Transport nazorati inspeksiyasi @uztransnazorat Channel on Telegram

Transport nazorati inspeksiyasi

@uztransnazorat


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi

Veb sayt: www.uztn.uz
Murojaat uchun:
E-mail: [email protected]
E-xat: [email protected]

Transport nazorati inspeksiyasi (Uzbek)

Assalomu alaykum, aziz do'stlar! Sizni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining rasmiy Telegram kanalida ko'rishdan xursand qilamiz. Bu kanal orqali transport sohasidagi so'nggi yangiliklar, qonun hujjatlari va talablar bilan tanishishingiz mumkin bo'ladi. Uzr, bu kanal orqali savollar berish va fikrlar bildirish imkoniyati mavjud emas, ammo kerakli ma'lumotlarga tezda ega bo'lishingiz mumkin. Agar sizda transport sohasi bo'yicha savollar yoki takliflar bo'lsa, quyidagi manzillarga murojaat qiling:
Veb sayt: www.uztn.uz
E-mail: [email protected]
E-xat: [email protected]. Biz bilan jamoat tarmoqlarimiz orqali ham aloqaga chiqishingiz mumkin. Eng so'nggi yangiliklar bilan xabardor bo'lishingiz uchun bizni kuzatib boring va doimiy obuna bo'ling. Rahmat!

Transport nazorati inspeksiyasi

29 Jan, 14:38


#transport

🚗 800 000 ga yaqin haydovchi onlayn litsenziya oldi❗️

📱 my.gov.uz portali orqali yo‘lovchi va yuk tashish uchun litsenziya olish jarayoni oson va qulay ekaniga siz ham guvoh bo‘ling!

🪪 2024-yil yakuniga qadar 800 000 ga yaqin litsenziya onlayn tarzda rasmiylashtirildi.

📍 Eng ko‘p litsenziya olgan hududlar: Toshkent shahri, Buxoro va Andijon viloyatlari bo‘ldi.

🚘 Eslatma: 2030-yil 1-yanvarga qadar elektromobil va gibrid avtomobillarda yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya varaqalari bepul beriladi!

👉 litsenziya olish uchun:

1️⃣. my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘ting;
2️⃣. "Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya" xizmatini tanlang va ariza bering.

▶️Litsenziya olish tartibi bilan videoqo‘llanmada tanishing: https://youtu.be/PtmXBQF6BkA

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

Transport nazorati inspeksiyasi

29 Jan, 10:53


#Rahbar_va_yoshlar

Yoshlarning har bir taklifi inobatga olindi

⚡️Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i J.Karimov yosh xodimlar bilan uchrashib, ularning taklif va mulohazalarini tingladi. “Rahbar va yoshlar” rukni ostidagi tadbirda inspeksiya rahbari mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga bo‘lgan e’tibor va ularni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ilg‘or g‘oyalari, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish, yoshlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar o‘tkazib borish zarurligini ta’kidladi.

🏆Yoshlar orasida turli madaniy tadbirlarni ko‘paytirish, futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka musobaqalari, zakovat o‘yinlarini o‘tkazish, musobaqalar g‘oliblarini rag‘batlantirish maqsadida qadimiy shaharlarimizdagi tarixiy obidalarga sayohatlar tashkil etish rejalashtirilgani barcha ishtirokchilarni birdek quvontirdi.

🔹Shundan so‘ng yosh xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan inspeksiyaga boshlig‘iga murojaat qilishdi, taklif va mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. Markaziy apparat va hududiy bo‘limlarda faoliyat yuritgan yoshlar Nukus shahridagi I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat san’at muzeyiga, G‘alaba bog‘iga sayohatlar uyushtirish, sport bilan shug‘ullanish uchun imkoniyatlarni kengaytirish, xorijiy tillarni o‘zlashtirish, OAV xodimlari bilan muloqotda zarur ko‘nikmalarni egallashda amaliy yordam berish kabi ko‘plab takliflarini bildirishdi.

🗣Inspeksiya boshlig‘i bildirilgan barcha takliflar albatta inobatga olinishi, ya’ni hayotga tatbiq qilinishini ma’lum qilib, bu borada mas’ullarga tegishli ko‘rsatma berdi. Inspeksiya rahbariyati bilan yosh xodimlarning uchrashuvi yil davomida muntazam tashkil etishi belgilandi.

