Namangan viloyati soliq boshqarmasi @namangansoliq Channel on Telegram

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

@namangansoliq


Namangan viloyati soliq boshqarmasi matbuot xizmatining rasmiy kanali.

Murojaat uchun:
📞(69) 227 91 96
📞(69) 227 95 51


@NAMANGANSOLIQ

Namangan viloyati soliq boshqarmasi (Uzbek)

Namangan viloyati soliq boshqarmasi matbuot xizmatining rasmiy kanali. Ushbu kanal Namangan viloyati soliq boshqarmasinin faoliyati va so'nggi yangiliklari bilan mijozlarni ta'minlash maqsadida yaratilgan. Kanal orqali siz Namangan viloyati soliq boshqarmasi to'g'risida eng so'nggi ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Namangan viloyati soliq boshqarmasining faoliyati, xizmatlari va so'nggi o'zgarishlar haqida ma'lumotlar kanalda to'liq ravishda taqdim etiladi. Agar sizga qandaydir savol bo'lsa yoki qo'riqchi bo'lsa, pastdagi raqamlar orqali murojaat qilishingiz mumkin. Kanalni ijtimoiy tikillikka ega bo'lmagan holda faqat rasmiy maqsadlar uchun ishlab chiqilganligi ma'lum. Siz ham Namangan viloyati soliq boshqarmasi faoliyatiga doir so'nggi ma'lumotlardan xabardor bo'lish uchun @NAMANGANSOLIQ kanaliga obuna bo'ling.

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

15 Feb, 07:00


#mahallabay

Mahalla soliq inspеktori : Soliq tushumlarini ko`paytirish yo`llarini izlayapmiz.


Namangan viloyati Kosonsoy tumani soliq inspеksiyasi bosh inspеktori Zokirjon Abdug`aniеvning “Mahallabay” ishlash tizimi bo`yicha joriy yilning yanvar oyi natijalariga ko‘ra, uning faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari (KPI)da 100 ballga baholandi.

Unga biriktirilgan “A.Navoiy”, “Hurriyat-1”, “Taxtako`prik” mahallalarida 64 ta yuridik shaxs, 220 ta yakka tartibdagi tadbirkor hamda 365 ta dеhqon xo`jaligi faoliyat yuritmoqda.

O`tgan oyning o`zida qo`shimcha 12 mln. so`m soliq tushumi hisoblandi. Mahalla soliq inspеktori Zokirjon Abdug`aniеvning sa`y-harakati bilan noqonuniy ishlagan 4 nafar tadbirkor faoliyati qonuniylashtirildi, 1 615 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Yanvar oyi uchun jami bеlgilangan pragnoz rеjasini 132 foizga bajardi va uning faoliyati Soliq qo`mitasi Raisining tashakkurnomasiga munosib topildi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

15 Feb, 04:16


#soliq_taqvimi

🗓 15-fevral dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 17-fevralga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
__
#календарь_налогоплательщика

🗓 В связи с тем, что 15 февраля - выходной (нерабочий) день, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в этот день, переносится на 17 февраля.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

14 Feb, 15:14


#foyda_soligi #norezident

Xalqaro shartnomalar qoidalari qanday qo‘llaniladi

Norezidentning jami daromadi summasiga tuzatish kiritish mumkinmi

Daromad norezidentning O‘zbekistondagi doimiy muassasasiga taalluqli bo‘lsa nima qilinadi

Norezidentning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida xizmatlar ko‘rsatishdan olgan daromadlari qanday aks ettiriladi

Bu savollarning javobini videoda ko‘ring.

📱YouTube'da ko'rish
__________
#налог_на_прибыль #нерезидент

Как применяются положения международных договоров

Можно ли вносить исправления в общую сумму дохода нерезидента

Что делать, если доход относится к постоянному учреждению нерезидента в Узбекистане

Как отражаются доходы нерезидента от оказания услуг за пределами Республики Узбекистан

Ответы на эти вопросы смотрите в видео.

📱Смотреть в YouTube

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

14 Feb, 14:30


#soliq_hisoboti #norezident

Yuridik shaxslar va YTTlar tegishli operatsiyalar amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay xizmatlar importi bo‘yicha QQS (kod 29) va norezidentlarning daromadlaridan olinadigan foyda solig‘i (kod 137) soliq hisobotlarini taqdim etishlari shart.

Hisobot shakllari avtomatlashtirilgan. Soliq mutaxassislari onlayn-seminarda batafsil maʼlumot berganlar.

Soliq hisobotini topshirmaslik oqibatlari:
▫️banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish;
▫️maʼmuriy javobgarlik.

Soliq organlari 2024-yil uchun taqdim etilgan hisobotlarni tahlil qildilar va natijasi bo'yicha soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish uchun tegishli tavsiyalar yubordilar.

Agar sizda mazkur mavzuda savollar bo‘lsa, biriktirilgan soliq inspektoriga (shaxsiy kabinetdagi kontaktlar) murojaat qilishingiz yoki qayta aloqa tizimi orqali xabar qoldirishingiz mumkin.

👉Norezidentlarning daromadlaridan olinadigan foyda solig'i summalari bo‘yicha hisobot
_________
#налоговая_отчетность #норезидент

Юридические лица и индивидуальные предприниматели не позднее 20-го числа месяца, следующего за месяцем, в котором были осуществлены соответствующие операции, сдают отчетность НДС по импорту услуг (код 29) и по налогу на прибыль с доходов нерезидентов (код 137).

Формы отчетности автоматизированы. Подробную информацию специалисты Налогового комитета предоставили на онлайн-семинаре.

Непредставление налоговой отчетности влечет за собой:
▫️приостановление операций по банковским счетам;
▫️административную ответственность.

Налоговые органы проанализировали налоговую отчетность, представленную за 2024 год, и по результатам направили налогоплательщикам соответствующие рекомендации в целях своевременного исполнения налоговых обязательств.

Если у вас возникают вопросы по данной теме, можно обратиться к закрепленному налоговому инспектору (контакты в персональном кабинете) или оставить сообщение через систему обратной связи.

👉Отчетность по суммам налога на прибыль с доходов нерезидентов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

14 Feb, 13:10


#hamkorlik

Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston davlatlari budjet daromadlarini boshqarish organlari rahbarlarining forumi – soliq ma'muriyatchiligi sohasidagi muhim voqelikdir

Soliq qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Kavkaz Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston mintaqasi davlatlari budjet daromadlarini boshqarish organlari rahbarlarining forumida ishtirok etmoqda.

Tadbir Xalqaro valyuta jamg‘armasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Moʻgʻuliston salohiyatini rivojlantirish mintaqaviy markazi (CCAMTAC) tomonidan tashkil etilib, Olmaota shahri (Qozog‘istonning)da bo‘lib o‘tmoqda.

Spikerlar orasida XVJning yetakchi mutaxassislari, Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston soliq xizmatlari vakillari, shuningdek, boshqa mutaxassislar bor.

Ushbu forumda e'tibor quyidagilarga qaratilgan:
▫️mintaqadagi davlatlarda soliq salohiyatini rivojlantirish;
▫️soliq maʼmurchiligidagi biznes kutilmalari;
▫️soliq organlari faoliyatiga sunʼiy intellektni joriy etish.

Shu bilan birga, forumda mintaqa soliq organlari oldida turgan mavjud muammolar, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari, soliq ma’muriyatchiligi sohasidagi ilg‘or tajribalar muhokama qilindi.

Forum mintaqaning soliq tizimlarini mustahkamlash uchun tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va yangi tashabbuslarni shakllantirish uchun unikal platforma bo‘ladi.
_________
#сотрудничество

Форум руководителей органов управления бюджетными доходами стран КЦАМ – ключевое событие в сфере налогового администрирования

Делегация под руководством первого заместителя председателя Налогового комитета Мубина Мирзаева принимает участие в Форуме руководителей органов управления бюджетными доходами стран Кавказа, Центральной Азии и Монголии (КЦАМ).

Мероприятие организовано Региональным центром развития потенциала для стран КЦАМ (CCAMTAC) Международного валютного фонда (МВФ) и проходит в городе Алматы (Казахстан).

Среди спикеров ведущие специалисты МВФ, представители налоговых служб Кавказа, Центральной Азии и Монголии, а также другие эксперты.

В данном Форуме основной акцент направлен на:
▫️развитие налогового потенциала в странах региона;
▫️ожидания бизнеса в сфере налогового администрирования;
▫️внедрение искусственного интеллекта в налоговые органы.

Одновременно с этим, в ходе форума обсуждены вызовы, стоящие перед налоговыми администрациями региона, возможности международного сотрудничества, а также лучшие практики в сфере налогового администрирования.

Форум предоставил уникальную платформу для обмена опытом, выстраивания партнерских отношений и формирования новых инициатив для укрепления налоговых систем региона.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

14 Feb, 11:58


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimiz yoshlari bilan muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.

Unda davlatimiz rahbari tadbirkorlar yosh xodimlarni ishga olib, kamida 3 million so‘m oylik to‘lasa, ijtimoiy soliq 1% qilib belgilanganligini qayd etdi.

Bu imtiyoz 3 yil amal qiladi. Bu orqali tadbirkor ham manfaat ko‘radi, yoshlar rasmiy ishlab, daromadi oshadi.

Umuman, “Yoshlar daftari” tizimini ham yangilash, transformatsiya qilish vaqti kelgani taʼkidlandi.

Mutasaddilarga yoshlarga ko‘rsatilayotgan barcha turdagi ijtimoiy paketlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularni maqbullashtirish va natijadorligini oshirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.

Shuningdek, yurtimizda kreativ iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda. Sohada faoliyat ko‘rsayotganlarning 98%i yoshlar ekani ta'kidlandi.

Kreativ industriya parki rezidentlariga 2030-yil yakunigacha imtiyozli soliq rejimi joriy etiladi. Bunda ijtimoiy va daromad soliq stavkalari 50%ga kamaytiriladi, rezidentlar tovarlarni realizatsiya qilish hajmidan qatʼi nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar bo‘ladi.

Parklar negizida kreativ soha vakillarini o‘qitadigan biznes maktablari tashkil qilinadi. Ushbu maktablarda yoshlar yangi va zamonaviy biznes yuritish hamda elektron tijorat kabi xizmat ko‘rsatishning innovatsion usullarini o‘rganadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

14 Feb, 11:26


#savol_javob

🟠Savol: -Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllash qanday hollarda rad etilishi mumkin?

🟢Javob: - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 noyabrdagi “Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga imtiyoz qo‘llash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qaroriga ko'ra daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllash

▫️ariza beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ariza (deklaratsiya) va unga ilova qilinadigan hujjatlardagi xato va kamchiliklar belgilangan muddatda (5 ish kuni) bartaraf etilmaganda;
▫️qalbaki hujjatlar taqdim etilganda;
▫️daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz avval qoʻllanilganda rad etilishi mumkin.

Rad etilgan deklaratsiyalar kamchiliklari bartaraf etilgan holda qayta yuborilganda soliq organlari tomonidan qabul qilinadi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

14 Feb, 07:55


#odob_axloq_qoidalari

Davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari – korrupsiyaga qarshi kurashning muhim omili

Viloyat soliq boshqarmasi xodimlari uchun O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agеntligi Namangan viloyati filiali xodimlari tomonidan o`quv-amaliy sеminari tashkil etildi. Unda xodimlarga davlat xizmatchilarining odob-ahloq qoidalari borasida yana bir bor tushuntirishlar bеrildi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agеntligi Namangan viloyati filiali bosh inspektori J.Ergashev hamda B. Sarimsoqov tadbirda davlat xizmatchilari o`z kasbiy faoliyatini qonuniylik, Vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoiylik, ijro intizomiga qat`iy rioya etish, halollik va xolistik, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo`lish, xizmat sirini qat`iy saqlash kabi prinsiplar asosida amalga oshirishi lozimligini ta`kidlab o`tdilar.

Davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo`lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo`lgan xatti-harakatlarining oldini olishda Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta`minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Muloqot o`zaro savol-javoblar, fikr-mulohazalar hamda takliflar bilan yanada mazmunli o`tdi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

14 Feb, 05:36


#soragan_edingiz

Ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash uchun mablag‘larga soliq solinmasligini istasangiz

🟢Agar siz ta’lim uchun yoki olingan ta’lim kreditini (foizlari bilan) qoplash uchun mablag‘larni professional va oliy ta’lim tashkilotlariga yoki tijorat bankiga ish beruvchi tomonidan o‘tkazib berilishini va bu mablag‘laringizga soliq solinmasligini istasangiz, u holda tegishli ariza bilan ish beruvchiga murojaat etishingiz lozim.

Bunda, quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

🔹talaba (talabalar) bilan O‘zbekiston professional yoki oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;

🔹tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi.


https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

13 Feb, 11:34


#imtiyoz

Agar xususiy bog‘chaga to‘lovni ota-onadan boshqa qarindoshlar to‘lagan bo‘lsa soliqdan ozod qilinadimi?


Imtiyoz faqat bolaning ota-onasiga beriladi. Shuningdek, ular rasmiy ish bilan band bo‘lishi kerak.

Xususiy bog‘cha yoki maktab uchun har bir bolaga oyiga 3 mln so‘m doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilinadi.

👉Soliq kodeksi 378-modda 16-band
__________
#льготы

Освобождаются ли от налога платежи за частный детский сад, если оплату делают не родители, а другие родственники?

Льгота предоставляется только родителям ребенка. При этом они должны быть официально трудоустроены.

От налога освобождаются платежи за частный детский сад или школу до 3 млн сумов в месяц за каждого ребенка.

👉п.16 ст.378 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

13 Feb, 07:03


#soliq_imtiyozlari

Ipoteka kreditlarini to'lashga sarflangan daromadlar soliqlardan ozod qilinadi

Shartlar:

🏦 Agar kredit budjetdan subsidiya asosida berilgan bo‘lsa (soliqdan ozod qilinadigan summa yiliga 80 MHTEKM* gacha),

yoki

👩‍👩‍👦agar kredit yosh oila (30 yoshgacha bo‘lgan) tomonidan olingan va to‘lanayotgan bo‘lsa.

*mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 155 000 x 80 = 92,4 mln so‘m
____________
#налоговые_льготы

Доходы, направленные на погашение ипотеки, освобождаются от налога


Условия:

🏦кредит выдан с учетом субсидии из бюджета (освобождается от налога сумма до 80 МРОТ* в год)

или

👩‍👩‍👦кредит получила и выплачивает молодая семья (до 30 лет).

*минимальный размер оплаты труда – 1 155 000 x 80 = 92,4 млн сумов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

18 Jan, 12:39


#onlayn_seminar #mol_mulk_soligi #yer_soligi

Agar yuridik shaxs egaligida ko‘chmas mulk yoki yer uchastkasi bo'lmasa, mol-mulk va yer soliqlari bo'yicha soliq hisobotlari taqdim etilmaydi.
______
#онлайн_семинар
#земельный_налог #налог_на_имущество

Если у юридического лица нет в собственности недвижимого имущества или земельного участка, отчетность по налогу на имущество и земельному налогу не представляется.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

18 Jan, 11:17


To‘raqo‘rg‘on tuman SI boshlig‘i, 4-sektor rahbari M.Isamitdinov tomonidan huquqni muxofaza qilish organlari, yoshlar agentligi va ta’lim muassasalari hamkorligida hududdagi 34-sonli umumta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida giyoxvandlik illatini oldini olish bo‘yicha muxokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Muxokamada yoshlarni giyohvandlik vositalari bilan muomalada bo‘lishi, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinayotgan giyohvandlik vositalarini olish-sotish, ularni iste’mol qilish hollari bugungi kunda ko‘plab uchrab turayotganligi, giyohvandlikning yoshlar orasida keng tarqalib borayotganligi uning xavfi yanada oshib borayotganidan dalolat berishi, bu esa o‘smirlar tomonidan turli xil jinoyatlarning sodir etilishiga va yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishi hamda avj olishiga olib kelayotganligi yuzasidan ogohlantirildi.

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

18 Jan, 10:58


#yer_soligi

Yer solig‘i hisoboti faqat soliq stavkalari tasdiqlangan hududlarda avtomat shakllantiriladi

Joriy yilning 20-yanvaridan kechiktirmay qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer solig‘ini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga yer solig‘i hisobotini taqdim etishi lozim.
👉 Soliq kodeksi 431-modda

Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar hamda tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari tomonidan kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi va har yili 10-yanvarga qadar soliq organlariga taqdim etadi.
👉 Soliq kodeksi 429-modda

Joriy yilning 18-yanvar sanasiga qadar Surxondaryo viloyatidan tashqari barcha viloyatlardagi tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlangan soliq stavkalari soliq organlariga taqdim etildi.

