O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI @uzfin09 Channel on Telegram

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

@uzfin09


O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI (Uzbek)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI Telegram kanali bilan tanishing! Bu kanal O'zbekiston Finans va Pul ishlari instituti tarmogi talabalari va o'qituvchilari uchun mo'ljallangan. Kanalda muhim e'lonlar, dars jadvali va maqolalar, dastur yangiliklari va boshqa foydali ma'lumotlar o'rin oladi. Agar siz O'zFinPI talabasi yoki o'qituvchisi bo'lsangiz, bu kanal siz uchun zarur va foydali bo'ladi. O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI'ga obuna bo'ling va so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling!

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

17 Feb, 15:46


#Rektor #uchrashuv #xalqaro_hamkorlik🇺🇿🇲🇾

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova institutimizda faoliyat olib borayotgan Malayziyaning Sultan Idris universiteti professori Che Zalina bilan uchrashuv o‘tkazdi

Dastlab rektor Shahzoda Negmatova Zalina xonimning institutimizga tashrifi va professor-o‘qituvchilarga chet tili hamda IT sohalarida berib kelayotgan qimmatli bilimlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va o‘qituvchilarning Scopus ilmiy bazasiga maqolalar tayyorlashida muntazam yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, chet tili va IT yo‘nalishlarida professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish, turli grant loyihalarida ishtirok etish kabi hamkorlik takliflari ham ko‘rib chiqildi.

👉 https://uzfi.uz/uz/news/content/396/

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

17 Feb, 13:46


❗️ Rektor va talabalar uchrashuvi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova institutning barcha kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.

Ochiq muloqotda Siz, o’quv jarayonlari, yotoqxona va ijara xonadonlari bilan bog‘liq barcha savollarga batafsil javob olishingiz, shuningdek, o‘z takliflaringiz bilan ham murojaat etishingiz mumkin bo‘ladi.

🗓 2025-yil 18-fevral
🕔 soat 14:00 da
📍 konferensiyalar zali


🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

17 Feb, 07:46


#Kitobxon_talaba

Tillar fakultetida “Kitobxon talaba” loyihasi doirasida o‘tgan hafta davomida mutolaa qilishga tavsiya qilingan Chingiz Aytmatovning “Jamila” asari muhokama qilinib, bu haftada Li Kuan Yuning “Uchinchi dunyodan-birinchi dunyoga (Singapur mo‘jizasi)” asarini o‘qishga tavsiya etildi.

🔰 👉Bizni kuzating:
https://t.me/UzFin_MTadbirlar

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

15 Feb, 17:13


KUN XABARLARI

ULUGʻ DAHOLARGA EHTIROM

15.02.2025

@SamTvr

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

15 Feb, 10:29


#Yutuq

⚡️Oʻzbekiston - Finlandiya pedagogika institutida o'tkazilgan "Eng yaxshi tyutor" soʻrovnomasida Tillar fakulteti tyutori Zuhra Tursunboyeva birinchilikni qoʻlga kiritdi.
❗️ Ushbu yutuq bilan fakultet jamoasi samimiy qutlaydi va keyingi ishlariga omad tilaydi.

🌷🌷🌷🌷

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

12 Feb, 08:22


#Yangiliklar

⚡️ O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Tillar fakulteti talabalari o'qituvchilar bilan birgalikda " Hamid Olimjon nomidagi musiqali drama teatri " ga spektakil tomosha qilishga tashrif buyurishdi

🗣 Tashrif davomida tillar fakulteti jamoasi madaniy hordiq olishdi.

Telegram Instagram Facebook YouTube X( Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

11 Feb, 13:46


#OAV #TV
#eksklyuziv_intervyu

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova Samarqand telekanalining “Bekat” koʻrsatuvi mehmoni bo‘ldi

▶️ “Bekat” ko‘rsatuvini HD formatda ko‘rish

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

10 Feb, 14:49


🔹🔹🔹🔹

Institutimizda Malayziyaning Sultan Idris Universiteti professori Che Zalina o‘z faoliyatini boshladi

Xorijiy tillar kafedrasi bilan tuzilgan shartnoma doirasida Malayziyaning Sultan Idris Universiteti professori Che Zalina o‘z ilmiy-pedagogik faoliyatini boshladi.

