ANDIJON YOSHLARI @andyouthpress Channel on Telegram

ANDIJON YOSHLARI

@andyouthpress


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi.

Muhokama guruhimiz: @chat_andijon_yoshlari

Murojaat uchun:
@andijon_yoshlari_bot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://myurls.co/and

ANDIJON YOSHLARI (Uzbek)

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi. Bu sahifa orqali Andijon viloyatidagi yoshlar uchun turli xil matnlar, maqolalar va yangiliklarga ega bo'lishingiz mumkin. Andijon yoshlari Telegram kanalida o'z fikrlarini, mulohazalarini bayon qilishadi va ko'p o'rganish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Agar siz Andijon viloyatida yashovchi yoshlar bo'lsangiz, bu kanal siz uchun! Chat guruhiga a'zo bo'lib, yangi do'stlar bilan suhbatlashishingiz, o'z izohlaringizni qoldiring va o'z fikrlaringizni boshqalar bilan ulashishingiz mumkin. Agar sizning savollaringiz yoki takliflariz bo'lsa, @andijon_yoshlari_bot ga murojaat qiling. Sizning fikrlaringiz biz uchun muhimdir! Andijon yoshlari Telegram kanali - o'z joyingizni topayotgan yangi bir oila.

ANDIJON YOSHLARI

19 Feb, 17:30


⚡️18 yoshlik Parviz SAT imtihonidan 100% natija, 1600 ball oldi

Parviz ota-onasing mehri, qo'llab-quvvatlashi va yordami bilan katta natijalarga erishdi. Endi uni katta marralar oldinda kutmoqda.

Parviz kelgusidagi o'qish va rejalaringizda omad tilayman!

@alisher_sadullaev

ANDIJON YOSHLARI

19 Feb, 17:29


⭐️Yoshlar tashabbuslari qo’llab-quvvatlanmoqda

➡️Davlatimiz rahbarining 14-fevral kungi yoshlar bilan uchrashuvida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Yangi Andijon massivida Andijon viloyati hokimi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, “Aloqabank” boshqaruv raisi hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori o’rinbosari ishtirokida viloyatdagi yirik o’quv markazlari rahbarlari, yosh tadbirkorlar va innovatsion loyihalari mavjud bo’lgan tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o’tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari, startap g’oyalari tinglandi. Yoshlarga ajratiladigan yangi kredit va ssudalar haqida tushunchalar berildi.

➡️Uchrashuvdan so’ng viloyat mehmonlari Andijon shahridagi “Robocode” o’quv markaziga tashrif buyurib, ushbu o’quv markazida yoshlarga yaratilgan sharoitlar, o’rgatilayotgan zamonaviy kasblar va markaz o’quvchilarining yutuq hamda istiqbolli rejalari bilan tanishdilar.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

19 Feb, 07:26


⭐️Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi

➡️Davlatimiz rahbari tomonidan bitiruvchilar bandligini ta’minlash yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

➡️Andijon tumani 2-sektor rahbari, tuman prokurori sektor hududidagi 41-umumta’lim maktabida bitiruvchi yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yoshlarning qiziqish va istaklari o’rganilib, ularning bandlogini ta’minlash bo’yicha zarur choralar belgilandi.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

18 Feb, 15:19


🇺🇿Azizbekning muvaffaqiyatli qadami har bir o'zbekistonlik yosh uchun katta motivatsiya!

Azizbek kelgusidagi o'qish va ishlaringizda omad.

@alisher_sadullaev

ANDIJON YOSHLARI

18 Feb, 14:02


🇺🇿Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlar masalalari bo‘yicha “Yoshlar komissiyasi” tashkil etildi

Komissiya a’zoligiga barcha fraksiyalar vakilligida 9 nafar tarkibda deputatlar bir ovozdan saylandi:

Shaxnoza Joldasova - Komissiya raisi;

Behzod To‘xtamurodov - Komissiya raisi o‘rinbosari;

Shahnoza Xolmaxamatova, Madina Baratova, Muhammad Valiyev, Anvarjon Temirov, Oybek Yuldashev, Otabek Musurmonov va Azizbek Akbarovlar - Komissiya a’zolari.

Mazkur komissiya Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan Yangi O‘zbekiston yoshlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan islohotlarda faol ishtirok etishni maqsad qilgan.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

18 Feb, 12:55


⭐️ Xonobod hokimi ishsiz yoshlar bilan uchrashdi

➡️ Yoshlar bandligini ta'minlashga qaratilgan ushbu uchrashuvda shahar hokimi yoshlar uchun ish o‘rinlari yaratish, ularni turli kasblarga o‘rgatish hamda biznes boshlashda qo‘llab-quvvatlashni har bir mutasaddining asosiy vazifalaridan biri ekanligini ta'kidladi.