Bundan Ohangaron va Nurafshon shaharlari, Ulug‘nor, Chiroqchi, Nishon, Koson, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Bo‘stonliq tumanlari mustasno.

Hozirda soliq stavkalari tasdiqlangan 184 ta hududlarda yer uchastkalari mavjud bo‘lgan yuridik shaxslarda qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer solig‘i hisobotini taqdim etish imkoniyati mavjud.

Yer solig‘i hisoboti soliq stavkalari tasdiqlanmagan 24 ta hududlarda soliq organlari tomonidan avtomat shakllanmayapti.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

18 Jan, 07:25


#raqamlashtirish
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Tashkilotlar xodimlarida mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha 337 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik mavjud

2025-yil 1-yanvar holatiga 129 099 ta tashkilotning 441,2 ming nafardan ziyod xodimida 495 771 soliq obyekti bo‘yicha 337,9 mlrd so‘m (yer solig‘i - 210,1 mlrd so‘m, mol-mulk solig‘i - 127,8 mlrd so‘m) to‘lanmagan soliq qarzdorligi mavjud.

Shundan:
▫️62,4 mlrd so‘mbudjet tashkilotlari xodimlari;
▫️10,3 mlrd so‘mnodavlat-notijorat tashkilotlari xodimlari;
▫️265,2 mlrd so‘m tijorat tashkilotlari xodimlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Tijorat tashkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha qarzdorligi (sohalar kesimida):

▪️qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasidagi 36,5 mingta tashkilotda ishlovchi 55,8 ming nafar xodimning soliq qarzi – 65,5 mlrd soʻm;

▪️sanoat sohasidagi 16,3 mingta tashkilotda ishlovchi 80,3 ming nafar xodimning soliq qarzi – 58 mlrd soʻm;

▪️savdo sohasidagi 29,6 mingta tashkilotda ishlovchi 44,2 ming nafar xodimning soliq qarzi – 42 mlrd soʻm;

▪️qurilish sohasidagi 8,5 mingta tashkilotda ishlovchi 32,1 ming nafar xodimning soliq qarzi – 39,6 mlrd soʻm;

▪️tashish va saqlash sohasidagi 4,2 mingta tashkilotda ishlovchi 20,3 ming nafar xodimning soliq qarzi – 13,1 mlrd soʻm;

▪️yashash va ovqatlanish
boʻyicha xizmatlar sohasidagi 6,9 mingta tashkilotda ishlovchi 10,9 ming nafar xodimning soliq qarzi – 10,7 mlrd soʻm;

▪️sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi 3,1 mingta tashkilotda ishlovchi 5,8 ming nafar xodimning soliq qarzi – 3,8 mlrd soʻm;

▪️axborot va aloqa sohasidagi 1,3 mingta tashkilotda ishlovchi 4,7 ming nafar xodimning soliq qarzi – 4 mlrd soʻm;

▪️boshqa faoliyat turlari sohasidagi 11,5 mingta tashkilotda ishlovchi 35,5 ming nafar xodimning soliq qarzi – 28,5 mlrd soʻm.

Xodimlarida soliq qarzi ko'p bo'lgan tashkilotlar – TOP-3:
🔻 Temiryo‘llarinfratuzilma" AJ - 1,5 mlrd so‘m;
🔻 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ - 1,4 mlrd soʻm;
🔻“UzAuto motors” AJ - 1,3 mlrd soʻm.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

18 Jan, 07:13


#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

2025-yilda foydalanishi kutilayotgan suv hajmlarining yer osti va yer usti nisbatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
_______
#налог_за_пользование_водными_ресурсами

Сведения о соотношении объемов воды, поступающих из поверхностных и подземных источников водных ресурсов на 2025 год

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

18 Jan, 06:03


#Bilganingiz_foyda

🟢Tarkibida shakar va boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo`ylashtiruvchi moddalar bo`lgan gazlangan ichimliklarning litriga 500 so`m miqdorida bеlgilangan aksiz solig`ini 2025 yil 1 aprеldan gazlanmagan ichimliklarga ham tatbiq etiladi.

📌Bunda, enеrgеtik va tеtiklashtiruvchi ichimliklarning 1 litri uchun amaldagi 2 ming so`mlik aksiz solig`i stavkasi saqlab qolindi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

18 Jan, 04:27


#uchrashuv

Hududlar potensial imkoniyatlari va samaradorlik ko‘rsatkichlarini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev hududlar potensial imkoniyatlarini oshirish, mavjud imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish yuzasidan muloqotlar o‘tkazmoqda.

Kuni kecha uchrashuvlar Namangan viloyatida o‘tkazildi.

Yig‘ilish «mahallabay» ishlash tizimi bo‘yicha viloyatda samaradorlik ko‘rsatkichi past bo‘lgan Mingbuloq tumanidan videokonferens aloqa orqali olib borildi.

Dastlab, viloyat ko‘rsatkichlari respublikada yetakchi o‘rinlarda ekanligi va bunda albatta xodimlar mehnati mujassamligi alohida eʼtirof etildi.

O‘tgan oy yakunlariga ko‘ra, xodimlarning o‘rtacha ko‘rsatkichi (KPI) 80,3%ni tashkil etgan. 79 nafar xodim 90 balldan yuqori natijaga erishgan bo‘lib, shulardan 19 nafari 100 ball olgan, 48 nafar xodim 75 balldan past natija ko‘rsatgan.

Faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Uchqurg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i va Mingbuloq tumani soliq inspeksiyasining 1 nafar xodimi lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Davlatobod tumani “Yuksalish” kichik sanoat zonasida viloyatdagi to‘qimachilik hamda yengil sanoat bilan shug‘ullanuvchi eksportyor korxonalar bilan Soliq qo‘mitasi rahbariyati uchrashuvi bo‘ldi.

Ma'lumki, Namangan viloyati kalava ip va matolarni qayta ishlashni chuqurlashtirish va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish hisobiga to‘qimachilik sanoatining eksport salohiyatini oshirish zaxiralariga ega.

Ochiq muloqotda 2025- yil soliq siyosatidagi o‘zgarishlar hamda “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni bilan kiritilgan yangi tartiblar to‘g‘risida ma'lumot bеrildi.

Tadbirkor va hisobchilar tomonidan bеrilgan barcha savollarga javob bеrish bilan bir qatorda muammo va takliflari ham o‘rganildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

17 Jan, 09:09


#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening

🗓 17-yanvar kuni
"Yuridik shaxslar yer va mol-mulk soliqlari"
mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 📱 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 15:00
_______
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится

🗓 17 января
Тема: Налоги на имущество и землю юридических лиц

Прямой эфир - на платформе 📱 YouTube

🕙 Начало – 15:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

17 Jan, 07:53


#soliq_siyosati_2025 #mol_mulk_soligi

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i

❗️20-yanvar - boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun hisoblangan joriy yil uchun mol-mulk solig'i summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni.

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkasi 1,5%.

Yuridik shaxslarning mol-mulk solig'ini hisoblash uchun soliq bazasi 1 м² uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymatdan past bo'lishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida — 3,3 mln so'm;
📍Nukus shahri va viloyat markazlarida — 2,2 mln so'm;
📍Boshqa shaharlarda va qishloq joylarida — 1,3 mln so'm.

👉Ko'chmas mulkning o'rtacha yillik qoldiq qiymatini soliq hisobotida aks ettirish tartibi
👉Mustaqil baholash natijalarini taqdim etish
👉Imtiyozlardan foydalanish boʻyicha qoʻllanma

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

17 Jan, 04:06


#ijara

2025 yil uchun mol-mulkni ijaraga bеruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun bеlgilangan ijara to`lovining eng kam stavkalari 2024 yilga nisbatan 10 foizga indеkssiya qilindi.

🏠Turar joylar 1 kv. mеtri uchun


📍Toshkеnt shahrida -28 ming so`m,
📍 viloyat markazlarida – 13,5 ming so`m,
📍boshqa aholi punktlarida - 5,5 ming so`m.


🏢Noturar joylar 1 kv. mеtri uchun

📍Toshkеnt shahrida - 45 ming so`m,
📍viloyat markazlarida – 26,5 ming so`m,
📍boshqa aholi puntlarida - 11 ming so`m.


❗️Bunda, xalq dеputatlari viloyatlar Kеngashlari ijara to`lovining eng kam stavkalariga nisbatan tumanlar va shaharlar kеsimida, ularning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga qarab 2,0 gacha oshiruvchi koeffisiеntni joriy etishga haqli.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

16 Jan, 05:53


#uchrashuv

Namangan axboroti | 2025-YILGI SOLIQ SIYOSATI BO'YICHA SEMINAR BO'LIB O'TDI.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

16 Jan, 05:33


#yer_soligi

🏞2025 yil 1 yanvardan boshlab yangi barpo etilayotgan bog`lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yer solig`i bo`yicha imtiyoz bеkor qilinib, soliq stavkasi 50 foizga kamaytirildi.

❗️Bunda, iqtisodiy jihatdan samarasiz va kam hosilli bog`, tokzorlarga nisbatan yer solig`i 3 baravarga oshirilgan holda hisoblanadi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

07 Jan, 09:51


#Bilganingiz_foyda

ELEKTRON RAQAMLI IMZO

👨🏻‍💻O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrdagi O‘RQ-445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuniga asosan elektron raqamli imzo elektron hujjatni imzolagan shaxsni identifikatsiyalash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, qo‘lda qo‘yilgan imzoning to‘kis analogi hisoblanadi hamda elektron hujjatda aks ettirilgan axborotning o‘zgartirilmasligi va avtorlikni tasdiqlash uchun qo‘llaniladi.

☑️Shuningdek, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanmagan murojaatlar anonim murojaatlar deb hisoblanadi.


https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

07 Jan, 09:37


#brifing

2024-yilda budjetga soliq tushumlari

Soliq organlari tomonidan respublika boʻyicha budjetga 199,6 trln soʻm soliq tushumlari taʼminlanib, 2023-yilga nisbatan 20% oʻsishga erishildi.

Tuman va shaharlar budjetiga tushumlar 24%ga oshdi.

Eng yuqori o‘sish quyidagi hududlarda qayd etildi:
📍Toshkent shahrida - 27%;
📍Sirdaryo viloyatida - 25%;
📍Toshkent viloyatida - 23%.
__________
#брифинг

Налоговые поступления в 2024 году

Налоговыми органами обеспечено 199,6 трлн сумов налоговых поступлений - на 20% выше, чем в 2023 году.

Поступления в бюджеты районов и городов выросли на 24%.

Самый высокий рост зафиксирован:
📍в Ташкенте - 27%;
📍в Сырдарьинской области - 25%;
📍в Ташкентской области - 23%.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

07 Jan, 07:04


#brifing

Ayni daqiqalarda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dildora Xashimova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tmoqda.

Mavzu: 2024-yil yakunlari: biznes rivoji va soliq tushumlari

👉 Jonli efir
__________
#брифинг

В эти минуты в Агентстве информации и массовых коммуникаций проходит брифинг при участии начальника управления Налогового комитета Дилдоры Хашимовой.

Тема: Итоги 2024 года: развитие бизнеса и налоговые поступления

👉Прямой эфир

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

07 Jan, 05:41


#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

2025-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari:

Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni o‘stirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar soliq stavkasiga quyidagilar qo'llaniladi:

▪️suv tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy qilinganda hamda sug‘orish uchun olingan suv o'lchash uskunalari asosida aniqlanganda - 0,5 kamaytiruvchi koeffitsient;

▪️suv tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy qilinganda yoki sug'orish uchun suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda - 0,7 kamaytiruvchi koeffitsient;

▪️baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv o'lchash uskunalari asosida aniqlanganda - 0,7 kamaytiruvchi koeffitsient;

▪️suv tejaydigan sug'orish texnologiyalari joriy qilinmaganda hamda sug'orish uchun olingan suv hajmi suv o'lchash uskunalari asosida aniqlanmaganda - 1,1 oshiruvchi koeffitsient.

Avval yagona 0,7 kamaytiruvchi koeffitsient qo'llanilgan.

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari soliq stavkasiga 0,7 gacha kamaytiruvchi yoki 1,5 gacha oshiruvchi koeffitsientlar belgilashga haqli.

❗️Elektr stansiyalari va kommunal xizmat ko'rsatish korxonalari, qishloq xo'jaligi yerlarini sug'orish va baliq yetishtirish uchun foydalaniladigan suv hajmi, shuningdek ro‘yxati O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan yirik soliq to'lovchilar bundan mustasno.

👉 Soliq kodeksi 445-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

07 Jan, 03:54


#murojaatlar

MUROJAATLAR O`Z VAQTIDA O`RGANILMOQDA


✍️2024 yil davomida Namangan viloyati soliq xizmati organlariga jismoniy va yuridik shaxslardan qilingan jami murojaatlar soni 10 775 tani tashkil etdi.

🔹Shundan

▫️510 tasi yozma;
▫️263 tasi og`zaki;
▫️10002 tasi elеktron shaklda yo`llangan.


🔹Ko`rib chiqish natijasiga ko`ra murojaatlarning 5746 tasi ijobiy hal etilgan bo`lsa,

▫️6741 tasi murojaat mualliflariga huquqiy ma`lumot bеrilgan;
▫️88 ta murojaatda kеltirilgan xolatlar tasdiqlanmasdan rad etilgan;
▫️415 tasi ko`rib chiqish jarayonida.


Barcha turdagi murojaatlar tеgishliligi bo`yicha o`rganib chiqilib, mamlakatimiz qonunchiligida bеlgilangan tartib bo`yicha o`z vaqtida javob qaytarilgan.

📌Eslatib o`tamiz, o`tgan 2023 yil davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslardan qilingan jami murojaatlar soni 10 460 tani tashkil etgan edi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

06 Jan, 07:01


#QQS #keshbek

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun rag‘batlantirish: QQS qaytarish va foyda solig‘ini ikki barobar kamaytirish

2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga QQSning bir qismi qaytarib beriladi.

Shartlar:

🔄
Hisobot davrida hisoblangan soliq budjetga to‘liq to‘lanishi kerak.

📈Asosiy daromad (90% va undan yuqori) umumiy ovqatlanish xizmatlaridan bo'lishi kerak.
Bu MXIK bo'yicha EHF, onlayn-NKT va marketpleys cheklari asosida avtomatik tekshiriladi.

💳 Naqd pulsiz to‘lovlar qismi:
📈 60% va undan yuqori – QQSning 40%i;
📉 60% dan kam bo‘lganda – QQSning 20% qaytariladi.

Keshbekni qanday olish mumkin?

Soliq hisobotini taqdim etgandan keyin 3 oydan kechiktirmasdan qaytarib olish uchun murojaat yuboriladi.

2025-yil yanvar oyi uchun hisobotni 20-fevraldan kechiktirmay topshirish kerak. Ya'ni, yanvar oyi uchun qaytarish to'g'risidagi arizani 20-fevraldan berish mumkin.

Muhim❗️Agar soliq hisobotini aniqlashtirgan holda to‘langan soliq summasi o‘zgarsa, qaytarilgan soliqning bir qismi kamaytirilgan summaga mos ravishda budjetga to‘lanishi kerak.
👉 VM-745-son 07.11.2024-y

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargacha umumiy ovqatlanish korxonalari uchun foyda solig'i stavkasi 2 barobarga kamaytirildi.
Avval bu stavka 15% edi, endi - 7,5%.
👉 PF-132-son 30.08.2024-y
______
#НДС #кешбэк

Стимулы для общепита: возврат НДС и вдвое сниженный налог на прибыль

С 1 января 2025 года предпринимателям в сфере общественного питания из республиканского бюджета возвращается часть уплаченного НДС.

Условия для возврата

🔄
Начисленный в отчетном периоде НДС нужно полностью уплатить в бюджет.

📈Основной доход (90% и больше) должен быть от услуг общественного питания.
Это проверяется автоматически на основании ЭСФ, чеков онлайн-ККТ и маркетплейсов по ИКПУ.

💳Возврат зависит от доли безналичных расчетов:
📈 60% и выше – возвращается 40% НДС;
📉 менее 60%20% НДС.

Как получить кешбэк?

Подать заявку на возврат можно в течение 3 месяцев после сдачи налоговой отчетности.

Отчетность за январь 2025 года нужно представить не позднее 20 февраля, значит, подать заявление на возврат за январь можно после 20 февраля.

Важно❗️ Если предприниматель представляет уточненную налоговую отчетность на уменьшение, часть возвращенного налога подлежит уплате в бюджет пропорционально уменьшенной сумме.

👉ПКМ № 745 от 07.11.2024 г.

Также с 1 января 2025 года по 1 января 2028 года ставка налога на прибыль для предприятий общественного питания снижена в 2 раза. Ранее ставка составляла 15%, теперь - 7,5%.
👉№ УП-132 от 30.08.2024 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

06 Jan, 05:57


#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #yer_soligi

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i boʻyicha kiritilgan o‘zgarishlar

Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari 2024-yilga nisbatan indeksatsiya qilindi.

