Arne Slotning "Plimut Argayl"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumani (to'liq)
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Kubogining 4-raundidan o'rin olgan "Plimut Argayl" jamoasiga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida qatnashdi va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
"Bugungi ko'rsatgan futbolimiz tanlagan futbolchilarimizga bog'liq edi. Bizga bu futbolchilar mavsumning qolgan qismida, boshqa musobaqalar uchun o'yin ritmiga tushib olishi uchun kerak edi, shu sababli ular maydonga tushdi. "Plimut" yaxshi o'yin namoyish etdi, ular o'z o'yin uslubiga ega edi. Ular bugungi ko'rsatgan o'yini orqali yuqori e'tirofga loyiq.
Futbolchilar bugun kurashishdi. Yomon o'yin ko'rsatdik, bu natijada ham aks etdi. Bu mag'lubiyat alamli. "Liverpul" muxlislari uchun ham, futbolchilar uchun ham, men u uchun ham. Barchamiz bu musobaqada uzoqroqqa borishni istagan edik.
100 daqiqadan oshiq vaqt davomida kurashdik. Ikkala jamoa ham deyarli xavfli vaziyat yaratmadi. O'yin natijasini esa penalti hal qildi. Bunday o'yinlarda bitta vaziyat o'yin natijasiga ta'sir o'tkazadi va bu vaziyatni "Plimut" yaratdi. Bugun ular g'alabaga haqli edilar.
Bugungi o'yinda asosiy tarkib futbolchilari bilan o'ynagan taqdirimizda ham natija qanday bo'lishini bilmaymiz. O'ylashimcha, o'yin uslubimiz asosiy tarkib futbolchilarimiz uchun ko'p yuklama berilishiga sabab bo'lmoqda. Doimiy tarzda uzoq masofaga beriladigan uzatmalar, qisqa paslar har qanday jamoa uchun og'ir. Chuqur himoyaviy uslubga ega jamoalar bilan o'yinlarda qiynalmoqdamiz.
Ha, o'yin davomida 1-2 marta yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldik. Darvozabon ham ikkita ajoyib seyvni amalga oshirdi. Lekin omad har doim siz tomonda bo'lavermaydi.
Futbolchilar kecha ham mashg'ulot o'tkazishdi, ertaga ham mashg'ulot o'tkazishadi. Biz shunchaki ko'p o'yin o'ynashimizga to'g'ri kelyapti, shu sababli mashg'ulotlarda ko'p ishlayapmiz. "Aston Villa" bilan o'yin ham bir hafta ichida bo'lib o'tadi. Oxirgi bir necha haftada ikkitadan o'yin o'tkazdik. Oldingi haftalarda ham shunday bo'ladi. Intensivlikni ushlab qolishimiz kerakligi sababli barcha futbolchilarni maydonga tushiryapmiz."
👉 @liverpoolasia