Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal @sirdaryoviloyatiib Channel on Telegram

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

@sirdaryoviloyatiib


Bizning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarimiz

Telegramda 👉https://bit.ly/3bc0rpc
Facebookda 👉https://bit.ly/3YY3wfD
Youtubeda 👉 https://bit.ly/3mZwiMu
Instagramda 👉 https://bit.ly/3Qxjt9N
OK 👉 https://ok.ru/profile/586847883184
VK 👉 http

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal (Uzbek)

Sirdaryo IIB kanalimiz Sirdaryo viloyatidagi eng muhim va zamonaviy yangiliklarga to'g'ri yetkazib berish uchun yaratilgan rasmiy Telegram kanalidir. Bu kanal orqali Sirdaryo viloyati bo'ylab yuzlab yangilik, maqola, va hodisalardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Bizning ijtimoiy tarmoqlarda ham rasmiy sahifalarimiz mavjud - Telegramda: https://bit.ly/3bc0rpc, Facebookda: https://bit.ly/3YY3wfD, Youtubeda: https://bit.ly/3mZwiMu, Instagramda: https://bit.ly/3Qxjt9N, OKda: https://ok.ru/profile/586847883184, VKda: http.

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

07 Feb, 15:12


‼️O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sirdaryo akademik litseyi 2025/2026-o‘quv yili uchun Sirdaryo viloyatida doimiy istiqomat qiluvchi 9-sinf bitiruvchilarini o‘qishga taklif etadi.

📄 Arizalar joriy yilning 15-apreliga qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun:

☎️ Tel.: + 99867 236 21 80

📍Manzil: Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani Baxt-iqbol ko‘chasi 15-uy.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

07 Feb, 14:36


#Harakat_xavfsizligi_oyligi

Sirdaryo viloyati hududida o‘tkazilayotgan "Harakat xavfsizligi oyligi" doirasida Yo‘l harakati qoidalarini chetlab o‘tgan piyodalar bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, qoidalarga ko‘ra yo‘l harakati ishtirokchilarining huquq hamda majburiyatlari ko‘rsatilgan flayer va bukletlar haydovchilar va piyodalarga tarqatilmoqda.

Barcha harakat ishtirokchilaridan Yo‘l harakati qoidalariga rioya etish orqali "Harakat xavfsizligi oyligi"da faollik ko‘rsatishlarini so‘raymiz.

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

07 Feb, 12:17


Viloyatimiz hududida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish hamda aholi o‘rtasida oziq-ovqat mahsulotlaridan zaxarlanishni oldini olish maqsadida Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda dehqon bozorlarida kunlik nazorat tadbirlari olib borilmoqda. O‘tkazilgan tadbirlar davomida joriy yilning shu kuniga qadar go‘sht mahsulotlari, sut mahsulotlari, tuzlama mahsulotlari bozorlar savdo rastalaridan olinib tegishli tardibda yo‘q qilindi.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

07 Feb, 10:13


#Harakat_xavfsizligi_oyligi

Masjidlar atrofida harakat xavfsizligi YHXB xodimlari tomonidan nazoratga olindi

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

07 Feb, 10:13


#Harakat_xavfsizligi_oyligi

“Yoʻl harakati intizomi — bolalikdan boshlanadi” shiori ostidagi targʻibot tadbirining navbatdagisi Xovos tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabi oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etildi

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

07 Feb, 10:13


#Harakat_xavfsizligi_oyligi

Xovos tumani hududida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasining sabab va omillari hamda kelgusida bu kabi koʻngilsiz holatlarning oldini olish yuzasidan muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, tuman hududidan oʻtuvchi A-376 avtomobil yoʻlining 70-kilometrida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, burilish va qayrilib olishda haydovchilar tomonidan sodir etilayotgan qoidabuzarlik holatlariga chek qoʻyish maqsadida beton toʻsiqlar va zarur yoʻl belgilarini oʻrnatish choralari koʻrildi.

Barcha harakat qatnashchilaridan Yoʻl harakati qoidalariga rioya etishlarini soʻraymiz.

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

07 Feb, 09:31


Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya boʻlinmasi xodimlari oʻzlariga biriktirilgan xizmat itlari bilan Sirdaryo viloyatida joylashgan umumta'lim maktablarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish borasida davra suhbati oʻtkazilib, xizmat itlari bilan koʻrgazmali chiqishlar namoyish etishdi.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

25 Jan, 15:18


Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i Shaxboz Nematjonov rahbarligida sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda boshqarma huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizim tergovchilari, Migratsiya va Fuqarolikni Rasmiylashtirish Boshqarmasi hamda Ekspert Kriminalistika Markazi xodimlari tomonidan o‘tgan 2024 yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Bundan tashqari xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvar kunidagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi tegishli qarorining mazmun-mohiyati hamda qonunchilikka kiritilgan oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar yetkazildi.

Yig‘ilishda xodimlarning xizmat faoliyati davomida erishgan ijobiy natijalari, tergov ko‘rsatkichlari, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilgan shart-sharoitlar xususida ham so‘z bordi.

Shundan so‘ng ijobiy natijalarga erishgan bir guruh xodimlarga Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomasi hamda barcha shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari huzuridagi tergov bo‘limlariga kompyuter jamlanmasi tarqatildi.

