𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱 @uzdeutschland Channel on Telegram

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

@uzdeutschland


Sayt : uzDeutschland.com

Muallifni va saytni (Hosting, Domain xarajatlari) qo'llab quvvatlash : https://tirikchilik.uz/uzdeutschland

UzDeutschland (Uzbek)

UzDeutschland kanali - bu O‘zbekiston va Germaniya bo‘ylab aloqalar, yangiliklar va maslahatlar to'plami. Bu kanalda O‘zbek tilida Germaniya haqida ma’lumotlar, tarixiy joylar, yangi o'quv imkoniyatlari va ko'plab boshqa mavzular bo‘yicha ma’lumotlar mavjud

UzDeutschland kanali sizga O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida mustahkam aloqalarni mustahkamlash uchun yordam bera oladi, shuningdek, o‘quvchilarga O‘zbek tilida Germaniyada o‘qish, yashash va ishlash haqida foydali maslahatlar taqdim etadi. Kanalda yangi saytlar, hosting va domen xarajatlari to'g'risida ham ma'lumotlar topish mumkin

UzDeutschland kanali sizni O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash va o‘z bilim va tajribangizni oshirishga chaqiradi. Kanalga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling!

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

03 Jan, 11:39


#Online_Visa

2025-yil 1-yanvardan boshlab Germaniyaga kelishni xohlovchilar viza uchun hujjatlarni elchixonaga bormasdan, online tarzda topshirishlari mumkin bo'ladi. Hozirda 28 turdagi vizalarga online hujjat topshirish mumkin, jumladan ishchi vizasi, talabalik, Ausbildung, oila birlashtirish va shu kabi milliy vizalarga hujjat topshirish mumkin.

-Endi elchixonaga borishni xojati bo'lmaydimi?

-Afsuski, garchi siz online hujjat topshirsangiz ham, elchixonaga borishga majbursiz. Chunki, barmoq izlarini online topshira olmaysiz, shaxsan borishingiz talab etiladi. Bundan tashqari, mabodo elchixona hodimi siz bilan suhbat qilmoqchi bo'lsa ham, barmoq izi topshirish davomida suhbat qilishi mumkin bo'ladi.

-Jarayon qanday kechadi?

-Hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, siz hujjatlarni online topshirasiz. Qaysi hujjatlarni topshirishingiz kerakligini sayt sizga ko'rsatib beradi. Hujjatlarni topshirganingizdan so'ng, elchixona hodimi hujjatlaringizni tekshirib chiqadi, agar bironta hujjatda kamchilik bo'lsa, sizga portal orqali xabar qoldirishadi. Hujjatlar to'liq bo'lganda, barmoq izi topshirish uchun elchixonaga borasiz. Buning uchun elchixonadan termin belgilashingiz kerak bo'ladi.

-Viza olish endi tezlashadimi?

-Shunday, elchixonalar ham endilikda Ausländerbehordelar bilan online aloqa qilishlari mumkin bo'ladi. Undan tashqari, hujjatlarida kamchiligi bor odamlarning soni kamaygani hisobiga, konsul ham vizalarni tezda-tezda berib tashlaydi😃

-Online ariza uchun qo'shimcha to'lov bormi?

-Bu haqida hech narsa yozilmagan, faqat viza uchun to'lov qilinsa yetadi menimcha.

-Hujjatlarni qaysi saytda online topshirsa bo'ladi?

-Mana bu yerda.

Shunaqa gaplar. Yana yangi ma'lumotlar chiqsa, sizlar bilan baham ko'ramiz inshaallah.

@uzDeutschland

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

29 Dec, 06:57


https://www.gazeta.uz/uz/2024/12/29/dok-1-maks/

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

16 Dec, 16:51


#Siyosat

O'tgan safargi postimda aytib o'tganimdek, bugun Germaniya parlamentida (Bundestag) Vertraunsfrage (ishonch masalasi) nomliy siyosiy jarayon o'tkazildi. Unga ko'ra Germaniyaning amaldagi kansleri Olaf Scholz 394 ga 207 ovoz bilan parlament ishonchini yo'qotdi. Ya'ni parlamentda o'tirganlarning aksari Olaf Scholzga ishonch bildirishmadi.

-Endi nima bo'ladi?

-Scholz Bundesprezident Steinmeierdan Bundestagni tarqatib yuborishni so'raydi. Agar Prezident bunga rozi bo'lsa, 23-fevral kuni Germaniyada Bundestag uchun yangi saylovlar bo'lib o'tadi.

Katta ehtimol bilan yangi saylovlardan so'ng Olaf Scholz kanzlerlik lavozimini Friedrich Merz (CDU) ga bo'shatib beradi.

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

16 Dec, 16:44


#Siyosat

Amerika Qo'shma Shtatlaridagi saylovlardan keyin Germaniyada ham bir nechta siyosiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Chorshanba kuni Germaniya kansleri Olaf Scholz (SPD, rasmda o'ng tomonda) Germaniyaning amaldagi moliya vaziri Christian Lindnerni (FDP, rasmda eng chapda) o'z vazifasidan ozod qildi. Bunga sabab qilib Lindler va Scholzning Germaniya byudjetini qanday yurgizish (pullarni qayerga sarflash, qarz olishni kamaytirish...) to'g'risidagi qarama-qarshi fikrlari ko'rsatildi, ya'ni Lindner byudjetni iloji boricha kamroq sarflashga (Sparmaßnahmen) va ko'p qarz olmaslikka (Einhaltung der Schuldenbremse) chaqirgan. Yashillar va SPD esa ijtimoiy himoya va iqlim himoyasiga (Klimaschutz) ko'proq pul ajratish kerak degan fikrda bo'lgan.

Lindner vazifasidan bo'shatilganidan keyin Germaniyaning amaldagi Ta'lim vaziri Stark-Watzinger (FDP) hamda Adliya vaziri Buschmann ham o'z lavozimidan ketishga qaror qilishgan.

-Endi nima bo'ladi?

-Olaf Scholz 2025-yil 15-yanvarda Vertraunsfrage (ishonch masalasi) nomli siyosiy jarayon o'tkazishni e'lon qildi. Bunga ko'ra parlament a'zolari Olaf Scholzga ishonish yoki ishonmaslik masalasini ovozga qo'yishadi. Agar Olaf Scholz yetarliche ovoz to'play olmasa, Bundestag uchun yangittan saylov o'tkaziladi. Hozircha yangi saylovlarni martda o'tkazish reja qilinyabdi. Ammo boshqa partiyalar Scholzdan Vertraunsfrageni tezroq o'tkazishni talab qilmoqda.

-Ampel🚦 koalitsiyasiga nima bo'ldi?

-FDP koalitsiyadan chiqib ketganidan so'ng, Ampel (ya'ni svetofor) koalitsiyasi ham o'zgardi. Chunki, endi ampelning faqat yashil va qizil chirog'i qoldi😆

-Qanaqa chiroq, nimalar deyabsan?

-Germaniyadagi siyosiy partiyalar o'zlarini turli ranglarda ifodalashadi. Misol uchun, Angela Merkelning CDU (Christlich Demokratische Union) partiyasi qora rang⚫️, Olaf Scholzning SPD (Sozialdemokratische Partei Deutschlands) partiyasi esa qizil,🔴 yashillar (Die Grünen) o'z nomi bilan yashil🟢, FDP (Freie Demokratische Partei) sariq🟡, AfD (Alternative für Deutschland) esa ko'k🔵 rangda.

Germaniya saylovlarida bitta partiya hukumatni yakka o'zi boshqarish uchun ko'p ovoz yig'a olmaydi. Shuning uchun qolgan partiya bilan birgalikda hukumatni boshqarish uchun koalitsiya tuzadi. Koalitsiyani nomi esa ranglarga mos tarzda tanlanadi. Misol uchun, hozirgi koalitsiya qizil, sariq va yashil rangdaligi uchun Ampel (svetofor🔴🟡🟢) nomini olgan. Merkel boshqargan qora, sariq va yashil koalitsiya esa Yamayka 🇯🇲 deb nomlangan.

-Saylovlar qanday o'tkaziladi?

-Germaniya parlamentar respublika hisoblanadi ya'ni prezident emas, parlament hukumatni boshqaradi. Germaniya parlamenti Bundestag deb nomlanib, turli siyosiy partiyalardan tuzilgan. Bitta partiya butun hukumatni boshqarishi uchun 50% dan ortiq ovoz olishi kerak. Agar olingan ovozlar bundan kam bo'lsa, boshqa partiya(lar) bilan koalitsiya tuzgan holda, 50% chegaradan o'tish kerak bo'ladi. Odamlar saylovga borganda partiyani tanlashadi, ya'ni Bundeskanzlar(in)ni to'g'ridan to'g'ri saylab bo'lmaydi.

-Germaniyada qanday partiyalar mavjud?

-2021-yildagi saylovlardan keyin Bundestagdan 8 ta partiya joy oldi. Eng ko'p ovoz yiqqanlar SPD (25,7%), CDU (18,9%), Die Grünen (14,8%), FDP (11,5%) va AfD (10,3%) bo'lgan.

P.S. Saylovlarda faqat Germaniya fuqarolari qatnashishi mumkin.

@uzDeutschland

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

28 Nov, 15:19


#Ferienjob_Soliqlar

Bismillahir Rohmanir Rohiim. Bu yil work and travel (Ferienjob) qilgan yurtdoshlarimiz Germaniyada to'lagan soliqlarini qaytarib olish uchun yanvar oyidan boshlab hujjat qilsa bo'ladi.

Soliqlarni qaytarib olish uchun rasmda ko'rsatilganidek hujjat olgan bo'lsangiz, ishingiz osonroq hal bo'ladi. Bu hujjat Lohnsteuerbescheinigung deb ataladi va ish beruvchi siz to'lagan soliqlarni Finanzamtga o'tkazib berganini tasdiqlaydi.

