A’fiyfun @afiyfun Channel on Telegram

A’fiyfun

@afiyfun


A’fiyfun Muzakkar!

Instagram:
Instagram.com/afiyfun

@afiyfun_bot

A’fiyfun (Indonesian)

A’fiyfun merupakan channel Telegram yang berfokus pada kesehatan dan kebahagiaan. Dengan menggunakan bahasa Indonesia sebagai medium komunikasi, channel ini menyediakan informasi, tips, dan saran untuk meningkatkan kesejahteraan fisik dan mental. Para pengikut channel ini akan mendapatkan panduan mengenai pola makan sehat, olahraga yang bermanfaat, serta tips untuk mengelola stres dan kecemasan. Selain itu, A’fiyfun juga memberikan motivasi dan inspirasi agar para pengikutnya dapat hidup lebih sehat dan bahagia. Jadi, jika Anda ingin mendapatkan informasi yang berguna untuk meningkatkan kualitas hidup Anda, bergabunglah dengan channel A’fiyfun sekarang juga!

A’fiyfun

14 Jan, 07:11


Agar ko’ngling sinishini istamasang, umiding faqat Allohdan bo’lsin…

@afiyfun

A’fiyfun

14 Jan, 05:26


Ko’z yosh bilan yuvilgan yuz, tavba bilan yuvilgan qalbdan ko’ra tozaroq narsa yo’q..

@afiyfun

A’fiyfun

14 Jan, 04:19


14 Rajab. 1446.

A’fiyfun

13 Jan, 12:41


Yaxshi munosabatlarni vaqtida qadrlang, hamma narsaning chegarasi bor!

@afiyfun

A’fiyfun

13 Jan, 06:33


13 Rajab. 1446.

A’fiyfun

12 Jan, 07:28


Yozilgan so’zlarga ishonma, aytilishi kerak bo’lgan, ammo aytilmagan so’zlar, satrlarning oxiridagi uch nuqtada qolib ketadi…

@afiyfun

A’fiyfun

12 Jan, 03:50


12 Rajab. 1446.

A’fiyfun

11 Jan, 12:30


Sendan keyin dunyo hech o’nglanmadi. Uvoling tutdi olamni, bolajon…

@afiyfun

A’fiyfun

11 Jan, 05:13


11 Rajab. 1446.

A’fiyfun

10 Jan, 09:09


Ishonganing sodiq chiqsa do’st bo’ladi, agar xoin bo’lsa kuyinma, bir umrlik dars bo’ladi..

@afiyfun

A’fiyfun

10 Jan, 04:12


Juma, 10 Rajab. 1446.

A’fiyfun

09 Jan, 05:13


9 Rajab. 1446.

A’fiyfun

07 Jan, 11:04


• Ummat uchun duo qilishni unutmang, bilingki, ular uchun duo qilish sizga ham xuddi shunday qaytadi, kim o'zi va oilasi uchun omonlik, rahmat va najotni soʻrab duo qilsa, birodarlari uchun ham xuddi shunday duo qilsin, chunki ular bunga ko'proq loyiq va munosibdir..

@afiyfun

A’fiyfun

07 Jan, 04:19


7 Rajab. 1446.

A’fiyfun

07 Jan, 04:19


Har kim o’zini boshqalardan ko’proq musibatga uchragan deb o’ylaydi. Aslida har birimizning muammolarimiz va dilxiraliklarimiz o’ziga xos. Faqatgina Allohning qazo va qadariga rozı bo’lishda bir-birimizdan farqlanamiz..

Allohning qazo va qadariga rozı bo’lish, insonni har qanday sinovlarga, to’siqlarga qarshi ko’proq kuchli qiladi..

@afiyfun

A’fiyfun

06 Jan, 07:15


Ayollari, erkaklarining haybatini his qilmaydigan xonadondan uylana ko’rmang!

@afiyfun

A’fiyfun

06 Jan, 06:14


6 Rajab. 1446.

A’fiyfun

06 Jan, 06:13


Mo’minning ikki jannati bor. Birinchisiga kirmagan odam ikkinchisiga kira olmaydi. Bu haqida Ibn Taymiyya rahimahulloh aytadi:

— Bu dunyoda bir jannat bor-ki, unga kirmagan odam oxiratdagi jannatga kira olmaydi.
— U qanday jannat? — deb so‘radilar.
— U iymon jannatidir, — deya javob berdi Shayxulislom.


