OSON | FIZIKA @oson_fizika Channel on Telegram

OSON | FIZIKA

@oson_fizika


Olam poydevori – Fizikani birga o'rganamiz!

Oson Fizika hamma oʻrganishi kerak!

YouTube kanalimiz: https://bosing.uz/LBXmH

Muhokama: @Oson_Guruh

Test: @Saviyali_Fizika

SUPER BOT ➡️ @Oson_Fizika_bot

Aloqa: @OsonFizikaBot

🆁︎🅴︎🅺︎: @Oson_Rek

OSON | FIZIKA (Uzbek)

OSON | FIZIKA Telegram kanalining hamkasblari, fizika fanatlari va o'quvchilarni qiziqtirib turadi. Bu kanalda siz Fizikani oson va qiziqarli o'rganishingiz mumkin. Kanalda sizga Fizika bo'yicha testlar, muhokamalar va YouTube darsliklari mavjud. Oson Fizika kanali orqali siz Fizika fanati bo'lishingiz uchun eng yaxshi imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin. Agar siz Fizika bo'yicha yangi narsalar o'rgangan yoki test topshirishni istasangiz, @Oson_Guruh va @Fizika_QuizTest kanallariga murojaat qilishingiz mumkin. Kanaldagi SUPER BOT @Oson_Fizika_bot sizga Fizika ma'lumotlari va testlar bilan yordam bera oladi. Agar siz Fizika bo'yicha qiziqarli savollarga javob izlashni istasangiz, bu bot sizga yordam bera oladi. Aloqa uchun @OsonFizikaBot ga murojaat qilishingiz mumkin. OSON | FIZIKA kanali orqali siz Fizikani o'rganishda yanada oson va qiziqarli ravishda ilgari chiqishingiz mumkin. Sizga OSON | FIZIKA kanalini tavsiya qilamiz!

OSON | FIZIKA

09 Dec, 16:00


Ovozini oʻchir!

Real Madrid jamoasining Benzema degan futbolchisi bor edi. Qovun tushiruvchi sportchi deyishardi:

Koʻp vaziyatda gol urolmasdi. 10 yillar davomida tinmay muxlislar tanqidiga uchragan.

Birdan Real Madridni yulduz futbolchilar tark etdi. Liderlik Benzemaga oʻtdi.

Birdaniga uning oʻyini ochilib ketdi. 3 ta oʻyin ketma-ket gollari bilan jamoani magʻlubiyatdan saqlab qoldi. 

Real Madrid chempion. Benzema esa oltin toʻpni oldi. Super yutuq!

U dahoga aylandi. Kechagina tanqid qilayotganlar uning futbolkalarini faxrlanib kiyishni boshlashdi.

Oʻtmish unutildi. Muxlislarning ovozi oʻchdi..

Menda ham shunga oʻxshash ssenariy boʻlgandi:

Yillab qarindoshlar tanqidiga uchragandim. 

Oʻqishga grand kirdim. Shu zahoti oʻsha qarindoshlar uchun “oʻqimishli jiyan”ga aylangandim..

Xullas, nima demoqchiman?

Jamiyat seni tinmay tanqid qiladi. Siqilma!

Yechimi oddiy:

Natija koʻrsat, ovozi oʻchadi!

@Ustoz_kundaligi

OSON | FIZIKA

01 Dec, 18:39


Ichimdagilar

Oʻzing "super kontrakt" bilan kallasi boʻm-boʻshlarni oʻqishiga yoʻl ochib berding.

Oraliq imtihondan yiqilganlarga kredit toʻlatib, diplomni tikkasiga sotishni boshlab yubording.

Endi qilmishing natijasi yuzaga chiqdi. Oʻz fanini bilmaydigan, oʻquvchiga dars oʻta olmaydigan yaroqsiz oʻqituvchilar bilan hamma yerni toʻldirding.

Endi ularni kamera bilan kuzatish nariroqda tursin, peshonasiga miltiq tirab tursang ham sifatli dars oʻta olmaydi.

Chunki hech nimani bilmaydi.

Oʻqishga kirishda bilimi yoʻq ekani maʼlum boʻlsa ham pulini toʻlab superga kirgan. Bitirguncha esa imtihonlardan yiqilib kredit toʻlab oʻtib yurgan. Hech qaysi bosqichda u biror nimani bilishi talab etilmagan.

