Toshkent transport texnikumi o'quvchilarini o'zbek xalqining maʼnaviy-madaniy hayoti, ajdodlarning ijodiy merosi bilan tanishtirish hamda kitob mutolaasiga bo`lgan qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyiga ekskursiya uyushtirildi. Muzey ko‘rgazmalari temuriylar davri ekspozitsiyasi hamda Alisher Navoiy ijodidan boshlangan. O'quvchilar “Hamsa”ning qo‘lyozma, foto va ko‘chirilgan nusxalari, dostonlarga ishlangan miniatyuralar, Navoiy asarlarining turli davrlarda ko‘chirilgan nusxalari, Hofiz, Nizomiy, Firdavsiy, Xusrav Dehlaviylarning bir qancha qo‘lyozmalari bilan tanishdilar. Muzeyda Zebuniso, Turdi, Nodira, Uvaysiy, Mahzuna she’rlaridan namunalar, jami 200 dan ortiq o‘zbek shoir va yozuvchilar ijodiy yo‘lini yorituvchi ko‘rgazmalarni qiziqish bilan tomosha qildilar. O‘quvchilar o‘zbek adabiyotiga bo‘lgan qiziqishlari ortgan holda muzeydan talaygina taassurotlar bilan qaytdilar.