Mo’min Allohga iymon keltirishi va U Zotning qadariga rozi bo‘lishi bilan shu dunyoning o‘zida chin ma’nodagi bir jannatda yashaydi.

Har qancha baloyu ofatlarga giriftor bo‘lmasin, o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi, dod-voy solmaydi, og‘ir-bosiqlik va xotirjamlik bilan ish ko‘radi.

Chunki u jannat ostonasidan o‘tmaguncha chin rohat yo‘q ekanini juda yaxshi biladi.

@afiyfun

A’fiyfun

05 Jan, 05:51


5 Rajab. 1446.

A’fiyfun

04 Jan, 19:10


Allohning rahmati…

A’fiyfun

04 Jan, 06:46


4 Rajab. 1446

A’fiyfun

03 Jan, 12:48


Qalbingni tanimagan borki hammasi - begona!

@afiyfun

A’fiyfun

03 Jan, 03:44


Juma, 3 Rajab. 1446.

A’fiyfun

02 Jan, 11:21


"Allohim! Bizga Rajab va Sha’bon oylarini muborak qil va bizni Ramazon oyiga yetkaz."

Amiyn.

@afiyfun

A’fiyfun

02 Jan, 06:58


G‘am-tashvishlar qachon tugaydi?

Ibn Qoyyim rahimahulloh aytadilar: Bor g‘amlar jamlanib bitta g‘am - Allohning roziligiga aylanganda, bundan ham go‘zal va yaxshi hayot bo‘lurmi?!

@afiyfun

A’fiyfun

02 Jan, 02:54


2 Rajab. 1446.

A’fiyfun

02 Jan, 02:53


Bir kuni o'g'ri Molik ibn Dinor rohimahullohning uyiga o'g'irlikka tushdi. U kishining uyidan hech vaqo topmagach, Molik aytdi:
"Dunyo matolaridan hech narsa topmading, endi kel , oxirat matolaridan nasiba ol"
So‘ng o'g'rini yetaklab masjidga chiqdilar.
Odamlar "bu kim?" Deyishdi .
U kishi aytdilar:
"Bir o'g'ri! Bizni o‘g‘irlagani kelgan ekan biz uni o'g'irladik".

@afiyfun

A’fiyfun

01 Jan, 04:21


1 Rajab. 1446.

A’fiyfun

31 Dec, 06:43


Ho’p, yilni nishonlanishi kofirni bayrami emas dedingiz, lekin o’sha siz aytayotgan "Yilning yangilanishi xolos" bayramingizni, Falastinda musulmonlarni qirg’in qilayotgan, isroil mahsulotlari bilan dasturhoningizni bezab nishonlaysizmi, hech bo’lmasa insoniylik degan sifatingiz yo’qmi..?

@afiyfun

A’fiyfun

30 Dec, 13:27


Yil bo’yi "U tug’magan va tug’ilmagan" oyatini tilovat qilib.

Yil so’ngida "Allohning bolasi bor" deydiganlarning bayramini nishonlaysizmi..?

@afiyfun

A’fiyfun

30 Dec, 11:57


Mahrum emas muhofaza etilganinga ishon, qayg’urma..

@afiyfun

A’fiyfun

29 Dec, 15:12


Qur’onni yodlashing jarayoni sekin ketayotganidan hafsalang pir bo’lmasin. Takror-takror o’qishdan charchama va zerikma. Chunki Qur’onni yodlash, takrorlash, mahraj va harakatlarni to’g’rilash, hamda uning mazmunini tushunishga harakat qilish uchun ajratilgan har bir lahza qalbingni poklaydi, ajringni ko’paytiradi, darajangni yuksaltiradi, tanangni to’g’rilaydi, ongingni kengaytiradi va seni yanada mukammal insonga aylantiradi. Qur’onni yodlash yo’lida sarflangan vaqt hech qachon bekor ketmaydi. Qur’on bilan ko’proq vaqt o’tkazishga muyassar bo’lganingni o’zi katta bir muvaffaqiyatdir..

