Jinoyat protsessi @tsul_cpl Channel on Telegram

Jinoyat protsessi

@tsul_cpl


🇺🇿 TDYU Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasining rasmiy kanali
🇷🇺 Официальный канал кафедры Уголовно-процессуального права ТГЮУ

🗯 Murojaat uchun: @Hazratali_Qudratillayev
@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi (Uzbek)

Welcome to the official Telegram channel of the Criminal Procedure Law Department at TDYU! If you are interested in staying updated on the latest news, events, and discussions related to criminal procedural law, then this channel is the perfect place for you. Our channel provides valuable insights, legal updates, and educational content for students, professionals, and anyone passionate about criminal law. Join us to engage with like-minded individuals, ask questions, and broaden your knowledge in the field of criminal procedure. For any inquiries, do not hesitate to contact our admins @Hazratali_Qudratillayev and @Hazratali_uz. Stay informed and connected with the official channel of the Criminal Procedure Law Department at TDYU! 🇺🇿🇷🇺

Jinoyat protsessi

09 Jan, 15:57


2️⃣2️⃣2️⃣ • TDYUda “Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

👉 Batafsil va FOTOlar...

2️⃣2️⃣2️⃣2️⃣ • В ТГЮУ прошел круглый стол на тему «Проверка законности, обоснованности и справедливости судебных решений по уголовным делам»

👉 Подробнее и ФОТОграфии...

2️⃣2️⃣2️⃣ • Round table discussion was held at TSUL on "Reviewing the legality, reasonableness, and fairness of court decisions in criminal cases"

👉 More & PHOTOs...

⚫️ 🔴 🔵 🟣 ⚪️ @tsulofficial #tadbir #мероприятие #event

Jinoyat protsessi

09 Jan, 12:40


0️⃣0️⃣0️⃣ • “Jinoyat protsessida raqamli dalillar instituti” mavzusidagi ilmiy maqolalar tanlovi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

👉 Batafsil...

0️⃣0️⃣0️⃣ • Определены победители и призеры конкурса научных статей по теме «Институт цифровых доказательств в уголовном процессе»

👉 Подробнее...

0️⃣0️⃣0️⃣ • Winners and prize-winners of the scientific article contest on "The Institution of Digital Evidence in Criminal Proceedings" announced

👉 More...

⚫️ 🔴 🔵 🟣 ⚪️ @tsulofficial #yangilik #новость #news

Jinoyat protsessi

09 Jan, 12:25


👉👉👉👉👉👉👉

🖋🖋🖋Tez kunda Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Dalillar va isbotlash" moduli yuzasidan Yakuniy nazorat bo'yicha konsultatsiya o'tkaziladi.

🚀🚀🚀Konsultatsiya muddati va joyi haqida quyidagi kanalda e'lon beriladi.

@Hazratali_uz

Bizni kuzatib boring👇👇👇
@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

09 Jan, 12:25


👉👉👉👉👉👉👉

🖋🖋🖋Tez kunda Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Jinoyat-protsessual huquqi" moduli yuzasidan Magistratura va sirtqi fakulteti talabalari (masovafiy talabalari) uchun Yakuniy nazorat bo'yicha konsultatsiya o'tkaziladi.

🚀🚀🚀Konsultatsiya vaqti haqida quyidagi kanalda e'lon beriladi.

@Hazratali_uz

Bizni kuzatib boring👇👇👇
@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

08 Jan, 13:13


🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

SUDYALAR VA ADVOKATLAR ISHTIROKIDA DAVRA SUHBATI BO'LIB O'TDI!

⚡️⚡️⚡️2024-yil 8-yanvar kuni Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi huzuridagi professorlar D.Suyunova, D.Bazarova va G.To‘laganova ilmiy maktablari doirasida “Jinoyat ishlari bo’yicha sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

👨‍🏫👮‍♂️👨‍🏫 Mazkur davra suhbatida Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo’yicha sudlov hay’ati sudyasi О.Muxamadiyev, advokat, tajribali sudya N.Akbarov va TDYU Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mustaqil izlanuvchisi, advokat Z.Nazarovlar ishtirok etib, ilmiy maktab a'zolariga, mustaqil izlanuvchilarga va talabalarga jinoyat ishlarini qayta ko'rib chiqishda vujudga kelayotgan muammolar, jinoyat ishlarini ko'rib chiqishda e'tiborga olinadigan holatlar va faoliyatlaridagi eng qiziqarli voqealar haqida ma'lumot berishdi.

📝📝📝 Tadbir yakunida talabalar va mustaqil izlanuvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

08 Jan, 07:31


"Agar qonun - davlatning kuchi bo'lsa, prokuratura - uning vijdonidir."

© AQSHning asoschilaridan biri Aleksandr Gamilton

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

08 Jan, 04:47


⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

Ayni damda Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi huzuridagi professorlar D.Suyunova, D.Bazarova va G.To‘laganova ilmiy maktablari doirasida “Jinoyat ishlari bo’yicha sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tmoqda...

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

08 Jan, 01:52


🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

⚡️⚡️⚡️Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi fakulteti 3-kurs talabalari uchun "Jinoyat-protsessual huquqi" moduli doirasida Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida sayyor dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

👩‍💻👨‍💻🧑‍💻Jinoyat ishlari bo'yicha Shayxontohur tuman sud raisi Obidov Tolibjon va Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat protsessual huquqi kafedrasi yuridik fanlari doktori, professor Tulaganova Gulchehra Zaxitovnalar tomonidan talabalarga jinoyat ishini ko'rishda e'tibor beriladigan masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

📖📖📖Shu jumladan, talabalar bevosita sud jarayonlarida ishtirok etib mavzu yuzasidan o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlashdi.