Yig‘ilish yakunida kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

25 Jan, 13:06


“Yoʻl harakati intizomi — bolalikdan boshlanadi” shiori ostidagi targʻibot tadbirining navbatdagisi Guliston shahridagi 5-sonli umumta’lim maktabi oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etildi

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

25 Jan, 05:30


Xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga doir profilaktik tadbirlar

Hududlardagi profilaktik tadbirlar doirasida viloyat ichki ishlar organlarining JXX HPBda faoliyat olib borayotgan Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha masʼul inspektorlar tomonidan “xonadonbay” tizimida ayollar o‘rtasida zo‘ravonlik va tazyiqqa qarshi targ‘ibot ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Yangiyer shahri va
Mirzaobod, Sirdaryo, Sayxunobod, Xovos tumanlari bo‘ylab “Yo‘l xarita”ga kiritilgan xotin-qizlar, ijtimoiy nosog‘lom, nizoli, notinch oilalar bilan yuzma-yuz uchrashildi. Jarayonda ularning mavjud muammo va eʼtirozlari yaqindan o‘rganilib, ijtimoiy savolnoma asosida tizimli ishlar tashkillashtirilmoqda.

Shu o‘rinda, notinch oilalar muhitini sog‘lomlashtirish va xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirishga doir targ‘ibotlar olib borilib, “Himoya orderi” berish tartibi haqida huquqiy tushunchalar berildi.

Bu kabi chora-tadbirlardan ko‘zlangan maqsad xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamiyatda ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish, turmush darajasini yanada yaxshilashdan iboratdir.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

25 Jan, 05:06


Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB Roʻyxatdan oʻtkazish boʻlim hamda boʻlinmalarida Vazirlar Mahkamasining 2024-yildagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan vaqtinchalik Nizom talablari asosida foydalanishda boʻlgan moped va skuterlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmoqda.

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

25 Jan, 04:06


Maqsad — fuqarolar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish

Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB PPX saf boʻlinmalari xodimlari tomonidan koʻcha va jamoat joylarida bemaqsad yurgan fuqarolar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Bu kabi profilaktik tadbirlardan ko‘zlangan maqsad hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining barvaqt oldini olishdan iboratdir.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

22 Jan, 16:05


Sirdaryo: IIV mutasaddilari ishtirokida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga doir o‘rganishlar olib borilmoqda

Sirdaryo viloyatida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i polkovnik Sh.Uralov tomonidan hududlarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Jarayonda Guliston shahridagi “Baxt”, “Navbahor” va “Namuna” mahallalarida sodir etilgan qonunbuzurliklarning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash barobarida, ularni bartaraf etish bo‘yicha “Mahalla yettiligi” hamda mas’ullarga zaruriy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Maʼlumot o‘rnida, bu kabi chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilda “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan olib borilmoqda.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

22 Jan, 13:05


Probatsiya guruhi nazorati ostidagi shaxslar uchun “mehnat yarmarkasi” tashkil etildi

Sardoba tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida bo‘lgan nazorat ostidagi shaxslarning bandligini ta’minlash maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Unda 2 nafar nazorat ostidagi shaxsning bandligi ta’minlandi. Shuningdek, muayyan kasbga ega bo‘lmagan yana 4 nafar nazorat ostidagi shaxsga kasb-hunarga ega bo‘lishi uchun “Ishga marhamat” monomarkazi o‘quv kurslariga yo‘llanma berildi.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

22 Jan, 11:30


Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB Ekspluatatsiya va montaj boʻlinmasi xodimlarining ish jarayonidan tasvirlar👆📹

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

22 Jan, 10:06


“Yoʻl harakati intizomi — bolalikdan boshlanadi” shiori ostidagi targʻibot tadbirining navbatdagisi Guliston shahridagi 10-sonli umumta’lim maktabi oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etildi

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

22 Jan, 09:45


Guliston shahar avtomobil yoʻllarida harakatni svetoforlar orqali tartibga solish boʻyicha ishlar jadallik bilan davom etmoqda

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

22 Jan, 09:17


Maqsad — fuqarolar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish

Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB PPX saf boʻlinmalari xodimlari tomonidan koʻcha va jamoat joylarida bemaqsad yurgan fuqarolar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Bu kabi profilaktik tadbirlardan ko‘zlangan maqsad hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining barvaqt oldini olishdan iboratdir.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

22 Jan, 06:00


Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya boʻlinmasi veterinariya guruhi xodimlari Guliston shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda Kinologiya boʻlinmasi balansida boʻlgan xizmat itlari "Quturish" kasalligiga qarshi (quturishga qarshi emlanma) vaksinasi bilan emlandi.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

11 Jan, 16:26


Qoidalarda belgilangan talablar buzilganligi boʻyicha haydovchilarga tushuntirish berilib, tegishli chora koʻrilmoqda.

Haydovchilardan Yoʻl harakati qoidalariga rioya etishlarini soʻraymiz.

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

11 Jan, 16:16


Guliston shahrida qoidabuzarliklarga chek qoʻyish borasida kuchaytirilgan reydlar oʻtkazilmoqda

Haydovchilardan Yoʻl harakati qoidalariga rioya etishlarini soʻraymiz.

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

11 Jan, 15:48


Yoritish chiroqlarini qoidalarga zid ravishda oʻrnatib harakatlangan haydovchilarga chora koʻrilmoqda

Haydovchilardan Yoʻl harakati qoidalariga amal qilishlarini soʻraymiz.

