QarMII: Fazliddin Haqqulov @qarmii_marketing Channel on Telegram

QarMII: Fazliddin Haqqulov

@qarmii_marketing


Kanalda ta'lim muassasalaridagi to'lov-kontraktga oid ma'lumot va yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin.

QarMII: Fazliddin Haqqulov (Uzbek)

QarMII: Fazliddin Haqqulov kanali, qarmii_marketing nomi ostida faoliyat yuritadi. Bu kanalda ta'lim muassasalaridagi to'lov-kontraktga oid ma'lumot va yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin. Kanal Fazliddin Haqqulov tomonidan boshqariladi, u ta'lim sohasida yuqori malakaga ega bo'lgan mutaxassisdir. Kanalda siz ta'lim muassasalarining to'lov usullari, kontrakt tuzilishi va qo'llanilishi, yangi qonunlar va tartibotlar haqida so'nggi yangiliklarni o'rganishingiz mumkin. QarMII: Fazliddin Haqqulov kanali ta'lim sohasidagi so'nggi yangiliklar bilan birgalikda ta'lim tizimini tushunish va yangilash uchun foydali ma'lumotlarni olish imkoniyatini beradi. Agar siz ta'lim sohasida yangiliklardan xabardor bo'lishni istaysiz, qarmii_marketing kanaliga a'zo bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling!

QarMII: Fazliddin Haqqulov

20 Nov, 08:58


⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

Yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladilar.

Kanalimizni kuzatib boring!!!
------------------------------------
Fazliddin Haqqulov

QarMII: Fazliddin Haqqulov

19 Nov, 09:27


“UZBEKISTAN GTL” MCHJ KOMPANIYASINING STIPENDIYA DASTURI ISHTIROKCHILARI DIQQATIGA!!!!

🏭“Uzbekistan GTL” korxonasi tomonidan oʻtkazilayotgan VI stipendiyalar 🗞dasturi asosidagi tanlovning 2-bosqichi ertaga 📆 20.11.2024 yil, Asosiy bino 🚪 1-114; 🚪1-115; 🚪1-117 xonalarda soat 9-30 dan 13-00 gacha o`tkaziladi.

Barcha ishtirokchilarga tanlovning 2-bosqichida omad tilab qolamiz!!!

Kanalimizni kuzatib boring!!!
------------------------------------
Fazliddin Haqqulov

QarMII: Fazliddin Haqqulov

14 Nov, 18:46


😎“Uzbekistan GTL” korxonasi tomonidan oʻtkazilayotgan VI stipendiyalar dasturida qatnashish istagini bildirgan talabalar soni 1689 nafarni tashkil etdi.

Mazkur stipendiyalar dasturining afzalligi shundaki, gʻoliblarga korxona tomonidan stipendiya va boshqa koʻplab qulay sharoitlar yaratib beriladi hamda korxonada kafolatli ish oʻrni taklif qilinadi.

Tanlov shartlariga muvofiq Stipendiya dasturining birinchi bosqichida ishtirokchilarning onlayn tarzda qabul qilingan anketalari tekshirilib, talabalarning motivatsion xatlari korxonaning mas’ul mutaxassislari tomonidan oʻrganib chiqiladi.

Bu yilgi tanlovning birinchi bosqich yakuniga koʻra, VI stipendiyalar dasturida qatnashish istagini bildirib, ariza topshirgan 1689 nafar talabgordan 1059 nafari tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etishi uchun saralab olindi.


Ikkinchi bosqich imtihonlari oʻtkazilish vaqti noyabr oyining ikkinchi yarmida rejalashtirilgan. Oʻtkazilish vaqti va joyi haqida xabar ishtirokchilar tahsil olayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi hamda https://t.me/+vkv7Ajmw0vw4ZTNi Telegram kanalida e’lon qilinadi.

➡️RO'YXATNI KO'RISH UCHUN USHBU HAVOLA USTIGA BOSING

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring⤵️

💬Telegram | 🌐Website
👍YouTube | 😉LinkedIn
👨Facebook | 📹Instagram

QarMII: Fazliddin Haqqulov

09 Nov, 15:52


Nasaf o'z tarixida birinchi bor Superliga chempioni!

QarMII: Fazliddin Haqqulov

06 Nov, 10:26


Ҳурматли ОТМ битирувчилари ва истиқболли ёш мутахассислар!

⚡️"Шўртан газ кимё мажмуаси" масъулияти чекланган жамиятида етук ва малакали  мутахассис ходимларга бўлган эҳтиёжни доимий равишда қондириб бориш мақсадида номзодларни бир неча босқичда танлаб олиш ва номзодлар захирасини яратиш тизими йўлга қўйилган.

Иш изловчилар мажмуада ходимлар захираси учун онлайн тартибда анкета сўровномани тўлдириш орқали рўйхатдан ўтишлари мумкин.

Тўлдирилган сўровномалар мажмуа мутахассислари томонидан ўрганиб чиқилади, мутахассислик йўналишлари мос келган ва юборилган маълумотлари ижобий баҳоланган номзодлар талабга кўра келгусида босқичли имтиҳонларга таклиф этилади.

