Abror Ahmedov @abrorqosimovich Channel on Telegram

Abror Ahmedov

@abrorqosimovich


©️ Shaxsiy blog

Axmedov Abror Qosimovich - Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifimiz:
https://myurls.co/abrorahmedov

📝 @hamroyev90

abrorqosimovich (Uzbek)

Abror Ahmedov, yoshlar ishlarida muvaffaqiyat qozongan ishtirokchi, o'zining shaxsiy blogi bo'lib faol faoliyat yuritmoqda. Qashqadaryo viloyati Yoshlar Ishlari Agentligi boshqarmasi boshlig'i sifatida, Abror Qosimovich o'z samaradorlik va tajribasini ishtirokchilari bilan ulashish uchun Telegram kanalida mavjud. Bu kanal orqali ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasiga murojaat qilishingiz mumkin: https://myurls.co/abrorahmedov. Agar uning faoliyatiga qiziqqansiz, @hamroyev90 ga murojaat qilishingiz mumkin. Sizga eng so'nggi yangiliklar, maqolalar va so'nggi ishlar haqida xabardorlik qilish uchun abrorqosimovich kanaliga obuna bo'ling!

Abror Ahmedov

14 Feb, 16:55


Президент Шавкат Мирзиёев: "Кам таъминланган оилада ҳеч бўлмаганда битта фарзанд олий маълумотли бўлиши учун зарур шароитлар яратамиз"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Abror Ahmedov

14 Feb, 16:30


Олис ҳудудларда хорижий тил марказлари очмоқчи ва тил ўрганмоқчи бўлган ёшлар қўллаб-қувватланади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Abror Ahmedov

14 Feb, 16:10


Қишлоқ хўжалиги, саноат ва сервис соҳаларида тадбиркор ёшлар учун имкониятлар кенгаяди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Abror Ahmedov

14 Feb, 16:00


Давлатимиз раҳбари ёшлар тадбиркорлигида янги даврни бошлаб берадиган учта муҳим ҳужжат ҳақида

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Abror Ahmedov

14 Feb, 15:50


"Битта қизни ўқитсак, бутун оилани ўқитган бўламиз. Оила билимли, маърифатли бўлса, бутун жамият билимли, маърифатли бўлади" - Президент

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Abror Ahmedov

14 Feb, 15:43


Президент: "Биз серғайрат ёшларимизга ишонганимиз учун ўз олдимизга катта-катта мақсадлар қўймоқдамиз, маррани баланд олмоқдамиз"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Abror Ahmedov

14 Feb, 15:33


Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularni yangi marralar sari ruhlantirdi

Abror Ahmedov

14 Feb, 14:37


⚡️Bugungi Prezidentimiz bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan qisqacha taasurotlar!

Bu xabarni har bir yosh eshitishi kerak! Marrani baland olib, oldinga harakatlanishdan to'xtamang aziz yoshlar 🇺🇿

Abror Ahmedov

14 Feb, 11:39


Yoshlar masalasi parlament va mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida ham muhim yo‘nalish sifatida qaralishi lozimligi ta’kidlandi.

Yoshlarga daxldor qonun loyihalarini Yoshlar parlamenti a’zolari bilan birga muhokama qilish va yalpi majlisda loyiha bo‘yicha yoshlar vakillarining fikrini ham eshitish maqsadga muvofiq ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, mahalliy kengash sessiyalarida yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ul organlar rahbarlarining axborotini eshitish, barcha mahalliy kengashlar huzurida yoshlar guruhlarini tashkil etish tashabbuslari ilgari surildi.

Mahallalarda yoshlar yetakchilari tizimi yo‘lga qo‘yilganidan keyin yoshlar siyosati tubdan o‘zgarib, mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilgani e’tirof qilindi.

Lavozimga kirishayotgan yoshlar yetakchilarining kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida ularni tizimli ravishda o‘qitishni yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.

Abror Ahmedov

14 Feb, 11:35


Yoshlarimizda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish bo‘yicha 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida boshlangan “Vatan tayanchi” harakati kasb-hunar maktabi, texnikum va xususiy ta’lim tashkilotlarida ham yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

“Vatan tayanchi” otryadlari o‘rtasida “maktab – tuman – viloyat – respublika” darajasida sport musobaqalari va ijodiy tanlovlar tashkil etiladi.

Shu kabi har bir mahallada yoshlar o‘rtasida “mahalla – sektor – tuman – viloyat – respublika” darajasida “Shijoat va g‘ayrat” sport o‘yinlari o‘tkaziladi. G‘olib mahallalarga sport inshooti qurib beriladi, zarur anjomlar bilan ta’minlanadi.

“Vatan tayanchi” hamda “Shijoat va g‘ayrat” musobaqalari g‘oliblariga harbiy oliygohlarga kirishi uchun tavsiya beriladi.

Abror Ahmedov

14 Feb, 11:30


Tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tizim yaratilgani natijasida salkam 1 million ushbu toifadagi yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy muammolari hal qilindi.

Joriy yilda ham 150 mingga yaqin yoshlar vazirlik va hududdagi rahbarlarga nomma-nom biriktiriladi. Bu rahbarlar yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi, kasbga va xorijiy tillarga o‘rgatish, ishga joylashtirish, tadbirkorlik qilishi uchun yordam ko‘rsatishga mas’ul bo‘ladi.

Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limlari yoshlar yetakchilari bilan birga o‘z harakat dasturini ishlab chiqadi.

Hokimlar esa yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha har oy ular bilan uchrashish tizimini joriy qiladi.

Abror Ahmedov

14 Feb, 11:15


Bugungi kunda mafkuraviy xavf-xatarlar allaqachon kibermakonga ko‘chib o‘tgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan yoshlarimizda internetdan foydalanish madaniyatini yanada yuksaltirish, ular yolg‘on ma’lumotlar qurboniga aylanishi, dunyoqarashi salbiy g‘oyalar ta’sirida shakllanishini oldini olish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Farzandlarimizning ma’naviy tarbiyasi va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni yot g‘oyalardan asrash har birimizning vazifamizga aylanishi shartligi ta’kidlandi.