Ish beruvchi ushbu hujjatni sizga berishga majbur. Agar hali olmagan bo'lsangiz, ish beruvchiga email yozib, so'rab olishiz mumkin. Quyidagicha email yozsangiz bo'ladi:

"Sehr geehrte Damen und Herren,

mein Name ist [Ism Familyangiz], und ich habe im Sommer 2023 in Ihrem Betrieb gearbeitet. Mein Geburtsdatum lautet [Tug'ilgan sanangiz].

Ich benötige nun meine Lohnsteuerbescheinigung für das Jahr 2023. Ich wäre Ihnen dankbar, wenn Sie mir diese zukommen lassen könnten.

Vielen Dank im Voraus.

Mit freundlichen Grüßen,
Ism familyangiz"

Undan tashqari, ko'p finanzamtlar O'zbekistonda ochilgan bank hisob raqamiga pul o'tkazib bermayabdi. Shuning uchun, soliqlarni qaytarib olishga wise yoki shunga o'xshash yevropa banklarida hisob raqamingiz bo'lgani yaxshi. Agar o'zingizda bank hisob raqami bo'lmasa, pulni ishonchli tanishingizni hisob raqamiga tushursangiz ham bo'ladi.

Oldin ham aytganimdek, siz to'lagan soliqarning 100% hammasi qaytarib beriladi.

Ushbu postni Germaniyada ishlab, soliq to'lagan tanishlaringizga jo'natib qo'ying😉

@uzDeutschland

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

22 Nov, 17:25


#uzDeutschland

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Hozirda ma'lumot olishni osonlashtiruvchi sun'iy intellektlar juda ko'payib ketgan. Men ham qatordan qolmay deb OpenAi yordamida o'zimning kichkina sun'iy intellektimni ishga tushurdim. Ushbu bot orqali Germaniyaga kelish, Germaniyada o'qish va shunga o'xshash mazular haqida ma'lumotlar olishingiz mumkin. Ma'lumotlar har doim ham to'g'ri bo'lmasligi mumkin, chunki hali bu botga ko'p narsalarni o'rgatish kerak😄

Bot uchun link: link

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

19 Nov, 11:46


#BuchClub

Bismillahir Rohmanir Rohim. Nemislardan o'rganishimiz mumkin bo'lgan bir nechta qadriyatlar bor. Ana shulardan biri bu - Buchclub (kitobxonlar klubi). Maktablarda, universitetlarda, kutubxonalarda yoki online tarzda kitob mutolaa qilishadi.

Bunday kitobxonlar davrasining o'ziga xos afzalliklari bor. Misol uchun, doimiy kitob o'qish uchun motivatsiya, kitoblarda yoritilgan mavzular bo'yicha suhbat, muloqot ko'nikmalarini shakllantirish, dunyo qarashni kengaytirish va hokazo.

Shularni inobatga olgan holda, shu kanal a'zolari uchun ham Buchclub tashkillashtirishga qaror qildik. Bunda quidagilar amal qiladi:

1️⃣. Nemis tilida yozilgan kitobni o'rtacha 4-6 haftada birgalikda o'qib chiqamiz.

2️⃣. Kitobda yoritilgan mavzular yuzasidan nemis tilida prezentatsiya tayyorlaymiz. Misol uchun, kitobda 10 ta bob bo'lsa, volontyorlar orasida shu 10 ta bobni taqsimlaymiz. O'sha volontyorlar mavzu yuzasidan 5-10 daqiqalik prezentatsiya tayyorlashadi va uni nemis tilida tushuntirishadi. (Bob nima haqida ekanligi, undan qanday foyda va xulosa olish mumkinligi va hkz)

3️⃣. Kitobxonlar klubiga a'zo bo'lganlar kitoblarni o'z vaqtida o'qishlari va ma'suliyatli bo'lishlari talab etiladi.

4️⃣. Har bir kitob o'qilganidan so'ng, online tarzda uchrashamiz. Kitob haqida mulohaza qilinadi.

5️⃣. Buchclubga a'zo bo'lish uchun nemis tilidan eng kami B1 darajaga ega bo'lishingiz lozim.

Ushbu kitobxonlar davrasiga qo'shilish orqali, nafaqat nemis tilidagi bilimlaringizni, balki dunyoqarashingizni ham o'zgartirishingiz mumkin inshaallah.

Qo'shilmoqchi bo'lganlar uchun link: https://t.me/+4SaaQDT_x7VjOTI6

Ilimos, kitob o'qish uchun vaqtingiz yo'q bo'lsa, guruhga qo'shilmay qo'yavering.

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

10 Nov, 08:00


#Islom

Bismillahir Rohmanir Rohim. Bugungi post islom dinidagi ba'zi so'zlarning ma'nolari haqida bo'ladi.

1️⃣. Islom. Bu so'z arab tilidagi aslama (أَسْلَمَ) so'zidan olingan bo'lib, „bo‘ysunish“ yoki „itoat qilish“ ma’nosini bildiradi. Islom dinida bu so'z faqatgina Allohga to‘liq bo‘ysunishni, uning amrlariga itoat qilishni va unga shirk keltirmaslikni anglatadi. Undan tashqari, islom so'zining "tinchlik" ma'nosi ham bor, ya'ni islomga kirish orqali tinchlikka erishish mumkin.

Alloh Qur'oni karimning Oli Imron surasi 19-oyatida shunday deydi "Albatta, Allohning huzuridagi din Islomdir." 85-oyatida esa "Kim Islomdan boshqa dinni xohlasa, bas, undan bu hargiz qabul qilinmas va u oxiratda ziyon ko‘rguvchilardan bo‘ladir."

2️⃣. Musulmon. Bu so'zning islom so'zi bilan o'zagi bir xil. Ma'nosi "bo'ysunuvchi" yoki "itoat etuvchi". Ya'ni islom dinini qabul qilib, Allohga itoat qilayotgan kishi musulmon deyiladi.

Ya'ni agar biz o'zimizni musulmon deb hisoblasak, qilayotgan ishlarimiz Allohning amrlariga teskari bo'lmasligi zarur. Misol uchun, Alloh besh vaqt namoz o'qishni farz qildi, siz o'zingizni musulmonman deganingizda, Allohga itoatni qasd qilgansiz. Endi namoz o'qimasangiz, aytgan gapingizga teskari ish qilgan bo'lasiz, ya'ni yolg'onchilardan bo'lishingiz mumkin, Alloh asrasin. Yoki hayotning boshqa oddiy ishlarda ham shu kabi misollarni keltirish mumkin. Misol uchun, Alloh taolo baqara surasida "Ey iymon keltirganlar! Allohdan qo‘rqinglar va agar mo‘min bo‘lsangizlar, sudxo‘rlikdan qolgan (qarzlarni) tark etinglar. Agar (buni) qilmasangizlar, Alloh va Uning Rasuli tomonidan (sizlarga) urush e’lon qilingani (ni bilinglar)" deb marmahat qiladi. O'zini musulmonman deb, kredit olgan odam Allohning shu qaytarig'iga itoat etmagan bo'ladi.

Yoki payg'ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vassallam “Sizlardan birortangiz o‘ziga halol bo‘lmagan ayolni ushlagandan ko‘ra, boshiga igna bilan sanchilishi yaxshiroqdir” (Tabaroniy rivoyati) deb aytgan. Agar siz bunga itoat qilmasdan, o'zingizga nomahram ayol bilan qo'l berib ko'rishsangiz, Allohning buyrug'iga itoat qilmagan bo'lasiz, hamda musulmonman degan gapingizga amal qilmagan bo'lasiz. Chunki Alloh Niso surasida "Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat qilingiz va Rasulg‘a itoat qilingiz" deb marhamat qilgan.

Hayotimizda qilayotgan har qanday amal, u kichik yoki katta bo'lsin, bizni imtihon qiladi. Shunday vaqtlarda biz Allohning buyrug'iga itoat qilamizmi yoki nafsimizgami, ana o'shalar orqali imtihondan o'tish yoki o'ta olmasligimiz (Alloh asrasin) aniqlashadi. Bu mavzudagi ikki oyatni sizlarga keltirib o'tsam : "Yoki (ey mo‘minlar), sizlar ham, sizlardan oldingilar sinovga tutilganlari kabi sinovdan o‘tmasdan jannatga kirasizlar, deb o‘ylaysizlarmi?" (Baqara surasi 214-oyat), "Bas, kim zarra misqolicha (eng kichik miqdorda) yaxshilik qilgan bo‘lsa, uni ko‘radi. Va kim zarra misqolicha yomonlik qilgan bo‘lsa, uni ko‘radi." (Zalzala surasi 7-8-oyatlar).

Shunday ekan, qilayotgan ishlarimiz Allohni norozi qiladigan ishlardan bo'lmasin, aziz musulmonlar. Musulmonman deb aytish oson, musulmonlardek amal qilish esa qiyin. Shuning uchun ham Alloh taolo Ankabut surasi 2-3-oyatlarda "Odamlar: 'Iymon keltirdik', – deyishlari bilan sinovlardan o‘tkazilmasliklari (ularni sinamasligimiz)ni o‘ylab qoldilarmi? Darhaqiqat, Biz ulardan oldingilarni ham sinovdan o‘tkazganmiz. Albatta, Alloh rostgo‘ylarni ham, yolg‘onchilarni ham aniq bilur."

Bularni yozishimdan maqsad, hozirgi kunda o'zini musulmonman deb, qilayotgan ishlari umuman musulmonchilikka teskari bo'lganlarga nasihat qilish. Zero Qur'oni Karimda Alloh taolo quyidagicha marhamat qiladi : "Mo‘min erkak va mo‘min ayollar bir-birlariga valiydirlar (yaqin do‘st va homiydirlar). Ular yaxshilikka buyuradilar va yomonlikdan qaytaradilar" (Tavba surasi, 71-oyat). Undan tashqari Imom Muslimda kelgan hadisda Muhammad sallollohu alayhi vassallam "Din - Nasihatdir" deb aytgan.