Ismini yozganda ikkita xato qiladiganlarga ham diplom olishiga qoʻyib berding.

Endi ularga toʻlanayotgan pullar samara bermayotganidan nolishingga kulgim keladi.

OSON | FIZIKA

OSON | FIZIKA

27 Nov, 10:40


Manabu koʻtarib chiqishga yaxshi mavzu.

Maydonda adolatsiz kurash ketmoqda.

Viloyat olimpiadasida hozircha,

15 ta oʻrindan 2 tasini oddiy maktab oʻquvchilari, qolgan 13 ta (~87%) oʻrinlarni IMI oʻquvchilari olibdi.

❗️Siz ham oʻz fikringizni izohda qoldiring. Ijtimoiy tarmoqlarda auditoriyangiz boʻlsa, bu haqida oʻz argumentlaringizni boʻlishing.

⭕️ Menimcha ahvol shunday davom etsa, oddiy maktab oʻquvchi va oʻqituvchilarining olimpiadadan qoʻli sovushiga olib keladi.

OSON | FIZIKA

OSON | FIZIKA

01 Nov, 14:03


Izoh: Xorazmda Fizika attestatsiya imtihoni 18-noyabrga koʻchirildi.

OSON | FIZIKA

01 Nov, 13:59


Attestatsiya haqida oʻz fikrlarim

• Baza oldindan tarqatilgan ✓

• Savollar berilgan adabiyotlar roʻyxatidan tuzilmagan ✓

• Ildizdan chiqarish muammosi ✓

• Javoblari aniq chiqmaydigan misollar bor, mujmal arifmetika ✓

Shunday boʻlsada savollar juda qiyin emas. Birinchi urunishda sharti uzun misollarni tashalb ketdim. Lekin ikkinchi urunishda qarasam 2 ta formuladan chiqarkan.

Savollar bazasini oldindan baʼzi shaxslarga sotilgani esa bu sharmandalik👎👎👎

Agar baza oʻzgartirilmasa (katta ehtimol bilan oʻzgartirilmaydi ham) 18-noyabrda 100 ball oladiganlar ham koʻplab uchrasa kerak.

OSON | FIZIKA

OSON | FIZIKA

01 Nov, 03:14


Attestatsiya boʻyicha meni fikrlarim. Test savollari oldindan tarqagan baʼzi bir shaxslar uchun. Bu adolatsizlik. Keyin savollar berilgan adabiyotlar roʻyxatidan tuzilmagan. Asosan tarjima testlar. Savollarni sonlari ham hisob kitobga juda ogʻir. Xullas koʻpchilik yaxshi natija qila olmadi. Berilgan vaqt hisob kitobga yetmaydi. Kamiga kalkulyator ildiz chiqarmaydi. Aksariyat savollarda ildiz chiqarish kerak.

OSON | FIZIKA

14 Oct, 07:23


Нажот таълимда!

@MubashshirAhmad

OSON | FIZIKA

02 Oct, 02:30


Kelajak kasbi

Bir necha yil oldin GPT (sunʼiy intellekt) chiqib dunyoni shokka tushirgandi.

Ilon Maskning tahliliga koʻra esa 2026 yilgacha AGI ham yaratiladi.

AGI — eng aqlli (olim) insondan ham aqlliroq sunʼiy intellekt.

AGI ishlab chiqilsa, koʻplab kasblar qisqaradi yoki yoʻqolib ketadi.

Tasavvur qiling. Siz oʻrgangan koʻnikmalar eskirdi. Kasbingiz AGI orqali avtomatlashtirildi. Qanday ahvolga tushasiz?

Kasb tanlash har doim nozik mavzu boʻlsada, hech qachon hozirgichalik qaltis boʻlmagan.

Shunday qiyin vaziyatda men sizga, insonga mamnunlik olib keladigan va barqaror kasbni tavsiya qilmoqchiman. Bu — oʻqituvchilik.

Oʻqituvchilik — bu faqat kasb emas, balki kelajak avlodlarni tarbiyalash va taʼlim berish orqali insonlarning kelajagini shakllantirishda katta taʼsir oʻtkazish demakdir.