Shu bois mutasaddilarga yoshlarning mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash, ularni dardiga malham bo‘lib, muammosini hal qilib, turli g‘oyaviy xurujlardan asrash, zararli axborotlardan himoya qilish ishlarini kuchaytirish topshirildi.

Ilm-fan va ta’lim yo‘nalishidagi foydali mahalliy internet resurslari reyestri shakllantirilib, ulardan bepul internet tarmog‘i orqali foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

Nuroniylarimiz ishtirokida “Ajdodlar merosiga munosib avlod” g‘oyasi ostida yoshlarni birlashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Shuningdek, yoshlarda vatanparvarlik hissini oshirish maqsadida “Men buyuk el farzandiman” umummilliy harakatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yoshlarning tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda badiiy adabiyotning roli juda katta ekani ta’kidlandi. Bundan qirq yil oldin ustoz shoir Erkin Vohidov tashkil etgan “Yoshlik” jurnali faoliyatini kuchaytirib, uni yana yoshlarimiz sevib o‘qiydigan jurnalga aylantirish muhimligi ta’kidlandi.

Abror Ahmedov

14 Feb, 11:07


Bugungi kunda fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika, bir so‘z bilan aytganda, STEM fanlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Olmazor tumanida 10 ta maktabda muhandislik laboratoriyalari tashkil qilindi. Bugun ushbu laboratoriyalarda 2 ming o‘quvchi robototexnika va ilg‘or texnologiyalarni o‘rganmoqda.

Barcha tumanlar hokimlariga bu tajribani o‘rganib, ommalashtirish, o‘z hududida 5 tadan maktabni shunday laboratoriyalar bilan jihozlash topshirildi.

Toshkent davlat texnika, axborot texnologiyalari, kimyo-texnologiya, Turin, Inxa kabi 36 ta texnika oliygohi rektorlari sun’iy intellekt, robototexnika, dron, kiberxavfsizlik kabi ixtirochilik yo‘nalishlarida ”Oliygoh kubogi”ni e’lon qiladi. Eng yaxshi startap loyihalari tijoratlashtiriladi.

Kelgusi o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik olimpiadalari va tanlovlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. G‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar texnika oliygohlariga grant asosida o‘qishga kiradi.

Abror Ahmedov

14 Feb, 10:50


Muloqotda kambag‘allikni qisqartirishning eng samarali yechimi ta’lim ekani ta’kidlandi.

Shuning uchun kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

Endilikda kambag‘al oilaning farzandiga ta’lim krediti foizsiz beriladi, qo‘shimcha grant ajratiladi, kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab beriladi.

Yana bir yangilik – iqtidorli, bilimga chanqoq, lekin og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoshlarni xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim – “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi.

Bunda har bir mahalladan ijtimoiy himoyaga muhtoj, bilimga chanqoq yoshlar saralab olinib, iqtidori aniqlanadi. Ularning salohiyatiga mos xorijiy oliygoh tanlanib, tayyorgarlik kurslarida o‘qitiladi.

Xorijda ta’lim olib qaytgan yoshlar Milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi, ular davlat organlariga tanlovsiz ishga olinadi.

Har yili saralashdan o‘tgan 1 ming nafar yoshlar dunyoning “Top-100” oliygohlariga yuborilib, o‘qish va yashash xarajatlari qoplab beriladi.

Abror Ahmedov

14 Feb, 10:46


Joriy yil IT sohasi eksportini 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Bunda asosiy kuch, albatta, yoshlar ekani ta’kidlandi.

“Bir million dasturchi” loyihasiga qo‘shimcha 300 ming yoshlar jalb etiladi. “Coursera” platformasida 3 mingdan ortiq kurslarda sun’iy intellekt yordamida yoshlar uchun o‘zbek tilida ta’lim olish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi.

Bu yil “Muhammad Xorazmiy vorislari” loyihasi Qoraqalpog‘istonda ham joriy etilib, yana 1 ming nafar yoshlar qamrab olinadi.

Birlashgan Arab Amirliklari bilan O‘zbekistonda bir million sun’iy intellekt muhandislarini tayyorlash loyihasini amalga oshirishga kelishilgan. Raqamli texnologiyalar vazirligiga bu boradagi ishlarni boshlash topshirildi.

O‘tgan yili 25 ming nafar qizlar IT bo‘yicha bepul o‘qitildi. Bu yil dasturchi qizlar soni 2 barobar oshirilishi reja qilindi. 1 ming nafar iqtidorli qizlar IT oromgohlarida xalqaro olimpiadalarga tayyorlanadi.

Yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini barvaqt aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, salohiyatini monetizatsiya qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarga jalb etish muhimligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga raqamli ijtimoiy ekotizimni joriy etish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish topshirildi.

Abror Ahmedov

14 Feb, 10:28


Inson uchun ona tili bilan birga xorijiy tillarni bilish dunyoga chiqishda juda muhim. Ayniqsa, tijoratda buning o‘rni beqiyos.

Endi, xorijiy tillardan “C1” darajasiga ega bo‘lgan yoshlar tashabbus ko‘rsatib, olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochsa, ularga 120 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.

Shuningdek, mehnat bozoriga til biladigan yoshlar kirib kelishini rag‘batlantirish uchun xususiy o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi. Bunda o‘quv xarajatlarining dastlabki 2 oyi o‘quvchilarning o‘z mablag‘idan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan to‘lab beriladi.

Abror Ahmedov

14 Feb, 10:26


Yurtimizda kreativ iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda. Sohada faoliyat ko‘rsatayotganlarning 98 foizi yoshlar.

O‘tgan yili kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha alohida qonun qabul qilinib, huquqiy asoslari belgilandi.

Toshkent shahridagi "Yoshlar ijod saroyi"da namunaviy “Kreativ park” tashkil qilindi.