Bugun tillar fakultetida professor-o‘qituvchilar uchun grant dasturlari, SCOPUS va Web of Science xalqaro ilmiy bazalarida maqolalar chop etish kabi dolzarb mavzularga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi. Ushbu seminar davomida ishtirokchilarga ilmiy maqolalar yozish va nufuzli jurnallarda chop etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Kelgusida bunday seminar-treninglarni boshqa fakultetlar doirasida ham tashkil etish rejalashtirilgan.

📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱You tube | 📱X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

10 Feb, 12:43


🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti jamoasi ma'lum qiladi. Institutda muddatli harbiy xizmatni o‘tab harbiy qism tavsiyanomasi(ligota) bilan o‘qishga qabul qilingan, to‘lov-shartnoma(kontrakt) asosida tahsil olayotgan bakalavryat(kunduzgi) talabalar to‘lov-shartnoma pulining 35% qismi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan to‘lab beriladi. Ushbu imtiyoz uchun ariza berishning so‘ngi muddati 15.02.2025-yil.
Murojaat uchun @rustamjon_jumayev

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

10 Feb, 10:17


⛔️⛔️⛔️

Giyohvandlik va OITS-asr vabosi

Ayni paytda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” oyligi doirasida “Giyohvandlik va OITS-asr vabosi” mavzusida targ‘ibot tadbiri o’tkazilmoqda…

📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱You tube | 📱X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

09 Feb, 06:25


Ўзбек тили ривожи учун қачон қайғурамиз?

Нега баъзи мамлакатлар мигрантлар ва бошқа мақсадларда юртига келган фуқароларга ўз тилини ўргатмасдан ишга ёки ўқишга қабул қилмайди? Бизда эса хориждан келиб мамлакатимиз олийгоҳларида таҳсил олаётган талабалардан ўзбек тилини билиш даражасини билдирувчи сертификат талаб қилинмайди?

———-

O‘zbek tili rivoji uchun qachon qayg‘uramiz?

Nega ba’zi mamlakatlar migrantlar va boshqa maqsadlarda yurtiga kelgan fuqarolarga o‘z tilini o‘rgatmasdan ishga yoki o‘qishga qabul qilmaydi? Bizda esa xorijdan kelib mamlakatimiz oliygohlarida tahsil olayotgan talabalardan o‘zbek tilini bilish darajasini bildiruvchi sertifikat talab qilinmaydi?

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/fo39

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

07 Feb, 14:11


📌 Pedagogik kadrlar tayyorlashda ilg‘or tajribalar va hamkorlik muhim bosqichga chiqmoqda

Oliy ta’lim tizimida natijadorlikka erishish, zamonaviy fikrlaydigan, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda yangi tashabbuslarni ishlab chiqish maqsadida Respublika oliy ta’lim Kengashi huzurida kichik loyiha guruhlari tashkil etilgan. Pedagogik kadrlarni tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul muassasa sifatida Xalqaro Nordik universiteti belgilangan.

Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova boshchiligidagi institut rahbariyati vakillari mazkur universitetda bo‘lib, kichik loyiha guruhi oldiga qo‘yilgan vazifalarni muhokama qilish hamda istiqboldagi rejalarni belgilab olishdi.

