𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

@muhammadali_zokirjonov_kanali


Muhammad Ali Zokirjonov ijodi
"📚Bizga yolgʻizlikning makoni yaxshi"
Ijodimiz sizga yoqsa biz bundan hursandmiz...


⚠️Muallif ruxsatisiz qo'llanilmasin🚫
Barcha huquqlar himoyalangan

Murojat uchun: @Muhammad_Ali27

𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

23 Oct, 04:08


Anglamaydi


Ona qarang dardlarimni
Sizdan oʻzga tinglamaydi
Xasta aytgan soʻzlarimni
Biror kimsa anglamaydi

Toʻrt tomonim sahrolarday
Koʻz yoshlarim daryolarday
Butum umrim savdolarday
Biror kimsa anglamaydi

Malham izlab gul atridan
Joy topmadim yor qalbidan
Ado boʻldim ul zaxridan
Biror kimsa anglamaydi

Daraxtidan tushgan xazon
Chin oshiqning qadri arzon
Yuragimni ezdi armon
Biror kimsa anglamaydi

Tun qoʻynida yolgʻiz oʻzim
Sharob ichdim ojiz oʻzim
Xaqiqatni aytsa soʻzim
Biror kimsa anglamaydi

Boshim qoʻyib devorlarga
Sevgim osib gulzorlarga
Qoʻl siltadim dunyolarga
Biror kimsa anglamaydi

Ona qarang bu hayotda
Javobsiz qoldi savollar
Ali dardin bu olamda
Biror kimsa anglamaydi


✍️Muallif: Muhammad Ali Zokirjonov

Mualliflik huquqi himoyalangan
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
🔵ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟ
https://t.me/MuhammadAli_Zokirjonov_Kanali

𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

22 Oct, 12:49


OTA


Dunyoning yukidan tolmasam boʻldi
Kun kelib ishonchiz oqlasam boʻldi
Oʻgʻil boʻlib sizning yoningizda men
Ota xizmatizga yarasam boʻldi

Roʻzgʻor deb tinmayin giryona boʻlib
Musofir boʻldingiz sogʻinchga toʻlib
Qadoq qo'llaringiz yuzimga surib
Ota xizmatizga yarasam boʻldi

Men uchun oʻzinggiz aylabon qurbon
Oʻqisin dedinggiz men boʻldim shodon
Baxtimga doimo boʻling siz omon
Ota xizmatizga yarasam boʻldi

Doʻstlik ham sevgi ham narx-u navoda
Aldandim gohida ahd-u vafoda
Chin doʻstim oʻzingiz yorugʻ dunyoda
Ota xizmatizga yarasam boʻldi

Zaxarlar qoʻshilar ichgan choyimga
Gʻanimlar koʻz tikar turgan joyimga
Togʻdayin suyanchim qayting yonimga
Ota xizmatizga yarasam boʻldi

Sinovda sinmadi aslo qomattim
Hudoyim bermoqda asta omadim
Endi mehnat qilmoq mening navbatim
Ota xizmatizga yarasam boʻldi


✍️Muallif: Muhammad Ali Zokirjonov

Mualliflik huquqi himoyalangan
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
🔵ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟ
https://t.me/MuhammadAli_Zokirjonov_Kanali

𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

22 Oct, 05:56


#tez_kunda Klip Premyerasi

Shoxruxbek Ergashev-Sevgimni olardim🌀
✍️Shoir:MuhammadAli Zokirjonov

Yaqinlarim sizlardan aktiv kutaman klipni tez kunda taqdim etamiz🎁
🔵ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟ
https://t.me/MuhammadAli_Zokirjonov_Kanali

𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

21 Oct, 19:37


🔵ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟ
https://t.me/MuhammadAli_Zokirjonov_Kanali

𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

21 Oct, 04:12


Ishing yoʻq


Uning hayotida menga oʻrin yoʻq
Men darddan devona boʻlganim bilan
Sevgidan men orom topgan kunim yoʻq
Ishing yoʻq tirikmi-oʻlganim bilan