@afiyfun

A’fiyfun

27 Dec, 18:34


Har kuni o’zimizga berishimiz kerak bo’lgan eng muhim savol: "Bugun Robbimga qanchalik yaqinlashdim?"
"Bugun Robbimdan qanchalik uzoqlashdim?"

Qilayotgan ishlarimiz, borayotgan manzillarimiz, so’zlayotgan so’zlarimiz bizni Allohga yaqin qilmoqmdami, yoki uzoqmi, qay bir holatta kunimizni yakunlamoqdamiz, hech o’ylab ko’ramizmi?

O’ylashimizga arzimaydigan tushlik va kechgi ovqat, ertangi kunga nima kiyishimiz haqida o’ylaymiz-u, yaralganimiz asl maqsad haqida o’ylamaymizmi hech?

Javobini o’zingiz juda yaxshi bilasiz..

@afiyfun

A’fiyfun

27 Dec, 04:42


Rasululloh🕌ga ko’p salovat aytishni ham unutmang..

A’fiyfun

27 Dec, 04:39


#Bismillah

Bugun juma, kahf surasini o’qing, o’qish sunnat, imkoningiz bo’lmasa tinglang
. Bugun duolar so’zsiz ijobat bo’ladigan bir mahal bor, Robbim o’sha vaqtni sizga nasib qilsin, bizni ham duolarda eslab qo’ying..

Assalamu alaykum..

@afiyfun

A’fiyfun

25 Dec, 14:11


50k..🌴

A’fiyfun

25 Dec, 11:20


Allohdan so’rashga ko’p muhtojmiz:

Ey Robbim, Sening huzuringdagi sharmandaligim kifoya, meni bandalaring orasida sharmanda qilma..
Ey Robbim, ma’siyat, yomon ish ustida jonimni olma, Sening g’azabing va adolatingdan qo’rqaman, xotimamni go’zal qil..
Ey Sattor bo’lgan Robbim, agar ayblarim ochilsa Sendan boshqa satr qilguvchi zot yo’q, ayblarimni yashir va meni avf et..
Ey Robbim, shaytonni men bilmaydigan hiylalaridan O’zing asra, unga yaqin qiladigan ishlarni, insonlarni mendan uzoq qil..
Ey Robbim, men ojizman, zaifman, qalbimdagi yashirin kibr, kasalliklarga O’zing shifo ber..

@afiyfun

A’fiyfun

24 Dec, 10:09


#Eslatma

Atrof to’la nomahram, ochiq-sochiq ayollar, yarim-yalang’och ayollar rasmi qo’yilgan reklamalar va hokazo fitnaga to’la ko’cha. Balki, hozir ko’chaga chiqish ham shart emas, fitna uyimiz ichigacha, har birimizning cho’ntagimizgacha kirib keldi. Oldinlari gunoh qilish uchun yurib borish kerak bo’lsa, hozirga kelib gunohning o’zi uyimizga kirib kelgan. Televizor, internet, telefon shunga o’xshash matohlarning ichi gunoh-ma’siyatga to’lib yotibdi. Ko’zni tiyishga ko’chadan ko’ra ko’proq uyda, yolg’iz qolgan holimizda muhtojmiz…

@afiyfun

A’fiyfun

21 Dec, 17:20


Orzularimiz ko’pligi bizga o’limni unuttirdi..

A’fiyfun

21 Dec, 17:17


O’lim har bir insonning qiyomatidir..

A’fiyfun

21 Dec, 17:15


O’lim ikki marta kelmaydi..

A’fiyfun

20 Dec, 13:52


Vozkechmoq istaganingda bo’lmaslarni bo’ldirgan Robbing borligini esla!

@afiyfun

A’fiyfun

20 Dec, 04:59


Hayrli Jumalar..

A’fiyfun

17 Dec, 12:54


Yolg'iz qolganingda kim bo'lsang, "Sen o'sha"san!

@afiyfun

A’fiyfun

16 Dec, 15:31


Bir narsani juda chuqur his qilib, ammo uni ifoda eta olmaslik tanish holatmi..?

@afiyfun

A’fiyfun

08 Dec, 13:40


Zolim qanchalik qurolbardor bo’lmasin mazlumning duosi oldida u yaksondir!

@afiyfun

A’fiyfun

08 Dec, 06:54



A’fiyfun

06 Dec, 03:53


Quyosh chiqqan kunning eng yaxshisi, Juma kunidir!

