Yurtimizda ilmli va maʼrifatli yoshlarni kamol toptirish, ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, xorijiy tillarga oʻqitishni yanada ommalashtirish va bunday faoliyat bilan shugʻullanuvchi subyektlarni qoʻllab-quvvatlash borasida qator ishlar qilinmoqda.
Jumladan, Samarqand viloyatining 16 ta tuman va shaharlarida boʻlib oʻtgan “Oʻquv markazlar forumi” ham mazkur yoʻnalishdagi amaliy ishlarning mantiqiy davomi boʻldi.
Ayni paytda ham viloyat Yoshlar markazida shunday forum bo‘lib o‘tmoqda. Jarayonlarda ishtirokchilar taklif va tashabbuslari yuzasidan fikr almashilyapdi.
Shuningdek, kelgusi yilda amalga oshirmoqchi boʻlgan rejalari yuzasidan hisobot berilmoqa...
Bizning sahifalarimiz: