QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI @minstroyuz Channel on Telegram

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

@minstroyuz


O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining rasmiy kanali

☎️ 1298
🌐 http://www.mc.uz/
📲 https://www.facebook.com/minstroyuz
https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/
Mail: [email protected]
Toshkent sh. Abay k. 6-uy

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI (Uzbek)

Channelling the expertise and information from the official Ministry of Construction and Communal Services of the Republic of Uzbekistan, the Telegram channel '@minstroyuz' is dedicated to providing valuable insights and updates on the construction and housing sector.

With a direct line for inquiries at ☎️ 1298, the channel serves as a central hub for citizens, professionals, and stakeholders interested in the development of infrastructure and communal services within the country. Through their website http://www.mc.uz/ and social media platforms on Facebook (https://www.facebook.com/minstroyuz) and Instagram (https://www.instagram.com/qurilishvazirligi/), the Ministry ensures easy access to resources and communication channels.

Whether you are looking to stay informed on the latest projects, policies, or advancements in the field, '@minstroyuz' is your go-to source. For any inquiries or collaborations, reach out via email at [email protected] or visit their office at Toshkent sh. Abay k. 6-uy. Stay updated, stay connected with the Ministry of Construction and Communal Services of Uzbekistan through their official Telegram channel.

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

28 Jan, 15:26


#BU_MUHIM

💧Suv hisoblagich yoki undagi nazorat tamg’asiga shikast yetganda nima qilish kerak?

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

28 Jan, 15:09


#XALQARO_HAMKORLIK

🟢 Bugun “O’zshaharsozlikLITI” DMda IFC tashkiloti hamda vazirlik huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

O’zaro muloqotda
joriy yilning 30-yanvar kungi o‘quv seminarini tashkil qilish yuzasidan takliflar o‘rganildi.

Shuningdek, idoralararo ishchi guruh yig‘ilishini o’tkazish va unda muhokama qilinadigan kun tartibidagi masalalarga e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida 2025-yilda amalga oshiriladigan “Harakatlar rejasi”, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish kabi jihatlar haqida ham fikrlar bildirildi.

🟢Grant dasturga koʻra IFC tomonidan 230.000$ mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan bo‘lib, bu 3 ta komponentni qamrab oladi.

1-komponent: 2.07.05-19 “Yashil qurilish.Turar-joy va jamoat binolari” (SHNQ)ni xalqaro talablar asosida takomillashtirish;
- yashil binolar loyihalari boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hamda standartlar bazasini xalqaro normalar bilan uygʻunlashgan holda ishlab chiqish;
2-komponent: salohiyatni oshirish, ya’ni bino va inshootlarda energiya samaradorligi yuzasidan seminar-treninglar tashkil qilish;
3-komponent: “Yashil” binolardan foydalanuvchilar uchun imtiyozlar tizimini yaratish kabilardir.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

28 Jan, 14:15


"Qishloqqurilishloyiha" DM faoliyatiga nazar


Rasmiy sahifalarimizga a’zo bo’ling👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

28 Jan, 13:52


#JARAYON

📍Avval xabar berganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Navbatdagi manzil Termiz tumani “Yangi Oʻzbekiston” massivida barpo etilayotgan Termiz pedagogika universiteti boʻldi. Bu yerda qurilish me’yorlariga amal qilinmayotgani tanqid qilindi. Vazir oʻrinbosari eng avvalo, quruvchilarning hayoti va xavfsizligi muhim ekanini, ishchilarni maxsus ust-bosh bilan taʼminlash lozimligini taʼkidladi. Shu bois obyekt masʼullariga qurilish madaniyati va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, oliygoh oʻz nomiga monand boʻlishi qayd etildi.

“Bu yerdan kelajagamiz liderlari yetishib chiqadi. Universitet esa ularning taʼlim olishlari uchun qulay, xavfsiz hamda kamchiliklarsiz boʻlishi kerak”, - deya taʼkidladi Toir Alimatov.

Bundan tashqari energosamaradorlik qoidalariga amal qilish zarurligi qayd etildi. Jarayonda hududiy inspeksiya mutaxassislariga tegishli koʻrsatmalar berilib, aniqlangan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish lozimligi tushuntirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

28 Jan, 10:51


📹 #ONLAYN

🏘 Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi. Ishchi guruhining dastlabki manzili Termiz tumanidagi “Yangiobod” MFY hududida barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi boʻldi.

Vazir oʻrinbosari hududni koʻzdan kechirish davomida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni koʻrsatib oʻtdi. Shuningdek, obyekt masʼullariga qurilish madaniyati va xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish hamda binolarni oʻz vaqtida, sifatli topshirish zarurligi yana bir karra tushuntirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

24 Jan, 16:11


#Xalqaro_hamkorlik

🔝 Lift uskunalaridan foydalanishda Turkiya tajribasini o'rganish hamda Yevropa standartlarini O'zbekistonda joriy etish maqsadida tuzilgan ishchi guruh Turkiya davlatining Anqara shahrida bo'lib turibdi.

“Liftlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni
tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasini jahon talablari asosida takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan hamkorlik loyihasida vazirlikning ayni yo’nalishdagi mutaxassislari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Jarayonda liftlarga texnik xizmat ko’rsatish sohasini raqamlashtirish, dispetcherlik xizmati va tizimda professional mutaxassislarni tayyorlash yuzasidan Turkiya tajribasi o’rganilmoqda.

Shuningdek, mamlakatimiz delegatsiyasi Anqara shahridagi Turk standartlari institutida bo’lib, liftlar ekspluatatsiyasiga qo’yilgan majburiy talablar bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

24 Jan, 14:10


#BU_MUHIM

Endi qurilish materiallarining sifati nazorati yanada ishonchli bo'ladi

Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining Kompleks sinov laboratoriyasi “Malakani tekshirish provayderi” sifatida akkreditatsiya qilindi. Bu nafaqat mamlakatdagi qurilish sifatini yangi bosqichga olib chiqadi, balki xalqaro bozorda raqobatbardoshlikni oshirishga ham hissa qo‘shadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

24 Jan, 11:57


#OAV_NIGOHIDA

🏠 Aholini uy-joy bilan ta’minlash yanada kengayadi

😄 Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi bo'lim boshlig'i Davron Miliyev hamda Uy-joylar qurilishini rivojlantirish bo'limi mas'uli Elyor Kamilovlar "O'zbekiston 24" telekanalining "Studiya 24" ko'rsatuvida ishtirok etishdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

24 Jan, 10:34


Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ипотека дастури доирасида 2024 йилда амалга оширилган ишлар ва 2025 йил учун режалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.

Батафсил — юқоридаги #инфографикада

Facebook|Instagram|X

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

24 Jan, 07:18


"O‘zshaharsozlik LITI" DM - kecha, bugun va ertaga.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇


🌐Website | 🌐Instagram

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

24 Jan, 06:53


#OAV_NIGOHIDA

🏠 Ko'p qavatli turar-joylar barpo etilmoqda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

24 Jan, 06:31


Ko‘p qavatli uylar yerto‘lasidan samarali foydalaniladi (+video)

Har bir tadbirkorni o‘ylantiradigan muhim bir masala borki, u ham bo‘lsa faoliyat boshlash uchun qulay joy topishdir. Ko‘pchilik yangi ish boshlagan ishbilarmonlar sarmoyasini inshoot qurish uchun sarflagisi kelmaydi.

🎥 https://youtu.be/W8GV6i9lWlg

Batafsil: https://uza.uz/posts/681000

📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

24 Jan, 05:46


#Infografika

📌 Sohadagi amaliy islohotlar raqamlarda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

24 Jan, 05:28


#Hududlardan_xabarlar

Qoraqalpoqning "Go‘zal hayot" qo‘shig‘i


📍 Nukus shahrida "Go‘zal hayotga qadam, o‘zimizning oilamizdan boshlanadi" shiori asosida seminar bo‘lib o‘tdi. "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot" yilida aholi orasida do‘stona muhitni shakllantirish, birlik va hamjihatlik, tabiatga muhabbat, baxtiyor turmush insonlarnig o‘z qo‘lidaligini targ'ib qilishga mo'ljallangan tadbir yorqin taassurotlarga boy bo'ldi.

Seminar Nukus shahrining "Gulzor" mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylarning kirish yo'laklarini obodonlashtirish ishlari bilan boshlandi. Uylarga xizmat ko'rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyalari bilan hamkorlikda, fuqoralarni jamoaviy jalb etib, yashash o‘rinlarini obod manzil va "ko‘rgazma saroy"ga aylantirishga o‘z hissasini qo‘shishga undadilar. Natija kutilgandan ham a'lo bo'ldi.

Bunday tadbirlarni barcha mahallalarda tashkil etishga kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

22 Jan, 15:33


#lifehack

⚡️Xonadoningizda issiqlikni saqlash uchun yana bir foydali ma’lumot!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

22 Jan, 13:59


#Avtomobilsiz_kun

🚗 AVTOMOBILSIZ KUN: QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI AKSIYADA FAOL QATNASHDI!

🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida o'tkazilgan "Avtomobilsiz kun" tadbirida vazirlik rahbariyati, markaziy apparat va tizim tashkilotlari, xususan, "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish" Respublika markazi, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari birdamlik asosida faol ishtirok etishdi. Mutaxassislar piyoda hamda jamoat transportidan foydalangan holda ish joyiga yetib keldilar.

Mazkur jamoatchilik loyihasini amalga oshirish aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, atrof-muhitga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli ta'sirini kamaytirish hamda shahardagi transport vositalari tirbandligini qisqartirishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatli. Vazirlik mamlakatimiz ekologik muhitini yaxshilashda barchani aksiyada faol bo'lishga chorlaydi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

22 Jan, 09:45


#BU_MUHIM

🏠 Endi yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning qonuniy yoki noqonuniy ekanligini bilib olish imkoniyati yaratildi.

Bunda obyektlarda o‘rnatilayotgan QR kodni skaner qilish kifoya.