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

07 Jan, 09:29


🏆Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat protsessual huquqi kafedrasi professori, y.f.d. Tulaganova Gulchehra Zaxitovnaning ilmiy maktabi doirasida "Jinoyat protsessida raqamli dalillar instituti" mavzusida o'tkazilgan ilmiy maqolalar tanlovi g‘oliblari aniqlandi.
🥇1-o'rin. Jinoiy odil sudlov fakulteti 3-bosqich talabasi Vapayev Karimboy Muzaffar o‘g‘li
🥈2-o'rin. Jinoiy odil sudlov fakulteti 3-bosqich talabasi Ibrohimova Sitora Ilhomjon qizi
🥉3-o'rin. Jinoiy odil sudlov fakulteti 4-bosqich talabasi Kayumova Farzona Xayrulla qizi

🏅💫G'olib bo'lgan talabalarni taqdirlash marosimi 2025-yil 8-yanvar kuni, soat 9:00da, TDYU 3-binosi Katta majlislar zalida bo'lib o'tadi.

Ilmiy maktab telegram kanaliga ulanish uchun quyida ko'rsatilgan link ustiga bosing: https://t.me/TGZ_TSULscientific_school

Jinoyat protsessi

06 Jan, 03:56


🟦🟦🟦🟦🟦

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi huzuridagi professorlar D.Suyunova, D.Bazarova va G.To‘laganova ilmiy maktablari doirasida “Jinoyat ishlari bo’yicha sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish” mavzusida davra suhbati o‘tkaziladi.

👮‍♂️👮‍♂️👮‍♂️Davra suhbatida Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi X.Shamshiyev ishtirok etadi.

📆📆📆 Davra suhbati 2025-yil 8-yanvar kuni 09-30da TDYU 3-bino Katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

26 Dec, 10:28


🟦🟦🟦🟦

Судланувчига охирги сўз берилмаcлиги,
ҳукмни, ажримни бекор қилиш ёки ўзгартиришга асос бўлади.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

26 Dec, 08:25


⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

Ayni damda Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi Xosiyat Mamatkulovaning yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining dastlabki ekspertizasi (kafedra muhokamasi) bo‘lib o‘tmoqda...

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

26 Dec, 05:37


🟦🟦🟦🟦

Mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoki odamning aql-irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida jinoyat sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinmaydi.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

25 Dec, 04:27


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Elektron ma’lumotlar
elektron qurilmalardan va axborot tizimlaridan, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan, ishlov beriladigan hamda saqlanadigan ma’lumotlardir.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

24 Dec, 08:22


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Иш учун аҳамиятга эга бўлган ҳолатлар тўғрисидаги маълумотлар мавжуд бўлган электрон маълумотлар, шу жумладан электрон тарздаги файллар, аудио-, видеоёзувлар, Интернет жаҳон ахборот тармоғида сақланаётган маълумотлар, шунингдек бошқа электрон маълумотлар рақамли далиллардир.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

23 Dec, 09:34


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Давлат ҳисобидан юридик ёрдам кўрсатган адвокат учун тўланадиган ҳақ МИҚДОРЛАРИ (Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 21.11.2024 йилдаги 774-сон қарори билан тасдиқланган)

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

21 Dec, 13:16


#tavsiya_qilamiz

Sizlarga jinoyat protsessiga oid Oliy sud Plenumi qarorlari taqdim qilinmoqda.

t.me/Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

19 Dec, 05:46


⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

Ayni damda Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi Jaxongir Shukurovning yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining dastlabki ekspertizasi (kafedra muhokamasi) bo‘lib o‘tmoqda...

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

15 Dec, 12:54


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki sodir etish uchun maxsus mo‘ljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar, shuningdek jinoiy maqsadlarga erishish uchun jinoyat sodir etish jarayonida bevosita foydalanilgan mol-mulk jinoyat qurolidir.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

15 Dec, 05:27


#Tabrik

Bugun Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b., yuridik fanlari doktori, professor Rustambekov Islambek Rustambekovich oʻzlarining tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar.

Universitet jamoasi Islambek Rustambekovichni ishning koʻzini biladigan ajoyib tashkilotchi, adolatparvar rahbar, shogirdlariga toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchi, maslahatlarini ayamaydigan sevimli ustoz, maslakdosh, samimiy va oqkoʻngil inson sifatida biladi.

Islambek Rustambekovich koʻp yillardan beri yosh huquqshunoslarni tayyorlash bilan birga, yuridik fan va taʼlimni takomillashtirish, davlat va jamiyat rivojiga, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirishga oʻzlarining salmoqli hissalarini qoʻshib kelmoqdalar.

Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi Islambek Rustambekovichni samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, kelgusi faoliyatlariga kuch-gʻayrat tilab qolamiz.

@hrtsul

Jinoyat protsessi

11 Dec, 14:29


🟦🟦🟦🟦

📆📆📆 Hisob-kitoblarga ko‘ra, bitta jinoyat ishi (og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar) bo‘yicha ma’lumot kelib tushgandan to sud hukmi chiqqunga qadar o‘rtacha 6 oy vaqt ketadi.

10 kun - Tergovga qadar tekshiruv uchun (JPKning 329-moddasi)

3 oy - Dastlabki tergov muddati (JPKning 351-moddasi);

17 kun - Sudning jinoyat ishini qabul qilish bilan bog'liq harakatlari (JPKning 395 va 405-moddalari);

2 oy - Jinoyat ishini sudda muhokama qilish (JPKning 405-moddasi).

‼️‼️‼️ E'tibor qiling! Bunda istisno bo'ladigan holatlar inobatga olinmagan.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

11 Dec, 12:49


🌐🌐🌐🌐🌐🌐🌐🌐🌐

⚡️⚡️⚡️2024-yil 10-dekabr kuni Tashkent Internation University tomonidan "O'zbekiston Respublikasida jamiyat va davlatni modernizatsiya qilishning konstitutsiyaviy va huquqiy asoslari" mavsuzida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya tashkil qilindi.