#yangiliklar
🌐 Uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе

Transport nazorati inspeksiyasi

29 Jan, 07:57


Transport nazorati inspeksiyasida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish, aholi bilan yo`lga qo`yilgan muloqotni yanada takomillashtirishga alohida e`tibor qaratilmoqda

Transport nazorati inspeksiyasiga 2024-yil davomida Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 3165 ta murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlar asosan quyidagi yo`nalishlarni qamrab olgan:

895 ta - yo`l kira narxi bo`yicha;
1039 ta – noqonuniy yo`lovchi tashiyotganlarga nisbatan reyd tadbirlari o`tkazish;
279 ta – yo`nalishning oxirgi bekatiga borilmayotgani va harakat jadvaliga rioya qilishini nazorat qilish bo`yicha;
43 ta – yo`l qazish ishlari bo`yicha.

Inspeksiyada jami ko‘rib chiqilgan murojaatlar natijalariga ko‘ra:

1374 tasi to‘liq qanoatlantirilgan;
1430 tasiga tushuntirish berilgan;
274 tasiga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan;
48 tasi ko‘rib chiqilishi tugatilgan;
14 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan yoki anonim bo‘lgan.

Batafsil ma`lumotlar bilan infografikada tanishib olishingiz mumkin.

#yangiliklar
🌐 Uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе

Transport nazorati inspeksiyasi

28 Jan, 15:07


Yo’l haqini oson va qulay tarzda to'lang!

Toshkent shahri jamoat transportida yo‘l haqini elektron shaklda quyidagi usullardan foydalanib, tez va oson to‘lash mumkin:

✔️ Umumiy va ijtimoiy ATTO transport kartalari — UzPost yoki metro kassalarida xarid qilish mumkin.
✔️ UZCARD, Humo bank kartalari va xalqaro MasterCard, Visa, UnionPay.
✔️ “ATTO” ilovasida virtual karta — hech qanday jismoniy kartalarsiz, hammasi telefonda!
✔️ Tezkor toʻlovlar uchun Uzum Bank, Click va Plum ilovalari.

O’z usulingizni tanlang va yo'lga chiqing!

Оплачивайте проезд легко и удобно!

Пассажиры общественного транспорта Ташкента могут оплачивать проезд быстро и просто:

✔️ Общие и социальные карты АТТО — приобрести можно в UzPost или кассах метро.
✔️ Банковские карты UZCARD, Humo и международные MasterCard, Visa, UnionPay.
✔️ Виртуальная карта в приложении АТТО — никаких физических карт, все в телефоне!
✔️ Приложения Uzum Bank, Click и Plum для мгновенной оплаты.

Выбирайте свой способ и отправляйтесь в дорогу!

Transport nazorati inspeksiyasi

28 Jan, 13:22


#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar – yuk avtomobillarining vazn va hajm parametlariga rioya qilishi, xorijiy tashuvchilarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarida yo‘lovchilar va yuklarni O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar o‘rtasida tashish (kabotaj tashuvlari), haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish tafsilotlari Buxoro MTRK telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturida yoritildi.

#yangiliklar
🌐 Uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе

Transport nazorati inspeksiyasi

28 Jan, 11:22


Transport-logistika tizimi yanada rivojlantiriladi

“O'zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-28-son, 27.01.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko'ra, O'zbekistonning transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo'yicha “yo'l xaritasi” tasdiqlandi.

✔️ Quyidagilarni nazarda tutuvchi asosiy maqsadli ko'rsatkichlar va indikatorlar belgilandi, jumladan:

🔹avtomobil, temir yo'l va havo transportida xalqaro yuk tashish umumiy hajmini kamida 2 baravarga oshirish;

🔹transport va logistika xizmatlari eksportini 2 baravargacha oshirish;

🔹konteynerlarda yuk tashish ulushini kamida 1,5 barobarga oshirish;

🔹Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida (LPI) O'zbekistonning o'rnini 55-pog'onadan past bo'lmagan darajagacha ko'tarish.

📜 Yuklarni xalqaro tashishni tashkil etishda transport-ekspeditorlik xizmatlariga QQS nol stavkada qo'llanadi.