Ma'lumot uchun❗️Soliq stavkalarining aniq miqdori Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, shuningdek tuman va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlardan foydalangan holda belgilanadi.

Qishloq xo'jaligi korxonalari balansida bo'lgan, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash, shuningdek ipak qurti yetishtirishda foydalaniladigan bino va inshootlar joylashgan yerlar uchun soliq xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,2 koeffitsientini qo'llanilgan holda to'lanadi.
❗️Ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalarida joylashgan va imtiyozlar tatbiq etiladigan obyektlar bundan mustasno.

Shahar va shaharchalar chegaralarida joylashgan qishloq xo'jaligi yerlari uchun yer solig‘i 1 baravar miqdorida to'lanadi.
Avval 2 barobar miqdorda to‘lanar edi.
👉 Soliq kodeksi 429-modda

Yangi barpo etilgan bog'lar, tokzorlar, tutzorlar egallagan yer uchastkalari (daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanishidan qat'i nazar) 5 yil muddatga 50% kamaytirilgan stavkalar bo'yicha soliq to'lanadi. Vakolatli organ tomonidan bog' va tokzorlarni iqtisodiy jihatdan samarasiz va past hosildorligi deb topish to'g'risida xulosa berilgan kundan e'tiboran 12 oy ichida yangi bog' va tokzorlar barpo etilmagan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkasi 3 barobar oshirilgan holda belgilanadi.

Yangi ko'chatlar ekish uchun soliq imtiyozini hisoblash muddati:
🍁kuzda ekilgan – keyingi yilning 1-yanvaridan;
☘️bahorda ekilgan – joriy soliq davrining 1-yanvaridan.
❗️Avval bunday yerlar soliqqa tortilmas edi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) o‘rnatish uchun soliq imtiyozlari

QTEMlarning umumiy quvvati quyidagicha bo‘lgan alohida turuvchi qurilmalari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari soliqqa tortilmaydi:

📉 100 kVt gacha - qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yil muddatga;

☀️quyosh panellari quvvatining 25%dan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to'plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o'rnatilganda – ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 10 yil muddatga;

📈 100 kVt va undan ko‘proq – foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 10 yil muddatga.

👉 Soliq kodeksi 428-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

06 Jan, 05:18


#soliq_siyosati_2025
#YaTT

Namangan viloyatida yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ining eng kam va eng yuqori qat'iy belgilangan stavkalari

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

06 Jan, 05:09


#soliq_siyosati_2025
#Namangan_viloyati

Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar bo'yicha tuman va shaharlar kesimida yer soligʻi
stavkalari uchun 2025-yilda belgilangan koeffitsiyentlar.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

06 Jan, 04:32


Namangan axboroti | Qishloq xo'jaligi - kecha va bugun fermerlar nigohida.

🎥Namangan tv

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

06 Jan, 04:04


#imtiyoz

2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvarga qadar

▫️charm;
▫️ mo‘yna xom ashyosini va junni tayyorlash, saqlash hamda qayta ishlash;
▫️ qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish;
▫️ jun, qorako‘l va sunʼiy charmdan buyumlar;
▫️ charm-attorlik mahsulotlari;
▫️poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar
foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaxslar mol-mulk solig'idan ozod etilgan.

👉
Soliq kodeksining 483-moddasi

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

06 Jan, 04:02


#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2025-yil 6-yanvar

dekabr oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️6 января 2025 года - последний день

за декабрь:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

05 Jan, 08:47


#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #aksiz_soligi

2025-yil uchun tamaki mahsulotlari aksiz solig'i stavkalari
____________
#налоговая_политика_2025
#новое_в_законодательстве #акцизный_налог

Ставки акцизного налога на табачную продукцию в 2025 году

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

04 Jan, 11:24


#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i stavkalari o'zgardi

Jismoniy shaxslarning uy-joy fondi obyektlari uchun mol-mulk soligʻi stavkalari 2024-yilga nisbatan indeksatsiya qilindi.

Ma'lumot uchun ❗️Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari o‘rnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha bo‘lgan oraliqdagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli.

👉Soliq kodeksi 422-moddasi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) o‘rnatganlik uchun soliq imtiyozlari

Quyidagi jismoniy shaxslar soliq summasini kamaytirishi mumkin:

📉uy -joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarida umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (QTEM) foydalanuvchi shaxslar – o'rnatilgan oydan e'tiboran 3 yil davomida;

☀️quyosh panellari quvvatidan 25%dan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to'plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilganda – mazkur panellar foydalanishga topshirilgan oydan e'tiboran – 10 yil davomida.

❗️Soliq summasi 2 BHMdan oshmaydigan summaga kamaytiriladi.

Imtiyoz faqat 1 marta 1 ta uy-joy fondi ko'chmas mol-mulk obyektiga nisbatan energiya ta'minoti tashkiloti tomonidan berilgan ma'lumotnomaga asosan beriladi va jismoniy shaxs tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq QTEM qurilmalari o'rnatilgan taqdirda qo'llaniladi.

👉Soliq kodeksi 421-moddasi

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤❗️

Jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq to'lovchilarga to'lov xabarnomasini quyidagi usullarda topshiradi:
✍️ imzo qo'ydirilgan holda;
💻 soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda;
📲 uyali telefon raqamiga SMS-xabarnoma tarzida;
Soliq mobil ilovasi orqali.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

04 Jan, 09:18


#mobil_ilova

2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣-yilda Soliq mobil ilovasining yutuqlari

So‘nggi bir yil ichida “Soliq” mobil ilovasidan foydalanuvchilar soni qariyb 2 barobar ortib, 9,2 mlndan oshdi.

2024-yilda "Soliq" mobil ilovasi jismoniy va yuridik shaxslar uchun qulay va ixcham yordamchiga aylantirildi.

Kabinet ("Mening profilim") – bu foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari joylashgan interaktiv bo'lim.

Soliq biznes – bu yuridik shaxslarning my3.soliq.uz sayti shaxsiy kabinetining ixcham versiyasi.

Yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi:
🔗 Fiskal ma’lumotlar operatori uchun to'lov;
🚚 Elektron TTYni ro‘yxatdan o‘tkazish;
YTTlar tomonidan yollanma xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish;
📊 Tadbirkorlarning barqarorlik reytingining har bir mezonini ko‘rib turish;
💬 Davr–On virtual yordamchisiga murojaat qilishingiz mumkin;
✉️"Soliq organlari bilan qayta aloqa" axborot tizimi;
🏠 Mening uyim" xizmati orqali kommunal va boshqa xizmatlarni kuzatib borish va to‘lash;
🍅Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun jismoniy shaxslardan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini naqd pulga xarid qilish dalolatnomasini onlayn rasmiylashtirish;
✔️ Turoperator va mehmonxona xizmatlari ko'rsatuvchi korxonalar uchun QQSni qaytarish bo'yicha ariza yuborish.

Har yili o‘tkaziladigan “Yil brendi” mukofotida “Soliq” ilovasi ketma-ket 2️⃣-yil g‘oliblar qatorida bo‘ldi.

➡️Yuklab olish bo‘yicha 📱 AppStore va 📱PlayMarketda TOP 3 talikdan joy oldi.
__________
#мобильное_приложение

Прорыв мобильного приложения Soliq в
2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣ году

За прошлый год в приложении Soliq количество пользователей выросло почти в 2 раза, превысив 9,2 млн.

В 2024 году приложение Soliq трансформировалось в удобного компактного помощника как для физических, так и для юридических лиц.

Кабинет ("Мой профиль") – это интерактивный раздел персонализированной информации пользователя.

Soliq biznes – компактная версия персонального кабинета налогоплательщика юридического лица my3.soliq.uz.

Появились новые возможности:
🔗 Оплата за фискальный модуль;
🚚 Оформление электронных товарно-транспортных накладных;
Постановка на учет работников, нанятых ИП;
📊 Проверка рейтинга устойчивости предпринимателей;
💬 Обратиться к виртуальному ассистенту Davr-On;
✉️ "Обратная связь с налоговыми органами";
🏠 Оплата за коммунальные услуги "Мой дом";
🍅Онлайн оформление акта закупки сельскохозяйственной продукции у физических лиц за наличные предприятиями общепита;
✔️ Отправка заявления на возврат НДС туроператорами и предприятиями, оказывающими гостиничные услуги.

На ежегодной премии "Бренд года" приложение Soliq становится победителем в номинации "Мобильные приложения" 2️⃣ второй год подряд.

➡️По скачиванию в 📱 AppStore и 📱PlayMarket входит в ТОП-3.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

04 Jan, 07:49


#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #yigim

2025-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari
__________
#налоговая_политика_2025 #новое_в_законодательстве #cбор

Предельные ставки сборов за право розничной торговли отдельными видами товаров на 2025 год

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

04 Jan, 04:49


#elektron_xizmatlar

Soliq xizmati organlarining elektron xizmatlari (interaktiv va axborot) xizmatlar
ROʻYXATI bilan tanishing

👉🏻https://soliq.uz

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

04 Jan, 04:36


#Bilganingiz_foyda

2025-yil 1-yanvardan:

Yer yoki davlat mulki QQSsiz sotiladi;
mobil aloqa uchun aksiz solig‘i (10 %) bekor qilindi;
Shahar chegarasidagi qishloq yerlariga 2 karra yer solig‘ini hisoblash to‘xtatiladi;
Nashriyot korxonalari foyda solig‘ini to‘lashdan 5 yilga ozod;
IT-park rezidentlariga barcha turdagi soliqlardan berilgan imtiyozlar 2040-yilgacha uzaytirildi;
Xususiy maktab va bog‘chalar, xorijiy o‘qituvchi va mutaxassislar uchun berilgan barcha soliq imtiyozlari 2030- yilgacha uzaytirildi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

03 Jan, 11:34


#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#YTT

Yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortishdagi o‘zgarishlar

2025-yilda jismoniy shaxslardan olinadigan qat‘iy belgilangan daromad solig‘i stavkalari o‘zgardi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari tumanlar va shaharlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, YTTlar uchun qat’iy soliq stavkalarining eng kam va yuqori stavkalari doirasida qat’iy soliq stavkalarining miqdorini belgilaydi.
👉Soliq kodeksining 383-moddasi

YTTlarga (daromadi 100 mln so'mdan oshmaydigan) yollanma ishchilari daromadlaridan 12% o‘rniga qat'iy soliq stavkasining yarmini to‘lash huquqi berildi.
👉Soliq kodeksining 385-moddasi

Masalan, Xonqa tumanidagi dehqon bozorida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chakana sotuvchi YTT o‘zi uchun oyiga 65 ming so'm qat’iy soliq to'laydi. Avval yollanma xodimga 1 mln so'm ish haqi hisoblansa, undan 12% stavka bo'yicha, ya'ni 120 ming so'm daromad solig'i to'lanar edi. Bu yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkor o'z xodimi uchun qat'iy soliqning yarmini, ya'ni 32,5 ming so'm to‘lash huquqiga ega.

Endi savdo komplekslari va bozorlarda faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning yollanma xodimlari uchun ijtimoiy soliq yiliga kamida 1 BHM miqdorida to'lanadi.
Oldin oyiga 50% BHM edi
.

Yo‘llanma xodimlar uchun ijtimoiy soliq 31-dekabrgacha to‘lanadi.
(avval 1-dekabrgacha)

👉Soliq kodeksining 408-moddasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

03 Jan, 05:21


#soliq_taqvimi

🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2025-yil yanvar oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Календарь налогоплательщика – юридического лица на январь 2025 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

03 Jan, 04:25


#imtiyoz

🏪2025-yil 1-apreldan
daromadidan qatʼiy nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQS to‘lovchisi bo‘ladi.

Bunda soliq to‘lovchilar uchun QQSga o‘tishda qo‘shimcha yengillik yaratish maqsadida QQS hisobotlari soliq organlari tomonidan mavjud maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda shakllantirib beriladi.

➡️PF-229-son, 27.12.2024 yil

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

03 Jan, 03:54


#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ish bilan taʼminlash bo‘yicha manzilli imtiyozlar

⚡️2025-yil 1 yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar
uchun foyda solig‘i va xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 % etib belgilandi.

🎥 "Chust textile" korxonasi

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

02 Jan, 06:13


#raqamli_markirovka

Markirovka: spirtli ichimliklar, pivo va maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari, import qiluvchilar va ulgurji sotuvchilar diqqatiga!

Spirtli ichimliklar, pivo mahsulotlari va maishiy texnika majburiy raqamli markirovkalanadigan tovarlar turlariga kiradi.
👉VMQ-833 30.12.2020 y
👉
VMQ-148 02.04.2022 y

Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan tovarlar bo‘yicha EHFda realizatsiya qilingan mahsulotning har birligi uchun markirovka kodlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar aks ettirilishi shart.
👉VMQ-489 2-ilova, 63 bob 14.08.2020 y

Bugungi kunda Soliq qo‘mitasining axborot tizimlari “Asl belgisi” MAT bilan muvaffaqiyatli integratsiya qilinganligini ma'lum qilamiz.

Shu bois, 2025-yil 1-yanvardan boshlab yetkazib beruvchilar markirovkanlangan tovarlarning axborot tizimlarida mavjud qoldiqlaridan ortiq miqdori uchun EHF rasmiylashtirish imkoniyati cheklanadi.

❗️Miqdori mavjud qoldiqlardan ortiq bo'lgan tovarlarni EHFda ko'rsatish avtomatik ravishda cheklanadi.
Ushbu cheklov NKM orqali realizatsiya qilishga taalluqli emas.

Bu haqda shaxsiy kabinеtga tegishli xabarnoma yuborilgan.
_____________
#цифровая_маркировка

Цифровая маркировка: вниманию производителей, импортеров и оптовых продавцов алкоголя, пива и бытовой техники


Алкогольная продукция, пивоваренная продукция и бытовая техника относятся к видам товаров, подлежащим обязательной цифровой маркировке.
👉ПКМ №833, от 30.12.2020г.
👉
ПКМ №148 от 02.04.2022г.

ЭСФ по товарам с обязательной цифровой маркировкой должен содержать информацию о кодах маркировки по каждой реализуемой единице продукции.
👉п.63 Прил.№2 к ПКМ №489 от 14.08.2020 г.

Сообщаем, что на данный момент НИС "Asl belgisi" успешно интегрирована с действующими информационными системами Налогового комитета.

В связи с этим, с 1 января 2025 года поставщики не смогут выставлять ЭСФ на количество продукции, превышающее остаток маркированных товаров, имеющихся в информационной системе.

❗️Отображение товаров в ЭСФ, количество которых превышает доступные остатки, будет ограничено автоматически.
К реализации через ККТ данное ограничение не относится.

Об этом в персональные кабинеты направлено соответствующее уведомление.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

31 Dec, 05:28


#tabrik

Aziz hamkasblar va hurmatli soliq to'lovchilar!


Kirib kеlayotgan yangi yil bilan sizlarni qizg’in tabriklayman.

2024 yil arzigulik mеhnat natijalari bilan yakunlamoqda! O'tayotgan yilda viloyat soliq xizmati organi jamoasi "Mahallabay" hamda "Korxonabay" tizimi bo'yicha samarali mehnat qilib, belgilangan rejalarni vaqtida bajarishga erishildi.

788 ta mahallaga 281 nafar soliq organlari xodimlari biriktirilib, “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi  ularning ish samaradorligini baholab bormoqda.  Mazkur yangi tizimning ishga tushishi natijasida yer va mol-mulk soliqlaridan prognozga nisbatan qo‘shimcha 26,5 mlrd. so‘m tushirildi.

Jismoniy shaxslarning mol-mul va yer soliqlaridan tushumlar o‘tgan yilga nisbatan 1.3 baravarga oshdi.  O‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar 388 ming nafarni tashkil etib, yil boshiga nisbatan qariyb 195 ming nafarga oshdi.

Sizlarga yangi yilda oilalaringizga shodu xurramlik, sihat-salomatlik, baxtu saodat, yangi omadlar yor bo’lishini, eng yorug’ orzu-niyatlar ushalishini chin yurakdan tilayman. Yangi 2025 yilda ham bor kuch-g'ayratimiz bilan hamjihatlikda ishlash nasib etsin.

Yangi yilingiz muborak bo'lsin!

Hurmat  bilan, viloyat soliq boshqarmasi
boshlig'i  Sh. Imomov

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

30 Dec, 08:20


#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ish bilan taʼminlash bo‘yicha manzilli imtiyozlar

QQS va foyda solig‘i stavkalari 2028-yil 1-yanvarga qadar o‘zgarmaydi
QQS 12 % Foyda solig‘i 15 % ((bazaviy stavka).

2025-yil 1 yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘i va xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 % etib belgilandi.