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

11 Jan, 15:07


Sirdaryo viloyati IIBda Sirdaryo viloyati sudi bilan hamkorlikda Prezidentimizning 2024 yil 10 iyundagi “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-89-sonli Farmonining mazmun-mohiyatini yetkazish yuzasidan viloyat sudi raisining o‘rinbosari Bobosher Qurbonov hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Jonibek Boltayevlar raisligida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv seminari ishtirokchilariga joriy yilning yanvar oyidan o‘z faoliyatilarini boshlagan tergov sudyalarining asosiy vazifa va vakolatlari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.
Shuningdek, ushbu o‘quv seminarida profilaktika inspektorlari hamda yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan ma’muriy ish hujjatlarini ko‘rib chiqib sudlarga yuborish jarayonida amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklar muhokama etilib, ularning yechimi bo‘yicha hamkorlikda aniq chora-tadbirlar belgilanib olindi.

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

11 Jan, 12:40


Sirdaryo viloyati avtomobil yoʻllarida harakat xavfsizligini ta'minlash boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar va takliflar yuzasidan axborot xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashi huzuridagi sud-huquq va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiya a'zolari ishtirokidagi muhokama yigʻilishida tinglandi

@SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

11 Jan, 10:40


Sirdaryo yoʻllarida tekshiruvlar davomida:

- haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmasdan avtomobil boshqarish;

- avtomobilga ruxsat etilmagan qurilmalarni oʻrnatish;

- transport vositasining davlat raqam belgisini oʻzboshimchalik bilan yechib harakatlanish kabi qoidabuzarliklar yuzasidan YPX xodimlari tomonidan tegishli chora koʻrilmoqda.

Barcha haydovchilardan Yoʻl harakati qoidalariga rioya etishlarini soʻraymiz.

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

11 Jan, 04:21


Moped va skuterlar boʻyicha koʻp yoʻllanayotgan savollarga javoblar👆📹

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

11 Jan, 03:56


Sirdaryo viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi
———
Сирдарё вилояти Ички Ишлар бошқармаси шахсий таркиби билан жисмоний тайёргарлик машғулотлари ўтказилди


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

10 Jan, 13:03


Yangiyer shahrida o‘tkazilgan tungi reyd tadbiridan tasvirlar

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

10 Jan, 11:28


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oila institutini yana-da rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2020-yil 31-dekabrdagi 820-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Sirdaryo tumanida Oila va xotin-qizlar bo‘limi qoshida ochilgan "Yoshlarni hayotga tayyorlash" markazida navbatdagi nikohlanuvchi yoshlarga "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash" mavzusida o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi. O‘quv kursida 15 nafar juft kelin-kuyovlar ishtirok etishdi va nikohlanuvchi hamkor tashkilotlar ishtirokida o‘quv kursi o‘tkazildi, nikohlanuvchi yoshlar huquqiy, dunyoviy, tibbiy, yuridik bilimlarini yana-da oshirishdi. Dars yakunida markazning sertifikatlari topshirildi.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

10 Jan, 06:56


Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik yoki ularni o‘z o‘rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaslik

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 67-moddasi.
———
Вақтинча эгаллаб турилган ерларни ўз вақтида қайтариб бермаслик ёки уларни ўз ўрнида фойдаланиш учун яроқли ҳолга келтирмаслик

Ўзбекистон Республикаси Маъмурий Жавобгарлик тўғрисидаги Кодекснинг 67-моддаси.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

10 Jan, 05:51


O‘zbekiston Respublikasi IIVning Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy bo‘ysunuvchanlik va himoya-qorovul ko‘nikmalari bo‘yicha tayyorlash uchun pullik xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek naslchilik pitomnigida  yetishtirilgan va ichki ishlar organlarining ehtiyojidan ortiq bo‘lgan hamda xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlarni sotish tartibi to‘g‘risidagi 2023-yil 2-noyabrdagi 602-sonli  buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasiga fuqaro O‘.Usmonxo‘jayev o‘ziga tegishli bo‘lgan, spaniyel zotiga mansub 1 bosh itini umumiy bo‘ysunuvchanlik va himoya qorovul ko‘nikmalariga tayyor uchun olib keldi.

Endilikda siz ushbu xizmat orqali o‘zingizga tegishli bo‘lgan itlarni bo‘ysunuvchanlik va himoya qorovul ko‘nikmalariga tayyorlash uchun hamda ichki ishlar organlari naslchilik pitomnigida yetishtirilgan va ichki ishlar organlarining ehtiyojidan ortiq bo‘lgan hamda xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlarni sotib olish uchun murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

07 Jan, 17:56


Tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga yo‘riqnoma o‘tkazilib, harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

07 Jan, 15:16


Sirdaryo tumanida profilaktik ishlar davom etmoqda...

📌 O'zbekiston Respublikasining
2019- yil 2-sentabr kundagi "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunning ijrosini ta'minlash borasida Sirdaryo tuman IIB JXX HPB XQMB katta inspektori katta  leytenant R.Riskulova tomonidan Probatsiya hisobida turuvchi mahkumalar bilan profilaktik suhbat o'tkazilib, kelgusida qayta jinoyat sodir etmasliklari uchun rasmiy ogohlantirildi.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

07 Jan, 12:23


Yoʻl harakati qoidabuzarliklari aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan fuqaro haydovchilik guvohnomasiga ham ega emasligi ma’lum boʻldi va belgilangan tartibda chora koʻrildi

Barcha harakat ishtirokchilaridan Yoʻl harakati qoidalariga rioya etishlarini soʻraymiz.

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

07 Jan, 09:52


Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB Maxsus ekspluatatsiya-montaj boʻlimi xodimlari tomonidan viloyat hududida svetofor uskunalari va yoʻl belgilari koʻrikdan oʻtkazilib, sozlash va yangilash ishlari olib borilmoqda

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

07 Jan, 06:23


Yoʻl — oʻyin maydoni emas!