Endi, kreativ industriya parklari hududlarda ham barpo etiladi. Ular zarur resurs va infratuzilma bilan ta’minlanadi.

Kreativ industriya parki rezidentlariga 2030-yil yakunigacha imtiyozli soliq rejimi joriy etiladi. Bunda ijtimoiy va daromad soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi, rezidentlar tovarlarni realizatsiya qilish hajmidan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar bo‘ladi.

Parklar negizida kreativ soha vakillarini o‘qitadigan biznes maktablari tashkil qilinadi. Ushbu maktablarda yoshlar yangi va zamonaviy biznes yuritish hamda elektron tijorat kabi xizmat ko‘rsatishning innovatsion usullarini o‘rganadi.

Abror Ahmedov

14 Feb, 10:25


Servis sohasida ham yoshlar uchun imkoniyatlar kengaytiriladi.

Tadbirkorlar yosh xodimlarni ishga olib, kamida 3 million so‘m oylik to‘lasa, ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi.

Bu imtiyoz 3-yil amal qiladi. Bu orqali tadbirkor ham manfaat ko‘radi, yoshlar rasmiy ishlab, daromadi oshadi.

Umuman, "Yoshlar daftari" tizimini ham yangilash, transformatsiya qilish vaqti kelgani ta’kidlandi.

Mutasaddilarga yoshlarga ko‘rsatilayotgan barcha turdagi ijtimoiy paketlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularni maqbullashtirish va natijadorligini oshirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Abror Ahmedov

14 Feb, 10:13


Texnologik jarayonlarni boshqarishda strategik qarorlar qabul qiladigan yoshlarni tayyorlash uchun texnika oliygohlari qoshida 8 ta ilg‘or muhandislik maktabi faoliyat boshladi. Bu yil yana 17 ta shunday maktab ochiladi.

O‘tgan yili 56 ming gektar yer yoshlarga ajratildi. Bu o‘z samarasini berib, hozirda 153 ming nafar yoshlar dehqonchilik bilan shug‘ullanyapti.

Bu yil Qoraqalpog‘istonda, Andijon, Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida bo‘sh turgan 3 ming 300 gektar yer yangicha tartibda ijaraga beriladi. Endi ilgari ajratilgan yerga mahsulot ekib, kamida 100 million so‘m daromad olgan yoshlarga ham ushbu tartib asosida bu yerlardan beriladi.

Yoshlar kooperatsiyalari tashkil qilinib, yoshlar qishloq xo‘jaligida bilim va ko‘nikma oshirishiga yordam beriladi.

Yoshlar sanoat zonalarida sanoat ipotekasi orqali bino olayotgan tadbirkorlarga uskuna xaridi uchun 500 ming dollargacha kredit ajratiladi. Sodda qilib aytganda, tayyor ishlab chiqarish maydonini olgan yosh tadbirkorga imtiyozli shartlarda uskunalar ham olib beriladi.

Abror Ahmedov

06 Feb, 15:04


Viloyat hokimi Murotjon Azimov qashqadaryolik yoshlar kelajagiga doir taqdimot bilan tanishdi

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

05 Feb, 14:35


#LIVE Муротжон Азимов вилоят Ёшлар ишлари бошқармаси бошлиғининг жорий йил ёшлар билан ишлаш борасида тақдимоти билан танишмоқда

Abror Ahmedov

05 Feb, 08:09


Kuala-Lumpurda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

02 Feb, 06:02


Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo'ldoshev Qashqadaryolik yoshlar bilan uchrashdi.

Ochiq va samimiy o‘tgan uchrashuvda yoshlar va yosh tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga vazir tomonidan javoblar oldi, uchrashuv ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.

#vazirvayoshlar #qashqadaryo

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

30 Jan, 05:27


Islom sivilizatsiyasi markazi Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlik maktabi, ilmiy-ma’naviy salohiyatimiz ramzi sifatida tarixga kiradi

Abror Ahmedov

29 Jan, 06:17


Haydovchilik kurslarida kimlar bepul o‘qishi mumkin?

Ko‘pchilik yoshlar haydovchilik kurslarida bepul o‘qish imkoniyati bor-yo‘qligi haqida savol berishadi. Ushbu videoda aynan shu masalaga aniqlik kiritamiz!

📥“Yoshlar daftari”ga kirish uchun yoshlardaftari.uz platformasi, 1093 qisqa raqami yoki mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qilishingiz mumkin!

Abror Ahmedov

28 Jan, 05:05


📈 “Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanadi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanib, 20-martga qadar davom etadi.

Bunda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 1–20-fevral;
2️⃣ Saralash bosqichi — 21-fevral–7-mart;
3️⃣ Targ‘ibot bisqichi — 8–10-mart;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 11–20-mart kunlari o‘tkaziladi.

🏆 Joriy yildagi 1-mavsum g‘oliblari 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

Abror Ahmedov

25 Jan, 16:05


Vazir ishtirokida hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini tashkillashtirishga Qashqadaryo viloyati bo‘yicha mas’ul Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov tomonidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning yangi mexanizmlarini joriy etish borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirilgani bilan birga mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini yanada oshirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Yig‘ilish davomida mas’ullarning axborotlari tinglanib, ular tomonidan bildirilgan takliflar ijroga qaratildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq manzilli ishlar belgilandi.

Abror Ahmedov

20 Jan, 19:16


⚡️Abduqodir Husanov Manchester City futbolchisiga aylandi!

🇺🇿O‘zbekiston futboli tarixida yangi sahifa ochildi. Endi hamyurtimiz dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri – Manchester City safida to‘p suradi.

👏Bu nafaqat Abduqodir Husanov uchun, balki butun O‘zbekiston futboli uchun ulkan qadam va katta yutuqdir!

Abror Ahmedov

19 Jan, 13:32


Hurmatli mahalla yoshlar yetakchilari!