Imtiyozni qo‘llash uchun quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob berishlari shart:

👉 jami xodilar sonining kamida 15 %i Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar aʼzolari bo‘lishi;

👉 har oyda har bir hodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2 baravari (2 310 000 so‘m)dan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanishi;

👉soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 %ni tashkil etishi.

Maʼlumot uchun: Charm, mo‘yna xom ashyosini va junni tayyorlash, saqlash hamda qayta ishlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sunʼiy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 01.01.2023 -01.01.2026 yilga qadar foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaxslar mol-mulk solig'idan ozod etilgan.
👉
Soliq kodeksining 483-moddasi

QQS zanjirini to‘laqonli taʼminlash, shuningdek bozorda teng sharoit va adolatli raqobat muhitini yaratish maqsadida

2025-yil 1-apreldan daromadidan qatʼiy nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQS to‘lovchisi bo‘ladi.

Bunda soliq to‘lovchilar uchun QQSga o‘tishda qo‘shimcha yengillik yaratish maqsadida QQS hisobotlari soliq organlari tomonidan mavjud maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda shakklantirib beriladi.

 O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun


Faoliyat turlari ro‘yxati kengaytirilib “Artemiya sistalarini yig‘ish va topshirish” faoliyati qo‘shildi.

👉PF-229-son, 27.12.2024 yil.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

30 Dec, 05:57


#Bilganingiz_foyda

🔹O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar
mehnat daromadi olishga yo‘naltirilgan, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olinmagan, mehnat staji hisobga olinishi va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar;

🔹O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning ma’lumotlar bazasi (registr) “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘zini o‘zi band qilganlar to‘g‘risidagi o‘zaro bog‘liq axborotni saqlash, o‘zgartirish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi;

🔹O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga maxsus mobil ilova yoki shaxsiy kabinet orqali yuboriladigan va fuqaroning o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatidagi mehnat maqomini belgilab beradigan elektron shakldagi ma’lumot.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

29 Dec, 04:52


#Bilasizmi

⚡️O'zini-o'zi band qilgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat-kassa texnikasi va bank plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblar bo'yicha to'lov terminallaridan foydalanadi hamda tijorat banklarida hisobvaraqlarini ochishi mumkin.

➡️Vazirlar Mahkamasining №806-son qarori. 23.12.2020 yil

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

28 Dec, 06:56


#yangi_yil
#Yoqlov

Ayni kunlarda yurtimizda yangi yil bayrami shukuhi hukmron. Dillarga o’zgacha quvonch ulashadigan bu bayramni barcha birdek kutadi.

Viloyat soliq xizmati organlarida samarali mehnat qilib, nafaqaga chiqqan faxriylar bayram munosabati bilan yo’qlanmoqda.

Norin tumani soliq inspeksiyasi jamoasi ham tumandagi faxriy hamkasblari bilan birga vafot etganlarning oila a’zolaridan xabar oldilar. Bayram sovg’alari ulashildi.

Bu kabi hayrli tadbirlar barcha hududiy soliq inspeksiyalarida amalga oshirilmoqda.

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

28 Dec, 04:37


#Bilasizmi

Oilaviy tadbirkorlarga 5 nafargacha xodimni yollash huquqiga
ega.

“Oilaviy tadbirkorlik to`g`risida"gi Qonunga ko`ra, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik sub`еktlariga 5 nafargacha doimiy xodimni ular bilan mеhnat shartnomasini tuzgan holda yollash huquqiga ega. Shuningdеk, bir oilaviy korxona ishtirokchisiga bir vaqtning o`zida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi bo`lish huquqi bеrildi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

27 Dec, 13:01


#munosib_ragbat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2019 yil 8 yanvardagi PQ–4102-sonli qarori ijrosini ta’minlash, ishchi guruh faoliyatini tashkil etish va ish samaradorligini oshirish yuzasidan Namangan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari B.Orzibaev, hududdagi yettilik a’zolari faoliyatini tahlili asosida yil davomida samarali mehnat qilganlarni esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

02 Dec, 12:12


#Bilasizmi

🔹 2026-yil 1-yanvarga qadar mahallalarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻib, faqat mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga sotish bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatdan oʻtkazishga ruxsat berilgan.

Bunda, mahallalarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yigʻib-sotuvchi jismoniy shaxslar va mahalliy eksport qiluvchi korxonalar oʻrtasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining oldi-sotdi shartnomalari soliq organlarining maxsus mobil ilovasida rasmiylashtiriladi.

👉 PQ-146-son 01.04.2024

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

02 Dec, 05:54


#quyoshli_xonadon
#Imtiyozlar

Jismoniy shaxslar quyosh panellarini o‘rnatganligi uchun mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilingan.

Imtiyozlardan foydalanish uchun hududiy soliq organlariga qayta tiklanadigan energiya manbalarini oʻrnatish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi guvohnomani taqdim etish kerak.

2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

🎥Namangan TV, "Diyor yangiliklari"

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

02 Dec, 04:36


#imtiyoz

Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig`imlardan ozod qilinadi

2030 yil 1 yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy o`rta ta`lim tashkilotlari:

barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig`imlardan ozod qilinadi;

unda mеhnat faoliyatini amalga oshirayotgan chеt ellik o`qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i va ijtimoiy soliq to`lamaydi. (PQ-403-son, 22.11.2024)

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

02 Dec, 04:21


#soliq_taqvimi

🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2024-yil dekabr oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Календарь налогоплательщика – юридического лица на декабрь 2024 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

02 Dec, 04:04


#Bilasizmi

O`zini o`zi band qilgan fuqarolar qanday pеnsiyaga chiqishlari mumkin?

Fuqarolar O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o`zini o`zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 4742-sonli Qarorda bеlgilangan mеhnat faoliyati bilan shug`ullansa hamda o`rnatilgan tartibda o`zini-o`zi band qilgan shaxs sifatida ro`yxatdan o`tib, bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir barobarida ijtimoiy soliq to`lovini to`lasa, 1 yillik ish staji hisoblanadi.

Dеmak, fuqaro 7 yil davomida har yili Pеnsiya jamg`armasiga o`zini o`zi band qilgan shaxs sifatida ijtimoiy soliq to`lovini amalga oshirgan taqdirda, kеlgusida pеnsiya olish huquqiga ega bo`ladi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

30 Nov, 13:09


Diyor yangiliklari|Namangan para stol tennis sport turi chempionatiga mezbonlik qildi.29.11.2024

TELEGRAM | YOUTUBE | REKLAMA | LIVE

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

30 Nov, 09:30


#yashil_makon

“Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi daraxt ekish aksiyasi davom etmoqda.

Bugun Pop tumanida viloyat soliq boshqarmasiga ajratilgan hududga “Yashil makon“ dasturi doirasida viloyat bosh soliqchisi Sh.Imomov boshchiligida 350 tupdan ortiq manzarali daraxt ko’chatlari ekilib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

30 Nov, 08:52


#hamkorlik

Soliq xizmatlari sohasida Oʻzbekiston-Ozarbayjon hamkorligi

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasida qardosh Ozarbayjon Respublikasi Soliq xizmati delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

3 kunlik muloqot davomida Oʻzbekistonning soliq sohasidagi soʻnggi yutuqlari, xususan, soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatishdagi innovatsion yondashuvlar bilan oʻrtoqlashildi. Ayniqsa, "mahallabay" va "korxonabay" kabi yangi institutlarning joriy etilishi hamda ularning amaliy natijalari ozarbayjonlik hamkasblarda katta qiziqish uygʻotdi.

Islohotlar samarasini raqamlar ham tasdiqlaydi - joriy yilning 11 oyi yakunlari boʻyicha hududlarda soliq tushumlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 21,5 foizga, bevosita tuman (shahar)larda 28,5 foizdan ortiqqa oʻsdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar tajriba almashinuvini davom ettirish va hamkorlikni yanada mustahkamlash boʻyicha kelishib oldilar.
———-
#сотрудничество

Налоговые службы Узбекистана и Азербайджана обменялись опытом


В Налоговом комитете Республики Узбекистан состоялась встреча с делегацией Налоговой службы Азербайджана.

В ходе трехдневного диалога были представлены последние достижения Узбекистана в налоговой сфере, в частности, инновационные подходы в обслуживании налогоплательщиков. Особый интерес у азербайджанских коллег вызвало внедрение новых институтов "махаллабай" и "корхонабай", а также их практические результаты.

Эффективность реформ подтверждается цифрами - по итогам 11 месяцев текущего года налоговые поступления в регионах выросли на 21,5% по сравнению с аналогичным периодом прошлого года, а в районах (городах) - более чем на 28,5%.

По итогам встречи стороны договорились о продолжении обмена опытом и дальнейшем укреплении сотрудничества.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

30 Nov, 04:19


#imtiyoz

🔰2025 yil 1 yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko`rsatuvchi tadbirkorlik sub`еktlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) rеalizasiya qilish bo`yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:

60 foiz va undan yuqori bo`lganda — byudjеtga to`langan soliqning 40 foizi;
60 foizdan kam bo`lganda — byudjеtga to`langan soliqning 20 foizi qaytariladi.

🗓Tadbirkorlik sub`еkti soliq hisobotini taqdim etgandan so`ng, lеkin 3 oydan kеchiktirmasdan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

30 Nov, 04:10


🟦🟦🟦🟦🟦

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Soliq qo‘mitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilish jarayoni davom etmoqda.

Shu munosabati bilan, 🕓 2024-yil 30-noyabr soat 00:00 dan 2-dekabr soat 06:00ga qadar ayrim axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi.

🖇Xususan:
Munis va onlayn to‘lov tizimlari orqali soliq to‘lovlari;
fuqarolarning ShJBP fondiga to‘lovlar;
quyoshli xonadon;
deklaratsiya yuborish;
korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish;
elektron murojaatlar va boshqa
xizmatlarda uzilishlar kuzatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
__________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики

Налоговый комитет продолжает поэтапную работу по миграции большой базы данных на новые серверы.

В связи с этим 🕓 с 00:00 часов 30 ноября до 06:00 часов 2 декабря текущего года будет временно ограничена работа некоторых информационных систем и электронных налоговых услуг.

🖇В частности, перебои возможны в:
уплате налогов через систему Munis и электронные платежные системы,
платежах в накопительный пенсионный фонд граждан,
услуге «Солнечный дом»,
подаче декларации,
добровольной и принудительной ликвидации предприятий,
электронных обращениях

и других услугах.

Приносим извинения за доставленные неудобства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

29 Nov, 15:30


Тўрақўрғон туманида бўлиб ўтган сайёр қабул тафсилотлари, солиқ имтёзлари, ҳуқуқий маслаҳатлар ва 4-секторга бириктирилган ҳудудлардан келиб тушаётган мурожаатлар таҳлили

Telegram I Facebook I Instagram I Twitter I Youtube

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

29 Nov, 10:49


#soliq_hisoboti

Hurmatli soliq to‘lovchilar
❗️

✔️Hisobot yuborish jarayoni yanada soddalashtirildi: shaxsiy kabinetingizda avtomatik shakllantirilgan maʼlumotlarni ko‘rib chiqing, tasdiqlang va yuboring.

Endi norezidentlardan import qilingan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda foyda solig‘ini ushlab qolish bo‘yicha hisobotni my3.soliq.uz saytida avtomatik ravishda shakllantirish mumkin!

👆Batafsil videoqo‘llanmada tanishing
 
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

29 Nov, 10:48


#Yashil_makon

Namanganda daraxt ekish aksiyasi davom etmoqda

Namangan shahrining “Qo`qon” ko`chasiga 4-sеktor rahbari B.Orzibaеvni tashabbusi bilan daraxt ekish aksiyasi bo`lib o`tdi.

"Ma’rifat " mahallasi hududida o`tkazilgan daraxt ekish tadbirida mahalla yettiligi, nuroniy otoxonlar, sеktor rahbari va mahalla faollari ishtirok etishdi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi daraxt ekish aksiyasi tashkilot, muassasalar, mahalla va ijtimoiy soha ob`еktlarida ko`tarinkilik bilan davom ettirilmoqda.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

16 Nov, 15:24


#qonunchilikdagi_yangiliklar

Barqarorlik reytingi Soliq kodeksiga kiritildi

Yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Soliq kodeksiga kiritildi.
👉 OʻRQ-1000,15.11.2024-yil

👉Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlariga soliqlar boʻyicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha toʻlangan summa 3 kunlik muddatda qaytariladi;

👉”AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi*
*bundan jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar mustasno;

👉”AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi oʻrnini qoplash tekshiruvlar oʻtkazilmasdan 1 kunlik muddatda amalga oshiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

16 Nov, 13:28


#raqamlashtirish #soliq_qarzi

Ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzdorligi

2024-yil 1-noyabr holatiga soliq qarzi 100 mln so'mdan yuqori ishlab chiqarish korxonalari 927 ta, ularning jami qarzdorligi 1 178 mlrd so'm. Shundan 338 mlrd so‘mi, ya'ni 28,7 %i soliq qarzi eng ko‘p bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.

📊Hududlar kesimida ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzdorligi ko‘rsatkichlari – TOP-3:

📍Andijon viloyati – 218,4 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati – 173,5 mlrd so‘m;
📍Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha HSI – 159,5 mlrd so‘m.
__________
#цифровизация #налоговая_задолженность

Налоговая задолженность производственных организаций

По состоянию на 1 ноября 2024 года у 927 организаций в производственной сфере имеется налоговая задолженность (выше 100 млн сумов) в размере 1 178 млрд сумов. Из них 338 млрд сумов или 28,7 % приходится на 10 организаций.

📊Показатели налоговой задолженности организаций в сфере производства в разрезе регионов – TOП-3:

📍Андижанская область – 218,4 млрд сумов;
📍Ташкентская область – 173,5 млрд сумов;
📍МРИ по крупным налогоплательщикам - 159,5 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X | Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

16 Nov, 05:57


#Mahallabay

🏘Namangan viloyatida soliq xizmati organlariga mahalla darajasiga tushib ishlash boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida 788 ta mahallalarga 281 nafar soliq inspektorlari biriktirildi.

▫️Ushbu xodimlarning asosiy vazifasi soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarining oʻz vaqtida va toʻgʻri bajarilishida koʻmaklashishdan iborat.

▫️Har bir soliq to‘lovchining my3.soliq.uz dagi shaxsiy kabineti "Asosiy" sahifasi, "Mening soliq inspektorim" bo‘limida o‘ziga biriktirilgan soliq inspektori haqida to‘liq ma’lumotlar (FIO, lavozimi va bog‘lanish uchun telefon raqami) joylashtirilgan.

▫️Soliq toʻlovchilar faoliyati "mahallabay" tizimida 25 ta yo‘nalishda avtomatik tahlil qilinadi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

16 Nov, 04:09


#Soliq_kodeksi
#45_modda

TOVARLAR

🔸Tabiatning yoki inson faoliyatining (shu jumladan intеllеktual faoliyatning) qiymat bahosiga ega bo`lgan va rеalizasiya qilish uchun mo`ljallangan har qanday prеdmеti tovar dеb e`tirof etiladi.

🔸Tovarlar dеb, xususan, elеktr enеrgiyasi, ma`lumotlar bazasi, axborot, intеllеktual faoliyat natijalari, shu jumladan ularga bo`lgan mutlaq huquqlar e`tirof etiladi.

🔸Soliq solish maqsadida mulkiy huquqlar ham tovar dеb e`tirof etiladi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

15 Nov, 12:44


#Bilasizmi

LIZING
NIMA?

✔️Moliyaviy ijaraning alohida turi lizing dеb e`tirof etilib, bunda bir taraf (lizing bеruvchi) boshqa tarafning (lizing oluvchining) topshirig`iga ko`ra uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasi bo`yicha shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob`еktini) oladi hamda uni shartnoma bo`yicha egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga haq evaziga bеradi.

Moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining tarafi bo`lgan ijarachiga (lizing oluvchiga) moliyaviy ijara (lizing) prеdmеtining xaridori sifatida qaraladi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

15 Nov, 11:35


#mahallabay

Munosib rag'bat

“Mahalla yettiligi” ning mahallabay ishlash mexanizmi orqali aholining asosiy muammolari mahallaning o‘zida hal bo‘lmoqda.

Kosonsoy tumani soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektori Asqarov Jahongir Tolibjonovichga tumandagi Majnuntol va A. Jomiy mahallalari biriktirilgan. Uning samaradorlik ko‘rsatkichlari oktabr oyi yakuni bilan  100% ni tashkil etib, Soliq qo'mitasi Raisining tashakkurnomasi bilan rag‘batlantirildi.