Bugungi kun, kunlarning eng hayrlisi bo’lsin, assalamu alaykum..

@afiyfun

A’fiyfun

04 Dec, 08:24


ChatGPT biz haqimizda:)

@afiyfun

A’fiyfun

04 Dec, 06:15


Yolg‘iz keldik, yolg‘iz ketamiz,
Ismimizga qo‘shilar "marhum"

A’fiyfun

01 Dec, 05:50


Qirg’izistonda bir insonda omonatimiz bor edi, iltimos aloqaga chiqib yuboring:)

@afiyfun_bot

A’fiyfun

01 Dec, 04:07


Muhammad ibn Vosi rahimahulloh odamlarning gap-so'zlari haqida aytardilar:

"Meni qo'l oyoqlarimdan tutilib do‘zaxga otilsam, odamlar gap-so‘zlari menga nima foyda bera oladi!"

@afiyfun

A’fiyfun

29 Nov, 14:35


Ichimdan chiqara olmagan har bir huzun Senga omonat Allohim!

@afiyfun

A’fiyfun

29 Nov, 04:36


Bugun Juma..

A’fiyfun

24 Nov, 10:50


Faqat o’qishim uchun, nimadir..)

A’fiyfun

24 Nov, 04:37


Boshqa bir insonning haqiqati uni senga aytib bergan narsasida emas, balki aytib bera olmagan narsasidadir.
Shuning uchun agar sen uni bilmoqchi bo’lsang, uning aytganlariga emas, aytmaganlariga quloq sol..

@afiyfun

A’fiyfun

24 Nov, 02:33


Intil, harakat qil va natijasini Allohga tashlab qo’y! Ishonki, U Zot sen uchun hamma narsaning eng xayrlisini ato etur!

@afiyfun

A’fiyfun

23 Nov, 18:03


- Gamim bitsin biror chora ayting shayx?
- "Astag’firulloh va atubu ilayh".

@afiyfun

A’fiyfun

23 Nov, 13:13


Biri menga shunday degandi:

Har qalbning lug’ati har-xil,
yozganlaringizni "tarjima"
qilolmaganlarga kuyinmang.

@afiyfun

A’fiyfun

22 Nov, 13:21


Holimizni jimliklardan anglaganga qalbimiz oshno..

@afiyfun

A’fiyfun

22 Nov, 04:29


Bugun Juma…

A’fiyfun

21 Nov, 12:57


"Onajon,
ular kichik bolalarga
kichik bomba otishadi,
to'g'rimi..?"

Ya Alloh…

@afiyfun

A’fiyfun

21 Nov, 04:14


Ramazonga 100 kun qoldi…

A’fiyfun

20 Nov, 16:54


Holatingdan shikoyat qilib vaqtingni ketkazma. Odamlar nimani eshitishni xohlasa o’shanga quloq soladilar…

Allohga yuzlan!

@afiyfun

A’fiyfun

19 Nov, 09:39


#Eslatma

Jazodan xotirjam bo‘lish yaxshilik alomati emas. Hasan Basriy rahimahulloh aytadi: "Munofiq bo‘lib qolishdan munofiq odam qo‘rqmaydi".

@afiyfun

A’fiyfun

17 Nov, 18:20


Sufyon Savriy rohimahullohga bir kishi shikoyat qilib dedi . “ Men bir ayolni yaxshi ko‘rib uylandim, vaqt otib u ayol nazarida eng keraksiz, hurmatsiz holga tushib qoldim“

Sufyon dedilar : Shoyadki uylanar ekansiz uning huzurida izzat ikrom topish uchun uylangan bo‘lsangiz kerak ?
U kishi : Ha shunday dedi.

Sufyon dedi : Kim izzat talabida bir ishni qilsa, xorlik bilan jazolanadi. Kim mol uchun qilsa faqirlik bilan jazolanadi. Kim bularni Alloh uchun qiladigan bo‘lsa har ikkalasini ham unga jamlab beriladi.

