Koson.uz | Koson tumani hokimligi @kosontumani_uz Channel on Telegram

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

@kosontumani_uz


Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimligining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz!

Tuman hayotiga oid aniq, xolis va tezkor xabarlarni birinchi bizda kuzating!

Sayt: Kosont.uz

Koson.uz | Koson tumani hokimligi (Uzbek)

Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimligining rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz! Koson tumani hokimligi rasmiy telegram kanali - bu sizga tuminning hayotiga oid aniq, xolis va tezkor xabarlarni birinchi qatorimizda taqdim etadi. Kanalda tuman hayoti, yangiliklar, jamiyatni yanada rivojlantirish bo'yicha loyihalar va boshqa ko'rsatmalar haqida ma'lumotlar va e'lonlar mavjud. Siz ham tuman ijtimoiy hayotini batafsil bilmoqchi bo'lsangiz, Koson tumani hokimligi rasmiy telegram kanaliga obuna bo'ling va yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling! Obuna bo'lish uchun @kosontumani_uz nomli kanalga kiring. Batafsil ma'lumot uchun veb-saytimizga murojaat qiling: Kosont.uz

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

23 Nov, 16:44


❗️Koson tumani tabiiy gaz iste'molchilari diqqatiga!

⚡️Koson tumanining O‘zbekiston massiviga yo‘naltirilgan gaz quvurini taqsimlash qurilmasiga ulash qismida avariya qayd etildi.

Mazkur avariya tufayli, "Lolazor", "Paxtazor", "Chorbog‘", "Nartichuqur", "Do‘stlik", "Mash'al", "Arabxona", "Mesit" hamda "Nartibaland" mahallasidagi 5018 xonadon hamda yuqoridagi hududlarda joylashgan 5 ta ulgurji iste'molchida tabiiy gaz ta'minoti 2024-yilning 24-noyabr kuni soat 16:00 da tiklanishini ma'lum qilamiz.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz "Kosontumangaz" GTB isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

23 Nov, 15:38


Қаршида халқаро бизнес-форум бўлиб ўтди

Хорижий давлатларнинг элчилари ва дипломатлар ҳамда тадбиркорлардан иборат делегация вакиллари Made in Kashkadaryaсаноат ярмаркасидан сўнг вилоят ҳокимлигида ташкил этилган "Kashkadarya investment—2024 халқаро бизнес-форумида иштирок этди.

Ўзаро ишбилармонлик муҳитида ўтган форумда инвестициялар, саноат ва савдо вазирлиги ҳамда вилоят ҳокимлиги раҳбарияти сўзга чиқиб, сўнги йилларда юртимиз, хусусан, Қашқадарё вилоятида инвестицион муҳит ва унинг жозибадорлигини янада ошириш йўлида амалга оширилаётган ишлар, эришилган натижалар ва воҳанинг ижтимоий-иқтисодий салоҳияти ҳақида маълумотлар берилиб, соҳалар бўйича тақдимотлар ўтказилди.

Шунингдек, вилоятимиз раҳбарияти томонидан делегация аъзоларига келгусида ҳамкорликни янада яхшилаш юзасидан таклифлар билдирилди.

Форумда хорижий корхоналарнинг вилоятимизда фаолият юритаётган, хусусан, "Karshi Conch Cement" ва "Cotonella" каби бизнес доира вакиллари сўзга чиқди.

📸Н.Сайнабиев

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Koson.uz | Koson tumani hokimligi

23 Nov, 14:19


Президент Шавкат Мирзиёев “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида барпо этилаётган янги боққа кўчат экди.

Президент Шавкат Мирзиёев посадил дерево в новом саду, создаваемом в рамках общенационального проекта "Яшил макон".

#Mirziyoyev #Toshkent #Yashilmakon #atrofmuhit

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X