Alloh hammamizni isloh qilsin.

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

07 Nov, 14:10


Sizningcha yanagi yilda o'tkaziladigan saylovlarda qaysi partiya g'alaba qozonadi?
public poll

CDU/CSU⚫️ (Kanslerlikka nomzod Friedrich Merz) – 86
👍👍👍👍👍👍👍 42%

SPD🔴 (Kanslerlikka nomzod Olaf Scholz) – 56
👍👍👍👍👍 27%

AfD🔵 (Nomzod hali aytilmadi, menimcha Alice Weidel) – 31
👍👍👍 15%

FDP🟡 (Nomzod hali aytilmadi, menimcha Christian Lindner) – 17
👍 8%

Die Grünen🟢 (Kanslerlikka nomzod hali aytilmadi) – 14
👍 7%

👥 204 people voted so far.

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

07 Nov, 13:49


#Siyosat

Amerika Qo'shma Shtatlaridagi saylovlardan keyin Germaniyada ham bir nechta siyosiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Chorshanba kuni Germaniya kansleri Olaf Scholz (SPD, rasmda o'ng tomonda) Germaniyaning amaldagi moliya vaziri Christian Lindnerni (FDP, rasmda eng chapda) o'z vazifasidan ozod qildi. Bunga sabab qilib Lindler va Scholzning Germaniya byudjetini qanday yurgizish (pullarni qayerga sarflash, qarz olishni kamaytirish...) to'g'risidagi qarama-qarshi fikrlari ko'rsatildi, ya'ni Lindner byudjetni iloji boricha kamroq sarflashga (Sparmaßnahmen) va ko'p qarz olmaslikka (Einhaltung der Schuldenbremse) chaqirgan. Yashillar va SPD esa ijtimoiy himoya va iqlim himoyasiga (Klimaschutz) ko'proq pul ajratish kerak degan fikrda bo'lgan.

Lindner vazifasidan bo'shatilganidan keyin Germaniyaning amaldagi Ta'lim vaziri Stark-Watzinger (FDP) hamda Adliya vaziri Buschmann ham o'z lavozimidan ketishga qaror qilishgan.

-Endi nima bo'ladi?

-Olaf Scholz 2025-yil 15-yanvarda Vertraunsfrage (ishonch masalasi) nomli siyosiy jarayon o'tkazishni e'lon qildi. Bunga ko'ra parlament a'zolari Olaf Scholzga ishonish yoki ishonmaslik masalasini ovozga qo'yishadi. Agar Olaf Scholz yetarliche ovoz to'play olmasa, Bundestag uchun yangittan saylov o'tkaziladi. Hozircha yangi saylovlarni martda o'tkazish reja qilinyabdi. Ammo boshqa partiyalar Scholzdan Vertraunsfrageni tezroq o'tkazishni talab qilmoqda.

-Ampel🚦 koalitsiyasiga nima bo'ldi?

-FDP koalitsiyadan chiqib ketganidan so'ng, Ampel (ya'ni svetofor) koalitsiyasi ham o'zgardi. Chunki, endi ampelning faqat yashil va qizil chirog'i qoldi😆

-Qanaqa chiroq, nimalar deyabsan?

-Germaniyadagi siyosiy partiyalar o'zlarini turli ranglarda ifodalashadi. Misol uchun, Angela Merkelning CDU (Christlich Demokratische Union) partiyasi qora rang⚫️, Olaf Scholzning SPD (Sozialdemokratische Partei Deutschlands) partiyasi esa qizil,🔴 yashillar (Die Grünen) o'z nomi bilan yashil🟢, FDP (Freie Demokratische Partei) sariq🟡, AfD (Alternative für Deutschland) esa ko'k🔵 rangda.

Germaniya saylovlarida bitta partiya hukumatni yakka o'zi boshqarish uchun ko'p ovoz yig'a olmaydi. Shuning uchun qolgan partiya bilan birgalikda hukumatni boshqarish uchun koalitsiya tuzadi. Koalitsiyani nomi esa ranglarga mos tarzda tanlanadi. Misol uchun, hozirgi koalitsiya qizil, sariq va yashil rangdaligi uchun Ampel (svetofor🔴🟡🟢) nomini olgan. Merkel boshqargan qora, sariq va yashil koalitsiya esa Yamayka 🇯🇲 deb nomlangan.

-Saylovlar qanday o'tkaziladi?

-Germaniya parlamentar respublika hisoblanadi ya'ni prezident emas, parlament hukumatni boshqaradi. Germaniya parlamenti Bundestag deb nomlanib, turli siyosiy partiyalardan tuzilgan. Bitta partiya butun hukumatni boshqarishi uchun 50% dan ortiq ovoz olishi kerak. Agar olingan ovozlar bundan kam bo'lsa, boshqa partiya(lar) bilan koalitsiya tuzgan holda, 50% chegaradan o'tish kerak bo'ladi. Odamlar saylovga borganda partiyani tanlashadi, ya'ni Bundeskanzlar(in)ni to'g'ridan to'g'ri saylab bo'lmaydi.

-Germaniyada qanday partiyalar mavjud?

-2021-yildagi saylovlardan keyin Bundestagdan 8 ta partiya joy oldi. Eng ko'p ovoz yiqqanlar SPD (25,7%), CDU (18,9%), Die Grünen (14,8%), FDP (11,5%) va AfD (10,3%) bo'lgan.

P.S. Saylovlarda faqat Germaniya fuqarolari qatnashishi mumkin.

@uzDeutschland

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

04 Nov, 22:14


Bismillahir Rohmanir Rohiim. Rasmdagi ikki yoshli bolakay saraton kasalligiga chalinibdi. O'ng tomondagi dorini ichishi kerak ekan, ammo dorining narxi 1100€ dan qimmatroq ekan (Germaniyada sug'urtasi bo'lsa, 10€). O'zbekistondagi oila uchun bu qimmatlik qiladi.

Shuning uchun, yurtdoshimizga yordam berish maqsadida Germaniyadagi bir qarindoshi pul yig'yabdi. Kimdir yordam bermoqchi bo'lsa, pastdagi konto raqamiga pul o'tkazishi mumkin. 5-10€ ham kimLARnidir hayotini o'zgartirib yuborishi mumkin.

Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) aytganlar: “Kim bir musulmonning dunyoviy qiyinchiliklaridan birini bartaraf etsa, Alloh uning oxiratdagi qiyinchiliklaridan birini bartaraf etadi. Kim qiyin ahvolda qolgan kishiga yordam bersa, Alloh ham unga yordam beradi.”

Dori uchun pulni ushbu bank hisob raqamiga o'tkazsanglar bo'ladi:

Paypal so'raganlar uchun (o'zimning paypalim, pulni keyin überweisen qilaman):

Bolakayga Alloh shifo bersin, oila a'zolariga sabr bersin. Ehson qilganlarning ehsonlarini qabul qilsin. Ehson qilolmagan lekin qilishni chin dildan xohlaganlarga ehson qilganlik savobini bersin, amin.

❗️Ehson yig'ish to'xtatildi
Paypaldan quyidagi odamlar pul jo'natdi:

F.A. - 10€
A.O - 10€
B.N - 10€
M.K - 15€
N.K - 5€

Yig'ilgan pullar bolakayning otasiga jo'natildi.

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

02 Nov, 08:05


#Selbstbestimmungsgesetz

2024-yil 1-noyabrdan boshlab Germaniyada Selbstbestimmungsgesetz (o'zini o'zi belgilash) nomli qonun kuchga kirdi. Unga ko'ra quyidagilar amal qiladi:

1⃣. Endilikda passportdagi "jinsi" (gender, Geschlecht) degan joyini o'zgartirish osonlashadi. O'zini ayol his qilib qolgan "erkak" Standesamt orqali jinsini ayolga o'zgartirib olishi mumkin. Yoki birontasi o'zini na erkak, na ayol deb his qilsa, jinsini "divers" qilib o'zgartirishi mumkin.

2⃣. 14 yoshga to'lmagan bolalar ota-onalari bilan birgalikda hujjatdagi jinsini o'zgartirishi mumkin.

3⃣. Boyagi o'zini ayol his qilib qolgan "erkak" yana "erkak" bo'lmoqchi bo'lsa, jinsini yana o'zgartirishi uchun 12 oy kutishi kerak.

4⃣. Agar siz jinsini o'zgartirgan insonni uning roziligisiz avvalgi jinsini ochiqlasangiz, 10 ming yevrogacha jarimaga tortilishingiz mumkin ya'ni "bu odam oldin erkak edi" degan gapingiz uchun jarima to'lashingiz mumkin.

5⃣. O'zini ayol deb hisoblashni boshlagan "erkaklar" endilikda ayollar uchun ajratilgan joylardan (ayollar xojatxonasi, ayollar uchun mashina parkovkasi, ayollar sport zali va hkz) foydalanishi osonlashadi.

Alloh bizni va zurriyodlarimizni bunaqa fitnalardan asrasin, amin.

@uzDeutschland

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

01 Nov, 16:07


6️⃣. Viza rad etilishi uchun asosiy sabablar:

6.1 AQSHga sayyohlik yoki biznes vizalari rad etilishining asosiy sababi AQSh Immigratsiya va Milliylik Qonunining (Immigration and Nationality Act) 214(b) bandi bo'yicha yuz beradi.

-U bandda nima deb yozilgan?