🧑‍💻🧑‍💻🧑‍💻Mazkur konferensiyada Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri, professor, y.f.d Dildora Bazarova va kafedra professori, y.f.d Gulchehra To'laganovalar ma'ruza bilan ishtirok etib, davlat va jamiyat qurilishida yuridik kadlarni tayyorlashning ahamiyati ta'kidlab o'tildi.

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

11 Dec, 12:23


#Ombudsman va Talaba-qizlar
🌟🌟🌟🌟🌟

Joriy yilning 5-7-dekabrida TDYU Ombudsmani y.f.d., professor Tolaganova Gulchexra Zaxitovna hamda Jinoiy odil sudlov fakulteti dekan maslahatchisi Qodirova Mohigul Xamitovna tomonidan davra suhbatlari tashkil etildi.

👥 Mazkur tadbirda mamlakatimizning asosiy qonuni, qomusimiz bo’lgan Konstitutsiya inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarining garovi ekanligi alohida e’tirof etildi.

📝 Ushbu davra suhbatlari:
🔘Jaholatga qarshi ma’rifat
🔘Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi
🔘Talaba-qizlar huquqlarini himoya qilishda TDYU Ombudsmanining o’rni kabi masalalar muhokama qilindi va ta’lim sohasida ayollarga berilayotgan imtiyozlar ham ta’kidlandi.

📝 Targ’ibotlar so’ngida talaba-qizlar o’rtasida viktorina o’tkazilib, g’oliblar munosib taqdirlandi.

Jinoyat protsessi

07 Dec, 07:42


🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

⭕️⭕️⭕️2024-yil 9-dekabr kuni "Moliyaviy xavfsizlik" maxsus kursi doirasida onlayn viktorina tashkil qilinmoqda.

👨‍🏫👩‍💻👨‍🏫Viktorinada yurisprudensiya sohasida tahsil olayotgan barcha talabalar va o’quvchilar ishtirok etishi mumkin!

📱📱📱 Viktorina bo'yicha savollar @Hazratali_uz va @financial_security_tsul kanalida e'lon qilinadi.

Viktorina 21: 00 da boshlanib, 20 daqiqa vaqt beriladi. Ikkinchi marotaba ishlangan va shubhali deb topilgan javoblar qabul qilinmaydi.

❗️❗️❗️Viktorina g‘olib va sovrindorlari qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan taqdirlanadi.

@financial_security_tsul
@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

06 Dec, 13:51


🌟🌟🌟🌟🌟

#Jaholatga qarshi ma’rifat
#tarģibot

⚖️ 2024-yil 6-dekabr kuni Jinoiy odil sudlov fakulteti dekan maslahatchisi Mohigul Qodirova tomonidan "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida ma'naviy-ma‘rifiy tadbir tashkil etildi.

📚 Mazkur tadbir talaba-qizlarimiz o‘rtasida ma’rifat va madaniyatni targ‘ib qilish, ma’naviy hamda madaniy me’rosni asrab avaylash, qadriyatga aylantirishni maqsad qilgan.

💭 Tadbirda TDYU Ombudsmani y.f.d. professor G.Tolaganova ishtirok etib, inson oliy qadriyat ekanligi, ilm-ziyo, ma’rifat har qanday muammolarga yechim bo’lishi xususida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, talaba-qizlarga foydali maslahatlar berdilar.

Tadbir ishtirokchilari jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, ma’nan yetuklik va barkamollik haqida keng tushunchalarga ega bo‘ldilar.

🖊 Shuningdek, talaba-qizlarga ta’lim sohasida davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imtiyozlar xususida ham ma’lumotlar berildi.

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

06 Dec, 06:43


⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

Ayni damda Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri, professor Dildora Bazarova, kafedra professori Dilbar Suyunova va kafedra professori Gulchehra To'laganova ilmiy maktablari doirasida ilmiy maktab a'zolari ishtirokida Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlar bo'yicha muhokama bo'lib o'tmoqda...

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

06 Dec, 06:11


🔥🔥🔥

Toshkent yuridik litseyida bo'lib o'tgan viktorina go'liblari esdalik sovg'alari bilan taqdirlanmoqdalar...

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

06 Dec, 06:09


🔥🔥🔥

Ayni damda Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o'qituvchilari ishtirokida Toshkent yuridik litseyidayuridik Konstitutsita mazmun-mohiyati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda burchlari bo'yicha viktorina bo'lib o'tmoqda....

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

05 Dec, 04:05


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Реабилитация этилган шахсга (оқланган ёки айбсиз деб топилган) юридик ёрдам кўрсатилиши учун шахс томонидан адвокатлар бюросига, ҳайъатига ёки фирмасига тўланган пул, шунингдек унга нисбатан содир этилган қонунга хилоф ҳаракатлар натижасида қилинган бошқа харажатлар қоплаб берилади.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

03 Dec, 04:26


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🇺🇿🇺🇿🇺🇿Ўзбекистон Республикаси Президенти давлат хавфсизлик хизмати томонидан қўриқланадиган шахслар қуйидагилардан иборат👇👇👇

Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови натижалари Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссияси томонидан расмий эълон қилинган кундан эътиборан Ўзбекистон Республикасининг Президенти ва унинг оила аъзолари;

Ўзбекистон Республикасининг собиқ Президенти ва унинг бутун ҳаёти даврида оила аъзолари;

янги сайланган Ўзбекистон Республикасининг Президенти лавозимига киришгунига қадар Ўзбекистон Республикаси Президенти вазифаларини ва ваколатларини бажарувчи шахс;

Ўзбекистон Республикасининг халқаро шартномаларига, Ўзбекистон Республикаси Президенти давлат хавфсизлик хизмати ва чет давлатларнинг тегишли ваколатли давлат органлари ўртасидаги битимларга мувофиқ Ўзбекистон Республикаси ҳудудида бўлган вақтида чет давлатларнинг, ҳукуматларнинг, парламентларнинг, халқаро ташкилотларнинг раҳбарлари, чет давлатларнинг бошқа сиёсий ва жамоат арбоблари, шунингдек уларга ҳамроҳлик қилаётган оила аъзолари;

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармонлари ва фармойишларига мувофиқ қўриқланиши лозим бўлган бошқа шахслар.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

02 Dec, 17:42


1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

IIV xodimi qanday hollarda kuch ishlatishi mumkin?