🗓 2025-yil 1-iyundan Davlat chegarasi orqali avtomobil o'tkazish punktlarida avtotransport vositalarining elektron navbat tizimi joriy etiladi.

Batafsil


_____________________________

Транспортно-логистическая система будет ещё больше развиваться


Принято постановление Президента "О мерах по дальнейшему развитию транспортно-логистической системы Республики Узбекистан" (ПП-28, 27.01.2025 г).

В соответствии с постановлением утверждены Концепция развития транспортно-логистической системы Узбекистана до 2030 года и "дорожная карта" по ее реализации.

✔️ Определены основные целевые показатели и индикаторы, предусматривающие, в том числе:

🔹не менее чем в 2 раза увеличить общий объем международных грузоперевозок автомобильным, железнодорожным и воздушным транспортом;

🔹 увеличение экспорта транспортных и логистических услуг в 2 раза;

🔹увеличить долю грузоперевозок в контейнерах не менее чем в 1,5 раза;

🔹Повышение позиции Узбекистана в Индексе эффективности логистики (LPI) Всемирного банка не ниже 55-го места.

📜 При организации международных перевозок грузов НДС на транспортно-экспедиторские услуги применяется по нулевой ставке.

🗓 С 1 июня 2025 года в пунктах пропуска через Государственную границу будет внедрена система электронной очереди автотранспортных средств.

Поробнее

Transport nazorati inspeksiyasi

28 Jan, 04:37


DIQQAT VAKANSIYA

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi quyidagi lavozimga ochiq tanlov e'lon qiladi:

Yuridik bo`lim Bosh yuriskonsulti.

🌐 Uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе

Transport nazorati inspeksiyasi

27 Jan, 16:17


Президент Шавкат Мирзиёев “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил иқтисодиёт” йилининг давлат дастури лойиҳаси юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по проекту Государственной программы «Года охраны окружающей среды и «зеленой экономики».

#Mirziyoyev #yigilish #davlatdasturi #yashiliqtisodiyot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Transport nazorati inspeksiyasi

27 Jan, 10:08


#Buxoro_viloyati
#Reyd

Belgilangan me’yorlarga amal qilmaslik javobgarlikka sabab bo‘ladi

⚡️Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari Yo‘l harakati xavfsizligi hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan hamkorlikda yuk avtomobillarining vazn va hajm parametrlariga amal qilishi yuzasidan muntazam ravishda qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazib kelishmoqda.

🚨 Ortda qolgan 2024-yil davomida respublika bo‘ylab o‘rnatilgan ko‘chma va statsionar tarozilardan 884 mingdan ziyod avtombillar nazoratdan o‘tkazildi hamda belgilangan me’yorlardan ortiqcha yuk bilan harakatlangan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzildi.

#yangiliklar
🌐 Uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе

Transport nazorati inspeksiyasi

27 Jan, 06:37


#Qashqadaryo_viloyati
#Profilaktika

Harakat xavfsizligini ta’minlashda nimalarga e’tibor qaratish kerak?

⚡️Transport nazorati inspeksiyasi Temir yo‘l transportida nazorat Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi, "Temiryo‘linfratuzilma" AJ "Termiz MTU" qarashli Darband stansiyasida poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha infratuzilma korxonalari ishchi xodimlari, "Yagona dispecherlik markazi" poezd dispecherlari hamda IIB XTB xodimlari ishtirokida kengaytirilgan seminar tadbiri o‘tkazildi.

🔹Seminarda harakat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning takrorlanishini oldini olish bo‘yicha tushuntirish berildi.

#yangiliklar
🌐 Uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе

Transport nazorati inspeksiyasi

24 Jan, 14:47


⚡️Joriy yilning 22-yanvar kuni "Poyezdlar harakati xavfsizligi" kunida Transport nazorati inspeksiyasi boshligʻi Jamshid Karimov “Temiryoʻlekspress” AJ ga tashrif buyurdi.

🔹Tashrif davomida “Temiryo‘lekspress” AJ bosh direktori D.X.Xojiakbarov harakat xavfsizligini ta'minlash hamda tizim samaradorligini oshirish va jamiyatning elektropoyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

📌Shu bilan birga yuqori tezlikdagi temiryo‘l transportining samarali ishlashini ta’minlash, hamda transport tizimining rivojlanishiga qaratilgan strategik loyihalar haqida ma’lumotlar berildi.