214(b) da shunday qoida yozilgan : "Every alien shall be presumed to be an immigrant until he establishes to the satisfaction of the consular officer, at the time of the application for admission, that he is entitled to a nonimmigrant status…" ya'ni siz har qanday vizaga hujjat topshirayotgan vaqtingizda AQSH hodimi sizni AQSHga doimiy yashash uchun ketyabdi deb hisoblaydi. Ya'ni garchi siz aslida sayyohlik vizasi uchun hujjat topshirayotgan bo'lsangiz ham, konsullik hodimi "Bu shaxs AQSHda doimiy yashash uchun ketmoqchi, sayyohlik vizasi bilan AQSHga borvolib, u yerda noqonuniy qolib ketadi" deb hisoblaydi. Siz konsullik hodimini rostdan ham AQSHga faqat vaqtinchalik borayotganingizga ishontirishingiz lozim. Faqat shundagina sizga viza berilishi mumkin.

-Ushbu qoida bo'yicha viza rad etilmasligi uchun nima qilish lozim?

-Eng muhimi, siz qaysi davlatdan vizaga hujjat topshirayotgan bo'lsangiz, sizni o'sha davlat bilan bog'lab turadigan rishtalar borligini ko'rsatishingiz kerak. Misol uchun, agar Germaniyada oilangiz, doimiy ishingiz, doimiy vizangiz yoki o'zingizning shaxsiy biznesingiz bo'lsa, viza olishingiz ancha osonlashadi. Chunki, shunday holatlarda konsullik hodimi siz AQSHda noqonuniy qolib ketmasdan, Germaniyaga qaytib kelishingizga ishonishi mumkin. Agar siz o'zi Germaniyada hech narsani qoyillatmasdan, na ishingiz, na oilangiz, na o'qishingiz bo'lmasdan turib, AQSHga ketmoqchi bo'lsangiz, u holda viza olishingiz ancha qiyin bo'ladi. Undan tashqari, hujjatlarni ham to'liq olib kirish maqsadga muvofiq. Sayohat uchun pulingiz va vaqtingiz borligini ularga isbotlab bering.

7️⃣. Germaniyaga viza uchun arizangizga rad javobi berilsa, Remonstration yoki Widerspruch yozsangiz bo'ladi. Ammo AQSH elchixonasida unday emas, agar sizning viza so'rovingiz rad qilinsa, u holda yana qaytadan viza uchun to'lov qilib, keyin yana intervyuga borishingiz kerak bo'ladi. Remonstration yozishning ilojisi yo'q.

8️⃣. Sayyohlik vizasi bir yilga, besh yilga yoki o'n yilga berilishi mumkin. Lekin siz AQSHda qancha muddat qolishingiz mumkinligini AQSHga borganingizdan so'ng, immigratsiya hodimlari hal qilishadi. Odatda 6 oygacha ruhsat beriladi.

@uzDeutschland

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

01 Nov, 15:59


#AQSHga_Vizalar
#Ikkinchi_qism

Amerika Qo'shma Shtatlariga viza olish haqidagi ma'lumotlarni davom ettiramiz. Bu galgi post Germaniyadan AQSHga sayyohlik (B1) va biznes (B2) vizalarini olish haqida bo'ladi.

Avvalo umumiy ma'lumotlarni aytib o'tsam:

1️⃣. AQSHga viza olish uchun Berlin, Frankfurt yoki Münchendagi AQSH konsulligiga hujjat topshirish mumkin. O'zingizga qaysi shahar qulay bo'lsa, o'sha shahardan uchrashuv belgilasangiz bo'ladi. 14 yoshga to'lganlar Terminga shaxsan o'zlari borishi kerak, boshqa odam nomingizdan hujjat topshira olmaydi.

2️⃣. Siz Germaniyada qanday viza turi bilan yashayotgan bo'lishingizdan qat'iy nazar, AQSHga viza olish uchun hujjat topshirsangiz bo'ladi. Ya'ni agar siz work and travel bilan Germaniyaga kelgan bo'lsangiz ham, AQSH elchixonasidan termin olib, vizaga hujjat topshirsangiz bo'ladi. Boshqa davlatda (misol uchun, Polsha, Litva) yashayotganlar ham bemalol Germaniyadagi AQSH elchixonasida hujjat topshirishlari mumkin.

3️⃣. B1 yoki B2 toifadagi viza uchun terminga 185$ (taxminan 175€) to'lov qilishingiz kerak. Viza rad etilgan holatda ham ushbu pul sizga qaytarib berilmaydi.

4️⃣. Viza uchun intervyu 5-10 daqiqa davom etadi. Sizga viza berilishi yoki rad etilishi o'sha zahotiyoq aytiladi. Germaniya vizasidek 3-4 oylab kutishingiz shart emas. Intervyu ingliz yoki nemis tilida bo'ladi, buni o'zingiz tanlaysiz.

5️⃣. Viza olish uchun quyidagi bosqichlarni amalga oshirishingiz kerak:

5.1. Ushbu sayt orqali DS-160 nomli viza arizasini online to'ldirasiz hamda rasm yuklaysiz. Shundan so'ng sizga barcode jo'natishadi, o'shani printerdan chiqarib olishingiz kerak bo'ladi.

5.2. Viza uchun to'lovni (yuqorida aytganimdek 185$, MRV-Gebühr) online amalga oshirasiz. Shundan so'ng sizga chek jo'natiladi, o'sha chekni ham printerdan chiqarib olishingiz kerak.

5.3. To'lov qilganingizdan so'ng 12 oyni ichida Intervyu uchun uchrashuv belgilashingiz lozim. Agar 12 oyni ichida uchrashuv belgilamasangiz, pulingizga kuyasiz. Germaniyadagi AQSH konsulliklaridan uchrashuv belgilash oson, uzoq muddat kutish shart emas.

5.4. Kerakli hujjatlarni to'plab, intervyuga borishingiz kerak. Quyidagi hujjatlarni olib borish majburiy : Passport, DS-160 arizasining barcodi, to'lov qilganligingiz haqidagi chek, 5x5 ga rasm, uchrashuv belgilaganligingiz haqidagi ma'lumotnoma.

Bulardan tashqari hamma hujjatlar ixtiyoriy. Misol uchun, o'zingiz bilan birga ish shartnomasi, oylik daromadlaringiz haqida hujjat, mol-mulk haqidagi hujjat, agar talaba bo'lsangiz, o'qish haqidagi hujjat va shu kabi boshqa hujjatlarni ham olib kirishingiz mumkin.

5.5. Hujjatlarni tayyor qilganingizdan keyin, viza uchun intervyuga borishingiz lozim. Intervyu davomida sizdan nima uchun AQSHga bormoqchi ekanligingiz, Germaniyada nima qilishingiz, oilaviy holatingiz va shu kabi savollar so'raladi. Shunga qarab sizga viza berish yoki bermaslikni hal qilishadi.

5.6. Agar viza berishga qaror qilishsa, passportingizni olib qoladi. Uni keyinchalik pochtadan jo'natishadi yoki o'zingiz shaxsan borib olishingiz mumkin.

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

01 Nov, 10:49


#AQSHga_Vizalar
#Birinchi_qism

Bismillahir Rohmanir Rohim. Yaqinda o'tkazilgan so'rovnomamizda kanalimiz a'zolarining ko'pchiligi AQSHga ketishga qiziqishi borligini bildirishdi. Shuning uchun endilikda AQSHga viza olish haqida ma'lumotlar berib o'tmoqchiman. Bugungi post umumiy ma'lumotlar haqida bo'ladi.

AQSHga ketganlar haqida eshitsak hayolimizga Meksika orqalik, noqonuniy yo'llar bilan AQSHga kirib olganlar, green card yutganlar yoki talabalar keladigan bo'lib qolgan. Ammo AQSHga borish uchun ham xuddi Germaniya singari juda ko'plab viza turlari mavjud.

AQSHga borish uchun vizalar 2 xil asosiy toifaga bo'linadi.

1️⃣. Immigrant (muhojir) vizalar. Bu xuddi Germaniyaga olinadigan D toifadagi milliy vizalarga o'xshash. Ya'ni agar siz AQSHga doimiy yashash uchun bormoqchi bo'lsangiz, u holda shu toifadagi vizalarni olishingiz kerak. Immigrant vizalarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:

1.1 AQSH fuqarosi bilan oila birlashtirish vizasi (turmush o'rtoqlar va 21 yoshga to'lmagan farzandlar uchun)

1.2. Ish bilan bog'liq vizalar (yuqori iste'dod egalariga, professorlarga, managerlarga, diniy ishchilarga, investorlarga beriladigan vizalar)

1.3. Diversity Visa (hammamiz viladigan green card).

Yuqoridagi vizalarni olish qiyin, chunki hammani ham AQSHda qarindoshi yoki yuqori iste'dodi yoki green card yutib olish uchun omadi yo'q.

2️⃣. Non-Immigrant vizalar. Ushbu viza AQSHda faqatgina vaqtinchalik yashash imkonini beradi, xuddi Germaniyaga olinadigan C toifadagi shengen vizaga o'xshab.
Non-Immigrant vizalarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:

2.1. Biznes safarlar uchun (B-1) va sayyohlik uchun (B-2)

2.2. Ishchi vizalar. (yuqori malakali ishchilar uchun (H1-B), qishloq xo'jaligi ishchilari uchun (H-2A), stajyorlar uchun (H-3), Fan, san’at, ta’lim, sport va biznes sohalaridagi yuqori iste’dod egalari uchun (O-1), Mashhur sportchilar, ijrochilar va san’atkorlar uchun (P-1) va hkz.

2.3. Talabalar uchun vizalar. Oliy ta'lim yoki Community collegega o'qishga kirganlar (F-1), work and travelga boradiganlar (J-1) va hkz.