Menga biriktirilgan 2 ta mahallada 74 nafar yuridik shaxslar hamda 801 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar, 838 nafar yer solig‘i va 1 020 mol-mulk solig‘i to‘lovchilari bor,-deydi Jahongir Asqarov. Qo‘mita raisi tomonidan berilgan e’tirofdan minnatdorman. Kelgusi faoliyatimda ham qo‘shimcha manbaalar yaratib, soliq tushumlarini ortig‘i bilan bajarishga va rahbariyat bergan ishonchni oqlashga harakat qilaman.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

15 Nov, 10:49


#elon #uchrashuv #raqamli_markirovka

Soliq qoʻmitasi biznes bilan uchrashadi

Suv va alkogolsiz ichimliklar bozori vakillari bilan tayyor markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalash tizimini joriy etish jarayonlarini muhokama qilish uchun uchrashuv oʻtkazilishi rejalashtirilayotganligi haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Mazkur uchrashuv 2024-yil 18-noyabr kuni soat 12:00 da Soliq qoʻmitasida boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston suv va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchilar uyushmasiga bu haqda tegishli xabarnoma yuborildi.

Uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi vakillari ham ishtirok etadi.

Suv va alkogolsiz ichimliklar savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari soliq organlari bilan qayta aloqa tizimi orqali #markirovka xeshtegini koʻrsatgan holda qatnashuvchilar roʻyxatini ilova qilib ishtirok etish uchun ariza yuborishlari mumkin.
__________
#объявление #встреча #цифровая_маркировка

Налоговый комитет встретится с бизнесом

Ранее сообщалось, что будет проведена встреча с представителями рынка воды и прохладительных напитков для обсуждения процессов внедрения системы агрегaции готовой маркированной продукции.

Встреча состоится 18 ноября 2024 года в 12:00 часов
в Налоговом комитете.

Соответствующее уведомление было направлено в Ассоциацию производителей воды и прохладительных напитков Узбекистана.

Во встрече также примут участие представители Министерства экономики и финансов, Министерства инвестиций, промышленности и торговли, Торгово-промышленной палаты.

Субъекты предпринимательства, участвующие в сфере реализации воды и прохладительных напитков, могут подать заявку на участие через систему обратной связи с налоговыми органами, указав хэштег #маркировка и предоставив список участников на сайте https://appeal-bot.soliq.uz/

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

15 Nov, 05:40


#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom
etmoqda

Viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida soliq xizmati organlarida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan proflaktik tadbirlar muntazam o‘tkazilib kelinmoqda.

"Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" oyligi doirasida soliq xizmati xodimlari o‘rtasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan tadbirlarda soliq to‘lovchilar bilan muloqot davomida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, mansab va vakolatini suiisteʻmol qilmaslik ahamiyati tushuntirilmoqda.

To'raqo'rg'on tumanida o'tkazilgan seminarda ham xodimlar yana bir bor ogohlikka chaqirildi. Halol mehnat insonni ulug'lashi, ota-ona va farzandlar kelajagi uchun bu naqadar ahamiyatli ekanligi ta'kidlandi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

15 Nov, 05:25


#Bilasizmi

Soliq turlari bo`yicha soliq stavkalari 👇🏻👇🏻

🔹Foyda solig`ining bazaviy stavkasi - 15 foiz,
🔹ijtimoiy soliq - 12 foiz (budjеt tashkilotlari uchun 25 foiz),
🔹qo`shilgan qiymat solig`i stavkasi - 12 foiz,
🔹jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i - 12 foiz,
🔹aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy stavkasi - 4 foiz,
🔹yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi - 1,5 foiz.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

15 Nov, 05:18


#JShODS #ijtimoiy_soliq

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (JSHODS) va ijtimoiy soliq hisobotini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

👉 JShODS va ijtimoiy soliq bo‘yicha onlayn-seminar
_______________
#НДФЛ #социальный_налог

Инструкция по заполнению отчетности по налогу на доходы физических лиц (НДФЛ) и социальному налогу

👉Онлайн-семинар по НДФЛ и соцналогу

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

15 Nov, 04:05


#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 15-noyabr

oktabr oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4-5-qismlari);

- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-4-qismlari).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️15 ноября 2024 года - последний день

за октябрь:

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч.4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности и уплаты по налогу с оборота
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

14 Nov, 14:49


#MXIK

Qurilish materiallarining MXIKlari tadbirkorlarning murojaatlarini inobatga olgan holda yangilandi

Qurilish materiallarining identifikatsiya kodlari (MXIK) "Qurilish materiallari milliy klassifikatori" bilan unifikatsiya qilinayotganligi hamda ularga qatʼiy oʻlchov birliklari biriktirilayotganligi toʻgʻrisida Soliq qoʻmitasi tomonidan oʻtgan 2 oy davomida bir necha bor xabar berilgan.

Soliq toʻlovchilarga 10-noyabrdan avval mavjud boʻlgan umumiy MXIKlar nofaol holatga oʻtkazilishi haqida maʼlum qilindi.

Ushbu mavzu boʻyicha savollari yuzaga kelgan tadbirkorlik subyektlari koʻrsatilgan telefon raqamlari orqali Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligiga murojaat qilishlari mumkin.

Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining xati asosida MXIKlar roʻyxati yangilandi.

Soliq toʻlovchilarga amaliy yordam berish maqsadida video qoʻllanmalar tayyorlandi:
🔍 Qurilish materiallarining kerakli MXIKlarini qanday topish mumkin?
✔️ Kerakli MXIKni qanday "Tanlangan"larga qoʻshish mumkin?

Qurilish materiallari MXIKlari boʻyicha savollar yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining quyidagi raqamlariga murojaat qiling:

☎️71 210 11 04 (ichki 6005, 6006, 6007)
____________
#ИКПУ

ИКПУ стройматериалов обновлены с учетом запросов предпринимателей

В течение 2 месяцев Налоговый комитет неоднократно сообщал о том, что идентификационные коды (ИКПУ) строительных материалов приводятся в соответствие с Национальным классификатором строительных ресурсов и что за ними закрепляются фиксированные единицы измерения.

Налогоплательщиков уведомляли о том, что с 10 ноября действовавшие ранее общие ИКПУ будут неактивными.

Предприниматели, у которых возникали вопросы по данной теме, могли обратиться в Министерство строительства и жилищно-коммунального хозяйства по предоставленным телефонным номерам.

На основании письма Министерства строительства и жилищно-коммунального хозяйства перечень ИКПУ был обновлен.

В помощь налогоплательщикам подготовлены видеоинструкции:
🔍как найти нужный ИКПУ стройматериалов?
✔️как добавить ИКПУ в "Избранные"?

По вопросам ИКПУ стройматериалов следует обращаться по следующим номерам Министерства строительства и жилищно-коммунального хозяйства:
☎️71 210 11 04 (внутр. 6005, 6006, 6007)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

14 Nov, 09:35


#AOS

Qatʼiy belgilangan summada AOS toʻlovchilar qaysi hisobotlarni topshirmaydi?

Soliq toʻlovchilar ixtiyoriy tartibda AOSni qatʼiy belgilangan summada toʻlashni tanlashi mumkin. Ushbu stavkalar yiliga quyidagi miqdorlarda belgilandi:

🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 25 mln soʻm;
🔹 jami daromadi 500 mln soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar uchun – yiliga 34 mln soʻm.

Qatʼiy belgilangan miqdorda AOS toʻlovchilar ushbu soliq va dividendlar koʻrinishidagi daromadlar boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilinadi.
👉Soliq kodeksi 470-prim 1-modda

Aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi.
👉PQ-419-son, 10.11.2022-y.
__________
#налог_с_оборота

Какую отчетность не сдают плательщики налога с оборота в фиксированной сумме?

Плательщики налога с оборота вправе на добровольной основе выбрать уплату налога в фиксированной сумме. При этом сумма налога в год составляет:
🔹при совокупном доходе не более 500 млн сумов - 25 млн сумов;
🔹при совокупном доходе свыше 500 млн сумов - 34 млн сумов.

Плательщики налога с оборота в фиксированной сумме освобождаются от обязанности представления налоговых отчетностей по данному налогу и в части доходов в виде дивидендов.

👉ст.470 прим.1 НК

Cубъекты предпринимательства, уплачивающие налог с оборота по фиксированной налоговой ставке, освобождаются от обязательства по представлению годовых финансовых отчетов в налоговые органы.
👉№ ПП-419 от 10.11.2022 г.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

14 Nov, 05:59


#AOS

Elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar soliqni 2% stavkada to‘laydi

Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar uchun AOS stavkasi 2% miqdorida belgilangan.
👉 Soliq kodeksi 467-modda

Bunda, soliq to‘lovchining joriy hisobot (soliq) davri natijalari bo'yicha bunday faoliyatdan olinadigan daromadi umumiy daromadining kamida 90%ini tashkil qilishi kerak.

Mazkur imtiyozlardan foydalanish uchun “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati orqali my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan korxona rahbari tomonidan imzolangan umumiy daromadining 90% dan ortig'i elektron tijoratdan kelganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini biriktirgan holda murojaat yo‘llash lozim.
👉 Murojaat yo‘llash bo'yicha qo'llanma
______
#налог_с_оборота

Осуществляющие электронную торговлю предприниматели уплачивают налог по ставке 2%

Для тех налогоплательщиков, которые осуществляют электронную торговлю товарами (работами, услугами), ставка налога с оборота установлена в размере 2%.
👉ст.467 НК

При этом доходы от осуществления такой деятельности по итогам текущего отчетного (налогового) периода, должны составлять не менее 90% совокупного дохода.

Чтобы воспользоваться сниженной ставкой, нужно подать обращение по использованию налоговой льготы через интерактивную услугу в персональном кабинете на сайте my3.soliq.uz, прикрепив копию подписанного руководителем документа, подтверждающего, что более 90% совокупного дохода приходится на электронную коммерцию.
👉 Инструкция, как подать обращение

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

14 Nov, 05:13


#AOS

15-noyabr - oktabr oyi uchun AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS) hisobotini to‘ldirish bo‘yicha quyidagilardan foydalanish mumkin:
👉 videoqo‘llanma
👉 onlayn-seminar
_______
#налог_с_оборота

15 ноября - последний день представления отчетности и уплаты по налогу с оборота за октябрь

Чтобы заполнить отчетность по налогу с оборота, воспользуйтесь:
👉 видеоинструкцией
👉 онлайн-семинаром

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

14 Nov, 04:48


#ozini_ozi_band_qilish

O`ZINI O`ZI BAND QILGAN SHAXS O`Z XIZMATLARINI QAЕRDA KO`RSATISHI MUMKIN?

O`zini o`zi band qilgan shaxslar xizmatlarni har qanday joyda - o`z tanloviga ko`ra yoki buyurtmachining talabiga binoan ko`rsatishi mumkin.

Misol uchun, o`zini o`zi band qilgan rеpеtitor:

🔹uyida o`quvchilarni qabul qilishi;
🔹buyurtmachiga ofisga yoki xususiy shaxsga uning uyiga borishi;
🔹nufuzli bo`lishi uchun ofisni ijaraga olishi va unda xizmatlar ko`rsatishi;
🔹jahonning istalgan nuqtasidan online shug`ullanishi mumkin.

Agar o`zini o`zi band qilgan shaxs sartaroshlik xizmatlarini ko`rsatsa, u:

🔹o`z uyida yoki mijozining uyida ishlashi;
🔹salonda ish joyini (krеslo) ijaraga olishi va u yerda o`z mijozlariga xizmat ko`rsatishi mumkin.
(Bunda salon o`zini o`zi band qilgan shaxsning tushumini inkassasiya qilmaydi. Bu - uning daromadi, u uni o`zi tasarruf etadi.)

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

09 Nov, 04:27


#soliq_nazorati

Soliq nazoratining shakllari


Soliq organlari soliq nazoratini:

🔎soliq tekshiruvlari;
🔎soliq monitoringi shaklida amalga oshiradi.


📌Bojxona organlari tovarlarning O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi munosabati bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarga nisbatan o‘z vakolatlari doirasida Soliq Kodeksiga va bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq soliq nazoratini amalga oshiradi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

08 Nov, 13:15


#quyoshli_xonadon

Quyoshli xonadon: 9 oyda 6 ming nafardan ortiq fuqaroga 8,9 mlrd so‘mlik subsidiya hisoblandi


Ma'lumki, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 6 ming nafardan ortiq jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan ☀️quyosh energiyasi uchun 8,9 milliard so‘m (8,9 million kVt/soat) subsidiya oldi.

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Xorazm viloyati - 2,1 mlrd so‘m;
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 1,5 mlrd so‘m;
📍Toshkent shahri - 1,2 mlrd so‘m.

Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasining “Keshbek” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

08 Nov, 11:26


#manaviyat_soati

Viloyat soliq boshqarmasi xodimlari uchun navbatdagi ma`naviyat soati bo`lib o`tdi. Unda viloyat Kambag`allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mеhnat inspеksiyasi inspеktori Yusupov Baxtiyor Ravshanovich ishtirok etib, mеhnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etishda ish bеruvchi va xodimlarning huquq va majburiyatlari borasida so`z yuritdi.

Mavzu doirasida “Mеhnatni muhofaza qilish to`g`risida”gi Qonunning 13-moddasiga asosan korxonalarda mеhnatning sog`lom va xavfsiz sharoitlarini ta`minlash sharti, mеhnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va mе`yorlari tushuntirib o`tildi.

Xodimlar o`zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

08 Nov, 05:18


#soliq_qarzi

Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxsning soliq qarzini undirish

Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish quyidagilarga nisbatan ushbu kеtma-kеtlik bilan amalga oshiriladi:

🔹bank hisobvaraqlaridagi pul mablag`lariga;

🔹naqd pul mablag`lariga;

🔹boshqa shaxslarga shartnoma bo`yicha egalik qilishga, foydalanishga, tasarruf etishga bеrilgan mol-mulkka, ushbu mol-mulkka doir mulk huquqi ularga o`tmagan holda, agar soliq majburiyati ijrosini ta`minlash uchun bunday shartnomalar bеkor qilingan yoki haqiqiy emas dеb topilgan bo`lsa;

🔹boshqa mol-mulkka, bundan qonunchilikka muvofiq bеlgilanadigan jismoniy shaxsning yoki uning oilasi a`zolarining kundalik shaxsiy foydalanishi uchun mo`ljallangan mol-mulk mustasno.

Soliq qarzi jismoniy shaxsning pul mablag`lari ko`rinishida bo`lmagan mol-mulki hisobidan undirilgan taqdirda, soliq qarzi bunday mol-mulk rеalizasiya qilingan va undan kеlib tushgan summalar hisobidan to`langan paytdan e`tiboran to`langan dеb hisoblanadi.

Mazkur mol-mulk xatlab qo`yilgan kundan e`tiboran va tushgan summalar byudjеt tizimiga o`tkazilgan kunga qadar soliqlarni o`z vaqtida to`lamaganlik uchun pеnyalar hisoblanmaydi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

08 Nov, 04:41


#soliq_taqvimi

🗓 9-10 noyabr dam olish (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 11-noyabrga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 В связи с тем, что 9 и 10 ноября - выходные (нерабочие) дни, крайний срок представления отчетности и уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в эти дни, переносится на 11 ноября.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

08 Nov, 04:37


#raqamlashtirish #sayyor_qabul

Yanvar-oktabr oylarida sayyor qabullarda 59,1 mingga yaqin murojaat hal etildi


2024-yil yanvar-oktabr oylarida soliq xizmati organlarining hududiy 4-sektori tomonidan respublika bo‘yicha o‘tkazilgan 10 071 ta sayyor qabullarda 74 620 ta murojaat yo‘llangan.

Shundan:
▫️hal etilgan – 59,1 mingta (79,2 %);
▫️tushuntirish berilgan – 12,3 mingta (16,5 %);
▫️o‘rganish jarayonida – 3,1 mingta (4,2 %);
▫️rad etilgan – 71 ta (0,1 %).

Eng ko‘p sayyor qabul o‘tkazilgan hududlar – TOP-3:
📍Toshkent viloyati – 959 ta;
📍Farg‘ona viloyati – 897 ta;
📍Qashqadaryo viloyati – 874 ta.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

08 Nov, 04:24


#Ijtimoiy_soliq

Ijtimoiy soliqni soliq to`lovchilari dеb quyidagilar e`tirof etiladi:👇🏻👇🏻

📍O`zbеkiston Rеspublikasining yuridik shaxslari;

📍O`zbеkiston Rеspublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O`zbеkiston Rеspublikasi norеzidеntlari bo`lgan yuridik shaxslar, chеt el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari.

Soliq stavkalari:
▫️Budjet tashkilotlari
- 25 %
▫️“SOS — O‘zbekiston Bolalar mahallalari” uyushmalari - 7%
▫️Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatidan foydalanuvchi soliq to‘lovchilar - 4,7%

🕔Kalendar yil soliq davri bo'lsa, yil oyi hisobot davridir.

