Yoshlar ishlari agentligi Qo‘shtepa tumani bo‘limi faoliyati @yoshlarishlariagentligifaoliyati Channel on Telegram

Yoshlar ishlari agentligi Qo‘shtepa tumani bo‘limi faoliyati

@yoshlarishlariagentligifaoliyati


Bizning eng katta boyligimiz yoshlar

Promotional Article for Yoshlar ishlari agentligi Qo‘shtepa tumani bo‘limi faoliyati Telegram Channel (Uzbek)

Bu Telegram kanali Yoshlar ishlari agentligi Qo‘shtepa tumani bo‘limi faoliyati haqida ma'lumotlarni eng so‘nggi yangiliklardan bir necha soat oldin bilish imkonini beradi. Bu kanal, Qo‘shtepa tumani yoshlarining faoliyati, yangiliklari, hamda so‘nggi yangiliklarini o‘rganishga yordam beradi. Kanalda Qo‘shtepa tumani yoshlarining faoliyati, ijtimoiy, siyosiy, va madaniy yangiliklar bilan tanishib borish imkoniyati mavjud. Agar siz Qo‘shtepa tumani yoshlari bo‘limi faoliyati haqida so‘nggi yangiliklarni bilishni istasangiz, ushbu kanalga obuna bo‘ling va so‘nggi yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Yoshlar ishlari agentligi Qo‘shtepa tumani bo‘limi faoliyati

21 Nov, 11:00


“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda!

Qo‘shtepa tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, bog‘ va yashil maydonlar tashkil etish borasidagi izchil ishlar ko‘tarinkilik bilan olib borilmoqda.

Jumladan, “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida 2-sektor yoshlar yetakchilari tomonidan “Xumdon” MFY hududida obodonlashtirish ishlari olib borilib, mahalla hududiga 500 tupdan ziyod turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Yoshlar ishlari agentligi Qo‘shtepa tumani bo‘limi faoliyati

13 Nov, 17:36


Tuman hokimi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Bugun Qo‘shtepa tumanida Farg‘ona viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tasdiqlangan media-rejaga asosan, tuman hokimi A.Abdullayev ishtirokida tumandagi yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tuman Madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida sektor tumandagi sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot va muassasalar mas’ullari ham ishtirok etdilar.

Ochiq va samimiy ruhda bo‘lib o‘tgan muloqot davomida 3-sektor hududidagi 15 nafarga yaqin yoshlarning subsidiya olish, o‘qish kontrakt to‘lovlarini to‘lash, imtiyozli kredit olish va boshqa masalalar bilan bog‘liq murojaatlari tinglanib, ularga ijobiy yechim topish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Yoshlar murojaatlarining ba’zilariga shu kuni ijobiy yechim topilgan bo‘lsa, ijrosi yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan masalalar tegishli idoralarga yo‘naltirilib, nazoratga olindi.

Yoshlar ishlari agentligi Qo‘shtepa tumani bo‘limi faoliyati

13 Nov, 11:32


Qo‘shtepa tumanida “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskunalar va mehnat qurollari berildi

Bugun Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi A.Abdullayev va sektor rahbarlari ishtirok etdi.

Unda tuman hokimi mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor hamda ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, 9 nafar yoshlarga subsidiya asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar hamda mehnat qurollari topshirildi.

Yoshlar ishlari agentligi Qo‘shtepa tumani bo‘limi faoliyati

05 Nov, 09:18


🤾 C guruhi

🔍Farg'onaning "Fayz" va Qashqadaryoning "Gulshan" mahallalari jamoalari o'zaro bellashdi.

@kuranbayev_k