Uchrashuv davomida har ikkala oliy ta’lim muassasasi rahbariyati vakillari pedagogik kadrlarni tayyorlashda eng samarali loyihalarni ishlab chiqish, Finlandiya ta’lim tizimi tajribasini bosqichma-bosqich mamlakatimizda joriy etish, ilg‘or innovatsion metodlarni ta’lim jarayoniga tatbiq qilish hamda yetuk pedagog kadrlarni tayyorlashning sifatini oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Shuningdek, pedagogik ta’lim dasturlarini xalqaro talablar asosida takomillashtirish, amaliy mashg‘ulotlarga ustuvor ahamiyat qaratish, zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng joriy etish va pedagoglarning kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Mazkur hamkorlik natijasida O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ilg‘or pedagogik usullarni joriy etish, sifatli ta’lim xizmatlarini taklif etish va xalqaro tajribaga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo‘nalishida yangi bosqichga chiqish maqsad qilingan.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

07 Feb, 11:31


#Milliy_liboslar_kuni

☘️☘️Tillar fakultetida milliylikni targ‘ib qilish, milliy madaniyatni asrab-avaylash, milliy an’analarning o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni targ‘ib qilish maqsadida “Milliy libos va qadriyatlarimiz - millatimiz iftixori!” shiori ostida “Milliy liboslar kuni” deb belgilandi va professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar 7-fevral kuni milliy liboslarda faoliyat olib borishdi.

👉Bizni kuzating:
https://t.me/UzFin_MTadbirlar

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

21 Jan, 07:22


#Live
#Rektor_va_yoshlar

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilayotgan "Rektor va yoshlar uchrashuvi"da rektorimiz talabalarning muammo va murojaatlari yuzasidan erkin fikrlari, taklif va tashabbuslarini tinglamoqda.

Telegram
| Instagram | Facebook

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

20 Jan, 18:07


🇺🇿#MilliyJamoa futbolchisi Abduqodir Husanov faoliyatini 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliyaning “Manchester Siti” klubida davom ettiradi.

Futbolchimizga yangi jamoasi safida omad va zafarlar tilaymiz.

⚡️ t.me/FAUzbekistan

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

20 Jan, 16:35


🟦🟦🟦

⚡️ O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tillar fakulteti talabasi Sumbula Tugalovaning "Интерпретация рубаята Омара Хайяма в переводе Осипа Борисовича Румера" nomli maqolasi Finlandiyaning "Transforming aducation through scientific discovery" jurnalida nashr etildi.

📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱You tube | 📱X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

20 Jan, 13:10


🟦🟦🟦🟦

🧠 Zulfinoz Kamariddinova – 2024-yilning eng yaxshi bilimdoni!

2024-yil yakunlariga ko‘ra, “Zakovat” intellektual o‘yini doirasida hududiy klublarning eng yaxshilari aniqlandi. Bu yilgi tadbirda uchta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilindi: “Eng yaxshi ayol bilimdon”, “Eng yaxshi bilimdon” va “Eng yaxshi jamoa”.

Samarqand viloyati bo‘yicha “Eng yaxshi ayol bilimdon” nominatsiyasida g‘oliblikni O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti tillar fakulteti talabasi Zulfinoz Kamariddinova qo‘lga kiritdi. U o‘zining bilimdonligi, tezkor fikrlashi va keng dunyoqarashi bilan barchani hayratda qoldirdi.

Samarqand viloyatidagi Zakovat klublari uchun bu yilgi tanlov qizg‘in kechdi. G‘oliblar uchun maxsus esdalik sovg‘alari va lavhlar taqdim etildi.

Zulfinoz
ning bu yutug‘i nafaqat institut jamoasi, balki butun viloyat uchun faxrli hodisa bo‘ldi. Unga intellektual sohada yanada ulkan yutuqlar tilaymiz!


📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱You tube | 📱X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

20 Jan, 05:30


Haftaning eng muhim voqealari sharhi: O‘zbekiston va BAA – strategik sheriklar. Prezident "Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi"da ishtirok etdi. Sun’iy intellekt – Amirliklar bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri.

Telegram | Instagram | Facebook

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

17 Jan, 16:03


#Yangiliklar

Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida investitsiyalarni keng jalb etish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida Oliy ta’lim muassasalari tomonidan xorijiy investitsiyalar, grantlar va beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi.


Mazkur tashabbuslarni amalga oshirish doirasida bugun O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova institut rahbariyati vakillari, dekanlar, kafedra mudirlari va bo‘lim boshliqlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Batafsil: https://uzfi.uz/uz/news/content/380/

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

16 Jan, 11:10


#Talabaga_qulaylik!