2025-yil 1-yanvardan test rejimda ishga tushirilgan mazkur QR kodli elektron pastport obyektlarda bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

22 Jan, 07:50


#Hududlardan_xabarlar

🏗 Bunyodkorlik

✔️ Navoiy viloyati hokimligi hamda qurilish sohasi mutasaddilari bilan birgalikda shahar va tumanlardagi bunyodkorlik ishlari o‘rganilmoqda.

Xususan, G‘ozg‘on shahri hududida bunyod etilayotgan obyektlar, jumladan, shahar hokimligi, prokuratura, markaziy shifoxona binolari ko‘zdan kechirildi. “Shayxon” MFY hududidagi qadimiy tog‘ning yonbag‘ri bo‘ylab “Shohimardon” qadamjosiga olib boradigan yo‘l qurilishi hamda uning atrofini obod qilish, bunyodkorlik ishlari hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish obyektlari bo‘yicha taklif – loyihalar bilan tanishildi. Jarayonda quruvchilarga lozim bo‘lgan tavsiyalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

22 Jan, 07:14


#JARAYON

🏘 Ma'lum qilinganidek, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva respublikaning barcha hududlarida ko'p kvartirali uylarga xizmat ko'rsatish, issiqlik ta'minoti tizimi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o'rganmoqda.

Navbatdagi manzil Andijon viloyati "Yangi Andijon" shahri bo'ldi. Shahar qurilishi bundan 4 yil avval qir-adirlarni o‘zlashtirish va tuproq ishlarini bajarishdan boshlangan edi. Hozirga qadar 100 ga yaqin uy-joylar foydalanishga topshirilib, mazkur uylarda 2 000 nafardan ortiq aholi istiqomat qilmoqda.

Ozoda Jo'rayeva shaharda tashkil etilgan "Yangi Andijon obod servis" BSK faoliyati bilan yaqindan tanishdi. So'nggi talablar va sharoitlar bilan ish boshlagan kompaniyaning boshqaruv binosi, moddiy-texnika bazasi, aholi uchun yaratilgan qo'shimcha imkoniyatlarni ko'zdan kechirdi. Yangi uylarga individual issiqlik punktlari (IIP) o'rnatilgan bo'lib, kompaniya issiqlik ta'minoti korxonalari bilan hamkorlikda mazkur yo'nalishda ham mulkdorlarga xizmat ko'rsatib kelmoqda.

- Bu yangi joylar, obod makonlar hurmatli yurtboshimizning xalqchil o'y-fikrlari asnosida qad rostlamoqda. Haqiqatan mamlakatimizda inson qadri, uning yaxshi sharoitlarini ta'minlash bugun asosiy mezonga aylanib ulgurdi. Bizning vazifamiz ana shu imkoniyatlarni yanada takomillashtirish, yurtdoshlarimizga sifatli xizmat ko'rsatishdan iborat, - dedi vazir o'rinbosari.

Jarayonda boshqaruv organi mas'ullariga ish samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Bunda tadbirkorlikni rivojlantirish, qo'shimcha servis xizmatlari turlarini ko'paytirish lozimligiga alohida urg'u berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

12 Jan, 06:03


#Dayjest

📌 Hafta dayjesti: qurilish va kommunal sohada ro'y bergan muhim voqealar tafsilotlari

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

11 Jan, 16:07


#JARAYON

📍Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlaridan kelgan boshqaruv organlari rahbarlari uchun bo’lib o’tgan amaliy seminar sohada samaradorlikni oshirish, sog’lom raqobat muhitini shakllantirish va o’zaro tajriba almashishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbir yakunida bunday seminarlarni muntazam o’tkazib borishga kelishib olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

11 Jan, 15:20


#JARAYON

🔗 Seminar ishi poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari faoliyatini o’rganishga bag’ishlangan amaliy qism bilan davom etdi.

Unda boshqaruv organlari rahbarlar o’z faoliyatini tizimli yo’lga qo’ygan va bugungi kunda aholiga zarur talablar asosida xizmat ko’rsatayotgan “Olmazor holding grand” hamda “Eco home” BSKlari ish jarayoni bilan tanishdilar. Mazkur kompaniyalar tomonidan keng yo’lga qo’yilgan tadbirkorlik hamda qo’shimcha servis xizmatlar ko’zdan kechirildi.

🏠 Ta’kidlash lozimki, Toshkent viloyatida jami 5 033 ta ko‘p kvartirali uy mavjud bo’lib, mazkur uylar 165 080 ta xonadondan iborat. Bugungi kunda ushbu uylarga 95 ta BSK hamda 12 ta uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat ko‘rsatib keladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

11 Jan, 10:58


#MUNOSABAT

😎 Bugun “GENERALISSIMUS” telegram kanali orqali eʼlon qilingan “Tadbirkorlik sohasida kichik bir muammoni bartaraf etish toʼgʼrisida”gi murojaat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Maʼlumki, Kompetensiyani rivojlantirish institutida shaharsozlik va uy-joy kommunal soha mutaxassislarini oʼqitish uchun oflayn va masofaviy taʼlim shakllari joriy etilgan. Masofaviy taʼlim shakli uchun institutda maxsus elektron platforma yaratilgan boʼlib, oʼquv kontentlari ushbu platformaga toʼliq joylashtirilgan. Mazkur taʼlim shakli orqali hududlardan keladigan soha mutaxassislarining ortiqcha ovoragarchiliklarining (Toshkent shahriga kelib-ketish, mehmonxona, oziq-ovqat va boshqa toʼlov xarajatlari) oldi olinmoqda.

Shuningdek, Bilim va malakalarni baholash agentligining hududiy boshqarmalarida tinglovchilarning yakuniy test sinovlarini topshirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Yana shuni maʼlum qilamizki, tegishli qaror ijrosi yuzasidan 2024-yilda Namangan, Fargʼona va Аndijon viloyatlaridagi soha mutaxassislarini oʼqitish uchun Namangan shahrida, Samarqand, Jizzax, Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi mutaxassislar uchun Samarqand shahrida Kompetensiyani rivojlantirish institutining filiallari tashkil etilgan va bugungi kunda oʼz faoliyatini koʼrsatmoqda.

➡️ Ushbu filiallarda buyurtmachi tashkilotlarning texnik nazoratchilari, pudrat tashkilotlarining ichki nazoratchilari, loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislari, shuningdek, loyiha bosh arxitektorlari va bosh muhandislari kabi mutaxassislarni oʼqitish yoʼlga qoʼyilgan.

🗺Yaqin kunlarda Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun Nukus shahrida, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi mutaxassislarni oʼqitish uchun Termiz shahrida filiallarni tashkil qilish boʼyicha ishlar olib borilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

11 Jan, 09:03


📹#Onlayn

Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari uchun amaliy seminar tashkil etildi

🏘 Ayni damda mazkur seminar doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirining o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tmoqda.

Tanqidiy ruhda o’tkazilayotgan yig’ilishda boshqaruv organlarining aholi oldidagi mas’uliyatiga alohida urg’u berildi. Bu borada so’nggi paytlarda Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida sustkashliklar kuzatilayotgani, bu esa bevosita sohada olib borilayotgan islohotlarga zid ekanligi ta’kidlandi.

- Davlatimiz rahbari tomonidan yurtdoshlarimizning turmush tarzini yaxshilashga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Shu asnoda sizlarga qator imkoniyatlar, imtiyozlar berilmoqda. Sohani takomillashtirish, bor resurslarimizdan oqilona foydalanish orqali biz ko’zlagan maqsadimizga erishamiz, - dedi Ozoda Jo’rayeva.

Ta’kidlash lozimki, seminar bugun Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi boshqaruv organlarida davom etadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

09 Jan, 06:20


#Hududlardan_xabarlar

☯️ Xalqaro aloqalar kengayib, infratuzilma rivojlangani sari Farg‘ona viloyatining turizm salohiyati ham oshib bormoqda. Ana shunday jozibador maskanlardan biri shubhasiz, Fargʻona tumanidagi Oʻzbekiston Shveysariyasi Shohimardon va Yordon qishloqlaridir.

Ushbu hududning toza havosi, daryolari, qorli togʻlari, xushmanzara daraxtzorlari bois yilning barcha faslida maroqli hordiq chiqarish mumkin. Mazkur manzilning geografik joylashuvi va iqtisodiy "drayverlari"ni aniqlagan holda yuqori daromadli investitsiya loyihalarini va xizmatlar sohasini yanada rivojlantirib, qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish, turizm (ekoturizm) majmualari hamda dam olish maskanlarini iqtisodiy rivojlantirishni yaqin, oʻrta va uzoq muddatlarga rejalashtirish mexanizmlarini oʻzida aks ettirgan master reja ishlab chiqish maqsadida Fargʻona viloyat hokimligi Loyiha ofisi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi, Kadastr agentligi, Turizm boshqarmasi, tuman hokimligi, loyiha tashkiloti xodimlari hamda boshqa sohaga doir mutasaddilar Fargʻona tumanining Shohimardon va Yordon qishloqlarida boʻlishdi.

Loyiha tashkiloti mutasaddilariga Master-rejada investitsiya loyihalarining zamonaviy arxitektura va dizayn talablari asosida oʻzaro bogʻliq loyihaviy yechimlari hamda xalqaro tajribadan kelib chiqib, ekoturizm turlarini joylashtirish orqali keluvchilarga qulaylik yaratish va hududni kelajakda oʻziga xos turizm maskaniga, xususan, yil davomida dam olish hamda yashash mumkin boʻlgan joyga aylantirish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

09 Jan, 04:48


#BU_MUHIM

📣 Diqqat! Qurilish sohasida loyiha faoliyati bilan shugʼullanuvchi tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

08 Jan, 15:09


#Sarhisob

🔠 Hududlarda faoliyat yuritayotgan 498 ta qozonxonalar va 3 500 km issiqlik tarmoqlari tomonidan 16 mingga yaqin ko‘p qavatli uylarga hamda 4 mingdan ortiq ijtimoiy soha obyektlariga 7,7 mln geko kaloriya issiqlik energiyasi va issiq suv yetkazib berilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

08 Jan, 14:11


#Sarhisob

📌 Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 1 571 ta ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlarida qurilish, ta’mirlash hamda jixozlash ishlari amalga oshirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

08 Jan, 13:46


#OAV_NIGOHIDA

😄 Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini belgilash bo'yicha anjuman

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

08 Jan, 11:25


#Sarhisob

🔴 Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish Dasturi doirasida 2 444 ta obyektda davlat budjeti hisobidan qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

08 Jan, 11:04


#JARAYON

Xabar berganimizdek, Nukus shahrida “Loyiha va qurilish tashkilotlarining reytinglarda ishtiroki hamda xatolari” mavzusida seminar tashkil etildi.