🇺🇿🇺🇿🇺🇿Ichki ishlar xodimi jismoniy kuch ishlatishga haqlimi?

🚨🚨🚨Qonunchilikka ko‘ra, agar ichki ishlar xodimi zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni kuch ishlatmasdan turib bajarishining iloji bo‘lmasa, u quyidagi hollarda kuch ishlatishi, jumladan kurashning jang usullarini qo‘llashi mumkin:

jinoyatlarga va ma’muriy huquqbuzarliklarga chek qo‘yish uchun;

jinoyatlar yoki ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni eng yaqindagi ichki ishlar organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish va bu shaxslarni ushlab turish uchun;

ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko‘rsatilishini bartaraf etish uchun.

⚠️⚠️⚠️Jismoniy kuch ishlatilishi shaxslarning xatti-harakatlari xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

29 Nov, 11:19


🔴🔴🔴

Ayni damda Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri, professor, yuridik fanlar doktori Dildora Bazarova va kafedra professori yuridik fanlar doktori Gulchehra To'laganova ishtirokida Qoraqalpoq davlat universitetida Konstitutsita mazmun-mohiyati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda burchlari davra suhbati bo'lib o'tmoqda....

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

29 Nov, 08:20


🔴🔴🔴

Ayni damda Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri, professor, yuridik fanlar doktori Dildora Bazarova va kafedra professori yuridik fanlar doktori Gulchehra To'laganova ishtirokida Qoraqalpog'iston Respublikasi yuridik texnikumida Konstitutsita mazmun-mohiyati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda burchlari davra suhbati bo'lib o'tmoqda....

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

29 Nov, 04:08


👨‍⚖️👩‍⚖️ • Dildora Kamalovaning doktorlik (DSc) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi

💻 Batafsil va ZOOMga havola...

👨‍⚖️👩‍⚖️ • Состоится защита докторской диссертации (DSc) Дилдоры Камаловой

💻 Подробнее и ссылка на ZOOM...

⚫️ 🔴 🔵 🟣 ⚪️ @tsulofficial #DSc #himoya #защита #defense

Jinoyat protsessi

26 Nov, 11:01


Гумон қилинувчи ва айбланувчининг берган кўрсатувлари билан аниқланган ҳолатлар, айбланувчи ўз айбига иқрор бўлган тақдирда ҳам, ўзининг айбдор эканлигини инкор қилган тақдирда ҳам ишнинг ҳамма ҳолатлари билан боғланган ҳолда бошқа далиллар каби текшириб чиқилиши ва баҳоланиши лозим.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

22 Nov, 07:58


🔴🔴🔴

Ayni damda Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o'qituvchilari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi bo'yicha Toshkent shahri Chilonzor tumani 201-maktabda tashkil etilgan “Huquq sinf”ida bo'lib, sinfda yaratilgan sharoitlar bilan tanishmoqda va yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarga Konstitutsita mazmun-mohiyati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda burchlari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tilmoqda.

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

22 Nov, 05:48


Jinoyat protsessi pinned «4️⃣4️⃣4️⃣ ❗️❗️❗️Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to‘g‘risida Nizomning 61-bandiga ko'ra, kasalligi yoki boshqa hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablar…»

Jinoyat protsessi

22 Nov, 05:48


4️⃣4️⃣4️⃣

❗️❗️❗️Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari to‘g‘risida Nizomning 61-bandiga ko'ra, kasalligi yoki boshqa hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablar tufayli (yo‘l-transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, nikoh tuzilishi, farzand tug‘ilishi, xarbiy kafedrada tahsil olayotgan talabalar) oraliq nazoratni belgilangan muddatda topshirmagan talabalar uchun Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi tomonidan oraliq nazorati tashkillashtirilmoqda.

🖋🖋🖋Oraliqlar quyidagi fanlar bo'yicha bo'lib o'tadi👇👇👇

👉Jinoyat-protsessual huquqi

👉 Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash


👉magistratura bosqichi modullari

📅📅📅  27.11.2024

🕰🕰🕰  17:30

📍📍📍 2/318-xona

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

22 Nov, 03:18


🔴🔴🔴

Ayni damda Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o'qituvchilari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi bo'yicha Toshkent shahri Yakkasarov tumani 89-maktabda tashkil etilgan “Huquq sinf”ida bo'lib, sinfda yaratilgan sharoitlar bilan tanishmoqda va yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarga Bola huquqlari, mazmun-mohiyati, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda burchlari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tilmoqda.

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

21 Nov, 02:22


🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

⚡️⚡️⚡️2024 йил 15 ноябр куни Тошкент давлат юридик университети ҳузуридаги М.С.Восиқова номидаги академик лицейда “Конституция – ҳуқуқ ва эркинликларимиз кафолати” мавзусида давра суҳбати бўлиб ўтди.

