'lsin.


P.S: bunday postlar statusimni tushirishi mumkin, menga status muhim emas.. Menga na'jot muhim!

Jasur Muhammad

01 Nov, 06:26


Fikr- bu botiniy qiyofa, odamning, ichki qiyofasini ko’rsatib turuvchi ko’zgu. Fikri yo’q odamning qiyofasi ham bo’lmaydi.

Fikr odamning o’zligini, o’ziga xosligini bildirib, mavjudligini ko’rsatib, talab qilib turadi..

Fikr, aslida, “men mavjudman” degani. Mening fikrim- bu mening qiyofam..

Agar u fikr deyishga arzisa, albatta. Fikr odamning barmoq izlari kabi o’ta xususiy, o’ta shaxsiy bo’ladi..

©️Nazar Eshonqul

Jasur Muhammad

31 Oct, 10:51


Bugun ‘Namoz solnomasi’ kitobi taqdimotida qatnashdik.. Ko’p hadyalandik..

Tadbir behtarin bo’lib o’tdi!

Jasur Muhammad

30 Oct, 06:26


Nega LOOOKni tanlayman!

Jasur Muhammad

28 Oct, 09:53


Libosim bo’lasizmi?

Jasur Muhammad

28 Oct, 07:09


O’lishdan qo’rqmayman. Istaganimday yasholmaslikdan qo’rqaman..

Jasur Muhammad

27 Oct, 15:50


Bugun Mindset club uchrashuvmiz bo’lib o’tdi.

Qariyib 8 yildan buyon suhbatini ololmay yurgan ukam @qudratullohaxmad bilan uchrashdik.

Ajoyib foydali bo’lishi aniq edi. Va shunday bo’ldi..

Suhbat davomida hayratlanib “Qudratulloh shuncha ilmni qanday ko’tarib yuribsiz” deb yubordim..

Ilm oling, kam bo’lmaysiz. U bilan bog’laning, hor bo’lmaysiz..

Jasur Muhammad

26 Oct, 18:45


Realga omad 😅

Jasur Muhammad

26 Oct, 10:17


Ingliz tili, Arab tili, Turk tilidan yaxshi tarjimonlar kerak .. Ko’p kitob o’qigan, Ona tilini yaxshi bilishi kerak..

Sizlarga tajiriba, bizga yordam bo’ladi

Murojaat uchun: @jmkitobchi

Jasur Muhammad

23 Oct, 05:05


⚡️198 mln so‘mgacha: Qaysi ilovalar orqali komissiyasiz pul o‘tkazsa bo‘ladi?

— «Smart bank» ilovasi orqali - 100 mln so‘mgacha;
— «Humans» ilovasi - 50 mln so‘mgacha;
— «Agrobank»ning «Agrobank mobile» ilovasi - 10 mln so‘mgacha;
— «Tenge bank»ning «Tenge24» ilovasi - 10 mln so‘mgacha;
— «MyUztelecom»ning ilovasi - 8 mln so‘mgacha;
— «Xalq banki»ning «Xazna» ilovasi - 5 mln so‘mgacha;
— «Davrbank»ning «Davr Mobile» ilovasi - 3,5 mln so‘mgacha;
— «AVO Bank»ning «Avo» ilovasi orqali - 3 mln so‘mgacha;
— «Mikrokreditbank»ning «Mavrid» ilovasi - 3 mln so‘mgacha;
— «SelloPay» ilovasi - 3 mln so‘mgacha;
— «Ali»f ilovasi - 1 mln so‘mgacha.

Shu tariqa ayni paytda ilovalar orqali umumiy 196,5 mln so‘m mablag‘ni istalgan kartadan istalgan kartaga foizsiz o‘tkazish mumkin.

Jasur Muhammad

21 Oct, 15:19


Tez o’qi, ko’p o’qi, tushinib o’qi..

Kitob o’qish muhimligini bilib oldingiz. Ammo davomli o’qiy olmayapsiz.

Siz o’qituvchisiz bolalarni mutolaaga qiziqtirmoqchisiz. Ammo uddasidan chiqa olmayapsiz.

Ota- Onasiz farzandingizni kitobxon bo’lishini istaysiz. Ammo bo’lmayapti..

Biz yaqinda boshlaydigan kurs aynan sizga yordam berishidan umidvormiz!

Jasur Muhammad

18 Oct, 17:19


- Qalbim bilan ruhim bu jasad ichida qiynalib ketdi..

Jasur Muhammad

12 Oct, 10:25


Odat agar takrorlanaversa tabiat bo’lur..