Номзодлар қуйидаги ҳавола орқали рўйхатдан ўтишлари мумкин.👇

👉Ишга кирмоқчи бўлган номзодларни рўйхатга олиш!

Каналмизни кузатиб боринг!!!
------------------------------------
Fazliddin Haqqulov

QarMII: Fazliddin Haqqulov

03 Nov, 16:03


O’tgan haftada (saylov kuni) “Zakovat” klubi tomonidan yana bir katta turnir o’tkazilgan edi.

Unda o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichida g‘oliblar aniqlandi!

Quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

🥇1-o‘rin - Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi jamoasi;
🥈2-o‘rin - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi jamoasi;
🥉3-o‘rin - DXX Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi.

Mazkur o‘quvchilarning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi.

Shuningdek, ushbu jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈

QarMII: Fazliddin Haqqulov

02 Nov, 04:07


Насаф жамоамизни узоқ кутилган ва ҳақли чемпионлик билан чин дилдан табриклаймиз! Клубимиз катта йўлни босиб ўтди. Барқарор тарзда йиллар давомида маҳаллий ва халқаро майдонда муносиб иштирок этди. Чемпионликни чиройли тарзда, чиройли гол билан нишонлашди хамда 1август Кашкадарёнинг байрамига муносиб совга тайёрлади.

QarMII: Fazliddin Haqqulov

28 Oct, 15:16


Kontrakt toʻlash muddati 1-dekabrgacha uzaytirildi

Quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun toʻlovlarni amalga oshirish uzaytirildi:

▫️bazaviy yoki tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
▫️qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun ajratilgan qoʻshimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
▫️oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) talabalar.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

QarMII: Fazliddin Haqqulov

28 Oct, 14:49


⚡️Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi

Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

👉Kanalimizni kuzatib boring 👈

QarMII: Fazliddin Haqqulov

09 Oct, 05:00


"Шўртан ГКМ" МЧЖ: 2024/2025-ўқув йили учун мўлжалланган
"VII СТИПЕНДИЯ" дастури ғолибларини эълон қилади!


Каналимизни кузатиб боринг!!!
------------------------------------
Fazliddin Haqqulov

Батафсил
👉 https://teletype.in/@sgcc_uzb/EApv1FQ35Pa

QarMII: Fazliddin Haqqulov

21 Sep, 13:50


⚡️“SHURTAN GAZ KIMYO MAJMUASI” MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATINING 7-STIPENDIYА DАSTURI ISHTIROKCHILАRI DIQQАTIGА!!!

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ tomonidan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 4-kurs talabalari orasidan iqtidorlilarini tanlab olish imtihonlarining I bosqichi yakuniga yetganligini ma'lum qilamiz.

Stipendiya dasturining II bosqich imtihoni suhbat shaklida boʻlib oʻtadi va jadval asosida quyidagi yo'nalishlarda tashkillashtiriladi:

Joriy yilning 23-sentabr kuni soat 09:00 da
– Elektr energetikasi;
– Issiqlik energetikasi;
– Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi.

Joriy yilning 24-sentabr kuni soat 09:00 da
– Texnologik mashinalar va jihozlar;
– Yuqori molekulyar birikmalar;
– Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish.

🏢 Manzil: Qarshi muhandislik - iqtisodiyot institutining bosh binosi.

👇Bizni kuzating

🌐 web-sayt |📹instagram |
👍 youtube | 👨facebook

QarMII: Fazliddin Haqqulov

18 Sep, 17:48


#E'lon #Stipendiya #Tanlov

"SHURTAN GAZ KIMYO MAJMUASI" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATI 2024-2025 O‘QUV YILI UCHUN STIPENDIYА DАSTURINI E'LON QILADI

"Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Joriy yilning 18-sentabr kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 4-bosqich talabalari orasidan iqtidorli yoshlarni tanlab olish maqsadida imtihonlar oʻtkazilishini ma'lum qiladi.

Stipendiya dasturi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:
–Issiqlik energetikasi
–Elektr energetikasi
–Texnologik mashinalar va jihozlar
–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
–Yuqori molekulyar birikmalar
–Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi

Stipendiya dasturi gʻoliblariga 2024-2025 oʻquv yili yakuniga qadar stipendiya toʻlab boriladi.
Stipendiya dasturi bir necha bosqichda amalga oshiriladi va har bir bosqich imtihon natijalari Majmuaning rasmiy veb-sayti www.sgcc.uz  va @sgcc_uzb telegram kanali orqali e'lon qilib boriladi.

👇Bizni kuzating

🌐 web-sayt |📹instagram |
👍 youtube | 👨facebook

QarMII: Fazliddin Haqqulov

29 Aug, 03:44


📌 RASMAN: Super-kontrakt miqdori tasdiqlandi

Kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig  birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.

Fazliddin Haqqulov

QarMII: Fazliddin Haqqulov

29 Aug, 03:42


📌 Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda

2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Fazliddin Haqqulov