👩‍💻👩‍💻👩‍💻Мазкур давра суҳбатида Жиноят-процессуал ҳуқуқи кафедраси профессори, юридик фанлар доктори Дилдора Базарова, кафедра профессори, юридик фанлар доктори Гулчехра Ту‌лаганова ва кафедра профессори, юридик фанлар доктори Дилбар Суюновалар иштирок этиб, у‌қўвчиларга Конституциянинг инсон ҳуқуқлари ва эркинликларини таъминлашдаги ўрни ҳақида маъруза қилишди.

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

20 Nov, 11:12


4️⃣4️⃣4️⃣ • Toshkent davlat yuridik universitetida moliyaviy xavfsizlik kurslari tashkil etiladi

👉 Batafsil...

4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ • В Ташкентском государственном юридическом университете стартует курс по финансовой безопасности

👉 Подробнее...

4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣ • A financial security course is launched at Tashkent State University of Law

👉 More...

⚫️ 🔴 🔵 🟣 ⚪️ @tsulofficial #elon #объявление #announcement

Jinoyat protsessi

20 Nov, 03:31


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Ichki ishlar organlari maxsus unvonlarining boshqa davlat organlaridagi unvon va martaba darajalarga nisbatan taqqoslanmasi

t.me/Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

18 Nov, 12:19


🔥🔥🔥

Ayni damda Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Gulchehra To'laganova tashabbusi bilan Shomirzayev Sahodullo ishtiroklarida Jinoiy odil sudlov fakulteti 4-kurs D potok talabalari uchun "Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash" moduli bo'yicha "Sudda isbot qilish" mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tmoqda...

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

16 Nov, 16:39


#tavsiya_qilamiz

Sizlarga Jinoyat protsessiga oid Oliy sud Plenumi qarorlari taqdim qilinmoqda.

t.me/Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

15 Nov, 23:37


⚖️👨‍💻👩‍💻💬 • TDYUda “Insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning muhim shartidir” mavzusida konferensiya o‘tkazildi

👉 Batafsil va FOTOlar...

⚖️👨‍💻👩‍💻💬 • В ТГЮУ прошла конференция на тему «Обеспечение основных прав и свобод человека – важное условие реформ в Новом Узбекистане»

👉 Подробнее и ФОТОграфии...

⚫️ 🔴 🔵 🟣 ⚪️ @tsulofficial #konferensiya #конференция #conference

Jinoyat protsessi

15 Nov, 04:38


🟦🟦🟦🟦

🔐🔐🔐Гумон қилинувчи, айбланувчи, судланувчи ва фуқаровий жавобгар оиласининг нормал турмушини таъминлаш учун зарур бўлган уй-жой, квартира, уй анжомлари ва жиҳозлари, кийим ва буюмлар хатланмайди.

👮‍♂️👮‍♂️👮‍♂️Турар жойлар ёки яшаш учун мўлжалланмаган жойлар, мулк шаклидан қатъи назар, давлатга хоинлик қилиш, конституциявий тузумга, Ўзбекистон Республикаси Президентига тажовуз қилиш, терроризм, қўпорувчилик жиноятлари содир этиш учун фойдаланилган ёхуд бу жиноятлар қасддан одам ўлдириш, босқинчилик, талончилик ёки бошқа оғир, ўта оғир жиноятлар билан боғлиқ бўлган ҳолларда — бу жойлар хатланади.

🔍🔎🔍🖋

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

14 Nov, 14:24


⚖️👨‍💻👩‍💻💬

🇺🇿🇺🇿🇺🇿2024-yil 13-noyabr kuni Toshkent davlat yuridik Universiteti, Toshkent davlat yuridik universitetining talabalar va xodimlar huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan “Insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash Yangi O‘zbekistondagi islohotlarning muhim shartidir” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferentsiya tashkil etildi.

🖥🖥🖥Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsmn) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi, Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti va boshqalar vakillari ishtirok etdilar.


📝📝📝Uchrashuv davomida yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlikni rivojlantirish, talabalarning nazariy va amaliy tayyorgarligi oʼrtasida oʼzaro aloqani taʼminlash, ularda amaliy ishda zarur boʼlgan koʼnikmalarni shakllantirish, TDYU talabalarini Bolalar Ombudsmani faoliyatiga keng jalb etish boʼyicha hamkorlik masalalari muhokama etildi.

📁📁📁Ushbu respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi orqali ishtirokchilar Ombudsmanning vakolatlari va unga kelib tushayotgan murojaatlar, inson huquqlarining kafolatlanishi borasidagi xalqaro va milliy tajriba haqida ma`lumotlarga ega bo‘lishdi. Unda Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar akademiyasi, professorlari va amaliyotchi xodimlari tomonidan mazmunli ma’ruzalar tinglandi. Ma’ruzalar ushbu mavzuda doirasida ishtirokchilar tomonidan inson huquqlarini himoya qilish sohasida, bola manfaatlarini ta’minlash masalalari, inson huquq va erkinlarini ta’minlashda prokuror vakolatlarini ta’minlash, sudga qadar ish yuritishda jabrlanuvchining huquqlarini ta’minlash va Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini kafolatlash masalalari muhokama qilindi.

🗂🗂🗂Tadbir davomida ishtirokchilar o‘rtasida manfaatli fikr almashildi. Shuningdek, shu kabi uchrashuvlarni doimiy ravishda oʼtkazish taklifini bildirishdi. Tadbir natijalari bo‘yicha hamkorlikda qonunchilik bo‘shliqlarni bosqichma-bosqich rivojlantirish orqali takomillashtirish masalalariga oid qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

14 Nov, 06:52


Ayni damda Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi Xumora Maxmadiyarovaning yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining dastlabki ekspertizasi (kafedra muhokamasi) bo‘lib o‘tmoqda...