2.4. Turmush qurish uchun vizalar. AQSh fuqarolari bilan unashtirilganlar uchun (AQShda nikoh tuzish uchun, K-1), K-1 vizasi olgan shaxslarning farzandlari uchun (K-2)

2.5. Diplomatik va rasmiy vizalar.

2.6. Boshqa toifadagi vizalar (Diniy va maxsus faoliyat , Tranzit viza, Ekipaj vizasi va hkz)

Ikkinchi toifadagi vizalarni olgandan so'ng ham AQSHga borgandan keyin uni birinchi toifadagi vizalarga o'tkazish mumkin. Misol uchun, sayyohlik vizasi bilan borib, AQSH fuqarosiga uylanib, keyin green card olsangiz bo'ladi.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2023-yilda Germaniyadan 22 mingdan ziyod insonlar AQSHga B1/B2 toifadagi vizalarni olgan bo'lsa, O'zbekistondan ayni shu toifadagi vizalarni olganlar soni 10 ming tadan kamroq. Nemis fuqarolari AQSHga aksar hollarda vizasiz bora olishini inobatga olsak, Germaniyadan AQSHga viza olganlarning asosiy qismini Germaniyada yashayotgan xorijiy davlat fuqarolari tashkil qiladi.

Keyingi Postda Germaniyadan AQSHga B1/B2 toifadagi vizani olish haqida gaplashamiz. Qanday hujjatlar talab qilinadi, necha pul sarf qilinadi va viza qancha muddatda hal bo'lishi haqida ma'lumotlar berishga harakat qilaman. Kanaldan uzoqlashmang.

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

26 Oct, 17:47


#Zeitumstellung

Bugun Germaniya qishki vaqtga o'tadi. Ya'ni tungi 2:59 dan so'ng yana 2:00 boshlanadi.

Shu hisobdan, O'zbekiston bilan oradagi tafovut 4 soat bo'ladi.

Namoz vaqtlari ham bir soatga suriladi, ya'ni oldingi vaqtdan bir soat oldinroq o'qish kerak bo'ladi.

Qo'l soatlarni ham ⌚️ to'g'rilab qo'yishni unutmang❗️

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

25 Oct, 15:01


Germaniyadan🇩🇪 AQSHga🇺🇸 viza olish haqida maqola tayyorlamoqchiman inshaallah. AQSHga ketgan bo'larmidingiz?
public poll

Ha, ketgan bo'lardim – 263
👍👍👍👍👍👍👍 56%

Yo'q, Germaniya o'zi yaxshiroq – 158
👍👍👍👍 34%

O'zbekistonimdan qo'ymasin – 22
👍 5%

Boshqa davlat (kommentga yozsangiz bo'ladi) – 19
👍 4%

AQSHga viza ololmadim – 6
▫️ 1%

👥 468 people voted so far.

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

25 Oct, 09:36


7️⃣. Nega hadeb ALG 1 deb yozyabsan?

-Chunki Germaniyada Arbeitslosengeld oldin ikkita edi. ALG 1 bu yuqoridagi vaqtinchalik ishsizlik nafaqasi. ALG 2 esa hozirda Bürgergeld bo'lgan. Yuqorida aytganimdek ALG 1 ni faqat vaqtinchalik olish mumkin, agar siz shu vaqt ichida ish topa olmasangiz, u holda keyinchalik Bürgergeld olishingizga to'g'ri keladi. Bürgergeldni miqdori oyligingizga emas, ehtiyojingizga bog'liq. Bürgergeld olishning vizaga ham ta'siri bor.

Ushbu postni Germaniyada ishdan yoki Ausbildungdan Kündigung olgan tanishlaringizga jo'natib qo'ying😃

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

25 Oct, 09:36


#Arbeitslosengeld

Bismillahir Rohmanir Rohim. Germaniyada ishlayotgan ko'pchilik Arbeitslosenversicherung (ishsizlik nafaqasi uchun sug'urta) to'lashi zarur. Haftasiga 20 soatdan kam ishlaydigan talabalar yoki Minijobda ishlayotganlar bundan mustasno. Bugun o'sha pul nima uchun to'lanishini va u sizga qanday hollarda yordam berishi haqida ma'lumot bermoqchiman.

Bu to'lanayotgan Arbeitslosenversicherung o'z nomi bilan siz ishsiz qolgan vaqtingizda sizga vaqtinchalik to'lanadigan moliy yordam uchun sug'urta. Ishxona siz bilan mehnat shartnomasini bekor qilsa (Kündigung) yoki siz o'zingiz xohlab ishdan chiqib ketsangiz va hali boshqa ish topmagan bo'lsangiz, u holda siz Arbeitslosengeld 1 (ALG 1, ishsizlik nafaqasini) olishingiz mumkin bo'ladi.

1️⃣. Arbeitslosengeld 1 ni kimlar olishi mumkin?

-ALG olish uchun quyidagi shartlartga javob berishingiz kerak bo'ladi.
1.1. Oxirgi 24 oy davomida eng kamida 12 oy Arbeitslosenversicherung uchun to'lov qilgan bo'lishingiz. Agar sizning oylik daromadingiz kam bo'lgan bo'lsa, faqatgina 6 oy ishlagan bo'lsangiz ham kifoya qiladi.
1.2. Ishsiz qolishingizni bilgan zahoti (Kündigung olganingizdan keyin) 3 kun ichida o'zingizni Agentur für Arbeitga ishsiz (arbeitslos) sifatida ro'yhatdan o'tkazishingiz. Bu saytda online qilishingiz mumkin yoki Agentur für Arbeitga o'zingiz borsangiz ham bo'ladi. Hujjatlarni ham online yuborish mumkin.
1.3. Haftasiga eng kamida 15 soat ishlash uchun vaqtingiz bo'lishi. Ya'ni agar talaba bo'lsangiz yoki farzandingizga qarashingiz kerak bo'lsayu, 15 soat ishlash uchun vaqtingiz bo'lmasa, u holda ALG 1 ololmaysiz.
1.4. Ish topishda Agentur für Arbeit bilan birgalikda ishlashingiz kerak.

2️⃣. Arbeitslosengeld qancha miqdorda beriladi?

-Bu sizning oxirgi 12 oy davomida ishlab topgan daromadingizga bog'liq. Netto daromadingizning taxminan 60%i miqdorida ALG 1 olishingiz mumkin. Misol uchun, siz oxirgi 12 oy davomida 3000€ brutto maosh olgansiz va Steuerklasse 3 bo'yicha soliq to'lagansiz. Endi ishsiz qoldingiz, shunda siz taxmiman 1400€ miqdorida ALG olishingiz mumkin. Agar farzandlaringiz bo'lsa, bu miqdor yana ko'payadi. Undan tashqari sog'lik sug'urtasi ham Agentur für Arbeit tomonidan to'lanadi.

3️⃣. Ishsizlik nafaqasini qancha muddat olish mumkin?

-Bu ikkita faktorga bog'liq : yoshingizga va ishsiz bo'lishdan oldin qancha muddat Arbeitslosenversicherung to'laganizga. Agar siz 50 yoshga yetmagan bo'lsangiz va eng kamida 24 oy ishlagan bo'lsangiz, u holda 12 oy davomida ALG 1 olishingiz mumkin. Agar siz bor yo'g'i 12 oy ishlab, keyin ishsiz bo'lgan bo'lsangiz, u holda faqatgina 6 oy ALG 1 olishingiz mumkin.

4️⃣. Qanday hollarda ALG 1 berilmaydi?

4.1 Talabalar ALG 1 olisholmaydi. Misol uchun, siz Germaniyada 3 yil ishladingiz, endi esa "o'qish kerak ekan, o'qigan baribir boshqada" deb, o'qishga kirdingiz. Agenturga borib "men 3 yil ishsizlik nafaqasi uchun sug'urtaga pul to'laganman, hozirda ishsizman, ALG berish" deganingizni foydasi yo'q. Lekin yarim stavkada (teilzeit) talaba bo'lsangiz, u holda ALG 1 olsangiz bo'ladi.

4.2 Ishsiz qolganingizni o'z vaqtida Agentur für Arbeitga xabar bermadingiz. Bu holatda sizga 12 haftagacha ALG 1 berilmasligi mumkin (Sperrzeit). Shuning uchun, o'z vaqtida Agenturga xabar berishingiz lozim.

5️⃣. Ausbildung qilayotganlar kündigung olsa, ular ham ALG 1 olsa bo'ladimi?

-Ha, albatta. Ular ham o'z oyliklaridan Arbeitslosenversicherung uchun pul to'laydi, shuning uchun ular ham pulni olishlari mumkin. Faqat eng kamida 12 oy Arbeitslosenversicherung uchun pul to'lagan bo'lishlari kerak.

6️⃣. ALG 1 olishning vizaga ta'siri bormi?

-Yo'q, ALG 1 olishning vizaga hech qanday salbiy ta'siri yo'q. Shuning uchun, mabodo shunday holatlarga tushib qolsangiz, bemalol pulni olavering.

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

20 Oct, 19:37


#Velosiped 🚴‍♂️

O'tgan hafta bir tanishim velosipedda telefonda gaplashib ketayotgan ekan, politsiya to'xtatib, 55€ jarima solibdi. Boshida uncha ishonmadim, chunki men o'zim velosipedda yurganimda ko'p qoida buzganman, ammo politsiya hech qachon jarima yozmagan alhamdulillah. Lekin boshqa bir tanishim ham velosipedda svetoforni qizil chirog'ida yurganida politsiya 20€ jarima yozganini aytib qoldi. Internetdan ma'lumotlar qidirib, Germaniyada velosipedda yurish davomida qoida buzganlarga qanday jarimalar borligini o'rganib chiqdim. Quyida ba'zi jarimalar miqdorini keltirib o'taman:

1️⃣. Velosiped boshqarayotganda telefonda gaplashish 55€

2️⃣. Faqat piyodalar yuradigan joyda (Gehweg) velosiped boshqarish 55€

3️⃣. Velosipedni kechqurunda chiroqsiz boshqarish 20€

4️⃣. Stop belgisida to'xtamaslik 50€

5️⃣. Mast holda velosiped boshqarish (1,6 promilledan ko'p alkogol) 500€. Agar haydovchilik guvohnomangiz bo'lsa, uni ham olib qo'yishlari mumkin.