Kimlarga ermakman qara xolimga
Yoʻllar izladim men seni koʻnglinga
Dasta gul sochsamda oʻng-u soʻlinga
Ishing yoʻq tirikmi-oʻlganim bilan

Soʻzlaring qalbimga mahlam mehrdan
Koʻzlaring bogʻlaydi goʻyo sehrdan
Men seni soʻrasam yana taqdirdan
Ishing yoʻq tirikmi-oʻlganim bilan

Uzun sochlaringda hayolim qolgan
Lablaring gʻunchadur koʻnglimni olgan
Beparvo yuribsan senga ne boʻlgan
Ishing yoʻq tirikmi-oʻlganim bilan

Qaygʻurib yashayman qaygʻurib senga
Soʻrasang borimni berardim senga
Mehr berolmaysan nimaga menga
Ishing yoʻq tirikmi-oʻlganim bilan

Qanchalar ogʻirdur eh seni suymoq
Sevmasliging bilib oshkora kuymoq
Qismatda yoʻq ekan visolga yetmoq
Ishing yoʻq tirikmi-oʻlganim bilan

Ketaman hotirjam yashayver mensiz
Koʻngling shodon ayla kulaver mensiz
Endi ishim boʻlmas yuraver mensiz
Ishing yoʻq tirikmi-oʻlganim bilan


✍️Muallif: Muhammad Ali Zokirjonov

Mualliflik huquqi himoyalangan
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
🔵ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟ
https://t.me/MuhammadAli_Zokirjonov_Kanali

𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

20 Oct, 12:49


#XFactor

Fazliddin Abduvohidov ukamizga omad tilab qolaman Nasb qilsa Tez Kunda Birgalikda Yangi ijodimizni taqdim etamiz😊 Qoʻllab quvvatlab turamiz yaqinlarim
🔵ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟ
https://t.me/MuhammadAli_Zokirjonov_Kanali

𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

19 Oct, 15:27


Bugungi Sarguzashtlardan Biri😁
🔵ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟ
https://t.me/MuhammadAli_Zokirjonov_Kanali

𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

19 Oct, 11:27


🍿🍿🍿🎸

Lazizbek Sulaymonov-SEVMABDI LIVE MUSIC😊❤️
✍️Muallif:MuhammadAli Zokirjonov

Xali yangiliklarimiz oldinda bizni kuzatishda davom eting
🔵ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟ
https://t.me/MuhammadAli_Zokirjonov_Kanali

𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

18 Oct, 13:29


Koʻnglim oʻzgasida


Yuragim ogʻriydi sevgi deya
Dardim bor oshkor aytmoq qiyinda
Qancha ozor yutding meni deya
Ko'nglim o'zgasida demoq qiyinda

Nigohing so'zlasa dilda darding
Oʻzim gunohkorman yoʻqdur aybing
Mendan mehr kutib tursa qalbing
Ko'nglim o'zgasida demoq qiyinda

Hammasi doʻstlikdan boshlanib
Sirlashardik koʻzlar yoshlanib
Bogʻlanib qoldingda bogʻlanib
Koʻnglim oʻzgasida demoq qiyinda

Qancha yiroq yursam shuncha sevasan
Suratim qalbingda arsab yurasan
Kelar yoʻllimni kutib turasan
Koʻnglim oʻzgasida demoq qiyinda

Senga yolgʻon umid bermayin oʻlay
Qandayin tunimni kunlarga ulay
Negadur oʻzinga aytish noqulay
Koʻnglim oʻzgasida demoq qiyinda

Sevganim bor goʻzal oyjamol
U bilan suribman oʻy-hayol
Seni qiynab qoʻydim ehtimol
Koʻnglim oʻzgasida demoq qiyinda

Ali ayt dardimga bir davo
Sevgida ayladim men xato
Juratsiz turibman ber sado
Koʻnglim oʻzgasida demoq qiyinda