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

13 Nov, 03:57


Шахс ушлаб турилганлиги, қамалганлиги ёки уй қамоғида турганлиги, лавозимидан четлаштирилганлиги, тиббий муассасага жойлаштирилганлиги ёки ҳукм қилинганлиги тўғрисидаги маълумотлар матбуотда эълон қилинган, радио, телевидение ёки бошқа оммавий ахборот воситалари орқали тарқатилган бўлса, реабилитация этилган шахснинг, у вафот этган бўлса, қариндошларининг, суд, прокурор, терговчининг ва суриштирувчининг талабига кўра тегишли оммавий ахборот воситалари унинг реабилитация этилганлиги тўғрисида бир ой ичида хабар беришлари шарт.

🔍🔎🔍🖋
@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

11 Nov, 10:56


🔥🔥🔥

Ayni damda Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Gulchehra To'laganova va HMQO Akademiyasi Surishtiruv va dastlabki tergov kafedrasi katta o’qituvchisi, ko’p yillar Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda rahbar lavozimlarda mehnat faoliyatini olib borgan, ko’p yillik tajribaga ega polkovnik Boboxonov Akramxon Aloxonovich ishtiroklarida Jinoiy odil sudlov fakulteti 4-kurs D potok talabalari uchun "Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash" moduli bo'yicha "Alohida toifadagi ishlarni yuritishda isbot qilish" mahorat darsi bo'lib o'tmoqda...

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

08 Nov, 05:17


🟦🟦🟦🟦

👮‍♂️👮‍♂️👮‍♂️Кафиллар сонини суриштирувчи, терговчи, прокурор ёки суд белгилайди. Алоҳида ҳолларда юксак ишончга сазовор бўлган битта шахс ҳам кафил бўлиши мумкин.

🔐🔐🔐Айбланувчи, судланувчи олди олиниши учун шахсий кафиллик қўлланилган ҳаракатларни содир этган тақдирда, кафил қонунда белгиланган жавобгарликка тортилиши мумкин.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

07 Nov, 13:16


❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥Assalomu aleykum. 2024-yil 9-noyabr kuni "Procedure" ilmiy to'garagining navbatdagi darsi bo'lib o'tadi.

🕰🕰🕰 10:00

🏘🏘🏘 2-bino 320-xona.

👨‍💻👨‍💻👨‍💻 Shoxruxbek Sobirov - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti katta ilmiy xodimi

📝📝📝 Mavzu : Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash

https://t.me/TSUL_procedure

Jinoyat protsessi

07 Nov, 04:35


🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

⚡️⚡️⚡️2024-yil 7-noyabr kuni Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori Dilbar Suyunova va kafedra o'qituvchisi Sardor Zokirov tashabbuslari bilan "Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash" moduli bo'yicha Jinoiy odil sudlov fakulteti 4-kurs talabalari uchun mahorat darsi bo'lib o'tdi.

🇺🇿🇺🇿🇺🇿Mazkur mahorat darsida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar tezkor-qidiruv boshqarmasi podpolkovnigi Utambetov Abat Pulatovich ishtirok etib, talabalarga tezkor-qidiruv o'tkazishning o'ziga xos nazariy tushunchalarini yoritib berdi.

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

07 Nov, 04:22


🔥🔥🔥

Ayni damda Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi Sarvar Muhammadiyevning yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining dastlabki ekspertizasi (kafedra muhokamasi) bo‘lib o‘tmoqda...

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

06 Nov, 13:10


1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

📺📺📺 Ҳуқуқни кино кўриш орқали билиб олиш бўйича фойдали ва қизиқарли контент олинмоқда. Навбатдаги видео эса жиноят процессидаги таниб олиш тергов ҳаракати ҳақида ва жуда қизиқарли контент чиқибди.

📱📱📱 Сизларга қуйидаги саҳифага обуна бўлишни тавсия қиламиз!

https://www.instagram.com/reel/DB0625bIJ6c/?igsh=eXAxc2xtN2tkejln

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

06 Nov, 12:41


🟦🟦🟦🟦

💲💲💲Гумон қилинувчи, айбланувчи, судланувчи ўз зиммасига олган мажбуриятларини бузган тақдирда гаров суд ажрими билан давлат мулкига ўтказилади ва гумон қилинувчига, айбланувчига, судланувчига нисбатан жиддийроқ эҳтиёт чораси қўлланилади.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

06 Nov, 06:49


🔥🔥🔥

Ayni damda Azizhon Po'latov ishtirokida Jinoiy odil sudlov fakulteti 3-kurs A potok talabalari uchun mahorat darsi bo'lib o'tmoqda...

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

05 Nov, 15:22


🟦🟦🟦🟦

Jinoiy yo‘l bilan orttirilgan pullar va boshqa boyliklar sudning hukmiga binoan jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashga o‘tkaziladi, mulkiy zarar ko‘rgan shaxs aniqlanmagan taqdirda, davlat foydasiga o‘tkaziladi.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

05 Nov, 08:36


🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

⚡️⚡️⚡️Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti 4-kurs talabalari uchun "Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash" moduli doirasida Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida "Jinoyat ishini tugatishda isbot qilish" mavzusida sayyor dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

👩‍💻👨‍💻🧑‍💻Jinoyat ishlari bo'yicha Shayxontohur tuman sud raisi Obidov Tolibjon va Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat protsessual huquqi kafedrasi yuridik fanlari doktori, professor Tulaganova Gulchehra Zaxitovnalar tomonidan talabalarga jinoyat ishini tugatishda e'tibor beriladigan masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

📖📖📖Shu jumladan, talabalar bevosita sud jarayonlarida ishtirok etib mavzu yuzasidan o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlashdi.