⚡️ Aziz talabalar!

📚Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish uchun tavsiya etilgan eng sara kitoblar ro’yxati bilan tanishing!

👉 Kitoblar ro‘yxati

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

16 Jan, 08:02


#Yangiliklar

⚡️ "Методика преподавания русского языка и литературы" nomli o‘quv qo‘llanma nashr etiladi

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Tamilla Mavlyanovaning "Методика преподавания русского языка и литературы" nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tegishli ruxsatnomaga ega boʻldi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

14 Jan, 13:43


⚡️ Tillar fakulteti kafedralarida faoliyat olib borayotgan o'qituvchilar diqqatiga!

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori 3.3-ilovasida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish maqsadida fakultet dekanining 2025—yil 14-yanvardagi 10-sonli farmoyishi bilan fakultet professor-o‘qituvchilari uchun quyidagi xorijiy tillar to‘garaklari tashkil qilindi:

✔️ 1. Ingliz tili (Multilevel) - Ingliz tilidan sertifikat olish uchun tayyorlanayotgan o'qituvchilar uchun;

✔️ 2. Ingliz tili (Grammar) - Ingliz tilidan boshlang'ich bilim olmoqchi bo'lgan o'qituvchilar uchun;

✔️ 3. Turk tili (Sertifikat) - Ingliz tilidan sertifikat olish uchun tayyorlanayotgan o'qituvchilar uchun;

🗓 To'garaklar haftada 3 kun - dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 17:00 da bo'lib o'tadi.

❗️ To'garaklarga chet tili sertifikatlarga ega bo'lmagan o'qituvchilar qatnashishi shart.

🔜 Ilk darslar 20-yanvar dushanba kunidan boshlanadi.

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

13 Jan, 18:40


Hurmatli Vatan himoyachilari!

Sizlarni barchamiz uchun muhim va aziz sanaga aylanib ulgurgan 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Sizlarning mardona xizmatlaringiz tufayli xalqimiz osoyishta, yurtimiz tinch, oilalarimiz baxtli va farovon hayot kechirmoqda. Vatanimizning mustahkam qalqoni boʻlib, uning sarhadlarini asrab, xalqimizning tinchligi va farovonligini himoya qilish yoʻlida koʻrsatgan jasoratlaringiz yuksak hurmat va eʼtirofga loyiqdir.

Sizlarga mustahkam sogʻlik, bardavom kuch-quvvat, oilaviy baxt va mashaqqatli, ammo sharafli ishlaringizda doimo omad yor boʻlishini tilayman. Yurtimiz tinchligi va xavfsizligini himoya qilish yoʻlida koʻrsatgan fidoyiligingiz va matonatingiz xalqimiz qalbida abadiy yashaydi.

Bayramingiz muborak boʻlsin!


Hurmat bilan,
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori
Shahzoda Negmatova.


Telegram | Instagram | Facebook

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

13 Jan, 18:40


#Yangiliklar

⚡️ O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabalarI o‘rtasida “Jadidlar jasorati — millatimiz faxri” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi

Ma'lumot uchun, tanlovda qatnashchilarning ijodiy ishlarini baholashda mavzuning to‘laqonli ochib berilganligi, jadidlar jasorati, merosi va fidoyiligi haqida shaxsiy mulohazalarni ravon ifodalay olish ko‘nikmasi, imloviy savodxonligi, so‘z boyligi va uslubiy mahorati kabi bir qator jihatlarga eʼtibor qaratiladi.

Natijalar haqida batafsil ma'lumot beramiz...

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

11 Jan, 14:20


#Yangiliklar

⚡️Samarqand shahrida harbiylar va kuch tuzilmalarining bayramona jangovar yurishi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand shahrida harbiylar va kuch tuzilmalari xodimlarining jangovar yurishi bo‘lib o‘tdi. Jangovar yurish Islom Karimov xiyobonidan boshlandi va Ko‘ksaroy maydonigacha davom etdi. Bayramona yurishda oliy ta’lim muassasalari, xususan, O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Tashkil etilgan bayramona tadbirda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov hamda boshqa mutasaddi xodimlar so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining bugungi kundagi salohiyati va qudratini alohida ta’kidladlab barchani milliy armiyamiz tashkil etilganining 33 yilligi va 14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" bilan tabrikladilar.