Bu nafaqat oʻz hayotingiz, balki jamiyat uchun ham muhimdir.

Xullas

Oʻqituvchilik — barqaror va zamonaviy dunyoda doimo qadri oshib boruvchi kasbdir.

Bayram muborak qadri baland ustozlar!

@Anvarsblog

OSON | FIZIKA

01 Oct, 13:18


Hech kim sizga ishonmaganda, u ishongan edi.

Pul olib o’qitsa bo’ladigan faniga, bepulga o’qitgan edi.

Nafaqat fanini o’rgatgandi, hayotda ham ustozlik qilgan edi.

Ustoz bo’laman deyishingizga uni yaxshi ko’rganingiz sabab edi.

Maqtagandi, urushgandi, qo’rqitgandi, kuldirgandi, nima qilib bo’lsa ham o’qitgandi.

Hammamizda tepadagi ta’riflarning bittasiga bo’lsa ham tushadigan ustoz albatta topiladi.

Bayramingiz muborak bo’lsin ustozlar! Hamma ishlarning boshida sizni ishlaringiz turadi!

© @azizrakhimov_blog

OSON | FIZIKA

22 Sep, 07:34


Sabr va talabchanlik

Muvaffaqiyatli insonlarning ustoz-shogirtlik davri haqida “Mahorat” kitobida yozilgan. O’sha insonlar o’z ustozlarini ikkita sifatini e’tirof etishgan. Sabr va talabchanlik

Sabr va talabchanlik teskari prinsip emas. Ba’zi ustozlar shu holatdagi yanglish tushunchalar bilan o’zlari o’qita olmayotganligini oqlashadi.

Sabr

Xatolar qilsa qayta o’rgatishga, fanga qiziqtirish uchun qo’lidan kelganini qilishga, o’zgartirish uchun muhim resurslarini ayamasdan sarflashdagi qiyinchiliklarga chidash immunitedi.

Bu prinsipdagi o’qituvchilar 80% yaxshi o’qiydigan o’quvchilarining natijasiga qarab emas aksincha 20% o’rgatishga qiynalayotgan o’quvchilariga qarab o’zlarini baholashadi. Aynan shu yondashuv ularni doimiy o’sishga majbur qiladi.

Ba’zi ustozlar bilan o’qimayotgan o’quvchilar haqida gaplashganimda, “Hamma matematik bo’lmaydiku” deyishadi. Eng yomon yupatish men uchun shu.

O’z darsiga “hamma tarixchi, matematik, fizik va h.k bo’lmaydiku” deb yondashadigan ustozlarning o’quvchilari orasidan o’sha fan mutaxassisi chiqishi qiyin masala. Ustozlarning o’zlari fanlarini muhim hisoblashmasa, qanday qilib o’quvchilari muhim hisoblasin.

Talabchanlik

Siz 100$ to’lab 20$ lik buyumga rozi bo’lmasligizga o’xshaydi. Talabchan ustozlarning talabchanligiga sabab ham shu. Ular ko’p berishadi va tabiiyki kam qaytishiga rozi bo’lishmaydi.

Hamma talabchan ustozlar ham yaxshi ustoz bo’lmasligi mumkin lekin yaxshi ustozlarning barchalari talabchan. Ular talabchanlikni avvalo o’zlaridan boshlashadi.

O’zim ko’p guvoh bo’lganman. Endi boshlaganida fanga qiziqmagan o’quvchilarning natijalari, o’qituvchilarning sabr va talabchanligi sababidan boshqa ustozlarning huddi shu yoshdagi qobiliyatli o’quvchilaridan karrasiga o’tib ketganiga.

@javokhir_toshpulatov

OSON | FIZIKA

08 Sep, 15:04


Ilmsiz eplolmaysiz

“Maktabdagi ikkichilar a’lochilarni ishga oladi”

“Ikkichilar koʻproq boy boʻladi”

“Ikkichilar ustozlar va maktab oldida koʻproq noqulay ahvolga tushgani uchun hayotda bunday vaziyatlardan qanday chiqib ketishni yaxshi biladi. Va muvaffaqiyatga erishadi”


Shunday safsatalarni ham eshitib turamiz. Hammasi yolgʻonligini faktlar isbotlaydi. Dunyo millionerlarining 88%i bakalavr diplomiga, 52%i magistratura va doktorlik darajalariga ega!

