Kiberxavfsizlik Klubi @csclubuz Channel on Telegram

Kiberxavfsizlik Klubi

@csclubuz


Kiberxavfsizlik Markazi "Duk" huzurida tashkil etilgan Kiberxavfsizlik Yoshlar klubi.

veb-sayt: https://csclub.uz

Birgalikda o'rgangan bilimimiz - kelajakni himoya qiladi.

Kiberxavfsizlik Klubi (Uzbek)

Kiberxavfsizlik Klubi deb nomlangan Telegram kanalimiz Kiberxavfsizlik Markazi "Duk" tomonidan tashkil etilgan Kiberxavfsizlik Yoshlar klubi. Bu klubi yoshlar uchun xavfsizlik sohasida bilim olish, tajriba almashish va o'zlarini rivojlantirish imkoniyatlarini taqdim etadi. Kanalimizda xavfsizlik sohasidagi eng yangi yangiliklar, texnologiyalar, va mustaqil fikr-mulohazalar bo'lishi mumkin. Bizning veb-saytimiz https://csclub.uz orqali ham bilim olmang. Kiberxavfsizlik Klubi bilan birgalikda o'rgangan bilimiz, kelajakni himoya qiladi. Sizni ham kanalimizga a'zo bo'lish va o'z fikrlaringizni almashishga chaqiramiz!

Kiberxavfsizlik Klubi

13 Nov, 10:27


#CyberLibrary #Kiberkutubxona

🔴Kiberxavfsizlik sohasiga qiziqaman, ammo qanday kitob o’qishni bilmayapman deysizmi?!

📚Bu yerda tavsiya qilinadigan kitoblar Kiberxavfsizlik sohasida hamda turli darajalarda bo'lgani sababli, quyidagi tavsiya qilinadigan kitoblar Siz uchun anchayin foydali.

Linux: The Ultimate Guide - Sufyan bin Uzayr
Mazkur kitob tashkilotlar va iste'molchilar uchun kibertahdidlarning ko'lami, shuningdek, bunday tahdidlarga qarshi yangi texnologik yutuqlar, shuningdek, madaniy, tashkiliy va makro muhitgacha bo'lgan omillar bilan qanday rivojlanishi haqida tushuncha beradi. Nashr shuningdek, yangi va rivojlanayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlarining kiberxavfsizlik va maxfiylik masalalariga ta'sirini tasvirlaydi.

Cybersecurity Management: An Organizational and Strategic Approach - Nir Kshetri
Ushbu kitob tashkilotlar va iste'molchilar uchun kibertahdidlarning ko'lami, shuningdek, bunday tahdidlar yangi texnologik turlari, madaniy, tashkiliy va makro muhitgacha bo'lgan omillar bilan qanday rivojlanishi haqida tushuncha beradi. Nashr shuningdek, yangi va rivojlanayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlarining kiberxavfsizlik va maxfiylik masalalariga ta'sirini tasvirlaydi.

Python for Cybersecurity: Using Python for Cyber Offense and Defense - Howard E. Poston III
Kitob “Python”dan kiberxavfsizlik uchun foydalanish uchun intuitiv va amaliy tushuntirishlar beradi. Nashr “Mitre ATT&CK”ning kiberhujum usullari, hujumlardan himoya qilish vositalari va bugungi kunda tarmoq ma'murlari va boshqa manfaatdor tomonlar duch keladigan asosiy kiberxavfsizlik muammolari bo'yicha tadqiqotlarini o‘z ichiga oladi.

Machine Learning for Cyber Security - Lata Nautiyal, Mangey Ram, Preeti Malik
Mazkur kitob faqat matematik usullardan foydalangan holda, muhandislik va axborot texnologiyalarining so'nggi dasturlariga bag'ishlangan. Muhandislik ilovalari haqidagi bilimlardagi bo'shliqlarni aniqlash orqali AMEIS seriyasi fanlar o'rtasida xalqaro almashinuvni osonlashtiradi va Sizga so'nggi voqealar haqida xabardor bo‘lish imkoniyatini beradi.