Sirdaryoda xavfli manyovrlar bilan harakatlanib, atrofdagi haydovchilarga halaqit bergan haydovchiga bayonnoma tuzildi va qoidabuzarliklari boʻyicha transport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi.

Barcha harakat ishtirokchilaridan Yoʻl harakati qoidalariga amal qilishlarini soʻraymiz.

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

06 Jan, 18:10


Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonliklar uchun birgalikda kurashamiz..

📌 O'zbekiston Respublikasining
2019- yil 2-sentabr kundagi "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunning ijrosini ta'minlash borasida Sirdaryo tuman ,,Inson" ijtimoiy markazi psixologi X.Bektashova, tuman IIB JXX HPB XQMB katta inspektori katta  leytenant R.Riskulova Oila-turmush doirasida jinoyatlarni oldini olish maqsadida profilaktik suhbat o'tkazilib, psixologik, huquqiy tushunchalar berildi.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

06 Jan, 10:22


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillar davomida amalga oshirilishi moʻljallangan «Xavfsiz va ravon yoʻl» umummilliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-316-son qarorida belgilangan talablar bo‘yicha 2024-yil davomida Sirdaryo viloyatida amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

06 Jan, 07:46


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytiriladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-999-son, 15.11.2024 y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining ayrim moddalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi
———
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Пробация бўлинмалари ходимларининг ваколатлари кенгайтирилади

Президент томонидан имзоланган Қонун (ЎРҚ-999-сон, 15.11.2024 й.) билан Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексининг айрим моддаларига ўзгартиришлар ва қўшимча киритилди

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

06 Jan, 06:01


Guliston shahrida qoidabuzarlik holatlariga chek qoʻyish borasida reyd tadbirlari oʻtkazildi

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

05 Jan, 14:57


Guliston shahrida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash, qoidabuzarliklarga chek qoʻyish borasida tungi reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Barcha harakat ishtirokchilaridan Yoʻl harakati qoidalariga amal qilishlarini soʻraymiz.

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

04 Jan, 10:20


Qayrilib olish chap tomondagi chetki tasmadan ruxsat beriladi

Batafsil izoh videoda👆📹

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

04 Jan, 08:14


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Hayvonot va o‘simlik dunyosining muhofazasi kuchaytiriladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1004-son, 21.11.2024 y.) bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga hayvonot va o‘simlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
———
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Ҳайвонот ва ўсимлик дунёсининг муҳофазаси кучайтирилади

Президент томонидан имзоланган Қонун (ЎРҚ-1004-сон, 21.11.2024 й.) билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ҳайвонот ва ўсимлик дунёсининг муҳофазасини кучайтиришга қаратилган қўшимча ва ўзгартиришлар киритилди.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

04 Jan, 07:42


Svetofor ishlamayotgan chorrahada harakat YPX xodimining nazoratida

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

04 Jan, 07:25


Moped hamda skuter haydovchilari bilan tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlish va ushbu transport vositalarini oʻz vaqtida davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

03 Jan, 07:06


Guliston shahar avtomobil yoʻllarida yotiq yoʻl chiziqlarini maxsus texnikalar yordamida yangilash choralari koʻrilmoqda

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

02 Jan, 03:56


Sirdaryo viloyatining ayrim hududlarida tumanli ob-havo kuzatilmoqda

Haydovchilardan:

- tezlikni me’yoridan oshirmasdan;

- oraliq masofani saqlab;

- piyodalarga e’tiborli boʻlib;

- hushyorlik va sergaklikni oshirib harakatlanishlarini soʻraymiz.

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

01 Jan, 12:47


Ayni vaqtlarda markaziy archa oʻrnatilgan hududlar atrofida harakat xavfsizligi YHXB xodimlarining nazoratida🫡

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

31 Dec, 15:35


Xalqimizda “Yangi yil” kayfiyati👍

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

31 Dec, 07:11


🎄Sirdaryoda “Yangi yil” shukuhi

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

30 Nov, 13:22


Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hududida joylashgan umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida "Yo'l harakati qoidalari bilimdoni" shiori ostida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual bellashuvi haqida

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

29 Nov, 15:52


Sirdaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig'i, YHXB rahbariyati hamda tuman IIB mas’ullari tomonidan Sirdaryo tumani "Kamolot" MFYda keng jamoatchilik ishtirokida yoʻl-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.

👉
@SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

29 Nov, 15:52


Sirdaryoda YHXB mas’ullari tomonidan navbatdagi targʻibot tadbiri Patrul-post xizmati xodimlari oʻrtasida tashkil etildi. Xodimlarga qoidalar boʻyicha toʻxtash hamda toʻxtab turish tartiblari yuzasidan batafsil izohlar yetkazildi.

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

29 Nov, 15:52


Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz!

Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB xodimlarining xizmat jarayonidan tasvirlar.

👉 @SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

29 Nov, 08:33


Xovos tumani IIB xodimlari hamda faxriy xodimlar bilan birga "Keksalar turizmi" oyligi doirasida "Xovos tepaligi" ziyoratgohiga borilib duoi fotiha qilindi.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

29 Nov, 07:45


Hurmatli fuqarolar OGOH BO‘LING!

Ijtimoiy tarmoqlarda FIRIBGARLAR

Firibgarlarga aldanib qolmang!

———
Ҳурматли фуқаролар ОГОҲ БЎЛИНГ!