6️⃣. Svetoforning qizil chirog'ida o'tib ketish 60€ yoki 100€, agar baxtsiz hodisaga sababchi bo'lsangiz, 180€

7️⃣. Zebra chizig'idan o'tayotgan piyodalarga halaqit berish 80€

8️⃣. Qarama-qarshi yo'ldan foydalanish 20-35€

Ana shunaqa gaplar. Velosipedda yurganingizda ham qoidalarga amal qilib yuring. Aks holda jarima to'lashingizga, hattoki haydovchilik guvohomangizni olib qo'yilishiga ham sabab bo'lishi mumkin.

Izoh: Germaniyada velosiped haydash uchun haydovchilik guvohnomasi kerak emas, lekin siz velosipedda yoki piyoda holda qoidalarni buzsangiz ham, sizdan mashina uchun olingan haydovchilik guvohnomasini (Führerschein) olib qo'yishlari mumkin.

@uzDeutschland

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

20 Oct, 19:16


#Germaniyada_Hijob

Ushbu postdan keyin Germaniyada hijob kiyishga ta'qiq bormi deb savol berishibdi. Hozirgi kunda Germaniyada hijob bilan aloqador hech qanday ta'qiq yo'q. Germaniya maktablarida, o'quv yurtlarida va universitetlarida hech qanday majburiy forma yo'q. Hamma o'quvchilar, talabalar, o'qituvchilar, professorlar, umuman olganda hamma o'zi xohlagan formada o'qishga va ishga boradi. Shuning uchun, Germaniyadagi maktablarda hijob kiygan o'quvchi va o'qituvchilar, universitetlarida esa hijob kiygan talaba qizlar va professorlar ko'p. Islom dinini qabul qilgan nemis qizlar ham bor.

Boshqa ish joylarida ham hijob kiyish juda ham normal holat.

P.S Germaniyaga viza olishda ham hijobning hech qanday salbiy ta'siri yo'q

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

20 Oct, 08:22


#Hijobning_haqqi

Bismillahir Rohmanir Rohim. Germaniyadagi masjidlarda ayollar ham juma namoziga chiqishlari odatiy hol. Ular ikkinchi qavatda yoki alohida xonada namoz o'qishadi. Shuning uchun, imom ma'ruza qilganida ayollarga ham nasihat qilib o'tib ketadi, imomga ayollardan ham savollar kelib turadi, qog'ozga yozib, imomga jo'natishadi.
Bugun ana shunday savollardan birini va imomning javobini kanalga joylamoqchiman, balki boshqalarga ham manfaatli bo'lar. Afsuski imom aytgan hamma gap ham esimda qolmadi, lekin asosiy nuqtalarini yozib o'tishga harakat qilaman.

Savol : Hijob o'rashni xohlayman, ammo hijobning haqqini ado eta olmaslikdan qo'rqyabman. Menga nima nasihat qilasiz?

Imomning javobi:

1️⃣. Hijobga xohlaganing uchun emas, Allohning buyrug'i ekanligi uchun kir. Bu Allohning mo'minalarga bergan buyrug'i, xohlaysanmi xohlamaysanmi buni ahamiyati yo'q ya'ni bu ixtiyoriy narsa emas. Savoldagi mantiq o'zi xato "xohlayman", ya'ni xohlamasang ham bo'ladigan ishmi bu? Bu farz, uni farz deb ko'rishing kerak. Shunda unga bo'ysunishing oson bo'ladi.

2️⃣. Hijob senga hech qanday qo'shimcha vazifa yuklamaydi. Sen muslima sifatida qilishing shart bo'lgan yoki qilmasliging shart bo'lgan amallar bor. Sen ana o'shalarga e'tibor berishing shart, misol uchun ramazon oyida ro'za tutishlik, namoz o'qishlik, alkogol, kredit, zino kabi xarom ishlardan tiyilishing shart. Bu narsalar sen hijobdamisan yoki yo'qmi, seni ustingdagi vazifalar, hijobda bo'lishing senga qo'shimcha vazifa bermaydi, hijobning haqqi degan narsa yo'q. Bu vasvasa, shaytonning senga qilayotgan hiylasi.

3️⃣. Sen nafaqat o'zing, balki boshqalarning gunohiga ham sababchi bo'lasan. Erkaklarga hijoblanmagan ayollarga qarash gunoh, agar sen hijobsiz ko'chaga chiqsang, erkaklar senga qarasayu, ko'zini boshqa tomonga burmasa, ularning gunohiga sen sababchi bo'lasan. Alloh insonlarni shunday yaratgan. "Erkaklar o'zlari qaramasligi kerak" deyishing mumkin, bu to'ppa to'g'ri. Lekin hamma erkakda ham bunday iymon yo'q, hammasi ham Allohdan bu darajada qo'rqmaydi. Shuning uchun, sening hijob o'ramasliging qolganlarni gunohiga sabab bo'lishiga va sen o'sha gunohlarga sherik bo'lishingni o'yla.

Bulardan tashqari imom ayollar ham jasur bo'lishi kerakligini ham aytib o'tdi. Ahloqsiz ayollar o'zlarini ahloqsizligini, botil g'oyalarini himoya qilish uchun jasur bo'layotgan bir vaqtda, musulmon ayollari o'zlarining haq e'tiqodlariga amal qilishga va uni himoya qilishga jasurlik qilmayotgani achinarli ekanligini aytib o'tdi.

P.S. O'zim ham bir ikkita narsani qo'shimcha qilmoqchiman. Birinchisi, ba'zilar imomlar aytgan gaplarga amal qilganlarga kinoya uslubida "Bularning o'zini kallasi yo'q", "Siz yashashni qaysi imomdan o'rganasiz?" deyishadi. Shunday insonlarga biz imomga emas, osmonlar-u yerni yaratgan Allohga itoat qilishimizni aytib qo'yishimiz kerak. Imom shunchaki bir vosita xalos, Alloh nima deganini ilm olmaganlarga tushuntirib beradigan. Lekin buyruq imomdan emas, Allohdan kelgan. Ikkinchisi, odam boshqalarga qarab yashamasligi kerak. "Imomdi o'zini xotini hijob o'ramaydi", "ko'ryabmiz hijob o'rab yurganlar nimalar qilayotganini" deydiganlar bu gaplari bilan o'zlarini nafsining boshqara olmasligini oqlamoqchi bo'lishadi xalos. Bunday gaplar sizga oxiratda hech qanday yengillik bermaydi. Uchinchisi, "qalbing toza bo'lsa bo'ldi" degan gapning dinda hech qanday asosi yo'q. Hijobning farzligi bilib turib uni inkor etgan inson dindan chiqadi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning hijob haqidagi savollarga javobini bu yerda, shu yerda va mana bu yerda o'qishingiz mumkin.

Alloh hammamizni isloh qilsin🤲

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

18 Oct, 10:44


𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱 pinned «Assalomu alaykum. Kanalga yangi post yozmoqchi bo'lib, qaysi mavzuda post yozsam ekan deb o'ylanib qoldim. Chunki ko'p mavzularda allaqachon ma'lumotlar bergan ekanman. Keyin yozgan postlarimni topish oson bo'lishligi uchun, turli mavzulardagi postlar uchun…»

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

18 Oct, 09:37


#Germaniyada_ishlash

Bismillahir Rohmanir Rohim. So'ngi paytlarda Germaniyaga oid guruhlarda shunga o'xshash xabarlar ko'payib qolibdi. Til bilmagan, diplomi yo'q odamlarni ham Germaniyaga ishga jo'natisharmush...
Bugun shu xabarlar qanchalik haqiqatga yaqinligi haqida ma'lumot bermoqchiman.

Germaniyaning menga eng yoqqan taraflaridan biri deyarli hamma narsa qonun-qoida va tartibga asoslangan. Daryoga chiqib, baliq tutmoqchi bo'lganlar uchun qonunlar bor: Fischereiverordnungen, Landesfischereigesetzen. Uyida it yoki mushuk boqmoqchi bo'lganlar uchun qonunlar bor: Tierschutzgesetz. Kechasi nechchidan nechchigacha shovqin qilmaslik haqida qonun : Bundesimmissionsschutzgesetz, chiqindilarni ajratish bo'yicha qonun bor: Kreislaufwirtschaftsgesetz.

Germaniyaga ishlash maqsadida kelish va viza olish ham qonun-qoidalarga asoslangan. O'sha qonunlarda kimlar Germaniyaga ishlash uchun kelishi mumkinligi haqida yozilgan, bularni kanalda batafsil keltirib o'tganman.

Endi yuqoridagiga o'xshash xabarlarga to'xtalsak:

1️⃣. Germaniyada ish beruvchi bilan shartnoma tuzganingiz sizga viza olishni kafolatlamaydi. Deylik siz Nestle, BMW yoki Mercedes kabi firmalar bilan haqiqiy ishchi shartnoma oldiz. Lekin agar siz viza olishning qolgan talablariga to'g'ri kelmasangiz, o'sha olgan shartnomangiz hech qanday ahamiyatga ega emas.