Tadbir davomida yig‘ilganlarga qurolli kuchlarimiz salohiyatini aks ettirgan harbiy va jangovar chiqishlar, harbiy ko‘rgazmalar namoyish etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

09 Jan, 15:01


#Yangiliklar

⚡️ Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlar holidan xabar olindi


O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Zarifa Mo'minova ishchi guruh hamrohligida 1,4, 5-sonli yotoqxonalarda bo'lib, ulardagi isitish tizimi, tozalik holati va yoshlarning fikrlarini o'rgandi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

08 Jan, 12:35


#Yangiliklar

⚡️ O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti xorijiy tillar kafedrasi assistenti Nigora Raximova pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

06 Jan, 07:22


#TANLOV

🏛
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabalarining qishki ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” munosabati bilan "Tabiatni asra, farovon kelajakni yarat!" mavzusida o‘tkaziladigan onlayn rasmlar tanlovini e'lon qiladi.

📎Tanlovga ishtirok etish uchun
NIZOM bilan tanishing!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

06 Jan, 07:22


#TANLOV

⚡️
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabalari o'rtasida 2025-yil - “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” munosabati bilan "Yashil kelajak uchun birgalikda harakat qilaylik!" mavzusida onlayn she'rlar tanlovi o'tkaziladi.

🖌
O'z ijod namunangizni joriy yilning 7-yanvariga qadar Word hamda PDF variantda @sherzod198411 telegram manziliga yuborishingiz mumkin.

➡️ NIZOM

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

06 Jan, 07:22


#TANLOV

📹
O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti talabalari o'rtasida "Atrof-muhitni asrash – har birimizning burchimiz!" mavzusida onlayn videoroliklar tanlovi o'tkaziladi.

Siz tomoningizdan tayyorlangan videoroliklar joriy yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) @sherzod198411 telegram manzilida qabul qilinadi.

➡️
NIZOM

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

03 Jan, 12:13


#E’lon

📌 Abdurazoqov Boburjon Sobirjon o‘g‘lining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida


Abdurazoqov Boburjon Sobirjon o‘g‘lining “Ingliz va o‘zbek tillarida emotsiya konseptlarining verballashuvi” mavzusidagi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik ixtisosligi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 17 yanvar kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

31 Dec, 19:59


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

31 Dec, 19:27


🎗 YILNING ENG YAXSHI REKTORI 2024 VII AN'ANAVIY KO'RIK TANLOVINING ENG YAXSHI INSTITUT REKTORI NOMINATSIYASI G'OLIBI:

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Negmatova Shahzoda Shuhratovna;

🏆 G'olibga Oltin statuetka, Diplom, OTM talabalari uchun 14 000 000 so'mlik sertifikat hamda esdalik sovg'alar bilan tantanali ravishda taqdirlanadilar.

Shahzoda Shuhratovnaga kelgusi faoliyatiga zafarlar tilagan holda, doimo shunday jamoasi hamda talabalari hurmat e'tiboriga sazovor bo'lib yurishi nasib etsin. 2 karra chempion bo'ldilar.

Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

31 Dec, 17:48


#Yangi_yil_2025

🎄 Yangi yilingiz muborak boʻlsin!

🔴 Zarifa Moʻminova – Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

31 Dec, 08:56


#Bugun_tugʻilgan_kun

🎄Bugun Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatovaning tavallud topgan kunlari!

🎁 Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti jamoasi Shahzoda Shuhratovnaga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, tinchlik, xotirjamlik va barcha yaxshi tilaklarni tilaydi!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

28 Dec, 13:09


🎗 FINAL: YILNING ENG YAXSHI INSTITUT REKTORIGA OVOZ BERING

🏆 G'oliblar Oltin statuetka, Diplom, OTM talabalari uchun 14 000 000 so'mlik sertifikat hamda esdalik sovg'alar bilan tantanali ravishda taqdirlanadilar.