➡️ Uchrashuvda ishsiz yoshlar uchun yangi imkoniyatlar, ta’lim dasturlari va ijtimoiy loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan sohalarda yordam olishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Uchrashuvda ishtirok etgan yoshlar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi. Yoshlarning mutaxassisligi bo'yicha ishga joylashishi yuzasidan mas'ullarga zarur ko'rsatmalar berildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

11 Feb, 13:14


⭐️Zamonlarda aks etgan milliylik

➡️Milliy liboslarimiz, milliy qadriyat va an’analarimiz asrlar osha o’z qadrini yo’qotmay kelmoqda. Kelajak avlodga ularni yetkazish esa biz yoshlar qo’lida.

➡️Andijon davlat universiteti talaba-yoshlari milliylik va zamonaviy ruh uyg’unligini o’z ta’lim muassasasida, tengdoshlari va do’stlari orasida keng targ’ib qilmoqda.

#milliy_libos #millat_faxri

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

11 Feb, 12:35


😎Yoshlar giyohvandlikka qarshi!

Qo'rg'ontepa tumani Yoshlar ishlari bo'limi hamda Uchqun mahallasi yoshlar yetakchisi tomonidan mahallaning faol yoshlari bilan birgalikda giyohvandlikka qarshi kurash maqsadida davra suhbati hamda mahallada targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Ushbu tadbir doirasida aholi gavjum joylariga giyohvandlikning salbiy oqibatlarini aks ettiruvchi targ‘ibot materiallari joylashtirildi. Mazkur sa’y-harakatlar jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlarni zararli illatlardan himoya qilishga qaratilmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

10 Feb, 17:17


🇺🇿 Andijon viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi va uning tuman, shahar bo'limlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil bilib borish uchun quyidagi havolalar orqali o'z tuman, shahringiz kanaliga obuna bo'ling!

Andijon viloyati boshqarmasi
Andijon shahar
Xonobod shahar
Andijon tumani
Asaka tumani
Baliqchi tumani
Buloqboshi tumani
Bo‘ston tumani
Jalaquduq tumani
Izboskan tumani
Marhamat tumani
Oltinko‘l tumani
Paxtaobod tumani
Ulug‘nor tumani
Xo‘jaobod tumani
Shahrixon tumani
Qo‘rg‘ontepa tumani

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

10 Feb, 14:57


😎Yoshlar giyohvandlikka qarshi

Andijon viloyatining barcha hududlarida mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan “Yoshlar giyohvandlikka qarshi!” shiori ostida targ‘ibot aksiyalari tashkil etilmoqda. Tadbirlar davomida yoshlar va fuqarolarga giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borilib, maxsus bukletlar tarqatilmoqda.

Aksiya doirasida yoshlar yetakchilari jamoatchilikni ogohlikka chaqirib, jamiyatimizni bu illatdan himoya qilishda har bir fuqaroning faolligi muhim ekanini ta’kidladilar. Tadbir ishtirokchilari bunday tashabbuslar yoshlar orasida sog‘lom hayotga bo‘lgan qiziqishni oshirishini qayd etib, kelajakda ham bu kabi loyihalarni davom ettirish muhimligini bildirishdi.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

10 Feb, 12:50


#oav_nigohida

🏷 Milliy qadriyatlar bolalar nigohida

😄 Maqola bilan to'liq tanishish

😄 Internet nashri: www.uza.uz

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

09 Feb, 04:27


😄 Navoiy so‘zi – asrlarga tatigulik meros.

😄 Bugun buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludiga 584 yil to‘ldi. U o‘zbek adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan, ona tilimizning jozibasini butun dunyoga namoyon qilgan ulug‘ siymolardan biridir.

😄 Uning asarlarida insoniylik, muhabbat, sadoqat va adolat kuylangan. “Xamsa”, “Mahbub ul-qulub”, “Lison ut-tayr” kabi asarlari bugungi kunda ham yoshlarga ibrat va yo‘lboshchi bo‘lib xizmat qilmoqda. Navoiy merosi bizga tilimizni qadrlash, ilm-u ma’rifatga intilish va haqiqat yo‘lidan yurishni o‘rgatadi.

#Navoiy584 #BuyukMutafakkir #AlisherNavoiy

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

30 Jan, 04:31


#oav_nigohida

🏷 Andijonda "Yosh koordinatorlar forumi" o'tkazildi

😄 Maqola bilan to'liq tanishish

😄 Internet nashri: www.uza.uz

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

29 Jan, 13:00


Haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlari kimlarga to‘lab beriladi?

Ko‘pchilik yoshlar haydovchilik kurslarida bepul o‘qish imkoniyati bor-yo‘qligi haqida savol berishadi. Ushbu videoda aynan shu masalaga aniqlik kiritamiz!