Ижтимоий тармоқларда ФИРИБГАРЛАР

Фирибгарларга алданиб қолманг!


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

29 Nov, 05:44


"Xavfsiz hudud -Dolzarb 50 kunlik" maxsus profilaktik tadbirlari doirasida Yangiyer shahrida bir qator profilaktik ishlar amalga oshirildi.
———
"Хавфсиз ҳудуд -Долзарб 50 кунлик" махсус профилактик тадбирлари доирасида Янгиер шаҳрида бир қатор профилактик ишлар амалга оширилди.


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

29 Nov, 03:31


Payshanba — profilaktika kuni

Haftaning har Payshanba kuni yurtimizda — “Profilaktika kuni” sifatida qaralib, jamiyatda xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hushyorligi va ogohligini oshirish borasida qator tadbirlar o’tkaziladi.

Xususan, Shirin shahrida ham "Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” hamda “Xavfsiz hudud — dolzarb 50 kun” doirasida moped, mototsikl, skuter va elektromototsikl haydovchilari bilan targ‘ibot ishlari hamda mahallalardagi profilaktik, probatsiya hisobida turgan, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslarning oila aʼzolari bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

28 Nov, 14:57


Sirdaryo viloyati IIBda noyabr oyi ''Keksalar turizm oyligi'' doirasida faxriylar bilan birgalikda yurtimizning turli hil go'shalariga tashriflar hamda IIOda uzoq yillar davomida xizmat qilgan faxriylarning honadonida tashkil etilgan ''uy muzeylari''ga tashriflar amalga oshirildi.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

21 Nov, 06:55


#Dolzarb_50_kunlik

Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan "Dolzarb 50 kunlik" tadbiri doirasida yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirilishi bo'yicha Sardoba tumanida bir qator ishlar amalga
oshirildi

Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

21 Nov, 04:33


Guliston shahar IIB tashabbusi bilan “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda
———
Guliston shahar IIB tashabbusi bilan “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida bir qator samarali ishlar olib borilmoqda


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

21 Nov, 04:30


Sirdaryo viloyati Ichki ishlar xodimlari haftada 7 kun, 24 soat xizmatingizda!
————
Сирдарё вилояти Ички ишлар ходимлари хафтада 7 кун, 24 соат хизматингизда!


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

21 Nov, 03:42


Sayхunobod tumanida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabul o‘tkazildi
———
Сайхунобод туманида суд-ҳуқуқ масалалари бўйича оммавий қабул ўтказилди


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

20 Nov, 13:27


#Dolzarb50kun

"Dolzarb 50 kun" maxsus profilaktik tadbirlari doirasida Oqoltin tumanida tungi xizmatga jalb qilingan shaxsiy tarkibga yo‘riqnoma berildi

Oqoltin tumanida qizil hudud bo‘lgan "Yangi davr" mahallasida tashkil qilingan maxsus profilaktik tadbir davomida tuman sektor rahbarlari tomonidan maxsus profilaktik tadbirlar davomida har bir xodim tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan xizmat vazifalari yuzasidan aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

20 Nov, 13:21


Mamlakatimiz miqyosida 1 noyabrdan 30 noyabrgacha «Psixotrop moddalarni noqonuniy aylanishini oldini olish oyligi» doirasida Sirdaryo viloyati IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida Guliston shahrida joylashgan Buxoro innovatsiyalar instituti Sirdaryo filialida davra suhbatida o‘tkazildi.
———
Мамлакатимиз миқёсида 1 ноябрдан 30 ноябргача «Психотроп моддаларни ноқонуний айланишини олдини олиш ойлиги» доирасида Сирдарё вилояти ИИБ тезкор қидирув хизмати жиноят қидирув бошқармаси масъул ходимлари иштирокида Гулистон шаҳрида жойлашган Бухоро инновациялар институти Сирдарё филиалида давра суҳбатида ўтказилди.


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

20 Nov, 11:10


"Dolzarb 50 kunlik" profilaktik tadbiri doirasida Xovos tumani 2-sonli kasb-hunar maktabida yoshlar o'rtasida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, voyaga yetmagan qizlar o'rtasida erta turmush va erta tug'uruqni oldini olishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.
———
"Долзарб 50 кунлик" профилактик тадбири доирасида Ховос тумани 2-сонли касб-ҳунар мактабида ёшлар ўртасида жиноятчиликни барвақт олдини олиш, вояга етмаган қизлар ўртасида эрта турмуш ва эрта туғуруқни олдини олишга қаратилган тадбир ташкил этилди.


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

20 Nov, 10:06


Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida ''Ochiq eshiklar'' kuni munosabati bilan Guliston davlat universitetining talaba qizlari bilan birgalikda IIB binosining zamonaviy ko'rinishi, kutubxona va muzey bilan tanishib o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob berildi. Talaba qizlar tomonidan bunday uchrashuv va tadbirlarni davomiy o'tkazib turish takliflari berib o'tildi.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

20 Nov, 06:15


”Yashil makonda birlashaylik” – Shirin shahar IIB xodimlari tomonidan mevali va manzarali ko‘chatlar ekilmoqda.