Wireless Penetration Testing: Up and Running - Dr Ahmed Hashem El Fiky
Ushbu kitob har qanday IT mutaxassisining tashkilotning tarmoq muhitidagi kamchiliklarni aniqlash va ulardan foydalanish bilan shug'ullanishda axloqiy xaker bo'lish istagini shakllantiradi. Ushbu kitobda Android va iOS mobil qurilmalari, simsiz tarmoqlarga kiberhujumlarni taqlid qilish uchun keng ko'lamli vositalardan foydalangan holda simsiz kirish testlarini qanday o'tkazish haqida batafsil ma'lumot berilgan.

Security from Zero: Practical Security for Busy People - Eric Higgins, Nate Murray
Ushbu kitobda Siz tez orada va keyinroq qilishingiz mumkin bo'lgan amaliy ishlar, xususan, qaror qabul qilish, maqsadlarni belgilash va taraqqiyotni kuzatish uchun zarur bo'lgan omillar haqida so'z boradi.

O‘qish va izlanishdan hech qachon to‘xtamang!

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube

Kiberxavfsizlik Klubi

29 Oct, 06:47


🎉 Learn.csclub.uz da katta yutuq

🔒 learn.csclub.uz platformasi 11-oktabrda ochilgan bo‘lsa-da, bugungi kunga kelib, ya'ni 29-oktabrgacha umumiy o‘qishlar va ko‘rishlar soni 24 mingdan oshdi! Bu ko‘rsatkich bizning kiberxavfsizlikga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

📖 Bugun esa learn.csclub.uz platformasiga tarmoq xavfsizligi bo‘yicha bir nechta yangi darslar qo‘shiladi. O‘quvchilarimiz uchun yangi darslar taqdim etiladi va ularga bu yo‘ldagi bilimlarini oshirishda omad tilaymiz.

👨‍💻 Kiberxavfsizlik klubi — bilimlar manbai!

@csclubuz

Kiberxavfsizlik Klubi

23 Oct, 11:40


🚀 Kiberxavfsizlik klubiga qanday a’zo bo‘lish mumkin?

1️⃣ csclub.uz 🌐 saytiga kirib, klubimiz faoliyati bilan tanishing.

2️⃣ learn.csclub.uz 📚 saytiga kirib, kiberxavfsizlik bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalarni o‘rganing.

3️⃣ qabul.csclub.uz 📝 orqali qabul formasini to‘ldirib, arizangizni yuboring.

4️⃣ Qabul asosida markaz xodimlari bilan suhbatga kirishasiz va kiberxavfsizlik hamda texnik bilimlaringiz sinovdan o‘tkaziladi. Agar natijalaringiz maqul kelsa, siz klub a’zoligiga qabul qilinasiz!

💡 Ilk qadamlaringizni qo‘ying va kiberxavfsizlik olamiga sho‘ng‘ing! 🌐💻

#KiberXavfsizlik #CSClub

Kiberxavfsizlik Klubi

16 Oct, 07:35


#cknews #css2024

🦁CYBERKENT 2.0” musobaqasi tafsiloti

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube

Kiberxavfsizlik Klubi

11 Oct, 06:09


🔒 Kiberxavfsizlik Klubi

Bizning yangi o‘quv platformamiz — learn.csclub.uz ishga tushdi! Endi siz kiberxavfsizlik sohasida o‘z bilimlaringizni chuqurroq o‘rganishingiz va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishingiz mumkin. Platformamizda har hafta yangi bilim modullari qo‘shilib boriladi, bu sizga doimiy ravishda soha bo‘yicha eng zamonaviy bilimlarni o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi.

Kiberxavfsizlik Klubimizga qo‘shiling va soha bo‘yicha yetakchilar qatoridan joy oling!

#Kiberxavfsizlik #learncsclub

Kiberxavfsizlik Klubi

04 Oct, 06:48


🔺“CTF” — ochiq topshiriqlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Ochiq topshiriqlar 3 yo'nalishni o‘z ichiga oladi:

💬CTF Master (onlayn shaklda o’tkaziladi): topshiriqda ishtirokchilar kiberxavfsizlik bo'yicha turli masalalarni hal etib, bayroqni qo'lga kiritish uchun raqobatlashadilar. Har bir bayroq tizimidagi muammolarni yechish talab etiladi.

Ro'yxatdan o'tish (ctf.cyberkent.uz)

💬Hack ATM (oflayn shaklda o’tkaziladi): topshiriqda ishtirokchilar ATM tizimining zaifliklarini aniqlash va unga hujum qilish imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishlari talab etiladi.