✍️Muallif: Muhammad Ali Zokirjonov

Mualliflik huquqi himoyalangan
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
🟦ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟ
https://t.me/MuhammadAli_Zokirjonov_Kanali

𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

18 Oct, 03:06


Agar Comentlarga Ozgina E'tibor Bermasam😁Shu xolat
Meni yaqinlarim hammasi uyqudami diymanda😊❤️
🔵ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟ
https://t.me/MuhammadAli_Zokirjonov_Kanali

𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

17 Oct, 18:03


Sevgi


Boshingizda qolsin sevgi
Gulxan yoqing yonsin sevgi
Men charchadim bas boʻldida
Endi sizni yoqsin sevgi

Men yerdaman siz samoda
Ayyor chiqdingiz vafoda
Kuyib koʻring bir jafoda
Endi sizni yoqsin sevgi

Boʻldi yetar hech kutmayman
Hayolingizdan ketmayman
Sogʻinsangiz ham kelmayman
Endi sizni yoqsin sevgi

Kezib koʻray gul bozorin
Qiynasin bir koʻngil zorin
Koʻring siz ham rashk ozorin
Endi sizni yoqsin sevgi

Oshiq boʻlsam men qadri yoʻq
Siz malika hech dardi yoʻq
Ne qilarsiz hech farqi yoʻq
Endi sizni yoqsin sevgi

Endi sizni yoqsin sevgi
Koʻz yosh boʻlib oqsin sevgi
Kimlar yondi kim yonmadi
Siz indamang aytsin sevgi


✍️Muallif: Muhammad Ali Zokirjonov

Mualliflik huquqi himoyalangan
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
🔵ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟ
https://t.me/MuhammadAli_Zokirjonov_Kanali

𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

16 Oct, 04:26


Sogʻindim


Hayolimga kirib olib
Koʻnglimga bir olov solib
Shoʻx qizgina dardim olib
Kulishingni sogʻindim

Nigohing tortar hayolim
Javobsiz qolar savolim
Bahor aylab toʻrt tomonim
Kelishingni sogʻindim

Yuzlaring oyday tovlanib
Bilmayin qoldim bogʻlanib
Yonimda birga aylanib
Yurishingni sogʻindim

Bor dardimni aytib soyga
Koʻnikmadim sensiz joyga
Gohi borsan gohida yoʻq
Oʻxshataman seni oyga
Kulishingni sogʻindim

Eshitsayding yozgan kuyim
Qaro boʻldi koʻngil uyim
Firoq egib qoʻydi boʻyim
Kelishingni sogʻindim

Dunyoni koʻzim koʻrmayin
Hijronga soʻzim oʻtmayin
Sogʻindim Uch kun oʻtmayin
Kelishingni sogʻindim


✍️Muallif: Muhammad Ali Zokirjonov

Mualliflik huquqi himoyalangan
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
🔵ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟ
https://t.me/MuhammadAli_Zokirjonov_Kanali

𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

15 Oct, 18:16


Sizga Ham Turkcha Qo'shiqlar Yoqadimi?™️
Menga judayam yoqadi ayniqsa bu qoʻshiq yomgʻirli havoga mos🌧☔️😊
ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟ🔛
https://t.me/MuhammadAli_Zokirjonov_Kanali

𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

15 Oct, 18:00


Başimi koysam biraz Anne🥹🫀
.
.
ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟ🔛
https://t.me/MuhammadAli_Zokirjonov_Kanali

𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

15 Oct, 03:34


#ZoʻrTv⚡️

Kechagi Jonli Efirdan Lavha
Shu qoʻshiqni siz ham yoqtirasizmi
Rostini aytsam ijodimizdagi eng yaxshi qoʻshiqlardan biri
🔵ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟ
https://t.me/MuhammadAli_Zokirjonov_Kanali

𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

14 Oct, 03:43


"Urinmadim"😂

😀Ijro: Zuliw_Altmus
✍️Muallif:Muhammad Ali Zokirjonov

Ijro uchun katta rahmat aytib qolaman...
🟦ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟ☑️
https://t.me/MuhammadAli_Zokirjonov_Kanali

𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

13 Oct, 11:03


Aldadinga


Nechun sevgim koʻksim tilib
Kulmoqdasan xolim bilib
Yolgʻoni koʻp ey bevafo
Aldadinga kulib-kulib
Yuragimni ketding yulib

Chiroyli kulib tovlanib
Koʻnglimga olding joylanib
Bilmayin qolsam bogʻlanib
Aldadinga kulib-kulib
Yuragimni ketding yulib

Balki bu taqdir degandim
Tanlab-tanlab bir sevgandim
Axir senga ishongandim
Aldadinga kulib-kulib
Yuragimni ketding yulib

Sevaman deb aytib takror
Aldab nima topding ey yor
Bugun senga boʻldi yor-yor
Aldadinga kulib-kulib
Yuragimni ketding yulib

Unutdingmi aytgan soʻzim
Xiyonating koʻrdi koʻzim
Seni sevgan nodon oʻzim
Aldadinga kulib-kulib
Yuragimni ketding yulib

Ko'changdaman bagʻrim ezib
Koʻngling qolar balki sezib
Baxtlimisan baxtsiz etib
Aldadinga kulib-kulib
Yuragimni ketding yulib


✍️Muallif: Muhammad Ali Zokirjonov

Mualliflik huquqi himoyalangan
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
🟦ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟ
https://t.me/MuhammadAli_Zokirjonov_Kanali

𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

12 Oct, 16:23


#Shunchaki_music_Bomba
Men Sensizlikka Ko'nikdim☹️
🔵ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟ🔹
https://t.me/MuhammadAli_Zokirjonov_Kanali

𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

12 Oct, 10:25


🎁🎁🎁

Shaxzod Ismatov-Ovvorasiz😏
Muallif: Muhammad Ali Zokirjonov

Muallif ruxsatisiz ijro qilinmasin
Bizni kuzatishda davom eting hali yangiliklarimiz oldinda😊❤️
🔵ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟ🔹
https://t.me/MuhammadAli_Zokirjonov_Kanali

𝐌𝐮𝐡𝐚𝐦𝐦𝐚𝐝 𝐀𝐥𝐢 𝐙𝐨𝐤𝐢𝐫𝐣𝐨𝐧𝐨𝐯

12 Oct, 04:57


Ovvorasiz


Ishq bo'lmaydi hayajonsiz yonish bilan
Va'da berib va'dasidan tonish bilan
Ko'nglimizga o'tlar yoqib ey oyimcha
Ovvorasiz suratlarga tushish bilan

Oyning dog'i yuzlarini yashirgandur
Balki tikan gul husnini oshirgandur
Rashk yondurur alamlarim bo'g'zimdadur
Ovvorasiz olislarga ketish bilan

Goh beparvo kuylasamda honish bilan
Osmondasiz kuzatarman olqish bilan
Instagramda chiroyingiz ko'z-ko'z qilib
Ovvorasiz birovlarga yoqish bilan

Xar suratda turli, turfa libosingiz
Malikasiz boshqachadur pardozingiz
Yuragimga orom berar ovozingiz
Ovvorasiz ko'ngillarni yoqish bilan

Ijtimoiy tarmoqlarda sevdim desa
Hayollari telegramda yoki insta
Kerak emas agarda shu sevgi bo'lsa
Ovorasiz birovlarga yoqish bilan

Bir kun sabr zanjirlarin uzushim bor
Ketsam ortga qaramayin ketishim bor
Yuravering qiziqmassiz deyishim bor
Ovvorasiz Alini zor etish bilan


✍️Muallif: Muhammad Ali Zokirjonov

Mualliflik huquqi himoyalangan✔️
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
🟦ᴛᴇʟᴇɢʀᴀᴍ ᴋᴀɴᴀʟ
https://t.me/MuhammadAli_Zokirjonov_Kanali