Amerika Ovozi @voauzbek Channel on Telegram

Amerika Ovozi

@voauzbek


"Amerika Ovozi" teleradiosining rasmiy kanali
Sayt: www.amerikaovozi.com
Facebook: https://www.facebook.com/amerikaovozi
YouTube: https://www.youtube.com/c/AmerikaOvozi
Odnoklassniki: ok.ru/amerikaovoziuzbek
Instagram: https://www.instagram.com/ameri

Amerika Ovozi (Uzbek)

Amerika Ovozi teleradiosining rasmiy kanali haqida yangiliklar, ma'lumotlar va eng so'nggi xabarlar sizga telegram orqali yetkaziladi. Kanalda Amerika va dunyo bo'ylab eng so'nggi yangiliklar, intervyular, maqolalar va boshqa ko'p narsa uchun ajoyib manzillar mavjud. nnAmerika Ovozi teleradiosi O'zbekiston fuqarolariga Amerika va umumiy dunyo bo'ylab yangiliklar beradigan eng qog'osh teleradiolardan biri hisoblanadi. Kanalda mamlakatimiz bo'ylab amaliy maqolalar, tadbirlar haqida haqiqiy va samarali ma'lumotlar, intervyular, musiqa va boshqa ko'p narsa uchun xizmatlar mavjud. nnAgar siz Amerika Ovozi teleradiosi to'g'risida so'nggi yangiliklarni o'z telegram platformangizda ko'rishni istasangiz, unda @voauzbek kanaliga obuna bo'ling. Bu erda teleradiosi rasmiy sayti, Facebook sahifasi, YouTube kanali, Odnoklassniki sahifasi hamda Instagram sahifasiga havolalar mavjud. Sizga Amerika Ovozi teleradiosi to'g'risida yangiliklar va ma'lumotlar telegram orqali tezlik bilan yetkaziladi. Obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling!

Amerika Ovozi

21 Nov, 23:36


AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi Rossiyaning xalqaro moliya tizimidan foydalanishini cheklash bo'yicha "Katta yettilik" tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarishda yana bir muhim qadam tashladi.

Boshqarma Gazprombank, xalqaro aloqalarga ega 50 dan ortiq Rossiya banklari, 40 dan ortiq Rossiya qimmatli qog'ozlar registratorlari va 15 Rossiya moliya xodimlariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilindi.

Shuningdek, Kreml tomonidan yaratilgan va sanksiyalardan qochish uchun foydalaniladigan Rossiyaning Moliyaviy xabarlarni uzatish tizimiga (SPFS) nisbatan ham sanksiyalar qo'llanilishi mumkinligi haqida ogohlantirish e'lon qilindi.

@voauzbek

Amerika Ovozi

09 Nov, 17:51


Xamas va Isroil muzokaralar stoliga qaytishga "samimiy tayyorligini" ko'rsatmaguncha, Qatar G'azoda sulhga erishish bo'yicha kelishuvga vositachilik qilishni to'xtatishini ma'lum qildi.

Fors ko'rfazi mamlakatiga ko'ra, Xamasning Doxadagi siyosiy idorasi "ortiq o'z maqsadi yo'lida xizmat qilmayapti".

@voauzbek

Amerika Ovozi

09 Nov, 13:54


Pokiston janubi-g‘arbidagi temir yo‘l vokzalida xudkush terrorchi o‘zini portlatib, kamida 24 kishi, jumladan, askarlar va temir yo‘l xodimlarini o‘ldirgan. 50 ga yaqin odam yaralangan.

Balujiston ozodlik armiyasi bo‘lginchi guruhi hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi. Taqiq ostidagi bu tashkilot uzoq yillardan beri hududni Islomobod nazoratidan chiqarish uchun kurashib keladi.

@voauzbek

Amerika Ovozi

23 Oct, 21:55


Bangladesh prezidenti sobiq bosh vazir Shayx Hasinaning avgust oyidagi iste’fosini so'roq ostiga olishi ortidan mamlakatda yana norozilik harakati kuchaydi. Talabalar guruhi endi prezidentni ham iste'fo berishga chaqirmoqda.