👉🏻Soliq kodeksi 58-bob

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

07 Nov, 14:18


#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ba'zi texnik jihozlar QQS va aksiz solig'idan ozod etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
👉O‘RQ-992-son, 05.11.2024-yil

Hujjatga muvofiq:

🔹 Maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish QQSdan ozod qilinadi
Soliq kodeksining 246-moddasi

🔹shuningdek, ushbu texnik vositalar aksiz solig'iga tortilmaydi.
👉Soliq kodeksining 284-moddasi
________
#новое_в_законодательстве

Некоторые технические средства освобождаются от НДС и акцизного налога

Законом Республики Узбекистан в Налоговый кодекс внесены изменения и дополнения.
👉№ ЗРУ-992 от 05.11.2024 г.

В соответствии с ними:

🔹освобождается от НДС ввоз на территорию Республики Узбекистан технических средств системы оперативно-розыскных мероприятий, приобретаемых специально уполномоченным государственным органом;
ст.246 НК

🔹также эти технические средства не облагаются акцизным налогом.
👉ст.284 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

07 Nov, 11:19


#qonun_loyihasi

🇺🇿 Iqtisodiyot va Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi yuzasidan tushuntirishi

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

07 Nov, 07:04


#Barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlik subyektlarining reyting ko'rsatkichlari ularning faoliyatiga beriladigan bahodir.


Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingida ragʻbat toifaga qarab oshib boradi. Asosiy talab esa tadbirkorlarning qonunchilikda belgilangan meʼyorlar boʻyicha majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda va oʻz vaqtida bajarishlariga qaratilgan.

Bunda reytingi past korxonalarga nisbatan jazo choralari qoʻllash nazarda tutilmagan. Faqatgina, ragʻbatlantirish koʻrsatkichga qarab oʻzgarib boradi. Mavjud imtiyozlarni olish uchun oʻrta darajadagi korxonalar ham yuqori reytingga ega boʻlishga intilayapti.

Voliyat soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari o'zlariga biriktirilgan korxonalarga borib, bu haqda batafsil ma'lumotlarni berishmoqda. Chortoq tumani fermerlar kengashi hisobchilari bilan muloqotda hisobchilar qiziqtirgan savollariga javob olish bilan birga kamchiliklarni bartaraf etish choralari bo'yicha tushunchaga ega bo'ldilar.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

07 Nov, 05:52


#raqamlashtirish #MXIK

Mahsulotlar va xizmatlarning identifikatsiya kodlari (MXIK)

Mahsulot (tovar va xizmatlar) yagona elektron katalogida jami kodlar 456,2 mingdan oshdi.
Shundan:
mahsulotlar uchun – 455 438 ta;
xizmatlar uchun – 856 ta.

2024-yil yanvar-oktabr oylarida respublika boʻyicha:
▫️263,9 mingta korxona 37,6 mlndan ortiq EHF shakllantirishda 77 826 ta MXIKdan foydalangan;
▫️193,5 mingta korxona tomonidan berilgan 888,4 mln xarid chekida 149,5 mingta MXIK ishlatildi.
________
#цифровизация #ИКПУ

Идентификационные коды продукции и услуг (ИКПУ)

Единый электронный национальный каталог продукции (товаров и услуг) содержит более 456,2 тысяч ИКПУ. Из них:
для товаров 455 438;
для услуг – 856.

В январе-октябре 2024 года по республике:
▫️263,9 тыс. организаций оформили более 37,6 млн ЭСФ с использованием 77 826 ИКПУ;
▫️193,5 тыс.
организаций выдали свыше 888,4 млн чеков онлайн-ККТ с использованием более 149,5 тыс. ИКПУ.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

07 Nov, 05:43


#ozini_ozi_band_qilish

Namangan viloyatida 2024 yil noyabr oyi holatiga IT sohasida o`zini o`zi band qilganlar soni 1300 nafardan oshdi.

IT sohasida o`zini o`zi band qilgan yoshlarga IT park rеzidеnti maqomi bеriladi va ular uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod qilinadi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

07 Nov, 05:17


#soliq_hisoboti #yashirin_iqtisodiyot

100 mingdan 100 mln so‘mgacha: O‘zbekistonda sanoat sohasida ishlovchilarga qancha ish haqi hisoblandi?

Soliq hisoboti maʼlumotlariga ko‘ra, sentabr oyida 🏭 sanoat sohasida rasmiy ravishda 772,4 ming kishi band bo‘lgan:

▫️336 ming kishi 3-10 mln so‘mgacha ish haqi olgan;
▫️287,8 ming kishi — MHTEKM (sentabr oyida 1 050 000 so'm) dan 3 mln so‘mgacha olgan.

💰425 kishi oyiga 100 mln so‘mdan ortiq daromad olgan.

🤔Deyarli 7 ming ishchiga 262 500 so‘mgacha (MHTEKMning 25%idan ⬇️ kam) ish haqi hisoblangan.

Bitta xodimga o‘rtacha ish haqi — 5 mln so‘m.

📍Hududlarda qancha hisoblandi?

Respublika bo‘yicha eng yuqori ish haqi Navoiy viloyatida - o‘rtacha 8,9 mln so‘m.

Toshkentda — 5,8 mln so‘m;
Toshkent viloyatida — 5,1 mln so‘m;
Andijon viloyatida — 4,6 mln so‘m;
Qoraqalpog‘istonda — 4,5 mln so‘m.

Eng past ish haqlari:
Xorazm viloyatida — 2,5 mln so‘m;
Namangan viloyatida — 2,3 mln so‘m.
__________
#налоговая_отчетность #теневая_экономика

От 100 тысяч до 100 миллионов: какие зарплаты в промышленной сфере Узбекистана?

По данным налоговой отчетности за сентябрь 🏭 в сфере промышленности официально трудоустроено 772,4 тысяч человек:

▫️336 тысячам из них начислена зарплата от 3 до 10 млн сумов;
▫️287,8 тысячам человек - от МРОТ (в сентябре 1 050 000 сумов) до 3 млн сумов.

💰Больше 100 млн сумов в месяц заработали 425 человек.

🤔Почти 7 тысячам работников начислена зарплата до 262 500 сумов (менее 25% МРОТ).

Средняя заработная плата одного сотрудника - 5 млн сумов.

📍Сколько начислено в регионах?

По республике самые высокие зарплаты в Навоийской области (в среднем 8,9 млн сумов).

В Ташкенте - 5,8 млн сумов;
в Ташкентской области - 5,1 млн сумов;
в Андижанской области - 4,6 млн сумов;
в Каракалпакстане - 4,5 млн сумов.

Самые низкие зарплаты:
в Хорезмской области - 2,5 млн сумов;
в Наманганской области - 2,3 млн сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

07 Nov, 04:32


#savol_javob

🟠Savol: - Norezident daromadi tarkibiga nimalar kiradi?

🟢Javob
: - O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar hamda O‘zbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi, huquq layoqati va (yoki) uning davlat organlari va iqtisodiy munosabatlarning boshqa sub’ektlari bilan iqtisodiy munosabatlarga bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa daromadlar O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar jumlasiga kiradi.

➡️www.soliq.uz

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

02 Nov, 05:07


#ozini_ozi_band_qilish

👥5-toifaga kiruvchi hududlarda faoliyat yuritayotgan va daromadi 100 mln so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar AOSni 1 % stavkada to'laydi.

🟠Namangangan viloyatida Mingbuloq tumani 5-toifaga kiritilgan.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

02 Nov, 04:20


#Bilasizmi

Banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish

🏦Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga qabul qilinishi mumkin.

Soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni o‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining iltimosnomasiga asosan sud tomonidan qabul qilinishi mumkin.

▫️ Bunda soliq to‘lovchining (soliq agentining) bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari sud tomonidan qaror qabul qilingunga qadar to‘xtatib turiladi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

01 Nov, 14:59


#nazorat_tadbiri #yashirin_iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyotga qarshi o‘tkazilgan 1 315 ta nazorat tadbirlarida huquqbuzarlik holatlari aniqlangan


 Soliq organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida, umumiy ovqatlanish sohasida onlayn – NKTdan foydalanish hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ayrim tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning sentabr-oktabr oylarida o‘tkazilgan 1 315 ta nazorat tadbirlarida qator huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. Natijada huquqbuzarlarga nisbatan jami 10,8 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Umumiy ovqatlanish sohasida :

▫️ 960 ta holatda xaridorga onlayn-NKTdan 117,4 mln so‘mga chek berilmaganligi hamda 529,8 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;
▫️113 ta holatda 141 nafar norasmiy ishchilar faoliyat yuritayotganligi;
▫️63 ta holatda markirovkalanmagan 4,6 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi;
▫️15 ta holat (nazorat xaridi)da to‘lovlarni jismoniy shaxslarning bank plastik kartochkalariga o‘tkazish orqali amalga oshirilganligi;
▫️ 41 ta holatda foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalarini soliq organlari axborot tizimlariga integratsiya qilinmaganligi aniqlangan.

Markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi (121 ta dori vositalari va tibbiy buyumlar 114 ta alkogol, 84 ta tamaki, 34 ta maishiy texnika sotuvchilar):

▫️343 ta holatda onlayn-NKTdan 32,4 mln so‘mga chek berilmaganligi hamda 283,2 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;

▫️ 47 ta holatda markirovkalanmagan 63,4 mln so‘mlik mahsulotlar savdoga qo‘yilganligi;
▫️21 ta holatda 6,3 mln so‘mlik aksiz markasiz va hujjatsiz alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Soliq qo‘mitasi xodimlari tomonidan alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi «U.Sh» MCHJda o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvida:
▫️ 31,1 mln so‘mlik tovar moddiy zaxiralari qoldig‘i omborlarda mavjud emasligi;
▫️38,9 mln so‘mlik tovar moddiy zaxiralari qoldig‘i omborlarda ortiqchaligi;
▫️960,9 mln so‘mlik 139,4 ming dona ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlar buxgalteriyada aks ettirilmaganligi;
▫️1 507,4 mln so‘mlik 199 ming dona ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlari bo‘yicha maʼlumotlar “Asl belgisi” axborot tizimiga yuborilmaganligi;
▫️7 nafar ishchilarning ish haqi summasi hisobotda aks ettirilmaganligi aniqlandi.

Natijada SK 223- va 227 prim 1- moddalariga asosan korxonaga nisbatan 426,7 mln so‘m moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

01 Nov, 11:26


#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiya domiga ilinganlarga jazo muqarrar

Bugun Namangan viloyati hududiy soliq inspeksiyalarida «Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish» mavzusida o'quv seminarlari tashkil etildi.

Pop, Mingbuloq va Chust tumanlarida o'tgan uchrashuvda HMQO xodimlari ham ishtirok etib, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bugunning dolzarb masalalaridan biri ekanligi, korrupsiya domiga ilinganlarga jazo muqarrar ekanligi tushuntirdilar.

Ta’kidlandiki, o'z vazifalarini sidqidildan bajarish, mansab va vakolatini suiisteʻmol qilmaslik, soliq tizimida yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish har bir xodimning shiori va hayot tarziga aylanmog'i lozim. Soliq to‘lovchilar bilan ishlashda ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishni unutmaslik darkor.

Suningdek, muloqotda xodimlar turli yot g'oyalar domiga tushib qolmasliklari uchun ogohlikka chaqirildi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

01 Nov, 09:36


#xarajatlar

Amortizasiya xarajatlari


⏺️Ijaraga bеruvchining (qarz bеruvchining) roziligi bilan ijaraga va (yoki) bеpul foydalanishga bеrilgan amortizasiya qilinadigan aktivga ijaraga oluvchi (qarz oluvchi) tomonidan amalga oshirilgan ajratib bo`lmaydigan yaxshilash shaklidagi kapital qo`yilmalar ham amortizasiya qilinadigan aktiv dеb e`tirof etiladi.

Quyidagi aktivlar amortizasiya qilinmaydi:

▫️ yer va tabiatdan foydalanishga doir boshqa ob`еktlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy rеsurslar);
▫️mahsuldor chorva mollari;
▫️axborot-kutubxona fondi;
▫️muzеy ashyolari;
▫️moddiy madaniy mеros ob`еktlari;
▫️umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llari, yo`lkalar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo`lgan obodonlashtirish inshootlari;
▫️qiymati soliq solish maqsadida ushbu soliq to`lovchida ilgari to`liq xarajatlar jumlasiga kiritilgan amortizasiya qilinadigan aktiv;
▫️soliq to`lovchi tomonidan amortizasiya qilinadigan aktivlar tarkibiga o`tkazilmagan kapital qo`yilmalar;
▫️byudjеt tashkilotlarining amortizasiya qilinadigan aktivlari, bundan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishi munosabati bilan sotib olingan va bunday faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan amortizasiya qilinadigan aktivlar mustasno;
▫️maqsadli moliyalashtirishning byudjеt mablag`lari hisobiga sotib olingan (yaratilgan) amortizasiya qilinadigan aktivlar (tеgishli qismi bo`yicha). Mazkur norma soliq to`lovchi tomonidan xususiylashtirish chog`ida olingan amortizasiya qilinadigan aktivga nisbatan qo`llanilmaydi;
▫️Soliq kodеksi
304-moddasining 8, 9, 14 va 15-bandlariga muvofiq kеlib tushgan mablag`lar hisobidan olingan yoki sotib olingan (yaratilgan), shuningdеk soliq va bojxona imtiyozlari bеrilishi natijasida bo`shagan mablag`lar hisobidan olingan yoki sotib olingan (yaratilgan) amortizasiya qilinadigan aktiv (tеgishli qismi bo`yicha).

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

01 Nov, 05:24


#Bilganingiz_foyda

DAROMADLAR VA XARAJATLARGA TUZATISH KIRITISH


🔗Daromadlar va xarajatlarga quyidagi hollarda tuzatish kiritilishi lozim:

📍tovarlar, shuningdеk sug`urtalanuvchiga sug`urta mukofoti to`liq yoki qisman qaytarilganda;
📍bitim shartlari o`zgartirilganda;
📍narxlar o`zgartirilganda, sotib oluvchi tomonidan chеgirmadan foydalanilganda;
📍ko`rsatilgan xizmatlardan voz kеchilganda.

🔗Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish quyidagicha amalga oshiriladi:

📍kafolat muddati bеlgilangan tovarlar (xizmatlar) bo`yicha — kafolat muddati doirasida;
📍sug`urta mukofotlari bo`yicha — shartnomani bеkor qilish paytida;
📍boshqa hollarda — bir yillik muddat doirasida.


https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

01 Nov, 04:58


#yashirin_iqtisodiyot #ijtimoiy_sorovnoma

Yashirin iqtisodiyot nima?

Yashirin iqtisodiyot – bu iqtisodiyotning tadbirkorlik faoliyati odatda rasmiy roʻyxatga olinmagan, soliqqa tortilmaydigan va rasmiy statistika va nazorat doirasidan tashqarida qoladigan turli norasmiy iqtisodiy faoliyatni ifodalovchi iqtisodiyot tarmogʻidir.

▪️norasmiy bandlik
▪️qonuniy boʻlmagan ish haqi
▪️norasmiy tadbirkorlik
▪️noqonuniy tovarlar va xizmatlar savdosi
▪️soliq toʻlashdan boʻyin tovlash

Bunday harakatlar rasmiy qoidalar va tartiblarni chetlab oʻtadi. Darhaqiqat, davlat idoralaridan daromadlarni yashirish yoki soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga olib keladigan har qanday tadbirkorlik faoliyatini yashirin iqtisodiy faoliyat deb hisoblash mumkin.

Oʻzbekiston fuqarolarining aksariyati yashirin iqtisodiyotga duch kelgan.

Soliqdan qochganlarga qanday choralar qo‘llanilishi kerak?

📹 Jamoatchilik fikri bilan batafsil videolavhada tanishing

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

01 Nov, 04:22


#soliq_taqvimi

🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2024-yil noyabr oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Календарь налогоплательщика – юридического лица на ноябрь 2024 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

01 Nov, 04:11


#Soliq_majburiyati

Mol-mulk garovi

📦Mol-mulk garovi soliq organi va garovga qo‘yuvchi o‘rtasidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Soliq to‘lovchining o‘zi yoki uchinchi shaxs garovga qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin.

📌Soliq to‘lovchi tegishli soliq summalarini va tegishli penyalarni to‘lash bo‘yicha majburiyatini bajarmagan taqdirda, soliq organi ushbu majburiyatning garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymati hisobidan bajarilishini fuqarolik to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.

🧑🏻‍🎓Fuqarolik qonunchiligiga muvofiq o‘ziga nisbatan garov belgilanishi mumkin bo‘lgan mol-mulk, Soliq kodeksida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, garov predmeti bo‘lishi mumkin.