@afiyfun

A’fiyfun

16 Nov, 13:12


Shunday duolar borki, tilga ehtiyoj qoldirmaydi, ko’zdan to’kiladi…

@afiyfun

A’fiyfun

15 Nov, 04:08


Quyosh chiqqan kunning eng yaxshisi, Juma kunidir! 🧢

@afiyfun

A’fiyfun

13 Nov, 09:10


Instagram.com/afiyfun

Bizni Instagram’da ham kuzatasizmi?
Biz bugun 40k bo’ldik…

A’fiyfun

13 Nov, 06:04


Puldan qiynalyapman…

Alloh mo’min bandalarining rizqini ular o’ylamagan joydan berishidan boshqasiga unamaydi. Aynan siz kutmagan joydan rizq kelishiga ishonishingiz kerak.

Aynan kasbimdan yechim keladi deb o’ylamang. Siz kutmagan joydan kelishiga amin bo’ling. Agar kasbingizdan kelishiga ishonsangiz, o’zingiz bilmagan holda kasbingizga suyanib qolasiz. Alloh saqlasin.

Faqir bo’lib qolsangiz Alloh bilan savdo qiling. Yashirin sadaqotlar qiling. Agar biz bilgan joyimizdan rizq kelishiga tayanib yashaganimizda, hech ham yashay olmasdik. Rizq kutilmagan joydan keladi, bunga amin bo’ling va Allohdan bardavom so’rashda davom eting!

@afiyfun

A’fiyfun

11 Nov, 16:42


Sizni quvonchingiz, baxtli bo’lishingiz biron bir voqeaga bog’liq bo’lsa, siz hech qachon haqiqiy baxtni his qila olmaysiz.
- Shu ishga kirib olsam baxtli bo’laman deysiz.
- Ozib, ozgina vazn tashlasam baxtli bo’laman deysiz.
- Shu qizga uylanib olsam baxtli bo’laman deysiz.
Lekin angalamaysizki, baxt biron narsaga erishish bilan bo’lmaydi. Borliqni qabul qilib, hozirgi holatda baxtli bo’lishni bilmaguningizcha. Baxt erishiladigan cho’qqi emas. Baxt ro’yhatda tuziladigan narsalarga erishish emas. Agar shunday bo’lsa bir umr maqsadlarni quvib yashaysiz. Hozir baxtli bo’lishni o’rganing!

Agar sizga iymon berilgan bo’lsa, namozlaringiz joyida bo’lsa, Allohga shirk keltirishdan saqlanayotgan bo’lsangiz, boshqa sabablar shart emas. Hozir baxtli bo’ling!

Oisha raziyallohu anho onamizning uylarida jihozlari bo’lmagan. Qozon har doim ham qaynamagan. Lekin dunyoda eng baxtli ayol bo’lganlar.

@afiyfun

A’fiyfun

10 Nov, 14:35


400kun…

A’fiyfun

09 Nov, 16:15


O’zingdagi eng qimmat narsa kiyiming bo’lib qolishiga yo’l qo’yma!

@afiyfun

A’fiyfun

09 Nov, 12:58


Nikoh namoz kabidir, niyat qilinadi va boshqa tarafga boqilmaydi!

@afiyfun

A’fiyfun

08 Nov, 18:21


- Dadajon biz Ramazonni sog'inganimiz kabi u ham bizni sog'inadimi?
- Albatta! Shuning uchun ham har yili 12 kun avval keladi…

Qalb Ramazonni sog’indi…

@afiyfun

A’fiyfun

08 Nov, 05:59


Ibn Qoyyim rohimahulloh aytadi:

"Juma ibodat kuni. Ramazon boshqa oylardan qanchalik afzal bo’lsa, juma boshqa kunlar ichida shunday afzallikka ega. Juma kunidagi duo ijobat bo’ladigan vaqt Ramazondagi qadr kechasi kabi qadrlidir".

@afiyfun

A’fiyfun

08 Nov, 05:46


📎08.11.2024

A’fiyfun

08 Nov, 05:43


Bugun Juma…

A’fiyfun

06 Nov, 16:33


So’zlarimiz haddan ziyod ko’p, amalimiz haddan ziyod kam!
Namozimizdan ko’ra masjidlarimiz go’zalroq. Tutayotgan ro’zamiz emas, saharlik va iftorliklar chiroyli. Oladiganimiz ilmdan ko’ra uni ko’z-ko’z qilish muhtasham…

@afiyfun

A’fiyfun

06 Nov, 13:51


Allohdan boshqa kiming bor?!