Bill Gates Garvard universitetini tashlab ketgan. Chunki, unda shu vaqtda oʻz sohasida allaqachon 10 ming soat tajribasi bor edi. Va universitetdagi bilimlarni deyarli bilardi. Siz bilasizmi?

Nega atrofimizda teskarisini koʻramiz?

Oʻzbekiston sharoitida ozgina oldin oʻqimagan lekin harakatchanlar, oʻqib harakati sustlardan koʻproq pul topgan. Lekin:

1. Hozir sharoit oʻzgardi. Ilmli koʻproq topadi. Jamiyat rivojlangan sari ilmli kadrlarga talab oshadi. Jarayonlar murakkablashadi, murakkablikni ilmsiz tushuna olmay qolamiz.

2. Atrofingizdagi ilmsizligi bilan koʻproq topayotganlarni qaysi biri dunyo millionerlari tarkibiga kirgan? Biz boy deganda uy, gentra va doimiy oylikni tushunamizmi?

Maqsadingiz katta dunyo miqyosida millioner boʻlish, ummat va millatga foyda keltirish boʻlsa ilmsiz boʻlmaydi doʻstlar - deb oʻquvchilarimizga tushuntirishimiz kerak doʻstlar!

Manba: @MuallimMuhammad

OSON | FIZIKA

OSON | FIZIKA

11 Aug, 14:18


Ҳақиқатда миллат илм-фан билан юксалади.

Kanalga aʼzo boʻlish.

OSON | FIZIKA

04 Aug, 18:39


Manashu bloglarga oʻxshash blog kerak xullas:

@javokhir_toshpulatov
@Ustoz_Kundaligi
@MuallimMuhammad

Faqat bu ustozlar xususiy va xalqaro maktablarda faoliyat olib borishmoqda. Koʻpchiligimiz esa davlat maktablarida ishlaganimiz uchun ular bilan ogʻriqlarimiz yaxshigina farq qiladi.

Davlat maktabida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan va oʻz tajribasini telegram blogi orqali boʻlishib borayotgan ustozlar bor boʻlsa biz bilan ham ulashib qoʻying.

OSON | FIZIKA

04 Aug, 17:48


👨🏻‍🏫/👩🏻‍🏫

Davlat maktabida faoliyat yurituvchi ustozlarning telegram bloglarini bilasizmi?

Sizda boʻlsa, linklarini izohga yozib qoldiring. Oldindan rahmat!

Fizika yoki Matematikadan dars beruvchi ustozlar boʻlsa, ajoyib boʻlardi.

OSON | FIZIKA

24 Jul, 09:28


Otaxon:

— Oʻqishga kirganimda 20 soʻm pul soʻrashgan: shu davr katta pul edi. Oʻqimadim. Pul topishga qiziqib ketdim.

Umr boʻyi qiynaldim: esim boʻlganida qancha boʻlmasin — oʻqigan boʻlardim.

Men:

— Hozir bolalaringizni oʻqityapsizmi?

Otaxon:

Oʻqishga kirgandi: 20 million kontrakti bor ekan. Oʻqitmadim. 20 million katta pulku. Pul topish osonmi? Ishlab pul topsin undan koʻra!

Men:

— Hali ham esingiz kirmabdida, - deb qoʻya qoldim ichimda..

Manba: @Ustoz_kundaligi

OSON | FIZIKA

OSON | FIZIKA

23 Jul, 09:12


Harakat sifatini ochayotgan adolat

Imtihon natijalari chiqishni boshladi. Natijalardan kimdir xursand yana kimlardir hafa.

Yomon natijalarga kimlardir savollar qiyinligini sabab qilib keltirsa yana kimlardir omadsizlikni keltiradi. Ba’zilari esa adashib belgilab yuborganini..

Bu sabablarni eshitib soddalarni yig’lagisi keladi. Aqillilarni esa kulgisi.

1. 1996-yilgacha suhbat va yuzma-yuz yozma imtohonlar bo’lgan.

2. 2012-yilgacha shpargalkalar 100% chiqqan.