🇺🇿Sizlarni yoshlar bilan ishlash tizimining vertikal boshqaruvi, xususan, Prezident vakillari – yoshlar yetakchilari lavozimining joriy etilganiga uch yil to‘lishi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bugungi kunda sizlar, davlatimizning mahallalardagi ishonchli tayanchi sifatida yoshlar siyosatini hayotga samarali tatbiq etishda beqiyos rol o‘ynayapsiz. Yoshlarimizni kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish borasida olib borayotgan ishlaringiz tahsinga loyiq.

🇺🇿Sizning har bir sa’y-harakatlaringiz – bu Prezidentimiz ishonchini oqlash, kelajagimizni mustahkamlash yo‘lidagi ulkan hissa hisoblanadi. Sizlarga mustahkam sog‘lik, yangi yutuqlar va g‘alabalar tilaymiz!

🤝Hurmat bilan, Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

Abror Ahmedov

17 Jan, 15:39


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig’ilishida muhokama qilingan investisiyalarni keng jalb etish va eksportni oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi #infografikada

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

16 Jan, 17:33


2025-yilda 1000ta mahallada "mahalla servis kompaniyalari" ish boshlaydi

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

15 Jan, 17:56


Amir Temur jangovar bayrog‘i tantanali kutib olindi

Kecha Prezidentimiz tashabbusi bilan armiya tizimida ta’sis etilgan “Amir Temur jangovar bayrog‘i” mukofotini bu galgi tanlov g‘olibi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga tantanali ravishda topshirilganini xabar qilgan edi.

Bugun esa Qarshi temiryo‘l vokzalida mazkur yuksak mukofot tantanali ravishda kutib olindi. Tadbirda harbiylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat harbiy-ma’muriy sektori rahbari Murotjon Azimov Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligini va barcha vohamiz ahlini bu yuksak mukofot hamda Vatan himoyachilari kuni bilan yana bir bor tabrikladi.

Tadbirda buyuk sarkarda Amir Temur siymosi aks ettirildi. Shuningdek, so‘z olganlar jangovar bayroqning tarixiy va ma’naviy ahamiyati hamda milliy g‘urur va jasorat ifodasi ekanligini ta’kidlashdi.

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

14 Jan, 13:05


Ayni vaqtda Xalqlar do‘stligi san’at saroyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan bayram konserti bo‘lib o‘tmoqda.

Mudofaa vaziri general-mayor Shuxrat Xalmuxamedov Prezidentning Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.

Shundan so‘ng, Prezidentimiz tashabbusi bilan armiya tizimida tasis etilgan “Amir Temur jangovar bayrogʻi” mukofotini bu galgi tanlov g‘olib Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga tantanali ravishda topshirdi.

Bayram konsert dasturi davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

14 Jan, 11:33


Qashqadaryoda "Armiya va yoshlar" shiori ostida o’tkazilgan harbiy vatanparvarlik saylidan Maxsus reportaj

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

14 Jan, 10:27


Har bir ota-ona farzandining yorug‘ kelajagi, ilm yo‘lida muvaffaqiyatga erishishi uchun hech narsadan qaytmaydi. Ba’zan mehr va sabrni, ba’zan esa qattiqqo‘llik va matonatni tanlaydi. Bu fidoyilikning ortida faqat bitta maqsad bor: farzandining ertasi bugundan yorug‘ bo‘lishi!

Videoni tomosha qiling va fikrlaringizni izohda qoldiring?

Abror Ahmedov

14 Jan, 05:57


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimiz mudofaa qudratini oshirish, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini yuksaltirish, professional milliy armiyani shakllantirish, davlat xavfsizligi va chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlashdagi katta xizmatlari, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ibratli faoliyati, sharafli va muqaddas burchini bajarishda mardlik va jasorat ko‘rsatgani, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:  
 
«Mardlik» ordeni bilan

- Sayipov Bektosh Raximovich - Qashqadaryo viloyati prokurori.
 
«Shuhrat» medali bilan

- Jumayev Sharof Norchayevich - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi surishtiruvchisi;

- Usmonov Shuxriddin Xoliqovich - Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qarshi shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi katta usta-qutqaruvchisi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev.

Abror Ahmedov

12 Jan, 07:53


Hurmat.

Manba

Abror Ahmedov

09 Jan, 16:45


Bugun Koson tumanida "Armiya va yoshlar" shiori ostida harbiy vatanparvarlik sayli bo‘lib o‘tdi.

Manba

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

08 Jan, 10:25


Qadrli vatandoshlar!
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Armiya va yoshlar” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sayli bo’lib o’tadi. Sayl doirsida harbiy parad, harbiy texnikalar, qurol aslahalar ko’rgazmalari, qo'l jangi chiqishlar, sport musobaqalari va O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan xonanda Janob Rasul taniqli el suygan san’atkorlar ishtirokida shou-galakonsert dasturi o‘tkaziladi.

Vatanparvarlik festivali 9-yanvar kuni soat 11:00da bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Qashqadaryo viloyati Koson tumani Mustaqillik shox ko’chasi,
Mo’ljal: Koson
tuman hokimligi binosi
Ushbu festivalga kirish mutlaqo bepul. Barcha vohadoshlarni kutib qolamiz!

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

08 Jan, 06:01


Qashqadaryoda | Yoshlar siyosati amalda

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

08 Jan, 05:51


8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari xodimlari kuni!

🇺🇿Prokuratura organlari xodimlari – mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, adolatni qaror toptirish va inson huquqlarini himoya qilish yo‘lida o‘z bilim va jasoratini namoyon etayotgan fidoyilardir. Sizlarning huquqiy savodxonlikni oshirish va yoshlarimizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishdagi xizmatlaringiz alohida eʼtirofga loyiq.

🤝Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi nomidan sizlarni 8-yanvar – Prokuratura organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

⚖️Adolat va qonun ustuvorligi yo‘lida xizmatlaringiz barchamiz uchun faxr va g‘ururdir!

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

06 Jan, 15:35


🗣 Qashqadaryoda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami o’tkaziladi.