Ma’lumki, keyingi yillarda mamalakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni hal etish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish borasida ham izchil oslohotlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda ham atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish, tabiiy ekotizmlarni saqlash va tiklash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Hususan, loyiha doirasida Shirin shahar IIB xodimlari tomonidan mahalliy hudud iqlimga mos keluvchi mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

11 Nov, 13:52


Shirin shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari podpolkovnik Begzod Sanayev hamda sektor rahbarlari tomonidan  ijtimoiy profilaktikadagi amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan mahalla yettiligi bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bunda asosiy e'tibor 2023- yil 30-mart kunidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Nukus shahri Altin Jag‘iz mahallasi misolida bergan topshiriqlari asosida ijtimoiy profilaktika tadbiri yo‘lga qo‘yilgani, bu bo‘yicha Shirin shahar mahallalarida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, fuqarolar muammolarini o‘rganish, ishsiz yoshlar va ayollarni ish bilan band qilish, yoshlarni to‘garaklarga jalb qilish va kunlik qilingan ishlarni nazoratga olishga qaratildi.
     
Begzod Sanayev hamda sektor rahbarlari tomonidan mahalla yettiligiga va mutasaddi soha vakillariga aniq topshiriqlar berilib,  ijrosi nazoratga olindi va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi
.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

11 Nov, 09:00


Guliston shahrida qo'pol qoidabuzarliklar bo'yicha reyd tadbiri o'tkazildi.

Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

11 Nov, 07:01


Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi va uning hududiy bo‘linmalarida xizmat qilayotgan xodimlar va ularning ota-onalari bilan xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
———
Сирдарё вилояти ички ишлар бошқармаси Жамоат хавфсизлиги хизмати Пробация бўлими ва унинг ҳудудий бўлинмаларида хизмат қилаётган ходимлар ва уларнинг ота-оналари билан ходимлар ўртасида хизмат интизоми ва қонунчиликка риоя этилиши юзасидан йиғилиш ўтказилди


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

11 Nov, 05:02


“Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan Sirdaryo viloyati IIBning bir guruh tibbiyot xodimlari taqdirlandilar.
———
“Ўзбекистон Республикаси Тиббиёт ходимлари куни” муносабати билан Сирдарё вилояти ИИБнинг бир гуруҳ тиббиёт ходимлари тақдирландилар.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

11 Nov, 03:07


Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi o‘tkazildi
———
Сирдарё вилояти ички ишлар бошқармасида навбатдаги маънавият ва маърифат дарси ўтказилди


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

09 Nov, 14:10


“Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari”
———
«Янги Ўзбекистоннинг янги касаба уюшмалари»


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

09 Nov, 14:04


Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari-JXX boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev tomonidan "Dolzarb 50 kunlik" maxsus profilaktik tadbiriga jalb qilingan shaxsiy tarkibga tungi yo‘riqnoma berildi, shuningdek ushbu yo‘riqnomada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholining tinch va osoyishta hayotini taʼminlash, jamiyatimizda qonunga itoatkorlik va jamoat xavfsizligi madaniyatini shakllantirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shib, zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarni o‘z vaqtida vijdonan bajarib, o‘z xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishib xizmatdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan Guliston shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limining bir qator profilaktika inspektorlari rag‘batlantirildilar.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

09 Nov, 14:03


Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB boshlig'ining Guliston shahrida sayyor qabuli bo'lib o'tdi

https://t.me/SirdaryoYPX

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

08 Nov, 15:02


Sirdaryo viloyatida "Dolzarb 50 kunlik" maxsus profilaktik tadbiriga jalb qilingan shaxsiy tarkibga tungi yo‘riqnoma berildi

Tadbirda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari tomonidan tungi xizmatga jalb etilgan ichki ishlar organlari, milliy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlariga xizmat oldi yo‘riqnoma berildi.

Telegram
/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

08 Nov, 11:04


Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB kinologiya boʻlinmasi xodimlari tomonidan IIVning 2022-yil 22-sentabr kunidagi 383-sonli buyrugʻi talablari asosida, jismoniy tayyorgarligi darajasini oshirish maqsadida navbatdagi sport mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

08 Nov, 11:02


Sirdaryo viloyati IIB tashabbusi bilan Sirdaryo viloyatida joylashgan Oliy ta'lim muassasalari talaba qizlarining oʻrtasida voleybol sport musobaqasining birinchiligi oʻtkizildi. Bunda dastlab Guliston Davlat universiteti hamda Guliston Davlat Pedagogika instituti oʻzaro bellashdilar. Oʻyin natijalari boʻyicha mutloq gʻalaba bilan final bosqichiga Guliston Davlat universitetining talaba qizlari yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

07 Nov, 12:40


📞 #Диққат #Тарқатинг #Долзарб
Ҳудудларда навбатчилик штаблари фаолияти йўлга қўйилди!

Қиш мавсумини беталофат ўтказиш ҳамда вужудга келган муаммоларни ўз вақтида бартараф этиш мақсадида вилоятимиздаги барча туман ва шаҳарларда куну тун ишлайдиган штаблар ташкил этилди. Штабларнинг асосий вазифаси — Аҳолидан келиб тушадиган мурожаатларни тезкор (оператив) равишда бартараф этиш чораларини белгилаш ва амалга оширишдан иборат.