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

05 Nov, 05:41


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Quyidagi fuqaroviy da'volar jinoyat protsessida ko'riladi👇👇👇

➡️ Bevosita jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash;

➡️ jabrlanuvchini dafn etish yoki uning statsionarda davolanish xarajatlari;

➡️ sug‘urta tariqasida unga to‘langan pul, nafaqa yoki pensiya pulini undirish.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

04 Nov, 07:29


Ayni damda Jinoyat-prosessual huquqi kafedrasi tomonidan tashkillashtirilgan "Dalillar va isbotlash" mavzusida davra suxbati bo'lib o'tmoqda...

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

02 Nov, 05:34


🔥🔥🔥

Ayni damda Bosh prokuratura ichki ishlar organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi katta prokurori Baxtiyor Umarov ishtirokida mahorat darsi bo'lib o'tmoqda...

@TSUL_procedure

Jinoyat protsessi

23 Oct, 11:51


🔥🔥🔥

Айни дамда •Халқаро ҳуқуқ ва қиёсий ҳуқуқшунослик факултети 3-курс талабалари ўртасида Жиноят-процессуал ҳуқуқи бўйича ўзаро беллашув бўлиб ўтмоқда....

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

23 Oct, 08:15


1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣

Мазкур қўшма қарор билан "Уй-жойда тинтув ўтказиш, шахснинг телефонлари ва бошқа телекоммуникация қурилмалари орқали олиб бориладиган сўзлашувларини эшитиб туриш, улар орқали узатиладиган ахборотларни олишга доир тергов ҳаракатларини амалга оширишнинг ВАҚТИНЧАЛИК ТАРТИБИ" тасдиқланган.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

22 Oct, 07:03


⚡️⚡️⚡️2024-yil 21-oktabr kuni Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori Dilbar Suyunova va o'qituvchisi Sardor Zokirov tashabbuslari bilan "Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash" moduli bo'yicha Jinoiy odil sudlov fakulteti 4-kurs (evro yo'nalishi) talabalari uchun mahorat darsi bo'lib o'tdi.

👮‍♂️👮‍♂️👮‍♂️Mazkur mahorat darsida Jinoyat ishlari bo'yicha Shayxontohur tuman sudida Jinoyat kodeksining 167, 228-moddalari bo'yicha ko'rilayotgan jinoyat ishi ko'rib chiqildi va unda talabalar ham ishtirok etishdi.

📝📝📝Mazkur sud protsessida talabalar jinoyat ishlarini birinchi instansiyasida ko'rish bo'yicha amaliy ko'nikmalar olishdi. Ushbu sud protsessi talabalarda katta taasurot qoldirdi.

@TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

20 Oct, 11:58


🟦🟦🟦🟦

📺📺📺Tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishda foydalaniladigan texnik vositalar va uskunalar quyidagi minimal talablarga javob berishi zarur:


📹tasvir sifati bo‘yicha — o‘lchami 1920×1080, sekundiga 50 ta kadr;

🎙ovoz sifati bo‘yicha — chastota diapazoni 100-12 000 Gs;

📱axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha — VPN himoyalangan aloqa kanalidan foydalangan holda.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

20 Oct, 10:54


#maqola

📜"ПУТЬ К РЕФОРМАМ: РОЛЬ ПАРЛАМЕНТА В БУДУЩЕМ УЗБЕКИСТАНА"

✍️Sobir Alishayev
🏛Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi o'qituvchisi

✍️Ulzana Rahimova
🏛Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi katta o'qituvchisi, yuridik fanlari bo'yicha falsafa doktori

📰 "Pravda Vostoka" gazetasi. 211-son 2024-yil 18-oktyabr

Kanalga obuna bo'ling: @TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

17 Oct, 08:15


🟦🟦🟦🟦

‼️Jinoyat ishini yuritish munosabati bilan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan belgilangan tartibda chaqirilgan shaxslar aynan ko‘rsatilgan vaqtda hozir bo‘lishlari shart. Uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganlari taqdirda ular majburiy keltiriladilar.

Quyidagilar majburiy keltiriladi👇👇👇:

👉 gumon qilinuvchi ;
👉 ayblanuvchi ;
👉 jabrlanuvchi;
👉 guvoh.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

16 Oct, 04:32


🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 10-yanvardagi 1-mh-son buyrug‘i (ro'yxat raqami №3488) bilan Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlari tomonidan o‘tkaziladigan sud ekspertizalarining murakkablik darajasini aniqlash tartibi va sud ekspertizalarini amalga oshirish muddatlari belgilangan.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

15 Oct, 09:46


🟦🟦🟦🟦

Ушланган гумон қилинувчининг ёки айбланувчининг яқин қариндошларини процесс иштирокчиси сифатида жалб қилиш учун асослар мавжуд бўлмаган тақдирда, уларни ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларга чақириш ва сўроқ қилиш тақиқланади.

Жиноят-процессуал кодекси 88-модда

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

15 Oct, 06:24


🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

⚡️⚡️⚡️ Ko'pchilik talabalarning iltimosiga binoan Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi qoshida tashkil qilingan "Procedure" amaliy to'garagiga qabul 17-oktabrga qadar uzaytirildi.

💬💬💬To'garak a'zolari quyidagi kompetensiyalarga ega bo'lishadi:

➡️ Jinoyat protsessiga oid qonunchilikni qo'llay olish;

➡️ Tergov va sud hujjatlarini mustaqil tuzish;

➡️ Jinoyat protsessidagi muammolarni tahlil qila olish.

👨‍🏫👩‍💻👮‍♂️ Mashg'ulotlar Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o'qituvchilari va amaliyotchi xodimlar tomonidan olib boriladi.

📆📆📆 Mashg'ulotlar universitetning barcha bosqich talabalariga qulaylik yaratish uchun haftaning shanba kunlari olib boriladi.