2️⃣. Mashenniklar Germaniyaga keladiganlarga ish topib berishi mumkin, elchixonadan viza uchun Termin olib berishi mumkin. Lekin viza olib berolmaydi. Vizani faqat elchixona qonun-qoidalarga tayangan holda beradi. BWM sizni ishga olish uchun elchixonaga 100 betlik iltimosnoma yozib bersa ham foydasi yo'q, shuning uchun Germaniyadagi ish beruvchi sizga "vizani o'zimiz hal qilamiz, sen sug'urtaga pul berseng bo'ldi, unga pul berseng bo'ldi" desa laqqa tushib yurmang.

3️⃣. Zavodda oddiy ishchi, qadoqlovchi, tozalovchi, yana shunga o'xshash hammani qo'lidan keladigan ishga viza olishni esingizdan chiqarsangiz ham bo'ladi. Bunaqa ishlarni qilish uchun Germaniyada ham ishchi kuchi yetarlicha.

4️⃣. Ishchi viza olish uchun eng kamida 2 yillik kollej diplomi yoki oliy ma'lumotlik diplom bo'lishi kerak. Litseyni bitirgan bo'lsangiz, 11-sinfni bitirgan bo'lsangiz, ishchi viza ololmaysiz. Topgan ishingiz ham diplomga aloqador bo'lgani yaxshi yoki shunga yaqin soha.

5️⃣. Agar yosh bo'lsangiz, Germaniyaga rostdan kelmoqchi bo'lsangiz, unda o'qing va kasb-hunar o'rganing. Nemis tilini o'qing, matematikani o'qing, IT ni o'qing, kerakli kadr bo'ling, shunda nafaqat Germaniya, butun dunyoga yo'llar ochiladi inshaallah.

Germaniyaga ishga borish uchun kimgadir pul bermoqchi bo'lganlarga ushbu postni jo'natib qo'ying.

@uzDeutschland

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

11 Oct, 16:43


#Kindergeld-Elterngeld-Kinderzuschlag

Bismillahir Rohmanir Rohim. O'tgan oyda oilasi Germaniyaga yangi kelgan bir nechta yurtdoshimiz Kindergeld va Elterngeldga hujjat tayyorlashda yordam so'ragan edi. Aslida ushbu pullarni olish uchun hujjat qilish juda oson, bir necha soat vaqtingizni ajratsangiz kifoya. Lekin Germaniyaga yangi kelgan yoki nemis tilini yaxshi bilmaydigan yurtdoshlarimiz hujjat qilishda qiynalishi mumkin. Shuning uchun, Elterngeld, Kindergeld va Kinderzuschlag uchun hujjatlar tayyorlash bo'yicha video qo'llanma tayyorladim. Video davomida ushbu pullarni olish uchun qanday hujjatlar kerakligi, hujjatlarni qanday qilib to'ldirish lozimligi hamda qaysi tashkilotga jo'natish kerakligini tushuntirib o'tishga harakat qildim. Undan tashqari Elterngeld va Kinderzuschlag olish talablari haqida ham ma'lumot berdim. Agar sizga yoki bironta tanishingizga ushbu ma'lumotlar kerak bo'lsa, pullik kanalimzga a'zo bo'lishingiz mumkin.
Kanal manzili : https://t.me/+e-SB5IKAywc1NGYy
Qo'shilish uchun @Abu_Umar_2021 ga yozsangiz bo'ladi!

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

09 Oct, 19:31


#Muvaffaqqiyat
Bismillahir Rohmanir Rohim. Inson ulg'aygani sari turli xil odamlar bilan tanishadi, turlicha fikrlarga duch keladi. Atrof muhitga nazar soladigan bo'lsak, hamma insonlar nimanidir maqsad qilib, o'sha maqsadiga yetishish payida yurishibdi. Maqsadiga yetishganlar esa o'zlarini muvaffaqqiyatli insonlar deb bilishadi. Boshqalar ham o'sha insonlarni muvaffaqiyatli deb o'ylashadi.

Aslida muvaffaqqiyat nima? Insonlar bu savolga turlicha javob berishadi, ba'zilar uchun muvaffaqqiyat moliyaviy mustaqillik, ba'zilar uchun esa yuqori darajadagi karyera, ba'zilar uchun obro'-e'tibor, ba'zilar tarixda qolishni muvaffaqqiyat deb o'ylasa, yana boshqalar oilaviy baxt, sog'likni muvaffaqqiyat deb hisoblaydi.
Ya'ni o'lchovlar turlicha, chunki har bir insonning o'ziga xos maqsadlari, orzulari va qadriyatlari bor.

Ammo umumiy tarzdagi o'lchov ham bor. Misol uchun, Abituriyent uchun o'qishga kirish muvaffaqqiyat bo'lsa, sportchi uchun musobaqada g'olib bo'lish muvaffaqqiyat hisoblanadi.

Hech o'ylab ko'rganmisiz, musulmon inson uchun muvaffaqqiyat nimada? Sportchi yoki Abituriyent o'z maqsadiga erishishi uchun tinmay mehnat qilishi zarur bo'lganidek, musulmon ham o'z maqsadiga erishib, muvaffaqqiyat qozonishi uchun harakat qilishi kerak. Ammo o'lchovlar turlicha bo'lsa, musulmon uchun muvaffaqqiyat nima ekanligini qayerdan bilamiz? Qanday umumiy tarzdagi o'lchov bor?

Allohga hamdlar bo'lsinki, buni bilish qiyin ish emas. Chunki Alloh taolo Qur'oni Karimda bir nechta joyda muvaffaqqiyatlik insonlarning sifatlarini keltirib o'tgan. Ya'ni agar siz ham o'shanday sifatlarga ega bo'lsangiz, o'zingizni muvaffaqqiyatli deb hisoblashingiz mumkin inshaallah. Bugun Alloh Qur'oni Karimda muvaffaqqiyatli insonlar haqida keltirgan bir nechta oyatlarini keltirib o'tmoqchiman.

Undan oldin ikkita narsaga aniqlik kiritib o'tsam. Birinchisi, arab tilida muvaffaqqiyat uchun ikkita so'zni ishlatish mumkin فلاح (Falah) va نجاح (Najah). Najah so'zi asosan dunyoviy yutuqlarga nisbatan ishlatiladi, falah esa ham dunyodagi, ham oxiratdagi muvaffaqqiyatni ifoda etadi. Ikkinchisi, o'zbek tilida oxiratda erishiladigan muvaffaqqiyatni "najot topish" deb tarjima qilish ham mumkin. Ya'ni "muvaffaqqiyat qozondi" va "najot topdi" degan gap oxirat uchun bir xil ma'noga ega. Agar siz oxiratda najot topsangiz, demak muvaffaqqiyatli musulmonsiz. Qur'oni Karimda odatda مفلحون (muflihuun) so'zi "muvaffaqqiyat qozonganlar"/ "najot topganlar" ma'nosida ishlatiladi.

Endi esa, asosiy maqsadga o'tsam. Quyida Qur'oni Karimda muvaffaqqiyat haqida kelgan ba'zi oyatlarni o'qishingiz mumkin.

1. A'rof surasi, 157-oyat." Ular o‘z huzurlaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holida topiladigan, ularni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradigan, ularga pokiza narsalarni halol qilib, nopok narsalarni harom qiladigan, ustilaridagi yukni yengillatib, kishanlarni yechadigan ummiy, Nabiy, Payg‘ambarga ergashadilar. Bas, unga iymon kеltirib, yordam bеrib va uni qo‘llab-quvvatlagan hamda unga nozil bo‘lgan nurga ergashganlar–ana o‘shalar najot topguvchilardir», dеdi.

2. Oli-Imron, 104-oyat. "Sizlardan yaxshilikka chaqiradigan, amri ma’ruf–nahyi munkar qiladigan bir ummat bo‘lsin. Ana o‘shalar, o‘zlari najot topguvchilardir."

3. Oli-Imron, 130-oyat. "Ey iymon keltirganlar! Riboni bir necha barobar qilib yemang. Allohga taqvo qiling, shoyadki najot topsangiz."

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

09 Oct, 19:21


#IELTS

Hujjatlarimni qarayotib 9 yil oldin olingan IELTS sertifikatimni ko'rib qoldim.
Umrimning uchdan bir qismi o'tib ketibdi, xuddiki ko'z ochib yumilguncha.

Vaqt o'tgan sari qadriyatlar, dunyo qarashlar o'zgarib boradi. Bir vaqtlar muhim deb hisoblangan narsalar aslida hech qanday qiymatga ega emasligi oydinlashadi, xuddi meni IELTS sertifikatimdek. Mashina olgunincha mashina qanaqadur muvaffaqqiyatdek tuyiladi, olganindan so'ng oddiy matoh, uy ham shunaqa, viza ham, diplom ham, hamma hammasi.

Unda nima qilish kerak? Haqiqiy muvaffaqqiyatga qanday erishiladi?..

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

03 Oct, 07:42


#Rentenversicherung

Bismillahir Rohmanir Rohim. Ushbu postda Germaniyada ishlayotgan har bir inson oyligidan Rentenversicherung ya'ni nafaqa fondiga pul to'lashlari kerakligi haqida yozib o'tgandim. Agar siz bu pullarni to'lasangiz, kelajakda 67-yoshga to'lganingizdan so'ng Germaniya davlatidan pensiya olishingiz mumkin bo'ladi. Ammo buning uchun bir nechta talablar bor, masalan pensiya olish uchung eng kamida 5 yil davomida nafaqa fondiga pul o'tkazgan bo'lishingiz kerak.

Bugun qanday hollarda nafaqa fondiga to'langan pullarni qaytarib olish mumkinligi haqida ma'lumot bermoqchiman.