📄“Harbiy vatanparvarlik festivali”ni o‘tkazish yuzasidan Qashqadaryo viloyati komissiyasi yig'ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig'ilish davomida tegishli hamkor tashkilotlar bilan festivalni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, vazifalar taqsimlab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

03 Jan, 07:27


«Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash» yili davlat dasturiga muvofiq yoshlarni qo‘llab quvvatlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

02 Jan, 05:57


Viloyat hokimi Murotjon Azimov yoshlar siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etayotgan hokimlarni taqdirladi.

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

01 Jan, 10:08


Qashqadaryoda Yoshlar siyosatida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

31 Dec, 19:03


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Abror Ahmedov

30 Dec, 15:05


Qashqadaryo viloyatida bayram shukuhi, Qorbobolar karvoni” loyihasi aholimizga bayram kayfiyatini ulashmoqda

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

30 Dec, 14:54


Qashqadaryo viloyatida yoshlar siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etayotgan sektor rahbarlari va hokim o‘rinbosarlari so‘rovnoma natijalariga ko‘ra aniqlanib, viloyat hokimi tomonidan quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.

🇺🇿“Eng faol hokim” nominatsiyasida:
Djurayev Xurram Abdurazikovich (Ko‘kdala tumani);
Boykarayev Asrol Ruziyevich (Koson tumani);
Xolboyev Normo‘min Yaxshiyevich (Qarshi shahar);
Suyunov Bekzod Olimovich (G‘uzor tumani).

⚔️Eng faol prokuror” nominatsiyasida:
Xurramov Ravshan Xushvaqtovich (Shahrisabz shahar).

⚔️“Eng faol ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i” nominatsiyasida:
Rahimov Nodirbek Muyiddinovich (Qamashi tumani).

🇺🇿“Eng faol hokim o‘rinbosari” nominatsiyasida:
Sharopov Oybek Olimovich (Kitob tumani);
Cho‘liyev Ulash Murodovich (Mirishkor tumani);
Mahmudov Sardor Mahmudovich (Dehqonobod tumani).

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

04 Dec, 17:02


“Kasblar tanlovi” Qashqadaryoda davom etmoqda!

🖐 Qashqadaryolik mahalla yoshlari o‘zaro mahoratlarini sinab, tanlovning viloyat bosqichida "Novvoychilik",Elektromontaj” va “Payvandlash” yo’nalishlarida bellashdilar! “Besh tashabbus olimpiadasi”ning “Kasblar tanlovi” nafaqat professionallarni kashf etish, balki yoshlarimizni kasbga bo‘lgan mas’uliyatni yuksaltirishga yordam beruvchi haqiqiy platforma!

⚡️Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlov va musobaqalar “O‘zbekiston yoshlari forumi – 2024” doirasida o‘tkazilmoqda.

#Yoshlarforumi2024 #Beshtashabbusolimpiadasi

Abror Ahmedov

04 Dec, 10:00


Президент Шавкат Мирзиёев Қашқадарё вилоятида озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш, инвестицияларни кўпайтириш, камбағалликни қисқартириш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам обеспечения продовольственной безопасности, увеличения инвестиций и сокращения бедности в Кашкадарьинской области.

#Mirziyoyev #yigilish #Qashqadaryo #rajalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Abror Ahmedov

02 Dec, 10:16


🇺🇿 “Jasorat maktabi” loyihasiga start berildi

Qashqadaryoda huquqbuzarliklarni oldini olish, yoshlar o’rtasida vatanparvarlik ruhini shakllantirish, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida “Jasorat maktabi” loyihasi o’tkazilmoqda. Ushbu loyihada 350 nafar yoshlar ishtirok etmoqda.

Abror Ahmedov

01 Dec, 17:50


Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani Dashtobod mahallasida yashovchi Akmal Xolmurodovga 1 gektar yer maydoni ajratilgan edi. Akmal ushbu yerda dastlab pomidor ekib mo’l hosil olib, yaxshi daromad oldi. Shuningdek, ikkinchi ekin sifatida sabzi ekib, oilasi bilan birgalikda mehnat qilib, sabzidan ham yaxshi yaxshi daromad topmoqda.

🔍Bu haqida batafsil ma’lumotni Akmal Xolmurodovning o‘zidan eshitamiz.

Abror Ahmedov

30 Nov, 15:49


🦅“Bolalar harakati” sardorlar saylovining Qashqadaryo viloyati bosqichi

Abror Ahmedov

30 Nov, 10:29


“Mutolaa” marafonidan katta sovg‘alar!

🔶Xabar berganimizdek, bugun “Mutolaa” marafonining final suhbati Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev bilan bo‘lib o‘tadi. Suhbatda sizlarni 100 ta kitob va 100 ta “Mutolaa Premium” sovg‘alari kutmoqda!

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Barcha kitobxonlarni bugun soat 19:00 da @mutolaaxona kanalida kutamiz!

🔥 Eng qizig‘i - loyihada ishtirok etish mutlaqo bepul!

Abror Ahmedov

29 Nov, 12:21


🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirlarida Qashqadaryolik yoshlar faolligi ortmoqda

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

29 Nov, 06:27


Davlatimiz rahbari topshiriqlariga ko’ra bugungi kunda mamlakatimiz bo‘ylab "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida mahallalarda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan Qarshi shahar Shayxali mahallasida yashovchi fuqaroning oilaviy ahvoli o‘rganilganda, oila boquvchilari ishsiz ekanliklari, yashash xonadoni ta’mirtalab holatdaligi aniqlangan va shahar hokimligi tomonidan shu kunning o‘zida  xonadonda yashovchi ikki nafar oila boquvchisini  bandligini ta’minladi.
Eng quvonarlisi barcha yoshlar yetakchilari va faol yoshlar yig’ilib ushbu xonadonda bir oy hashar qilib barcha qulayliklarga ega bo‘lgan shinam yangi xonadon qurib berishdi!