☺️ Maʼlumki, Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi sohani raqamlashtirish faoliyatini olib boradi va markaz tomonidan yaratilgan platformalar orasida qurilish–pudrat tashkilotlari reytingi alohida ahamiyatga ega. Mazkur tizim inson omilisiz ishlaydi. Asosiy maqsad esa qurilish sohasida shaffoflikni taʼminlash hamda qog‘ozbozlik va korrupsiyaga chek qo‘yishdan iborat.

⚠️ Qurilish–pudrat tashkilotlari nima uchun reytingda ishtirok etishi zarur?

Maqsad qurilish-pudrat tashkilotlari o‘rtasida yolg‘on va noto‘g‘ri maʼlumotlar tarqalishini oldini olish, shaffoflik va ishonchlilikni taʼminlash bo‘lgani bois ijtimoiy soha obyektlarini qurish istagidagi har bir tashkilot reytingda ishtirok etishi shart. Aholining  xavfsizligini taʼminlash uchun ham ijtimoiy soha obyektlari, xususan, maktab, bog‘cha, yo‘l va suv inshootlari qurilishi hamda taʼmirlanishini munosib nomzodga topshirishda mazkur reyting ko‘rsatkichlariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

08 Jan, 10:09


#Sarhisob

➡️Energiya tejamkor texnologiyalar, materiallar va loyiha yechimlaridan samarali foydalangan holda ijtimoiy soha obyektlarining 20 tipdagi namunaviy loyihalari ishlab chiqildi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

08 Jan, 09:53


#Reyd

🚨 Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi hamda viloyat "Suv ta'minoti" xodimlari bilan hamkorlikda ichimlik suvidan besamar foydalanish hamda ichimlik suvi tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanish holatlarini oldini olish maqsadida doimiy ravishda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

#SAMARQAND

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

08 Jan, 09:03


#Sarhisob

🏢 “Yangi O‘zbekiston” massivlarida va aholi talabgor hududlarda 1 984 ta zamonaviy ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

08 Jan, 08:30


⛽️ Барча дастурлар доирасида 292 та маҳаллада жами 1 342 км ичимлик сув тармоқлари ва 225 та сув иншооти қурилди

АОКАда ўтказилган брифингда Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги Ахборот хизмати раҳбари Саидносир Усмонов қурилиш ва коммунал соҳада 2024 йил якунлари ҳақида маълумот берди:

✔️2024 йилда жами 9 та шаҳар, 43 та шаҳарча ва 94 та қишлоқнинг бош режалари ишлаб чиқилди.

✔️Натижада, бош режалар билан таъминлаш даражаси шаҳарлар бўйича 97 фоизга, шаҳарчаларда 25 фоизга, қишлоқлар бўйича 22 фоизга етди.

✔️“Янги Ўзбекистон” массивларида ва аҳоли талабгор ҳудудларда 1 984 та замонавий кўп қаватли уйлар фойдаланишга топширилди.

✔️Шунингдек, ушбу уйларни муҳандислик-коммуникациялари билан таъминлаш мақсадида:

100 км автомобиль йўллари;
63 км ичимлик ва оқова сув тармоқлари ҳамда 18 та сув иншоотлари;
68 км иситиш тармоқлари ва 22 та қозонхоналар;
208 км электр тармоқлари ва 224 та трансформаторлар;
29 км газ тармоқлари ва 16 та газ тақсимлаш пунктлари барпо этилди.

✔️“Шаффоф қурилиш” тизими орқали 23 мингга яқин объект лойиҳаси экспертизадан ўтказилди ва натижада салкам 8 трлн сўм маблағ лойиҳаларнинг смета қисмидан иқтисод қилинди.

✔️“Рейтинг электрон платформаси”нинг мезонлари ва кўрсаткичлари такомиллаштирилди ва ушбу рейтингга киритилган қурилиш ташкилотлари сони 17 мингдан ортиб, лойиҳа ташкилотлари сони 2300 тага яқинлашди.

✔️Бундан ташқари, уйлардаги 374 мингдан ортиқ электр хўжалик обектлари хатловдан ўтказилиб, “қизил” “сариқ” “яшил” тоифаларга ажратилди. Шу асосда “қизил” тоифадаги 108 мингдан ортиқ шитлар мукаммал таъмирланди.

✔️Кўп қаватли уйлардаги эскирган 528 та лифт янги ва замонавийсига алмаштирилди.

📌 Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

08 Jan, 07:53


#Sarhisob

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida ma'lumot

Yil yakunlari raqamlarda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

07 Jan, 12:18


#BU_MUHIM

⁉️ Bilasizmi? Qurilishi tugallangan va foydalanishga topshirilgan koʼp kvartirali uy-joyni boshqarish dastlabki 2 yilda quruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

07 Jan, 11:40


#Xalqaro_hamkorlik

☯️ Turk ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya ayni paytda Fargʼona viloyatida boʼlib turibdi. Xususan, ular ishtirokida turli sohalarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish borasida uchrashuvlar oʼtkazilmoqda.

Bugun Belgin Taniverdi boshchiligidagi sanoat va qurilish sohasi delegatsiyasi vakillari hamda viloyat Qurilish va uy-joy Kommunal xoʼjaligi boshqarmasi boshligʼi Laziz Pozilov ishtirokida muhokamalar boʼlib oʼtdi. Unda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Oʼzbekiston-Turkiya munosabatlari yangi bosqichda davom etayotganligi, buning natijasida hududlararo aloqalar faollashayotgani taʼkidlandi. Jumladan, viloyatda sanoat va qurilish sohasi yoʼnalishida bir qator loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari haqida soʼz yuritildi.

Mehmonlar Fargʼona shahrida barpo etilayotgan Eko shahar - "Yangi Oʼzbekiston" massivida boʼlib, u yerdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

07 Jan, 11:08


#JARAYON

🏘 Ozoda Jo’rayeva poytaxtimizning Yashnobod tumanida joylashgan 100 taga yaqin ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatuvchi “Umid i ya” boshqaruv tashkilotining faoliyatini ham ko’zdan kechirdi.

Ayniqsa, kuz-qish mavsumida aholi murojaatlari bilan ishlash, bunda ishchi-xodimlar shayligini inobatga olish muhimligi eslatib o’tildi.

- Bugun jamiyatdagi zamonaviy yondashuvlar ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatish sohasida takomillashuvni talab etmoqda. Buning uchun sizda hamma imkoniyat bor, biz har doim sizning tashabbuslaringizni qo’llab-quvvatlaymiz,- dedi Ozoda Jo’rayeva.

Shuningdek, mas’ullarga ish samaradorligini oshirish, texnik imkoniyatlarni kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

07 Jan, 09:51


#JARAYON

⚠️ Boshqaruv organlari faoliyati o’rganilmoqda

Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva hududlarda bo’lib, ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari ish samaradorligini o’rganmoqda.

Dastlabki manzil Yashnobod tumani “Jo’rabek” mahallasi bo’ldi. Mahallada joylashgan 5 ta ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatuvchi “Sohil house” BSK tashkil etilganiga ikki yil bo’lgan. Kompaniyada dispetcherlik xizmati, qo’shimcha servis ishlar tashkil etilgan.

Ozoda Jo’rayeva ishda tartibni kuchaytirish lozimligiga urg’u berdi. Xususan, ko’p qavatli uylar atrofi doimo toza saqlanishi, yerto’la qismlariga yonuvchi vositalarni joylamaslik kerakligi qayd etildi. Shuningdek, uylarning xavfsizligi va tashqi qiyofasiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgan noqonuniy qurilmalarni oldini olish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

- Tartib, intizom ostonadan boshlanadi. Ayniqsa, aholiga kommunal ximat ko’rsatish sohasida bu jihatlarga alohida e’tibor berishimiz shart, - dedi Ozoda Jo’rayeva.


O’rganish ishlari davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

07 Jan, 08:11


#Diqqat

🖋 Joriy yilning 8-yanvar kuni soat 10:00 da Nukus shahridagi "Yoshlar markazi"da "Shaffof qurilish" tizimidagi reyting baholash bo'yicha kiritilgan o'zgartirishlarga bag'ishlangan uchrashuv oʻtkaziladi.

🏘 Unda qurilish pudrat va loyiha-qidiruv yoʻnalishidagi tadbirkorlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etadi.

Anjuman mavzusi: “Loyihalash va qurilish tashkilotlarining reytinglarda ishtiroki va xatolari”

Аxborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

07 Jan, 04:45


#BILASIZMI

🟢 Bino va inshootlarning kirish-chiqish qismlari qanday boʻlishi kerak? Bu borada aniq qoida va meʼyorlar bormi? Ushbu videorolik orqali siz ana shu savolga javob topishingiz mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

03 Jan, 10:25


#Sarhisob

🗺 Xalqimiz farovonligi yo’lida Andijon viloyatida katta masshtabdagi qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Yangi, zamonaviy umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari barpo etilib, foydalanishga topshirildi. Aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida ko’p qavatli turar joylar bunyod etildi.

Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida ichki yo’llar ta’mirlanib, elektr energiyasi, ichimlik suvi, tabiiy gaz tarmoqlari tortildi. Bir so’z bilan aytganda viloyatda Davlat dasturlarini amalga oshirish va Prezident Farmon hamda qarorlarining ijrosini ta’minlash natijasida obod manzillar soni ortdi.