Ro'yxatdan o'tish (cyberkent.uz)

💬 Hack SmartHome (oflayn shaklda o’tkaziladi): Ishtirokchilar "Aqlli uy" tizimlariga kirib, ulnar ning xavfsizlik darajasini tekshiradilar. Ushbu topshiriqda, turli xil uy jihozlari va ularning boshqaruv tizimlarini himoyalash bo'yicha zaifliklarni topish talab etiladi.

Ro'yxatdan o'tish (cyberkent.uz)

Barcha topshiriqlar uchun alohida nominatsiyalar va pul mukofotlari ajratilgan.

⚠️Hack ATM” hamda “Hack SmartHome” yakka tartibda offline ko'rinishida bo'lib o'tadi.

Mazkur musobaqada o‘z bilim va mahoratingizni sinab ko‘ring!

Batafsil ma’lumotni “Cyberkent.uz” veb-saytidan olishingiz mumkin.

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube

Kiberxavfsizlik Klubi

26 Sep, 15:49


💬Platina uz | Darknet tahdidi, dipfeyk, xakerlik – kiberxavfsizligimiz qay ahvolda?

Batafsil

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube

Kiberxavfsizlik Klubi

16 Sep, 10:53


#cyberkent #cknews

В рамках «Cyberkent» пройдут соревнования по робототехнике «Raqamli Avlod IT-FEST»

🤖Соревнования «Raqamli Avlod IT-FEST» будут проводиться по 4 направлениям:

1. Robot Football: в этом соревновании команды управляют роботами, которые играют в футбол. Участники должны запрограммировать своих роботов так, чтобы они быстро реагировали на движения соперников, перемещались по полю, несли мяч и забивали голы;

2.Robot Sumo: в соревнованиях участвуют автономные роботы, чья цель — вытолкнуть противника за пределы ринга;

3.Robot Racing: в этом соревновании будут проходить увлекательные гонки между роботами. Важную роль в этом играют скорость и движение. Задача участников-создать и запрограммировать роботов, способных преодолевать повороты и препятствия на трассе с максимальной скоростью;

4.Полезные изобретения: это соревнование направлено на демонстрацию инновационных и практичных решений. Участники представляют свои собственные изобретения для решения повседневных проблем, повышения комфорта, автоматизации процессов или социальной значимости.
 

Напомним, что отборочный этап «Raqamli Avlod IT-FEST» состоится 26 сентября 2024 года в рамках открытияновых учебных классов Центра развития Cyber Science.

Финальный этап соревнований будет проводиться 9-10 октября в отеле «Intercontinental Tashkent» в рамках хакерских соревнований «Cyberkent»

🔴Зарегистрируйтесь для участия в отборочном этапе

Победители соревнований «Raqamli Avlod IT-FEST» в каждом направлении будут поощряться в следующем порядке:

1 место – 5 млн. сум
2 место – 3 млн. сум
3 место – 1 млн. сум

Для более подробной информации вы можете позвонить по номеру телефона +998 99 028 89 88 или связаться через Телеграм мессенджер.

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube

Kiberxavfsizlik Klubi

16 Sep, 10:53


#cyberkent #cknews

🦁“Cyberkent” doirasida “Raqamli Avlod IT-FEST” musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

🤖“Raqamli Avlod IT-FEST” musobaqalari 4 yo‘nalishdan iborat bo‘lib, ular:

1.Robot Futbol: bu yerda jamoalar robotlarni boshqarib, ular futbol o‘ynaydilar. Ishtirokchilar robotlarini raqiblarning harakatlariga tez javob beradigan, maydonda harakatlanadigan, to‘pni olib yuradigan va gol uradigan qilib dasturlashlari kerak;

2.Robot Sumo: bu yo‘nalishda avtomatik robotlar ishtirok etib, raqibni ringdan tashqariga chiqarib yuborishdan iborat;

3.Robot Racing: mazkur yo‘nalishda robotlar o‘rtasida qiziqarli poygalar bo‘lib o‘tadi. Bunda tezlik va harakat muhim rol o‘ynaydi. Ishtirokchilarning vazifasi – maydoncha yo‘lagidagi burilishlar va to‘siqlardan maksimal tezlik bilan o‘ta oladigan robotlarni yaratish hamda ularni dasturlashdir;

4.Foydali ixtirolar: bu yo‘nalish innovatsion va amaliy yechimlarni namoyish etishga qaratilgan. Ishtirokchilar kundalik muammolarni hal qilish, qulaylikni oshirish, jarayonlarni avtomatlashtirish yoki ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘z ixtirolarini taqdim etadilar.