©️Alisher Navoiy

Jasur Muhammad

10 Oct, 17:13


Nafs nafsga emas,
Nafas nafasga oshiqdir.

©️Sevda Diker

Jasur Muhammad

09 Oct, 18:55


Simit sotdik. Suv sotdik..
Vatanni sotmadik!

Jasur Muhammad

30 Sep, 05:39


Aqliy mehnatga dangasa xalq jismoniy qullikka mahkumdir.

©️Husayn Buxoriy

Jasur Muhammad

17 Sep, 14:34


Avallari

Biror mashxur insonni ko’rsak rasm tushib olishga va uni sahifamizga joylashga oshiqar edik..

Cafelardagi taomlarni oldida rasmga tushib uni ham joylar edik.

Qayerga borsak rasmlarimiz bilan sahifalarimiz to’lar edi.

Boshqa ish qo’lidan kelmagan inson. Jasadini reklama qilishdan nariga o’tmas ekan.

Kitob o’qish va ilmiy suhbatlar ko’paygani sari o’sib borasiz. Avval qiziq va muhim bo’lgan narsalar arzimas va kulgili bo’lib qoladi.

Jasur Muhammad

05 Sep, 08:36


Boshlang’ich kitobxonlar uchun!

1. Halol Luqma
2. Alvido Vatan
3. Ishqi Rosul
4. Talabalik(davrini qanday o’tkazmoq kerak)
5. Morrining seshanba darslari
6. Bir olimning kundaligi
7. Aysel
8. Izlash
9. Uni poklagan najot topur
10. SOS (savol ortidagi savol)
11. Kafansiz ko’milganlar
12. Men
13. Qalb iffati
14. Yashamoq
15. Isrof
16. Kuchsizlar kuchi
17. Tavba
18. Til ofatlari
19. U. Vaqtning qadri
20. Ilm olish sirlari
21. Hamza
22. Diqqat
23. Aldanganlar
24. Kelinlik toji
25. Chinakam Bandalik
26. Mustarshidin (munir nashiryoti)
27. Mahramiyyat tarbiyasi..
28. Tungi Suhbatlar
29. Vasatiya hayot yo’li
30. Sohilsiz dengiz

Kichik va qiziqarli kitoblardan o’qishni boshlang. Natija bo’ladi!

Jasur Muhammad

05 Sep, 04:33


Eng qiyin ish bilasizmi nima?

Eng qiyin ish hayvonni tarbiya qilish emas. Eng qiyin ish farzandni tarbiya qilish emas. Eng qiyin ish inson o’zini tarbiya qilish…


Inson o’zini tanishni boshlasa bu gapni tushunib yetadi.

Turli xil niqoblarda ro’l o’ynab yurganini anglaydi.

Insonlar oldida tuslanayotgani, aslida unday emasligini biladi.

O’zini tanib olsa, turli xil niqoblardagi ro’llarini adolatli o’ynashni boshlaydi.

Jasur Muhammad

26 Aug, 16:41


- Bugun bir inson bilan ko’rishdim. Muloqotdagi xatolarimni va umuman xatolarimni aytib berdi.

Inson o’zidan boshqa ko’z(inson) orqali o’zini ko’rib turishi kerak ekan.

Gapirish davomida “masalan” degan so’zni va keraksiz olmoshlarni ko’p ishlatar ekanman.(o’zimga bilinmas edi)

Kitobxon, ziyoli va ilmli insonlar o’rnak bo’lishi kerak. Menda keraksiz mavzularga o’tib ketish va ko’p eshita olmaslik ham borligini aytdi..

Yolg’iz o’zinga xatolaringni aytadigan, to’g’ri joyda, to’g’ri narsani odob bilan tushuntiradigan do’stlar sog’ bo’lsin..

Jasur Muhammad

24 Aug, 05:44


Ovchining otgan o’qi bir kishini o’ldirishi yoki umuman unga tegmasligi mumkin. Lekin aqlli odamning hiyla nayrangi ona qornidagi chaqloqniyam o’ldirishi mumkun.

©️Kautila, hind faylasufi 3-asr

Shuning uchun kimni kuzatishingizni yaxshilab o’ylab ko’ring. Filtringizni yaxshilab ishlatishingiz kerak.

Chunki, tushunchalarni sog’lom saqlashlik juda muhim..

Bir ilmli inson bilan bir voqea yuzasidan tortishib qolgan edim. Bir kuni Kamoliddin(R) aka bilan uchrashib qoldim. Shu sohani yaxshi bilgani uchun so’radim.