📥“Yoshlar daftari”ga kirish uchun yoshlardaftari.uz platformasi, 1093 qisqa raqami yoki mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qilishingiz mumkin!

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

28 Jan, 17:53


⭐️Yoshlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

➡️Yoshlarning taklif va tashabbuslarini o’rganish maqsasida Izboskan va Paxtaobod tumanlarida ham ochiq muloqotlar tashkil etildi. Uchrashuv davomida ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va sport sohalariga oid muhim masalalar muhokama qilindi.

➡️Yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida hududlarda yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratish, yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan rejalar belgilab olindi.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

28 Jan, 17:40


⭐️ Yoshlar bilan ochiq muloqot

➡️ Yoshlarning taklif va tashabbuslarini o'rganish bo'yicha ishchi guruh a'zolari Xonobod shahri va Qo’rg’ontepa tumanlarida bo'lib, yoshlar bilan uchrashuv tashkil etdilar. Mazkur uchrashuvlarda yoshlarning tashabbus va g‘oyalari tinglanib, ularni amalga oshirish yo‘llari muhokama qilindi.

➡️ Tadbirlar davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha ochiq muloqot qilish, o'z takliflarini, maqsad va g'oyalarini yetkazish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

23 Jan, 12:46


⭐️ Marhamatlik yoshlar tashabbuslari bilan o'rtoqlashdilar

➡️ Viloyatimiz bo'ylab o'tkazilayotgan ochiq muloqotlar yoshlarning taklif va tashabbuslarini o'rganish borasida muhim ko'prik bo'lib xizmat qilmoqda.

➡️ Marhamat tumanida o'tkazilgan uchrashuvlarda ham tumanning iqtidorli va faol yoshlar, yosh tadbirkorlar, turli sohalarda yuqori natijalarga erishgan yoshlar qatnashib o'z takliflarini ilgari surdilar.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

23 Jan, 08:53


⭐️ Yoshlar bilan ochiq muloqot: Buloqboshi tumanida tashabbuslar tinglanmoqda

➡️ Buloqboshi tumanida yoshlarning taklif va tashabbuslarini o‘rganish maqsadida respublika ishchi guruhi a’zolari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Ushbu muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, innovatsion g‘oyalar, shuningdek, mamlakat rivoji uchun taqdim etayotgan takliflarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

➡️ Ishchi guruh a’zolari har bir fikr va taklifni e’tibor bilan tinglab, ularni amalga oshirish yo‘llari va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bo‘yicha tavsiyalar berdilar. Bu jarayon yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning jamiyat hayotida yanada faol ishtirok etishlarini ta’minlash hamda hududni kompleks rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

22 Jan, 12:22


#oav_nigohida

🏷 Andijonda yoshlarning taklif va tashabbuslari o'rganilmoqda

😄 Maqola bilan to'liq tanishish

😄 Internet nashri: www.uza.uz

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

22 Jan, 12:06


⭐️ Jalaquduqda yoshlar ovozi eshitildi

➡️ Jalaquduq tumanida yoshlar bilan tashkil etilgan ochiq muloqotda ularning dolzarb masalalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Uchrashuvda ta’lim va bandlikdan tortib tadbirkorlik va ijtimoiy muammolargacha bo‘lgan turli mavzular ko‘rib chiqildi.

➡️ Yoshlarning ilgari surgan fikrlari asosida yechimlar ishlab chiqilib, ularni amalga oshirish uchun dastlabki qadamlar belgilandi. Ushbu muloqot tumandagi yoshlarning faolligi va tashabbuskorligini yana bir bor namoyon qildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

20 Nov, 11:52


🏅 Sardorlar saylovi davom etmoqda

🇺🇿 Ayni kunlarda Andijon viloyatida O'zbekiston boalar tashkilotining "Bolalar harakati" sardorlari saylovlari davom etmoqda. Sinf va maktab sardori saylovlari yakunlanib, tuman, shahar sardorlar kengashi uchun saylovlar o'tkazilmoqda.

🌠 Baliqchi tumanida o'tkazilgan saylovda ham tuman sadrori bo'lish niyatidagi o'quvchi-yoshlar o'zlarining taqdimotlari, kelgusidagi rejalari bilan ishtirok etdilar. Eng munosib deb tan olingan 7 nafar nomzod "Bolalar harakati" Baliqchi tumani sadrorlar kengashi sardori etib saylandi.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

20 Nov, 10:00


Prezidentimiz 2025-yilni “Atrof-muxitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi

🇺🇿El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha o‘rganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

20 Nov, 07:06


Kunni yangi xabarlar bilan boshlang!

🗞“Yoshlar ovozi” gazetasining yangi sonini o‘qishni unutmang!