Eslatib o‘tamiz, “Raqamli Avlod IT-FEST” musobaqasining saralash bosqichi 2024-yil 26-sentyabr kuni “Cyber Science - Rivojlanish markazi”ning yangi o‘quv sinflarining ochilish ma’rosimi doirasida bo‘lib o‘tadi.

🤖“Raqamli Avlod IT-FEST” musobaqalarining final bosqichi 9-10-oktyabr kunlari “Cyberkent” xakerlar musobaqasi doirasida “Intercontinental Tashkent” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

🔴Saralash bosqichida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting

“Raqamli Avlod IT-FEST”
musobaqalarining har bir yo'nalish g‘oliblari quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi.

1-o‘rin – 5 mln. so‘m
2-o‘rin – 3 mln. so‘m
3-o‘rin – 1 mln. so‘m

Batafsil ma’lumot olish uchun +998 99 028 89 88 raqamiga telefon qilish yoki Telegram messenjer orqali bog‘lanishingiz mumkin.

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube

Kiberxavfsizlik Klubi

13 Sep, 10:22


🇺🇿Kiberxavfsizlik sohasida O‘zbekiston o‘sish ko‘rsatkichi yuqorilangan davlatlardan biri bo‘ldi

Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi (ITU) tomonidan “Global Cybersecurity Index 2024” reytingining yangi nashri taqdim etildi.

Hisobotga ko‘ra, mamlakatlar rivojlanish darajasiga ko‘ra beshta guruhga ajratilgan.

🔝O‘zbekiston Kanada, Isroil, Avstriya, Shveytsariya kabi mamlakatlar bilan birgalikda Tier 2 (Advancing) guruhiga kiritildi.
Xususan, 2024-yilda mamlakatning ko‘rsatkichi +18.09 ballga yuqorilab, 89,2 ni tashkil qildi. 2020-yilda e’lon qilingan hisobotda O‘zbekiston 71,11 ko‘rsatkichni qayd etgan edi.

Ma'lumot uchun, Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi (XEI) telekommunikatsiya va radioaloqa sohasidagi tavsiyalarni belgilaydigan xalqaro tashkilotdir.

1865-yilda Xalqaro telegraf uyushmasi sifatida tashkil etilgan, 1947-yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashtirilgan tashkiloti bo‘lib hisoblanadi. XEI tarkibida 193 mamlakat va 700 dan ortiq sektor va assotsiatsiyalar mavjud (ilmiy va ishlab chiqarish korxonalari, davlat va xususiy telekommunikatsiya operatorlari, radioeshittirish kompaniyalari, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar).

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube

Kiberxavfsizlik Klubi

13 Sep, 06:19


#cyberkent2024 #cknews

🦁До завершения регистрации на «Red Team» остался 1 день

🔴По состоянию на 13 сентября 2024 года на «Red Team»зарегистрировано8️⃣0️⃣ команд. 17 сентября 10 сильнейших команд, прошедших отборочный этап, выйдут в финал. Для информации, регистрация продлится до 14 сентября.

⚠️Напомним, что в составе регистрируемой команды должно быть не менее 3 участников. Команды, не соблюдающие это требование, могут быть исключены из игры.

🔴Red Team - это специализированные команды в области кибербезопасности, предназначенные для тестирования состояния безопасности организации и выявления уязвимостей в ее системах.

🔴Их основная функция - обнаруживать и использовать уязвимости, атакуя виртуальную инфраструктуру организации.

Успейте зарегистрироваться!

👉ctf.cyberkent.uz

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube

Kiberxavfsizlik Klubi

27 Aug, 13:15


#cyberkent2024 #cknews

🔴Live

Blue team: Qizg‘in va murosasiz davom etgan musobaqada “Top-5” ro’yxatini quyidagi jamoalar egalladi:

1️⃣ shaptoli
2️⃣ ShadowGuard
3️⃣ Kiberxavfsizlik klubi 1
4️⃣ HackTheTask
5️⃣ Pantera


Mazkur jamoalar joriy yilning 9-10 oktyabr kunlari bo’lib o’tadigan “CYBERKENT 2.0” final bosqichiga yo’llanma oldi.