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

03 Jan, 04:29


#Sarhisob

🚨 Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot beradi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

02 Jan, 07:45


#Sarhisob
#Inson_qadri_uchun

📍 Obod manzillar - "Yangi O'zbekiston" massivlari. Navoiy viloyati.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

02 Jan, 06:19


#Sarhisob

🏠 Ko’p xonadonli uylarni ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

01 Jan, 14:09


#Sarhisob
#Inson_qadri_uchun

📍 Obod manzillar - "Yangi O'zbekiston" massivlari. Samarqand viloyati.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

01 Jan, 09:32


#Sarhisob

📍Namanganning obod manzillari

Qurilish-bunyodkorlik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar.

Namangan tajribasi:

Ijtimoiy sharoiti ogʻir hududlarda mahalliy dastur asosida hududlar obod manzillarga aylantirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

01 Jan, 07:10


#Sarhisob

🔗 2024-yilning TOP 10 voqeasi - qurilish-bunyodkorlik ishlari misolida

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

01 Jan, 06:31


#Sarhisob
#Inson_qadri_uchun

📍 Obod manzillar - "Yangi O'zbekiston" massivlari. Jizzax viloyati.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

01 Jan, 05:14


#Sarhisob

📌 2024-yilda vazirlikka jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar bo’yicha

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

31 Dec, 19:39


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

31 Dec, 13:12


💥 Vazirlikda yangi yil shukuhi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

31 Dec, 11:46


#Sarhisob
#Inson_qadri_uchun

🗺 Yangi Andijon 4 ming gektar hududni egallagan boʻlib, hozirda uning 53 gektarida qurilish ishlari amalga oshirilyapti. Jami 192 ta koʻp qavatli uy-joylar qurilishi belgilangan. Shu yilning oʻzida foydalanishga topshiriladigan uylar 110 dan oshadi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

31 Dec, 09:28


#Sarhisob

🔗 Qurilish norma va qoidalarini ko’rib chiqish choralari bo’yicha

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

31 Dec, 09:27


#Sarhisob
#Inson_qadri_uchun

📍 Obod manzillar - "Yangi O'zbekiston" massivlari. Buxoro viloyati.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

31 Dec, 05:14


#Sarhisob

⚡️Issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

31 Dec, 04:39


💥#TABRIK

💥 Aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar, quruvchilar, usta meʼmorlar va kommunal soha xodimlari!

Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan samimiy tabriklayman. Oʻtib borayotgan yil ham mamlakatimiz tarixida katta yangiliklar, inson qadrini ulugʻlash, uning manfaatlarini qoʻllab-quvvatlashdek ezgu amallar bilan barchamizning yodimizda qoldi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Hurmatli yurtboshimiz tashabbusi bilan boshlangan bunyodkorlik ishlari ushbu yilda ham yangi mazmun-mohiyat bilan boyidi.

Chekka qishloq va ovullardan boshlab, shahar va tuman markazlarini zamonaviy qiyofada rivojlantirish, “Yangi Oʻzbekiston” massivlari, “Yangi Toshkent” loyihasi kabi xalqchil tashabbuslar doirasida qurilish ishlarini takomiliga yetkazish boʻyicha muayyan ishlar qilindi va bu yoʻldagi ezgu saʼy-harakatlar izchil davom ettirilmoqda.

🗺 Hududlarda aholini uy-joy bilan taʼminlash, ijtimoiy soha obyektlarini qurish, koʻp kvartirali uylarning kommunal sharoitlarini yanada yaxshilashga oid keng qamrovli ishlar shular jumlasidandir. Mazkur murakkab, ammo yurtdoshlarimiz uchun manfaatli boʻlgan yoʻl zimmamizdagi masʼuliyatni yanada oshirishi tabiiy. Shu maʼnoda boshlangan xayrli amallar 2025-yilda yanada taraqqiy etishi uchun bor kuch-gʻayratimizni ishga solamiz.

🌳 “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da oʻz oldimizga koʻplab reja va maqsadlarni qoʻydik. Bunda sohani raqamlashtirishni yangi bosqichga olib chiqish, energosamaradorlikni taʼminlash, mamlakatimiz yashil tabiatiga hissa qoʻshish va aholimizning yashash sharoitlarini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratamiz.

🎉 Yana bir bor Siz azizlarni Yangi yil bayrami bilan tabriklayman. Xonadoningizdan fayz-u baraka arimasin. Kirib kelayotgan yil sizga baxt, quvonch va omad olib kelsin. Tinch osmonimiz, betakror vatanimiz rivoji yoʻlidagi matonatli va zahmatli mehnat yoʻlida barchangizga kuch-quvvat tilayman.

Sizga cheksiz hurmat bilan Sherzod Hidoyatov

🏘 Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

30 Dec, 12:42


#Sarhisob

🏠Hududlarda odamlarni rozi qilish yoʻlida amalga oshirilgan qurilish-bunyodkorlik ishlari

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

30 Dec, 11:10


#Sarhisob
#Inson_qadri_uchun

📍 Obod manzillar - "Yangi O'zbekiston" massivlari. Navoiy viloyati.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

30 Dec, 10:59


#Sarhisob
#Hududlardan_xabarlar

📍 Yangi yil arafasida Hazorasp tumanidagi Al Xorazmiy mahallasida 200 ta xonadonga moʻljallangan 10 ta koʻp qavatli uylar foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda mutasaddilar, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Maʼlumot uchun, joriy yilda Hazorasp tumanida 450 ta xonadonga ega 15 ta koʻp qavatli uy foydalanishga topshirildi. Kelgusi yil tumanning “Ziyolilar” mahallasi hududida qurilishi boshlanadigan “Yangi Oʻzbekiston” massivida bosqichma-bosqich 48 ta koʻp qavatli uy-joylar, 1 ta 330 oʻrinli maktab, 1 ta 150 oʻrinli bolalar bogʻchasi qurilishi belgilangan. Mazkur qurilish ishlari amalga oshirilishi natijasida tumandagi uy-joyga muhtoj boʻlgan yana 1 457 ta oila oʻz uyiga ega boʻladi.

#XORAZM

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

30 Dec, 09:36


#Sarhisob
#Inson_qadri_uchun

📍 Obod manzillar - "Yangi O'zbekiston" massivlari. Surxondaryo viloyati.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

30 Dec, 05:20


#Sarhisob

Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

29 Dec, 14:02


#OAV_NIGOHIDA

🏛️ Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahri hududidagi qurilish va obodonlashtirish loyihalari bilan tanishdi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇

|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

29 Dec, 11:00


#Tayinlov

Vazirlar mahkamasi huzuridagi “Yangi Toshkent” shahrini barpo etish direksiyasining matbuot kotibi tayinlandi

Nurmatova Shahnoza Akbarovna Vazirlar mahkamasi huzuridagi “Yangi Toshkent” shahrini barpo etish direksiyasi direktorining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Shahnoza Nurmatova 1989-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy: O‘zDJTU, Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Phd. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida katta muharrir, Vazirlar mahkamasi huzuridagi “Yangi Toshkent” shahrini barpo etish direksiyasi matbuot xizmatida bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan. Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Website

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

28 Dec, 15:18


Президент Шавкат Мирзиёев Янги Тошкент қурилиши билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

28 Dec, 13:37


Янги Тошкентнинг бўлажак транспорт-коммуникация инфратузилмаси тўғрисида ахборот берилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

28 Dec, 13:24


Президент Янги Тошкентдаги таълим ва маърифат масканларининг қурилишини кўздан кечирди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

28 Dec, 11:57


Давлатимиз раҳбари Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, Тошкент давлат педагогика университети ва "Янги Ўзбекистон" университети биноларининг қурилиши билан танишди.

Глава государства ознакомился с ходом строительства Национальной библиотеки Узбекистана, зданий Ташкентского государственного педагогического университета и Университета "Новый Узбекистан".

#Mirziyoyev #tanishuv #YangiToshkent #marifat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

27 Dec, 16:54


Bugun “Oʻzshaharsozlik LITI’’ davlat muassasasida yangi yil bayrami bo‘lib o‘tdi. Tadbirda muassasa Bosh direktorining o’rinbosari Xabibullo Kadirov so‘zga chiqib, xodimlarga muassasa rahbarining bayram tabrigini yetkazdi.

Namunali mehnati, mas’uliyatli yondashuvi va yuksak tajribasi bilan muassasa faoliyatiga munosib hissa qo‘shgan xodimlarga Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi hamda rahbariyat tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

“2025-yil barcha uchun farovonlik, yangi marralar va zafarlar yili bo‘lishiga ishonaman. Sizlarning fidoyiligingiz va jamoamizdagi birdamlik tufayli biz kelgusi yilni yanada yuksak natijalar bilan qarshi olamiz. Har biringizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman!”
- deya ta'kidlandi tadbirda.

💫 Tadbir davomida xodimlarga minnatdorlik bildirilib, jamoaning mashaqqatli va o'z o'rnida mas'uliyatli faoliyati haqida iliq fikrlar aytildi.

Shu o'rinda barchani Yangi yil bilan yana bir bora tabriklab, kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇


🌐Website | 🌐Instagram

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

27 Dec, 13:50


#JARAYON

🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida tadbir boʻlib oʻtdi. Unda vazir Sherzod Hidoyatovning bayram tabrigini vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva xodimlarga yetkazdi.

Taʼkidlandiki, oxirgi yillarda Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda qurilish va kommunal sohani rivojlantirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. “Pirovard maqsad xalqimizning turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, yurtni obod qilishdir. Albatta bu bilan cheklanib qolinmaydi, hali oʻz yechimini kutayotgan masalalar koʻp va ishonmanki, bu ishlarni siz kabi fidoyi xodimlar bilan birga amalga oshiramiz”, – deyildi tadbirda.

Eʼtirof etildiki, 2024-yil yanvar-noyabr oylarida respublika boʻyicha qurilish ishlari hajmi 205,7 trln soʻmga yetdi, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 109,2 foizga oshganini koʻrsatadi. Bu esa oʻz navbatida qurilish sohasining mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyatini yana bir bor namoyon etadi. Uy-joy va kommunal sohalarda ham aholiga sifatli xizmat koʻrsatish, issiqlik taʼminotini yaxshilash va olis hududlarga ichimlik suvi taʼminotini olib borish boʻyicha yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Sohada raqamlashtirish va energosamaradorlikka erishish borasida ham qator muhim loyihalar yoʻlga qoʻyildi.