🟢Toshkent yoshlarni sevadi;
🟢Deputatlikka saylangan yoshlar yetakchilari;
🟢Viloyat hokimi bo‘lgan yoshlar yetakchisi;
🟢Imtiyozlar bittaga ko‘paydi;
🟢“Innoweek-2024” innovatsion g‘oyalar maydoni;
🟢Jismoniy kapital va inson kapitali.

📥Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

19 Nov, 05:44


“Bundan keyin ham siyosat shunday bo‘ladi. Yoshlarni, ayollarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz!” — Shavkat Mirziyoyev

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

18 Nov, 15:13


Korrupsiyani oldini olish uchun nimalarni bilish lozim?

⚖️ Davlat xizmatchilari va fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish jamiyatda shaffoflik va adolatni mustahkamlash uchun muhim ahamiyatga ega!

📹Batafsil videoda tomosha qiling!

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

18 Nov, 14:08


🇺🇿 Millat bayrog‘i - millat g‘ururi

🇺🇿 Andijonda O’zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog’i qabul qilinganligining 33 yilligi keng nishonlandi.

#bayrogim_faxrim #bayrogim_iftixorim #ozbekiston_bayrogi

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

18 Nov, 08:05


🇺🇿 Millat bayrog‘i - millat g‘ururi

🇺🇿 Yurtimiz tinchligi, erkin va farovonligimiz timsoli bo'lgan bayrog'imiz, dunyo bo'ylab O'zbekiston nomini tanitishda davlatimiz ramzi, millatimiz g'ururi va iftixori sifatida namoyon bo'ladi.

🇺🇿 Bugun yurtimiz bo'ylab bayrog'imiz qabul qilinganligining 33 yilligi keng nishonlanmoqda. Andijon viloyatida o'tkazilgan markaziy tadbir ham ko'tarinki ruhda tashkil etildi. Davlatimiz madhiyasini kuylash bilan boshlangan tadbir harbiylar, keng jamoatchilik faollari va yoshlardan iborat vatanparvarlik paradi bilan davom etdi.

#bayrogim_faxrim #bayrogim_iftixorim #ozbekiston_bayrogi

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

15 Nov, 13:26


🇺🇿Yurtdoshlar ko’ksida yurt bayrog’i

🎗 Andijonlik faol yoshlar tomonidan davlatimiz bayrog’i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan aholi gavjum joylarda davlat bayrog’i tasmalarini taqish aksiyalari o'tkazilmoqda.

🎗Bu kabi tadbirlar yurtdoshlarimiz qalbida vatanga muhabbat, tinchlikka shukronalik va bayrog’imizga hurmat tuyg'ularini uyg'otish maqsadida barcha tuman, shaharlarda, mahallalarda tashkil etilmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

15 Nov, 09:02


🌠 Bugungi sardor - ertangi rahbar

🏅 Maktab davridanoq tashabbuskor va ilg'or bo'lish kelajakda o'z o'rnini topish, munosib kasb va hunar egallashda, jamiyatning faol a'zosi bo'lishda muhim rol o'ynaydi.

🤝 Ayni shu maqsadda Andijon viloyatidagi maktablarda sardorlar saylovi tashkil etilib, eng faol, tashabbuskor va liderlik qobiliyatiga ega o'quvchilar orasidan maktab sardorlari saylanmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

08 Nov, 14:03


📣 Diqqat, diqqat!

🎤“Artist” teleloyihasi ijodkorlari va ishtirokchilaridan ajoyib yangilik. Loyiha tashabbuskorlari tomonidan start olgan “Artist madaniyat karvoni" vodiy bo’ylab yo’lga chiqdi.

💫 Loyihaning eng faol ishtirokchilari mehmon Jahongir Poziljonov boshchiligida va Dilshod Mirzamurodov boshlovchiligida bir sahnada jam bo’ladilar.

📍“Artist”ning ashaddiy muxlislarini va barcha andijonliklarni 9-noyabr kuni soat 16:00da Andijon shahridagi Alisher Navoiy bog'ida bo’lib o’tadigan konsert dasturida kutamiz!

💯 Kirish MUTLAQO BEPUL.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

07 Nov, 16:54


🔥 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning stritbol turi boʻyicha musobaqaning "A" liga respublika bosqichi yakuniga yetdi.

📍 Chirchiq shahrida joylashgan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 3 kun davom etgan mazkur musobaqalar yuqori saviyada va qizgʻin munozaralarga boy oʻtdi.