1️⃣. Germaniyada faqat vaqtinchalik ishlaganlar. Agar siz Germaniyada faqatgina Weiterbildung, bir necha yil Fachkraft yoki Ferienjob qilgan bo'lsangiz va hozirda O'zbekistonda yashasangiz, u holda pensionniyga to'langan pullarni qaytarib olishingiz mumkin. Ferienjobga kelganlar 90% holatda nafaqa fondi uchun pul to'lashmaydi, faqat ba'zi hollarda ish beruvchi ulardan pul olib qolishi mumkin. Pul to'laganmisiz yoki yo'qmi buni bilish uchun Lohnsteuerbescheinigungni (yuqoridagi rasm) 23-qatoriga qarashingiz mumkin. Agar u yerdagi "Arbeitnehmeranteil" degan joyiga raqam yozilgan bo'lsa, demak pul to'lagansiz. Yoki Lohnabrechnungning RV-Beitrag degan joyiga qarab ham bilib olishingiz mumkin.

Ushbu toifadagi insonlar Germaniyadan chiqib ketganiga 24 oy to'lganidan so'ng, pensionniyga to'lagan pullarini qaytarib olishga ariza berishlari mumkin.

Umuman olganda, O'zbekistonga butunlay qaytgan insonlar Germaniyadagi nafaqa fondiga (gesetzliche Rentenversicherung) to'lagan pullarini qaytarib olishlari mumkin. Germaniyada necha yil ishlaganidan qat'iy nazar. Ammo agar ular Germaniya fuqaroligini olgan bo'lsa, u holda to'lagan pullarini qaytarib olisholmaydi.

2️⃣. Boshqa nafaqa fondiga pul to'laydiganlar. Misol uchun, Germaniyada ishlayotgan vrachlar berufsständisches Versorgungswerk (Ärzteversorgung) ga pul to'lashlari lozim. Bunday holatla ular gesetzliche Rentenversicherungga pul to'lashdan ozod qilinadi. Lekin agar ular allaqachon Rentenversicherungga pul to'lab qo'yishgan bo'lsa (misol uchun, MFA bo'lib ishlagan vaqtida), to'lagan pullarini qaytarib olishga ariza berishlari mumkin. Buning uchun ular ham kamida 24 oy kutishlari kerak ya'ni oxirgi marotaba RV ga pul to'lagan oyidan 24 oy o'tganidan so'ng.

P.S Nafaqat fondidan faqat o'zingiz to'lagan pullarni qaytarib olishingiz mumkin. Siz uchun ish beruvchi o'z hisobidan (oyligingizdan tashqari) to'lagan pullar qaytarib berilmaydi.

P.S.-2 Vrachlar pul to'laydigan Versorgungswerk uchun yuqoridagi ma'lumotlar amal qilmaydi. Ularning har birining o'zini qonun-qoidalari mavjud.

@uzDeutschland

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

27 Sep, 16:37


Quyidagi holatlarda Finanzamtdan deyarli pul qaytarib ololmaysiz:

1️⃣. O'zi hech qanday daromad solig'i (Lohnsteuer) to'lamagan bo'lsangiz. Finanzamtga Steuererklärung topshirish orqali, faqatgina o'zingiz to'lagan soliqni qaytarib olsangiz bo'ladi.

2️⃣. Yil davomida to'liq 12 oy ishlagansiz va xarajatlaringizning umumiy miqdori 1230€ dan oshmagan.

Quyidagi holatlarda Finanzamtdan QARZ bo'lib qolishingiz mumkin:


🔤. Davlatdan turli yordam pullari (Bürgergeld, ALG 1) yoki boshqa turdagi pullarni (Elterngeld) olgansiz. Bu pullar to'lashingiz kerak bo'lgan soliq miqdorini oshiradi hamda finanzamtdan qarz bo'lib qolishingizga sabab bo'lishi mumkin.

🔤. Yil davomida Honorar ko'rinishida ishlagansiz yoki Honorar tartda qo'shimcha ishingiz bo'lgan.

🔤. Steuerklasse 3/5 ga o'tgansizlar va turmush o'rtog'ingiz ham ishlaydi (12 oy). Bu holatda ham turmush o'rtoqning daromadiga qarab, to'lagan soliqlaringiz kam bo'lib qolishi mumkin. Shuning uchun finanzamtdan qarz bo'lib qolish ehtimoli mavjud.

Qisqacha shular. Yuqorida qancha pul qaytarib olishingiz mumkinligini yoki qancha qarz bo'lib qolishingiz mumkinligini yozmadim. Chunki bularning hammasi individual tarzda hisoblanishi kerak. 0% qaytarib olishingiz ham 100% qaytarib olishingiz ham mumkin.

P.S Yuqoridagi ma'lumotlar Germaniyada ishlayotgan hammaga taaluqli. Qanday ish qilishidan qat'iy nazar. Ausbildung qilsa ham, Weiterbildung qilsa ham, Chefarzt bo'lsa ham.

P.S-2: Soliq va sug'urtaning farqini bilish uchun ushbu postni o'qib chiqishni maslahat beraman.

@uzDeutschland

Abu Umar

𝗨𝘇𝗗𝗲𝘂𝘁𝘀𝗰𝗵𝗹𝗮𝗻𝗱

27 Sep, 16:33


#Soliqlar
2-Qism

Bismillahir Rohmanir Rohim. O'tgan safargi postda Germaniyada Ferienjob qilgan talabalar to'lagan soliqlarini to'liqligicha qaytarib olishi mumkinligi haqida ma'lumot bergandim. Bugun "Germaniyada doimiy ishlaydiganlar ham soliqlarini qaytarib olsa bo'ladimi?" degan savolga javob berishga harakat qilaman.
Aslida ushbu savolga javob berish uchun butun boshli kitob yozish mumkin. Ammo ushbu postda o'zbeklar orasida ko'p uchrab turadigan vaziyatlar yordamida ma'lumotlar berishni maqsad qildim.

Germaniyada to'lagan soliqlaringizni (faqat Lohnsteuer va SoLi) qaytarib olish yoki olmasligingiz ko'p faktorlarga bog'liq. Misol uchun, yillik daromadingiz, oilaviy holatingiz, ishga sarflagan xarajatlaringiz, bolalarning bog'chasiga qilingan xarajatlar va hkz.

Men gapni uzoqdan olib kelishni yaxshi ko'raman, lekin ushbu postda birdaniga maqsadga o'tib qo'yishni lozim topdim. Quyidagi holatlatda to'lagan soliqlaringizning bir qismini yoki hammasini qaytarib olsangiz bo'ladi:

1️⃣. Kalendar yilining faqat ma'lum vaqtida ishlagan bo'lsangiz. Yuqorida aytib o'tganimdek, germaniyadagi soliqlar yillik daromadga bog'liq. Agar siz yilning faqat ma'lum qismida ishlagan bo'lsangiz, daromadingiz kam bo'lgan lekin to'lagan soliqlaringiz ko'p. Misol uchun, Germaniyaga iyul oyida yangi kelib, ish boshladiz yoki til kursidan keyin Apreldan boshlab ishlayabsiz. Yoki Ausbildungni tamomlab, sentyabrdan Fachkraft sifatida ishlayabsiz. Ushbu holatlarda sizda to'lagan soliqlaringizni qaytarib olish imkoniyati mavjud.

2️⃣. Oilangiz Germaniyaga ko'chib kelgan bo'lsa. Agar oilangiz yilning qaysidir oyida sizning yoningizga ko'chib kelsa, sizlar o'sha yil uchun oilaviy Steuererklärung topshirsanglar bo'ladi. Misol uchun, oilangiz 2024-yilning 31-dekabrida Germaniyada anmelden bo'lsa ham, 2024-yil yanvardan anmelden bo'lgan bilan bir xil. 12 oy davomida Steuerklasse 1 bo'yicha to'lagan soliqlaringizning ancha qismini qaytarib olsangiz bo'ladi. Chunki soliqni oilaviy topshirasizlar, daromadni esa faqat siz qilgansiz, turmush o'rtog'ingiz Germaniyada ishlamagani uchun, yillik daromadinglar kam bo'lgan.

3️⃣. Oilangiz O'zbekistonda bo'lsa va siz ularni ko'rgani O'zbekistonga borgan bo'lsangiz. Ushbu holatda ham ancha pulni qaytarib olish mumkin, chunki siz oilangizni ko'rish uchun O'zbekistonga olingan biletlarni ham soliq dekloratsiyasiga kirgissangiz bo'ladi. Faqat buning uchun, siz Germaniyaga kelishdan oldin turmush qurgan bo'lishingiz kerak.

4️⃣. Xarajatlaringiz 1230€ dan ko'p bo'lsa (2024-yil uchun). Sizning ish bilan bog'liq xarajatlaringiz (asbob-uskunalar, ish uchun kiyimlar, turli Fortbildunglar, yo'lkira narxi va hkz) va boshqa soliqqa aloqador xarajatlar (bolalar bog'chasi, o'qish uchun to'langan pullar, uyda qilingan remont va hkz) umumiy miqdori 1230€ dan ko'p bo'lgan holatda ham soliqdan pulingizni qisman yoki to'liq qaytarib olsangiz bo'ladi.

5️⃣. Ota-onaga jo'natilgan pullar. Agar ota-onangizning yoshi 65 dan o'tgan bo'lsa va ularning daromadlari o'zlari uchun kamlik qilsa, siz jo'natgan pullaringizni ham Steuererklärungga yozishingiz mumkin. Ushbu holatda ham bu narsa soliqdan pul qaytarib olishingizga yordam beradi.

6️⃣. Umzug. Agar siz ish tufayli boshqa shaharga ko'chgan bo'lsangiz ham, ko'chish bilan bog'liq xarajatlarni Steuererklärungga yozish orqali pul qaytarib olsangiz bo'ladi.

7️⃣. Oilangiz kelganidan keyin Steuerklasse 4 da qolgansiz. Agar Steuerklasseni 3 ga o'zgartirmasdan, 4 da qolgan bo'lsangiz ham, ortiqcha to'lagan soliqlaringizni qaytarib olish mumkin.