Ovoz berish jarayonlari 31-dekabr 23:59ga qadar davom etadi va ushbu nominatsiya bo'yicha eng ko'p ovoz to'plagan nomzod g'olib deb topiladi.

O'Z NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG.
Ovoz berish 👉 @Yilrektoribot

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

23 Dec, 09:46


#Tanlov_Marifat_maydoni

📙🎊Joriy yilning 21-dekabr sanasida O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tillar fakultetida “Ma'rifat maydoni” Respublika tanlovining fakultet bosqichi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan baxsli tanlovda "Ibrat" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va institut bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.


Bizni kuzating:
https://t.me/UzFin_MTadbirlar

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

20 Dec, 08:57


🎗 YILNING ENG YAXSHI INSTITUT REKTORIGA OVOZ BERING

Tanlov 2 bosqichda bo'lib o'tadi. 1-bosqichda nomzodlar 1000ta ovoz to'plashlari kerak, shundan so'ng ular FINALga yo'l oladilar. 1-bosqich 19-dekabrdan 27-dekabrga qadar davom etadi. 2-bosqich, FINAL esa 28-31-dekabr kunlari bo'lib o'tadi.

1000ta ovoz to'plagan barcha FINALda ishtirok etadi.

🏆 G'oliblar Oltin statuetka, Diplom, OTM talabalari uchun 14 000 000 so'mlik sertifikat hamda esdalik sovg'alar bilan tantanali ravishda taqdirlanadilar.

O'Z NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG.
Ovoz berish 👉 @Yilrektoribot

Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

19 Dec, 13:50


#Yangi_yil_2025🎄

⚡️ Pedagogika va jismoniy madaniyat hamda tillar fakultetida Yangi yil bayrami nishonlandi


O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti pedagogika va jismoniy madaniyat hamda tillar fakulteti hamkorligida Yangi yil bayrami nishonlandi. Tadbirda fakultet dekanlari, professor-o'qituvchilari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

Dastur avvalida fakultetlarning kelgusi yil uchun o'z oldiga qo'ygan maqsadlari haqida so'z bordi. So'ngra talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, ko'ngilochar dasturlar ishtirokchilarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

21 Nov, 13:05


#Yangiliklar

⚡️ Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari...

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga Ozarbayjon ta’lim vazirligi, universitet va litsey mutaxassislaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekiston va Ozarbayjonning ta’lim tizimlari, ularning xususiyatlari hamda pedagogik tajribalar almashinuvi bo‘yicha fikrlar almashdilar.

Tashrif davomida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, ta’lim jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etish va talabalar hamda o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha kelishuvlarga erishish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari institutning o‘quv jarayonlari va ilmiy tadqiqot faoliyati bilan yaqindan tanishib, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash va ta’lim sohasida yangi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilashda muhim qadam bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

21 Nov, 07:08


#Yangiliklar

📌 Talabalarga «4+2» amaliyot dasturi boʻyicha ma’lumot berildi

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tillar fakulteti dekani Iroda Utayeva va marketing va talabalar amaliyoti bo‘lim bo‘shlig‘i G‘ulom Yakubovlar Samarqand shahrining 13-64-umumiy o‘rta taʼlim maktablarida amaliyot oʻtayotgan 2-3-bosqich talabalari bilan uchrashdi.

Talabalarning amaliyot jarayonlari oʻrganilib, ularga «4+2» amaliyot dasturi haqida qoʻshimcha ma’lumotlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

18 Nov, 08:03


#Flag_uz 🇺🇿
#Milliy_kontent

18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

14 Nov, 09:35


#Yangiliklar

⚡️ Institutimiz professor-oʻqituvchilari xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Zarifa Moʻminova, tillar fakulteti dekani Iroda Oʻtayevalar Urganch davlat pedagogika institutida oʻtkazilgan “Globallashuv sharoitida pedagogika sohasidagi tadqiqotlar: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda qatnashdi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

14 Nov, 06:54


#Eʻlon

⚡️ O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida qishki mavsumdagi o‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etish rejasi e'lon qilindi...