👉 Вилоят бош штаби
📞 1055

👉 Гулистон шаҳар штаби
📞 +99867-225-32-31

👉 Янгиер шаҳар штаби
📞 +99867-350-23-68

👉 Ширин шаҳар штаби
📞 +99867-236-19-35

👉 Боёвут тумани штаби
📞 +99867-390-15-47

👉 Гулистон тумани штаби
📞 +99867-796-25-60

👉 Мирзаобод тумани штаби
📞 +99867-310-14-94

👉 Сардоба тумани штаби
📞+99867-344-16-18

👉 Оқолтин тумани штаби
📞 +99867-236-56-01

👉 Сайхунобод тумани штаби
📞 +99867-225-00-54

👉 Сирдарё тумани штаби
📞 +99867-377-15-88

👉 Ховос тумани штаби
📞 +99867-364-61-25

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

07 Nov, 03:27


Guliston tumanida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabul o‘tkazildi
———
Гулистон туманида суд-ҳуқуқ масалалари бўйича оммавий қабул ўтказилди


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

06 Nov, 18:21


Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Sirdaryo viloyatida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi
——
Ички ишлар вазири ўринбосари генерал-майор Бекмурод Абдуллаев Сирдарё вилоятида жиноят ва ҳуқуқбузарликларни олдини олиш борасидаги амалга оширилаётган ишларни ўрганди


Telegram I YouTube I Instagram I Facebook

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

06 Nov, 15:23


Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Sirdaryo viloyatida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi

Batafsil

©️ IIV JXD Axborot xizmati
——
Ички ишлар вазири ўринбосари генерал-майор Бекмурод Абдуллаев Сирдарё вилоятида жиноят ва ҳуқуқбузарликларни олдини олиш борасидаги амалга оширилаётган ишларни ўрганди


Батафсил

©️ ИИВ ЖХД Ахборот хизмати

Telegram I YouTube I Instagram I Facebook

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

24 Oct, 16:36


Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!
Sizlarni “25-OKTABR — ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI” munosabati bilan chin dildan muborakbod etamiz!


Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz, yuksak mas’uliyat va sadoqatingiz yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Kunlarni tunga, tunlarni tongga ulab, Vatanimiz tinchligi, osoyishtaligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shishdan hech qachon tolmang!

💐 Masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor boʻlsin!


IIV Sirdaryo AL rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

24 Oct, 16:36


🇺🇿 “25-OKTABR — ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyi jamoasi Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan barcha xodimlarni hamda ustoz murabbiylar va faxriylarimizni chin yurakdan muborakbod etadi!


IIV Sirdaryo AL rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

24 Oct, 16:20


Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ички ишлар органлари ходимлари куни муносабати билан бир гуруҳ ходимларни мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы сотрудников в связи с Днем сотрудников органов внутренних дел"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

24 Oct, 15:54


"25 октябрь Ички ишлар органлари ходимлари куни" муносабати билан Сирдарё вилояти ИИБ ҳузуридаги Тергов бошқармаси томонидан бир гуруҳ фахрийларнинг холидан хабар олиниб, уларга Ички ишлар вазири ўринбосари полковник Ашропов Рамазон Ахматхўжаевичнинг табриги ҳамда қимматбаҳо совғалари топширилди.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

24 Oct, 15:16


Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлигининг буйруғи ижросини таъминлаш мақсадида Сирдарё вилояти Ширин шаҳарчасидаги 4-сонли умумий ўрта таълим мактабида ИИВ Академияси профессор-ўқитувчилари, Сирдарё вилояти ИИбнинг соҳавий хизматлари ҳамда бошқа мутасадди идоралар масъул ходимлари билан ҳамкорликда мактабнинг битирувчи синф ўқувчилари иштирокида жиноятчилик ва ҳуқуқбузарликларга қарши курашиш, ўқувчиларнинг ҳуқуқий онги ва маданиятини ошириш бўйича профилактик тарғибот-ташвиқот тадбирлари амалга оширилди. Тадбир давомида вилоят ҳудудида вояга етмаганлар иштирокида содир этилган жиноятларнинг келиб чиқиш сабаблари, уларнинг содир этилишига имкон берган шарт-шароитлар муҳокама қилинди. Мактаб ўқувчиларига ўзларини қизиқтирган касб йўналишлари бўйича ўрта-махсус ва олий ўқув юртларига ўқишга кириш юзасидан тегишли маслаҳат ва тавсиялар берилди.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

24 Oct, 03:59


Sardoba tumanida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabul o‘tkazildi
———
Сардоба туманида суд-ҳуқуқ масалалари бўйича оммавий қабул ўтказилди


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

24 Oct, 03:35


O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 20-iyun kunidagi 333-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo'linmasi tomonidan xizmatdan ortiq bo'lgan xizmat itlarini sotish, fuqarolarga tegishli bo'lgan itlarni umumiy bo'ysinuvchanlik va himoya qorovul koʻnikmalari bo'yicha o'rgatish yuzasidan bukletlar tayyorlanib fuqarolarga tarqatildi.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

21 Oct, 14:34


“Barcha yoʻl-transport hodisalarini, ayniqsa piyodalar bilan bogʻliq avariyalarni oldini olish profilaktikasi oyligi” doirasida Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB YHXB xodimlari tomonidan bir hafta davomida muassasa va tashkilotlarda olib borilgan targ'ibot tadbirlari.

Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

21 Oct, 11:19


https://youtu.be/nGqcjoyJRk4

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

21 Oct, 06:29


Guliston shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha qizlar o‘rtasida “Ichki ishlar vaziri kubogi”ning viloyat bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
———
Гулистон шаҳридаги “Ёшлар” спорт мажмуасида “Беш ташаббус олимпиадаси” доирасида спортнинг волейбол тури бўйича қизлар ўртасида “Ички ишлар вазири кубоги”нинг вилоят босқичи мусобақаси бўлиб ўтди.


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

21 Oct, 04:19


"QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!"

21-oktyabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun
——————————————————-
"ҚАДРИНГ БАЛАНД БЎЛСИН, ОНА ТИЛИМ!"