——
Blue team: В яркой и бескомпромиссной борьбе в список «Топ-5» вошли следующие команды:

1️⃣ shaptoli
2️⃣ ShadowGuard
3️⃣ Kiberxavfsizlik klubi 1
4️⃣ HackTheTask
5️⃣ Pantera


Эти команды прошли в финальный этап «CYBERKENT 2.0», который пройдет 9-10 октября текущего года.

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube

Kiberxavfsizlik Klubi

26 Aug, 16:54


#cyberkent2024 #cknews

🦁 Blue team: kuchli beshtalikni saralash vaqti keldi!

Joriy yilning 24-avgust kuni “Blue team” yo‘nalishi uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi. Saralash bosqichi ertaga, 27-avgust kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar davom etadi. Musobaqa saralashida ishtirok etish uchun jami 93 ta jamoa ro‘yxatdan o‘tdi.

❗️Jamoa tarkibi to’liq bo’lmagani sababli, 58 ta jamoa musobaqadan chetlatildi. Natijada, 3️⃣5️⃣ta jamoa to‘liq tarkib bilan saralash bosqichida ishtirok etadi.

Jamoalar ro'yxati

🌐 Ma’lumki, ushbu saralash bosqichidan faqat 5 ta jamoa finalga yo‘l oladi. Top beshtalikka kira olmagan jamoalar keyingi bo‘lib o‘tadigan, “Red team” yo‘nalishi yoki yakka tartibdagi musobaqada ishtirok etishi mumkin.

👑Barcha jamoalarga omad yor bo'lsin. G'oliblik sari dadil qadam tashlang, shunda marra albatta sizniki bo‘ladi!

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube

Kiberxavfsizlik Klubi

21 Aug, 06:02


Kiberxavfsizlik klubi a’zolari Navoiydagi IT oromgohida ishtirok etmoqda

📍Joriy yilning 19-23 avgust kunlarida Navoiy shahridagi Prezident maktabida Texno o'smirlar loyihasi doirasida 5 kunlik yozgi IT oromgohi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur oromgohda Kiberxavfsizlik markazi qoshidagi Kiberxavfsizlik klubi a'zolari mentor va ma'ruzachi sifatida o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishmoqda.

IT oromgohida yoshlar Python (Piton) dasturlash, HTML va JavaScript kombinatsion dasturlash tillari, Startup loyihalari yoki grafik dizayn kurslarining birida tahsil olishlari mumkin bo‘ladi.

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube

Kiberxavfsizlik Klubi

19 Aug, 10:01


🦁Регистрация в «Blue Team» продолжается!

💯По состоянию на 19 августа 2024 года в «Blue Team» было зарегистрировано 3️⃣3️⃣ команды. 5 сильнейших команд, прошедших квалификацию 27 августа, выйдут в финал. Для информации, регистрация продлится до 24 августа.

Команда «Blue Team» — это щит в защите виртуальной инфраструктуры организации, отвечающий за обнаружение, предотвращение и устранение различных типов атак. Для успешного отражения атак от «Blue Team» требуется выполнение следующих основных задач:

🌐 Мониторинг и наблюдение: обнаружение нежелательной деятельности путем постоянного мониторинга состояния систем и анализа журналов;

🌐 Сетевой анализ, обнаружение проникновения и форензика;

🌐 Обнаружение и реагирование на атаки: быстрое реагирование и минимизация урона при появлении признаков атаки;

🌐 Управление уязвимостями: постоянное сканирование всех уязвимостей в системе, их исправление и профилактика безопасности принятие мер;

🌐 Резервное копирование: разработка стратегии резервного копирования и восстановления всех важных данных системы.

От «Blue Team» требуются технические знания, способность быстро принимать решения, а также высокий уровень командной сплоченности для успешного выполнения этих задач, предотвращения и отражения атак.

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube

Kiberxavfsizlik Klubi

15 Aug, 09:09


#css2024 #cknews

🦁CYBERKENT 2.0

2024-yilning 9-10 oktyabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2024” o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Dastur doirasida “Cyberkent 2.0” respublika musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan, “Kiberxavfsizlik markazi” mazkur tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan yoshlar uchun saralash bosqichini e’lon qiladi!