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

29 Nov, 06:23


🗣 “Biznes marafonQashqadaryoda

Qarshi shahrida yurtimizning taniqli va muvaffaqqiyatga erishgan 5 nafar tadbirkorlar, soha mutaxassislari, professionallar hamda 700 nafardan ortiq yoshlar ishtirokida "Biznes marafon" bo'lib o'tdi.

Abror Ahmedov

29 Nov, 05:20


🌳 Chiroqchi tumanida yoshlar tashabbusi bilan “Yoshlar bog'i” tashkil etildi

Xabaringiz bor, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyatining barcha mahallalarida "Yoshlar bog'i" tashkil etilmoqda.

Ushbu tashabbusga Chiroqchi tumanidagi Paxtaobod mahallasi yoshlari ham qo'shilib, yoshlarga ekin ekish uchun ajratilgan 2,5 gektar yer maydoniga 2 000 tup mevali daraxt ko'chatlarini yuqori kayfiyatda ekishdi.

Yashil makon umummilliy loyihasi viloyatimizda davom etmoqda.

Abror Ahmedov

29 Nov, 05:12


🇺🇿Qashqadaryo viloyatida “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi tanlovining viloyat boshqichi bo’lib o’tdi

✈️Tanlovda o’z mahallalarida namunali faoliyat yuritib kelgan jami 160 nafar mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

✈️Tanlov gʻoliblari bilan ushbu👉 havola orqali tanishing

Abror Ahmedov

28 Nov, 19:20


⚡️Қарши шаҳрида ёшлар етакчилари ҳашар йўли билан бир оилага уй қуриб беришди. Бугун шу уйни ёшлар етакчилари эгаларига топширди.

Abror Ahmedov

24 Nov, 08:56


🌳 Respublikamiz bo‘ylab davom etayotgan “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish jarayonlari davom etmoqda. Dam olish kunida Yoshlar ishlari agentligining mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan Ko‘kdala tumanida hashar tashkil etilib, hudud chiqindilardan tozalandi, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi va 800 tupdan ortiq manzarali ko‘chatlar ekildi.

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

23 Nov, 19:42


Rasmiy xabar

Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimini Bahodir Qurbonov egalladi. Abdusalom Azizov Xavfsizlik kengashiga tayinlandi.

Abdusalom Azizov 2019-yil fevral oyidan boshlab DXX rahbari lavozimida ishlab kelgan.

DXXning raisi lavozimiga Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov tayinlandi. Yangi rahbarni tayinlanishi marosimida Abdusalom Azizovning davlat xavfsizligi tizimining rivojiga qoʻshgan hissasi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, yangi tayinlangan DXX raisi Bahodir Qurbonov general-leytenant Azizovning xavfsizlik tizimining yangilanishi va yangi kadrlarni tarbiyalashdagi mehnatini alohida qayd etdi.

Abdusalom Azizov unga qaysi lavozimda ishlash buyurilmasin, xalq va prezidentga sodiq qolib ishlashga tayyorligini bildirdi.

Qayt etish lozim, Abdusalom Azizov Oʻzbekiston DXX tizimini shaffoflik va ochiqlik tomon tubdan isloh qilishda shaxsan ishtirok etdi.

DXX

Kanalga ulanish: 
@uzauz

Abror Ahmedov

20 Nov, 15:01


Shavkat Mirziyoyev: Yangi O‘zbekistonimiz yangi parlamenti bilan birga o‘z taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichiga qadam qo‘ymoqda

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

18 Nov, 15:39


Qarshida "Millat bayrog‘i" shiori ostida marsh uyushtirildi

Bugun Qarshi shahrining markaziy qismi “Mustaqillik” ko‘chasi bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marsh yurishi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng viloyat musiqali drama teatri oldida “Millat bayrog‘i” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etilib, unda vatan posbonlari, talaba-yoshlar va vohamiz aholisi davlatimiz ramziga bo‘lgan hurmatlarini namoyish etishdi.

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

17 Nov, 13:55


🇺🇿 Mag‘rur hilpiragin yurtim bayrog'i!

18-noyabr - O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo yoshlari tomonidan viloyatimiz bo’ylab, ulkan bayrog’imiz xalqimizga bayram kayfiyatini ulashmoqda.

Abror Ahmedov

16 Nov, 17:53


Davlatimiz rahbarining tegishli farmonlariga asosan Yoshlar ishlari agentligi direktori Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zoligiga tayinlandi.

Hurmatli Alisher Zafarovich, Sizni davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan katta ishonch, shuningdek, mas’uliyatli va mashaqqatli faoliyatingizda Qashqadaryo yoshlari nomidan kuch-quvvat, omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Abror Ahmedov

16 Nov, 14:22


Yoshlar bilan uchrashuvimiz erkin va samimiy muloqot tarzida kechdi.

Biz ularning orzu-maqsadlari va kelajak rejalari haqida gaplashdik.

Bugungi kunda xalqimizning ham, Prezidentimizning ham ko‘nglida yoshlarga nisbatan katta ishonch va umid bor.

Qadrli yoshlar, sizlarni katta hayot, butun O‘zbekiston kutib turibdi.


Наша встреча с молодёжью прошла в свободной и искренней атмосфере.

Мы поговорили о мечтах, целях и планах молодых людей на будущее.

Сегодня и наш народ, и наш Президент возлагают большие надежды и доверие на молодёжь.

Дорогая молодёжь, вас впереди ждёт большая жизнь, вас ждёт вся страна!

Abror Ahmedov

11 Nov, 18:43


Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi mojaro tinchlik va diplomatiya yo‘li bilan tez fursatda hal etilishi muhimligini ta’kidladi

Abror Ahmedov

08 Nov, 17:13


Qarshi shahar hududida sodir etilgan jinoyatlar tegishli idora va mas’ullar boshchiligida muhokama qilindi

Abror Ahmedov

02 Nov, 06:17


Viloyatimiz hokimi Murotjon Berdialiyevich boshchiligida muxlislar va yoshlar O’zbekiston Superligasi joriy mavsumi chempionligini qo’lga kiritgan vohamizning “Nasaf” jamoasini Qarshi xalqaro airaportida tantanali kutib olindi

Abror Ahmedov

27 Oct, 14:59


#NoComment

Xorijdagi qashqadaryolik yoshlar saylov jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda. Turli davlatlarda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan bu yoshlar nafaqat o‘zlariga, balki Vataniga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini ham ifoda etadi.