🟢Umumiy natijalarga koʻra:
🟢Oʻgʻil bolalar.
16-21 yosh toifasida:
1-o‘rin Toshkent viloyati
2-o‘rin Fargʻona viloyati
3-o‘rin Toshkent shahri


🟢22-30 yosh toifasida:
1-o'rin Namangan viloyati
2-o'rin Andijon viloyati
3-o'rin Jizzax viloyati


🟢Ayollar.
🟢16-21 yosh toifasida:
1-o‘rin Toshkent viloyati
2-o‘rin Qashqadaryo viloyati
3-o‘rin Jizzax viloyati


🟢22-30 yosh toifasida:
1-o'rin Surxondaryo viloyati
2-o'rin Toshkent viloyati
3-o'rin
Andijon viloyati

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

07 Nov, 14:06


Farg’ona va Andijonda yoshlar bilan ochiq muloqot

✅️Xabar berganimizdek, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevning Farg‘ona va Andijon viloyatlarida yoshlar bilan ochiq muloqotlari bo‘lib o‘tdi.

💬Samimiy suhbat va erkin muloqot tarzida o’tkazilgan uchrashuvlar davomida yoshlar tomonidan 60 ga yaqin taklif hamda murojaatlar bildirildi. Ularning ayrimlari o‘quv kurslari xarajatlarini qoplash uchun amaliy yordam so‘rasa, yana bir yosh 200 ga yaqin tengdoshlarini xorijiy tillarga bepul o‘qitishga tayyor ekanligini bildirdi.

Ayniqsa, IQ darajasi 151 ga teng bo‘lgan andijonlik 6 yoshli Solihjon Qosimov kabi bolalarning iqtidorini rivojlantiradigan maxsus ilmiy markaz yoki maktab tashkil etish to’g’risidagi taklif bizni quvontirdi.

🤝Uchrashuvlarda bildirilgan har bir taklif va tashabbuslar albatta amalga oshishi uchun bizdan qo’llab-quvvatlash, siz aziz yoshlardan esa tinimsiz mehnat va harakat talab etiladi.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

07 Nov, 11:40


🏆 TOP-100 Yoshlar yetakchilari reytingi!

📰Avval habar berganimizdek, mahallalarda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan eng ilg‘or yetakchilar ro‘yxati har chorakda e’lon qilinadi. Bu gal 2024-yilning uchinchi choragi natijalariga ko‘ra shakllangan TOP-100 yoshlar yetakchilari reytingini e’lon qilamiz!

⚡️Bu ro‘yxatda joy olgan yoshlar yetakchilari mahalla tizimida o‘z bilim va fidoyiliklari bilan yoshlarga yo‘l ko‘rsatib, ularning maqsad va intilishlarini amalga oshirishda jonbozlik ko‘rsatib kelmoqdalar.

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan o‘z kuch va imkoniyatlarini to‘liq ishga solib, reytingdan munosib o‘rin olgan barcha yoshlar yetakchilarini samimiy tabriklaymiz!

#TOPreyting

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

07 Nov, 09:57


Huquqni o‘rganish endi yanada oson va qulay!

🇺🇿Adliya vazirligi tomonidan “Huquq maktabi” mobil ilovasi ishga tushirildi. Bu ilova yoshlar orasida huquqiy savodxonlikni oshirish, huquqqa nisbatan qiziqish va hurmatni shakllantirishga xizmat qiladi. Ilova orqali yoshlarga huquqiy bilimlar sodda va tushunarli tarzda ma’lumot beriladi.

Ilova orqali yuqori malakali pedagog va ekspertlar tomonidan tayyorlangan o‘quv materiallaridan foydalanishingiz mumkin!

Shuningdek, ilovada turli soha vakillari, bola huquqlari, abituriyent uchun kurslar, yuridik atamalar va yuridik kutubxona kabi qiziqarli bo‘limlar yaratilishi rejalashtirilgan.

Huquqiy savodxonlik — muvaffaqiyatingiz kalitidir!

Ilovani 🍏IOS va 📱 Android orqali yuklab olish mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

06 Nov, 16:41


#oav_nigohida

🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” uchun gandbol musobaqalarining respublika bosqichi tafsilotlari

😄 TV: O'zbekiston-24
 
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

06 Nov, 14:04


📆Hayajonga boy kunlar tafsiloti

🤾🏻3-6-noyabr kunlari o’tkazilgan gandbol musobaqalarining respublika bosqichi Andijon viloyati, Qo’rg’ontepa tumani “Obod turmush” mahallasi jamoasining g’alabasi bilan yakunlandi. Andijon muxlislarining jonkuyarligi va yuqori atmosfera jamoamiz g’alabasiga ulkan hissa qo’shdi.

🏆“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida O’zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi uchun kechgan bahslarda Andijon viloyati respublikamizning qolgan 13 ta hududidan tashrif buyurgan mahalla jamoalariga mezbonlik qildi. O’tgan 3 kun davomida gandbolchi yoshlar haqiqiy do’stlik va maqsad sari kurash ruhida birlashdilar.

Hayajonli kunlarning unutilmas lahzalarini Sizga ham ilindik!