Talaba namoyishchilar Prezident Muhammad Shahobiddinni Hasinaning “fashistik” rejimi bilan hamkorlikda aybladi. Diskriminatsiyaga qarshi talabalar harakati Shahobiddinga iste’foga chiqishi uchun ikki kunlik muddat belgiladi.

@voauzbek

Amerika Ovozi

01 Oct, 22:52


Eron Isroilga o'nlab raketa bombalarini yog'dirdi. Hujum ortidan Tehron Isroilning bir qator xavfsizlik va harbiy obyektlari nishonga olingani haqida bayonot chiqardi. Qurbonlar va yetkazilgan zarar haqida hali aniq ma'lumot yo'q. Eron hujumi Yaqin Sharqda bir yildan beri davom etayotgan qonli mojaroning yanada keskinlashayotganini ko'rsatadi.

Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant bilan telefon suhbatida AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Isroilning Eron, Hizbulloh, G'azoda joylashgan Xamas hamda Yamandagi hutiylar va Eron tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan boshqa guruhlarga qarshi o'zini himoya qilish huquqini AQSh qo'llab-quvvatlashini tasdiqladi.

Isroil Eron hujumiga munosib javob berilishini aytmoqda.

@voauzbek

Amerika Ovozi

28 Sep, 14:27


Livanning Hizbulloh guruhi tashkilot rahbari va asoschilaridan biri Hasan Nasrulloh Bayrutda Isroil havo hujumida halok bo‘lganini tasdiqladi. Ushbu hujumda guruhning yana boshqa qo'mondonlari, shuningdek, Eron Inqilobiy gvardiyasining taniqli generali Abbos Nilforushan ham halok bo'lgan.

Hizbulloh "dushmanga qarshi va Falastinni qo'llab-quvvatlash uchun muqaddas urush davom etishini" e'lon qildi.

@voauzbek

Amerika Ovozi

27 Sep, 02:11


AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Turkmaniston xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi.

"27-sentabr - Turkmaniston xalqi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati nomidan tabriklayman" - dedi u.

Blinken o'z tabrigida AQSh Turkmanistonning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo'llab-quvvatlashda davom etishini ma'lum qiladi.

"Biz zararli gaz chiqindilarini kamaytirish, barqaror mehnat va qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirish, mintaqa bo‘ylab xavfsizlikni mustahkamlash, inson huquqlarini ilgari surish, ta’lim va madaniyat almashinuvlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorligimizdan mamnunmiz. Kelgusi yillarda mamlakatlarimiz xalqlari do‘stligi yanada mustahkamlanishini intiqlik bilan kutamiz", - dedi Blinken.

@voauzbek

Amerika Ovozi

27 Sep, 00:21


O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi “mamlakatning shimoliy hududlarida murakkab vaziyat vujudga kelayotgani”ni e’tiborga olib, vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi.

Diplomatik vakolatxona Isroildagi O‘zbekiston fuqarolariga shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rish, zaruriyatsiz ko‘chaga chiqmaslik, ko‘ngilochar muassasalarga bormaslik va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etgan.

@voauzbek

Amerika Ovozi

26 Sep, 00:38


Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, agar yadroviy davlat bo‘lgan har qanday G‘arb mamlakati Rossiyaga qarshi hujumda Ukrainaga yordam bersa, bu “Rossiya Federatsiyasiga qo‘shma hujum” sifatida baholanishini aytdi.

Putin anchadan beri, agar AQSh va NATO Ukrainaga Gʻarb tomonidan yetkazib berilgan uzoq masofali qurollarni Rossiyaga qarshi ishlatishga ruxsat bersa, bu harakat Rossiya va NATO davlatlari oʻrtasida urush eshigini ochishi mumkinligi haqida ogohlantirib keladi.

@voauzbek