#saylov24 #kelajakuchun #ovozberdim

Abror Ahmedov

27 Oct, 14:57


✔️ Qashqadaryoda saylov va yoshlar

🎤No comment

Abror Ahmedov

27 Oct, 11:05


Bugungi saylov jarayonlarida ishtirok etib, yurtimiz ravnaqi va yoshlarimiz kelajagi farzandlarimning sifatli ta’lim olib sog’lom va muvaffaqiyatli shaxs sifatida kamol topishiga kafolat berayotgan nomzodga ovoz berdim

Abror Ahmedov

24 Oct, 08:42


Mahalla yoshlari oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning kurash turi bo‘yicha “Bosh Prokuror kubogi” musobaqasining Qashqadaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Abror Ahmedov

22 Oct, 19:20


Qashqadaryoda “Yosh saylovchi” forumi bo‘lib o‘tdi!

Forumda yoshlarga zamonaviy kasblarni va xorijiy tillarni bepul o'rgatuvchi "Ibrat”, “Mutolaa”, “Ustoz AI”, Uz Chess” loyihalarini yoshlar o’rtasida yanada ommalashtirish maqsadida loyiha taqdimotlari qilindi.

📺 Mening yurtim telekanali muxbiri G’olib Amirov lavhasida

#Saylov2024

Abror Ahmedov

22 Oct, 15:04


Qashqadaryoda “Yosh saylovchi” forumi bo‘lib o‘tdi!

Forumda yoshlarga zamonaviy kasblarni va xorijiy tillarni bepul o'rgatuvchi "Ibrat”, “Mutolaa”, “Ustoz AI”, Uz Chess” loyihalarini yoshlar o’rtasida yanada ommalashtirish maqsadida loyiha taqdimotlari qilindi.

Shu o’rinda, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy aslahalar ko’rgazmalari tashkil etildi, intellektual bellashuvlar, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Siz bilasizmi?” viktorinalari yuqori kayfiyatda o‘tkazildi. Shungingdek, forum doirasida Qarshi shahar hokimi yosh saylovchilar bilan ochiq muloqot o’tkazdi, fikr va mulohazalarini bo'lishib, saylovda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Forumda 5 mingdan ortiq yosh saylovchilar ishtirokida "Artist" loyihasi g‘olibi Xurshid Rustamov, "Nihol" mukofoti sovrindori Xurshid Hamidov hamda viloyatimizning eng iste’dodli DJ ELS (Elbek Hasanov)larning kuy va qo‘shiqlari bilan yuqori kayfiyatda o‘tkazildi.

Abror Ahmedov

21 Oct, 05:00


Qarshi shahridagi Yoshlar markazida chempionlar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Bu uchrashuv yoshlar uchun o‘ziga xos va yangi taasurotlarga boy bo‘ldi. Ramazon Temirov yoshlar bilan UFC dagi debyut jang tajribasi haqida suhbatlashdi va o‘zining qiyinchiliklar va muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘lini ulashdi. Xabaringiz bor, 13-oktabr kuni Las-Vegasda o‘tgan UFC Vegas 98 turnirida Ramazon amerikalik Si Jey Vergara bilan jang qildi va uch raundlik jangning birinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi. Bu muvaffaqiyat yoshlar uchun katta ilhom bo‘lib, sportda yuksak natijalarga erishish yo‘lidagi qat’iyatning ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatdi.

Yoshlar va blogerlar uchun bu uchrashuv Ramazon Temirov kabi sportchilarning hayoti va yutuqlaridan o‘rnak olish imkonini berdi.

Abror Ahmedov

20 Oct, 16:00


Vohamizda yoshlar sayli bo’lib o’tadi

Yaqin kunlarda mamlakatimizda bo’lib o’tadigan siyosiy jarayonlarda yoshlar faolligini oshirish hamda huquqiy bilimlarini kengaytirish maqsadida Qarshi shahrida “Yosh saylovchi” festivali doirasida yoshlar sayli bo’lib o’tadi.

Mazkur festival joriy yilning 21-oktabr kuni soat 17:00da Qarshi shahrida Mulla To’ychi Toshmuhammedov nomidagi dramma teatrida oldida bo’lib o’tadi.

🟢Mazkur festivalga barcha vohadoshlarni chorlab qolamiz!

Abror Ahmedov

19 Oct, 20:27


Men deputatlik saylovlarida faol ishtirok etaman. Davlatimizda bo‘layotgan siyosiy jarayonlarga befarq emasman.

Ushbu challenge Aralash janglar chempioni Ramazon Temirovdan

Saylov jarayonlarida faol ishtirok eting.
sahifalarimizda kuzatib boring!

#yoshlarbilan #saylov2024 #yoshlarOvozi #meningOvozim #meningTanlovim

Abror Ahmedov

19 Oct, 10:41


Xalqaro sport ustasi Bobur Sattarov O'zbekiston shaxmat federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi

Xalqaro shaxmat akademiyasida federatsiyaning navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi. Unda federatsiya mas'ullari, shaxmatchilar, murabbiylar hamda hududiy studiyalardan shaxmat faollari ishtirok etdilar. Yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Xalqaro sport ustasi Bobur Sattarov O'zbekiston shaxmat federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi.

Biz Bobur Sattarovga mazkur mas'uliyatli lavozimda omad va zafarlar tilab qolamiz.

Abror Ahmedov

16 Oct, 11:38


Viloyat hokimi kubogi uchun oʻtkazilgan “Shaxmat turniri” gʻoliblari taqdirlandi!

🏆 Viloyat hokimligi tomonidan umumta’lim maktablari, litseylar va OTM talabalari oʻrtasida “Shaxmat turniri” oʻtkazilib, unda 15 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Turnirning viloyat bosqichida 18 nafar gʻolib va sovrindorlar aniqlanib, ular viloyat hokimi (viloyat shaxmat federatsiyasi raisi) Murotjon Azimov tomonidan diplom, medal, kubok va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

📎Tadbirda shaxmat sportini Qashqadaryoda rivojlantirishga qaratilgan kelgusi rejalar ham takidlab o’tildi.

Abror Ahmedov

13 Oct, 15:39


Fidokor yoshlar otryadi Mirishkor tumanida

Yoshlarimiz Mirishkor tumanining chekka hududida paxta terib, oilalariga daromad keltirishda davom etmoqda.
Bepul issiq ovqat va yotoq joy bilan ta’minlangan yoshlarimiz, kechki payt sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ham ega.
Har kuni ko‘ngilochar konsert dasturlari ularning dam olishiga zavq bag‘ishlamoqda.

🎥Batafsil videoda ko‘ring!

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

13 Oct, 09:52


“Fidokor Yoshlar” otryadi uchun bayram tadbiri tashkil etildi

Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi joriy yil paxta mavsumida qo‘shimcha daromad qilishni istagan 18-30 yoshgacha bo‘lgan ko‘ngilli yoshlardan iborat “Fidokor yoshlar” otryadini shakllantirdi. Ular hozirda Mirishkor tumani hududida paxta terib, daromad qilishmoqda.

Bugun “Obod” qishlog‘ida viloyatimizning turli hududlaridan kelgan yosh terimchilar uchun bayramona tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida, ilg‘or terimchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanib, tadbir kuy-qo‘shiqlar bilan yanada zavqli bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook

Abror Ahmedov

12 Oct, 05:01


🌎 Sayohat qiling noma'lum narsalarni kashf eting va yangi hayot kechiring.

📘Buning uchun vaqt mashinasi kerak emas, shunchaki kitob varaqlang!

#ijtimoiy_rolik

Abror Ahmedov

10 Oct, 14:58


🤩Kitobxonlar siz kutgan kun keldi!

📚Aql, bilim va zukkolik jangiga tayyormisiz? Uzoq kutilgan “Yosh kitobxon” tanlovi 2024-yilgi mavsumining mahalla bosqichi 19-oktabr kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab start oladi! Barcha kitobxonlarimizga omad tilaymiz!

📰Kutubxonaga kirish – bilimga yo‘l, tanlovga kirish – g‘alabaga yo‘l!

➡️ Adabiyotlar ro‘yxatini quyidagi havoladan olishingiz mumkin.

#yoshkitobxon2024

Abror Ahmedov

08 Oct, 12:35


"Kambag’allikdan Farovonlik Sari"

Dehqonobod tumanida “Kambag’allikdan Farovonlik Sari” dasturi doirasida, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Abror Axmedov tomonidan alohida e'tiborga muhtoj oilalar bilan manzilli uchrashuvlar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan yuzma-yuz uchrashuvlarda fuqarolarning daromad manbalari, yashash sharoitlari va bandlik holatlari atroflicha o‘rganildi, shuningdek aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda bildirilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Abror Ahmedov

07 Oct, 02:54


O’z o’zini rivojlantirish haqida inkor etilmaydigan haqiqatlar

Olingan bilim sizning o'sishingiz va rivojlanishingiz uchun kafolat bermaydi, asosiysi uni qo'llay olish.

— Harakatsiz yaxshi g'oya hech narsa emas.

— Imkoniyatlarni izlash kerak emas, balki yaratish kerak.

— Bugun boshlamagan narsangiz ertaga tugamaydi, shuning uchun kechiktirmang.

— Siz nima qilsangiz, shuncha qilishni davom ettirsangiz, siz olgan narsangizni olishga davom etasiz.

— O'zgarishlardan qo'rqmang: aksariyat hollarda ular aynan kerakli paytda ro'y beradi.

— Intizom kerak, shunda siz eng ko'p istagan narsangiz va hozirda xohlagan narsangiz, har doim birinchisini tanlaysiz.

Abror Ahmedov

05 Oct, 16:11


Муротжон Азимов Қашқадарё вилояти шахмат федерацияси раҳбари этиб сайланди

Шунингдек, Ёшлар ишлари агентлигининг вилоят бошқармаси бошлиғи вазифасини бажарувчи Аброр Аҳмедов бир вақтнинг ўзида федерация раҳбарининг биринчи ўринбосари, вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси бошлиғи Убайдулла Орипов эса вилоят шахмат федерацияси раҳбари ўринбосари этиб сайланди.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Abror Ahmedov

05 Oct, 03:36


Hayot men uchun sham emas, aksincha bu damda yonib turgan mash’aladir. Men esa, uni kelajak avlodga topshirishdan oldin tobora alangalatib, iloji boricha yorqinroq qilib yetkazishni istayman.
©Jorj Bernard Shou

Barcha ishni o‘zi bajarishni istagan yoki erishilgan yutuqlarni o‘zlashtirib olgan inson hech qachon lider bo‘la olmaydi.
©Endryu Karnegi

Abror Ahmedov

02 Oct, 19:09


🏆 “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida Mahallalardagi yoshlar o‘rtasida Zakovat turniri yakunlandi!

✊🏻 42 ta jamoa ishtirokida shiddatli bellashuvlarga boy o‘tgan o‘yinda quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: Koson tumani Paxtazor MFY (Qashqadaryo)
🥈2-o‘rin: Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa MFY (Sirdaryo)
🥉3-o‘rin: Qo‘ng‘irot tumani Qangli MFY (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

🎁 Ushbu jamoalar quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin: 100 mln so‘m
2-o‘rin: 60 mln so‘m
3-o‘rin: 40 mln so‘m

Ijtimoiy sahifalarimiz:
🌐 Sayt Telegram 🌐 Instagram Facebook 📹 You tube