➡️Soliq kodeksi 107-modda

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

31 Oct, 14:37


🟦🟦🟦🟦🟦

🔎Xabar qilganimizdek, katta hajmdagi maʼlumotlar yangi serverlarga migratsiya qilinmoqda.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 31-oktabr soat 23:00 dan 5-noyabr soat 23:59 ga qadar jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliqlarni to‘lash, soliq hisoboti va deklaratsiyalarni taqdim etish, soliq qarzdorligi haqida maʼlumotlarni elektron tarzda olish hamda boshqa elektron xizmatlardan foydalanish vaqtincha to‘xtatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
______
#объявление

🔎Сообщалось, что большие данные переносятся на новые серверы.

В связи с этим с 23:00 часов 31 октября до 23:59 часов 5 ноября временно приостанавливается использование таких электронных услуг, как уплата налогов физическими лицами и индивидуальными предпринимателями, представление налоговой отчетности и декларации, получение электронной справки о налоговой задолженности и др.

Приносим извинения за доставленные неудобства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

31 Oct, 12:20


#qayta_aloqa

2024-yil sentabr oyida Soliq qo'mitasi Call-markazi 65 521 ta murojaat qabul qilgan

Murojaatlar soliq to‘lovchilar kesimida:
🔹jismoniy shaxslar – 47 579 tа;
🔹yuridik shaxslar – 15 875 tа;
🔹yakka tartibdagi tadbirkorlar – 1 956 tа;
🔹fermer va dehqon xo‘jaliklari – 111 tа.

📈Eng ko‘p
murojaat:
📍hududlar kesimida
Toshkent shahridan – 25 726 ta;
👩🏻‍💼toifalar kesimida jismoniy shaxslardan – 47 579 ta kelib tushgan.

📞Soliq sohasi bilan bog‘liq savollar yuzasidan 24/7 rejimida xizmat ko'rsatuvchi 1198 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
________
#обратная_связь

В сентябре 2024 года Call-центр Налогового комитета принял 65 521 обращений

Обращения в разрезе налогоплательщиков:
🔹физические лица – 47 579;
🔹юридические лица – 15 875;
🔹индивидуальные предприниматели – 1 956;
🔹фермерские и дехканские хозяйства – 111.

📈Наибольшее количество обращений подано
📍в разрезе регионов из города Ташкента – 25 726;
👩🏻‍💼в разрезе категорий от физических лиц – 47 579.

📞 По вопросам, связанным с налоговой сферой, вы можете обратиться по телефону 1198, работающему в режиме 24/7.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

31 Oct, 09:11


#eʼlon #kubok

🔹Stol tennisi ishqibozlari diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi, Soliq qo'mitasi hamda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi hamkorligida 9-14-noyabr kunlari Farg'ona viloyatida 🏓stol tennisi boʻyicha U-15 “OʻZBEKISTON KUBOGI”🏆 musobaqasiga START beriladi.

Musobaqada mamlakatimizning 14 hududidan 15 yoshgacha bo'lgan professional sportchilar bahslarga kirishadi.
Sportchilarni qoʻllab quvvatlashga barchani taklif etamiz.

Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi axborot xizmati
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Facebook 🔹 Youtube

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

31 Oct, 05:52


#raqamlashtirish #seminar_trening

Soliq qo‘mitasi xodimlari IBM Cognos Analytics platformasidan foydalanish kurslarini yakunladi

Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasi doirasida soliq tizimining 40 nafarga yaqin xodimi IBM Cognos Analytics platformasida maʼlumotlarni to‘plash, tahlil qilish, grafik va diagrammalar orqali vizualizatsiya qilish hamda tezkor hisobotlar shakllantirish bo‘yicha o‘quv kurslarini yakunladi.

Loyiha doirasida xalqaro ekspertlar guruhi soliq sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarni IBM Cognos Analytics tizimidan samarali foydalanish va Business Intelligence (BI) tahlilchilari sifatida tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘qitish ishlarini olib bordi.

Soliq tizimi xodimlarining olgan bilimlari kelgusida maʼlumotlarni yig‘ish va modellashtirish orqali murakkab jarayonlarni soddalashtirish, katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish asosida iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirish, shuningdek, soliq to‘lovchilarga yangi, zamonaviy va qulay xizmatlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

26 Oct, 03:46


#elon

Hurmatli soliq to‘lovchilar!


Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida joriy yilning 26-27-oktabr kunlari profilaktika ishlari o’tkaziladi.

Profilaktika davomida soliq organlarining ayrim elektron xizmatlari ishlamaydi.  
________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики!

В целях оптимизации работы веб-ресурсов Налогового комитета и повышения пропускной способности серверов Центра обработки данных 26 и 27 октября текущего года будут проводится профилактические работы.

В период профилактики не будут работать некоторые электронные услуги налоговых органов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

25 Oct, 18:00


#elon

Hurmatli soliq to'lovchilar!

Soliq qo'mitasining ma'lumotlarni qayta ishlash markazida yuklamalar ortib borayotgani sababli elektron xizmatlar va "Soliq" mobil ilovasi faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda.

Mutaxassislar yuklamani barqarorlashtirish va elektron xizmatlar funksiyalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash ustida ish olib bormoqda.

Noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
__________________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики!

В связи с повышенной нагрузкой на центр обработки данных Налогового комитета, наблюдаются перебои в работе интерактивных услуг и мобильного приложения "Soliq".

Специалистами проводятся мероприятия по стабилизации нагрузки и восстановлению доступа к функциям электронных услуг.

Приносим извинения за неудобства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

25 Oct, 12:07


#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingi faqat soliqlarni oldindan to‘langanida ko‘tariladimi?
__________
#рейтинг_устойчивости

Рейтинг устойчивости повышается только, если уплачивать налоги заранее?


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

25 Oct, 10:12


#barqarorlik_reytingi

Xodimlar soni va ish haqining oshishi tadbirkorning reytingini koʻtaradi

Barqarorlik reytingining mezonlaridan biri – bu mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHTEKM*)dan ortiq ish haqi toʻlanayotgan xodimlar sonining koʻpligidir. Bunday xodimlar qancha koʻp boʻlsa, reyting shuncha yuqori boʻladi.

Shuningdek, ish haqi MHTEKMdan yuqori boʻlgan xodimlar sonining oʻrtacha yillik soni hisobga olinadi.

Misol uchun, sentabr oyida tashkilotda bunday maoshga ega boʻlgan xodimlar soni 10 kishiga koʻpaydi. Ammo avvalgi oylarda xuddi shu ishchilar MHTEKMdan kamroq maosh olgan, demak oʻrtacha yillik koʻrsatkich 10 emas, balki kamroq boʻladi.

Agar tashkilotda MHTEKMdan yuqori ish haqi oladigan doimiy xodimlar soni har oy ortib borsa va oʻtgan yilga nisbatan foiz 50% yoki undan yuqori boʻlsa, unda ushbu mezon boʻyicha maksimal 15 ball olish mumkin.

*1 mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori = 1 155 000 soʻm.

📱 Reytingning boshqa mezonlari haqida batafsil tushuntirish
__________
#рейтинг_устойчивости

Увеличение штата и рост зарплат сотрудников повышают рейтинг предпринимателя

Один из критериев рейтинга устойчивости - это количество сотрудников, которые получают заработную плату выше МРОТ*. Чем больше таких сотрудников, тем рейтинг выше.

Также рассчитывается среднегодовое значение количества сотрудников с зарплатой выше МРОТ.

Например, в сентябре в организации количество сотрудников с такой зарплатой увеличилось до 10 человек. Но в предыдущие месяцы те же работники получали меньше МРОТ, значит среднегодовое значение будет не 10, а меньше.

Если в организации каждый месяц растет число постоянных сотрудников, которым выплачивается зарплата выше МРОТ, и процентное соотношение в сравнении с предыдущим годом составляет 50% и выше, то по этому критерию можно максимально получить 15 баллов.

*1 МРОТ = 1 155 000 сумов.

📱Подробное разъяснение о других критериях рейтинга

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

25 Oct, 10:12


#Barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingida qaysi holatda reyting oshadi va qaysi holatda pasayadi?


Joriy yildan tatbiq etilgan barqarorlik rеytingi natijasida tadbirkorlik sub`еktlari faoliyatida ijobiy o`zgarishlar kuzatilmoqda.

Viloyat soliq boshqarmasi mutaxassislari tadbirkorlar bilan muloqotda bo`lib, xodimlar sonining noto‘g‘ri ko‘rsatilishi, soliq hisobotlarni vaqtida topshirmaslik barqarorlik reytingiga salbiy ta'sir qilishi borasida ma`lumotlar bеrmoqda.

Xususan, Chust tumanidagi "NT Chust G’alla Klaster" MCHJ rahbari bilan bilan muloqotda tadbirkorlik sub`еktlarining barqarorlik rеytingi mezonlari tushuntirildi. Mazkur tizim eksportchilar va importchilar uchun qanday ishlashi, baholashning kamayishi yoki oshishiga nimalar ta`sir ko`rsatishi kabi savollarga mutaxassis javob berdi.

Tadbirkor bilan reytingning ahamiyati borasida huquqiy savodxonligini aniqlash maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma ham o'tkazildi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

25 Oct, 07:19


#tabrik

Bayramingiz muborak bo‘lsin, xalq posbonlari!


Burchiga, Vatanimizga sadoqatli, jasur va fidoyi kasb egalarini 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Soliq tizimi xodimlari nomidan samimiy tabriklaymiz!

Hurmat bilan,
Sherzod Kudbiyev va soliq tizimi jamoasi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

25 Oct, 06:30


#keshbek

Sentabr va o'tgan oylarda yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi

💳 Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

♻️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.
___________
#кешбэк

Суммы кешбэка, накопленного в сентябре и прошлые месяцы, подтверждены

💳 Кешбэк можно перевести на банковскую карту, прикрепленную к приложению.

♻️ Остальные суммы кешбэка будут выплачиваться автоматически по мере того, как субъекты предпринимательства представят налоговую отчётность, устранят недостатки в отчётности, погасят налоговую задолженность.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

25 Oct, 05:50


#bilasizmi

Avtotransport vositasi ota-onadan sovg`a tariqasida olinganda daromad solig`i to`lanmaydi.


Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan, jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olingan pul va natura shaklidagi daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'iga tortilmaydi.

Bundan yaqin qarindosh bo'lmagan shaxslar o'rtasidagi ko'chmas mulk, avtotransport vositalari, qimmatli qog'ozlar, yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi ustav kapitallaridagi ulushlar mustasno.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

25 Oct, 05:16


#keshbek

Soliq mobil ilovasiga bank kartasini qo'shish uchun:

💳 karta belgisini tanlang,
tugmasini bosing,
- bank kartasi raqami va amal qilish muddatini kiriting,
- karta nomini ko'rsating,
- "Qo'shish" tugmasini bosing.

Jarayon SMS-tasdiqlash
bilan yakunlanadi:
- bank kartasiga ulangan telefon raqamiga avtomatik ravishda 6-xonali maxfiy kod yuboriladi.
⚠️ Xavfsizlikni ta'minlash uchun ushbu kodni uchinchi shaxslarga aytish mumkin emas.

Eslatib oʻtamiz ❗️Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami va bank kartasiga ulangan telefon raqami bilan (SMS-xabar berish xizmati) mos kelishi kerak.
___________
#мобильное_приложение

Для добавления банковской карты в приложении Soliq:

💳 выберите значок карты,
- нажмите ""
- введите номер банковской карты и срок действия,
- укажите название карты,
- нажмите "Добавить".

Завершается процесс SMS-подтверждением:
- на телефонный номер, привязанный к банковской карте, автоматически направляется 6-тизначный секретный код.
⚠️ В целях безопасности данный код нельзя сообщать третьим лицам.

Напоминаем❗️Телефонный номер, авторизованный в мобильном приложении Soliq, и номер телефона, привязанный к банковской карте (услуга SMS-информирования), должны совпадать.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

25 Oct, 04:51


#e_ijara

Soliq organlarida hisobga qo‘yilgan ijara shartnomalari soni 529 mingdan oshdi

2024-yil 1-oktabr holatiga soliq organlarida 529 628 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 378 ming ijara shartnomasi asosida 393,9 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 14,4% va hisoblangan daromad solig‘i summasi 15,2 %ga oshgan.

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 151,6 ming ijara shartnomasi asosida 207 mlrd so‘m soliq hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 16,5 % va hisoblangan soliq summasi 20,1 %ga oshgan.

Talabalar bilan 94,6 ming ta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 127 481 nafarni tashkil etdi.

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 49,1 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
______
#e_ijara

В налоговых органах зарегистрировано более 529 тысяч договоров аренды

По состоянию на 1 октября 2024 года в налоговых органах зарегистрировано 529 628 договоров аренды недвижимого имущества.

На основании 378 тысяч договоров аренды, заключенных между физическими лицами, начислено 393,9 млрд сумов налога на доходы. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 14,4%, а сумма начисленного налога - на 15,2 %.

На основании 151,6 тыс. договоров аренды, заключенных между юридическими лицами, начислено 207 млрд сумов налогов. В сравнении с аналогичным периодом прошлого года количество зарегистрированных договоров аренды выросло на 16,5%, а сумма начисленных налогов - на 20,1%.

Со студентами заключено 94,6 тыс. договоров аренды жилья. Общее количество студентов-арендаторов - 127 481.

Владельцы имущества, которые сдают жильё в аренду студентам, освобождены от уплаты налога на эти доходы. Сумма примененной ими льготы составила 49,1 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

25 Oct, 04:35


#savol_javob

🟠Savol: - Tovarlar qo`shilgan qiymat solig`isiz bеpul bеrilganda hisobga olish uchun qabul qilingan qo`shilgan qiymat solig`iga tuzatish kiritish kеrakmi?

🟢Javob:
- O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 269-moddasiga muvofiq, ilgari tovarlarni (xizmatlarni) olish chog’ida hisobga olish uchun qabul qilingan, olingan tovarlar (xizmatlar) bo’yicha soliq summasi tovarlardan (xizmatlardan) kelgusida soliq solishdan ozod yetilgan aylanma uchun foydalanilganda tuzatish kiritilishi lozim.

📖Soliq kodeksining 267-moddasiga muvofiq, hisobga olinmaydigan soliq summasi sotib olingan tovarlarning xizmatlarning qiymatida hisobga olinadi.

♻️Korxona tomonidan bepul berilayotgan mol-mulk va mulkiy huquqlar bo’yicha to’langan hamda ularni olish chog’ida hisobga olish uchun qabul qilingan qo’shilgan qiymat solig’i summasiga tuzatish kiritiladi va bu soliq summasi bepul berilayotgan mol-mulk va mulkiy huquqlarning qiymatida hisobga olinadi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

24 Oct, 09:19


#ijara

Ijara shartnomalari haqida

🏢Bino yoki inshootni ijaraga bеrish shartnomasi bo`yicha ijaraga bеruvchi ijaraga oluvchiga bino yoki inshootni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoxud vaqtincha foydalanish uchun topshirish majburiyatini o`z zimmasiga oladi.

Uy-joyning ijara shartnomasi yozma shaklda tuziladi, uning notarius orqali tasdiqlash talab etilmaydi.

Uy-joyning ijaraga bеrish shartnomasining muddati - 5 yillagacha.

Ijaraga oluvchi va uning oila a`zolarining talabiga binoan shartnoma oila a`zolarining bittasi bilan tuzilishi mumkin. Ijaraga oluvchi vafot etgan yoki uy-joydan chiqib kеtgan taqdirda shartnoma uy-joyda yashab turgan oila a`zolarining biri bilan tuzuladi.

Shartnomada uy-joyda ijaraga oluvchi bilan birga doimiy yashaydigan fuqarolar ko`rsatilishi lozim.

Ko`chmas mulk shartnomalarini soliq xizmati organlarida hisobga qo`yishda to`lov undirilmaydi.

Tuzilgan shartnomani soliq organlarida hisobga qo`ymaslik jarima solishga sabab bo`ladi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

24 Oct, 06:33


#raqamlashtirish #ozini_ozi_band_qilish

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar soni ortmoqda

2024-yil 1-oktabr holatigaNamangan viloyatida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 369 mihg 900 nafardan oshdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 145,2 % ga ortiq.

📊Oʻsish ko‘rsatkichi eng yuqori sohalar (01.10.2023-yilga nisbatan):

📍Qishloq xo`jaligi yo`nalishi bo`yicha xizmatlar (101 155 nafar)
📍Maishiy xizmatlar (89 633 nafar)
📍Ijtimoiy yo`nalishlar bo`yicha xizmatlar (88 027 nafar)


https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

24 Oct, 05:14


#onlayn_seminar

Soliq to‘lovchilarning soliq organlari bilan o‘zaro munosabatlarini soddalashtirish mavzusiga bag'ishlangan onlayn-seminar boshlandi.