21-октябр Ўзбек тилига Давлат тили мақоми берилган кун

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

20 Oct, 14:02


Joriy yilning 9 oyi davomidagi amalga oshirilgan ishlar muhokamasi, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Shaxboz Nematjonov rahbarligida, Tergov, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari, Ekspert kriminalistika markazi hamda ularning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlari bilan videokonferensiya shaklida 2024 yil 9 oyi davomidagi ish ko‘rsatkichlarini muhokama qilish, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda sohaviy xizmatlar tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, shuningdek, xodimlarning tartib va ijro intizomiga rioya qilishlari muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Tadbir davomida, o‘z xizmat burchini masʼuliyat bilan sidqidildan, halol bajarayotgan, ijobiy natijalarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh xodimlar rag‘batlantirilib, kamchilikka yo‘l qo‘ygan xodimlarning faoliyatiga yil yakuni bo‘yicha baho berilishi maʼlum qilindi.


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

20 Oct, 07:22


Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan Guliston shahridagi 18-umumta’lim maktabida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida kinologiya bo’linmasi tomonidan ko’rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
———
Сирдарё вилояти Ички ишлар бошқармаси Жамоат хавфсизлиги хизмати жамоат тартибини сақлаш бошқармаси ташаббуси билан Гулистон шаҳридаги 18-умумтаълим мактабида ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялаш мақсадида кинология бўлинмаси томонидан кўргазмали чиқишлар намойиш этилди.


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

20 Oct, 05:22


Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan Toshkent kimyo texnologiyalar instituti Yangiyer filialida ta’lim dargohi yuqori bosqich talabalari, yosh va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar ishtirokida profilaktik uchrashuv bo’lib o’tdi.
———
Сирдарё вилояти Ички ишлар бошқармаси ташаббуси билан Тошкент кимё технологиялар институти Янгиер филиалида таълим даргоҳи юқори босқич талабалари, ёш ва ажрим ёқасига келиб қолган оилалар иштирокида профилактик учрашув бўлиб ўтди.


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

19 Oct, 16:02


Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida 2024-yilning 19-oktyabr kuni Sirdaryo viloyati hokimining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.B.Ismatov, Sirdaryo viloyati IIB JXX boshlig‘ining o‘rinbosari - HPB boshlig‘i podpolkovnik A.K.Mirzaqulov, Sirdaryo viloyati MvaMTB boshlig‘i N.I.Xolboyeva, Sirdaryo viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari kapitan M.Kurbankulovlar ishtirokida “Viloyat hududida voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik sodir etilishini barvaqt oldini olish”ga qaratilgan video selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda barcha shahar-tuman studiyalaridan shahar-tuman hokimlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, shahar-tuman IIB JXX HPB boshliqlari, VE va YOBIG katta inspektorlari, shahar-tuman XTB mudirlari, maktablarga biriktirilgan milliy gvardiya inspektor-psixologlari, maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdilar. Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tib, joriy yilning shu kuniga qadar voyaga yetmaganlar, ayniqsa maktab o‘quvchilari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar muhokama qilindi. Kelgusida voyaga yetmaganlar, jumladan maktab o‘quvchilari tomonidan bu kabi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish maqsadida  joriy yilning 21-oktyabr kunidan 21-noyabr kuniga qadar “voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha dolzarb 30 kunlik” eʼlon qilindi. Ushbu oylik doirasida ichki ishlar organlari, milliy gvardiya inspektor psixologlari hamda maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, hokimiyat organlari bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish yuzasidan bir qator profilaktik tadbirlar, jumladan doimiy ravishda maktablarda “Davomat” va “Tig‘” tadbirlari o‘tkazilishi belgilab olindi.

 Sirdaryo viloyati IIB JXX HPB

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

19 Oct, 15:34


Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimida xizmat olib borayotgan xodimlar bilan “saylovga oid tushunchalar hamda saylov jarayonida jamoat xavfsizligini taʼminlash” yuzasidan onlayn tarzda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlariga Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar, proporsional, majoritar va aralash saylov tizimlari, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlarning xususiyatlari, saylov kampaniyasining turli bosqichlarida partiya tashkilotlarining vazifalari yuzasidan o‘quv seminari o‘tkazildi.

Ochiq va o‘zaro muloqot ruhida o‘tgan o‘quv mashg‘ulotida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

19 Oct, 14:20


21-oktabr mamlakatimizda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Sana munosabati bilan Guliston shahar Ichki ishlar boshqarmasida "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
———
21-октябр мамлакатимизда ўзбек тилига давлат тили мақоми берилган кун. Сана муносабати билан Гулистон шаҳар Ички ишлар бошқармасида "Қадринг баланд бўлсин, она тилим" шиори остида тадбир ташкил этилди.


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

19 Oct, 13:31


Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida taʼlim muassasalari masʼul xodimlariga yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish boʻyicha 6 kunlik qisqa muddatli oʻquv kursi tashkil etildi.

Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

19 Oct, 12:10


Sportning «Kibersport» turi bo‘yicha viloyat Ichki ishlar organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.
———
Спортнинг «Киберспорт» тури бўйича вилоят Ички ишлар органлари томонидан оталиққа олинган ёшлар ўртасида мусобақа ўтказилди.


Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok

Sirdaryo IIB | Rasmiy kanal

19 Oct, 08:26


Sirdaryo viloyati IIB JXX JTSB kinologiya boʻlinmasi xodimlari bilan "O'zbek tili - o'zligimiz timsoli" mavzusida navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi boʻlib oʻtdi.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok