1. Yozib bergan dorilaringiz shumi? (Vaxolanki dorilarni , BAD larni aniq tiniq qilib yozib qo’ygan bo’laman)
2. Bolamga allergiya toshdi nima qilay? (Vaxolanki qabul paytida bu xaqida aytaman! ESLATMA qilib ham yozib beraman)
3. Bolamda isitma nima qilay? O’zingizga yaqin shifoxonaga olib boring, bilasiz men bolani ko’rmay eshitmay tafsiya bermayman!
4. Bolam kasal bo’ldi analizlarni topshiraveraymi? Agar qayta qabulga yozilishingizga yaqin vaqt bo’lsa topshirib kelaverasiz!
5. Aytaylik siz qabulga 3-4 oy oldin keldingiz , lekin shuncha vaqt o’tishiga qaramay qayta ko’rikka kelmadingiz va endi bormoqchiligingizni aytdingiz, bunday paytda qaytadan to’lov qilib kirasiz!
Bilasiz menchalik qayta ko’rik uchun , ya’ni analizlarni to’liq topshirishingiz uchun hech kim 2 oygacha vaqt bermaydi! (agar siz qayta ko’rikka undan oldin yozilgan bo’lsangiz amal qilmaydi)
2 oydan so’ng men endi topshirdim analizlarni demang iltimos❌
Konsultatsiya ichiga QAYTA ALOQA KIRMAYDI❌
Shu paytgacha barchaga yo’q demay qayta aloqa qilib keldim , lekin bunga meni majbur deb qaraguvchilar ham topilayabdi afsuski❗️
Bugundan bunga amal qiling , menchalik har bir preparat nima uchunligi, ichilish tartibi, nojo’ya ta’sirlarda nima qilish kerakligini tushuntiruvchilar kam deb o’ylayman.
SHANBA va YAKSHANBA DAM OLISH KUNIM iltimos shuni ham hisobga oling!
Qabul paytida bemorlarga qanday qarashim qabulimda bo’lganlarga ayon, hammamizga insof bersin🤲