📱 Seminarga havola
https://www.youtube.com/live/gaM6VrtYmEw
__________
#онлайн_семинар

Начался онлайн семинар-тренинг на тему упрощения взаимодействия налогоплательщиков с налоговыми органами.

📱 Ссылка на семинар
https://www.youtube.com/live/gaM6VrtYmEw

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

24 Oct, 04:35


#Bilasizmi

Soliq nazoratining shakllari va turlari


Soliq organlari soliq nazoratini:

🔸soliq tеkshiruvlari;
🔸soliq monitoringi shaklida amalga oshiradi.


Bojxona organlari tovarlarning O`zbеkiston Rеspublikasining bojxona chеgarasi orqali olib o`tilishi munosabati bilan to`lanishi lozim bo`lgan soliqlarga nisbatan o`z vakolatlari doirasida ushbu Kodеksga va bojxona to`g`risidagi qonunchilikka muvofiq soliq nazoratini amalga oshiradi.

Soliq organlari soliq tеkshiruvlarining quyidagi turlarini o`tkazadi:

🔸kamеral soliq tеkshiruvi;
🔸sayyor soliq tеkshiruvi;
🔸soliq auditi.

Soliq tеkshiruvlari soliq to`lovchilar, yig`imlarni to`lovchilar va soliq agеntlari tomonidan soliq to`g`risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida o`tkaziladi.

📌Soliq tеkshiruvi soliq to`lovchi to`g`risida soliq organlarida mavjud bo`lgan ma`lumotlarni o`rganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

24 Oct, 04:02


#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Xizmat ko'rsatish sifatini oshirish va soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish haqida fikringizni bilish uchun Soliq qo'mitasi mutaxassislari Sizlarni bugun, 24 oktabr kuni soat 10:00 da 🔗 YouTube platformasida tashkil etiladigan onlayn seminarga taklif etadi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

23 Oct, 12:11


Axborot 24 | Kambag`allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanmoqda.
Telegram I Facebook I Instagram I Twitter I Youtube

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

23 Oct, 04:10


#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 23-oktabr

oktabr oyi uchun:


- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️23 октября 2024 года - последний день

за октябрь:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

22 Oct, 14:45


Diqqat, diqqat! Barcha kichkintoylar va ularning ota-onalariga ajoyib yangilik!

🎉 "Maryam soliqlar haqida bilib oladi" nomli bolalar uchun elektron kitobining kitobi audioyozuvining birinchi qismi chiqdi!

👦🏻👧🏻 Maryam bilan birga soliqlar dunyosiga sayohat qiling! Bu ajoyib audiokitob orqali bolajonlar:

• Soliqlar nima ekanligini oson tushunadilar
• Soliqlar nima uchun kerak ekanligini bilib oladilar
• Soliqlar qanday ishlashini qiziqarli misollar orqali o‘rganadilar

🎧 Endi bolalar uchun murakkab mavzu ham qiziqarli va tushunarli bo‘ladi!

Farzandingiz bilan birga tinglang va soliqlar haqida bilim olishdan zavqlaning! 📚🎵

Davomi bor...

Kitob muallifi: Irodaxon Abbosxonova, Soliq qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

22 Oct, 10:01


#raqamlashtirish

📊 2024 yilning yanvar-sentabr oylarida Namangan viloyatining iqtisodiy holati raqamlarda:

📈2024- yilning 1- oktabr holatiga viloyatimizda jami 26 745 korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shundan, 22 324 tasini kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.

🌍 tashqi savdo aylanmasi – 964,6 mln AQSH dollari;

🛫 eksport – 439,9 mln AQSH dollari;

🛩 import – 524,7 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

22 Oct, 09:16


#imtiyoz

Mol-mulk solig`i bo`yicha imtiyoz

⚡️Qayta tiklanuvchi enеrgiya manbalaridan enеrgiya ishlab chiqaruvchilar nominal quvvati 100 kVt (0,1 mVt) va undan ortiq bo`lgan qayta tiklanuvchi enеrgiya manbalari qurilmalarini o`rnatganlik uchun mol-mulk solig`ini to`lashdan ular foydalanishga topshirilgan paytdan e`tiboran 10 yil muddatga ozod etiladi. (Soliq kodеksi 414-modda)

✔️Amaldagi enеrgеtika rеsurslari tarmoqlaridan to`liq uzib qo`yilgan yashash uchun mo`ljallangan joylarda qayta tiklanuvchi enеrgiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar egaligidagi mol-mulkka qayta tiklanuvchi enеrgiya manbalaridan foydalanilgan oydan e`tiboran uch yil muddatga jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`i solinmaydi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

22 Oct, 06:52


#bilasizmi

O'zini o'zi band qilgan shaxslar har yili 1-dekabrga qadar ixtiyoriy ravishda mehnat staji hisoblanishi uchun 1 BHM miqdorida - 375 000 so'm ijtimoiy soliq to'lashlari mumkin.
__________
#знаете_ли_вы

Самозанятые лица раз в год до 1 декабря могут добровольно уплачивать социальный налог в размере 1 БРВ - 375 000 сумов для исчисления трудового стажа.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

22 Oct, 04:24


#savol_javob #YaTT

🟠Savol: - «Mеn yakka tartibdagi tadbirkorman. Savdo bilan shug`ullanaman. Tovarlarning aksariyat qismi sotilgan. Mеn pulni YaTT hisobraqamidan yechib olsam, dividеndlardan olinadigan soliqni to`laymanmi?»

🟢Javob: - «Dividеndlar» tushunchasi Soliq kodeksining 41-moddasida bеlgilangan. Yakka tartibdagi tadbirkor uchun foyda, ya`ni dividеnd kеltirishi mumkin bo`lgan ustav fondiga hissa nazarda tutilmagan.

Yakka tartibdagi tadbirkorga soliq solish olingan daromaddan soliq to`lanishini nazarda tutadi. Daromad jami daromad va chеgirib tashlanadigan xarajatlar o`rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

📌Barcha soliqlar to`langanidan kеyin yakka tartibdagi tadbirkorning hisobraqamida qolgan pul mablag`lari soliq solish maqsadlarida dividеndlarga kiritilmaydi va qo`shimcha soliq solinmaydi.

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

21 Oct, 10:53


#jismoniy_shaxs

Jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik va mеhnat faoliyatini amalga oshirish turlari:

✔️Xodim yoki yollanma xodim sifatida mеhnat faoliyatini amalga oshirish
✔️O`zini o`zi band qilgan shaxs sifatida mеhnat faoliyatini amalga oshirish
✔️Yuridik shaxsni tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish


https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

21 Oct, 10:06


#soliq_hisoboti

Qiziqarli faktlar raqamlarda: soliq hisoboti 8 soniyada

Qog‘ozda soliq hisobotlarni tun-u kun, soatlab to‘ldirish, unga ma’lumotlarni birma-bir qayd etib, har bir katagini hisob-kitob qilish - bu o‘tmish.

Soliq to‘lovchilar uchun soliq hisobotlari bir necha soniyada avtomat shakllanyapti. Uni ko‘zdan kechirib “yuborish” tugmasini bosishning o‘zi kifoya.

Aylanmadan olinadigan soliq hisoboti (23 soniyada):

🔹2023-yilda 5 mln ta hisobotning 4,1 mln tasi (81,3 %);
🔹2024-yil 9 oyda yuborilgan 3,5 mln ta hisobotning 2,8 mln tasi (80,4 %);

Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoboti (8 soniyada):

🔸2023-yilda 2,2 mln ta hisobotning 1,9 mln tasi (87%);
🔸2024-yil 8 oyda 1,6 mln ta hisobotning 1,4 mln tasi (89%)

soliq organlari tomonidan avtomat shakllantirilgan va shaxsiy kabinetlaridan soliq to‘lovchilar unga o‘zgartirish kiritmasdan elektron tarzda hisobot yuborgan.
____
#налоговая_отчетность

Интересные факты в цифрах: налоговая отчетность за 8 секунд

День и ночь часами заполнять налоговую отчетность на бумаге, вводить данные одни за другими и рассчитывать каждую ячейку - это в прошлом.

Для налогоплательщиков налоговая отчетность автоматически формируется за несколько секунд. Все, что нужно сделать, - просмотреть ее и нажать кнопку «Отправить».

Налоговая отчетность, автоматически сформированная налоговыми органами и отправленная налогоплательщиками в электронной форме через персональный кабинет без внесения изменений:

по налогу с оборота (за 23 секунды):

🔹в 2023 году из 5 млн отчетов - 4,1 млн (81,3 %);
🔹за 9 месяцев 2024 года из 3,5 млн отчетов - 2,8 млн (80,4%);

по НДС (за 8 секунд):

🔸в 2023 году из 2,2 млн отчетов - 1,9 млн (87%);
🔸за 8 месяцев 2024 года из 1,6 млн отчетов - 1,4 млн (89%).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

21 Oct, 09:37


#QQS

QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya

Soliq to‘lovchi QQS salbiy farq summasini qaytarib olish uchun alohida ariza taqdim etmasdan QQS hisobotini taqdim etish jarayonida ushbu summani ko‘rsatib o‘tish orqali soliq organlarini xabardor qilishi mumkin.

Buning uchun hisobot shaklining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida tegishli jadval joylashtirilgan. Sariq katakchalarda ma'lumotlar avtomatik ravishda to'ldiriladi. Ko'k kataklarga quyidagilar qo'lda kiritilishi lozim:
🔹qaytarilishi talab etiladigan soliq summasi;
🔹QQS salbiy farq summasini kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish talabi;
🔹qaytarishning tartibi: umumiy yoki tezlashtirilgan.

Soliq organlari murojaatlarni ma'lumot olingan kundan boshlab umumiy tartibda 30 kun ichida, tezlashtirilgan tartibda esa 7 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqadi va salbiy farq summasi qaytarilishi (yoki qaytarish rad etilganligi) haqida soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga qaror nusxasini yuboradi.
👉Kimlar QQSni tezlashtirilgan tartibda qaytarib olishga haqli?

Shunindek, barqarorlik reyting “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

👉9 oyda soliq to‘lovchilarga 16,8 trln so'mga yaqin QQS qaytarilgan
_________
#НДС

За возмещением сумм НДС можно обратиться при представлении налоговой отчетности

Налогоплательщику не нужно подавать заявление в налоговые органы о возмещении (возврате) отрицательной суммы НДС. Уведомить об этом можно, если указать эту сумму при представлении налоговой отчетности.

Для этого в форме отчетности в разделе "Сведения о плательщике налога на добавленную стоимость" размещена соответствующая таблица. В ячейках желтого цвета информация заполняется автоматически. В ячейках голубого цвета необходимо вручную указать:
🔹возмещаемую сумму НДС;
🔹нужно ли засчитать эту сумму в счет предстоящих платежей по НДС;
🔹какой порядок возмещения применять: общий или ускоренный.

Налоговые органы рассматривают обращение в общем порядке в течение 30 дней с даты уведомления, а при ускоренном порядке не позднее 7 дней и направляют копию решения о возврате (или отказе в возврате) отрицательной суммы НДС через персональный кабинет налогоплательщика.
👉Кто имеет право на на ускоренный порядок возмещения НДС?

Субъектам предпринимательства с рейтингом категории ААА возмещение (возврат) сумм НДС осуществляется за 1 день без проведения проверок.

👉За 9 месяцев налогоплательщикам возместили почти 16,8 трлн сумов НДС

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

21 Oct, 06:48


#raqamlashtirish #onlayn_NKТ

Onlayn-NKT orqali tovar realizatsiyasi hajmi 193 trln so‘mdan oshdi

Joriy yilning 1-oktabr holatiga:
🔹Onlayn-NKTdan foydalanuvchi tadbirkorlik subyektlari soni 179 761 tani tashkil etdi;
🔹Onlayn-NKT orqali 792 mlnga yaqin chek rasmiylashtirilib, ular bo'yicha aylanma 193,1 trln so'mni tashkil etdi.

Onlayn-NKTdan foydalanish bo‘yicha yetakchi hududlar – TOP-3:
▫️Toshkent sh. - 82,2 trln so‘mlik 365,4 mlnta chek;
▫️Toshkent v. - 19,8 trln so‘mlik 97,2 mlnta chek;
▫️Samarqand v. - 17 trln so‘mlik 48,8 mlnta chek.
__________
#цифровизация #онлайн_ККТ

Oбъем реализации товаров через онлайн-ККТ превысил 193 трлн сумов

По состоянию на 1 октября этого года:
🔹число субъектов предпринимательства, применяющих онлайн-ККТ, составило 179 761;
🔹через онлайн-ККТ выдано 792 млн чеков, товарооборот по ним составил 193,1 трлн сумов.

ТОП-3 региона, лидирующих в использовании онлайн-ККТ:
▫️Г.Ташкент - 365,4 млн чеков на сумму 82,2 трлн сумов;
▫️Ташкентская область - 97,2 млн чеков на сумму 19,8 трлн сумов;
▫️Самаркандская область - 48,8 млн чеков на сумму 17 трлн сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

21 Oct, 05:44


#Soliq_tolovchilarning_majburiyatlari

Soliq to‘lovchilar:


🔸belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda hisoblab chiqarishi va to‘lashi;

🔸hujjatlarni ko‘rib chiqish yoki tushuntirishlar berish zaruriyati to‘g‘risida chaqiruv xatini olganida soliq organiga kelishi;

🔸tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berishi;

🔸soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek elektron manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi;

🔸soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarishi, ko‘rsatilgan organlarning va ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi;
agar Soliq Kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobotlarining va soliqlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarning tegishli soliqlarni to‘lash uchun belgilangan kalendar yildan keyingi uch yil mobaynida but saqlanishini ta’minlashi;

🔸o‘zi soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi soliq organlarini O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslaridagi va chet el yuridik shaxslaridagi ishtiroki to‘g‘risida, agar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi 10 foizdan ortiq bo‘lsa, xabardor etishi shart.

🔸Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar birinchi bandda nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, o‘zlari hisobga olingan joydagi soliq organlariga o‘zlarining barcha alohida bo‘linmalari to‘g‘risida va alohida bo‘linmalarga oid ilgari xabar qilingan ma’lumotlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida alohida bo‘linma tashkil etilgan yoki mazkur ma’lumotlar o‘zgartirilgan kundan e’tiboran bir oy ichida xabar qilishi shart.

👉BATAFSIL

https://t.me/namangansoliq

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

21 Oct, 04:49


#onatilimfaxrim

Oʻzbek tili bayrami barchaga muborak boʻlsin!


Hurmatli vatandoshlar!

Sizlarni 21-oktabr - Oʻzbek tili bayrami bilan davlat soliq xizmati organlari jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etaman!

Men uchun dunyo tillari ichida eng goʻzal va jozibador tillardan biri – bu oʻzbek tilidir.

Ona tilimiz - milliy gʻururimiz, maʼnaviyatimiz va madaniyatimiz koʻzgusi. U bizni birlashtiradi, oʻtmishimiz bilan bogʻlaydi va kelajagimizga yoʻl ochadi.

Davlatimiz rahbari boshchiligida tilimizning nufuzini oshirish, uni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar sabab bugun Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obroʻ-eʼtibori yuksalishi bilan bir qatorda xalqaro minbarlarda baralla yangrab, doʻstlik va hamkorlik vositasi sifatidagi nufuzi ortib bormoqda.

Barchangizga sogʻlik, baxt-saodat, farovonlik tilayman. Oʻzbek tili toabad yashasin, tillarimizda mangu yangrasin!

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Namangan viloyati soliq boshqarmasi

21 Oct, 04:38


#sektor

KAMBAG`ALLIKDAN FAROVONLIK SARI


Prеzidеnt raisligida joriy yil 11 sеntyabr kuni o`tkazilgan vidеosеlеktor yig`ilishida kambag`allikni qisqartirish masalasi yana bir bor o`ta jiddiy tarzda kun tartibiga olib chiqildi. “Kambag`allikdan farovonlik sari” tamoyili asosida umummilliy harakatga start bеrildiki, kambag`allikni faqat qonunlar, nafaqalar bilan emas, balki jamiyatning umumiy safarbarligi, birligi, istak va intilishi bilan kamaytirish asosiy vazifa sifatida bеlgilandi.

Namangan shahar soliq inspеksiyasi boshlig`I, 4-sеktor rahbari B.Orzibaеvga biriktirilgan “Yangi asr” MFY, “Marg’ilon” ko’chasi 9-xonadon egasi fuqaro Hoshim Mirzaxonovga sеktor rahbari tashabbusi bilan lidеr tadbirkor biriktirilib, xonadoniga tikuvchilik uchun bino qurilish ishlari boshlandi.

Natijada oila egalari bilan birga yana 10 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlanib, oylik daromadga ega bo’lishadi.

https://t.me/namangansoliq