📌 Eslatib o‘tamiz, dars jarayonlari 2024-yil 18-noyabrdan boshlanadi.

O'quv uslubiy-boshqarma

Batafsil: https://uzfi.uz/uz/news/events/49/

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

13 Nov, 17:54


#Yangiliklar

⚡️ Institutimiz o'qituvchisi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi


O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Nasiba Ochilova Navoiy davlat pedagogika institutida o'tkazilgan “Zamonaviy taʻlimda filologiya fanlarini oʻqitishning dolzarb muammolari: innovatsiya va istiqbollar” mazvusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

13 Nov, 13:18


#Diqqat

⚡️ "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida adiblar bilan uchrashuv tashkil etiladi


2024-yilning 10-dekabr kuni O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti faollar zalida ushbu adiblar bilan uchrashuv tashkil etiladi:

- Muhammad Ali - O'zbekiston xalq yozuvchisi, olim, jamoat arbobi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi.
- Islomjon Qo'chqorov - shoir, publitsist.
- Humoyun Akbar - shoir, yozuvchi.


Barcha talabalarni ushbu uchrashuvga taklif etamiz!


Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

10 Nov, 07:20


#Ochiq_dars

⚡️ Ochiq darsga taklif etamiz!

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rus tili va adabiyoti kafedrasi assistenti Bender Regina 2-bosqich 208-guruh talabalariga ” Сопоставительный анализ сказочных сюжетов братьев Гримм и Ш. Перро(на примере сказок "Золушка" и " Красная шапочка")mavzusida ochiq dars o’tadi.

Mashg‘ulot, 2024-yil 11-noyabr kuni soat 13:00da tillar fakulteti binosi, 201-xonada bo’lib o’tadi.

Darsga barcha qiziquvchilar taklif etiladi.

Telegram Instagram Facebook YouTube X(Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

10 Nov, 04:26


#Yangiliklar

“Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berildi.

🌳 Bugundan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublika marafoniga start berildi. Marafon 20-noyabrgacha respublikaning barcha hududlarida tashkil etilib, umumiy miqdorda 20 milliondan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekish ko‘zda tutilgan.

🔷Ushbu marafonda O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori ,Tillar fakulteti dekani hamda bir guruh professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi


Telegram Instagram Facebook YouTube X(Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

02 Nov, 05:37


#Yangiliklar

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti birinchi prorektori Zarifa Moʻminova falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi


O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Moʻminova Zarifa Odilovna “Tafakkurning dissipativ struktura sifatidagi sinergetik tahlili” mavzusidagi 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya, mantiq ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

25 Oct, 10:01


#Yangiliklar

⚡️ "Bo’lajak ingliz tili o’qituvchilarining kasbiy ijodiy kompetentligini rivojlantirish" nomli dastur ishlab chiqildi

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tillar fakulteti dekani Iroda Utayeva va fakultet talabasi Dilshod Axmedov "Bo’lajak ingliz tili o’qituvchilarining kasbiy ijodiy kompetentligini rivojlantirish" nomli dasturi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli guvohnomasini qoʻlga kiritdi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

25 Oct, 01:44


#Yangiliklar

⚡️ O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti tillar fakulteti talabalari va ularning ota-onalari ishtirokida "Ota-onalar forumi bo'lib o'tdi

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

24 Oct, 13:38


#Yangiliklar

⚡️ "Kitob mening do‘stim" respublika ko‘rik tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi

Tanlovda fakultet bosqichidan saralab olingan ishtirokchilar qatnashib, uch bosqichda bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra:

1-o‘rinni Marjona Ergasheva - tillar fakulteti 3-bosqich talabasi;
2-o‘rinni Shahnoza Musayeva - tillar fakulteti 3-bosqich talabasi;
3-o‘rinni Muxlisa Hamroqulova - pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti talabasi qo'lga kiritdi.