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

06 Nov, 11:27


#oav_nigohida

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi direktorining Andijon viloyati yoshlari bilan ochiq muloqoti bo'lib o'tdi.

😄 TV: "MY-5"
 
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

06 Nov, 07:53


🏆“O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” gandbol musobaqalarining final bosqichi g‘olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan mazkur musobaqalar yurtimizning barcha hududlaridan minglab yosh gandbolchilarni bir maqsad atrofida birlashtirdi!

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

04 Nov, 18:13


#oav_nigohida

🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” uchun gandbol musobaqalarining respublika bosqichi tafsilotlari

😄 TV: O'zbekiston-24
 
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

04 Nov, 15:57


#oav_nigohida

🇺🇿 Yoshlar - Yangi O’zbekiston bunyodkorlari

😄 TV: O'zbekiston-24
 
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

04 Nov, 11:46


🟢Andijonda g’alaba!

🤾🏻Samarqandning “Hofiz Sheroziy” mahallasi bilan bo’lgan qizg’in bahs yakunlariga ko’ra 28:19 hisobida Andijonning “Obod turmush” mahallasi jamoasi g’alaba qozondi.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

04 Nov, 10:55


🟥🟥

🔥 Ayni daqiqalarda gandbol musobaqalarining respublika final bosqichi B guruhi doirasida Andijonning “Obod turmush” mahallasi hamda Samarqandning “Hofiz Sheroziy” mahallalari o’rtasidagi bahslar bo’lib o’tmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

04 Nov, 07:52


#NoComment

🤾‍♀️ Gandbol musobaqalarining final bosqichi qizg‘in davom etmoqda

#Beshtashabbusolimpiadasi #Gandbol

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

ANDIJON YOSHLARI

04 Nov, 07:16


🤾 Gandbolda D guruhi bahslari boshlandi

🖐 Ayni daqiqalarda Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Buxoroning "Oqshix" va Surxondaryoning "Jayhun" mahallasi jamoalari o'zaro bellashmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

03 Nov, 07:00


🔥 Andijonda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi O’zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi uchun gandbol musobaqalarining respublika final bosqichi ishtirokchilari kutib olindi.

🏷Jarayonlar yuzasidan rasmiy sahifalarimiz orqali batafsil ma'lumot berib boramiz.

#fotoreportaj #beshtashabbusolimpiadasi #gandbol #final

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

03 Nov, 06:51


🟥🟥

🔥 Andijon temiryo’l vokzalida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida O’zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi uchun gandbol musobaqalarining respublika final bosqichi ishtirokchilarini tantanali kutib olish marosimi bo’lib o’tdi.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

02 Nov, 14:13


Ayni vaqtda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning bolalar tashkiloti faollari va ularning maktablardagi loyihalari yuzasidan muloqoti boshlandi.

Ovozli suhbatga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin.

➡️ https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

ANDIJON YOSHLARI

02 Nov, 13:11


🎉 Andijonda yana bir g’alaba!

🔥 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilayotgan “Yoshlar ishlari agentligi kubogi” shaxmat musobaqasining respublika bosqichida andijonlik yosh shaxmatchi Abdulqodir Bahodirov Challengers Open yo’nalishida mutlaq g’olibga aylandi.

Andijon yoshlari nomidan Abdulqodirni ushbu g’alaba bilan qutlaymiz!

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

02 Nov, 11:02


🤾Gandbolchi yoshlar finalda!

🖐 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi gandbol bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” musobaqalari eng qizg‘in pallaga kirdi.

🏆Musobaqaning final bosqichi 3-6-noyabr kunlari Andijon shahrida bo‘lib o‘tadi.

➡️Batafsil: gov.uz/oz/yoshlar/news/view/26204

#Beshtashabbusolimpiadasi #Gandbol

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

02 Nov, 06:36


#oav_nigohida

📕 "Yosh kitobxon oila" tanlovining Andijon viloyati bosqichi

📺TV: “Yoshlar”
 
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

02 Nov, 06:05


⚡️Ajoyib xushxabar!

Ko'pchilik yoshlar xalqaro imtihon xarajatlarini qaytarib olishda muammolar yuzaga kelganini bizga ma'lum qilishgan edi. Bugun Xalq Banki mutasaddilari bilan hamkorlikda kompensatsiya to'lovlarini amalga oshirishni boshladik.

O'z o'rnida Xalq Banki vakillariga yoshlarni qo'llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Yoshlarimizni esa avvalo o'z ona tilimizni mukammal o'zlashtirib, shu bilan birga xorijiy tillar hamda xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijalarni qo'lga kiritishlariga tilakdoshmiz.

Eslatib o'tamiz,18 ta xalqaro imtihon tizimlarida ham yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini "Xazna" ilovasi orqali kompensatsiya qilib qaytarib olishlari mumkin.