➡️Ozoda Joʻrayeva vazirlik va uning tizim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan barcha xodimlarning mehnatini eʼtirof etar ekan, ularning soha taraqqiyotidagi oʻrinini alohida taʼkidladi va yangi yil bilan barchani samimiy qutladi.

– 2024-yil qurilish va kommunal sohada sermahsul yil boʻldi. Tizimni takomillashtirish va zamonaviy talablar asosida rivojlantirish borasida yuksak marralar sari yoʻl oldik. Bugun mamlakatimizning har bir jabhasida yuqori oʻsish surʼatlariga guvoh boʻlmoqdamiz. Bu avvalo, davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan islohotlar va amalga oshirilayotgan barcha saʼy-harakatlar, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan odilona siyosat natijasidir. Eng quvonarlisi, Oʻzbekistonning rivojlanish koʻrsatkichlari bugun xalqaro maydonda ham yuqori baholanmoqda. Bu eʼtirof bizga faxr tuygʻusini bagʻishlagani kabi, masʼuliyatimizni yanada orttiradi. Yangi ulkan reja va marralarga erishish yoʻlida ishlarni davom ettiramiz, - dedi Ozoda Joʻrayeva.

Tadbirda vazirlik mutasaddilari ham soʻzga chiqib, 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilda rejalashtirilgan maqsad hamda vazifalar haqida soʻz yuritdilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

08 Dec, 10:02


#Mening_konstitutsiyam_32_yoshda

🇺🇿 Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

08 Dec, 08:07


#OAV_NIGOHIDA

😄 Qishki mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

08 Dec, 06:58


#Mening_konstitutsiyam_32_yoshda

🇺🇿 Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!

🏢 Har kim uy-joyli bo’lish huquqiga ega!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

08 Dec, 06:13


#Mening_konstitutsiyam_32_yoshda

🇺🇿 Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

08 Dec, 04:35


#Mening_konstitutsiyam_32_yoshda

 🇺🇿Qadrli vatandoshlar!

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 32 yillik bayrami muborak boʻlsin! Oʻzbek xalqi uchun mazkur muhim hujjat mamlakatimizdagi huquqiy asosni, erkinlik va adolatni belgilaydi. Bu kun – har birimiz uchun oʻz huquqlarimiz va vazifalarimizning amalga oshishini, davlatimizning taraqqiyoti hamda farovonligi yoʻlidagi qoʻshgan hissamizni anglashimizning yana bir imkoniyatidir.

Konstitutsiyamiz orqali biz tinchlik, barqarorlik va erkinlikka erishish yoʻlida birlashamiz.

Barchaga tinchlik, muvaffaqiyat va baxt tilaymiz!

Yana bir bor ushbu shukuhli ayyom muborak boʻlsin!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

08 Dec, 03:12


💐#TABRIK

  Hurmatli yurtdoshlar!

    🇺🇿Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan samimiy qutlayman!
      Mamlakatimiz rivoji, xalqimiz farovonligining kafolati va poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz yuksak faxrimizdir.
      Sizlarga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman. Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lidagi xayrli ishlaringizda omad yor bo‘lsin!
                   
🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

07 Dec, 14:17


#BU_MUHIM

☎️ 🏘 Joriy kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 1298 ishonch telefon raqami 24/7 rejimida, tun-u kun sohaga doir barcha murojaatlarni qabul qiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

07 Dec, 12:44


#Mening_konstitutsiyam_32_yoshda

🇺🇿Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

07 Dec, 12:20


#Hududlardan_xabarlar

🚨 Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan ichimlik suvining isrofgarchiligi bilan bog'liq holatlarni oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari davom etadi.

#JIZZAX

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

07 Dec, 11:54


09:00  07.12.2024

ISSIQLIK TA’MINOTI BO’YICHA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI

#Toshkent

muxbir: NIGORA ELMURODOVA

https://t.me/zamon_lavhalar

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

07 Dec, 11:18


#Hududlardan_xabarlar

🗺Bayramga tuhfa: Surxondaryoda 60 ta obyekt foydalanishga topshirildi

Bugun Konstitutsiyamizning o‘ttiz ikki yilligi arafasida viloyat Bolalar kutubxonasining yangilangan binosi foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, shu yerning o‘zida zoom platformasi orqali viloyat bo‘ylab, xalqimizga bayram tuhfasi sifatida 60 ta, xususan, 16 ta maktab, 2 ta bog‘cha, 11 ta tibbiyot muassasalari, 16 ta uy-joylar, 73 kilometr uzunlikdagi 9 ta yo‘l, 1 ta 8,6 kilometrlik ichimlik suvi va 5 ta irrigatsiya obyektlari hamda ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning o‘tgan davrida jami bajarilgan qurilish ishlari hajmi 9,3 trln so‘mni tashkil etdi. Yangi yil bayrami arafasida vohada yana 50 ta qurilish obyektlari foydalanishga topshiriladi.

#Surxondaryo

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

07 Dec, 08:22


#Mening_konstitutsiyam_32_yoshda

🇺🇿Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

07 Dec, 06:26


#Mening_konstitutsiyam_32_yoshda

🇺🇿 Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

07 Dec, 06:18


#JARAYON

🇺🇿 Konstitutsiya – erkin va farovon hayot poydevori!

Kuni kecha “O‘zshaharsozlik LITI” davlat muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda muassasa xodimlari ishtirok etib, Konstitutsiyamizning mustaqil davlatimiz rivoji va inson huquqlarini ta’minlashdagi o‘rnini alohida e’tirof etdilar.

📖 Bosh Qomusimiz – xalqimizning erkinlik va adolatga bo‘lgan ishonch ramzi!
Huquqiy bilimlar, tarixiy ma’lumotlar hamda Konstitutsiyamizning hayotimizdagi o‘rni haqidagi chiqishlar uchrashuvning yanada qiziqarli o’tishiga xizmat qildi.


Konstitutsiya – xalqimizning buguni va kelajagini belgilovchi asosiy qonun. Barchangizni ushbu muhim sana bilan muborakbod etamiz
!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

30 Nov, 11:33


#Yashil_makon

🌳 Yashil makon dasturi amalda

Bugun Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi jamoasi "Yashil makon" dasturi doirasida Pop tumanida bo’lishdi.

Tashkil etilgan "Quruvchilar bog'i"da hozirgacha 300 tupdan ziyod manzarali daraxtlar ko‘chati o'tqazildi.
 
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

29 Nov, 14:38


#Yashil_makon

🌳Obodlik ostonadan boshlanadi

Bugun mamlakatimizda yashil tabiatni asrash, hududlarni obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirishga har qachongidanda ko’proq e’tibor qaratilmoqda.

🏘 Shu ma’noda bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi ishchi xodimlari tomonidan vazirlik binosi atrofida manzarali ko’chat ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Muhimi, umummilliy harakatga aylanib ulgurgan “Yashil makon” loyihasi doirasidagi bu ishlar mamlakatimizning yashilligini oshirishga xizmat qilmoqda.

 
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

29 Nov, 14:18


#JARAYON

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi "Kommunal ta‘minoti markazi" mutaxassislari tomonidan hududlarda "Mening uyim" billing tizimidan foydalanish bo’yicha o‘quv seminarlari tashkil etib kelinmoqda.


Xususan, Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlarida bo’lib o’tgan o’quv seminarlarida ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari ishtirok etib, mutaxassislarga tizimdan foydalanish qoidalarini o’rganmoqdalar.

Mazkur o‘quv kursi "Mening uyim" tizimida ishlash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni o‘z ichiga olib, billing tizimi bo‘yicha ishlayotgan xodimlarni malakasini oshirishni nazarda tutadi.

Seminar yakunida boshqaruv servis kompaniyalari xodimlariga maxsus sertifikatlar topshirilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, "Mening uyim" billing tizimi bo’yicha o‘quv seminari boshqa viloyatlarda ham davom etadi.
 
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

22 Nov, 13:35


#BU_MUHIM

☯️ Yangi tahrirdagi shaharsozlik normalariga ko‘ra turar joy obyektlarida tom qismlarining kamida necha foiziga quyosh panellari o‘rnatilishi kerak?

Shuningdek, issiq suv iste’moli hajmining necha foizi ushbu obyektlarda o‘rnatiladigan quyosh suv isitish qurilmalari orqali qoplanishi lozim?

Ekspert javob beradi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

22 Nov, 11:03


#BU_MUHIM

🏠 Koʻp kvartirali uylarni boshqarishning asosiy prinsiplari

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

22 Nov, 09:21


#REYD

🚨 Ko'p qavatli uyning tom qismiga uy qurib olganlarga chora ko'rildi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan poytaxtimiz bo'ylab kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

#TOSHKENT_SHAHRI

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

22 Nov, 05:10


⛺️«O‘zbekiston bunyodkori» газетасининг 2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣ йил 2️⃣2️⃣-ноябр кунги 9️⃣3️⃣-сони мутолаа учун ҳавола қилинди.

Вазирлик масъуллари халқаро конференция иштирокчиси
Самарқандда
“BUILD PRO EXPO 2024 – III
халқаро кўргазмаси бўлиб ўтди
Қурилиш ресурслари
миллий классификатори.
МАҚСАД ВА ВАЗИФАЛАР
Автомобиль йўллари мавсумга шайми?


каби мақолалар ва янгиликлар билан танишасиз.

Газетада берилаётган материаллар билан
TELEGRAM  канали ва RASMIY SAYT орқали танишиб боришингиз мумкин.

Обуна бўлинг – ютқазмайсиз!

🍂TELEGRAM🍂INSTAGRAM🍂RASMIY SAYT🍂YOUTUBE🍂FACEBOOK🍂

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

22 Nov, 04:08


#JARAYON

🔴 Tan olish kerak so'nggi yillarda mamlakatimizda qurilish industriyasi jahon andozalari asosida rivoj topib bormoqda. Xususan, sohaga innovatsiyalar, qurilishda yashil texnologiyalar, shaharsozlikning eng ilg‘or yechim va ishlanmalari kirib kelmoqda. Ana shu tamoyil davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimiz qurilish infratuzlimasiga keng tatbiq etilayotgani ayniqsa e'tiborga molik.