@afiyfun

A’fiyfun

05 Nov, 14:19


Allohim!
Agar tilim duoda istaklarimni aytolmasa…
Sen qalbimni eshitasan!

@afiyfun

A’fiyfun

02 Nov, 18:43


Alloh qalbimizdagi yashirin dardlarga shifo bersin…

A’fiyfun

31 Oct, 14:14


"Premium"chilar, yordamingiz kerak biroz:)

https://t.me/boost/afiyfun

A’fiyfun

31 Oct, 13:28


Qanday go’zal bir duo:

"Albatta, men uchun qiyin bo’lgan narsa, Sen uchun osondir Robbim!

Ko’p eslashga, eslatishga muhtojmiz…

@afiyfun

A’fiyfun

30 Oct, 12:56


Mayli hech narsa dema. Agar yig'laging kelsa choy xo'pla, tomog'ingga tiqilgan g'ussa, choyga aylanib shifo bo'lsin!

Axir joningga arzigulik g'am yo'qku..

@afiyfun

A’fiyfun

30 Oct, 06:46


Bugungi kunda eng ko'p amal qilolmayotganimiz ushbu hadis deb o'ylayman...

A’fiyfun

28 Oct, 14:25


Robbim, "inshaAlloh" ila sabr etganlarni "Alhamdulillah" quvonchi ila yashat…

@afiyfun

A’fiyfun

28 Oct, 07:33


Alhamdulillah! #kechagisurat

Vayronalar ostida qolgan bolajon Allohning qudrati ila omon qoldi…

@afiyfun

A’fiyfun

27 Oct, 14:46


#Gʻazo

Sionist fashistlarning hujumi oqibatida vayronalar ostida qolgan bolajonning nazarini xotirlab oling..

Qiyomat kunida mana shu nazarlar tomonidan so’ralamiz!

@afiyfun

A’fiyfun

26 Oct, 13:16


Eng yaxshi tasalli:

Alloh bilguvchi…
U ko’rib turguvchi!
Va U hukm qilguvchidir!

@afiyfun

A’fiyfun

24 Oct, 17:14


#G’azo

“Gʻazo ahli urush boshlangandan beri eng ogʻir kunlarni yashamoqda,
ularni duolarimizda unutmaylik”

@afiyfun

A’fiyfun

24 Oct, 15:05


Quyosh chiqqan kunning eng yaxshisi, Juma kunidir!

@afiyfun

A’fiyfun

24 Oct, 07:26


Nima uchun ko‘z yoshining suvi sho‘r, og‘izning suvi shirin, quloqning suvi esa achchiq ekanini bilasizmi?
Alloh quloqning suvini o‘ta achchiq qilishidagi hikmat shuki, hasharot yoki qurt-qumursqa quloqqa kirib ketsa, achchiq suv ularni o‘ldirar ekan.
Quloqning suvi shirin bo‘lsa, uxlaganimizda hasharotlar kirib ketishi mumkin edi.
Ko‘z yoshining sho‘r bo‘lishi ko‘zning muhofazasi uchun ekan. Ko‘zning yog‘i buzilishga moyilroq bo‘lgani uchun bu suvning sho‘rligi ko‘zni himoya qilib turar ekan.
Og‘iz suvining shirin bo‘lishi ta’mlarni qanday bo‘lsa, shundayligicha his qilish uchun ekan. Agar bu suvning mazasi boshqacha bo‘lsa, dunyodagi barcha ta’mlar o‘zgarib ketgan bo‘lar edi.
Har bir narsaga qodir, g‘ayblarni biluvchi Alloh pokdir!

@afiyfun

A’fiyfun

23 Oct, 18:12


Ibrat ajalning sababida emas, o'limdan so'ng nima bo'lishidadir..

A’fiyfun

22 Oct, 14:00


Qalb charchoqni his etganida, bu shunchaki dunyo ekanini eslating!

@afiyfun

A’fiyfun

21 Oct, 17:30


Oʻzingda yoʻqlariga havaslanaversang oʻzingda borlaridan ham huzurlanmay qoʻyasan...

A’fiyfun

20 Oct, 20:29


Shunday iymon egalarini ko’rasanki kishi, ularni na o’lim na rizqsizlik qo’rqitoladi… 🇵🇸

@afiyfun