ANDIJON YOSHLARI

02 Nov, 05:26


#oav_nigohida

📖 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi “Yosh kitobxon” tanlovining mahalla bosqichi

😄 TV: Andijon TRK
 
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

01 Nov, 16:55


#oav_nigohida

🫂 Otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash

😄 TV: O'zbekiston-24
 
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

01 Nov, 15:38


👋 Bo’lajak sardorlar bilan ochiq muloqot

🇺🇿 O’zbekiston bolalar tashkiloti boshqaruv Kengashi raisi Xasanboy Nabiyev Andijondagi ta’lim muassasalario’quvchi yoshlari bilan ochiq muloqot qildi.

🏅Muloqot davomida o’quvchilarning taklif va tashabbuslari tinglanib, yangi loyihalar haqida fikr almashildi. Ayniqsa, bolalar tashkiloti rahbarining sardorlikdan rahbarlikkacha bo’lgan faoliyati o’quvchi yoshlarda sardor bo’lishga katta qiziqish uyg’otdi.

Barcha suratlar bu yerda.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

01 Nov, 12:34


#oav_nigohida

📕 "Yosh kitobxon oila" tanlovining Andijon viloyati bosqichi

😄 TV: O'zbekiston-24
 
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

25 Oct, 03:48


⚔️Hurmatli ichki ishlar tizimi xodimlari!

Sizlarni “25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.

🇺🇿Fidokorona mehnatingiz, mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta’minlash, osoyishtalik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissangiz alohida e’tirofga loyiqdir. Muqaddas qasamyodingizga sodiq qolib, sharafli burchingizni bajarishda ko‘rsatgan matonatingiz yosh avlod uchun chinakam mardlik va vatanparvarlik namunasidir.

⭐️Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Yoshlar ishlari agentligi jamoasi!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

ANDIJON YOSHLARI

24 Oct, 16:15


#oav_nigohida

🇺🇿 Marhamat tumani prokurori yoshlar bilan uchrashdi

😄 TV: O'zbekiston-24
 
Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

24 Oct, 11:11


🏅Biz Vatanimiz taqdiriga, yurtimiz kelajagiga befarq emasmiz! Saylov har birimizning siyosiy huquqimiz. Undan barchamiz unumli foydalanamiz.

🫂 Biz - Andijon yoshlari saylovga tayyormiz! Biz kelajak uchun ovoz beramiz!

#yosh_saylovchi #saylov_2024 #kelajak_uchun #ovoz_beraman #befarq_emasman

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

24 Oct, 07:47


🟥🟥

🖐 Ayni daqiqalarda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida O'zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi uchun gandbol musobaqasining Andijon viloyati bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

24 Oct, 04:06


🏅 Saylovlarga befarq bo'lmang! Faol qatnashing!

🏷Qudratullaxon Ma'rufxo'jayev - 2024-yilgi yozgi paralimpiya o'yinlari chempioni

#yosh_saylovchi #saylov_2024 #kelajak_uchun #ovoz_beraman #befarq_emasman

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

24 Oct, 03:33


🫂Yoshlarga e'tibor - kelajakka e'tibor

🏷Davlatimiz rahbari tomonidan huquq-tartibot va mudofaa organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash tizimi yo’lga qo’yilgan bo’lib, ushbu tizim orqali ko’plab yoshlarning hayotda o’z o’rnini topishiga erishilmoqda.

🏷Ayni shu maqsadda Yangi Andijon massivida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hamda Sharqiy harbiy okrugi qo’shinlari qo’mondoni, general-mayor Aybek Saidovlar Andijondagi 400 nafardan ziyod otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashishdi.

🏷Ochiq muloqot tarzida, samimiy ruhda o’tkazilgan uchrashuv davomida yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollar, qiynayotgan muammolar va amalga oshirishni ishtagan takliflari bilan murojaat yo’lladilar.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

23 Oct, 13:35


🫂Yoshlarga e'tibor - kelajakka e'tibor

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash uchun barcha tashkilot rahbarlari birdek mas'ul etib belgilangan. Andijon viloyatida ham 301 ming nafardan ziyod yoshlar huquq-tartibot hamda mudofaa organlari tomonidan otaliqqa olingan bo'lib, ular bilan tizimli ish tashkil etib kelinmoqda.

🏷Viloyat prokuraturasi tomonidan Baliqchi tumanida tashkil etilgan uchrashuvda tumandagi prokuratura tizimiga biriktirilgan yoshlar ishtirok etdilar. Yoshlarning muammo va takliflarini o’rganish maqsadida tashkil etilgan uchrashuv davomida viloyat prokurori o’rinbosari Komiljon Alimov hamda tuman hokimi Jasurbek Abdurayimovlar tomonidan otaliqqa olingan yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularning aksariyati shu joyning o’zida ijobiy yechim topdi.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

23 Oct, 09:16


✔️ Andijonda saylov shukuhi. Saylov avtokarvoni Andijon ko'chalari bo'ylab harakatlanmoqda.