Musobaqada quyidagi 3 ta ko‘rinishdan birida ishtirok etish imkoniyati mavjud:

Blue team (Himoyachi jamoa) – har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 5 ta jamoa tanlab olinadi.

🔴Red team (Hujumchi jamoa) – har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 10 ta jamoa tanlab olinadi.

🟢Ochiq topshiriqlar – Yakka tartibda ishtirok etadiganlar uchun alohida yo‘nalish.

2024-yil 27-avgustda Blue Team jamoalari uchun saralash bosqichi o’tkaziladi. Ishtirok etish uchun arizalar 14-avgustdan 24-avgustgacha qabul qilinadi.

2024-yil 17-sentyabrda Red Team jamoalari uchun saralash bosqichi o’tkaziladi. Ishtirok etish uchun arizalar 4-sentyabrdan 14-sentyabrgacha qabul qilinadi.

Saralash musobaqalari ctf.cyberkent.uz sayti orqali onlayn ko‘rinishida bo’lib o’tadi.

❗️Ta’kidlash joizki, bir yo‘nalishda ishtirok eta turib, ikkinchisida parallel ishtirok eta olmaysiz!

“Cyberkent 2.0” g‘oliblari quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

Blue team (himoyachi)
🥇1-o‘rin –50 mln so‘m
🥈2-o‘rin –30 mln so‘m
🥉3-o‘rin –10 mln so‘m

Red team (hujumchi)
🥇1-o‘rin –50 mln so‘m
🥈2-o‘rin –30 mln so‘m
🥉3-o‘rin –10 mln so‘m

Ochiq topshiriqlar
🥇1-o‘rin –10 mln so‘m
🥈2-o‘rin –7 mln so‘m
🥉3-o‘rin –3 mln so‘m

Bundan tashqari, g‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Batafsil ma’lumot: (55) 502-10-10
Veb-sayt: www.ctf.cyberkent.uz
Telegram bot: https://t.me/CyberKentSupBot

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube

Kiberxavfsizlik Klubi

17 Jul, 04:02


Fakt 24 | Kiberjinoyatlarga nega tez aldanyapmiz?

🌐Website | 📝Telegram | 🌐Facebook | 📹Youtube

Kiberxavfsizlik Klubi

03 Jun, 08:45


🚀 Qabul.csclub.uz platformasi test rejimida ishga tushirildi! 🚀

Assalomu alaykum, kiberxavfsizlik ixlosmandlari!

Bu sizning kiberxavfsizlik sohasida yangi cho'qqilarga chiqishingiz uchun ajoyib imkoniyat! Endilikda qabul.csclub.uz platformamiz test rejimida ochildi va sizni kiberxavfsizlik klubimizga A'zo bo'lish uchun taklif qilamiz.

👉 Nima qilish kerak?

qabul.csclub.uz ga kirib, formani to'ldiring.
Arizangizni yuboring.
Markaz hodimlari tomonidan arizangiz ko'rib chiqiladi va ketma-ketlikda suhbatga chaqirilasiz.
🔍 Nega A'zo Bo'lishingiz kerak?

Eng yangi va dolzarb bilimlar
Amaliy mashg'ulotlar va real loyihalar
Professional ustozlar va keng tarmoq
Bu sizning kiberxavfsizlik bo'yicha bilimlaringizni kengaytirish va professional darajada rivojlanish imkoniyatingizdir. O'z kelajagingizni bugundan yarating!

🌟 A'zo bo'ling! 🌟

📌 Link: qabul.csclub.uz

Kiberxavfsizlik Klubi Jamoasi

Malumotlaringizni lotin Alifbosida to’ldiring !

Kiberxavfsizlik Klubi

30 May, 13:08


🎉 Kiberxavfsizlik markazi va Qoraqalpog'iston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan CTF hackaton muvaffaqiyatli yakunlandi! 🎉

🏆 1, 2, 3-o‘rin egalari, shuningdek, eng yosh va eng namunali ishtirokchilarimiz qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar. G'oliblarimiz o'zlarining yuksak mahoratlari bilan alohida e'tirof etildilar.

💡 Ushbu hackaton yosh kiberxavfsizlik mutaxassislarini birlashtirib, ularning bilim va ko'nikmalarini yanada oshirishga xizmat qildi.

Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz va ularga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz! 🚀🔐