3. 2016-yilgacha o’quvchilar o’zlarini ustozlari bilan bellashishlariga to’g’ri kelgan. Ya’ni paravozlar bilan.

2017-yildan boshlab o’quvchilarning ilmga himmati va harakati deyarli to’liq ochilishni boshladi.

Bugunga kelib esa ularga hech qanday uzr qolmadi. Chunki paravoz, shpargalka va yuma-yuz imtihonlar yo’q.

15 kunlab imtihonning youtubeda savollar tahlili, o’nlab kuchli ustozlarning mediada tekin darslariyu, Imtihonda formulalar berilishi va ballarni pastligi.

Yakunda to’kilayotgan ko’z yoshlar esa, ustozlar tomonidan ko’plab ogohlantirishlarga qaramasdan yillab sarflangan bekorchi vaqtlar uchun badal.

Achinishga arziydigan insonlar ham bor. Bular bor resurslarini farzandini o’qishiga tikib yakunda natijasiz qolayotgan ota-onalar.

To’g’risi faqat shularga achinaman..

Manba: @javokhir_toshpulatov

OSON | FIZIKA

OSON | FIZIKA

07 Jul, 05:05


Дин яҳудийлар тараққиётига тўсиқ бўлдими? (видео)

Бизда диний таълимга таъқиқ қўйиш жонбозлари бўлган атеист, агност ва секулярларнинг ҳамиша Исроил давлатининг тарафини олганини кузатасиз. Улар Исроил давлатини дунёвий, демократик, тарaққий этган давлат ва Европанинг Яқин Шарқдаги вакили сифатида жуда олқишлашади.

Хўш, улар ўзлари учун йўлбошчи санаб турган, ҳамиша мақтайдиган, ҳар қайси ҳолда шаънини ҳимоя қиладиган Исроил давлатида диний таълим масаласи қандай эканини ўрганишганмикин? Исроилда диний таълим оддий обод-ахлоқ масаласи эмас, балки яҳудийларнинг муқаддас китоби Таврот ва унинг шарҳи Талмудга асосланишини билишармикин?

Батафсил: https://azon.global/1511

©️Azon Global

OSON | FIZIKA

27 Jun, 07:06


Ogʻriqli kuzatuv

Har bir bola toza fitrat bilan tugʻiladi.

Boshlangʻich sinflarda oppoq koʻynaklarda shiringina boʻlib, maktabga keladi.

Qalbi — juda pok, sodda, samimiy. Nima desangiz ishonaveradi.

Yillar oʻtadi, balogʻatga yetib, nafsi kurtak otishni boshlaydi.

Ogʻzidan boda kirib shoda chiqqan, qoʻlidan telefoni tushmagan..

Baʼzilari chekishni boshlagan, ayrimlari esa turli dori vositalariga qaram. Koʻplari qimorga berilgan.

Soddalikdan asar ham yoʻq — oʻta ayyor.

Ayyorligi yuziga urib — koʻrinishi makkorlashib ketgan.

Hozirgi holatiga qarab — yoshligini solishtirasiz, dilingiz xira boʻladi.

Maydagina qoʻllari bilan qoʻliga qalam ushlagan bolaning — qoʻllarida endi sigaretalar.

Koʻz oldimizdagi “farishtalar” ning “shaytonga” aylanib borishini chorasiz kuzatib turish — insonga chuqur ogʻriq beradi.

Nuh allayhissalomga ham qiyin boʻlgan boʻlsa kerak-a?

950-yil yashar ekanlar qanchadan-qancha avlod shirindan-shakar bolajonlari koʻz oldilarida mushrikka aylanib ketadi.

Baʼzilari koʻz oldilarida suvga gʻarq boʻlib, najot topmaydi.

Xulosa

Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir. A. Avloniy

Manba: @Ustoz_kundaligi

OSON | FIZIKA

OSON | FIZIKA

27 Jun, 06:18


👉 @Fizika_QuizTest

OSON | FIZIKA

27 Jun, 06:17


[232-Test]

Elektr tok manbai uchlariga ulangan voltmetr koʻrsatkichi U ga, tok manbaining EYuKi ε ga teng. Agar tok manbai zaryadlanayotgan boʻlsa, quyidagilardan qaysi biri toʻgʻri?