Talabalarga tanlovning keyingi bosqichida ham omad tilaymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

24 Oct, 11:16


#OAV #TV

⚡️ O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida 21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to'lishi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

23 Oct, 11:12


#E'lon

⚡️ Stol tennisi bo‘yicha musobaqa o'tkaziladi

Institut sport klubi tomonidan talabalar o'rtasida sportning "Stol tennisi" turi bo‘yicha musobaqa o'tkaziladi.

Musobaqa 2024-yilning 24-oktabr kuni soat 13:00da pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti sport zalida bo‘lib o'tadi.

🎁 G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi!


Murojat uchun: 📞 97 577 90 61

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

22 Oct, 08:57


Ushbu havola orqali institut yoshlar ittifoqi faoliyatini kuzatib borishingiz mumkin. Hurmatli, yoshlar, a‘zo bo‘lamiz!

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

22 Oct, 08:57


https://t.me/UzFiPI_yoshlari

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

22 Oct, 05:17


#21_oktabr #Ona_tilim

⚡️ 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida 21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to'lishi munosabati bilan tillar fakulteti tomonidan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

22 Oct, 05:06


#21_oktabr

Til-insonlar uchun berilgan eng buyuk ne‘mat!


Uni asrash, hurmat bilan munosabatda bo‘lish har birimizning asosiy vazifalarimizdandir.

Inson tili orqali o‘z hissiyotlarini izhor etadi, oilasi, do‘stlari, farzandlari bilan muloqotga kirisha oladi. Insonga beminnat xizmat qiladigan ushbu bebaho xazinaning qadriga yetaylik!

Tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari butun O‘zbekiston xalqini o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan qizg‘in qutlaydi!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

21 Oct, 12:52


O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Tillar fakulteti madhiyasi
.http://uzfi.uz

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

21 Oct, 12:39


#21_oktabr #Ona_tilim
#milliy_kontent

📌 21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun


🎞 Tillar fakulteti jamoasi tayyorladi

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

21 Oct, 12:16


#Yangiliklar

⚡️ 21-oktabr - O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan o'tkazilgan tanlov g'oliblari taqdirlandi

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

21 Oct, 11:53


#21_oktabr #Ona_tilim

⚡️ 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida 21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to'lishi munosabati bilan tillar fakulteti tomonidan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Unda Samarqand viloyati Ma’naviyat va ma’rifat boshqarmasi boshligʻi Dilshod Ismoilov, viloyat hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherali Temirov, institut yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Zarifa Moʻminova, professor-oʻqituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar oʻzbek tilining xalqaro maydondagi nufuzi, uning keng miqyosda oʻrganilayotgani va tadqiq etilayotgani, kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

19 Oct, 13:06


Tez kunda

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

18 Oct, 17:07


#Yangilklar #Xalqaro

⚡️ Tambov davlat universiteti professor-o'qituvchilari va talabalari bilan uchrashuv o'tkazildi

Ayni kunlarda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutida bo‘lib turgan Rossiyaning G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda institut yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Zarifa Mo'minova, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Akbar Safarov, xalqaro hamkorlik bo'limi mudiri Mahmud Jumayev va boshqa mas'ullar ishtirok etdi.

Muloqot davomida institutimiz talabalari bilan birgalikda o‘tkazilgan master-klasslar haqida fikr almashildi. Shuningdek, G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti vakillari institut rahbariyati bilan tanishib, o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlik qilish masalalari yuzasidan o'z takliflarini bildirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

18 Oct, 14:32


#dars_jarayoni

Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan lavhalar

304-guruh

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

18 Oct, 13:13


➡️ TANISHING!

🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti boshlangʻich tashkiloti jamoasi!

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | X (Twitter)

O'zFinPI TILLAR FAKULTETI / RASMIY KANALI

17 Oct, 18:08


Ахборот 24 | Массовое мероприятие Экологической партии Узбекистана в Самарканде
#17oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

1,080

subscribers

4,792

photos

480

videos