U kishi zo’r gap aytdi. “Jasurbek, insonlar tushunchalarini ehtiyot qilishlari kerak, agar u o’zgarsa, to’g’rilanishi uchun yillar kerak bo’ladi. Agar to’g’rilansa”

Odamlar o’z maqsadiga yetishidagi yagona vositaning mohiyatida kuch va ayyorlik mavjud.
(Gyote)

O’zingizni ehtiyot qiling..

Jasur Muhammad

23 Aug, 17:18


Bir kuni bir kishi meni yo‘qlab kelibdi. Salom-alikdan so‘ng muddaoga o‘tdi.

"Domla, 5000 dollar beraman, dissertatsiyani yozib bering, himoyadan keyin yana beraman, xullas, rozi qilaman" dedi.

"Farzandlardan nechta?" so‘radim.

"Ikkita..."

"Ularning aybi nima?" deb so‘radim.

Dovdiradi.

"Tushunmadim, domla..." dedi.

"Shunday qilib dissertatsiya yoqlasangiz hukmi halolmi yoki harom?" deb so‘radim.

"Bilmadim..."

"Siz menga halolligini isbotlab bering, sizga shart yozib beray, bir oy o‘tirsam bitta dissertatsiya tayyor bo‘ladi. Endi teskarisi bo‘lsachi? Ya’ni, harom. Fan nomzodi bo‘lasiz, fan nomzodiga yarasha oylik olasiz. Bu oyligingiz halolmi yoki harom? Agar harom bo‘lsa, bolalaringizga shuni yedirasizmi? Bolalaringizning aybi nima? Ularni halol yedirish o‘rniga bunday qilsangiz kelajagi nima bo‘ladi? Ozgina qiynalasiz, tan-joningiz sog‘, nima qilasiz go‘daklaringizning kelajagini barbod qilib? Bu gapni siz aytmadingiz, men eshitmadim, borib ishingizni qilavering!"

"Uzr, domla..."

"Bir gap esingizda tursin, ota-ona, ayniqsa, erkak kishi yetti pushtiga mas’uldir. Siz kim bo‘lsangiz yetti avlodingiz ham shu bo‘ladi. Buni genetika deydi, allaqachon isbotlab qo‘ygan! Mavzu beraylik, o‘rganing, ishlang!"

"Ming bor, uzr, domla..."

Keyin u kishini ko‘rmadim. Boshqa kelmadi.

Baxtiyor Abdug’afur

Jasur Muhammad

20 Aug, 04:56


- O’qimaydigan kitobingizni sotib olmang.

Pulingizni tejashni o’rganing. Faqat hozir o’qiydigan kitoblaringizni sotib oling..

Qolgan pulingizni kurslarga yoki sportga sariflang..

Ko’p mutolaa qiling. Filtr bilan tanlab o’qing.. Har kim tavsiya qilgan kitoblarni o’qiyvermang..

Kitob o’qishda ham ustoz ushlang.. O’zi tanlab o’qib, ‘erkin’ fikrlab, ‘bir chiroyli’ ateist bo’lib qolganlar kundan kunga ortib bormoqda..

Poydevori mustahkam bo’lmagan bino, shamol qattiq kelsa yoki yer qattiq silkinsa qulaydi..

Unutmang, sizni o’qigan kitoblaringiz shakillantiradi..

Jasur Muhammad

15 Aug, 17:53


- Sizda bormi?!

Muvaffaqiyatga erishgan insonlarning hammasini clublari yoki suhbatlashib turadigan jamoalari bo’ladi.

Toshkentga kelganimga 4 yil bo’lib qoldi. Kelmasimdan avval ham ilm olar edim. Kitob do’konimda ko’p mutolaa qilar va haftada bir firklashib turadigan yig’inlarda qatnashardim...

Ammo bir kuni 1000+ kitob o’qigan va o’z sohasini mutaxassislari bilan suhbatlashib qoldim. Fikrlashim tor va ortda qolib ketganimni angladim. Toshkentga kelishga qaror qildim..

Kelganimga 4 yıl bo’ldi, natijalar juda ajoyib, xatto o’ylab ko’rmaganlarim bo’ldi.

Qalbingdagi g’aming qadar tavfiq beriladi” degan gapning haq ekanini ko’rdim.

Kelganimdan buyon top mutaxassislar bilan juda ko’p suhbatlashdim. Loyihalar qo’shimcha yuksalish bo’ldi. Juda katta natija berib, fikrlashimda 10,20-yıl oldinlatib yubordi.