📂📂📂To'garakga a'zo bo'lish uchun quyidagi hujjatlarni Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasiga (2-bino 318-xona) taqdim etish lozim bo'ladi:

🪪 Passport (ID) nusxasi.
📖 Obyektivka.


⚠️⚠️⚠️ Shoshiling! Mazkur to'garak bepul tarzda olib boriladi va joylar soni chegaralangan.


@TSUL_procedure

Jinoyat protsessi

14 Oct, 14:01


Jinoyat protsessi pinned «📣📣📣📣📣 Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi qoshida faoliyat ko'rsatayotgan ilmiy maktablar va to'garaklarga obuna bo'ling👇👇👇 Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri, professor, yuridik fanlari doktori Bazarova Dildora Baxadirovna ilmiy maktabi - …»

Jinoyat protsessi

14 Oct, 14:01


📣📣📣📣📣

Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi qoshida faoliyat ko'rsatayotgan ilmiy maktablar va to'garaklarga obuna bo'ling👇👇👇

Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri, professor, yuridik fanlari doktori Bazarova Dildora Baxadirovna ilmiy maktabi - @dbazarova
Kafedra professori, yuridik fanlari nomzodi Xidoyatov Baxtiyor Batirovich ilmiy maktabi - @xidoyatov_ilmiy_maktab
Kafedra professori, yuridik fanlari doktori Tulaganova Gulchehra Zaxitovna ilmiy maktabi - @TGZ_TSULscientific_school
Kafedra professori, yuridik fanlari doktori Suyunova Dilbar Joldasbayevna ilmiy maktabi - @professor_suyunova_ilmiy_maktabi
Kiber xavfsizlik bo'yicha maxsus kurs - @kiber_xavfsizlikTDYU
Moliyaviy xavfsizlik bo'yicha maxsus kurs - @financial_security_tsul @hazratali_uz
Jinoyat protsessi bo'yicha ilmiy to'garak - @TSUL_procedure
Ilmiy ishlanmalarni yozish bo'yicha to'garak - @TSUL_RC


t.me/TSUL_CPL

Jinoyat protsessi

14 Oct, 10:46


🟦🟦🟦🟦

Гувоҳ тариқасида, шунингдек жабрланувчи, фуқаровий даъвогар, фуқаровий жавобгар ва уларнинг вакиллари, эксперт, мутахассис, таржимон, холис, жамоат айбловчиси ва жамоат ҳимоячиси тариқасида чақириладиган шахснинг суриштирувчига, терговчига, прокурорга ёки судга чақирилганлиги билан боғлиқ буткул вақт учун уларнинг иш жойида ўртача иш ҳақи сақлаб қолинади.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

09 Oct, 17:17


Ҳозирда жиноят процессида таржимонларга таржима тури ва тилига қараб 9375 сўмдан 93750 сўмгача ҳақ тўланади.

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

09 Oct, 13:59


Jinoyat protsessi pinned «‼️‼️‼️Joylarimiz juda oz qoldi! Ulgurib qoling!»

Jinoyat protsessi

09 Oct, 13:58


‼️‼️‼️Joylarimiz juda oz qoldi! Ulgurib qoling!

Jinoyat protsessi

08 Oct, 16:45


🟦🟦🟦🟦

Мазмунан кўриб чиқиш учун судга юборилган жиноят иши доирасида процесс иштирокчиларини суриштирув ва дастлабки тергов органлари ходимлари томонидан ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларга чақириш ва (ёки) сўроқ қилиш тақиқланади.

Бундан улар билан боғлиқ бўлган алоҳида иш юритувга ажратилган жиноят иши ёки суднинг ёзма топшириғи мавжуд бўлган ҳоллар мустасно.

Жиноят-процессуал кодекси 88-модда

@Hazratali_uz

Jinoyat protsessi

08 Oct, 10:33


🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥🔥

⚡️⚡️⚡️ Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi qoshida tashkil qilingan "Procedure" amaliy to'garagiga 2024-2025-o'quv yili uchun qabul boshlandi.

💬💬💬To'garak a'zolari quyidagi kompetensiyalarga ega bo'lishadi:

➡️ Jinoyat protsessiga oid qonunchilikni qo'llay olish;

➡️ Tergov va sud hujjatlarini mustaqil tuzish;

➡️ Jinoyat protsessidagi muammolarni tahlil qila olish.

👨‍🏫👩‍💻👮‍♂️ Mashg'ulotlar Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o'qituvchilari va amaliyotchi xodimlar tomonidan olib boriladi.

📆📆📆 Mashg'ulotlar universitetning barcha bosqich talabalariga qulaylik yaratish uchun haftaning shanba kunlari olib boriladi.

📂📂📂To'garakga a'zo bo'lish uchun quyidagi hujjatlarni 2024-yil 11-oktaybrga qadar Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasiga (2-bino 318-xona) taqdim etish lozim bo'ladi:

🪪 Passport (ID) nusxasi.
📖 Obyektivka.


⚠️⚠️⚠️ Shoshiling! Mazkur to'garak bepul tarzda olib boriladi va joylar soni chegaralangan.


@TSUL_procedure

Jinoyat protsessi

08 Oct, 09:30


#maqola

"Saylov - 2024"

Saylovga oid qonunbuzarlikka jazo bor

✍️ Gulchehra To'laganova
🏛 TDYU professori, yuridik fanlar doktori

"Inson va qonun" gazetasi № 40 - son 8-oktabr 2024-yil.

👉@tsullibrary👈

♾️♾️♾️♾️♾️♾️♾️

✍️ Статья Гульчехры Толагановой, доктора юридических наук, профессора ТГЮУ.

Газета «Inson va qonun» № 40 от 8 октября 2024 года.
Текст на узбекском языке.

👉@tsullibrary👈