Ushbu islohotlar doirasida ‘‘O‘zshaharsozlik LITI’’ davlat muassasasi tomonidan ham shaharsozlik sohasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining
tegishli litsenziyasi asosida muassasada yangi "Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi va texnik nazorat bo‘limi" faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, bugungi kunda ushbu bo'lim tomonidan qurilish loyihalarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish bo‘yicha muayyan ishlar olib borilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

21 Nov, 16:00


#Tungi_reyd

📌 Shayxontohur tumanida faoliyat yurituvchi boshqaruv tashkilotlarining tungi faoliyati qay holatda? Loyiha tumandagi 4 ta BSK misolida mazkur savolga javob izlab ko’rdi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

21 Nov, 13:11


Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси аъзоларини тайинлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О назначении членов Кабинета Министров Республики Узбекистан"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

21 Nov, 12:10


#BU_MUHIM

😇O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

21 Nov, 11:03


#JARAYON

🚨 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida inspeksiya rahbari Sirojiddin Eshquvvatov ishtirokida navbatdagi qabul bo'lib o'tdi.

Sayyor qabuldan asosiy maqsad aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish, yechimini kutayotgan dolzarb muammolarni joyida aniqlash, oʻrganish hamda ularni bartaraf etishdan iborat.

Xususan, Surxondaryo viloyatidan kelgan fuqaroning murojaatiga asosan ko'p qavatli uyning liftida muammolar borligi, haligacha bu masalaga e'tibor qaratilmayotganligi ta'kidlandi.


Inspeksiya rahbari tomonidan mas'ullarga mazkur vaziyatni o'rganib, qonuniy yechim asosida hal qilish bo'yicha muddat belgilab berildi hamda uning ijrosi nazoratga olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

21 Nov, 07:44


#Yashil_makon

🌳 Xorazm viloyati Xonqa tumani "Xonqa ta'mir" BSK tomonidan ko'p qavatli uylar atrofini ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda

#XORAZM

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|😎Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

12 Nov, 13:08


#BU_MUHIM

🏠 Bino va inshootlarni tabiiy va sun’iy yoritishga qo’yilgan talablar

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

12 Nov, 11:52


#Hududlardan_xabarlar

📍 Yangi Andijon massivida joylashgan xonadon va muassasalarning isitish tizimi faoliyati doimiy nazoratda.

#ANDIJON

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

12 Nov, 10:16


#Hududlardan_xabarlar
#REYD

🚨 Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda sifatsiz qurilishlarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tartibda reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, Qo'qon shahri "Istiqlol"MFY hududidagi 16-sonli maktabni rekonstruksiya qilish obyektida monitoring ishlari o'tkazilganda qurilish madaniyatiga amal qilinmagani, hudud chiqindilardan tozalanmagani, shu bilan bir qatorda ishchilarning xavfsizligi ta'minlanmaganligi aniqlandi.

Obyektda o'rnatilgan ayrim eshik va romlar devorga belgilangan tartibda qotirilmagani, binoning 2-5-qavatidagi yuvinish xonasida jihoz o'rnatishda beton ishlari loyiha bo'yicha bajarilmaganligi ham ma'lum bo'ldi
.

🔴Aniqlangan holatlar yuzasidan qurilishning mas'ullariga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berilib, loyiha talablari asosida qilinmagan ishlar demontaj qildirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

12 Nov, 08:02


Maxsus reportaj | «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlar
#11nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

12 Nov, 06:57


#JARAYON

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi mas'ullaridan iborat ishchi guruh hududlarda kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish, aholini energiya resurslari bilan ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan amalga oshirib kelinayotgan ishlarni o'rganmoqdalar.

🗺 Jumladan, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani "Yangi Oʻzbekiston" massivida ishga tushirilgan qozonxona faoliyati ko'rib chiqildi hamda "Gold street castle" BSKning qizg'in ish jarayonlari bilan tanishildi.

Xususan, Shargʻun shaharchasida "Bahora-Jahon davr" BSK, Denov tumanida "Denov interservis mir" MCHJ, Shoʻrchi tumanining "Shoʻrchi kommunal servis xizmat" BSKlari faoliyati tahlil qilinib, ko’p kvartirali uylarni mavsumga tayyorligi va aholi qulayligini oshirish yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari o'rganildi.

Monitoring chog'ida sohaga doir muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan muhokamalar tashkil qilindi va aniq vazifalar belgilab olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

12 Nov, 05:46


#OAV_NIGOHIDA

🏢 "Yangi O‘zbekiston" massivi barpo etilmoqda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

12 Nov, 05:12


#Kuz_qish

🌧❄️ Mamlakatimizda 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi mas’ullaridan iborat ishchi guruh o’z ishini boshladi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

01 Nov, 12:26


#ONLAYN

🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Farg'ona viloyatida bo‘lib, bir qator qurilish obyektlarida monitoring ishlarini amalga oshirmoqda.

Ayni damda vazir oʻrinbosari ishchi guruhi bilan Fargʻona shahridagi "Yangi O'zbekiston" massivi hududidagi ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabida bo'lib turibdilar.
Ushbu manzilda qator kamchiliklar aniqlangani bois hozirda qurilish ishlari to'xtatilib, demontaj ishlari olib borilmoqda. Ayniqsa, obyekt ustunlarining belgilangan talablarga javob bermagan holda qurilayotgani jiddiy e'tirozlarni keltirib chiqargan.

Shuningdek, mutasaddilarga qurilish madaniyatiga amal qilish, xavfsizlik texnikasi qoidalarini unutmaslik, ishchilarni maxsus ust-bosh bilan ta'minlash masalalariga ham e’tibor qaratish kerakligi ta'kidlandi. Jarayonda hududiy inspeksiya mutaxassislariga tegishli ko'rsatmalar berilib, aniqlangan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish lozimligi tushuntirildi.

Toir Alimatovning o'rganish ishlari davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

01 Nov, 09:54


#JARAYON

🚨 Inspeksiya rahbari Navoiy viloyati Xatirchi tumani hududida joylashgan "Ko'k saroy" suv ombori majmuasida ham bo'ldi.

Mazkur suv omborida bugungi kunda rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan bo'lib, inspeksiya xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olingan.

Sirojiddin Eshquvvatov obyektni ko'zdan kechirar ekan qurilish ishlarida sifat birinchi o'rinda turishi kerak ekanligini, shu bilan birga inspeksiya xodimlari bu borada o'z ishiga mas'uliyat bilan yondoshib, nazoratni yanda kuchaytirishi lozimligini ta'kidlab o'tdi.


Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

01 Nov, 08:39


📹 #Onlayn

🔠 Ilmiy-amaliy anjuman ta'kidlaganimizdek, 3 ta sho'balarga bo'lingan holda davom etmoqda.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston iqtisodiyotidagi eng dolzarb strategik vazifalardan biri bu ishlab chiqarish quvvatiga nisbatan energiya sarfini kamaytirish hisoblanadi.  Energotejamkorlik va samaradorlik tushunchalari ayniqsa, qurilish va kommunal sohadagi  dozlarb masalalardir. "Bino va inshootlarda energotejamkorlik"  mavzulariga bag'ishlangan sho'ba ishida ayni masalalar muhokama qilindi. Bir qator soha vakillari, tadqiqotchilar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar mamlakatimiz qurilish-kommunal sohasida zamonaviy texnologiyalarni qo'llash, shuningdek, energiya taqchilligiga qarshi kurashish yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirdilar.

"Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi muammolari" mavzusiga bag'ishlangan sho'ba yig'ilishida esa soha ekspertlari tomonidan olib borilgan tadqiqot xulosalari ko'rib chiqildi. Xususan, mamlakat infratuzilmasini yaxshilash, bino va inshootlar qurilishida sifat nazoratiga e'tibor qaratishning ahamiyati, soha oldidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, aholiga xizmat ko'rsatish tizimida hal qilish lozim bo'lgan vazifalar, ularning o'z mulkiga nisbatan daxldorligini oshirish yo'lidagi targ'ibot ishlarining ahamiyati haqida qisqacha to'xtalib o'tildi.

Albatta, har bir sohaning rivojida ilmiy salohiyatni oshirish muhim ahamiyatga ega. Shu ma’noda anjumanning yana bir sho’ba ishi aynan sohada ta’lim va ilm mavzusiga qaratildi. Unda mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlari bo‘lgan qurilish va kommunal sohalarda doimiy malaka oshirish zarurati bo’yicha ma’lumot berildi.

Anjuman davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

29 Oct, 09:41


#Hududlardan_xabarlar

🌧❄️ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda

Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Olmaliq shahridagi “Nurxon” 555 BSK tomonidan Furqat mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning tom qismi mukammal taʼmirlandi. Shuningdek, Ipak yo‘li ko‘chasidagi 37-sonli ko‘p qavatli uyning isitish tizimidagi quvurlar yangisiga almashtirildi.

Jumladan, Bekobod tumani “Guliston” mahallasidagi 14-sonli ko‘p qavatli uyning tom qismi joriy taʼmirdan chiqarildi.

Piskent tumanidagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “MMM servis boshqaruv” MCHJ tomonidan “Mo‘minobod” mahallasi Amir Temur ko‘chasida joylashgan 172 va 174-sonli ko‘p qavatli uylarning tom qismi mukammal taʼmirlandi. Bundan tashqari yo‘laklarga beton qoplamasi yotqizildi. Maʼlumot o‘rnida, mazkur MCHJ hozirda 36 ta ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatadi.

#TOSHKENT_VILOYATI

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

29 Oct, 07:33


#BU_MUHIM

Isitish mavsumi qachon boshlanadi?

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

29 Oct, 06:07


#Hududlardan_xabarlar

🏢✔️Yangi turar joylarni barpo etishda Fargʻona tajribasi

📍FARG'ONA

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

29 Oct, 05:46


#Hududlardan_xabarlar

🫥 Jizzax viloyatida bugungi kunda jami 11 ta qozonxonalar boʻlib, shundan 6 tasi markaziy, 5 tasi mahalliy (lokal) qozonxonalar hisoblanadi va ular viloyatdagi 106 ta (4 128 ta xonadon) koʻp kvartirali uylar hamda 11 ta ijtimoiy soha obyektlari uchun xizmat qiladi.

#JIZZAX

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

29 Oct, 05:03


#Hududlardan_xabarlar
#Reyd

🚨 Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan ko'p qavatli uylarning holati o'rganilib, mulkdorlar tomonidan o'zboshimchalik bilan noqonuniy qurilgan qurilmalarga qonuniy choralar ko'rilmoqda.

#NAMANGAN

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

29 Oct, 04:47


#Hududlardan_xabarlar

🚨 Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislarining malakasini oshirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Unda bino va inshootlarning zilzilabardoshliligini oshirish, qurilish ishlarida shaharsozlik normalariga rioya etilishi, shuningdek, ijro hujjatlari qay holatda yuritilishi bo'yicha inspeksiya xodimlariga kerakli tushunchalar berildi.

Mazkur seminar-treninglar hududlar bo'ylab o'tkazilmoqda.

#QASHQADARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

28 Oct, 13:45


#Hududlardan_xabarlar
#Reyd

📍 Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi  tomonidan ichimlik suvidan besamar foydalanish holatlarini oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari davom etmoqda

#JIZZAX

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

28 Oct, 12:03


#Hududlardan_xabarlar
#Reyd

🚨 Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xususan, Paxtaobod tumani "Sangraobod" MFY hududidagi 5-umumta'lim maktabini rekonstruksiya qilish hamda qo’shimcha 3 qavatli o'quv binosini qurish obyekti o'rganilganda sifatsiz ora yopma plitalar olib kelinib, montaj qilinganligi aniqlandi.

🔴 Ushbu qoidabuzarlik yuzasidan qurilishning mas'ullariga elektron yozma ko'rsatmalar berilib, sifatsiz plitalar bo'yicha ishlab chiqaruvchiga taqdimnoma kiritildi hamda ora yopma pilitalar buzdirilib, ishlab chiqaruvchi korxonaga qaytarildi.

#ANDIJON

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

25 Oct, 07:08


#BU_MUHIM

👆 Liftlarning ekspluatatsiyasi qanday amalga oshiriladi?

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

25 Oct, 06:35


#Hududlardan_xabarlar
#Kuz_qish

🌧❄️ Hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizg’in davom etmoqda.

🗺Xususan, Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Nurobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Nur sifat kommunal xizmati” BSK tomonidan Amir Temur, "Navro‘z" va "Sharq yulduzi" mahallalaridagi ayrim ko‘p qavatli uylarning tom qismi mukammal ta‘mirlanmoqda. Shuningdek, Amir Temur mahallasidagi 53-sonli ko‘p qavatli uyning tutash hududidagi beton yo‘laklarda joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi yana bir boshqaruv servis kompaniyasi “BIO-TEX-SERVICE” tomonidan "Shukrona", "Guliston" mahallalari hamda Umid ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarning tom qismi izol qoplamasi bilan yopib berilmoqda. Sattepo maskanidagi uylarning tom qismida ham ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari Abu Bakr Roziy ko‘chasidagi 29-sonli hamda Jarariq ko‘chasidagi 17-sonli ko‘p qavatli uyning yo‘laklariga beton qoplamasi yotqizildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

25 Oct, 05:34


📹 #ONLAYN
#Qabul

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida aholining kommunal soha, xususan, ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatish yo’nalishidagi murojaatlari haftaning har juma kunlari qabul qilinib kelishidan xabaringiz bor. Ayni damda ushbu yo'nalishdagi muammo, taklif va murojaatlarga bag'ishlangan qabul bo'lib o'tmoqda. Mazkur tadbirda boshqarma boshlig'i Obidjon Mo'minov va qator mas'ullar ishtirok etishmoqda.

Unda 30 nafarga yaqin aholi vakillarining o'z-o'zini boshqaruvchi tashkilot faoliyatidan norozilik, boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatini ko'rib chiqish, majburiy badal hamda billing tizimi masalasidagi bir qator murojaatlari qabul qilinyapti.

Hozirgacha 10 ta murojaat qabul qilindi va joyida tegishli o'rganishlar olib borildi.
Xususan, ayrim fuqarolarning sohaga doir takliflari ham ko'rib chiqilmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

24 Oct, 15:03


#BU_MUHIM

📌 Turar joy obyektlarining fasadlariga qo’yilgan talablar haqida bilasizmi?

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

24 Oct, 11:11


#Hududlardan_xabarlar

🚨 Qashqadaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi qurilish-sinov laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan obyektlarda belgilangan tartibda doimiy ravishda sinov laboratoriya ishlari olib borilmoqda.

Bu kabi ishlar kelgusida bino va inshootlarning mustahkam bo'lishini ta'minlaydi.

#QASHQADARYO

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

24 Oct, 10:18


#OAV_NIGOHIDA

😄 Farg‘ona viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

24 Oct, 09:59


#JARAYON

🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva boshchiligida tuman (shahar) hokimlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida onlayn muloqot oʻtkazildi.

Unda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, qurilish-bunyodkorlik ishlari sifatini yanada yaxshilash, joriy kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish kabi ustuvor masalalarga eʼtibor qaratildi. Murojaatlar turlicha. Biroq har bir masala individual yondoshuvni talab etadi. Shundan kelib chiqqan holda vazir oʻrinbosari O.Joʻrayeva masʼullarga kechiktirib boʻlmaydigan dolzarb masalalarni joyida hal etish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.

Taʼkidlash lozimki, mazkur uchrashuvlarda koʻtarilayotgan masalalar ijrosi yuzasidan yoʻl xaritasi ishlab chiqiladi.

Bugungi muloqot ham joylarda aholi va tadbirkorlik subyektlarini qiynab kelayotgan dolzarb muammolarga hamkorlikda yechim topish maqsadida tashkil etildi.

🔴 Jumladan, Qarshi shahar hokimi koʻp qavatli turar joylarning yertoʻlasidagi devor yoriqlarini bartaraf etish va aholi noroziligiga sabab boʻlayotgan BSKlarni almashtirish boʻyicha murojaat qilgan boʻlsa, Urgut tumani hokimi uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, Xorazm viloyati hokimligi masʼullari esa aholini yetarli darajada issiqlik bilan taʼminlash masalalariga eʼtibor qaratdilar.

Shuningdek, Toyloq tumanidagi “Yangi Oʻzbekiston” massivining kommunikatsiya masalalari, Ohangaron tumanidan noturar joyni turar joyga oʻtkazish, Oqqoʻrgʻon tumanida koʻp qavatli uylarning tom qismini taʼmirlash va lokal isitish tizimidagi muammolarni hal etish, Andijon shahar hokimi esa SHNQga amal qilishdagi ayrim nomutanosibliklar haqida oʻz fikrlarini bildirdilar.

Tadbir davomida yana bir qator boshqa masalalar ham oʻrtaga tashlandi. Takliflar oʻzaro muhokamalarda koʻrib chiqildi va bular boʻyicha mutasaddilarga topshiriqlar belgilandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

24 Oct, 08:20


#REYD

🚨 O'zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy obyektlarni tartibga olish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar

#JIZZAX

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

24 Oct, 05:21


#BU_MUHIM

🏢 Ko'p qavatli uyning yerto'lasini ijaraga berishda to'lovlar qay tartibda belgilanadi?

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

23 Oct, 14:52


#BSKda_bir_kun

🏢 Ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatish sohasiga zamonaviy yechimlarni qo’llash qanchalik ahamiyatli? Boshqaruv servis kompaniyalari sohani raqamlashtirishda qanday ishlarni amalga oshirmoqda?

🔗 Bugungi “Exclusive house” BSK haqidagi ko’rsatuvda mazkur savollarga javob topamiz!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

23 Oct, 11:49


📌 Navoiy viloyatida qurilish sohasidagi oʻsish koʻrsatkichlari raqamlarda

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

23 Oct, 11:28


#JARAYON

🔺 Poytaxtimizning Hyatt Regency mehmonxonasida Xalqaro Arxitektura Kongressi "Archica - 2024" bo‘lib o‘tdi. Unda arxitektura va dizayn sohasida jahon miqyosida taniqli mutaxassislar, ekspertlar, shuningdek, Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi Arxitektura va shaharsozlik departamenti boshlig‘i Jahongir Anvarov ishtirok etdi.

🖇 Kongressda xalqaro ekspertlar quyidagi mavzular doirasida fikr almashdilar:

- tarixiy merosga ega shaharlar uchun master-reja va umumiy rejalar;
- zamonaviy shaharlar uchun chakana savdo imkoniyatlari. Kelajak ofislari;
- “Yashil” investitsiyalarning ahamiyati va ularning jozibador nuqtalarini shakllantirishdagi roli;
- fuqarolarni shahar muhitini rivojlantirishga jalb etish. San’at va jamiyat o’rtasidagi dialog orqali shahar muhitini yaxshilash.

🟣Kongressning asosiy maqsadi shahar muhitini yaxshilash va fuqarolarni rivojlantirish jarayonlariga jalb etishdan iboratdir. Mazkur tadbir O‘zbekistonda arxitektura sohasining kelajagi uchun muhim platforma bo‘ldi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

22 Oct, 14:01


🌧❄️ #Kuz_qish

🗺 Respublikaning barcha hududlarida ko’p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu borada uyning eng muammoli qismlarini joriy ta’mirlash, xususan, tomni maxsus qoplamalar bilan qoplash, kirish yo’laklarini ta’mirlash, undagi energotejamkorlikni saqlash choralarini ko’rish, tutash hududlarni obodonlashtirish kabilar shular jumlasidandir.

Xususan, Chilonzor tumani “Mehrjon” mahallasida joylashgan 26 ta ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatuvchi “Grant great silk” BSK tomonidan ko’p qavatli uylarning tom qismida joriy ta’mirlash ishlar olib borilmoqda. Ta’kidlash lozimki, bunday ishlar aholi qulayligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

22 Oct, 11:14


📹#ONLAYN

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatovning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi o'rganishlari davom etmoqda.

Bugun Ishchi guruhi Xo'jayli tumani "Madaniyat" MFYdagi 420 o'rinli 41-maktabni rekonstruksiya qilish obyektini o’rgandi. Binoda issiqlik izolyatsiyasi ishlari noto'g'ri qilingan, pardozlash ishlarida deraza oynalari inobatga olinmagan va ishlar betartib bajarilgan.

🗺 Keyingi manzil Amudaryo tumani bo'ldi. Xususan, hududdagi 31-sonli 330 o'rinli maktab ko'zdan kechirildi. Binoning pol va sanuzel qismlarida kamchiliklar bor. Bu bo’yicha mutasaddilarga ko’rsatma taqdim etildi. Obyektni 1-noyabrda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Shu bois barcha ishlarni sifatli tarzda o’z muddatida yakunlash yuzasidan topshiriq berildi.

Vazir o'rinbosari tomonidan mazkur tumandagi 300 o'ringa mo'ljallangan 46-sonli maktabdagi bir qator kamchiliklar ham tanqid qilindi. Jumladan, obyektga quyosh panellarini o'rnatishni to'liq yakunlash, hudud atrofini o'rash kabi ishlarni 1-noyabrga qadar nihoyalab, ushbu maktabni ham o'z egalariga talab darajasida topshirish vazifasi belgilandi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

22 Oct, 07:06


📹#ONLAYN

🏘 Avval xabar berilganidek, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruhi shu kunlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi.

Maqsad hududlarda barpo etilayotgan ijtimoiy soha obyektlarini tahliliy oʻrganishdan iborat. Navbatdagi manzil Nukus shahri "Jolshilar" MFYdagi 10-son ko'zi ojiz bolalar internatini rekonstruksiya qilish va 330 o'rinli o'quv binosini qurish obyekti bo'ldi. Obyektda qurilish madaniyatiga amal qilinmayotgani va tozalikka eʼtibor qaratilmaganiga e'tiroz bildirildi va bu borada masʼullar ogohlantirilib, tegishli koʻrsatmalar berildi.

Xususan, jarayonda Nukus shahridagi 9-sonli maktabni rekonstruksiya qilish va 840 o'rinli qo'shimcha bino qurish obyekti ko'rib chiqildi. Binoni foydalanishga topshirish muddati 10-noyabr etib belgilangan. Vazir o'rinbosari obyektni o'z muddatida va sifatli tarzda foydalanishga topshirish talabini qo'ydi. "Shimbay shayxana" MFYdagi 48-sonli maktabda ham bir qator kamchiliklar kuzatildi. Qurilish madaniyatiga amal qilinmagani va hudud chiqindilardan tozalanmagani jiddiy tanqid qilindi, shuningdek, obyektni pardozlashda va xonalar ostonalarini o'rnatishda belgilangan talablarga rioya etilmaganligi e'tirozga sabab bo'ldi.

Shuningdek, Xo'jayli tumani "Bayterek" MFYdagi 120 o'rinli 21-MTTni rekonstruksiya qilish obyektida gidroizolyatsiya ishlari noto'g'ri bajarilgani, qurilish madaniyatiga amal qilinmasdan, hudud chiqindilardan tozalanmaganligi ma'lum bo'ldi. Toir Alimatov bu kabi jihatlarga katta ahamiyat berish kerakligi, ijtimoiy soha obyektlari qurilishida mas'uliyatli bo'lish lozimligini mutasaddilarga tushuntirdi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

21 Oct, 06:29


#Ona_tilim_faxrim

Ona tili bu o‘zlikni anglashdir

📍 Joylarda ona tilimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbir, adabiy kecha, mushoiralar bo‘lib o‘tmoqda. Bugun erta tongda poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonidagi muazzam Alisher Navoiy haykalining poyi anvoyi gullarga to‘ldi. Marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, adib-u shoirlar jam bo‘ldilar.

📌 Xususan, tadbirda Qurilishi va uy-joy kommunal xo'jaligi markaziy apparati, tizim tashkiloti xodimlari ham ishtirok etib, o‘zbek tili bayrami munosabati bilan ulug‘ shoir haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

21 Oct, 05:04


#Ona_tilim_faxrim

🫥 Ona tilimiz rivojiga barchamiz birdek mas’ulmiz!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

21 Oct, 04:16


💐#TABRIK

O’zbek tili - millatimizning ma’naviy boyligi hisoblanadi. Ota-bobolarimizning tanti va samimiy gurunglari, onalarimizning mehr to’la allalari bilan bunyod bo’lgan, qon-qonimizda singgan ona tilining qadri va qimmati har narsadan baland. Zero, til bor - millat bor!

Shubhasiz, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Xalqimiz tafakkurining ko‘zgusi bo‘lgan ushbu bebaho ne’matni asrab-avaylash va rivojlantirish bugungi kundagi eng katta vazifalarimizdan biridir. Boisi til faqatgina jamiyat bilan birgalikda rivojlanadi.

Aziz yurtdoshlar, sizlarni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklab, barchangizga mustahkam salomatlik, oilangizga qut-baraka, tinchlik va xotirjamlik tilayman!

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri v.b
Sherzod Hidoyatov

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

19 Oct, 17:34


#No_comment

📌 Vazir oʻrinbosari Toir Alimatov Toshkent viloyatidagi obyektlarning qurilish jarayonlarini o’rgandi

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

19 Oct, 16:34


‼️Tayyorga ayyorlik, yoxud uy boshilarning xalqqa murojaati…

Ijodiy jamoamizga kelib tushgan murojaatga ko’ra Yunusobod 6-dahada joylashgan ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatish tizimidagi noqonuniy xatti-harakatlar aholi orasidagi ko’plab tushunmovchiliklarga sabab bo’lmoqda. Bundan xavotir bo’lgan faollar hamda uy boshilari holatga oydinlik kiritish, shu yo’l bilan ijtimoiy tarmoqlarda turli yolg’onlar bilan e’lon qilingan xabarlarga javob berish niyatida ekanliklarini ta’kidladilar.

⚠️ Biz ijodiy jamoamiz bilan holatni o’rgandik, aholi vakillari va uy boshilarining fikrlariga quloq tutdik. Anglaganingizdek, ko’p kvartirali uylarni boshqaruvga olishda noqonuniy yo’llar orqali harakat qilish, aholining fikriga ta’sir o’tkazish, jamiyatda o’z o’rniga ega shaxslarni obro’sizlantirish orqali ularga bosim o’tkazish haqiqatan tizimning samaradorligiga salbiy ta’sir o’tkazadi va bunday holatlarga albatta chora ko’rilishi shart!

📌 Shu o’rinda aholimizga muhim eslatma!

Turli aldov yo’llari bilan, go’yoki sizga alohida imtiyoz qilib berish orqali imzoingizni so’rab kelgan insonlardan ehtiyot bo’ling. Shaxsiy mulkingizni noqonuniy faoliyat bilan shug’ullanuvchilarga ishonmang. Zero, tekin pishloq faqat tuzoqda bo’ladi!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

19 Oct, 14:19


#JARAYON

☯️ Bugun Toshkent viloyati Olmaliq shahri hokimligi binosida Vazirlar Mahkamasining 654-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov va shahar hokimligi mutasaddilari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda Olmaliq shahrini arxitekturaviy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama etildi.

Xususan, shahar ko’chalarini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va qayta rekonstruksiya qilish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etishga doir masalalar ko’rib chiqildi. Bu borada tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

🏢 Bundan tashqari koʻp qavatli uylarning fasad qismlariga eʼtibor berish, shahardagi "Oltin olma" xiyobonini alleya qilib qurilishi, shuningdek, shahar markaziy ko‘chasini rekonstruksiya qilishga doir ishlarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✈️Telegram| 📹Youtube|

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

19 Oct, 11:01


#JARAYON

🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Toshkent viloyatida bo‘lib, qurilish obyektlarida monitoring ishlarini amalga oshirmoqda.

Dastlab Yangiyo’l shahri “Turkiston” MFY, Niyozboshi ko’chasidagi “Saidazim ota” MCHJga tegishli 8 qavatli 56 xonadonli obyekt tahlil qilindi. Jarayonda binoga bazalt to’g’ri qoplanmaganligi, pol plitalarining orasi ochilib, chiqindi bilan to’lgani, g’ishtlar sifatsiz terilgani qattiq tanqid qilindi.

Shuningdek, “Oriyent invest injinering” buyurtmachiligida qurilayotgan “Yangi bog’” MFY, Beruniy ko’chasidagi 7 qavatli obyekt o’rganildi.

Binoni joriy yil oxirigacha qurib, foydalanishga topshirish rejalashtirilgan bo’lib, vazir o’rinbosari obyekt loyihasi va sifatiga doir barcha masalalarni mutasaddilarga tushuntirdi.

Shundan so’ng Yangiyo’l shahri Navro’z dahasidagi 5 qavatli 45 xonadonli qurilish obyekti ko’rib chiqildi. “Doston house” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan obyektda ichki devorlarning metal ustunlari ishchi loyihaga zid ravishda bajarilgani ma’lum bo’ldi va joyida mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

“Navro’z” MFY, Ibn Sino ko’chasidagi  5 qavatli bino ham Toir Alimatov e’tiboridan chetda qolmadi. Obyektda gidroizolyatsiya ishlari belgilangan tartibda qilinmagani jiddiy e’tirozga sabab bo’ldi.

Navbatdagi manzil “Bahor" MFYdagi 4 qavatli 72 xonadondan iborat ko’p qavatli uyning qurilishi bo’ldi. “Bilol 777" MCHJga tegishli obyektda deyarli kamchiliklar ko‘zga tashlanmadi.

Kuzatuvlar davomida vazir o‘rinbosari tegishliligi yuzasidan mas’ullarga yana bir qator vazifalarni belgilab berdi.

Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruh monitoringlari Olmaliq shahrida davom etmoqda.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|Telegram| 📹Youtube|