O’zimizda natija bergan bu uslubni boshqalarga ham taklif qilishni istadik. Va Mindset clubni tashkil etdik. Endi sizda ham bu imkoniyyat paydo bo’ldi.

Inson ilm olar ekan, kitob mutolaa qilar ekan, nimadir kamdek tuyuladi. Bu boshqa sohalardagi mutaxassislar bilan aloqa yo’qligi, maslaxat olinmagani, networking yo’qligidan bo’ladi..

Jasur Muhammad

14 Aug, 02:58


O‘zingizdan mazlum(mazluma) yasab olmang...

Bir muammo bo‘lib qolsa, o‘zingizdan mazlum yasab boshqalarni aybdor qilishni bas qiling. Hayotingizni hozirgi ahvoliga kelishiga yagona sababchi inson asli o‘zingizdir. Kechagi tanlovlaringiz bugungi taqdiringizni hal qiladi. Agar inson oʻz hayotini taftish qiladigan boʻlsa tushunib yetadiki uning oʻzi hayotidagi har bir hodisaga sababchi ekanligini.


Xalqimizning maqollarini sevaman-da, “Shamol kelmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi”, “G‘unajin ko‘zini suzmasa, buqa ipini uzmaydi”. Boshqalarga o‘zingizni muammolaringizni ilishdan osonroq ish yo‘q. Ammo siz boshqalarni ayblashdan avval ularga imkon berganingiz, shaxsiy chegaralaringiz eshigini ochib kiritganingizni unutmasligingiz lozim.

Har bir insonda tanlash huquqi bor va shu tanlovlari asosida inson hayot kechiradi. Muammolar faqat sizda emas, hammani hayotida qiyinchiliklar boʻladi ammo hamma ham u muammolarni yechimi aynan oʻzidaligini bilmaydi. Balki boshqalarni ayblash bilan oʻziga vaqtinchalik "sokinlik" oladi. Lekin keyinchalik tushunib yetamizki asil muammo oʻzimizda ekanligini va u muammodan chiqish ham oʻz qoʻlimizda.


Shuni yodda tutish kerakki, mag'lubiyatga uchraganlar hech narsa qilmaslik uchun sabab topadilar va faqat o'z atrofidagilarni ayblashadi, lekin g'oliblar o'zlarini, xatolarini tahlil qilishga va keyin yechim topishga harakat qiladilar.

Jasur Muhammad

09 Aug, 11:44


- Bizning qiladigan muhim va jiddiy ishlarımız bor. Oddiy va keraksiz ishlar bilan chalg’lib qolmang.

Sizni aldashlariga yo’l qo’ymang..

O’zining hayotini, oila a’zolarini ko’rsatib, sizni vaqtingizni o’g’irlayotgan “blogger”lardan uzoq turing..

Jasur Muhammad

02 Aug, 13:20


O’zimizning tarix siz uchun qiziqmi?

1. ''Yonayotgan Buxoro'' Yavuz Bahodiro'gli.
2. ''Alvido Buxoro'' Yavuz Bahodiro'gli.
3. ''O'tkan kunlar'' Abdulla Qodiriy.
4. ''Mehrobdan chayon'' Abdulla Qodiriy.
5. ''Alvido Vatan'' A'zam Hoshimiy.
6. ''Kafansiz ko'milganlar'' Shukrullo.
7. ''O'tmishdan ertaklar'' A. Qahhor.
8. ''O’zbekiston tavalludi”
9. '’Shayboniylar davlati”
10. ''Sarob'' A. Qahhor.
11. ''Sinchalak'' A.Qahhor.
12. ''Ikki eshik orasi'' O’. Hoshimov.
13. ''Dunyoning ishlari'' O'tkir Hoshimov.
14. ''Lolazor'' Murod Muhammad Do'st.
15. ''Otamdan qolgan dalalar'' Tog'ay Murod.
16. ''Ufq'' Said Ahmad.
17. ''Qasoskorning oltin boshi'' Xudoyberdi To'xtaboyev.
18. ''Tushda kechgan umrlar'' O'tkir Hoshimov.
19. ''Madaminbek qo'rboshi'' Baxtiyor Abdug'ofur.
20. ''Kazbek'' Baxtiyor Abdulg'ofur.
21. ''Oltin zanglamas'' Shuxrat.
22. ''Yoqotganlarim va topganim'' Said Ahmad.
23. “Turkiston qayg’usi” A. Sog’uniy

O’zligini o’rganmaslik, o’qimaslik fojeadir!