#yangiliklar
🌐 Uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе

Transport nazorati inspeksiyasi

24 Jan, 11:22


#Live

🔹 Majlisda transport sohasida davlat nazoratini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilmoda.
_______________________

🔹 На заседании концептуально в первом чтении рассматривается законопроект, направленный на совершенствование системы организации транспортного обслуживания.

Veb-sayt| Telegram |Facebook |  YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO

Transport nazorati inspeksiyasi

24 Jan, 11:22


#Live

🔹 Ushbu qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga temir yo‘l transporti va metropolitenda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi qoidalarini buzish, haydovchilarining mehnat va dam olish rejimini nazorat qiluvchi nosoz qurilmadan (taxografdan) foydalanish, haydovchining mehnat va dam olish rejimini buzish uchun javobgarlik belgilanmoqda.

🔹 Shu bilan birga, avtomobil transportida yo‘lovchilarni muntazam yo‘nalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnomasiz yo‘lovchi tashish, belgilangan yo‘l haqi tariflarini oshirish, muntazam yo‘nalish bo‘yicha tasdiqlangan qatnov jadvaliga amal qilmaslik, belgilangan harakat hamda yuk bilan yoki yuksiz holdagi gabarit o‘lchamlari, shuningdek, umumiy haqiqiy vazni, o‘qqa tushuvchi og‘irligi belgilangan normalardan oshirgan holda yo‘lga va ruxsatnomada ko‘rsatilgan harakat yo‘nalishidan chetga chiqish uchun javobgarlik nazarda tutilmoqda.
_______________________

🔹 Законопроектом предусмотрена ответственность Кодексом об административной ответственности за нарушение правил безопасности грузовых и пассажирских перевозок на железнодорожном транспорте и в метрополитене, использование неисправного устройства (тахографа), а также нарушение режима труда и отдыха водителей.

🔹 При этом предусматривается ответственность за осуществление перевозок автомобильным транспортом по регулярным маршрутам без бланков разрешений на право проезда, превышение установленных ставок тарифа, не соблюдение утвержденного графика движения на регулярных маршрутах, выезд на дорогу на транспортных средствах, габаритные параметры которых с грузом или без груза, а также общая фактическая масса, осевые нагрузки превышают установленные нормы, без наличия соответствующего разрешения, а равно с отклонением от маршрута движения, указанного в разрешении.

Veb-sayt| Telegram |Facebook |  YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO

Transport nazorati inspeksiyasi

24 Jan, 11:22


#Live

🔰 Deputatlarning aytishicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi transport sohasidagi xizmatlar sifatini oshirish, yo‘lovchilar uchun muntazam yo‘nalishlarda maqbul narxlarda tashish jarayonlarini olib borish, avtomobil yo‘larini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’minlash jarayonlaridagi o‘zboshimchiliklarni oldini olish, yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlarida xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
_______________________

🔰 По мнению депутатов, принятие законопроекта послужит повышению качества услуг в сфере транспорта, осуществлению процессов перевозки пассажиров на регулярных маршрутах по доступным ценам, не допущения самовольности в процессе строительства, реконструкции и содержания автомобильных дорог, а также обеспечению безопасности при пассажирских и грузовых перевозках.

Законопроект принят в первом чтении.

Veb-sayt| Telegram |Facebook |  YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO

Transport nazorati inspeksiyasi

24 Jan, 10:06


#Yalpi_majlis

☝️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |Facebook |  YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO

Transport nazorati inspeksiyasi

24 Jan, 07:21


#Yalpi_majlis

☝️Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Majlis Qonunchilik palatasining rasmiy veb-sayti, youtubedagi kanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.
_______________________

☝️ Началось очередное заседание Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан. Заседание транслируется в прямом эфире на официальном веб-сайте и YouTube-канале Законодательной палаты.

Veb-sayt| Telegram |Facebook |  YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO

Transport nazorati inspeksiyasi

23 Jan, 16:51


Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ипотека дастури доирасида 2024 йилда амалга оширилган ишлар ва 2025 йилги режалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по обсуждению итогов проделанной в 2024 году работы в рамках ипотечной программы, а также планов на 2025 год.

#Mirziyoyev #videoselektor #uyjoy #ipoteka

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X