#yosh_saylovchi #saylov_2024 #kelajak_uchun #ovoz_beraman #befarq_emasman

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

23 Oct, 09:12


✔️ Saylov barchamizning siyosiy huquqimiz. Undan unumli foydalanib, saylovda faol ishtirok etaylik!

🏷 Xasanboy Do'smatov - boks bo'yicha ikki kara Olimpiada chempioni.

#yosh_saylovchi #saylov_2024 #kelajak_uchun #ovoz_beraman #befarq_emasman

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

23 Oct, 07:01


✔️ Biz Vatanimiz taqdiriga, o‘z kelajagimizga befarq emasmiz! Saylovda faol ishtirok etamiz!

Andijon yoshlari saylovga tayyor!

#kelajaguchun #saylov2024

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

ANDIJON YOSHLARI

23 Oct, 04:58


🏅 Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov barcha andijonliklarni, viloyatimiz yoshlarini saylovda faol qatnashishga chorlamoqda.

#yosh_saylovchi #saylov_2024 #kelajak_uchun #ovoz_beraman #befarq_emasman

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

22 Oct, 08:31


✔️ Andijon yoshlari saylovga tayyor!

📣 Farg'onalik yoshlar, Siz ham tayyormisiz?!

#yosh_saylovchi #saylov_2024 #kelajak_uchun #ovoz_beraman #befarq_emasman

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

22 Oct, 06:40


⭐️Kelajagimiz va yurtimiz taraqqiyotiga befarq emasmiz! Saylovda faol bo'lamiz!

⭐️Andijon yoshlari saylovga tayyor!

#yosh_saylovchi #saylov_2024 #kelajak_uchun #ovoz_beraman #befarq_emasman

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

21 Oct, 17:12


🫂 “Saylov va yoshlar” loyihasi - Xo’jaobodda

🏅Xo’jaobod tumanida yoshlarning saylov jarayonlaridagi faolligini oshirish, ularning saylovlardagi faol ishtirokini ta’minlash maqsadida “Saylov va yoshlar” targ’ibot loyihasi tashkil etildi.

🏷Loyiha doirasidagi uchrashuvlar, tadbirlar doirasida tumanning 39 ta mahallalarida yashovchi yosh saylovchilar o’zlarining siyosiy bilimlarini oshirdilar. Loyiha taniqli estrada yulduzlari ishtirokidagi galakonsert bilan yanada ko’tarinki ruh oldi.

#yosh_saylovchi #saylov_2024 #kelajak_uchun #ovoz_beraman #befarq_emasman

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

21 Oct, 14:37


⭐️Muhim kunga befarq qaramang. Saylovlarda faol bo’ling!

⭐️Bobur Omonov - ikki karra paralimpiya o’yinlari chempioni.

#yosh_saylovchi #saylov_2024 #kelajak_uchun #ovoz_beraman #befarq_emasman

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

21 Oct, 07:41


🏷“Saylov va yoshlar” - kelajakka daxldorlik

27-oktabr - saylov kuni. Yoshlarimizning mamlakat kelajagi uchun muhim bo‘lgan siyosiy jarayonlarda faol ishtiroki katta ahamiyatga ega.

⭐️ Yoshlarda siyosiy jarayonlarga daxldorlik hissini oshirish maqsadida Izboskan tumanida “Saylov va yoshlar” targ’ibot loyihasi bo’lib o’tdi. Loyiha doirasida "Yosh saylovchi" viktorinasi, “Bilasizmi?”, “Zakovat”intellektual o’yinlari”, "Ibrat farzandlari", “Mutolaa", "Qizlar akademiyasi", “Ustoz", “UzChess” loyihalari, “Besh tashabbus” musobaqalari
o'tkazildi.

#yosh_saylovchi #saylov_2024 #kelajak_uchun #ovoz_beraman #befarq_emasman

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

21 Oct, 06:23


🏅 Andijonlik yoshlar saylovga tayyor!

Siz ham befarq bo'lmang, saylovda faol qatnashing!

#yosh_saylovchi #saylov_2024 #kelajak_uchun #ovoz_beraman #befarq_emasman

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube

ANDIJON YOSHLARI

21 Oct, 06:08


Ona tilim - jon-u dilim

⭐️ Ona tilim jajji qizning biyron aytgan she’rida bor. Bunday go’zal, betakror til faqat o’zbek elida bor.

⭐️ 21-oktabr -O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.

Bizning sahifalarimiz:
📱Instagram 📱Facebook
📱Telegram 📱Youtube